Reja: Dunyo xo’jaligiga umumiy ta’rif



Download 51,9 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi51,9 Kb.
#905900
  1   2   3   4
Bog'liq
Dunyo xo


REJA:


  1. Dunyo xo’jaligiga umumiy ta’rif

  2. Dunyo siyosati

  3. Jahon qishloq xojaligi va uning tarmoqlaring rivojlanishi va joylanishi


Dunyo xo’jaligiga umumiy ta’rif :
Jahon xo‘jaligi ko‘p asrlardan beri mayjud bo‘lsada, 19-asr oxiri 20-asr boshlarida to'liq shakllandi. Bunga ko‘pgina omillar ta’sirida erishildi, ya’ni yirik mashina ishlab chiqarishining rivojlanishi, transportning samarali turlari paydo bo‘lishi, fan-texnika yutuqlari va boshqalar. Jahon xo‘jaligi - bu dunyo mamlakatlari milliy xo‘jaligining tarixan, o‘zaro iqtisodiy jihatdan bog‘langan murakkab to‘plamidir. Butunjahoniqtisodiymunosabatlarasosinijahonbozoritashkiletadi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, sababi, u dengizlarni birlashtirishga imkon berdi. XX asrning 50-90-yillarida jahon xo‘jaligida muhim rol o‘ynaydigan davlatlar paydo bo’ldi. Bu davlatlarga Sharqiy, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi, Avstraliya, Kanada va boshqalar kirdi. Bugungi kunda ko‘pgina xorij va Rossiya olimlarining ilmiy tadqiqotlarida dunyo davlatlarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ko'ra quyidagicha klassifikatsiyalashga harakat qilishmoqda. O‘tgan asrning 90-yillaridagi iqtisodiy geografiya darsligida jahon mamlakatlari 8 ta guruhga ajratilgan 1. «Katta yettilik davlatlari» (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, GFR , Fransiya, Italiya); 2. «Yettilikka» kirmaydigan G’arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlari (Shvetsiya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Avstriya, Lyuksemburg, Shveytsariya va bosh.); 3. Kapitalizmga o‘tgan davlatlar (Avstraliya, JAR, Isroil, Yangi Zelandiya). 4. MDH va G‘arbiy Yevropa davlatlari; 5. Yuqori YalM ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, Fors ko‘rtazidagi neft qazib oluvchi davlatlar; 6. «Yangi industrial mamlakatlar» Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Xitoy, Hindiston, Braziliya. Meksika, Argentina, Venesuela, Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi; 7. «Osiyoning to‘rt ajdarhosi» Singapur, Koreya Respublikasi. Tayvan, Gonkong; 8. Iqtisodiy qoloq davlatlar (Lotin Amerikasining ko‘pgina davlatlari, Osiyo va Afrika qator davlatlari), BMT bunga dunyoning 40 ta davlatini kiritadi, ya’ni bulardan Bangladesh, Niger, Nepal. Efiopiya, Afg‘onistan, Chad, Somali, Okeaniya davlatlari. Tovar ishlab chiqarishining o‘sishi, jahon bozorida davlatlar o‘rtasida xomashyo va mahsulot bozorining raqobatini keltirib chiqardi. Xalqaro mehnat taqsim otning vaqti keldi. Jahon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishida halqaro geografik mehnat taqsim otining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Geografik mehnat taqsimoti bu ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy shaklidir. Geografik mehnat taqsimoti miqyosiga ko‘ra rayonlararo va halqaro mehnat taqsimotiga bo‘linadi. Halqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xo‘jaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir.

Dunyo mamlakatlari milliy xo‘jaliklarining jahon xo‘jaliklarini birlashtirish asosida halqaro mehnat taqsim oti (XMT) yotadi. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT)-ayrim mamlakatlarning tabiiy sharoit va resurslari, aholining mehnat malakalarining ko‘nikmalari asosida ayrim mahsulotlari yoki ularning turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashuvidir. XMT mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi darajasi ijtimoiy-siyosiy tizim ining harakteridan qat’iy nazar tovarlar xizmat va bilimlarining xalqaro ayirboshlanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ilmiy savdo sotiq sohalarida boshqa hamkorlarining obyektiv asosidir. XMT mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi munosabatlar 65 rivojlanishining qonuniy natijasi ijtimoiy mehnat taqsimotining mantiqiy davomidir. XMT harakatlantiruvchi kuch va uni rag‘batlantiruvchi omil. Mamlakatlarning unda ishtirok etishidan ko‘zlangan maqsadi, manfaatlari, vazifalari iqtisodiy foyda olishga qaratilgandir. XMT da har bir mamlakat milliy iqtisodiyotning tutgan о‘rni quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi. a) Iqtisodiy geografik holati. b) Agroiqlimiy sharoitlari d) Tabiiy resurslari foydali qazilmalar bilan ta’minlangan darajasi e) Xalqning, millatning mehnat an’analari ma'lum ishlab chiqarish turlari xizmatlari ko‘nikmalariga egaligi. g) Mamlakatni iqtisodiy tarixiy rivojlanishi xususiyatlari j) Ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasi h) Mehnat resurslari sifat tarkibi kasbiy va intellektual darajasi yangi kasb hunarlarning o‘zlashtirish imkoniyatlari kabi bir qator iqtisodiy ijtimoiy ko‘rsatkichlar. XMTning mamlakatlar uchun manfaatli tomonlari. 1. Xalqaro ayirboshlashning qulay sharoitlarida eksport qilinayotgan tovarlar va xizmatlar baynalmilal va milliy qiymatlari o‘rtasidagi ijtimoiy farqiga erishish. 2. Arzon import tovarlar va xizmatlar evaziga milliy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlardan voz kechish. Iqtisodiy integratsiya ikki va undan ortiq milliy xo‘jaliklarining yagona mexanizmini yaratish maqsadidagi yaqinlashuvi va uyg‘unlashuvidir. Iqtisodiy integratsiya jarayoni rivojlanish darajasiga ko‘ra quyidagi beshta guruhga ajratiladi: 1. Erkin savdo mintaqasi; 2. Bojxona ittifoqi; 3. Umumiy bozor; 4. Valutaviy iqtisodiy ittifoq; 5. Siyosiy; Dunyodagi eng yirik integratsion ittifoq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK ) hisoblanadi. U 1960- yilda tashkil topgan bo‘lib, asosiy neft qazib oluvchi davlatlar qiziqishlarini himoya qiladi. Uning tarkibiga 13 ta davlat kiradi, bular Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Eron, 66 Iroq, Indoneziya; Afrikada-Liviya, Jazoir, Nigeriya, Gabon; Lotin Amerikasida-Venesuela, Ekvador. AQSH, K anada, Meksika iqtisodiy ittifoqi hududlari erkin savdo zonasiga (NAFTA) aylandi. Mintaqalar doirasidagi ittifoqqa Lotin Amerikasi assosiasiyasi integratsiyasi (LAII), Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamkorligi (AXES). Afrika birligi tashkiloti (OAE) va boshqalar kiradi.


Jahon xo‘jaligi va uning tarmoqlari rivojlanishi va joylanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi. Iqtisodiy geografik hudud omili, tabiiy sharoit, tabiiy resurslar, birinchi o‘rinda mineral resurslar; Shu hududning o‘zlashtirilganlik va o‘rganilganlik darajasi; transport omili; Demografik omil(aholi soni, mehnat resurslari va uning sifat darajasi, urbanizatsiya); talab omili; ekologik omil; 2000-yillarda dunyo iqtisodiyotida 2240 million kishi band bo‘lgan, bu 1900-yilga nisbatan 4 martaga ko‘pdir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar xo‘jaligida 382 million, rivojlanayotgan davlatlarda 1.7 milliard kishi mehnat qilishadi. Iqtisodiyot tarmoqlarda bandlar soniga ko‘ra Xitoy birinchi o'rinda turadi, ikkinchi o‘rinda Hindiston, so‘ngra AQSH, Indoneziya va Braziliya.




Download 51,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish