Reja: Ekspert tizimni yaratishning bosqichlari. Ekspert tizimlar klassifikatsiyasi


Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar



Download 1,48 Mb.
bet3/15
Sana19.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#869090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Quvonch uchun

9. Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar


ET ni yaratishda muayyan qiyinchiliklar uchraydiki, bularni nafaqat yaxshi bilish, balkim uni yengib chiqish kerak bo`ladi. Bu muammolarni batafsil ko`rib chiqamiz.



  1. Ekspertlardan bilimlarni olish muammosi. Birorta mutaxassis o`zining kasbiga oid bilimlarni va mahoratini hech qachon shundayligicha ochmaydi. U moddiy va ma’naviy jihatdan manfaatdor bo`lishi kerak. Hech kim o`zi o`tirgan daraxt shoxini kesishni hoxlamaydi. Ko`pincha bunday mutaxassis kompaniyalarga kerak bo`lib qolmaslikdan saqlanish uchun o`zining mavjud sirlarini ochishdan o`zini saqlaydi. Bunday vaqtda uning o`rniga ET ishlaydi. Bunday muammodan qutilishda hamkorlik qilishga qiziqishi bor yuqori malakaga ega bo`lgan ekspertlarni tanlash yordam beradi.

  2. Ekspert bilimlarini formallashtirish muammosi. Ba’zi bir predmet sohalarda ekspert-mutaxassislar o`zlarining bilimlarini yetarli darajada formallashtira olmaydilar. Ko`pincha ular intuitiv darajada to`g`ri qaror qabul qiladi va u yoki bu qarorni nima uchun qabul qilganligini asoslab bera olmaydi. Ba’zi hollarda qaror qabul qilishda ekspertlarning fikrlari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Bunday holatlarda o`zining fikrini aniq formallashtiradigan va boshqalarga oson tushuntiradigan ekspertni tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.

  3. Ekspert vaqtining kamligi muammosi. Yaratilayotgan ET uchun ekspertning yetarlicha vaqti etishmasligi mumkin. U juda band, hammaga kerak va muammolari bo`lishi mumkin. Bunday holatdan chiqish uchun loyihani boshlashdan oldin ekspertbilan ushbu loyixaga qancha vaqt sarflanishi, ishning hajmi oldindan kelishilgan bo`lishi kerak.

  4. Ekspert tomonidan formallashtirilgan qoidalarning kerakli aniqlikni bermasligi. Agarda ekspertbilan haqiqiy masalalar yechilsa, bu muammodan halos bo`lish mumkin. Masalalarni yechishda amaliy masalalardan olingan haqiqiy ma’lumotlar, ya’ni laboratoriya ma’lumotlari, hisobotlar, kundaliklar va boshqa ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ekspert bilan bitta tabiiy tilda va muayyan bir predmet sohaga oid terminologiyada gaplashish kerak.

  5. Resurslarning etishmasligi. Resurslar sifatida bilimlar injeneri, instrumental vositalarni yaratuvchilar, ekspertlar va ET qurish vositalarini qarash mumkin. ET yaratish ko`p vaqtni talab etadi. Oxirgi yillarda ET yaratish texnologiyalarining rivojlanishi bilan ETni yaratish tez amalga oshirilmoqda, lekin yaratishga ketadigan vaqt muammoligicha qolmoqda. ET yaratishda qatnashadigan xodimlarni ko`paytirish ET yaratishga ketadigan vaqtni qisqartirmaydi, chunki ET yaratish jarayoni – bu teskari aloqalar to`plami jarayoni. Shuning uchun ETni loyihalashni rejalashtirishda yuqoridagilarni hisobga olish kerak bo`ladi.

  6. Yechiladigan masalada instrumental vositalarning noadekvatligi(mos kelmasligi). Ko`pincha aniqlangan bilimlar tiplarini(vaqtli yoki fazoli) bilimlarni namoyish etishning bitta tilida tasvirlash mumkin bo`lmaydi. Ba’zi bir masalalar ET texnologiyalari asosida yechishga yaroqsiz bo`ladi. Shuning uchun yechilayotgan masalaga ET texnologiyalarini qo`llash uchun ushbu masala puxta tahlil qilinishi va undan keyin to`g`ri qaror qabul qilinishi kerak.

ETlarni qurishda uchraydigan boshqa qiyinchiliklar haqidagi ma’lumotlar [15, 29, 34, 36, 38, 41] manbalarda keltirilgan.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish