Reja: Aloqa tarmoqlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi



Download 60,5 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi60,5 Kb.
#736954


TELECOMMUNICATION
Reja:

  1. Aloqa tarmoqlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi.

  2. Axborotni uzatish tizimi (liniya va apparatura);

  3. Kommutatsiya tizimi (uskunasi);

Aloqa tarmoqlari. OU - oxirgi uskuna; AUT - axborotni uzatish
tizimi; KT - kommutatsiya tizimi.
Kapital xarajatlar bo‘yicha eng katta sarf–harajatlar liniya tarmoqlari va axborotlarni uzatish apparaturalari egallaydi, shuning uchun tarmoqlar tuzilishini tanlashda optimal variantni tanlash asosiy rollardan biridir.
Tarmoqlar tugunlardan (zanjirlar, kanallar, kommunikatsiya manzillaridan) va bu tugunlarni bir biri bilan bog‘lash uchun qo‘llanadigan aloqa liniyalaridan tashkil topadi.
Odatda aloqa tarmoqlarini da uni iqtisodli puxtalik bilan qurib yaratishga intilinadi. Tarmoq puxtaligi odatda tarmoq turi, tomonlarga tarqalishi va tarqatilgan uchastkalarda turli xil aloqa liniyalarni qo‘llash va qurish bilan erishiladi. Bunday liniyalarda kerakli aloqa kanallari aylanma va zaxira yo‘llari bilan tashkil qilinadi. Iloji boricha har bir tugun boshqa tugunlar bilan ikki-uchta bir biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘llar bilan bog‘lanishi kerak. Bunda tarmoqlar qurilishi iloji boricha qisqa vaqtda bajarilishi lozim. Tarmoq tuzilishi bir necha variantlardagi tarkibiy tuzilishga egadir.
Aloqa tarmoqlarining tuzilish variantlari: a)to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishli 6) tugun bog‘lanishli; v) radial bog‘lanishli.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan «har biri bilan yoki to‘liq» bunday holatda har qanday tugun boshqa tugun bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi. (2.2a-rasm);
Tugunlashtirilgan - holatda bir necha manzilgohlar tugunlarga guruxlanib, ular bir biri bilan bog‘lanadi (2.2b-rasm)
Radial (yulduzsimon) - da tugun bitta markazda bo‘lib, u liniyalar bilan radius bo‘yicha boshqa manzilgoxlar bilan bog‘lanadi (2.2v-rasm)
Keltirilgan aloqa tarmoqlarning tuzilish variantlaridan shuni ko‘rish mumkinki, har bir manzilgoxlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanish varianti o‘ta mustaxkam xisoblanadi, ammo texnik-iqtisod tomonidan o‘zini oqlamaydi, chunki unda juda ham ko‘p bog‘lovchi liniyalar mavjud. Tugunli bog‘lanish varianti ham iqtisod tomonidan o‘zini oqlamaydi. Bu variantlardan eng ishonchlisi radial varianti bo‘ladi, ammo unda hech qanday zahira yo‘llari yo‘q shuning uchun u aloqani uzluksiz ishlashini ta’minlay olmaydi.
Bu variantlardan eng yaxshi natija radial va tugunli tizimlarni birlashgan varianti xisoblanadi. Bunday tizimlar yordamida tarmoqlashtiruvchi, uzluksiz tizim yaratilib, u o‘z navbatida iqtisodli aloqa tarmog‘ini yaratishga imkon beradi.(2.3a-rasm)
Aloqa tarmoqlarini tarkibiy tuzilishi: a) radial tugunlashgan; b) aloqa to‘r tuzilishi; v)panjarali tuzilish.
Bunday tizimda bir xil tarkibli aloqa tugunlari aloqa liniyalari yordamida bir biri bilan bog‘lanishidan tashqari o‘zidan bir pog‘ona kichik bo‘lgan aloqa tugunlari bilan ham bog‘langan, bundan tashqari bu tugunlar aylanma yo‘llar bilan ham bog‘langandir.
Har doim aloqa to‘g‘ri hosil qilishda, iloji boricha har bir aloqa tuguni o‘ziga yaqin bo‘lgan tugun bilan bog‘lanishi kerak, bu holatda aylanma va zahira yo‘llar hosil bo‘ladi, va ular yordamida tugunlarga chiqish uchun ikki uchtata bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘llar bilan bog‘lanadi (2.3b - rasm).
To‘rsimon yoki panjarali aloqa tarmoqlarining turli xil ko‘rinishlaridan biri panjarali to‘r tuzilishidir (2.3v-rasm) bunday to‘r tuzilishlari yordamida yaratilgan tarmoqlar juda ham mustahkamdir, lekin bu tarmoqlarni yaratish uchun juda ham katta harajatlar zarurdir.
Global, magistral va hududiy tarmoqlar.
Global tarmoq ko‘rinishi.
Butun yer kurrasi bo‘ylab global tarmoq mavjud bo‘lib, bu tarmoq yer sharida joylashgan hamma qit’alardagi davlatlar boshqa qit’alardagi davlatlar bilan bog‘langandir. (2.4-rasm) Davlatlar ham bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, bunday tarmoq davlatlararo magistral tarmoq deb yuritiladi.
Shaharlararo hududiy va maxalliy tarmoqlar tuzilishi.
Bitta davlat ichida tuzilgan tarmoq shaharlararo tarmoq deb ataladi. (2.5-rasm).
Bizning mamlakatimizda aloqa tarmoqlari magistral (2.6-rasm) va hududiy tarmoqlardan (2.7-rasm) tashkil topadi. Hududiy aloqa tarmoqlari mamlakatimiz viloyatlari ichida tashkil etiladi, hududiy aloqa tarmoqlari o‘z ichiga hudud ichi tarmoqlari va maxalliy tarmoqlarni qamrab oladi.
Mahalliy tarmoqlar o‘z ichiga qishloq telefon tarmoqlarini (rayon markazi, shirkat xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi manzilgoxlari bilan) va shahar telefon tarmoqlarini qamrab oladi. Bu xolda abonent hududlari bir xil yettita raqamlar bilan raqamlanadi va bu hududda 107 tagacha telefonlar bo‘lishi mumkin.
Magistral yoki shaxarlararo tarmok tuzilishi.
Hudud ichi tarmoqlari tuzilishi: ( hududiy tugun; -shahar telefon telefon tarmog‘i; o -rayon tuguni;
□ □ - shirkat xo‘jaligi.
Magistral tarmoqlar davlat poytaxtini hudud markazlari bilan va hudud markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Magistral tarmoqlar boshqa davlatlar bilan ham bog‘lanadi. Bizning davlatimizda magistral tarmoq asosan TOE (Trans-Osiyo–Yevropa) optik tolali magistral bilan bog‘langandir. Hududiy ichi tarmoqlari Respublikamiz viloyatlari poytaxtlarini bir-biri bilan bog‘lashdan tashqari, yana magistral tarmoq bilan ham ulangandir. Davlatimiz aloqa tarmoqlari o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi tarmoqlarga bo‘linadi. (2.8-rasm) Birlamchi tarmoq hamma aloqa turlari va kanallarning majmuidir. Birlamchi tarmoq hamma kanallar foydalanuvchilari uchun bir xil bo‘lib, ikkilamchi tarmoq uchun bazani tashkil etadi.(2.8 - rasm.)
Birlamchi va ikkilamchi aloqa tarmoqlari.
Ikkilamchi tarmoqlar ishlatilish joyiga qarab turli xil bo‘lgan kanallardan (tovushli eshittirish, telefon aloqasi, telegraf aloqasi, faksimil aloqa, gazetalarni uzatish, televizion eshittirish, videotelefon aloqasi, ma’lumotlarni uzatishlardan tashkil topadi. Ikkilamchi tarmoqlar o‘z ichiga kommutatsion tugunlar, oxirlash manzilgoxlari va ularni bog‘laydigan kanallardan tashkil topadi(2.9-rasm)
Ikkilamchi aloqa tarmoqlari.
1-birlamchi tarmoqlarning uzatish tizimlari; 2-ikkilamchi
tarmoqlarning kommutatsiya tugunlari; 3-ikkilamchi tarmoqlarning
oxirlash manzilgoqlari; 4 -abonent kanallari yoki abonent liniyalari;
5-birlamchi tarmoqlarning chegarasining ko‘rsatuvchi nuqtalar.
Shahar telefon tarmoqlarining tuzilishi
Umuman olganda shahar telefon tarmoqlari abonent va bog‘lovchi liniyalardan tashkil topadi. Yirik shaharlarda (odatda shahar telefon tarmoqlari sig‘imi 10000 raqamdan oshiq bo‘lganda) liniya tarmoqlarini qurish uchun xarajatlarni kamaytirish va ularni ishlatish samarasini oshirish uchun, bir necha rayon avtomatik telefon stansiyalari (RATS) quriladi. Bunday tarmoq rayonlashtirilgan tarmoq deb yuritiladi. Bunda telefon apparatlar rayon telefon stansiyasi bilan bog‘lovchi liniyalar abonent liniyasi deb yuritiladi, stansiyalarni bir-biri bilan bog‘lovchi liniyalar esa bog‘lovchi liniyalar deb ataladi. (2.10-rasm)
Rayon avtomatik telefon stansiyalari oralig‘idagi aloqa bir necha usullar orqali olib boriladi: "har biri–har biri" usuli bo‘yicha (2.11-rasm), radial usuli (2.11b-rasm), xabarlarni tugunga kirish usuli (2.11v-rasm), xabarlarni tugunlarga kirish va chiqish usuli (2.11g-rasm).
Shaxar telefon tarmoqlaridagi bog‘lovchi liniyalarning tuzilishi: a) xar–biri–xar biri usuli; b) radial usul; v) xabarlarni tugunlarga kirish usuli; g) xabarlarni tugunlarga kirish va chiqish
usuli.
Birinchi usul odatda rayonlashtirilgan tarmoqlarda qo‘llanadi va bunday tarmoq sig‘imi 80000 raqamgacha borishi mumkin. Radial usul odatda rayon avtomatik telefon stansiyalarni podstansiya yoki korxona avtomatik telefon stansiyalar oralig‘ida aloqani tashkil etish uchun qo‘llanadi. Katta tarmoqlarda tugunlashtirilgan telefon stansiyalarning uchinchi va to‘rtinchi usuli qo‘llanadi. Bundan tashqari rayonlashtirilgan ATSlar abonentlari shaharlararo telefon stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tugunlashtirilgan stansiyalar orqali bog‘lanadi.
Bugungi kunda bog‘lovchi liniyalar vazifasini optik kabellar bajargani uchun ―halqa‖ topologiyasi qo‘llanadi.
Abonent tarmoqlari turli xil usullar asosida bo‘lishi mumkin (Ammo ular ikki xil tizim asosida bo‘ladi, bular shkafli va shkafsiz usul. Bizning davlatimizda abonent liniyalari shkafli usul asosida tuzilgandir.
Liniya tarmoqlarining shkafli tizim bo‘yicha tuzilish sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan.
Agar 2.12-rasmga razm soladigan bo‘lsak, unda shaharning ma’lum qismi ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxar mavzeidagi axoliga taqsimlash uchastkasidagi telefon abonentlarini joylanishi ko‘rsatilib, uning ichidagi raqam binolarga kiritilgan kabel juftliklaridir.Bundan shuni ko‘rish mumkinki binoga kiritilgan kabel juftliklari soni telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonentlar sonidan ko‘proqdir, bunday usul bo‘yicha taqsimlash uchastkada eksluatatsiya zahirasi borligini ko‘rsatadi.
Odatda abonentlar telefon stansiyaga ulanishda taqsimlagich qutichalar ( TQ) va taqsimlagich shkaflar (TSH) orqali ulanadi. Bunday holda telefon stansiyadan turli yo‘nalishlarga katta sig‘imdagi kabellarga bo‘linib taqsimlagich shkaflariga kiritiladi. Bunday kabellar va ularga ta’luqli liniya uskunalari jamlamasi magistral tarmoq deb yuritiladi. Taqsimlagich shkaflardan kichik sig‘imdagi (100 juftlikdagi kichik) kabellar chiqib, ular 10 juftlik bo‘lgan oxirlash uskunalariga ya’ni taqsimlagich qutichalarga kiritiladi. Bu uchastkadagi kabellar va liniyaga ta’luqli uskunalar taqsimlagich tarmoq deb ataladi. Taqsimlagich qutichadan telefon apparati ulanadigan razetkadan bir juftlik o‘tkazgich sim uchastkasi abonent o‘tkazgichi uchastkasi deb yuritiladi(2.12-rasm).
Liniya kabel tarmoqlarida taqsimlagich shkaflarini qo‘llashda kabellarni tekshiruv nazorat jarayoni bajariladi va magistral kabel juftliklarini taqsimlagich kabel juftliklariga turli xil ulash usullarida ulash mumkin, 6u esa tarmoqning texnik ekspluatatsiyasini (xizmatini) oshiradi, ya’ni yangi abonentlarga yangi kabel tortmasdan shu kabellarning juftliklaridan foydalanish mumkin.Bundan tashqari taqsimlagich uchastkalaridan foydalanishda magistral kabellarni iqtisod qilish mumkin, chunki taqsimlagich qutichalarga o‘n juftlik kabellar bilan ulanganda, taqsimlagich qutichalarda abonentlar soni kamroq buladi. Agar telefon stansiyaga taqsimlagich qutichalagrdan chiqqan kabellarni to‘g‘ridan tug‘ri ulaydigan bo‘lsak, u xolda katta sig‘imdagi zaxira juftliklaridan foydalanish imkoni bo‘lmaydi, va bu juftliklar ishlatilmay qoladi. Agar bu tarmoqda taqsimlagich shkaflari ishlatadigan bo‘lsak, u xolda kabellarning ekspulatatsion zaxiralardan foydalanish mumkin.
Qishloq telefon tarmoqlari va o‘tkazgich bo‘yicha tovush eshittirish
Odatdagi tuman hududida joylashgan qishloq joylarda aloqa kanallari va liniya tarmoqlari asosida hudud ichi tasarrufida qishloq telefon tarmoqlari tashkil qilinadi. Bunda taqsimlagich qutichalarini ham bir nechtasini paralel ravishda ulash mumkin. Bunday holda tarmoq sifati oshadi shahar telefon tarmoqlarini tuzishda kombinatsiyalangan (aralash) tizim qo‘llanadi, bunday usulni qo‘llash tarmoq tan-narxini kamaytirishga olib keladi. Qishloq joylarda elektr aloqa asosida quyidagi ko‘rinishdagi tarmoqlar hosil qilinadi: Umumiy foydalanuvchi (telefon aloqasi, faksimal aloqasi, tovush eshittirish); Ichki ishlab chiqaruvchi (shirkatlar ichidagi aloqa, korxanalar ichidagi aloqa); Korxonalar aloqasi (turli xil korxonalar ichida aloqa); qishloq tarmoqlarining joylanishiga qarab qishloq telefon stansiyalari quyidagilarga bo‘linadi:
Markaziy stansiya (MS) - rayon markazida joylashgan bo‘lib, u o‘z navbatida rayon stansiyasi vazifasini bajaradi;
Tugunlashtirilgan stansiya (TS) - qishloq rayonning turli aholi yashaydigan manzilgohlarida joylashtirib, bu stansiya oxirgi staniyalar bilan bog‘lovchi liniyalar yoki rdamida bog‘lanadi;
Oxirgi stansiyasi (OS) - qishloq rayonlarning axoli yashaydigan manzilgoxlarida joylashtiriladi.
ishloq telefon tarmoqlari tuzilishiga qarab radial-tugunlashgan tizim bo‘yicha yaratiladi. Qishloq telefon tarmoqlarining namunaviy ko‘rinishi 2.13-rasmda keltirilgan.
Qishloq telefon aloqa tarmoqlarining tuzilishi.
Bu rasmga razm soladigan bo‘lsak, oxirgi stansiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tugunlashgan stansiyaga ulangan. 7 va 8 oxirgi stansiyalari oralig‘ida bir-biriga nisbatan katta tortilish bo‘lgani uchun bular orasida roked aloqa liniyasi tuzilgan.
Nazorat savollari
Tarmoqning tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Global tarmoq tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Magistral tarmoq tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Xududiy tarmoq tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Shaxar telefon tarmoqlari tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Qishloq telefon tarmoqlari tuzilishi va uning tashkil etuvchilari.
Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish