Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari va ishlab chiqarilgan tayyor buyumlar hisobi



Download 155 Kb.
bet4/19
Sana21.07.2022
Hajmi155 Kb.
#833539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1515124372 69816

Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari va ishlab chiqarilgan tayyor buyumlar hisobi
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarida tayyor buyumlar chiqarish hamda nashr etilgan bosma mahsulotlami ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar 080-«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» subschyotida hisobga olinadi. Buyumlami tayyorlash, bosma mahsulotlami nashr etish va xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha barcha xarajatlar 080-subschyotning debetida qayd etiladi, bu subschyotning kreditda esa tayyor buyumlami va bosma mahsulotlarining haqiqiy tannarxi bo'yicha budjet tashkilotining omboriga kirim qilinishi qayd etiladi. Xarajatlar haqidagi hisob ma’lumotlari asosida kalkulatsiya tuzish yo'li bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Xarajatlaming analitik hisobi buyumlaming turlari bo'yicha va xarajatlaming moddalari bo'yicha ko'p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarida tayyor buyumlami ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 080 -«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» sub-schyoti;
Kredit 060 -«O'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» sub-schyoti;
Kredit 063 - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;
Kredit 064 - «Yonilg'i, yoqilg'i va moylash materiallari» subschyoti;
Kredit 066 -«Idishlar» subschyoti;
Kredit 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 178 -«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.
Budjet tashkilotining omboriga tayyor buyumlar va tayyor bosma mahsulotlar kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 030 -«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlari» subschyoti;

Kredit080-«Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» subschyoti.
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor buyumlami hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish 280-«IshIab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyotida hisobga olinadi. Sotilgan buyumlar hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish bahosidagi summalari 280-subschyotni kreditida qayd qilinadi, bu subschyotning debetida sotilgan buyumlar hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlaming haqiqiy tannarxi qayd qilinadi. Yil tugagandan keyin sotish natijalari aniqlanadi va ular 410-«Foyda va zararlar» subschyotida hisobga olinadi. Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlari sotilishining analitik hisobi ko‘p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlar sotilganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyoti;
Kredit 030 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlari» subschyoti.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlami sotish natijasining summasi hisobot yili tugagandan keyin:
a) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko'rsatilgan
xizmatlami sotish natijasida foyda olingan boisa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti; Kredit 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti.
b) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko'rsatilgan
xizmatlami sotish natijasida zarar ko'rilgan bo'lsa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti;
Kredit 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish» subschyoti.

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish