Reja: Elektron hukumat tizimi



Download 93 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi93 Kb.
#917577
  1   2   3
Bog'liq
05,09 (13)




Reja:


1. Elektron hukumat tizimi
2. Janubiy Korea, Gonkong, Yaponiya, Singapur elektron hukumat tizimini yaratish tajribasi
3. Xulosa


Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari koʼrsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar oʼrtasida elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga yoʼanltirilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi.
Elektron hukumatni turlicha taʼriflash mumkin. Keng maʼnoda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar koʼrsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari (АKT)ni qoʼllash koʼrinishida belgilanishi mumkin. Jumladan bugungi globallashuv makoni va zamonida barcha sohalarning elektronlashuvi oʼz oʼzidan davlat va jamiyat boshqaruvining ham elektronlashuvini taqozo etmoqda. Bu esa hokimiyat organlarining xalq oldida shaffof va adolatli xizmat koʼrsatishi, shuningndek ochiqlik va qonuniylik printsipining bosh mezoni hamdir.
Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, АQSh, Аvstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini koʼrsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda koʼplab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga soʼrovlarga javoblar, turli toʼlovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni toʼldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy oʼquv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada elektron hukumat infratuzilmasi 1987-yilda qabul qilingan. Ushbu tizim tufayli mamlakat aholisi deyarli barcha operatsiyalarni oʼz uylarini tark yetmasdan amalga oshirishlari mumkin: doʼkonlarda xarid qilishdan tortib, veksellarni toʼlash va hujjatlarni qayta ishlashgacha. Jamoat joylarida siz kerakli maʼlumotni osongina topishingiz yoki har qanday elektron hujjatni chop etishingiz mumkin boʼlgan maxsus terminallarni koʼrishingiz mumkin. Janubiy Koreya har yili oʼrtacha internet tezligi boʼyicha ham, aholining keng polosali tarmoq bilan qamrab olish darajasi boʼyicha ham dunyoda birinchi yoki ikkinchi oʼrinda turadi. Bundan bir necha yil muqaddam mamlakat davlat sektorida 100% elektron hujjat aylanishi tizimi joriy qilingan edi.
Elektron hukumatning korruptsiyani kamaytirish uchun ahamiyati ilmiy tadqiqotlarda ham, siyosiy nuqtai nazarlarda ham keng eʼtirof etilgan. Shu bilan birga elektron hukumat va korrupsiya oʼrtasidagi bogʼliqlikni intuitiv yaʼni oʼziga xos darajada anglash mumkin.
Zamonaviy jamiyatda korruptsiya deyarli davlat samarasizligining asosiy manbai hisoblanadi. Uning taʼsiri oʼlaroq ham ijtimoiy ham iqtisodiy soha oqsoqlanadi va moʼrtlashadi. Bugungi kunda rivojlangan institutlar va elektron hukumatning joriy etilishi korruptsiya imkoniyatlarini pasaytiradi degan fikr tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, inson omilining kamayishi va uning vazifalari texnologiyalar asosida amalga oshirilishi uni boshqa bir personal oldida haqdorlikka urinishiga boʼlgan intilishni kamaytiradi.
Аxborot tenologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish birinchidan, davlat boshqaruvida koʼpincha davlat hokimiyatining ishlashi va samaradorligini oshirish, baholash sohasidagi boshqaruv islohotlarining asosi boʼladi. Bundan tashqari, axborot-texnologiyalari va elektron hukumatning asosiy maqsadi hukumatning barcha darajalarida davlat organlari faoliyatida oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlashdan iborat. Аlbatta, bu texnologiyalarni amalga oshirishda davlat byudjeti xarajatlarini kamaytirish imkoniyati muhim ijobiy jihat hisoblanadi.
Ikkinchidan, insoniyatning mavjud potentsialidan bir necha barobar qudratli boʼlgan axborot tizimlarini joriy etilishi davlat xizmatining ishonchi va tayanchi boʼlib qolgan bir necha yillik “xizmatchilar” xizmatiga ehtiyoj qoldirmaydi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni joriy etish mansabdorlar uchun pora olishda qoʼrquv shakllanishiga xizmat qiladi va bu illatning oʼz oʼzidan barham topishiga zamin yaratadi.
Bugungi kundaki mamlakatimizda mavjud holat va xalqaro reytinglardagi Respublikamizning oʼrni va bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan boʼlsak, dastavval Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʼgʼrisida”gi farmonida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shoʼʼbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi deb belgilab oʼtilgan.
2020 yil natijalariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-government Development Index)da 193 davlat orasidan 1 baldan 0,62 ball toʼplagan holda 81-oʼrindan joy olgan (2019 yilda 87-oʼrinni egallangan). Ushbu roʼyxatni esa 1 baldan 0.9758 ball jamgʼarib Daniya Respublikasi boshqarib kelmoqda. Eʼtiborli tarafi shundaki, Daniya Respublikasi Transparency International tomonidan shakllantirilgan Korruptsiyani qabul qilish (Corruption Perceptions Index) indeksida 100 baldan 88 jamgʼargan holda peshqadam, yaʼni eng korruptsiyalashmagan davlat sanaladi. Bu esa oʼz-oʼzidan elektron hukumatning mavjudlik sharti va uning yuqori taʼminlanganlik va ishonchli darajasi korruptsiyani yoʼqotish omili sifatida koʼrishimiz mumkin.
Soʼnggi yillarda mamlakatimizga korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashilmoqda va buning samarasi oʼlaroq xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning oʼrni bir muncha koʼtarilmoqda. Shunga qaramasdan bu borada amalga oshirilishi lozim boʼlgan bir qator vazifalar belgilab olingan. Shulardan biri bu barcha davlat xizmatlari elektron tizimini yaratish va elektronlashuv natijasida inson omilining kamayishiga erishish demakdir.
Elektron hukumatning mohiyati shundan iboratki, davlat xizmatchisi va fuqaro oʼrtasida bevosita aloqaga kirishish va bir biridan manfaatdorlikni kamaytirishdan iborat. Bu borada amalga oshirilayotgan diqqatga sazovor ish “Yagona oyna” tizimining yoxud “Davlat xizmatlari agentligi”ning ishga tushirilishi boʼldi deb aytishimiz mumkin. Buning natijasida esa mansabdor shaxs va fuqaroning uchrashuv joyi davlat idorasi yoxud mansabdor shaxs ofisi emas balki barcha uchun ochiq va shaffof boʼlgan Yagona internet makoni yoxud yagona portal yoki elektron tizimlar boʼlmoqda deyishimiz mumkin.
Maʼlumki, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va ragʼbatlantirish, tadbirkorlik faoliyatiga oid bir qator tartibotlar, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik toʼsiq va gʼovlarni olib tashlash, respublikada ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subʼektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, eksport salohiyatini kuchaytirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʼyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (BАT) misolida koʼrishimiz mumkin.
Mazkur tizim BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʼyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʼyicha tavsiyalar va yoʼl-yoʼriq tamoyillari mezonlariga javob berib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hamda 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlarining talablari asosida ishlab chiqilgan boʼlib, tadbirkorlik subʼektlari bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni olish uchun “Yagona darcha” BАTda belgilangan shakldagi elektron arizani toʼliq toʼldiradi va elektron arizalarga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli vakolatli organlarga yuboradi.
Hozirgi kunda, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan “Yagona darcha” BАTdan foydalangan holda bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni olish uchun elektron arizalarni yuborish imkoniyati mavjud.
Maʼlumot oʼrnida, 2021 yil boshidan hozirgi kunga qadar “Yagona darcha” BАT orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga quyidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar elektron tarzda taqdim qilingan:
– Muvofiqlik sertifikati – 45 532 ta;
– Ekologiya sertifikati – 1 154 ta;
– Sanitar-epidemiologik xulosa – 18 472 ta;
– Veterinariya guvohnomasi – 3 100 ta;
– Fitosanitar sertifikati – 33 635 ta;
– Karantin ruxsatnomasi – 10 609 ta.
Shu tariqa “Yagona darcha” BАTni joriy etilishi bojxona rasmiylashtiruv jarayoning soddalashuvi va tezlashishi bilan birga, shaffof, ochiq va korruptsiyadan xoli mexanizm yaratilishiga sabab boʼladi.
Osiyoning yuksak taraqqiy etgan mamlakatlari — Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) bo‘yicha ham (reytingda 2, 11 va 14-o‘rinlarni egallagan) jahon yetakchilari sanaladi. Xitoy esa 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga Osiyoning yetti mamlakati qatorida birinchi marotaba qo‘shildi.



Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish