Reja: 9-nayabr tibbiyot xodimlari kuni


O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi!



Download 23,51 Kb.
bet3/3
Sana15.04.2022
Hajmi23,51 Kb.
#554305
1   2   3
Bog'liq
9-NAYABR TIBBIYOT XODIMLARI KUNI

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi!


Shifokorlar har davrning qahramoni hisoblanadi. Dunyo yaralibdiki, insonlarning dardiga darmon bo‘lguvchi ushbu sharafli kasb egalari o‘z qadri va ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xususan, hukumatimiz ham shifokorlik kasbining qadrini oshirish yo‘lida bir qator ishlarni amalga oshirgan va amalga oshirib kelmoqda ham. Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yilning 20 iyunida qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yilning 26 avgustida ma’qullangan "O‘zbekiston Respublikasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun ham fikrimizni isbotlaydi. Bu Qonun 2006 yil 12 sentyabrda e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, har noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ya’ni ertaga sharafli kasb sohiblari har doimigidan-da yuksakroq e’tirof etiladigan kun.
Ana shu kun arafasida o‘zbekistonlik shifokor Rinat Abdullayevning yutuqlari bizni yanada quvontirgani shubhasiz. "Xabar.uz" Rinat Abdullayev haqida quyidagi maqolanichop etdi. 
"Polevskoy markaziy shahar shifoxonasining shifokor anesteziolog-reanimatologi Rinat Abdullayev pandemiya boshlangandan beri koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun kurashib kelmoqda. Uning jonbozligi Rossiya ommaviy axborot vositalarida alohida e’tirof etildi.
Rinat Abdullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida dunyoga kelgan. Aslida u fuqaro aviasiyasi uchuvchisi bo‘lishni orzu qilgan, biroq uchuvchilar bilim yurtiga o‘qishga kirish nasib etmagach, Oqto‘ba davlat tibbiyot instituti talabasiga aylangan.
— Tibbiyot sohasini tanlashni menga qarindoshim maslahat bergan. Odamlarni davolash savob ish, ustiga-ustak, qiziqarli soha deb o‘yladim va uning maslahatiga amal qildim. Ota-onam ham shifokor bo‘lishimni xohlashgan, — deydi Rinat Ibragimovich. — Institutga medal sohibi sifatida faqat bitta — kimyo fanidan imtihonni a’loga topshirib kirganman. Olti yil tahsil olib, jarrohlik diplomini oldim.
Rinat Abdullayev tibbiyot institutida o‘qigach, 1995 yil Shimoliy Qozog‘iston, Oriqbaliq qishlog‘ida mehnat faoliyatini boshlaydi. O‘sha paytlarda markaziy tuman shifoxonasida shifokor yetishmagan, ikki yil mobaynida jarroh ham bo‘lmagan. Shu bois yosh do‘xtir nafaqat operasiyalar, balki tug‘uruqlarni qabul qilish, urologik va travmatologik muolajalarni ham olib borgan. Ba’zida elektr uzilishlari sabab operasiyalarni kerosinli chiroqlar ostida bajarishga majbur bo‘lgan.
— Qishda ko‘pincha chiroq bo‘lmasdi. Ba’zan dizel ishlamay qolardi, shunda besh-oltita kerosinli chiroqni yoqib, ularning yorug‘ligi ostida operasiya o‘tkazardik. Bu men uchun juda katta hayot maktabi bo‘ldi, ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deya eslaydi doktor. — Tibbiyot institutida bizga professorlarimiz shunday deyishardi: «Bolalar, katta shaharlarda qolishga harakat qilmanglar, yaxshisi, tuman shifoxonalariga ishlashga boringlar — shunda ko‘p narsalarni o‘rganasizlar». Menda xuddi shunday bo‘ldi. U paytlarda puldan qiynalardik, ikki yillab maosh olmaganman. To‘g‘ri, shifoxona turar joy bilan ta’minlagan.
Ikki yil davlatga ishlab bergach vatandosh shifokorimiz jonajon yurti — O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan va bu yerda tibbiy faoliyatini davom ettirgan. Jarroh bo‘lib ishlagan paytlarida esa shifokor anesteziolog-reanimatologlikka qaytadan o‘qidi.
— Yangi ixtisoslikni egallashimni ustozim, oliy toifali shifokor anesteziolog-reanimatolog Olim Anvarovich Akramov maslahat bergan: «Rinat, bu sohada mutaxassislar yetishmayapti, qaytadan o‘qib olsangiz, afsuslanmaysiz». Men buni ikki-uch oy o‘ylab yurdim va shu qarorga keldim. Qayta tayyorlash Toshkent vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida o‘tdi. 1997 yildan beri anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlab kelyapman va bundan biror marta ham afsuslanmaganman. Reanimatolog ishi — bu, avvalo, katta hajmdagi ma’lumot, bilim degani. Agar ularga ega bo‘lsangiz, bemor hayoti sizning qo‘lingizda bo‘ladi. Bunda ham yurakni, ham o‘pkani nazorat qilish, endokrinologiyani yaxshi tushunish kerak. Aynan shular tufayli reanimasiya meni o‘ziga jalb qildi. Ko‘pchilik jarrohlik birinchi o‘rinda, reanimasiya uning soyasida qolib ketadi, deyishadi. Lekin birorta jarroh o‘z ishini shifokor anesteziolog-reanimatologsiz bajarmaydi. Tez qaror qabul qilish kerak, yurakni ishga tushirib, miya faoliyatini tiklash uchun uch-to‘rt daqiqangiz bo‘ladi. Shu qisqa fursat ichida vaziyatni tahlil qilib, bemorning o‘zini yomon his qilish sababini aniqlashingiz va uni hayotga qaytarishingiz zarur.
2017 yilda Rinat Ibragimovich mehnat faoliyatini Rossiyada davom ettirishga ahd qiladi. Unga turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi hamroh bo‘lishadi. Shifokor uchun bemorning begonasi yo‘q deganlaridek, Rinat Ibragimovich 2018 yildan beri Polevskoy markaziy shahar shifoxonasida faoliyat yuritmoqda. Jarrohlik reanimasiyasida ishlayotgan vatandoshimiz pandemiya boshlangach, Polevskoy markaziy shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limi reanimasiyasiga o‘tkazildi.
— Shu yil mart oyida ta’tilga chiqdim, pandemiya endi zo‘raya boshlagan edi. Dam olishim tugashiga ikki-uch kun qolganda rahbariyat shifokorlar jamoasini kuchaytirish maqsadida meni jarrohlik bo‘limidan yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganini aytishdi. Darrov rozi bo‘ldim. 1 aprel kuni ishga chiqdim. O‘shandan beri shu yerdaman, — dedi shifokor. — Bo‘limdagi koronavirus va pnevmoniya bemorlarining aksariyati 60 yoshdan oshgan kishilar. Ularning ko‘pchiligida hamroh kasalliklari bor, shu bois dard og‘ir kechadi. Ustiga-ustak, aksariyatida qo‘rquv ham bor, ayrimlari vahima qilishadi, umidsizlikka tushishadi... Bunday bemorlarga bir gapni doimiy takrorlayman: «Biz uchtamiz: Men — shifokor, siz — bemor va kasallik. Agar qo‘rqsangiz, tushkunlikka tushsangiz — kasallik sizni o‘z tomoniga og‘dirib oladi va men yolg‘iz qolaman, bir o‘zim uddalay olmayman. Odatda so‘zlarim ta’sir qiladi, bemorlar yuzida tabassum, tuzalishga bo‘lgan umid va xohishni ko‘raman. Har qanday kasallikda bu jihatlar juda muhim. Shuni ta’kidlashni istardimki, shifokorlar ushbu xastalikni hamshiralar va sanitarkalarsiz yenga olishmasdi. Aynan ular kechayu kunduz bemorlar yonida bo‘lishadi, zimmasida katta mas’uliyat bor. Ana shular haqiqiy qahramonlar, ularsiz biz, shifokorlar, hech nima qilolmasdik. Ularga rahmat, chuqur ta’zimdaman.
Download 23,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish