Reja: Axloqiy tarbiya haqida tushuncha



Download 79,5 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi79,5 Kb.
#584194
  1   2
Bog'liq
Axloqiy tarbiya metodlari


Axloqiy tarbiya metodlari


Reja:
1. Axloqiy tarbiya haqida tushuncha.
2. Metodlarga qо‘yiladigan talablar.
3. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari.

\


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy ter­biya berishda har xil metod va usullardan foydalani-ladi.
Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda mada-niy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bо‘linadi.
1-guruh: axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metod-lar.
2-guruh: axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Hamma guruh metodlari axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Shu-ningdek, kо‘rsatmali, og‘zaki metodlar, tushuntirishni kо‘rsatish bilan qо‘shib olib borish. Tarbiyachining hikoyasi, о‘qib berish, axloqiy mavzularda suhbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, о‘qilganlar bо‘yi-cha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar ada-biyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy meyor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari о‘rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tu-shunchalar shakllantiriladi.
Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik tо‘g‘risidagi tasavvur-larini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor meyorlari-ni muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bo­lalarning о‘zlarini faol qatnashtirish, har bir bola-ning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bо‘lish. Bolani noо‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Hamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
Har bir metod о‘ziga xos bо‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali kо‘rib chiqamiz. Tushuntirish kо‘pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, meyor, qoida bayon qilib borilayotganda ish-latiladi. Tushuntirish kattalarning jonlya sо‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan: rо‘paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz tо‘xtab, u kishining yuziga qarab kulim-sirab «Assalomu alaykum» deyish va yana yо‘lida davom etish kerak. Tushuntirish va kо‘rsatish tabiiy holda bо‘lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suhbatni maktab­gacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qо‘llash mumkin. Tushuntirish yorqin bо‘lib, bolalar­ning his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
— bolalarda ijobiy-axloqiy hislarni uyg‘ota olish, ertak kahramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug‘idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgala-shib achinish;
— bolalarga tushunarsiz bо‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
— axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, bolalarning о‘z hayoti bilan bog‘liq bо‘lgan joylarda foydalanish. Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq meyorlari va qoidalarini, ijo-biy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va meyorlariga nisbatan talab yuzaga keladi.
Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar о‘z fikr-muloha-zalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq meyorlari va qoidalari doirasida bajarishga urina-dilar.
Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni о‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda es­tetik hisni uyg‘otadi hamda axloqiy qoida va meyor-larni singdirib boradi.
Amaliy va о‘yin metodlari — о‘yin mashqlar, muam-moli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, sahnalash-tirilgan о‘yinlar inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin.
Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani tо‘p-lashga, axloq meyorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi.
О‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xо‘lq va odatlarni tarbiya-lashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish — foydali odatlarni qaytarish kabi-lar kiradi.
Muammoli vaziyat о‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning о‘ziga xos tomo-ni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bо‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida tо‘xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga
hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya eta-di. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi.
Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi saibiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bо‘ladi. Rag‘batlantirish va jazolash ax­loqiy tarbiyaning qо‘shimcha metodi bо‘lib, u asosiy me-todlarga ta’sir etishning о‘ziga xos vositasi bо‘lib xiz-mat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatti-harakatni faollashtirish yoki bо‘lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalaniladi.
Bolalar bog‘chasida rag‘batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga о‘yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi kurgan о‘yinchog‘ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashti-rish, ya’ni pedagog va bolalarning о‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.
2. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish ke-rakki, unda bolaning о‘zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yо‘qotishga intilsin.
3. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asosla-nib amalga oshirilishi zarur.
4. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yara-tish kerak. Jazolash va qо‘rqitish bilan ijobiy ax­loqiy sifatlarni tarbiyalab bо‘lmaydi.
5. Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.
6. Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qizi-qarli faoliyatlarni tashkil etish kerak. Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida ax-loqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qо‘llasa, yaxshi xulq namunalarini о‘rgatish ancha oson kechadi.



Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish