Reja: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi



Download 98,5 Kb.
bet12/15
Sana16.03.2022
Hajmi98,5 Kb.
#493777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4-mavzu

Umumiylik, yakkalik, xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko’p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo’lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmet lar turkumini to’ishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo’lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko’rganmisan?
- Ha, ko’rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko’rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko’rgansan.
Sog’lom fikr kanareykada qushni ko’rgan bola u hech qachon qushni ko’rmaganini aytayotgan boladan ko’proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko’rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o’z tajribamizda ko’rganimiz hech qanday shubha uyg’otmaydi. Umumiy tushunchalar amalda ob’ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg’in munozaralarga sabab bo’lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs o’rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. Xo’sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda?
Yakkalik – faqat mazkur ob’ektga xos bo’lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o’xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi.
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin. yakkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo’lgan abstraktsiya bo’lib qoladi. yakkalik va umumiylikning keltiriladigan ta’riflari ularni ayni bir ayrim ob’ektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o’zgaruvchanlik – butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet , yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o’xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.
«Yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo’lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o’rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo’lgan ayniylikdir. Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo’lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo’ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to’liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. yakkalik o’z mohiyatiga ko’ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi
O’rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi bahs uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo’linishiga olib keldi. Realistlar umumiylikni yakkalikdan ajratib, umumiylikni mustaqil holda mavjud hodisa sifatida, narsalar paydo bo’lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro’yobga chiqarilgan g’oyasi sifatida talqin qilganlar. SHunday qilib, realistlar fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g’oyasi sifatida mavjud bo’ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar. Mazkur tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik ob’ektlar to’plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda duch kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob’ektlarni emas, balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo’lgan xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o’ziga xosdir, chunki ularning har bir ob’ektdagi ko’rinishi, uyg’unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. SHu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.

Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish