Reja: Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari



Download 31,44 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi31,44 Kb.
#223081
Bog'liq
Fan Defektologiya asoslari


Fan Defektologiya asoslari: MAVZU: SURDOPEDAGOGIKA. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR.

Reja:


1. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari.

2. Eshitish nuqsonlari bor bolalarning tavsifnomasi.

3. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar.

Tayanch iboralar:

Surdapedagogika–lotincha surdus kar, gung so'zidan olingan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Karimov.I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent 1998 yil.

2.Nikitina.M.I. Tahriri ostida “Surdopedagogika” M.1989 yil.

3. V.S. Raxmanova. “Defektologiya va logopediya asoslari”. T. “O’qituvchi” 1991 y.

4. V.S. Raxmanova.“Defektologiya asoslari. ma’ruza matni.T 2004yil.

Nutq murakkab ruhiy faoliyatdir.U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Bolalik davrida eshitishni yo’qotish esa bolaning psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning paydo bo’lishiga olib keladi, eshitish nuqsoni bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Karlikning erta paydo bo’lishi esa nutqning umuman rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.

Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Inson rivojlanishida nutq muhim faoliyatdir. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan, bo’lib atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshitish analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator bilan mustahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanish darajasi ko’p jihatdan tafakkurga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay balki muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so`zlarni tuzilishini, tovush tarkibining farqlay bilish qobilyati bilan ham xarakterlanadi. Inson rivojlanishida fiziologik omillar turlicha ta`sir etadi. Embrionllik davrida, homilaning rivojlanishida va tug`ilgandan keyin eshitishning buzilishiga bir qancha sabablar ta`sir etadi:

• onaning yuqumli kasalliklari (qizilcha, gripp, skarlatina, qizamiq);

• onani antibiotiklar ta`sirida va alkagol ta`sirida zaxarlanishi;

• ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi;

• tug`lish jarayonidagi travmalar( shikastlar);

• tug`ilgandan keyingi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish;

• e`tiborsizliklar natijasida quloq yo`liga yot jismlarining tushib qolishi;

• ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi.

Defektologiya ma’lumotlariga ko’ra eshitishda nuqsoni bor bolalarni rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va o’gir yengilligiga bog’liq. Kichik yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyati, nutqi rivojlangandan so’ng, masalan: 2 yoshida yo’qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta–sekin unutadi. Boladagi karlik bilan soqovlik qoshilib u kar-saqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida mahsus yordam ko`rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo`ladi. Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar soqov (gung), zaif eshituvchi, keyinchalik, qulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi.

Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalarda bolani har tomonlama rivojlantirish,uni maktab ta’limiga tayyorlashni amalga oshiradi.

Yasli bog’chalariga bolalar 1.5 yoshdan,bolalar bog’chasiga 3 yoshdan qabul qilinadi.

Maxsus umumta’lim maktablarda ta’lim tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. Sinf va tarbiya guruhlari 10-12 kishidan iborat bo’ladi.

Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida eshitishi buzilgan bolalarga ta’lim-tarbiya korreksion ishlar olib boriladi hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy va pedagogik yordam ko’rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarni kasb-hunarga yo’llab, moddiy tomondan ta’minlab, mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosabatini oshirib boradi.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Mamlakatimizda turli korxonalarda hamma bilan teng barobar zaif eshituvchilar ham mehnat qilmoqdalar. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifasi – qulog’i og’ir bolalarni boshqa anomaliyalardan ajratib, ularga alohida maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlkashdan iborat.

Tekshirish uchun savollar.

1.Surdopedagogika faning vazifasi.

2.Bola rivojlanishida nutqning ahamiyati.

3.Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari?

4.Tug’ma nuqsonlarning kelib chiqish sabablari.

5.Hayot davomida orttirilgan sabablar.

6.Zayif eshituvchilar necha yoshdan ta’lim–tarbiya muassasalarida tarbiyalanaladilar.

7.Hozirgi kunda eshitishda nuqsoni bor bolalar bilan olib borilayotgan korreksion ishlarning ahamiyati.

8.O’zbekistonda nechta eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar muassasalari mavjud.

Jizzах vilоyat ko`zi оjiz bоlаlаr mахsus intеrnаt-mаktаbi

2005 yil 2 sеntyabrdа ishgа tushirilgаn, Jizzах shаhrining SHаrоf Rаshidоv mаydоnidа qаd ko`tаrgаn, shаhаr ko`rkigа ko`rk qo`shib turgаn ko`zi оjiz vа zаif ko`ruvchilаr mахsus intеrnаt-mаktаbi vilоyat hоkimligi ko`mаgidа tаshqi ko`rinishidаn kоllеjlаrdаn qоlishmаydigаn tаrzdа qurib bitkаzildi. Hоzirgi kundа bu еrdа 120 nаfаrdаn оrtiq ko`zi оjiz o`quvchilаr tаhsil оlmоqdа. Ikkitаdаn tаshqil etilgаn 1-9 sinflаrdа zаif ko`ruvchi аlоhidа, ko`zi оjiz o`quvchilаr аlоhidа, 10 siifdа esа ikkаlаsi birgаlikdа o`qitilmоqdа. Intеrnаt-mаktаbdа Jizzах vilоyatidаn tаshqаri Sаmаrqаnd vа Sirdаryo vilоyatlаridаn kеlgаn bоlаlаr hаm tа`lim оlmоqdа. Ko`zi оjiz bоlаjоnlаrni 33 nаfаr o`qituvchi (shundаn 13 tаsi ko`zi оjizlаr) 27 nаfаr tаrbiyachi bilim cho`qqilаri sаri еtаklаmоqdа. O`quvchilаrni gumаnitаr vа tаbiiy fаnlаr bilаn birgаliqdа ko`zi оjizlаr uchun zаrur bo`lgаn ijtimоiy vа mаishiy yo`nаlish: ritmikа, nutq o`stirish, prеdmеt tаsаvvurlаrini shаkllаntirish, uy-ro`zg`оr ishlаri, mo`ljаl оlish vа erkin hаrаkаtlаnish, o`z-o`zigа хizmаt qilish ko`nikmаlаri bo`yichа hаm sаbоq bеrilаdi.

SHuningdеk, zаif ko`ruvchilаrgа Brаyl` tizimidаn ishqаri yassi yozuvdаgi lоtin аlifbоsi kаttа shriftlаrdа o`rgаtilаdi. O`quvchilаrning sоg`ligi mаktаbdа fаоliyat yuritаyotgаn ruhshunоs, lоgоpеd-vrаch vа hаmshirа yumоnidаn dоimо nаzоrаt qilib turilаdi.

Sinf vа yotоqхоnаlаr, mаktаb hоvlisi tоzаligigа qа`tiy riоya qilinib, bu jаrаyondа o`quvchilаr hаm fаоl shptirоk etаdi. YOtоqхоnаning bаrchа qаvаtlаri issiq sоvuq suv bilаn tа`minlаngаn. Hаr bir хоnаdа ikkini nаfаrdаn o`quvchi istiqоmаt qilаdi. Mаktаbning 50 Uringа mo`ljаllаngаn оshхоnаsi bo`lib o`quvchilаrgа ikki smеnаdа 4 mаhаl оvqаt tаshqil etilgаn.

Intеrnаt-mаktаbdа оchiq vа yopiq spоrt inshооtlаr bo`lib, yopiq hоldаgi spоrt zаlidа o`quvchilаr jismоniy tаrbiya o`qituvchisi D.Do`smаtоv rаhbаrligidа uyushtiriluvchi mахsus o`yinlаr vа chiniqish mаshg`ulоtlаrigа qаtnаshishаdi. Bu еrdа yanа zаif qo`ruvchilаr futbоl, vоlеybоl, bаskеtbоl, stоl tеnnisi kаbi spоrt turlаri bilаn shug`ullаnishаdi.

Kеng vа yorug` sinf хоnаlаri chirоyli mеbеllаr, оzоdа-оrаstа yo`lаklаr spоrt zаlidаgi turli хil trеnаjyorlаr... Ulаrning bаrchаsi intеrnаt-mаktаbning mоddiy tехnikа bаzаsi mustаhkаmligidаn dаlоlаt bеrаdi. Mаktаbdа 28 tа fаn хоnаsi, spоrt zаli, kugubхоnа, iаg)аrаtоriya, mа`nаviyat хоnаsi, o`quv zаli vа lingаfоn хоnаlаri mаvjud.

Jizzах vilоyat ko`zi оjiz bоlаlаr mахsus-intеrnа» mаktаbi jаmоаsi o`qituvchilаrning mаlаkаsini оshirish tаjribа аlmаshishlаrigа imkоn yarаtish mаqsаdidа Buхоrо, Sаmаrqаnd vа Tоshkеntdаgi turdоsh intеrnаt-mаktаblаri bilаn аlоqа o`rnаtgаn. SHuni tа`kidlаsh o`rinliki, intеrnаt-mаktаbdа ko`zi оjiz vа sоg`lоm o`qituvchilаr o`rtаsidа yaхshi munоsаbаt o`rnаtilgаn. Vа sоg`lоm o`qituvchilаrgа Brаyl` tizimini o`zlаshtirishlаridа еtаkchi o`qituvchilаrdаn G.Hаkimоvа, M.Sаmаndаrоvа, T.Dоsаnоvаlаr yaqindаn yordаm bеrmоqdаlаr.

Mаzkur bilim mаskаnidа o`quvchilаr hаr bir dаqiqаlаrini mаzmunli o`tkаzishаdi. Ulаr dаrsdаn bo`sh pаytlаridа shахmаt, shаshkа, musiqа, yosh qаlаmkаshlаr, yosh аdаbiyotshunоslаr vа bоshqа fаn to`gаrаklаrigа qаtnаshishаdi. Ulаr o`rtаsidа turli хil suhbаt, bаdiiy kеchаlаr vа ko`rik tаnlоvlаr nаfаqаt mаktаb miqyosidа, bаlki vilоyat vа rеspublikа miqyosidа hаm o`tkаzilib, o`quvchilаr sоvrinli o`rinlаrni qo`lgа kiritib kеlishmоqdа.

Manovi 2 mavzuda

Fan Defektologiya asoslari: 📔 Mavzu: KNB bolalarga ta`lim tarbiya berish metodikasi va xususiyatlari📝

Mavluda Mamatqulova, [20.05.21 21:34]

[Переслано от Jiyandi Defektologi]

Jizzах vilоyat ko`zi оjiz bоlаlаr mахsus intеrnаt-mаktаbi

2005 yil 2 sеntyabrdа ishgа tushirilgаn, Jizzах shаhrining SHаrоf Rаshidоv mаydоnidа qаd ko`tаrgаn, shаhаr ko`rkigа ko`rk qo`shib turgаn ko`zi оjiz vа zаif ko`ruvchilаr mахsus intеrnаt-mаktаbi vilоyat hоkimligi ko`mаgidа tаshqi ko`rinishidаn kоllеjlаrdаn qоlishmаydigаn tаrzdа qurib bitkаzildi. Hоzirgi kundа bu еrdа 120 nаfаrdаn оrtiq ko`zi оjiz o`quvchilаr tаhsil оlmоqdа. Ikkitаdаn tаshqil etilgаn 1-9 sinflаrdа zаif ko`ruvchi аlоhidа, ko`zi оjiz o`quvchilаr аlоhidа, 10 siifdа esа ikkаlаsi birgаlikdа o`qitilmоqdа. Intеrnаt-mаktаbdа Jizzах vilоyatidаn tаshqаri Sаmаrqаnd vа Sirdаryo vilоyatlаridаn kеlgаn bоlаlаr hаm tа`lim оlmоqdа. Ko`zi оjiz bоlаjоnlаrni 33 nаfаr o`qituvchi (shundаn 13 tаsi ko`zi оjizlаr) 27 nаfаr tаrbiyachi bilim cho`qqilаri sаri еtаklаmоqdа. O`quvchilаrni gumаnitаr vа tаbiiy fаnlаr bilаn birgаliqdа ko`zi оjizlаr uchun zаrur bo`lgаn ijtimоiy vа mаishiy yo`nаlish: ritmikа, nutq o`stirish, prеdmеt tаsаvvurlаrini shаkllаntirish, uy-ro`zg`оr ishlаri, mo`ljаl оlish vа erkin hаrаkаtlаnish, o`z-o`zigа хizmаt qilish ko`nikmаlаri bo`yichа hаm sаbоq bеrilаdi.

SHuningdеk, zаif ko`ruvchilаrgа Brаyl` tizimidаn ishqаri yassi yozuvdаgi lоtin аlifbоsi kаttа shriftlаrdа o`rgаtilаdi. O`quvchilаrning sоg`ligi mаktаbdа fаоliyat yuritаyotgаn ruhshunоs, lоgоpеd-vrаch vа hаmshirа yumоnidаn dоimо nаzоrаt qilib turilаdi.

Sinf vа yotоqхоnаlаr, mаktаb hоvlisi tоzаligigа qа`tiy riоya qilinib, bu jаrаyondа o`quvchilаr hаm fаоl shptirоk etаdi. YOtоqхоnаning bаrchа qаvаtlаri issiq sоvuq suv bilаn tа`minlаngаn. Hаr bir хоnаdа ikkini nаfаrdаn o`quvchi istiqоmаt qilаdi. Mаktаbning 50 Uringа mo`ljаllаngаn оshхоnаsi bo`lib o`quvchilаrgа ikki smеnаdа 4 mаhаl оvqаt tаshqil etilgаn.

Intеrnаt-mаktаbdа оchiq vа yopiq spоrt inshооtlаr bo`lib, yopiq hоldаgi spоrt zаlidа o`quvchilаr jismоniy tаrbiya o`qituvchisi D.Do`smаtоv rаhbаrligidа uyushtiriluvchi mахsus o`yinlаr vа chiniqish mаshg`ulоtlаrigа qаtnаshishаdi. Bu еrdа yanа zаif qo`ruvchilаr futbоl, vоlеybоl, bаskеtbоl, stоl tеnnisi kаbi spоrt turlаri bilаn shug`ullаnishаdi.

Kеng vа yorug` sinf хоnаlаri chirоyli mеbеllаr, оzоdа-оrаstа yo`lаklаr spоrt zаlidаgi turli хil trеnаjyorlаr... Ulаrning bаrchаsi intеrnаt-mаktаbning mоddiy tехnikа bаzаsi mustаhkаmligidаn dаlоlаt bеrаdi. Mаktаbdа 28 tа fаn хоnаsi, spоrt zаli, kugubхоnа, iаg)аrаtоriya, mа`nаviyat хоnаsi, o`quv zаli vа lingаfоn хоnаlаri mаvjud.

Jizzах vilоyat ko`zi оjiz bоlаlаr mахsus-intеrnа» mаktаbi jаmоаsi o`qituvchilаrning mаlаkаsini оshirish tаjribа аlmаshishlаrigа imkоn yarаtish mаqsаdidа Buхоrо, Sаmаrqаnd vа Tоshkеntdаgi turdоsh intеrnаt-mаktаblаri bilаn аlоqа o`rnаtgаn. SHuni tа`kidlаsh o`rinliki, intеrnаt-mаktаbdа ko`zi оjiz vа sоg`lоm o`qituvchilаr o`rtаsidа yaхshi munоsаbаt o`rnаtilgаn. Vа sоg`lоm o`qituvchilаrgа Brаyl` tizimini o`zlаshtirishlаridа еtаkchi o`qituvchilаrdаn G.Hаkimоvа, M.Sаmаndаrоvа, T.Dоsаnоvаlаr yaqindаn yordаm bеrmоqdаlаr.

Mаzkur bilim mаskаnidа o`quvchilаr hаr bir dаqiqаlаrini mаzmunli o`tkаzishаdi. Ulаr dаrsdаn bo`sh pаytlаridа shахmаt, shаshkа, musiqа, yosh qаlаmkаshlаr, yosh аdаbiyotshunоslаr vа bоshqа fаn to`gаrаklаrigа qаtnаshishаdi. Ulаr o`rtаsidа turli хil suhbаt, bаdiiy kеchаlаr vа ko`rik tаnlоvlаr nаfаqаt mаktаb miqyosidа, bаlki vilоyat vа rеspublikа miqyosidа hаm o`tkаzilib, o`quvchilаr sоvrinli o`rinlаrni qo`lgа kiritib kеlishmоqdа.

Mavluda Mamatqulova, [20.05.21 21:34]

[Переслано от Jiyandi Defektologi]

1 – mаvzu: Defektologiya fаnining prеdmеti, mаqsаdi vа vаzifаlаri.

QADIMGI ZAMON NEVROLOGIYaSI

Mavluda Mamatqulova, [20.05.21 21:34]

[Переслано от Jiyandi Defektologi]

Asab sistemasi, uning tuzilishi, kasalliklari va ularni davolash haqidagi dastlabki ma’lumotlar quldorlik tuzumi davrining tibbiy manbalarida uchraydi. Bu ma’lumotlarda asab kasalliklarining tashqi belgilari emperik tarzda tasvirlangan. Quyida keltirilgan nevrologiya tarixi bo’yicha ma’lumotlar qadimgi Misr, Yunoniston, Rim imperiyasi, arab tabobati, O’rta asr, uyg’onishi davrlarini hamda hozirgi zamon tabobatlarini o’z ichiga oladi.

QADIMGI MISR NEVROLOGIYaSI

Misrlik koxinlar tabib sifatida tan olingan edilar. Ular arab sistemasining ba’zi kasalliklari, masalan, bosh miya chanog’i jarohatlari, miya shikastlanishi bilan bog’liq bo’lgan falajlar, yuz nervining falaji va boshqalar haqida bilishar edi. Gerododning ta’kidlashicha (earmizdan avvalgi V asr), Misrda ayrim tabiblar faqatko’zni, boshqalari-boshni, uchinchilari-tishlarni, to’rtinchilari-qorin kasalliklarini davolashar, beshinchilari esa, ayrim ichki a’zolarni davolashga ixtisoslashgan edilar.

Fivin maqbarasida topilgan, eramizdan avvalgi XVI asrga taalluqli bo’lgan Ebers papirusida turli kasalliklar, shu jumladan, asab kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan 900 ta resept va ko’rsatmalar keltiriladi. Davolash vositalari sifatida turli o’simliklar (piyoz, sarimsoq piyoz, salat, nilufar, zig’ir, loviya, ukrop, ko’knori, xurmo, anor, uzum), neorganik moddalar (oltingugurt, temir, Surma, loy, qo’rg’oshin, soda, selitra) va hayvonot mahsulotlari (qon, sut, tananing ishlov berilgan qismlari, turli hayvonlarning ekskrementlari va boshqalar) keltiriladi. Ularni sut yoki asal bilan, damlama sifatida tayyorlashgan. Edvin Smitning jarrohlik papirusida bosh chanog’i va bosh miya jarohatlari haqida so’z yuritiladi.

QADIMGI YuNON NEVROLOGIYaSI

Buqrot (Gippokrat). Tibbiyotning otasi bo’lmish buyuk Buqrot eramizgacha bo’lgan 460-377 yillarda yashagan. Kos tibbiy maktabining Taniqli vrachlari-uning o’g’illari Fessal va Drakon, kuyovi Polibl, Appoloniy, Deksip va Traskagorlar Buqrotning shogirdlari bo’lishgan.

Buqrotning bizgacha 59 qismdan iborat asarlar to’plami yetib kelgan.

Buqrotning fikricha, bosh miya bezlar turkumiga kiradi, u ikki yarim shardan iborat bo’lib, ular o’zaro komissura v amiya chandig’i yordamida bog’langan. Bosh miya ikkita parda bilan o’ralib turadi: tashqi-qattiq parda, ichki miyaga tegib turuvchi-yumshoq pardadir. Orqa miya esa bosh miyadan paydo bo’lib, uning ham o’z pardalari bor. Buqrot kiritgan «araxnoidal» parda termini hozirgacha qo’llaniladi. Buqrotga eshituv nervi, uch tarmoqli, sayyor nervlar, tirsak va qovurg’alararo nervlar, yelka chigali, quymich nervi kabilar ma’lum edi. Bosh miya odamzod uchun eng buyuk kuch hisoblanadi. Ko’z, quloq, qo’l va oyoqlar miya buyrug’i asosida ishlaydi.

Buqrot fikricha, bosh og’rig’i bosh miyada paydo bo’lgan quyqa tufayli vujudga keladi. U bosh miya qizib ketganda, zax o’tganda, tumov bo’lganda, quloq og’riganda va sharob ichganda paydo bo’ladi. Shuningdek, ko’z migreni ham Buqrot qalamiga mansub.

Buqrotning ko’p ta’limotlari hozirgi zamon klinikasi va davolash usullari nuqtai nazaridan soda ko’rinsada, lekin uning bemorlardagi kuzatuvlari qiziqarlidir.

U asab kasalliklari qatoriga quyidagilarni: bosh og’rig’i, bosh aylanishi, bosh miyaga qon quyilishi, paraplegiya, letargiya, isteriya, har xil turdagi falajlar, mushak tortishishlari, orqa miya zaxmi, bosh miya va orqa miya jarohatlari kabilarni kiritgan.

Bundan tashqarii, Buqrot bosh miyaning yarmi zararlanganda qarama-qarshi tomondagi oyoq-qo’llar falaj bo’lib qolishini bilgan. Agar jarohat miyaning chap tomonida bo’lsa, tananing o’ng tomonida falaj va tutqanoq xurujlari paydo bo’ladi deb tushuntirgan.

Buqrotning epilepsiya kasalligi to’g’risidagi fikrlari tarixda alohida o’rin tutadi. Bu kasallik Buqrotdan oldingi hind, xitoy olimlariga ham ma’lum edi. U epilepsiya sabablari to’g’risida shunday yozgan: «Bir qarashda bu irsiy kasallik ko’rinsa-da, lekin uning asosida bir qancha sabablar yotadi: epilesiya ona qornidagi kasalliklardan boshlab, bosh miyaning har xil zararlanishi oqibatida ro’y beradi». Bu kasallikning asosiy sababi bosh miyada deb ta’kidlaydi u.

Buqrot asab kaksalliklarini ularning kelib chiqishiga qarab davolagan. Bunda u avvalo qon chiqarish, Oshqozon va ichaklarni tozalash: bug’li vannalar, dorivor moddalarni ishlatish, me’yorida ovqatlanish, to’g’ri yashash tarziga rioya qili shva hokazolarga ahamiyat bergan.

Aflotun (Platon). Aflotun (eramizdan oldingi 430-348 yillar) Suqrotning shogirdi, faylasuflar maktabining asoschisi hisoblanadi, lekin tibbiyot fanining rivojlanishiga ham hissa qo’shgan.

Aflotunning asab sistemasi to’g’risidagi fikrlari Aflotunning fikricha, miyada hayot asosini tashkil qiluvchi aloqalar bo’lib, ular ruh va tanani birlashtirib turadi. Bosh miya sharsimon suyak bilan qoplangan, orqa miya umurtqa pog’onasi yordamida muhofaza qilingan. Bularning hammasi tashqi ta’sirlardan himoyadir.

Aflotunning fikricha, bosh va orqa miyani tangri sezish va fikrlash uchun yaratgan. Sezgi organlari miyadan boshlanib, ruhning asosiy quroli hisoblanadi.

Aflotun Buqrot kabi nervlarni paylar bilan aralashtirgan, ular bo’g’imlardagi harakatlarni yengillashtiradi, deb o’ylagan.

Arastu (Aristotel). Arastu (eramizdan oldingi 384-322 yillar) o’z falsafiy va tibbiy fikrlarini ustozlari Aflotun va Buqrotdan olgan. Arastu taxminan 400 ta asar yozib qoldirgan. Ulardan ba’zilarigina tibbiyotga aloqador.

Arustuning fikricha miya qonsiz, hissiz, sovuq va shilimshiq bo’lib, u ikkita yarim shardan tarkib topadi va shuningdek, ikkita miya pardasi bilan qoplangan. Miyacha miyadan orqada joylashgan bo’lib, bosh miyadan ajralib turadi.

Qadimgi olimlar ichida Arastu birinchi bo’lib asab tolalarining mavjudligiga va bu asab tolalari miyadan kelib chiqishiga e’tiborni jalb qilgan. U buni asab tolasi deb atamagan, balki «miyadan tashqariga chiquvchi mayda kanalchalar yoki naychalar» deb atagan. Arastu faqat ko’rish, hid bilash va eshitish nervlarini bilgan, lekin ularning miyadan qay tomonga yo’nalishini aniq tasvirlab Bera olmagan, ularning vazifalarini ham to’g’ri tasavvur qila olmagan. Masalan, ko’ruv nervi ko’zning oziqlanishiga xizmat qiladi, deb tushungan.

Arastu bosh miyaning his qilish a’zolaridan biri ekanligini inkor etgan holda yurakni tananing qaynoq a’zosi va barcha hissiyot, sezish va aqlning erkin faoliyati joylashgan makon sifatida tasavvur qilgan.

Al-Forobiy. Qomuschi olim al-Forobiy (873-950 y.) qalamiga 160 dan ortiq ilmiy ishlar mansubdir. «Arastu metafizikasiga izohlar», «Nazariy va amaliy tabobat», «Odam tanasi a’zolari haqida traktat» shular jumlasidandir.

Forobiy insonni atrof muhit bilan bog’lab turuvchi 5 ta sezgi azolari to’g’risida yozib, bunday ruhiy holatlarning fiziologik holatga mansubligini ko’rsatadi.

Forobiy insondagi tibbiy jarayonlarni izchil o’rganish kerakligini ta’kidlagan. U inson hamma hayvonlardan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni unda ruh bor, ruhda hosil bo’lgan kuchlar tana a’zolari orqali ta’sir qiladi.

Forobiy insonning tabiiy qobiliyati-sezish va fikrlashni o’rganishning qulay usullarini ishlab chiqishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Forobiy dunyo sirlarini aql va faoliyatning mislsiz imkoniyatlari borligini ta’kidlaydi. Olim insonning o’limidan so’ng qayta tirilishi haqidagi fikrni qabul qilmagan, faqat yerdagi hayotdagina baxtga erishish mumkin, deb hisoblagan.

Forobiy kasallik kelib chiqishining umumiy qonunlari va odam organizmining sog’lom holatini saqlab qolish to’g’risida fikr yuritgan.

Al-Zahraviy (Abul Qosim). Abul Qosim (936-1013 y) tabobatda jarroh sifatida 30 jildli «Al-Tasrif» asari muallifi sifatida mashhur. Bunda Abul Qosim har xil kasalliklar va ularning davosini keltiradi, bosh miyada qilinadigan operasiyalar to’g’risida fikr yuritadi. «Miyaning o’zida suyuqlik bo’lganda» operasiyani bajarish mumkin emas deydi. Abul Qosimning aytishicha, jarrohlik bilan shug’ullanadigan vrach anatomiyani, bosh miya tomirlari, nervlari va asosiy a’zolarining joylashishini aniq bilishi kerak.

Abul Qosim o’tkir qurollar (pinset)dan foydalanib, quloq va chakka arteriotomiyasini o’tkazgan. U bosh og’rig’i, falajlar, tutqanoq, melanxoliya, ishias kasalliklarini davolagan.

Abu Rayhon Beruniy. Ibn Sinoning zamondoshi va do’sti, yirik qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) Xorazmning qadimiy poytaxti Qot shahrida tug’ilgan.

Beruniy tibbiyot bilan alohida shug’ullangan bo’lmasa ham, u tibbiyotni yaxshi bilgan. Beruniy Xorazmdagi «Ma’mun akademiyasi»ning rahbarlaridan biri bo’lgan. Abu saxl Masixiy, Ibn Sino, Ibn Xammor va boshqalar bilan birga ishlab, ularga maslahatgo’y bo’lgan.

ABU ALI IBN SINO NEVROLOGIYaSI

Buyuk alloma, o’rta asr ilm-fanining yorqin yulduzlaridan biri, o’z davrida yerdan osmondagi yulduzlargacha bo’lgan muammolar sir-asrorlarini o’rganib, bilimlarini kelgusi avlodlarga o’lmas meros qilib qoldirgan ulug’ donishmand Abu Ali ibn Sino (Yevropada Avisenna) 980 yilning sentyabr oyida Buxoroning Afshona qishlog’ida savodli, ma’rifatparvar oilada dunga keldi. Unga Husayn deb nom qo’yishdi.

U ustozi Notilidan ipak yo’li orqali bizgacha yetib kelgan Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlarning buyuk ishlarini o’rgandi. Ibn Sinoda ayniqsa tib fani katta qiziqish uyg’otdi. Buni sezgan otasi mashhur shifokor ar-Roziyning «Tibbiyot majmuasi» asarining 30 jildini topib, unga beradi. Bu davrda Buxoroga ulug’ mutafakkir olim, donishmand hakim Abu Rayhonning ustozi Abu Saxl Masixiy keladi. Bundan foydalanib, Abdullo ibn Sino o’g’li Husaynni unga shogirdlikka topshiradi.

Ibn Sino olim sifatida misli ko’rilmagan darajada jahonga tanildi. Uyg’onish davrining geniysi Mikelanjelo: «Galen va Avihyennani yoqlab xato qilish, boshqalarni oqlab to’g’ri bo’lishdan yaxshiroqdir» degan edi.

Ibn Sino qisqa umri davomida 300 dan ortiq ilmiy asarlar yaratgan. Uning «Tib qonunlari» butun dunyoga mashhurdir.

«Tib qonunlari» 5 jilddan iborat bo’lib, 412,5 bosma sahifalarni tashkil etadi. Unda asab tuzilmasining anatomiyasi va fiziologiyasi shu qadar chuqur chuqur va batafsil ban qilinganki, bunga qoyil qolmay iloj yo’q.

Ibn Sino birinchi bo’lib umumiy nevrologiya bilan xususiy nevrologiyani bir-biridan ajratib berdi, inson a’zolari funksiyasini ularning tuzilishi bilan chambarchas bog’liq holda bayon qildi.

Umumiy nevrologiya. Ibn Sino a’zolarni bosh miya va itoatkor organlarga bo’lib chiqqan, bosh (markaziy) organlarga bosh va orqa miyani kiritgan. Alloma bosh miyani his-tuyg’ular va harakatning boshlang’ich organi deb ta’riflaydi. U bosh miya anatomiyasini batafsil bayon qilgan: miya qutisi ichidagi simmetrik 2 ta yarim sharning chuqur egat bilan bo’linib, 4 bo’lmachaga bo’lingani, ular har birinin funksiyalari qon tomirlar bilan ta’minlangani, miya pardalari, qorinchalari, miya ustunini juda ustalik bilan bayon qilgan. Bosh miya qorinchalari, sisternalari va ularni orqa miya suyuqligi (likvor) ishlab chiqilishi to’g’risidagi ma’lumotlar alohida e’tiborga ega. Ayniqsa, bosh miya qon tomirlari, uning qon bilan ta’minlanishi shu qadar aniqlik va ustalik bilan bayon qilganki, bunga hozirgi zamon tadqiqotchilari o’zgartirish kiritishi amri maholdir.

Ibn Sino bosh miyani «ong markazi» deb ta’riflaydi. Ichki organlarning faoliyati, ishlash tarzi ham bosh miyaga bog’liq.

Ibn Sino orqa miyaning anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur o’rganib, shunday deb yozgan edi: «yaratuvchi… bosh miyaning bir qismini pastga (tananing pastki qismiga) tushirib, insonga muruvvat ko’rsatdiki, undan ajralgan nervlar mayda tarmoqlarga bo’linib o’z vazifalarini bemalol, uzluksiz bajo keltiradilar».

Ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida periferik nerv sistemasining anatomiyasi va fiziologiyasini xayratomuz aniqlik bilan tasvirlagan. Buqrot esa nerv bilan payni bir-biridan ajrata olmagan, markaziy va periferik asab sestemasining farqini aniqlab berolmagan.

Buqrot va uning shogirdlari periferik nervlarni quyidagicha tassavur qilishgan: «nervlar bo’g’imlar bilan birikkan holda uchrab, butun tanaga yoyiladi. Yuzda boshqa nervlar bo’lmaydi; eng nozik va mustahkam nervlar mushaklar va suyaklar orasida joylashgan».

Bu sohada Ibn Sinoning periferik nervlar to’g’irisidagi ma’lumotlari haqiqatga va hozirgi zamon nevrologiyasi ta’limiga mos keladi. Periferik nervlarni Ibn Sino quyidagicha ta’riflaydi: «Nervlar bosh miyadan yoki orqa miyadan boshlanib, mayda, yumshoq o’tkazgichlardan iborat. Ular harakatlantirish va sezish funksiyalarini bajarish uchun yaratilgan».

Ibn Sino kranial va orqa miya nervlarining harakatlantiruvchi va sezuvchi funksiyalarini e’tiborga olib, alohida-alohida bayon qilganki, bu uning nihoyatda chuqUr bilimga ega ekanligidan, sinchikovligidan, o’ta kuzatuvchanligidan dalolat beradi.

Klinik nevrologiya. Ibn Sinodan oldin o’tgan olimlarning ko’pchiligi-Sushruta (eramizdan oldingi VI asr). Buqrot, Galen kabi allomalar asab sistemasi tasnifini tuzishga harakat qilishgan. Masalan, Buqrot bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tatqanoq, frenit, orqa miya so’xtasi, titroq, turli falaj va ularning davolash usullarini o’zining turli asarlarida va ularning davolash usullarini o’zining turli asarlarida bayon qilgan Galen tasnifi ham Buqrot tasnifi singari sistemalashmagan. Abu Ali ibn Sinoning bu boradagi tasnifi esa nazariy bilimlar asosida emas, balki chuqUr izlanishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, asoratlar, davolash usullari va profilaktikasi asosida tuzilgan.

Ibn Sino asab kasalliklarini quyidagi guruhlarga bo’lgan:

1. Bosh miyaning yallig’lanish kasalliklari.

2. Bosh miyaning qon tomir kasalliklari.

3. Nerv sistemasining o’smalari.

4. Epilepsiya (tutqanoq).

5. Bosh miyaning gidrosefaliyasi.

6. Bosh miyaning parazitar kasalliklari.

7. Nerv sistemasi jarohatlanishidan kelib chiqadigan kasalliklar.

8. Nerv sistemasining zaharlarnishi.

9. Nerv sistemasining funksional kasalliklari (nevrozlar).

10. Periferik nerv sistemasi kasalliklari.

11. Nerv sistemasining yondoshgan kasalliklari.

12. Turli a’zolar kasalliklari natijasida kelib chiqqan nerv kasalliklari.

13. Ruhiy kasalliklar.

14. Mijozning buzilishi va boshqalar.

Ibn Sino kasalliklarni o’tkir va surunkali, yengil yoki og’ir davolanadigan va davolanmaydigan kasalliklarga bo’ladi. Kasallikni 4 davrga-boshlang’ich davr, zo’rayish davri, o’ta zo’rayish davri va susayish davrlariga bo’ladi. Bundan tashqarii kasallik o’chog’ini aniqlashga katta e’tibor beradi.

Shuni alohida aytib o’tish kerakki, atoqli fiziolog olim I. P. Pavlov nevrizm sohasida ishlab quyidagilarni yozadi: «Nevrizm bu nerv sistemasining odam organizmi faoliyatiga ta’sirini tarqatuvchi fiziologik yo’nalishdir». Holbuki bu fikrni I. P. Pavlovdan oldin Ibn Sino aytgan edi.

Hozirgi zamon nevropatologlari, kardiologlari, insultlar va infarktlarning kelib chiqishiga iqlimning keskin o’zgarishlari sabab bo’lishini isbot qilmoqdalar. Ibn Sino bu fikrni o’zining «Tib qonunlari» kitobida yozib qoldirgan edi.



Ibn Sinoning o’lmas merosi Amerika Qo’shma Shtatlarida ham ardoqlanadi. Amerikaning Kanzas Siti shtatidagi 3000 o’rinli kasalxonada, ya’ni «Salomatlik markazi» deb ataluvchi dargoh kutubxonasida Ibn Sinoning 1498 yilda chiqqan «Tib qonunlari»ning 5 jildli (fransuzcha nashri) asrab-avaylanmoqda.

Ibn Sino tavsiya qilgan tabobat usullari hozirga qadar ko’pgina tibbiy maskanlarda qo’llanib kelinmoqda.
Download 31,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish