Reja: Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organi O’zbekistonda sud organlari Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari



Download 145 Kb.
bet11/24
Sana28.12.2020
Hajmi145 Kb.
#54024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Davlat hokimyatining tashkil etilishi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining faoliyat shakllari Konstitutsiyamizning 81-moddasida hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunda belgilab berilgan.

Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli, uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga 3 marta o’tkaziladigan majlislardir.

Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin, ikki oydan kechiktirmay o’tkaziladi Mazkur majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komisiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, shu jumladan, qoida to’g’risida:


  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;

  • Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosari saylanadi;

  • Siyosiy partiyalar frksiyalari va deputatlar ro’yxatga olinadi;

  • Qonunchilik palatasining qo’mitalari tuziladi;

Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig’ida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga ko’ra yoki Qonunchilik palatasi deputatlari taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali ashkil etish, qo’mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.

Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasining Spikeri, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo’mitalari raislari kiradi.

Qonunchilik palatasi Kengashiga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.

Qonunchilik palatasining qo’mitalari, komissiyalari, fraksiyalari va deputatlar guruhlari huquqiy maqomlari Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi Qonunda belgilangan.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli – zaruratga qarab, lekin yiliga 3 marta o’tkaziladigan majlisdir.

Senat majlislari, agar senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma’qullash, ularga o’zgartirishlar va qoshimchalar kiritish to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Senatning 1chi majlisi Senat shakllantirilgandan keyin bir oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Mazkur Majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga adar unda raislik qiladi.

Senatning 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Senatning 1chi majlisida uning foliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, jumladan qoida tariqasida.


  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;

  • Senat raisi, uning o’rinbosari saylanadi;

  • Senatning qo’mitalari tuziladi.

Senatning navbatdan tashqari majlislari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senatning Raisi, taklifiga yoki senatorlarning umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Senatning majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Senatning qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qo’shma majlislar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikerining taklifiga yoki tegishli senatorlar yoxud Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqiriladi.

Senat Kengashi – senat faoliyatini muvofiqlashtirish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqasadida tuziladi.

Senat kengashi tarkibiga Senat Raisi, uning o’rinbosarlari, Senat qo’mitalari raislari kiradi.

Senat Kengashiga Senat raisi rahbarlik qiladi.

Senat qo’mitalari, komissiyalarni huquqiy maqomlari “Senat reglamenti” haqidagi Qonunda belgilangan.


Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish