Reja: Futbol kelib chiqish tarixi



Download 5,14 Mb.
Sana01.02.2022
Hajmi5,14 Mb.
#421289
Bog'liq
Fam bo`yicha maruza matn1


Mavzu: Futbol o’yinining tavsifi
Reja:
Futbol kelib chiqish tarixi
Futbol o’yinida kerakli anjomlar

Dastlab futbolni Angliyada uynay boshlashgan FUTBOLning dastlab kelib chikishi Britaniya orollaridan boshlangan. Dastlab futbol tuplari uldirilgan xayvonlar terisidan tayerlangan futbol maydonlari sifatida bozor maydonlari yeki shaxar kuchalari xizmat kilgan. Vakt buyicha ertalabdan kechgacha uynash mumkin bulgan,fakat oek bilan emas tananing barcha kismi xattoki kul bilan xam uynash mumkin bulgan.Uyinchini ushlash chalish va unga tashlanib yikitishga xam ruxsat etilgan. Dastlab futbol juda kupol tarzda uynalgan va uyinchilarning kuplab jaroxat olishlariga sabab bulgan,feodallar va serkov xizmatchilari bunday kupol uyinni takiklashni bir necha bor talab etishgach 1313-yilda kirol Eduard II bu odamlarning maslaxatlariga kulok solib shaxar va uning atrofida futbol uynashni takiklab kuydi.Odamlar futbol uyinini shaxardan tashkari xududlarda kishlok va ovullarda uynay boshladilar.1333- yilda kirol Eduard III sheriflardan futbol uynovchilarni kattik nazoratga olish, insonlarning futbol uynashlariga yul kuymaslikni talab kildi. Anglichanlarga bu uyin yekardi ular bir necha bor kiroldan takikni bekor kilishni surashlariga karamasdan rad javobini olishgan, 1389- yilda kirol Richard II kirollikda futbol uynashni butunlay takiklab kuydi, kimda kim futbol uynasa juda kattik jazolangan.Xattoki ulim jazosiga maxkum etilishi xam mumkin bulgan. Bu takiklarga karamasdan Anglichanlar futbol uynashni davom ettirishgan.Ancha yillik muzokara va baxslardan sung dastlab 1592-Shotlandiyada,sungra 1603- yilda Angliyada futbol uynashga ruxsat berildi. Birinchi bulib bu uyinni futbol deb Anglichanlar nomlashgan va uni ommaga targib kilishgan ular uzlarini futbol asoschilari deb xisoblashga tula xaklidirlar. Angliyada 1863-yilda birinchi futbol assotsiatsiyasi tashkil etilgan, bundan tashkari birinchi futbol klublari va futbol koidalariga asos solindi, bir necha un yillardan sung bu koidalar xalkaro mikesda tatbik etildi. Yangi futbol koidari buyicha fakat oek bilan uynashga ruxsat etilib, kul bilan uynash man etilgan. Bu konun koidalar 1863-yil 8-dekabrda Kembrijdagi yiginda uz tasdigini topdi, shu davrdan boshlab futbol tez ravishda rivojlanib bordi.


1871-yilda uyin vakti 90’ kilib belgilandi.
1873-yilda uyinga aut va burchak tupi koidalari tatbik etildi.
1874-yilda uyirnchilar epikirovkasida (щitki) ximoya vositasi paydo buldi.
1875- yildan boshlab uyinni maydonda xakam boshkara boshladi.
Xushtak chalib uyinni boshkarish yulga kuyildi, shuningdek darvoza tusinlari (perekladina) urnatib birlashtirildi.
1891- yilda darvozaga setka osish, 11 metrli jarima tupi xamda maydondagi bosh xakam (assistentlari) yon tomonlardagi yerdamchilari paydo buldi.
1902- yilda darvozabonga butun jarima maydoni buylab kul bilan uynashga ruxsat etildi.
1909- yilda darvozabonning kiyimi maydondagi uyinchilar sport kiyimidan ajralib turishi lozimligi tasdiklandi.
1913- yilda erkin va jarima tuplari tepilaetgan vaktda rakib jamoa uyinchilari tupdan 9,12 sm masofada turishlari lozimligi tasdiklandi.
1872- yilda birinchi xalkaro futbol musobokasi bulib utgan unda Angliya va Shotlandiya terma jamoalari uzaro baxs yuritishgan uyinda 0:0 xisobi kayd etilgan.
1900- yilda futbol birinchi bor olimpiada uyinlari tarkibiga kiritilgan va unda Angliya terma jamoasi galaba kozongan.
1904-yilda Parijliklar tashabbusi bilan FIFA(xalkaro futbol federatsiyasi) tashkil topgan.Xozirda FIFAga 200 dan ortik davlat a’zo, Djovanni Vinchenso Infantino(tugilgan23.03.1970 Щvesariya) 26 fevral 2016 dan FIFAning 9- prizidenti
1930- yilda futbol buyicha I-jaxon chempionati musobakalari utkazilgan. Final uyinida Urugvay termasi Argentina termasi ustidan 4:2 xisobida galaba kozonib musoboka golibiga aylanishgan.
1954-UEFA(Yevropa futbol assotsiatsiyasi) tashkil topgan, xozirda UEFAga 54 davlat a’zo Aleksandr Cheferin(tugilgan 13.10.1967 Sloveniya) 2016-yildan boshlab UEFAning 7-chi prizidenti.
1960-yilda birinchi bor Yevropa chempionati musobakalari utkazilib, final uyinida sobik Ittifok jamoasi Yugoslaviyaliklar ustidan 1:0 xisobida galaba kozonib musoboka golibiga aylanishgan.
OFK(Osiyo futbol konfederatsiyasi) 1954-yilda tashkil topgan.O‘zbekiston 1994-yildan boshlab ushbu tashkilot a’zosi xisoblanadi.OFK shtab kvartirasi Malayziyaning Kuala-Lampur shaxrida joylashgan bulib,xozirda bu tashkilotga 47 ta davlat a’zo. OFK prizidenti Salman bin Ibragim Al-Xalifa (Baxrayn) 2013-yil 2-mayda saylangan.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prizidenti Azizov Abdusalom Abdumavlonovich 2019-yilda saylangan
Futbol eng qadimiy o‘yinlardan biridir. Inglizlarning e’tirof etishlaricha, oyoq bilan to‘p o‘ynash Britan orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo‘lgan.
1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o‘yinning 13 moddadan iborat bo‘lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o‘yinining asosi bo‘lib koldi.
Futbol o‘yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo‘lib, ular orasida to‘sin bo‘lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 m) bo‘lgan.
1866 yilda darvoza balandligini cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo‘yilgan. Yana 10 yil o‘tib, bu arqonni yog‘och to‘singa almashtirishgan.
Darvozabonning qo‘l bilan o‘ynashga haqqi yo‘q edi. 1871 yilda o‘ng qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan, u ham bo‘lsa faqat darvoza maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo‘l bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi uchun 30 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi (1902).
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to‘pi, na 11 metrlik zarba bo‘lgan. Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi. Nihoyat, 1891 yil eng qat’iy jazolardan biri − 11 metrlik zarba kiritildi, uni inglizcha so‘z bilan «penalti» deb ataydilar.
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o‘yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda paydo bo‘ldi, 1 yildan so‘ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878 yilda kiritildi, bunga qadar hakam to‘xtatish yoki o‘yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo‘l harakatlaridan foydalanardi. O‘sha yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo‘lmagan. Har bir uyushma o‘z xohishiga ko‘ra bu qoidalarga turli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug‘dirardi.
1882 yili mustaqil futbol ittifoqlari, ya’ni Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.
1871 yilda Angliyada mamlakat Kubogining yo‘nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda ingliz futbol klublari kurash olib boradilar xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya va Shotlandiya jamoalari o‘rtasida 1873 yilda bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo‘lgan. Angliya jamoasida 7 nafar o‘yinchi hujumda, 1 nafari yarim himoyada bo‘lgan, shuningdek, 2 nafar himoyachi va 1 nafar darvozabon bo‘lgan. Shotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 nafar hujumchi, 2 nafar yarim himoyachi va 1 nafar darvozabon bo‘lgan.
XIX asrning 80-yillarida futbol o‘yini Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 1875 yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882 yildan boshlab Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1897 yildan esa Rossiyada futbol o‘ynay boshladilar.
1882 yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904 yil 21 mayda Fransiya tashabbusiga ko‘ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a’zo bo‘lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi – FIFA tashkil etildi. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi – UEFA ham faoliyat ko‘rsatadi.

1930 yildan boshlab har 4 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati, 1958 yildan boshlab esa milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o‘tkazilib kelmoqda. 1900 yilda futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o‘yinlari dasturiga 1908 yilda kiritilgan.


Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) 1954 yili tuzilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin mamlakatlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 1994 yildan FIFA va OFK ga a’zo bo‘lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o‘tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda.
Futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi. Futbol to’pining og’irligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, o’yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minutdan 2 bo’lim, 12—15 minut tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan bo’ladi. O’yindan maqsad raqib darvozasiga to’pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo’ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo’l bilan o’ynashi mumkin (jarima maydonchasida). 

Futbolga o’xshash o’yinlar miloddan avval Misr va Sharq mamlakatlarida ma’lum bo’lgan, keyin Yevropaga o’tgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij universiteti o’qituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya Futbol uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil Futbol olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. 1904 y.da xalqaro futbol federatsiyasi —FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbolchilar bu o’yinning jahonda ommaviylashishiga hissa qo’shishdi. O’zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o’yinlar o’tkazilgan. 1912 yilda Qo’qonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo bo’ldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O’zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o’tkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda «Paxtakor» jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki bo’ldi. 20-asrning 80-yillaridan O’zbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix O’zbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitьalarda ham nom qozondilar. 1959 yilda tashkil etilgan O’zbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta ro’yxatdan o’tdi. 1992 yildan Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar o’tkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi ta’minlanayapti. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida» (1993 yil 18 mart) hamda «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va printsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida» (1996 yil 17 yanvar)gi qarorlari Futboldagi yutukdarga zamin yaratdi. Farg’onaning «Neftchi» klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida o’ynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo o’yinlari (1994) va AfrikaOsiyo o’yinlari (2003) g’olibi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2 ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti.


Mavzuga oid savollar


Futbol qaerda paydo bo‘lgan va rivojlangan ?
O‘zbekistonda futbol o‘yinining paydo bo‘lishi.
Maydon o‘lchamlari haqida tushuncha bering.

2-Mavzu: Futbol o’yinida hakamlar va ularning vazifalari

Reja:
Futbol o’yin qoidalari
Hakamlar va ularning vazifalari

O’smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar), ayollar jamoasi va faxriylar jamoalari (35 yoshdan kata bo’lgan o’yinchilar) ishtirokidagi o’yinlarda futbol qoidalariga quyida keltirilgan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin:


futbol maydoni hajmiga;
to’p og’irligi va materialiga;
darvoza balandligi va kengligiga;
o’yin vaqtiga;
o’yinchi almashtirish soniga.
Qolgan o’zgartirishlar faqatgina Halqaro Kengash roziligi bilan amalga oshiriladi.
Erkaklar va ayollar
Futbol qoidalari matnida keltirilgan tushuntirishlar va aniqlashtirishlar hakamlar borasidagi shuningdek o’yinchilar va jamoa rahbarlar borasida masalalar erkaklarga tegishli bo’laganidek shu o’rinda ayollarga ham tegishlidir.
1-Qoida
Uchrashuv o’tkaziladigan maydon
O’yin o’tkaziladigan maydon to’rtburchak holatda bo’lishi zarur. Maydonning yon tomoni (ya’ni bo’yi) darvoza ortidan (ya’ni enidan) katta bo’lishi kerak.
Bo’yiga: minimum 90 m, maksimum 120 m Eniga: minimum 45 m, maksimum 90 m
Halqaro o’yinlar uchun: Bo’yiga: minimum 100 m, maksimum 110 m
Eniga: minimum 64 m, maksimum 75 m
Maydondagi chiziqlar
O’yin o’tkaziladigan maydon chiziqlar bilan belgilanadi va ushbu chiziqlar xam maydon tarkibiga kiradi. Ikkita uzun maydonni ajratuvchi chiziqlar – yon chiziqlar, ikkita kichkina chiziqlar esa – darvoza chizig’i deb ataladi. Maydon markazidagi chiziq o’yin o’tkaziladigan maydonni teng ikkiga ajratib turadi. Ushbu markazdagi chiziqning o’rtasida markaziy belgi mavjud. Ushbu markaziy belgidan radiusi 9,15 m bo’lgan aylana chiziladi.
Darvoza maydoni
Maydonning xar ikki tomonida darvoza maydoni mavjud bo’lib, u quyidagicha joylashgan:
Darvoza chizig’idan 5,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu chiziqning uzunligi ham 5,5 metr bo’ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig’i bilan tutashadi. Shu shakldagi to’rtburchak darvoza maydoni deb ataladi.
Jarima maydoni
Maydonning xar ikki tomonida jarima maydoni mavjud bulib, u kuyidagicha joylashgan:
Darvoza chizig’idan 16,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu kesmaning uzunligi ham 16,5 metr bo’ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig’i bilan tutashadi. Shu shakldagi to’rtburchak jarima maydoni deb ataladi.
Har ikkala maydonlar o’rtasida darvoza chizig’idan 11 metr masofada hamda darvoza ustunlaridan teng masofada 11-metrlik belgi qo’yiladi. Har bir jarima maydoni chizig’i tashqarisidan radiusi 9,15 metr bo’lgan yarim aylana chiziladi va uning markazi 11-metrlik nuqta vazifasini o’taydi.
Maydon burchagidagi bayroqlar
O’yin o’tkaziladigan maydonning har bir burchagiga uzunligi 1,5 metrdan oshmagan ustunlar o’rnatiladi. Bu ustunning tepa uchi o’tkir bo’lmasligi va ustunga qalin matoli bayroq ilingan bo’lishi shart. Ushbu bayroqlar yana maydon markazini ajratib turuvchi chiziqning oxirlariga, maydondan tashqariga va yon chiziqdan 1 metr uzoqlikkacha o’rnatilishi ham mumkin.
Burchak sektori
Har bir maydon burchagidagi bayroq asosida oysimon chiziq o’tkaziladi, ushbu chiziq burchakdagi bayrokdan 1 metr radiusdagi o’lchamda chiziladi.
Darvoza
Har ikki darvoza chizig’ining o’rtasiga darvoza o’rnatiladi. Darvoza ikki vertikal ustundan iborat bo’lib, maydon burchagidagi bayroqlardan teng masofada joylashgan. Ushbu ikki ustunni bitta gorizontal joylashgan to’sin birlashtirib turadi.

Darvoza ustunlarining orasi 7,32 metr, darvoza to’sini erdan 2,44 metr masofada joylashgan bo’lishi kerak.
Ikkala ustun va to’sin ham bir xil kenglikda (12 sm gacha) bo’lishi zarur. Darvoza ichida chiziq ham ustunlar va to’sinning kengligida chizilgan bo’lishi zarur. Darvozaga va darvoza ichiga darvozabonlarga xalaqit qilmaydigan qilib darvoza to’rlarini o’rnatish kerak.
Darvoza ustunlari va to’sin oq rangda bo’lishi zarur.
Xavfsizlik
Darvozalar erga mahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak, ko’chma darvozalar esa yuqoridagi talablarga javob bersagina foydalanish mumkin.
2-Qoida
To’p
To’p uchun xom-ashyo va texnik ma’lumotlar:
To’p:
Dumaloq shaklda bo’lishi;
Teri yoki shunga o’xshash xom-ashyodan tayyorlangan bo’lishi;
Hajmi 70 sm kubdan ko’p yoki 68 sm kubdan kam bo’lmasligi;
Uchrashuv boshlanish arafasida 410gr-450 gr gacha bo’lishi;
To’p ichidagi bosim me’yori 0,6-1,1 atm(600-1100 g/sm) ga teng bo’lishi kerak.
Yaroqsiz holatga kelgan to’pni almashtirish
Agar to’p o’yin paytida o’z holatini yo’qotsa, unda:
Uchrashuvni to’xtatish zarur,
To’p almashtirilgandan so’ng o’yin to’xtagan nuqtadan «baxsli to’p» orqali davom ettirish zarur.
Agar to’p o’z holatini: maydon tashqarisiga chiqib ketganda, jarima to’pi belgilanganda, burchak to’pi tepilayotganda, 11-metrli jarima to’pi tepilayotganda, yon chiziqdan o’yinga kiritilayotgan paytda yo’qotsa, unda:
To’p almashtirilgandan so’ng o’yin to’p kiritilishi bilan davom ettirilishi ko’zda tutiladi.
O’yin paytida hakamning ruxsatisiz to’pni almashtirish mumkin emas.
3-Qoida
O’yinchilar soni
O’yinchilar:
O’yinda ikki jamoa har birida 11 tadan oshiq bo’lmagan o’yinchi qatnashadi. 11 o’yinchidan bittasi darvozabon bo’lishi kerak. Agar jamoalarda 7 tadan kam o’yinchi bo’lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas.
Rasmiy uchrashuvlar:
FIFA, qit’a konfederastiyalari yoki milliy assostiastiyalar tomonidan o’tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o’yinchi almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko’prok o’yinchi almashtirish mumkin bo’lsa, unda ettitagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar:
Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin:
Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelishganda,
Bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar ogoh etilsagina.
Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o’yin boshlanguniga qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Barcha uchrashuvlar uchun:
Barcha uchrashuvlarda o’yin boshlanguniga qadar zaxira o’yinchilari ism – shariflari uchrashuv bayonnomasidagi ro’yxatga kiritilgan bo’lishi lozim. Uchrashuv bayonnomasidaga ro’yxatga kiritlmagan futbolchi o’yinda qatnasha olmaydi.
O’yinchi almashtirish holati
O’yinchi almashtirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
Bosh hakamni o’yinchi almashtirilishi to’g’risida ogohlantirish zarur,
Zaxiradagi o’yinchi maydonga bosh hakam ruxsati va almashayotgan o’yinchi maydonni tark etgandagina tushishi mumkin,
Zaxiradagi o’yinchi maydonga tushgandan so’ng almashtirish haqiqiy deb hisoblanadi,
Shu vaqtdan boshlab zaxira o’yinchisi asosiy tarkib o’yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan o’yinchi esa asosiy tarkib o’yinchisi xisoblanmaydi,
Almashtirilgan o’yinchi ushbu o’yinda boshqa katnasha olmaydi,
Hakam zaxiradagi barcha o’yinchilarga(maydonga tushgan tushmaganligining ahamiyati yo’q) bir vaqtning o’zida ogohlantirish ko’rsatishi huquqiga ega.
Darvozabonni almashtirish
Maydondagi har qaysi o’yinchi darvozabon bilan vazifalarini almashishi mumkin, kachonki:
Uchrashuv bosh hakami oldindan ogohlantirilgan bo’lsa,
Darvozabonni almashtirish faqat o’yin to’xtatilganda yuz berishi mumkin.
Qoida buzarliklar/jarimalar
Zaxiradagi o’yinchi hakamning ruxsatisiz maydonga tushsa, unda:
O’yinni tuxtatish zarur,
Bosh hakam qoidabuzarni sariq kartochka bilan ogohlantirib, o’yinchidan maydonni tark etishni talab qiladi.
O’yin to’xtatilgan joydan «baxsli to’p» orqali davom ettirilishi zarur.
Agar maydondagi o’yinchi bosh hakamni ogohlantirmasdan darvozabon bilan almashsa, unda:
Uchrashuvni tuxtatish zarur emas,
To’p maydonni tark etgandan so’ng qoidani buzgan o’yinchini sariq kartochka bilan ogohlantirish kerak.
Boshqa barcha 3 – qoida buzilgan hollarda:
Qoidani buzgan o’yinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilishi zarur.
O’yinni davom ettirish
Agar o’yinni bosh hakam faqat asosiy tarkib o’yinchisini ogohlantirish uchun to’xtangan bo’lsa, unda:
O’yin raqib jamoa tomonidan erkin to’p tepish orqali uchrashuv to’xtatilgan joydan davom ettiriladi.
Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi o’yinchilarni maydondan chetlatish
O’yin boshlanishiga qadar chetlatilgan o’yinchi o’rniga uchrashuv bayonnomasida qayd etilgan zaxira o’yinchisi maydonga tushishi mumkin.
Uchrashuv bayonnomasiga kiritilgan zaxira o’yinchisi uchrashuv boshida yoki oxirida maydondan chetlatilsa, uning o’rniga bayonnomaga boshqa zaxira o’yinchisini kiritish mumkin emas.
HALQARO KENGASh QARORI
Qaror 1.
Agar HKning nizomiga asosan «7tadan kam o’yinchi bo’lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas» degan qoidaga amal qilinsa va 3 – qoidaning qolgan barcha shartlariga amal qilingan holda o’yindagi jamoalar futbolchilarining minimal sonini milliy assostiastiyalar aniqlash huquqiga ega.
Qaror 2.
O’yin davomida murabbiy yoki rasmiy shaxslar texnik maydon chegarasidan chiqmagan holda maydondagi futbolchilarga taktik ko’rsatmalar berishi mumkin.
4-Qoida
O’yinchilar kiyimi (ekipirovka)
O’yinchining asosiy kiyimi:
Futbolka yoki kuylak
Short (agar shortning ichida ichki kiyim bo’lsa, bu xam shortning rangida bo’lishi zarur)
Getralar
Himoya vositalari (shitki)
Oyoq kiyim
Himoya vositalari (shitki)
Himoya vositasi getra bilan to’liq berkitilgan bo’lishi,
Rezina, plastmassa yoki shunga o’xshash xom-ashyodan tayyorlangan bo’lishi,
Yuqori darajadagi himoyani ta’minlashi kerak.
Darvozabon kiyimi
Darvozabon kiyimi rangi maydondagi o’yinchilardan, bosh hakam va bosh hakam yordamchilari kiyimi rangidan ajralib turishi kerak.
Xavfsizlik.
O’yinchi kiyimida o’ziga yoki birovga xavf soladigan predmetlarni olishi yoki taqishi qat’iyan man etiladi (bularga har xil yuvelir buyumlar ham kiradi).
Qoida buzarliklar-jarimalar
Har qanday 4 – qoida buzilganda:
O’yinni to’xtatish shart emas,
Bosh hakam qoidani buzgan o’yinchiga kiyimi haqida e’tiroz bildirishi,
Agar qoidabuzar o’z kiyimini to’g’irlab olmagan bo’lsa, to’p maydonni tark etganda u o’z kiyimini to’g’irlash uchun maydonni tark etishi zarur,
Kiyimini to’g’irlab olish uchun maydonni tark etgan o’yinchi faqat bosh hakam ruxsat bergandan so’nggina maydonga tushishi mumkin,
Maydonga qaytishdan oldin hakam o’yinchining kiyimini ko’zdan kechirishi lozim,
To’p maydondan chiqib ketgan vaqtda kiyimini to’g’irlab olish uchun maydonni tark etgan o’yinchiga maydonga tushishga ruxsat beriladi.
Agar 4 – qoidalar asosida maydondan chetlatilgan futbolchi bosh hakamning ruxsatisiz maydonga qaytsa, unda qoidabuzar sariq kartochka bilan ogohlantirilishi kerak.
O’yinni davom ettirish
Agar o’yinni bosh hakam qoidabuzarni ogohlantirish uchun to’xtatgan bo’lsa, unda:
O’yin raqib jamoa tomonidan erkin to’p tepish orqali uchrashuv to’xtatilgan joydan davom ettiriladi.
Xar bir o’yinni futbol qonun qoidalari asosida boshqarish uchun hakamlar tayinlanadi.
5-Qoida
Bosh hakam
Huquq va majburiyatlari
Hakam:
Uchrashuvda qonun-qoidalarni nazorat qilish;
Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish;
2 – qoida talablariga asosan to’pni nazorat kilish;
4 – qoida talablariga asosan o’yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish;
Uchrashuvni qayd etib borish;
Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to’xtatish, uzib qo’yish yoki butunlay to’xgatish o’yindagi bosh hakam qarashiga bog’liq;
Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muxitning aralashuvida to’xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko’ra maydondagi o’yinchi qattiq jaroxat olganda yoki o’yinchilarni maydondan evakuvastiya qilish zarur bo’lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to’xtatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko’ra o’yinchi engil jaroxat olganda to’p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o’yinchining jaroxatidan qon chiqsa, ushbu o’yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta’minlash hamda ushbu o’yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to’xtaganiga ishonch xosil qilgandan so’nggina unga ruxsat berishi;
O’yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo’layotgan bo’lsa o’yinni tuxtashish zarur emas, hujum tugagandan so’ng yoki to’p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o’yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o’yinchi shu zaxoti qattiq ogoxlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to’p maydonni tark etgandan so’ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o’zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zaxira o’rindig’idan chetlatishi yoki ularga jazo qo’llashi mumkin;
Bosh hakam yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni ko’rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi etkazgan ma’lumotlar asosida jazo qo’llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat kilish;
O’yin to’xtatilganda davom ettirish;
O’yin bayonnomasi(bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so’ng bo’lib o’tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to’ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Hakam qarori
Har qanday o’yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslaxatlashib noto’g’ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o’yin to’xtatilgan vaziyatda o’z qarorini o’zgartirishi mumkin.
HALQARO KENGASh QARORI
Qaror 1
Hakam(shu bilan birga, vaziyatga qarab hakam yordamchilari yoki to’rtinchi hakam) quyidagi holatlarda javobgarlikdan soqit qilinadi:
Jamoa futbolchilari, rasmiy vakillar yoki muxlislar tomonidan olingan har qarnday jarohatlardan;
Har kimning mulkiga zarar etishidan;
Hakam tomonidan o’yin doirasida qabul qilingan har qanday qaror natijasida xususiy shaxslar, klub, kompaniya, assostiastiya yoki boshqa tashkilotlarda yuzaga kelgan boshqa yo’qotishlardagi javobgarliklardan.
Hakam quyidagi holtalarda javobgar:
Maydon va unga qo’shimcha asbob – uskunalar borasidagi hakam qarori, ob – xavo sharoiti o’yin o’tkazishga to’sqinlik qilish – qilmasligi;
Ob – xavo sharoitidan kelib chiqib o’yinni bekor qilishda;
Maydonga qo’shimcha asbob – uskunalarning yaroqsizligi borasidagi hakam qarori, jumladan, darvoza ustunlari va to’sinlari, burchak bayroqlari shuningdek, to’plar talabga javob bermasa;
Muxlislarning maydonga tushib ketganda yoki muxlislar bilan bog’liq vaziyatlardagi o’yinni to’xtatish yoki tuxtatmaslik borasidagi hakam qarori;
Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko’rsatish uchun o’yinni to’xtatish yoki tuxtatmaslik borasidagi hakam qarori;
Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko’rsatish uchun uni maydondan tashqariga olib chiqish yoki chiqmasligi borasidagi hakam qarori;
Futbolchining o’zida yoki libosida ba’zi predmetlarni osishga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik borasidagi hakam qarori;
Ba’zi shaxslarni, jumladan, jamoa rahbarlarini, maydon ishchilarini, qo’riqlash xizmati xodimlarini, fotomuxbirlarni yoki boshqa Ommaviy axborot vositalari vakillarini maydonning yaqiniga yo’latish yoki yo’latmaslik borasidagi hakam qarori;
Qolgan barcha qarorlarda, ya’ni futbol qoidalariga yoki o’zining vazifasi doirasi asosida, FIFA nizomlariga, qit’a konfederastiya, milliy assostiastiyalar va proffesional liga reglamentlariga asosan qabul qilingan qarorlarda hakam javobgardir.
Qaror 2
Agar Musobaqa yoki turnirning har bir o’yiniga to’rtinchi hakam tayinlansa, unda uning huquq va majburiyatlari Halqaro kengash tomonidan tasdiqlangan instrukstiyaga mos kelishi lozim.
Qaror 3
O’yin bilan bog’liq bo’lgan faktlar, ya’ni to’p darvozaga kiritilganmi yoki yo’qmi va o’yin natijasi.
6-Qoida
Bosh hakam yordamchilari
Majburiyatlar
Har bir uchrashuvga bosh hakamga ikkita yordamchi tayinlanadi va ular bosh hakamga quyidagi (bosh hakam bilan kelishgan holda) xollarda o’z bayroqchasini ko’targan xolda signal beradi:
To’p maydonni to’liq tark etganda;
To’pni qaysi jamoa o’yinga kiritishi, burchakdan to’p tepishi, yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritishi;
Jamoa o’yinchisi o’yindan tashqari holatda bo’lganda;
O’yinchi almashtirish zarur bo’lganda;
Bosh hakam ko’rmagan vaqtda o’yin qoidasi buzilgan vaziyatlarda yordam beradi.
Yordamchilarning bosh hakamga yordamlari
Uchrashuvni o’yin qoidalari asosida o’tishi uchun yordamchilar bosh hakamga yordam berishi zarur.
Agar hakam uning ishiga aralishishi yoki o’zini no’maqul tutsa, yordamchi hakamlikdan bosh tortishi mumkin va maxsus raportni uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etishi shart.


7-Qoida
Uchrashuvning davom etishi

Agar baxslashayotgan jamoalar o’yinning davomiylik vaqtini kelishib olmagan bo’lsalar, har bir o’yin 45 daqiqadan ikki bo’lim davom etishi zarur. O’yin bo’limlari vaqtini (masalan, 40 daqiqadan, qorong’u tushib qolgan vaziyatlarda) o’zgartirishga kelishib olish, o’yin boshlanguncha amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvlar faqat musobaqa reglamentida begilangan holatlardagina yuz berishi mumkin.

B o’limlar orasidagi tanaffus


O’yinchilar bo’limlar orasida tanaffusga chiqish xuquqiga ega.
Bo’limlar orasidagi tanaffus 15 minutdan ko’p bo’lmasligi zarur.
Bo’limlar orasidagi tanaffus musobaqa reglamentida belgilangan bo’lishi zarur.
Bo’limlar orasidagi tanaffus vaqtini faqatgina hakam bilan kelishgan holda o’zgartirish mumkin.
Yo’qotilgan vaqtlar uchun qo’shimcha vaqt
Xar bir bo’limga quyidagi hollarda yo’qotilgan vaqtlarga qo’shimcha vaqt qo’shish mumkin:
O’yinchilar almashtirilganda;
O’yinchi jiddiy jaroxat olgandagi vaqt uchun;
Jaroxat olgan o’yinchini maydon tashqarisiga tibbiy yordam ko’rsatish uchun olib chiqqan vaqt uchun;
O’yin vaqtini ataylab cho’zganda;
Va boshqa sabablar uchun.
Yukotilgan vaqtga qo’shimcha vaqtni faqat bosh hakam qo’shishi mumkin.
11-metrli jarima to’pi
Bo’limning so’nggi daqiqalarida yoki qo’shimcha vaqtning oxirida belgilangan 11 metrli jarima to’pini bajarish uchun vaqt berilishi shart.
Qo’shimcha bo’limlar
Musobaqa reglamentiga ko’ra kerakli vaziyatlarda qo’shimcha yana 2 ta bo’lim o’tkazilishi mumkin. Ushbu bo’limlarda 8-Qoidaga rioya qilgan holda o’tkazish ko’zda tutilgan.
To’xtatilgan uchrashuv
To’xtaligan uchrashuv qaytatdan to’liq o’tkaziladi, agar musobaqa reglamentida boshqacha karor qabul qilinmagan bo’lsa.
9-Qoida
To’p o’yinda va o’yindan tashqari holatlarda
To’pning o’yindan tashqari holatda bo’lishi
To’p quyidagi holatlarda o’yin holatida bo’ladi:
To’p maydon chizig’ini erda yoki xavoda to’liq kesib o’tsa;
Bosh hakam xushtagini chalib o’yinni to’xtanganda.

To’pning o’yinda bo’lishi

Yuqoridagi holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda to’p o’yindan tashqari holatda bo’ladi:
Darvoza ustuni, to’sini yoki maydon burchagidagi bayroqqa tegib maydonga qaytsa;
Bosh hakamga yoki uning yordamchilariga tegib maydonda qolsa.
10-Qoida
To’p darvoza to’ridaligini aniqlash usullari
To’p darvoza to’rida
To’p darvoza chizig’ini, to’sin osti va ustunlar orasini to’liq kesib o’tsa va to’p kiritgan jamoa o’yinchilari to’p kiritlgunga qadar hech qanday qoidani buzmagan xollarda to’p darvoza to’rida deb hisoblanadi.
G ’olib jamoa
Uchrashuv davomida ko’proq to’p kiritgan jamoa g’olib jamoa deb topiladi. Agar ikkala jamoa ham o’yin davomida bir xil to’p kiritsa yoki umuman to’p kirita olmasa o’yin durang deb xisoblanadi.
Musobaqa reglamenti
Keyingi bosqichga bitta jamoa yo’l olishi kerak bo’lsa-yu, lekin uchrashuv durang bilan yakunlansa, unda Halkaro kengash tomonidan tasdiqlangan musobaqa reglamentiga ko’ra qo’shimcha bo’limlar yoki boshqa choralar ko’rilishi kerak.

11-QOIDA
«O’yindan tashqari» holat


«O’yindan tashqari» holatni aniqlash
O’yinchining «o’yindan tashqari» holatda qolishi o’yin qoidalarini buzilishidir.
O’yinchi «o’yindan tashqari» holatda deb topiladi, agar:
O’yinchi raqib darvoza chizig’iga raqibning so’nggi o’yinchisidan yaqinroq holatda tursa, unda ushbu o’yinchi o’yindan tashqari holatda deb hisoblanadi.
O’yinchi «o’yindan tashqari» holatga tushmaydi, agar:
O’z jamoasining yarimmaydonida bo’lsa,
Raqib jamoasining so’nggi o’yinchisi bilan bir xil darajada bo’lsa,
Raqib jamoasining so’nggi va so’nggisidan bitta oldin turgan o’yinchisi bilan bir xil darajada bo’lsa.
Q oidabuzarlik
«O’yindan tashqari» holatda qolgan futbolchini hakamning fikriga ko’ra jamodoshlaridan bironta sherigi to’pga teginish vaqtida o’yinga aktiv tarzda halaqit qilsa, jazolash mumkin, ya’ni:
to’p bilan harakat qilishda bevosita ishtirok etsa,
raqib harakatlariga halaqit qilsa,
o’zining egallab turgan pozistiyasidan yaxshiroq vaziyatga chiqishga urinsa.
Qoidabuzarlik yo’q
«o’yindan tashqari» holatda qolgan o’yinchini jazolash kuzatilmaydi, agar u bevosita to’pni quyidagi holatlarda qabul qilib olsa:
Darvozadan erkin to’p tepilgandan so’ng,
Yon chiziqdan tashab berilganda,
Burchak to’pi tepilganda.
Qoidabuzarlik/jarimalar
Har bir «o’yindan tashqari» holat bilan bog’liq qoidabuzarlikda hakam qoida buzilgan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilashi kerak.

12-QOIDA
Qoida buzilish holatlari va qoidaga zid xatti-harakatlar



O’yinchilar tomonidan qo’llangan qoidaga zid va tartibsiz harakatlar quyidagicha jazolanadi:
Jarima to’pi
Uchrashuv hakamining fikriga ko’ra, o’yinchi raqibiga nisbatan qo’pol va xavfli tarzda o’ynab, quyidagi 6 holatlardan birini qo’llagan vaziyatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi:
raqib o’yinchiga oyog’i bilan zarba berish yoki bunga harakat qilsa;
raqib o’yinchini chalib yiqitsa yoki bunga harakat qilsa;
raqib o’yinchi ustiga sakrab chiqib olsa;
raqib o’yinchiga nisbatan xavfli hujum uyushtirsa;
raqib o’yinchiga qo’li bilan zarba bersa yoki bunga harakat qilsa;
raqib o’yinchini qo’pol tarzda turtib muvozanatdan chiqarib yuborsa.
Shuningdek, o’yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo’l qo’ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi:
to’p uchun ko’rasha turib, oldin raqib o’yinchisi oyog’iga tegib, keyin to’pga o’ynasa;
raqib o’yinchini qo’llari yoki tanasi bilan ushlab qolsa;
raqib o’yinchiga qarata tupursa yoki bunga harakat qilsa;
to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa(darvazabonlar o’z jarima maydonchasi ichida qo’llari bilan o’ynashlari mumkin).
Jarima to’pi maydonning o’yin qoidasi buzilgan joyidan amalga oshiriladi.
11-metrli jarima to’pi
Agar o’yinchi, to’p qaerda ekanligidan qat’iy nazar (faqat o’yin holatida bo’lishi kerak) o’z jarima maydonchasi ichida yuqorida ko’rsatib o’tilgan qoida buzilishlarning istalgan biriga yo’l qo’ysa, raqib jamoa foydasiga 11-metrlik jarima to’pi belgilanadi.
Erkin zarba
Agar darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida turgan holda quyidagi 4 qoida buzilishi hollarining biriga yo’l qo’ysa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:
to’pni qo’lidan chiqarib, hali to’pga xech kim teginmasdan turib yana to’pni qo’liga olsa;
o’z jamoadoshi tomonidan atayin etkazib berilgan to’pni qo’llari bilan tegsa yoki egallab olsa;
o’z jamoadoshi tomonidan bevosita yon chiziqdan etkazib berilgan to’pni qo’llari bilan tegsa yoki egallab olsa;
o’yinni cho’zishga qaratilgan taktik xatti-harakatlarni amalga oshirsa.
Shunindek, uchrashuv xakamining fikriga ko’ra, o’yinchi quyidagi qoida buzilishi holatlarining sodir bo’lishida aybdor deb topilsa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:
raqib o’yinchisiga nisbatan xavfli o’ynasa;
raqib o’yinchisining harakatlanishiga xalaqit qilsa;
raqib jamoa darvozabonining to’pni qo’li bilan o’yinga kiritishiga xalaqit qilsa;
12-qoidada ko’rsatib o’tilmagan boshqa qoida buzilish holatlari qayd etilganda, uchrashuv hakami o’yinchini ogoxlantirish(sariq kartochka) yoki o’yindan chetlashtirish(kizil kartochka) maqsadida o’yinni to’xtatsa.
Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o’yinga kiritiladi.
Intizomiy jazolar
Ogoxlantirish ko’rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o’yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, xakam tomonidan sariq kartochka ko’rsatish orqali ogoxlantiriladi:
sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;
so’zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;
o’yin Qoidalarini doimiy ravishda buzsa;
sun’iy ravishda o’yinni davom etishiga halaqit qilsa;
burchak, jarima to’pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda masofaviy joylashishni buzsa;
hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;
hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.

Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari.


Agar o’yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan qizil kartochka ko’rsatish orqali ogoxlantiriladi:
o’ta qo’pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
o’zini juda betartib xolda tutsa;
raqib o’yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
to’pni atayin qo’li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o’yinchilarining to’pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida to’pni qo’li bilan o’ynashi bundan mustasno);
erkin zarba, jarima to’pi yoki 11-metrlik jarima to’pi belgilash bilan jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga chiqayotgan raqib o’yinchisini to’xtatib qolsa;
xaqoratli, odobsiz so’z va iboralarni ishlatsa;
bir o’yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogoxlantirilsa.

HALQARO KENGASh QARORI


Qaror 1
Agar darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida qo’lidagi o’yin holatidan chiqmagan to’p bilan raqib jamoa o’yinchisiga zarba bersa yoki bunga harakat qilsa, uchrashuv xakami 11-metrlik jarima to’pi belgilashi kerak.
Qaror 2
Ogoxlantirish yoki maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoidabuzarlikka yo’l qo’ygan o’yinchi, qoidani qaerda (maydonda yoki maydon tashqarisida) va kimga nisbatan (raqib o’yinchiga, jamoadoshiga, bosh hakamga, yordamchi hakamlarga yoki boshqa shaxsga) nisbatan buzganligidan qat’iy nazar, o’yin Qoidalariga binoan jazolanishi kerak.
Qaror 3
Darvozabon to’pni egallab oldi deb hisoblash uchun, u to’pga qo’lining istalgan qismi bilan to’pga tegib turgan vaziyatda bo’lishi kerak. Bundan tashqari, darvozabon o’zi tomon harakatlanayotgan to’pni oyoqlari bilan qisib olgan holatda ham to’pni darvozabon egallab oldi deb xisoblanadi. Lekin, xakamning fikriga ko’ra, to’p tasodifan darvozabonning qo’llaridan chiqib ketsa, masalan darvoza tomon yunaltirilgan zarbani qaytarishda darvozabon to’pni qo’llarida ushlab qola bilmasa, darvozabon to’pni egallab oldi deb hisoblanmaydi.
Darvozabon to’pni 5-6 sekunddan uzoq vaqt davomida qo’llarida yoki tanasiga qisgan holda ushlab tursa, o’yin vaqtini cho’zganlikda ayblanadi.
Qaror 4
12 – Qoidaning ko’rsatmalariga binoan o’yinchi to’pni boshi, ko’kragi, tizzasi va x.k. orqali o’z darvozaboniga etkazib berishi mumkin. Biroq, hakamning fikriga ko’ra, agar o’yinchi o’yin paytida ongli ravishda 12 – Qoidada belgilab qo’yilgan cheklovlarni oshib o’tishga harakat qilsa, u sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilganlikda ayblanadi. Bunday xollarda o’yinchi sariq kartochka ko’rsatish orqali ogoxlantirilib, raqib jamoa foydasiga o’yin Qoidasi buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi.
Jarima yoki erkin zarbani amalga oshirish vaqtida 12-qoidaga asosan cheklashlarni aylanib o’tish maqsadida akrobatik harakatlar amalga oshirilsa, o ’yinchi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirishi va zarba qaytatdan ijro etilishi lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan holatda keyinchalik darvozabonning to’pga tegish yoki tegmasligi axamiyat kasb etmaydi. Chunki bunday hollarda o’yin Qoidasini darvozabon emas, balki o’yinchi buzgan deb topiladi, ya’ni u 12 – Qoidaga rioya kilmaganlikda ayblanadi.
Qaror 5
To’pni orqadan raqib o’yinchiga jaroxat etkazish xavfi bilan egallab olish uchun harakat qilish qo’pol qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 5 – Qarorda, bunday qoida buzilishga yo’l qo’ygan o’yinchi 12 – Qoidaning 1-bandi, ya’ni «Maydondan chetlatish» bandiga asosan maydondan chetlatilishi (kizil kartochka) kerakligini anglatadi.
Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari Maydonning u yoki bu nuqtasidan ijro etiladigan zarba erkin yoki jarima zarbasi bo’lishi mumkin.
Erkin yoxud jarima zarbasi ijro etilayotganda to’p harakatsiz holda bo’lishi shart. Zarba ijro etuvchi futbolchi to’p boshqa bir futbolchining oyog’iga tekkandan so’nggina to’pni tepishi mumkin.
13-Qoida
Jarima to’pi va erkin zarba
Jarima zarbasi
Agar jarima zarbasi ijro etilganidan so’ng to’p futbolchilardan hech biriga tegmasdan raqib darvozasi to’riga borib tushsa, "darvoza ishg’ol etilgan", deb hisoblanadi.
Agar jarima zarbasidan so’ng to’p futbolchilardan hech kimga tegmay, o’z darvozasiga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to’pi belgilanadi. (Ya’ni, AVTOGOL hisoblanmaydi!)
ERKIN ZARBA
Majburiy ishora
Erkin zarba berilishi oldidan hakam qo’lini boshi uzra ko’tarib, zarba berilgach, to’p o’yinchilardan biriga tekkuncha, yoki maydonni tark etguncha qo’lini tushirmaydi.
To’p darvozaga borib tushdi
Erkin zarba yo’llangandan keyin faqatgina to’p o’yinchilardan biriga tegib, darvozaga borib tushgan holdagina gol inobatga olinadi.
Agar erkin zarbadan so’ng, to’p hech kimga tegmasdan raqib darvozasi to’riga borib tushsa, gol hisoblanmaydi va to’p darvoza maydonchasidan o’yinga kiritiladi.
Agar erkin zarba ijro etilgandan so’ng to’p hech bir o’yinchiga tegmasdan, o’z darvozasi to’riga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to’pi beligilanadi.
Maydonning turli nuqtalaridan zarba ijro etish
Jarima maydoni ichidan jarima yoki erkin zarba ijro etish
Erkin yoki jarima zarbasi ijro etilayotganda himoyalanayotgan jamoa o’yinchilari:
to’pdan kamida 9,15 m masofada turishadi;
to’p o’yinga kiritilgunga qadar, raqib jamoa o’yinchilari jarima maydoni tashqarisida turishi kerak;
To’pga oyoq bilan zarba berilgach, hech bir o’yinchiga tegmasdan jarima maydonini tark etgan lahzadan boshlab, to’p o’yinga kiritilgan deb hisoblanadi;
darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin yoki jarima zarbasi bu maydonchaning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi.
Hujum qilayotgan jamoa tomonidan erkin zarba ijro etilganda:
raqib jamoa o’yinchilarining barchasi to’p o’yinga kiritilganga qadar, to’pdan kamida 9,15 m masofda turishi kerak, bunda ular o’z jamoasi darvozasi ustunlari orasida — darvoza chiziqlari ustida turishiga ham ruxsat etiladi;
to’pga oyoq tegib joyidan siljishi bilan, to’p o’yinga kiritilgan deb hisoblanadi;
Darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin zarba, darvoza maydonchasini belgilab beruvchi, darvoza chizig’iga parallel chiziq ustidan, qoida buzilgan joyga maksimal yaqin nuqtadan ijro etiladi.
Jarima maydoni tashqarisidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etish
raqib jamoaning barcha o’yinchilari to’p o’yinga kiritilganga qadar, undan kamida 9,15 m masofda turishadi;
to’pga oyoq tegib joyidan siljitilishi bilan, o’yinga kiritilgan hisoblanadi;
erkin yoki jarima zarbasi qoida buzilgan nuqtadan ijro etiladi.
Qoida buzilishi/jazolar
Agar erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishidan avval raqib jamoa o’yinchilaridan biri to’pgacha belgilangan masofadan yaqinroq joylashgan bo’lsa:
zarba qayta ijro etiladi.
Agar himoyalanayotgan jamoa o’yinchisi o’z jarima maydonchasi ichidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etganda to’p o’yinga kirmasa:
zarba qayta ijro etiladi.
Maydondagi o’yinchi tomonidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishi
To’p o’yinga kiritilgach, erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o’yinchi to’p boshqa o’iynchiga etib bormasdan yana to’pga tegsa (faqat qo’li bilan emas):
raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba berishi belgilanadi (to’pga ikki marta tegish).*
Agar to’p o’yinga kiritilgandan so’ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o’yinchi to’p o’yinchilardan biriga borib tegmasdan avval to’pni qo’li bilan qasddan ushlasa:
Qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima zarbasi belgilanadi; *
Agar qoida buzilishi zarbani ijro etgan o’yinchi jarima maydoni ichida yuz bergan bo’lsa, 11- metrlik jarima to’pi belgilanadi.
Darvozabon tomonidan ijro etilgan erkin yoki jarima zarbasi
Agar to’p o’yinga kiritilgandan so’ng erkin yoki jarima zarbasini amalga oshirib bergan darvozabon to’p o’iynchilardan biriga borib tegmasdan o’zi ikkinchi bor to’pga tegsa (qo’li bilan emas):
raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi (to’pga ikki marta tegish).*
Agar to’p o’yin o’yinga kiritilgandan so’ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan darvozabon to’p o’yinchilardan biriga borib tushmasdan avval to’pni qo’li bilan qasddan ushlasa:
agar qoida buzilishi jarima maydoni tashqarisida yuz bersa, qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi; *
agar qoida buzilishi darvozabon jarima maydoni ichida yuz bergan bo’lsa, qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.

14-Qoida
11-metrlik jarima to’pi


O’z jarima maydonchasi ichida 10 xil qoida buzilish holatlaridan biriga yo’l qo’ygan o’yinchi jamoasi, qoida buzgan jamoa darvozasi tomon 11-metrli jarima to’pi bilan jazolanadi. Bunda to’p o’yin holatida bo’lishi kerak.
To’p Bevosita 11-metrlik jarima to’pidan kiritilsa, gol xisoblanadi.
Taym yoki qo’shimcha vaqt so’nggida 11-metrlik jarima to’pi belgilansa, uchrashuvga ushbu jarima to’pi amalga oshirilishi uchun qo’shimcha vaqt qo’shilishi kerak.
To’pning o’rnatilishi va o’yinchilarning joylashishi
To’p:
11-metrlik nuqtaga o’rnatiladi.
11-metrlik jarima to’pini amalga oshiruvchi o’yinchi:
sezilarli darajada aniqlangan bo’lishi va ajralib turishi kerak.
Ximoyalanayotgan jamoa darvozaboni:
zarba berilgunga qadar darvoza to’sinlari orasidagi chiziq ustida zarba beradigan raqibiga yuzma-yuz holatda turishi kerak.
Jarima to’pini amalga oshiruvchi va himoyalanayotgan jamoa darvozabonidan tashqari qolgan barcha o’yinchilar:
maydonda;
himoyalanayotgan jamoa jarima maydonchasi tashqarisida;
11-metrlik jarima nuqtasi orqasida;
11-metrlik jarima nuqtasidan 9,15 metrdan kam bo’lmagan masofada joylashishlari kerak.
Xakam
barcha o’yinchilar 14-Qoidada ko’rsatilgan tartibda joylashmagunga qadar 11-metrlik jarima to’pini amalga oshirish uchun xushtak chalinmasligi kerak.
11-metrlik jarima to’pi amalga oshirilishi yakunlanganligi to’g’risida qaror qabul qilishi kerak.
Jarima to’pini amalga oshirish tartibi va yo’l-yo’riqlari:
o’yinchi, jarima to’pini amalga oshirishda to’pni faqat oldinga yo’naltirishi kerak;
u zarba bergandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib, ikkinchi marta tegishga xaqqi yo’k;
oyoq bilan zarba berilgandan so’ng to’p nuqtadan oldinga qarab siljisa, to’p o’yinga kirgan deb hisoblanadi.
11-metrlik jarima to’pi amalga oshirilgandan so’ng, uchrashuvning asosiy vaqti yoki jarima to’pini amalga oshirish uchun qo’shib berilgan vaqt davomida to’p darvoza to’sinlari orasidagi va darvoza ustuni ostidagi chiziqni to’liq kesib o’tsa, gol xisobga olinadi:
to’p bir yoki bir necha marta darvoza to’sinlari, ustuni yoki darvozabonga tegib darvoza chizig’ini to’liq kesib o’tadi.
Qoida buzarliklar/jazolar
Agar uchrashuv xakami 11-metrlik jarima to’pi belgilasa va to’p o’yinga kiritilgunga qadar quyidagi vaziyatlardan biri sodir etilganda qabul qilinishi kerak bo’lgan qarorlar:
11-metrlik jarima to’pini amalga oshiruvchi o’yinchi o’yin Qoidasini buzsa:
hakam jarima to’pi amalga oshirilishi natijasini kutib turadi;
agar to’p darvozaga kiritilsa, zarba qaytadan amalga oshiriladi;
agar to’p darvozaga kiritilmasa, zarba qayta amalga oshirilmaydi.
Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni o’yin Qoidasini buzsa:
hakam jarima to’pi amalga oshirilishi natijasini kutib turadi;
agar to’p darvozaga kiritilsa, gol xisobga olinadi;
agar to’p darvozaga kiritilmasa, zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Zarba beruvchi o’yinchining jamoadoshi jarima maydonchasi ichiga kirib olsa yoki darvoza chizig’iga 11 metrdan yaqinroq yoki 11-metrlik nuqtaga 9,15 metrdan yaqinroq masofaga joylashib olsa:
hakam jarima to’pi tepilishiga ruxsat beradi;
agar to’p darvozaga kiritilsa, zarba qaytadan amalga oshiriladi;
agar to’p darvozaga kiritilmasa, zarba qayta amalga oshirilmaydi.
agar to’p darvozabon, darvoza ustuni yoki to’sinlariga tegib maydonga qaytsa va ushbu o’yinchi to’pga tegsa, hakam o’yinni to’xtatadi va himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilaydi.
Ximoyalanayotgan jamoa darvozaboni jamoadoshi jarima maydonchasi ichiga kirib olsa yoki darvoza chizig’iga 11 metrdan yaqinroq yoki 11-metrlik nuqtaga 9,15 metrdan yaqinroq masofaga joylashib olsa:
hakam jarima to’pi tepilishiga ruxsat beradi;
agar to’p darvozaga kiritilsa, gol xisobga olinadi;
agar to’p darvozaga kiritilmasa, zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Ikkala jamoa o’yinchilari ham bir vaqtda o’yin Qoidasini buzsa:
zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Agar, 11-metrlik jarima to’pi amalga oshirilgandan so’ng:
Jarima to’pini amalga oshirgan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi teginmasdan turib, ikkinchi marta tegsa(faqat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak(to’pga ikkinchi bor tegingani sabali). *
Jarima to’pini amalga oshirgan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi teginmasdan turib, atayin to’pni qo’li bilan o’ynasa:
o’yin Qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanishi kerak.
11-metrlik jarima to’pi amalga oshirilib, darvoza tomon yunaltirilgan to’p begona shaxsga tegsa:
zarba qaytadan amalga oshiriladi.
11-metrlik jarima to’pi amalga oshirilgandan so’ng, to’p darvozabon, darvoza ustuni yoki to’sinlariga tegib maydonga qaytib begona shaxsga tegsa:
hakam o’yinni to’xtatishi kerak;
to’p maydonning begona shaxsga tekkan joyidan «baxsli to’p» orqali o’yin davom ettiriladi.
15-Qoida
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritish
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritish o’yinni davom ettirish usullaridan biri hisoblanadi.
Yon chizikdan o’yinga kiritilgan to’p bevosita hech kimga tegmay darvoza chizig’ini kesib o’tsa, gol xisobga olinmaydi.
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritish:
to’p yon chiziqni erda yoki xavoda to’liq kesib o’tgandan so’ng amalga oshiriladi;
to’p aynan yon chiziqni kesib o’tgan joyidan o’yinga kiritish amalga oshiriladi;
yon chiziqni kesib o’tishdan oldin oxirgi marta to’pga tegingan jamoa o’yinchisining raqiblaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritish tartibi va yo’l-yo’riqlari
O’yinchi to’pni yon chiziqdan maydonga tashab berayotgan paytda quyidagi talablarni bajarishi kerak:
maydonga yuzi bilan turishi kerak;
ikkala oyog’i tovonlarini shunday holatda joylashtirishi kerakki, ularning xech bulmasa bir qismi yon chiziqning ustida, yoki maydonning tashqarisida turishi lozim;
to’pni ikkala qo’li bilan o’yinga kiritishi kerak;
to’pni boshidan oshirib sezilarli harakat bilan o’yinga kiritish kerak.
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegishga xaqqi yo’q.
To’p maydon ichiga kirishi bilan o’yin holatida deb xisoblanadi, ya’ni o’yin davom ettiriladi.
Qoida buzarliklar-jazolar
Agar o’yinchi to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(faqat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak. *
Agar o’yinchi to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanishi kerak;
agar o’yinchi o’z jarima maydonchasida to’pni qo’li bilan o’ynagan bo’lsa, 11-metrlik jarima to’pi belgilanishi kerak.
Darvozabon tomonidan to’pni yon chiziqdan tashlab berishda
Agar darvozabon to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(fakat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.
Agar darvozabon to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
agar bu qoidabuzarlik o’z jarima maydonchasining tashqarisida yoki raqib jamoa jarima maydonchasida sodir etilgan bo’lsa, o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi; *
agar bu qoidabuzarlik o’z jarima maydonchasida sodir etilgan bo’lsa o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.

Agar yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritayotgan o’yinchiga raqib o’yinchisi noxaqlik bilan, qoidaga xilof ravishda to’pni o’yinga kritishda xalaqit qilsa:


bu qoidabuzarlik sport qoidalariga xilof ravishda harakat kilish deb topilib, Qoida buzgan o’yinchi sariq kartochka ko’rsatish bilan ogoxlantirilishi kerak.
15–Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish xuquqi raqib jamoaga beriladi .
16-Qoida
To’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish
To’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish o’yinni davom ettirish usullaridan biri xisoblanadi.
Bevosita to’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish orqali darvozaga kiritilgan to’p xisobga olinadi, faqat to’p raqib jamoa darvozasiga kiritilsa (o’z darvozasiga urilgan to’p xisobga olinmaydi).
Quyidagi holatlarda o’yin to’pni darvoza yonidan erkin zarba tepish bilan davom ettiriladi:
to’p oxirgi marta hujum uyushtirayotgan jamoa o’yinchisiga tekkan holda, erda yoki xavoda chiziqni to’liq kesib o’tgan bo’lsa, bunda 10 – Qoida shartlariga muvofiq to’p darvozaga kiritilmagan bo’lishi kerak.
Amalga oshirish tartibi
zarba darvoza maydonchasining xoxlagan nuqtasiga urnatilib, himoyalanayotgan jamoaning istalgan o’yinchisi tomonidan amalga oshiriladi;
raqib jamoaning barcha o’yinchilari jarima maydonchasining tashqarisida joylashishlari va to’p o’yinga kiritilmagunga qadar jarima maydonchasiga kirmasliklari kerak;
zarbani amalga oshirgan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi teginmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegishga haqqi yo’q;
zarbadan so’ng to’p hech qaysi o’yinchiga tegmagan holda jarima maydonchasini tark etgan zaxoti to’p o’yinga kiritilgan deb xisoblanadi.
Qoida buzarliklar/jazolar
Zarbadan so’ng to’p xech kimga tegmagan holda jarima maydonchasini tark etmasa:
zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Maydondagi o’yinchi tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to’pni o’yinga kiritishda
Agar o’yinchi darvoza yonidan to’pni erkin zarba bilan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(faqat qo’li bilan emas):
Qoida buzilgan, ya’ni o’yinchi ikkinchi marta to’pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar o’yinchi darvoza yonidan to’pni erkin zarba bilan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
Qoida buzilgan, ya’ni o’yinchi ikkinchi marta to’pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi; *
agar o’yin Qoidasi o’z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo’lsa, raqib jamoa foydasiga 11-metrlik jarima to’pi belgilanadi.
Darvozabon tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to’pni o’yinga kiritishda
Agar darvozabon darvoza yonidan to’pni erkin zarba bilan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(faqat qo’li bilan emas):
Qoida buzilgan, ya’ni darvozabon ikkinchi marta to’pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar darvozabon darvoza yonidan to’pni erkin zarba bilan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
agar o’yin Qoidasi o’z jarima maydonchasi tashkarisida sodir etilgan bo’lsa, o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi; *
agar o’yin Qoidasi o’z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo’lsa, o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
16 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
to’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish kaytadan amalga oshiriladi.
To’pni burchakdan o’yinga kiritish o’yinni davom ettirish usullaridan biri xisoblanadi.
Burchak to’pidan kiritlgan gol albatta hisobga olinadi, agar bu raqib darvozasiga kiritilsa.
17-Qoida
Burchak to’pi
Burchak to’plari quyidagi hollarda belgilanadi:
To’p darvoza chizig’idan erda yoki havoda to’liq kesib o’tgan bo’lsa va bu to’pga so’nggi bo’lib himoyalanayotgan futbolchi tekkan bo’lsa. Bundan oldin 10-q oidaga ko’ra to’p darvozaga kirmagan bo’lsa.
Burchak to’pini amalga oshirish tartibi:
To’p burchak sektori ichiga bayroqli ustunning atrofida joylashtiriladi. Hamda darvoza chizig’iga yaqinroq nuqtaga qo’yiladi;
Zarba berayotgan paytda bayroqli ustunga tegish ta’qiqlanadi;
To’p o’yinga kiritulguncha, raqib jamoa futbolchisi to’pdan 9,15 metrdan yaqin bo’lmagan masofada turishi lozim;
Burchak to’pi hujum qilayotgan jamoa a’zosi tomonidan oyoq bilan o’yinga kiritiladi;
To’p oyoq bilan joyidan siljishi bilan o’yinga kiritilgan deb hisoblanadi;
Burchak to’pini kiritayotgan o’yinchi birinchi bor to’pga tegishgandan so’ng kema-ket ikkinchi bor tegina olmaydi, ya’ni to’pga ikkinchi marta uning jamoadoshi kelib teginadi.
Qoidabuzarlik/jazolar
Burchak to’pi maydonda harakat qilayotgan o’yinchi tomonidan kiritiladi
Agar burchak to’pini o’yinga kirituvchi futbolchi to’pga ikkinchi bor teginib(lekin qo’l bilan emas, unda boshqacha jazo qo’llanadi) ketsa, unda:
Qoida(to’pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan hakam tomonidan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;*
Agar burchak to’pini o’yinga kirituvchi futbolchi to’pga ikkinchi bor atayin qo’li bilan o’ynasa, unda:
Hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi;
Agar himoyachi o’z jarima maydoni ichida qo’l bilan o’ynasa, hakam tomonidan 11-metrlik jarima to’pi belgilanadi.
Burchak to’pining darvozabon tomonidan kiritilishi
Agar burchak to’pini o’yinga kirituvchi darvozabon to’pga ikkinchi bor teginib(lekin qo’l bilan emas, unda boshqacha jazo qo’llanadi) ketsa, unda:
Hakam tomonidan qoida(to’pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;
Agar burchak to’pini o’yinga kirituvchi darvozabon to’pga ikkinchi bor qo’li bilan atayin teginib ketsa, unda:
Darvozabonning o’z jarima moydoni tashqarisida bo’lsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi;
Darvozabonning o’z jarima moydoni ichida bo’lsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Burchak to’plarini kiritish vaqtida qolgan barcha 17 – qoida buzilish holatlarida:
Burchak to’pi qaytatdan kiritiladi.
O’yin g’olibini aniqlash yoki o’yinlar natijasi mexmonda va uyda

O’yin durang natija bilan yakunlangan paytda, turnir reglamentida ishtirokni davom ettirish uchun keyingi bosqichga jamoalardan biri chiqishi talab qilinsa, 11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar g’olibni aniqlash uchun yagona yo’l hisoblanadi.


Amalga oshirish jarayoni
Bosh hakam zarbalar yo’llanadigan davrozani aniqlaydi.
Bosh hakam qur’a tashlaydi va qaysi jamoa sardori qur’ada yutib chiqsa o’sha jamoa birinchi bo’lib zarbani ijro etish huquqini qo’lga kiritadi.
Bosh hakam ijro etilgan zarbalarni yozma ravishda qayd etib boradi.
Quyida keltirilgan shartlarga asosan jamoalar 5 marotabadan zarba ijro etadi.
Har bir jamoa o’yinchisi navbat bilan zarbani ijro etadi.
Agar penaltilar seriyasiga tugaguncha jamoalardan biri 5ta zarbadan kiritgan gollari soni, ikkinchi jamoa ham xuddi shuncha zarba ijro etib kiritgan gollari soniga amaliy jihatdan eta olmasa, unda 11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar to’xtatiladi.
Agar ikkala jamoa ham 5ta zarbadan urgan gollari soni teng bo’lsa yoki umuman urilmagan bo’lsa, unda jamoalardan biri 1tadan zarba ijro etishda raqibidan bitta gol ko’p urguncha o’sha tartibda davom etaveradi.
Darvozabon, penaltilar seriyasi davomida darvozaga tur olmaydigan darajada jaroxat olsa, unda musobaqa reglamentiga ko’ra maksimal darajada o’yinchilarni almashtirmagan bo’lsa, zaxirdagi futbolchi bilan almashtirishlishi mumkin.
Ikkinchi bo’limning asosiy vaqti yoki qo’shimcha vaqti(agar qo’shimcha taym musobaqa reglamentida mavjud bo’lsa) tugagan mahalida maydonda harakat qilgan o’yinchilar 11-mertlik nuqtadan zarba ijro etish huquqiga ega.
Futbolchilar bir marotabadan zarba berishadi, agar barcha o’yinchilar bir martadan zarba ijro etib bo’lishsagina, ularga yana tepish huquqi beriladi.
11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar vaqtida, har bir o’yinchi hakam ruxsati asosida o’z darvozabon bilan zarba berishda almashishi mumkin.
11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbadan oldin faqatgina zarba beruvchi futbolchi bilan hakamga jarima maydoni ichida turish huquqi beriladi.
Ikkala jamoa darvozaboni va zarba ijro etuvchi futbolchidan tashqari barcha o ’yinchilar markaziy aylana ichida turishlari shart.
Zarba ijro etayotgan futbolchi jamoasi darvozaboni zarba ijro etilayotgan vaqtda jarima maydonidan tashqarida, ya’ni darvoza chizig’i bilan jarima maydoni chizig’i kesishgan nuqtada turishi lozim.
11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar jarayonida O’yin qoidalariga va HK qaroriga amal qilishlari talab etiladi.
TEXNIK MAYDONChA
Rasmda ko’rib turganingizdek, maydonda bo’ladigan uchrashuvlarda zaxira futbolchilari uchun maxsus o’rindiq va jamoa rahbariyati uchun mo’ljallangan 3-qoida va 2-qarordagi kabi texnik maydoncha bo’ladi.
Texnik maydonchalar turli maydonlarda bir – biridan farq qilishi mumkin. Masalan, kattaligi va o’rnatilgan joyi bilan farq qiladi. Lekin bu maydonchalarni aniqlash uchun quyidagi bir xil pirnstiplarga asoslanadi:
Texnik maydoncha zaxira o’rindig’idan barcha tomonlarga 1 metr masofada chiziq tortilib chegaralanadi. Maydonning yon chizig’idan ham 1 metr masofada ajralib turadi.
Texnik maydonchaning chegarasini aniqlash uchun aniq belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Musobaqa reglamentiga ko’ra texnik maydoncha ichidagi shaxslar soni a niqlanadi.
Texnik maydonchada turishga musobaqa reglamentiga ko’ra aniqlanagan shaxslarga ruxsat beriladi. Ularning familiyalari musobaqa bayonnomoasiga o’yin boshlanguncha kiritilishi shart.
Hamma vaqt faqat bitta shaxsga o’yinchilarga ko’rsatma berishga ruxsat beriladi va ko’rsatmalarni berib bo’lingandan keyin u darhol o’rindiqdagi o’zining joyiga qaytishi shart.
Murabbiy va rasmiy shaxslar texnik maydonchadan tashqariga chiqish huquqi berilmagan. Faqat shifokorlar bundan mustasno. Ular maydondagi bosh hakam ko’rsatmasiga asosan jarohat olgan futbolchiga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadidagina texnik maydonchadan tashqariga chiqishi mumkin.
Texnik maydonchadagi murabbiy va rasmiy shaxslar o’zlarining javobgarlik doirasiga kiradigan darajada to’g’ri tutishlari lozim.
TO’RTINChI HAKAM
Musobaqa reglamentiga ko’ra har bir o’yinga to’rtinchi hakam tayinlanishi mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o’zining vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam uning o’rniga almashtiriladi.
Agar hakam o’z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga oshiriladi.
Bosh hakam ko’rsatmasiga binoan to’rtinchi hakam o’yingacha, o’yin paytida va o’yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi mumkin.
To’rtinchi hakam o’yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga bevosita yordam berishga majbur.
Agar o’yin jarayonida o’yindagi to’pni almashtirish zaruriyati tug’ilsa, unda to’rtinchi hakam bu ishga ma’suldir. O’yin vaqtini cho’zmaslik uchun to’rtinchi hakamda zaxira to’pi bo’lishi lozim.
To’rtinchi hakam futbolchi zaxiradan maydonga tushishidan oldin o’yinchini tekshirib ko’rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishada xatolikni sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma’lum qiladi. U esa o’z o’rnida bosh hakamga bu haqda ma’lumot beradi.
To’rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.
O’yin tugashi bilan to’rtinchi hakam o’yin haqidagi bayonnomona musobaqa o’tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o’yin vaqtida bosh hakam va uning yordamchilari rasmiy shaxslarning o’zlarini noto’g’ri tutishi va baxtsiz hodisalarni nazaridan chetda qoldirgan bo’lsa, unda to’rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.
O’yin qoidalari va reglament
To’rtinchi hakam tomonidan o’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
7 – Qoida: O’yining davomiyligi. Vaqt qo’shib berish.
O’yinning har bir bo’limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo’qotilishi tufayli qo’shimcha vaqt qo’shib beriladi:
o’yinchi (lar) almashtirish,
o’yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
kuzatib qo’yish (o’yinchiga yordam ko’rsatilishi uchun maydondan tashqariga chiqarish),
o’yinni cho’zish,
boshqa biror sabab.
Vaqtni qo’shish bosh hakam ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o’yin vaqtida stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo’lim, ya’ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to’xtatiladi. Ushbu shart final o’yinlarining qo’shimcha bo’limlari uchun ham taalluqli. (Ya’ni, soatlar15 va 30 daqiqa o’tgach, to’xtatiladi).
O’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
Agar o’yin tugamagan bo’lsa, bosh hakam o’yindagi to’xtalishlar uchun qo’shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o’tkaziladi. O’yinchilar, murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo’shilganidan bexabar bo’lishadi va bosh hakam tomonidan qo’shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu holat bosh hakamga e’tirozlarni kuchaytirib yuboradi.
Hakamlar Qo’mitasi qiziqayotgan tomonlar o’yindagi to’xtalishlar uchun qancha vaqt qo’shib berilayotgani to’g’risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim keskin kamayadi degan to’xtamga keldi.
Bosh hakam va to’rtinchi hakam o’yindagi to’xtalishlar hisobiga vaqt yo’qotilishiga ko’proq e’tibor berishlariga to’g’ri keladi. Hakamlar Qo’mitasi oddiy holatlarda o’yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan
o’yinchini maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo’shib berishni tavsiya etadi. Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o’laroq, vaqt yo’qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo’ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga yordam ko’rsatilganda).
Italiyada keyingi yillarda to’plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar Qo’mitasi UEFA musobaqalarining barcha o’yinlarida e’lon qilishning quyidagi qoidalariga asosan, to’rtinchi hakam tomonidan qo’shib berilayotgan vaqtni e’lon qilishni tavsiya etadi:
Har bir bo’limda asosiy o’yin vaqti tugagandan so’ng (45- va 90-daqiqalar o’tib bo’lgach) bosh hakam to’rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib, qancha vaqt qo’shishga qaror qilganini bildiradi. O’yinga yarim daqiqa yoki soniyalar emas, to’liq daqiqalar qo’shib beriladi. Ushbu qoida qo’shimcha bo’limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so’ng).
To’rtchi hakam o’yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot vositalariga eng kamida qo’shib berilayotgan daqiqalarni o’yinchi almashtirishda foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida ko’rsatadi.
Bir marta va tomshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyastion tizimi yordamida e’lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida stadiondagi gigant monitorda ham ko’rsatilishiga ruxsat beriladi.
O’yinning asosiy vaqti tugagach, ya’ni 45- va 90-daqiqalar o’tib bo’lgach, stadiondagi soat to’xtatiladi, agar qo’shimcha bo’limlar o’tkazilsa, 15- va 30-daqiqalardan so’ng soat yana to’xtatilishi kerak.
O’yinga qo’shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o’z-o’zidan yana vaqt qo’shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to’rtinchi hakam yana qancha vaqt qo’shilishini ko’rsatmaydi. O’yin qoidalariga muvofiq, qo’shib berilgan vaqtda o’yin to’xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo’shib beriladi.

BOSh HAKAM IShORALARI







Erkin zarba

Jarima zarbasi

O’yinni davom ettirish

BOSh HAKAM YoRDAMChILARINING IShORALARI







O’yinchi almashtirish

O’yindan tashqari holat

Yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish







O’yindan tashqari holat, yaqin nuqtadan

O’yindan tashqari holat, maydonning o’rtarog’idan

O’yindan tashqari holat, maydonning uzoq nuqtasidan

Mavzuga oid savollar


O’yin qoidalari haqida tushuncha bering.?
Hakamlarning vazifalari nimadan iborat?

3-Mavzu: Basketbol o’yinining tavsifi


Reja:

Basketbol kelib chiqish tarixi


Basketbol o’yinida kerakli jihozlar

Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusest shtati) xristian - ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Jeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda erga urilgan vaqtda to’p erdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan.


Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketbol ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan.
1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.
Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinstip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.
Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi.
1892 yil 11 martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to’plandi. Talabalar o’z o’qituvchilari bilan o’ynaydilar va 5:1 hisobida g’olib chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892 yilning o’zida Meksikada ham basketbol o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o’tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqo’lay savatchalarni – shaftoli terishga mo’ljallangan ushbu savatlarni simdan to’qilgan silindr shaklidagi og’ir savatchalar bilan almashtirdi.
O’yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893 yilda birinchi marta o’chitga tegib qaytadigan va to’pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to’r xalta biriktirilgan temir halqa o’rnatildi. Shitning kattaligi 3,6x1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, to’pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-81,8 sm)ga etkazildi. 1895 yilga kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi.
Oradan ko’p o’tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shit esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda shitni oq rangga bo’yab qo’yganlar, 1909 yilga kelib esa shitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to’pni olib yurish qoidasi 1896 yilda kiritilgan. To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch yil o’tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to’pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to’piga almashtirildi.
O’yin texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896 yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. O’yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining kattaligiga bog’liq bo’lgan. Tez orada jamoadagi o’yinchilar soni butunlay standart xolgan keltirildi: ya’ni bir vaqtning o’zida 5 kishidan ortiq o’yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo’ldi.
1892 yilning mart oyida ushbu o’yinni “ilk ixtirochi”lari jamoalari o’rtasida dastlabki o’yin o’tkaziladi. Ular Bekingem maktabining o’qituvchilari va stenografistlari edi. Jamoadagi o’yinchi qizlardan biri Mod Sherman bu o’yinda o’z baxtini ham topdi – u Djeyms Neysmitga turmushga chiqdi.
1893 yil 22 martda juda ko’p tomoshabinlar xuzurida Smit kolledjining birinchi kurs qizlari bilan ikkinchi kurs qizlari o’rtasida birinchi rasmiy o’yin o’tkazildi. Unda katta qizlar 5:4 hisobi bilan g’alaba qildilar. Qizig’i shundaki, o’yinni tomosha qilgan tomoshabinlar ishqibozlar orasida birorta ham erkak bo’lmagan. Buning sababi erkaklarga zalga kirish man etilgan bo’lib sababi basketbolchilar kalta yubkalarda o’yinga tushgan edilar.
1896 yilda qizlarning Xristian assosiasiyasi ushbu o’yinni kam harakat va qizlar uchun qulayroq qilish maqsadida basketbol bo’yicha o’yin qoidalarini qayta ko’rib chiqadi. O’sha paytdan boshlab basketboldan xoli ravishda “netbol” (net – to’r, bol – to’p) o’yini rivojlana boshlaydi.
Shu yilning o’zida AQShda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar bo’lib o’tadi. Oradan 6 yil o’tgach birinchi bor studentlarning mintaqalararo o’yini tashkil etiladi. Xuddi o’sha yili Buffalo shahrida tashkil etilgan Panama – Amerika qo’shma ko’rgazmasida basketbol o’yini “eksponat” sifatida ko’rsatildi.
AQShda to’zilgan basketbol o’yini oradan ko’p o’tmay Xitoy, Filippin, Angliya, Franstiya, Italiya singari dunyoning ko’p mamlakatlariga tarqalib ketadi.

1.2. Basketbolning rivojlanish bosqichlari

1 bosqich. 1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funkstiya vazifalar belgilab beriladi.
2 bosqich. 1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy basketbol federastiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir – musobaqalar o’tkaziladi.
3 bosqich. 1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federastiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.
4 bosqich. 1948-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda butun dunyoda basketbol o’yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport maxoratining o’sishi ham ana shu davrga to’g’ri keladi. To’pni bir qo’l bilan tashlash qoidasi paydo bo’ladi, raqibning xujumiga qarshi o’zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab priyomlar paydo bo’ladi. Mini-basketbol o’yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.
5 bosqich. 1986-1990 yillarda milliy Federastiyalar soni ortadi. Milliy profistional basketbol uyushmalari (XBA) paydo bo’ladi. Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o’yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik metodikasi takomillashtiriladi.

Tayanch so’zlar:


Jеyms Nеysmit, bosqichlar, FIBA, NBA, Olimpiya o‘yinlari,musobaqalar, qoidalar, O‘zbеkistonda rivojlanishi, asoschilar, jamoalar, O‘rta Osiyo o‘yinlari, butuno‘zbеk spartakiadasi, “A” toifa, mustaqqillik, XOQ, MOQ, Netbol, MIK.
O’z-o’zini nazorat qilish savollari:
1.Baskеtbolning dastlabki nomlanishi.
2.Hozirgi zamon baskеtbol o‘yini qachon va qayеrda paydo bo‘lgan?
3.Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari.
4.FIBAning tashkil topishi.
5.Baskеtbolning rivojlanish bosqichlari.
4-Mavzu: Basketbol o’yinida hakamlar va ularning vazifalari
Reja:

Basketbol o’yin qoidalari


Hakamlar va ularning vazifalari

Basketbol o’yinida har biri besh o’yinchidan iborat ikkita jamoa qatnashadi. Har ikkala jamoaning maqsadi raqib savatiga to’p tashlash va boshqa jamoaning to’pni egallab olishiga hamda uni savatga tashlashga qarshilik ko’rsatishdan iborat.


To’pni uzatish, savatga tashlash, dumalatish yoki maydonda istagan tomonga olib yurish quyida bayon etilgan qonunlarga rioya qilingan sharoitdagina mumkin.
O’yin maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida, yuzasi qattiq, yassi hamda to’siqlardan holi joy bo’lishi kerak.
Olimpiada turnirlari va Jahon birinchiligi o’yinlari uchun maydon o’lchovlari uzunligi 28m x 15m bo’lishi va ular chegaralangan chiziqning ichki tomonidan o’lchanishi kerak.
Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, masalan, zonal hamda kontinental musobaqalarda zonal komissiya yoki ichki musobaqalar uchun Milliy Federasiya mavjud o’yin maydonlarining quyidagicha o’lchovini tasdiqlash huquqiga ega: o’zgartirishlar bir-biriga proporsional bo’lish sharti bilan, 4 m uzunligiga va 2 m eniga qisqartirish mumkin.
Barcha yangi qurilayotgan maydonlar FIBAning muhim rasmiy musobaqalari uchun xos bo’lgan talablarga mos, ya’ni 28 m x 15 m bo’lishi lozim.
Shift balandligi 7 m dan past bo’lmasligi va etarli darajada yoritilgan bo’lishi zarur. Yorug’lik manbalari o’yinchilarga xalaqit bermaydigan joylarda o’rnatilishi shart.
O’yin maydoni yaxshi ko’rinadigan chiziqlar bilan belgilangan bo’lishi va bu chiziqlar istagan nuqtada tomoshabinlar, reklama to’siqlari va boshqa g’ovlardan kamida 2 m uzoqlikda joylashishi kerak. Maydonning uzun tomonlarini belgilovchi chiziqlar – yon chiziqlar, qisqa tomonlarini belgilovchi chiziqlar esa – en chiziqlar deb atalishi lozim. Chiziqlar shunday chizilishi kerakki, ular yaqqol ko’rinadigan va eni 0,5 sm bo’lishi kerak. Markaziy doira radiusi 1,80 m ga teng bo’lishi va maydon markazida belgilanishi kerak. Radius doiraning tashqi chekkasigacha o’lchanishi shart. Markaziy chiziq en chiziqlariga parallel holda yon chiziqlari o’rtasidan o’tkazilishi va har ikkala yon chiziqlaridan 15 sm tashqariga chiqib turishi kerak. Maydonning raqib shiti orqasidagi en chizig’i va markaziy chiziqning yaqin chekkasi o’rtasida joylashgan qismi jamoaning old zonasi hisoblanadi. Maydoning qolgan qismi, shu jumladan, markaziy chiziq ham jamoaning orqa zonasi hisoblanadi. Polning maydonda ajratilgan va ikkita yoy hosil qiladigan chiziqlar bilan chegaralangan qismi o’yindan 3 ochkoli to’plarni tashlash zonalari bo’lib hisoblanadi. Har bir yoy savatning mutloq markaziga to’g’ri perpendikulyar bo’lgan poldagi nuqtani markaz qilib belgilab turib, tashqi qirrasigacha 6,75 radiusli yarim doira shaklida chiziladi va parallel holda yon chiziqlariga davom ettirilib, en chiziqlarida tugaydi (29-rasm).
Maydonda ajratiladigan en chiziqlari, jarima to’pini tashlash chiziqlari va en chiziqlaridan o’tkaziladigan chiziqlar bilan chegaralangan pol qismi chegaralangan zonalar hisoblanadi. Ularning tashqi chegaralari en chiziqlarining o’rtasidan 3 m uzoqlikda bo’ladi, jarima to’pini tashlash chizig’ining tashqi chekkasida tugaydi.





Jarima to’pini tashlash joyi – bu o’yin maydonida 1,80 radiusli yarim doira bilan ajratiladigan chegaralangan zonalardir. Ularning markazlari jarima to’pini tashlash chizig’i o’rtasida joylashgan. Bunday yarim doiralar chegaralangan zonalarning ichida nuqtali chiziqlar bilan o’tkaziladi.


Jarima to’pni tashlash zonasi bo’ylab belgilangan joylarni o’yinchilar jarima to’pi tashlanayotganda egallaydilar. Bunday joylar quyidagicha belgilanadi: jarima to’pini tashlash zonasi tomonidan chiziqlar bo’ylab o’lchab turib, en chizig’ining ichki chekkasidan 1,75 m uzoqlikda birinchi belgilanadi. Birinchi joy 0,85 sm uzoqlikda o’tkaziladigan chiziq bilan chegaralanadi. Bu chiziq orqasida eni 0,40 sm bo’lgan betaraf xona joylashadi. Ikkinchi joy betaraf zona ketida joylashadi va eni 0,85 sm bo’ladi. Ikkinchi joyni belgilab turgan chiziqdan keyin eni 0,85 sm bo’lgan uchinchi joy belgilanadi. Bu joylarni belgilash uchun ishlatiladigan hamma chiziqlarning uzunligi 10 sm va eni 0,5 sm bo’ladi. Bu chiziqlar jarima maydonchasining yon chiziqlariga nisbatan perpendikulyar bo’lib, tashqi tomondan chizilgan bo’lishi kerak.
Jarima to’pini tashlash chizig’i har ikkala en chizig’iga parallel holda o’tkaziladi. Uning uzoq chekkasi en chizig’ining ichki chekkasidan 5,80 m uzoqlikda turishi va u 3,60 m uzunlikda bo’lishi kerak. Uning o’rtasi esa ikkala en chiziqlarning o’rtasini tutashtiruvchi chiziqda bo’lishi lozim.
Jamoa o’rindig’i zonasi maydon tashqarisida, kotib stoli va jamoalar o’rindiqlari uchun joy ajratilgan tomonda joylanadi. Zona, en chizig’idan tashqariga chiqib turadigan, uzunligi 2 m bo’lgan chiziq va markaziy chiziqdan hamda perpendikulyar yon chizig’idan 5 m narida chiziladigan boshqa chiziq bilan belgilanadi.
2 m uzunlikdagi chiziqlarning rangi va yon chiziqlari rangiga qarama-qarshi bo’lishi kerak.
Ikkala shitning har biri qalinligi 0,3 sm bo’lgan qattiq yog’ochdan yoki shunga mos oynadek tiniq ashyodan (yog’ochning qattiqligiga o’xshash qattiqlikdagi bir bo’lakdan) tayyorlanishi lozim.
Olimpiada o’yinlari va jahon Birinchiligi musobaqalari uchun shit o’lchovlari gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m bo’lishi, pastki qirrasi maydon yuzasidan 2,90 m balandlikda turishi kerak. Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, masalan, zonal va kontinental musobaqalar o’tkazilganda zonal komissiya yoki barcha ichki musobaqalar uchun milliy federasiya shitlarining quyidagicha o’lchovlarini tasdiqlashga haqqilari bor: shitlar gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,20 m bo’lishi, pastki qirrasi maydon yuzasidan 2,75 m balandlikda turishi mumkin yoki gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m bo’lishi, pastki qirrasi maydon yuzasidan 2,90 m. balandlikda turishi mumkin. Bundan qat’iy nazar, barcha yangi qurilayotgan shitlar xuddi Olimpiadalar va jahon Birinchiligi uchun mo’ljallangandek, gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m qilib tayyorlanishi kerak.
Agar shit yo’zi silliq va oynadan tiniq bo’lmagan ashyodan tayyorlangan bo’lsa, oq rangda bo’lishi shart. Uning sirti quyidagicha belgilanadi: halqa orqasiga eni 0,5 sm ga teng bo’lgan chiziqlar bilan to’g’ri to’rtburchak chiziladi. To’g’ri to’rtburchakning tashqi o’lchovlari gorizontaliga 59 sm, vertikaliga 45 sm bo’lishi kerak. Uning asos chizig’ining yuqori qismi halqa bilan teng turishi kerak. Shitlarning chetlari 0,5 sm kenglikdagi chiziqlar bilan belgilanadi. Bu chiziqlar shit rangidan yaqqol ajralib turishi lozim. Agar shit tiniq bo’lsa, u oq chiziqlar bilan, boshqa hollarda esa, qora bilan hoshiyalanadi. Shitlarning hoshiyalari va ularda chizilgan to’g’ri to’rtburchakning ranglari bir xil bo’lishi shart.
Shitlarni mustahkam qilib, maydonning ikkala chekkasiga en chiziqlariga parallel holda, to’g’ri burchak ostida polga o’rnatiladi. Ularning markazlari har biri yon chiziqlari o’rtasining ichki chekkasidan 1,20 m narida maydondan chiqarilgan nuqtalarga perpendikulyar ravishda joylashadi.
Shitlarni ushlab turadigan qurilmalar en chiziqlarining tashqi chekkasidan kamida 2 m uzoqlikda joylashishi shart va ular o’yinchilarning ko’ziga yaqqol tashlanadigan darajada ochiq rangga bo’yalgan bo’lishi lozim.
Ikkala shit yumshoq material bilan quyidagicha qoplangan bo’lishi kerak: shitlarning pastki qirrasi va yon tomonlari uchun yumshoq o’ram tagidan kamida 35 sm uzoqlikda tag sirtini va yonlarning ustini qoplaydi. Oldingi va orqa sirtlar tagidan kamida 0,2 sm uzoqlikda qoplanadi va to’ldirilgan material kamida 0,2 sm qalinlikda bo’lishi lozim. Shitning pastki qismi to’ldirilgan material 0,5 sm qalinlikda bo’lishi kerak.
Qurilmalar yumshoq material bilan quyidagicha qoplanadi: shitning har qanday qurilmasi shit orqasidan va poldan kamida 2,75 m balandlikda, shitning sirt yuzasidan 60 sm uzoqlikda, tag yuzasi bo’ylab yumshoq material bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Hamma ko’chma shitlarning tagi maydon tomonidan sirti bo’ylab 2,15 m balandlikda yumshoq material bilan o’ralgan bo’lishi lozim (32-rasm).

32-rasm. Halqa shit qurilmasi.


33-rasm. Shit. Uning o’lchovlari.
Savatlar halqa va to’rlardan iborat. Halqa qattiq metalldan tayyorlanadi, uning ichki diametri 45 sm ga teng bo’lib, to’q sariq (apelsin) rangga bo’yaladi. Halqalarning metalli kami bilan 0,17 sm va ko’pi bilan 0,2 sm diametrga ega bo’lib, pastki qirrasida to’plarni ilish uchun qo’shimcha bir xil kichik ilmoqlar yoki shunga o’xshash ilgaklari bo’lishi kerak. Halqalar maydonga nisbatan gorizontal holatda, 3,05 m balandlikda shitlarga mustahkam o’rnatiladi va shitning har ikkala vertikal chekkalaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Halqalar ichki chekkasining yaqin nuqtasi shitning yuza qismidan 15 sm uzoqlikda turishi kerak (33-rasm).
Halqalarga ilinadigan to’rlar oq kanopdan tayyorlanadi, ularning to’zilishi shunday bo’lishi lozimki, to’p savat orasidan o’tayotgan vaqtda bir lahza ushlanib qolishi mumkin bo’lsin. To’rlarning uzunligi 40 sm bo’lishi shart (34-rasm).


34-rasm. Halqa.

To’p sharsimon shaklda va tasdiqlangan qizg’ish rangda bo’lishi kerak: u sirti bilan birga charmdan, rezina yoki sun’iy xomashyodan tayyorlanadi; uning aylanasi uzunligi 749 sm dan kam va 780 sm dan ko’p bo’lmasligi lozim; u kamida 567 g dan kam va 650 g dan ko’p bo’lmagan og’irlikka ega bo’lishi kerak; unga havo shunday to’ldirilishi kerakki, to’p taxminan 1,80 m balandlikdan (to’pning pastki qirrasidan o’lchanganda) o’yin maydoniga yoki qattiq yog’och polga tushgan vaqtida to’pning yuqori qirrasidan o’lchanganda 1,20 m dan kam va 1,40 m dan ortiq bo’lmagan balandlikka ko’tarilishi lozim. To’pning choklari yoki chuqurliklarining kengligi 0,635 sm dan ortiq bo’lmasligi kerak (35-rasm).






yoki



35-rasm. Basketbol to’pi.

Maydon egasi bo’lgan jamoa yuqorida aytib o’tilgan shartlarga javob beradigan, kamida bitta avval ishlatilgan to’p bilan ta’minlanishi lozim. Katta hakam to’pning yaroqliligini aniqlab beruvchi yagona shaxs bo’lib hisoblanadi va u mehmon jamoa taqdim qilgan to’pni o’yin uchun tanlab olishi mumkin.


Quyidagi texnik jihozlar maydon egalari tomonidan tayyorlangan bo’lishi va hakamlar hamda ularning yordamchilari ixtiyoriga havola qilinishi kerak:
a) O’yin vaqtini belgilovchi soat va tanaffuslarni hisoblaydigan soat; soniya hisoblovchi, hech bo’lmaganda bitta o’yin vaqtini belgilovchi soat yoki bitta soniya o’lchagich bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. O’yin bo’limlarini va ular orasidagi tanaffuslarni hisoblashda ishlatiladigan soat hamda tanaffus vaqtini belgilashda ishlatiladigan soniya o’lchagich shunday joylashgan bo’lishi kerakki, ularni ham soniya hisoblovchi, ham kotib aniq va ravshan ko’rib turishlari lozim;
b) 24 soniya qoidasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun barcha o’yinchilar va tomoshabinlarga ko’rinadigan tegishli moslama bo’lishi kerak. Uni 24 soniya vaqtini belgilovchi operator boshqaradi.
v) Halqaro basketbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnoma rasmiy hisoblanib, undagi qoidalarga asosan o’yin boshlanishidan oldin va o’yin davomida kotib tomonidan to’ldirib boriladi;
g) Juda bo’lmaganda ushbu qoidalarda ko’zda tutilgan uchta signal uchun moslamalar bo’lishi lozim.
O’yinchilar, tomoshabinlar va kotibga ko’rinadigan qo’shimcha hisob tablochi bo’lishi kerak;
d) 1-chi raqamdan 5-raqamgacha bo’lgan ko’rsatkichlar kotib ixtiyorida bo’lishi zarur. Har safar u yoki bu o’yinchi fol qilganida, kotib o’yinchi nechanchi fol olganligiga qarab shu raqamli ko’rsatkichni har ikkala murabbiy ko’ra oladigan darajada yuqoriga ko’taradi. Ko’rsatkichlar oq rangda bo’lishi, raqamlari o’lchov bo’yicha 2 sm va eniga 1 sm, hamda 1-chidan 4-chi raqamgacha qora rangda, 5-chi qizil rangda bo’lishi kerak;
e) Kotib jamoa follarini belgilovchi ikkita ko’rsatkichlar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Ko’rsatkichlar qizil rangda va shunday tayyorlangan bo’lishi kerakki, kotib stoli ustida turganida o’yinchilar, murabbiylar va hakamlar yaqqol ko’rib turishsin;
to’p jamoa o’yinchisi beshinchi fol qilinganidan so’ng o’yinga kirgan vaqtda, ko’rsatkich kotib stoli ustiga, ya’ni o’yinchisi beshinchi fol qilgan jamoa o’rindig’i yaqinidagi chekkaga qo’yilishi kerak;
j) Jamoa follarini belgilash uchun ishlatiladigan munosib moslama.

4.2. Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar


Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat bo’ladi. O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa tarkibida murabbiy yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha ortishi mumkin. O’yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda bo’lishi kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi va o’yinda qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa, unda u o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi kerak. Bu raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi kamida 2 sm, ko’krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart. Raqamlar uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l maykalarni kiyish man etiladi;
bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda bo’lgan shortik kiyishlari kerak;
maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta engli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart;
kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, uning rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili bo’lib hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha yoki kerakli ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini ma’lum qilishi kerak.
O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A» jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi.
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur.
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi o’yinchi shu iltimosni etkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga darhol tushish uchun tayyor turishi zarur.
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning familiyasi o’yin boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi shart.
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira olmasa, bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi.
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u murabbiy sifatida harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli o’yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga tushgan o’yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak.

4.3. Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi hakamlar bilan muloqoti


Murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yin paytida stol atrofida o’tirgan hakamlar bilan muloqot qila oladigan jamoaning yagona vakili bo’lib hisoblanadi. U istagan paytida, masalan, hisob, vaqt tabloga yoki follar soniga tegishli bo’lgan ma’lumotni olmoqchi bo’lganida hamda bir daqiqali tanaffus olish uchun murojaat qilganida bu ishni qilishi mumkin. Uning hakamlar stoli atrofida o’tirgan hakamlar bilan o’zaro muloqot har vaqt o’yinning bir me’yorda kechishiga xalaqit bermaydigan bo’lishi va osoyishtalik hamda vazminlik bilan o’tishi kerak. Agar murabbiy o’yinchini almashtirmoqchi bo’lsa, u zaxiradagi o’yinchiga almashish to’g’risida kotibga murojaat qilishni taklif etadi. Bu iltimosni aytish uchun murabbiy hakamlar stoli oldiga borishi shart emas.

4.4. O’yin holatlari


O’yin vaqti – «toza» vaqt 40 daqiqa davom etadi. U to’rtta 10 daqiqalik choraklardan iborat. Birinchi va uchinchi choraklardan so’ng 2 daqiqalik tanaffus bo’ladi. Ikkinchi chorakdan keyin 10-15 daqiqalik tanaffus bo’ladi. O’yin natijasi durang bo’lsa, 5 daqiqalik taymlar beriladi.
O’yin soati:
a) bahsli to’pni yuqoriga otib berish vaqtida to’p o’zining eng yuqori nuqtasiga etganidan so’ng, to’p o’yinchilarning biri tomonidan urib yuborilgan paytida, yoki;
b) agar jarima to’pi noaniq tashlangan bo’lsa va maydondagi biron o’yinchi to’pni egallab olgan paytida to’p o’yinda qolishi kerak bo’lsa, yoki;
v) maydondagi biron o’yinchi to’pga tekkan paytda o’yin to’pni maydon tashqarisidan o’yinga kiritish bilan davom ettirilsa, yoqiladi.
O’yin soati:
a) o’yinning har ikkala yarmi yoki qo’shimcha davr oxirida yoki;
b) hakam hushtak chalgan vaqtda yoki;
v) 24 soniya operatorining signali chalingan paytda yoki;
g) agar tanaffus talab qilgan murabbiy jamoasining savatiga to’p tushsa, ammo shu to’p savatga tashlayotgan o’yinchining qo’lidan murabbiy iltimosiga nisbatan keyin chiqib ketgan bo’lsa, to’xtatiladi.
Agar o’yinnning ikkinchi yarmi tugagan vaqtda hisob durang bo’lsa, hisobdagi tenglikni bo’zish maqsadida 5 daqiqalik qo’shimcha davr yoki muvozanat bo’zilgunga qadar bir necha 5 daqiqalik davrlar belgilanadi. Jamoalar birinchi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin qur’a tashlash yo’li bilan savatlarni tanlab oladilar va har bir keyingi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin savatlarni almashtiradilar. Har bir qo’shimcha davr orasida 1 daqiqalik tanaffuslar ko’zda tutiladi. Har bir qo’shimcha davr boshida o’yin markaziy doirada bahsli to’p otib berilishi bilan boshlanadi.
O’yin markaziy doirada bahsli to’p tashlab berilishi bilan boshlanadi. Katta hakam ikki raqib o’rtasida to’pni yuqoriga otib beradi. Bu narsa o’yinning ikkinchi yarmi boshlanishida, agar kerak bo’lsa, har bir qo’shimcha davr oldidan ham bajariladi.
Mehmon jamoa savatni va jamoa o’rindig’ini tanlab olish huquqiga ega bo’lishi kerak. Agar o’yin betaraf maydonda o’tkazilayotgan bo’lsa, bu huquqni jamoalar o’zaro qur’a tashlash yo’li bilan aniqlaydilar. O’yinning ikkinchi yarmida jamoalar savatlarini almashadilar. Agar jamoalardan birida o’yinga tayyor beshta o’yinchi maydonda bo’lmasa, o’yin boshlanishi mumkin emas. Agar o’yin boshlanishi vaqtidan 15 daqiqa o’tganidan so’ng qoidani buzayotgan jamoa yo’q bo’lsa yoki maydonga 5 ta o’yinchisini chiqara olmasa, unda bu jamoa o’ynash huquqidan mahrum qilinganligi sababli mag’lubiyatga uchraydi va g’alaba boshqa jamoaga beriladi.
I-II chorakdan keyin jamoalar hujum qilish tomonlarini almashtiradilar. Qo’shimcha choraklarda hujum qilish tomonlari bilan almashinmaydi. To’rtinchi chorakda qaysi savat tomon hujum bo’lgan bo’lsa, shu tomonga hujum qiladilar.
a) hakam bahsli to’pni otib berish uchun doira ichiga kirgan paytda yoki;
b) hakam jarima to’pi otilishini boshqarish uchun jarima to’pini tashlash maydoniga kirgan paytda, yoki;
v) maydon tashqarisidagi vaziyatda, to’p to’pni o’yinga kiritish joyida turgan o’yinchining ixtiyorida bo’lgan paytda, to’p o’yinga kiritildi deb hisoblanadi.
Agar jonli to’p yuqoridan savatga tushib, uning ichida qolsa yoki undan o’tib pastga tushsa, to’p savatga tushdi deb hisoblanadi. To’p o’yin jarayonida maydondan savatga tushsa, 2 ochko, uch ochko keltiradigan chiziq orqasidan savatga tushsa 3 ochko hisoblanadi.
Jarima to’pi tashlanganda savatga tushgan to’p 1 ochko hisoblanadi. Qaysi jamoa hujum uyushtirib savatga to’p tushirsa, maydondan tashlangan bunday to’p shu jamoa hisobiga yoziladi. Agar to’p pastdan yuqoriga chiqayotib bexosdan savat ichiga kirib qolsa, bu to’p jonsiz hisoblanadi va o’yin to’pni o’yinga galma-gal kiritish qoidasi bilan davom ettiriladi. Lekin agar o’yinchi ataylab to’pni pastdan savatga kiritsa, bu qoidaning bo’zilishi bo’lib hisoblanadi va raqib o’yin jamoasi tomonidan to’pni qoida bo’zilgan joyga yaqin bo’lgan maydonning yon chizig’i tashqarisidan o’yinga kiritish bilan davom ettiriladi. Bu bahs to’pi vaziyati sodir bo’lganda bahs to’pi tashlash o’rniga to’pni maydon tashqarisidan o’yinga kiritib, to’pni jonli qilish usulidir.
O’yin boshlanganida biron jamoa to’pni nazorat qilgan zahoti, to’pni galma-gal o’yinga kiritilishini anglatuvchi strelka to’pni egallab olgan jamoa tomoniga qaratiladi ( ).
Yana bahsli to’p vaziyati sodir bo’lsa, strelkaning uchi qaratilmagan jamoa o’yinchisi shu joy yaqinidagi yon chiziq tashqarisidan to’pni o’yinga kiritadi. To’p o’yinchining qo’lidan chiqqan zahoti strelka to’p uzatgan o’yinchining jamoasi tarafga qaratiladi ( ).
Zahiradagi o’yinchi maydonga tushishidan oldin almashish haqida kotibga murojaat qilishi va darhol o’yinga kirish uchun tayyor turishi lozim. Kotib to’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtatilishi bilan, ammo to’p qaytadan o’yinga kiritilishidan oldin, o’z signalini berishi shart. O’yin qoidasi bo’zilganidan so’ng qoidani buzmagan jamoa to’pni maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritishi kerak bo’lsa, faqat shu jamoagina o’z o’yinchisini almashtirishi mumkin. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, raqib jamoasi ham keyinchalik o’z o’yinchisini almashtirishi mumkin. Zaxiradagi o’yinchi hakam maydonga tushishga ruxsat berguniga qadar maydon chegarasi tashqarisida turishi lozim va ruxsat olinganidan so’ng darhol o’yinga tushishi mumkin. O’yinchilarni almashtirish imkoni boricha tez amalga oshirilishi kerak. Agar hakamning fikricha, biron bir jamoa o’yin vaqtini asossiz cho’zayotgan bo’lsa, qoida buzayotgan jamoa hisobiga tanaffus yozilishi zarur. Bahsli to’p uchun kurashda qatnashadigan o’yinchi boshqa o’yinchi bilan almashtirilishi mumkin emas. Almashtirilgan o’yinchi bir almashtirish davri ichida yana qaytadan maydonga chiqishga haqqi yo’q.
Quyidagi hollarda:
a) agar talab qilib olinadigan tanaffus berilgan yoki fol belgilangan bo’lmasa, maydondan tashlangan to’p savatga tushganidan so’ng;
b) birinchi yoki yagona jarima to’pini tashlash uchun to’p o’yinga kiritilgan paytdan boshlab, to o’yin vaqti hisobining ma’lum bir davridan so’ng to’p yana jonsiz holatga o’tmagunicha, fol yoki qoida bo’zilishi soatda hisob qilishni boshlashdan oldin qayd qilinmagunicha o’yinchilarni almashtirishga ruxsat berilmaydi. Bunday qoidabuzarlik uchun jarima to’pini yoki to’plarni tashlash, galma-gallik qoidasi berish yoki maydonning yon chizig’i tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo bo’lib hisoblanadi.
O’yinning birinchi yarmida 2 ta, ikkinchi yarmida 3 ta, shu bilan birga har bir qo’shimcha davrda har bir jamoa bir daqiqali tanaffus olishi mumkin. Foydalanilmagan 4 daqiqali tanaffus 1 chi chorakda olinmasa, 2 chi chorakka o’tishi mumkin, yoki o’yinchi chorakda olinmagan daqiqalik tanaffus to’rtinchi chorakka o’tishi mumkin, lekin o’yinning birinchi yarmidagi olinmagan tanaffuslar ikkinchi yarmiga o’tmaydi, berilmaydi. O’yin vaqtining har ikkala yarmida har bir jamoaga ikkita talab qilib olinadigan tanaffuslar va qo’shimcha davrning har birida bir marta shunday tanaffus berilishi mumkin. Talab qilib olinmagan tanaffuslar o’yinning keyingi yarmi yoki qo’shimcha davrga ko’chirilishi mumkin emas. Murabbiy va murabbiy yordamchisi talab qilib olinadigan tanaffusni so’rashiga haqqilari bor. Buni ular shaxsan kotibga borib, qoidalarda ko’rsatilgan ishoralar orqali «tanaffus» olishlarini qo’llari bilan ko’rsatishlari lozim. Kotib talab qilingan tanaffus haqidagi iltimosni to’p jonsiz holatga o’tgan paytda, hamda albatta, to’p o’yinga kiritilishidan oldin hakamlarga ma’lum qiladi.
Shuningdek, murabbiy yoki murabbiy yordamchisining talab qilib olinadigan tanaffus haqidagi iltimosidan so’ng, raqib jamoasi maydondan savatga to’p tashlasa, bu iltimos savatga to’p tashlanishidan oldin, ya’ni to’p otayotgan o’yinchining qo’lidan chiqib ketishidan oldin qilingan bo’lsagina, ularga tanaffus berilishi mumkin. Bu holda soniya hisoblovchi o’yin soatini darhol to’xtatishi lozim. Shundan so’ng, kotib o’z signalini chaladi va talab qilib olinadigan tanaffus haqida iltimos bildirilganligini hakamlarga ma’lum qiladi. To’p birinchi yoki yagona jarima to’pi tashlanganidan keyin, o’yinga kirgan paytdagi daqiqadan to o’yin vaqti tugab, to’p yana jonsiz holatga o’tmaguncha, quyidagi hollardan tashqari:
a) jarima to’plarini tashlash oralig’ida fol qilingan paytda jarima to’plarini tashlash oxiriga etkaziladi, tanaffus esa fol uchun yangi jazo berilganda, to’p o’yinga kirishidan oldin olinadi;
b) o’yin soati yurgazilishidan oldin qoida bo’zilishi qayd qilinsa, bunda bahsli to’p tashlab berish yoki maydonning en chizig’i tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo bo’lib hisoblanadi, talab qilib olinadigan tanaffusni olishga ruxsat berilmaydi.
Bir daqiqa davom etadigan tanaffus ushbu shartlarga binoan jamoa hisobiga yoziladi. Agar tanaffusga javobgar jamoa talab qilib olingan tanaffus vaqti tamom bo’lmasidan o’yinni boshlashga tayyor bo’lsa, katta hakam darhol o’yinni boshlaydi. Tanaffus vaqtida o’yinchilarga o’yin maydonini tashlab chiqish va jamoa o’rindig’ida o’tirishga ruxsat etiladi.
To’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtalishi bilan, ammo to’p o’yinga kiritishdan oldin kotib signal berganidan keyin maydondagi hakam ruxsat berganidagina amalga oshishi mumkin. O’yinchilarni almashtirish ikkala jamoani xohlagan paytida amalga oshiriladi.
Jarima to’pini tashlash belgilanganda, o’yinchilar jarima to’pi otiladigan savat tagidagi 3 soniyali maydoncha atrofida quyidagi tartibda joylashishlari shart. Uch soniyali zonani, ya’ni trapesiyani shitga yaqin tomonidagi ikkala birinchi joyni himoyachilar egallaydilar, betaraf zonada hech kim turmaydi. Betaraf zonadan keyingi ikkinchi joyni hujumchilar egallaydilar, undan keyingi uchinchi joylardan birini bitta himoyachi egallashi kerak.
Hammasi bo’lib 3 soniyali zona atrofida oltita o’yinchi joylashishi kerak. Qolgan o’yinchilar orqa tomonda joylashadilar.
O’yin natijasi o’yin davomida to’plangan eng ko’p ochkolar soniga qarab aniqlanadi.
3 soniya qoidasi. To’pni nazorat qilayotgan jamoa o’yinchisi to’p bilan yoki to’psiz bo’lishidan qat’iy nazar raqib jamoaning trapetsiya shaklidagi chegaralangan zonasida qatorasiga 3 soniyadan ortiq turishi mumkin emas.
Uch soniyali zonani chegaralab turgan chiziqlar shu zonaning qismi bo’lib hisoblanadi. Shu chiziqlarning birini bosib turgan o’yinchi zona ichida turgandek hisoblanadi.
5 soniya qoidasi. To’pni egallab turgan hamda raqib tomonidan yaqindan ta’qib qilinayotgan o’yinchi, to’pni sheriklariga 5 soniya ichida uzatmasa, savatga otmasa, yumalatmasa yoki olib yurmasa, qoida bo’zilgan hisoblanadi. Maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritishga hamda jarima to’pini tashlash ga ham 5 soniya vaqt beriladi.
Agar qoida bo’zilsa, to’p qoida bo’zilgan joyga yaqin bo’lgan yon (en) chiziq tashqarisidan o’yinga kiritiladi.
8 soniya qoidasi. Agar o’yinchi o’zining orqa zonasida jonli to’p ustidan nazorat o’rnatsa, uning jamoasi 8 soniya ichida to’pni o’zining old zonasiga albatta o’tkazishi kerak (agar raqib o’yinchisi to’pni maydon tashqarisiga urib chiqarsa, u holda 8 soniya boshidan sanaladi, 24 soniyali vaqt esa davom etaveradi.).
Agar to’p old zonada turgan sherigiga yoki old zonaga tegsa, to’p jamoaning old zonasiga o’tgan hisoblanadi. Qoida bo’zilganda to’p qoida bo’zilgan joy yaqinidagi yon (en) chiziq tashqarisidan o’yinga kiritish uchun raqib jamoasiga beriladi.
24 soniya qoidasi. Agar o’yinchi maydonda jonli to’p ustidan nazorat o’rnatsa, uning jamoasi 24 soniya ichida raqibi savati tomon to’p tashlash i kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik qoidaning bo’zilishi hisoblanadi.

4.5. Qoidalarga rioya qilmaslik va jazo


Qoida bo’zilishi - bu qoidalarga rioya qilmaslikdir. Bunda qoidani buzgan jamoa tomonidan to’pning yo’qotilishi jazo bo’lib hisoblanadi.
Fol - bu qoidalarga rioya qilmaslik. U qoidani buzgan o’yinchi nomiga yoziladigan va qoidaning moddalari shartlariga muvofiq munosib darajada jazolanadigan raqib bilan shaxsiy muloqotni yoki sportchilarga zid bo’lgan xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Shaxsiy fol - bu to’p o’yinda jonli yoki jonsiz bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, raqib bilan to’qnashuvni sodir qilgan o’yinchiga berilgan foldir.
O’yinchi qo’llari, elkalari, sonlari va tizzalarini qo’yib, o’z tanasini odatdagidan tashqari holatda bukib, raqibning harakatlanishiga xalaqit berishi, to’qnashishi, oyog’idan chalishi, itarishi, oyog’idan ushlab qolishi, yo’lini to’sishi hamda qanday bo’lsa ham qo’pol taktika qo’llashi mumkin emas.
Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi.
Texnik fol o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi.
Ataylab qilingan fol – hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir. Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol (diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi.
Jarima to’plarini tashlash bilan jazolanadigan fol. Hakam fol bo’lganligini qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan savatga to’p (to’plar) tashlash bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u barmoqlari bilan aybdor jamoaning jarima chizig’ini ko’rsatadi.
Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki o’yinchilarining olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi oladigan follari uchun jarima chizig’idan 2 ta jarima to’pi tashlash imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir chorakda jamoani 4 ta foli alohida-alohida hisoblanadi.

4.6. Hakamlar


Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi. Ularga soniya hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik komissar ham qatnashishi mumkin.
Hakamlarning imo-ishoralari


1. Ikki ochko
(bir ochko - bir barmoq)

Panja harakati orqali ko’tarish va tushirish

2. 3 ochkoli to’p tashlashga urinish

3 barmoq ko’rsatiladi
(katta, ko’rsatkich, o’rta)

3. Muvaffaqiyatli bajarilgan 3 ochkoli to’p

3 barmoq ko’rsatiladi (katta, ko’rsatkich, o’rta)

4. Tashlangan to’p hisoblanmaydi, o’yin harakati hisoblanmaydi

Gavda oldida qo’llarni yozish

5. Soatni to’xtatish yoki o’yin soatini ishga solmaslik

Kaft ko’tariladi, barmoqlar birga

6. O’yin vaqti ishga tushirilsin

Ochiq kaftli qo’l bilan yuqoriga va pastga harakatlantirish

7. O’yinchini almashtirish


Ko’krak oldida qo’llarni chalishtirish



8. O’yinda talab qilib olingan tanaffus


Kaft va barmoq “t” hosil qiladi



9. To’p bilan harakatlanayotganda qoida bo’zilishi


Ikkala qo’l mushtini o’zaro aylantirish

10. To’pni noto’g’ri olib yurish





Qo’llarni tepaga-pastga harakatlantirish

11. 3 soniya qoidasining bo’zilishi







Qo’lni oysimon harakatlantirish

12. To’pni ushlab qolish

Kaftni oldinga yarim doira shaklida aylantirish

13. 5 soniya yoki 10 soniya qoidasining bo’zilishi

10 soniya uchun 2 qo’l ishlatiladi

14. To’pning orqa zonaga qaytarilishi





Barmoqni burib ko’rsatish

15. Oyoq bilan ataylab o’ynash





Barmoq bilan oyoq ko’rsatiladi

16. 30 soniya qoidasining bo’zilishi





Barmoqlar elkaga tegadi

17. 30 soniyani yangidan hisoblash

Barmoqni aylantirish

18. Bahsli to’p

Katta barmoqlar ko’tariladi

19. Fol paytida soatlarni to’xtatish

Qo’l musht qilib siqilgan, kaft bel darajasida qoida buzgan o’yinchi tomonga yo’naltirilgan

20. Jarima to’plarisiz belgilangan shaxsiy fol

Barmoq yon chiziq tomonni ko’rsatadi

21. Qoida buzuvchini belgilash uchun


O’yinchi raqamini ko’rsatish

22. Ushlab qolish

Bilakni siqib ushlash

23. To’psiz itarib yuborish yoki to’qnashish





Itarib yuborishni imo-ishora bilan ko’rsatish

24. Qo’llar bilan noto’g’ri o’ynash







Panja bilan bilakni urish

25. Qurshab olish
(hujumda va himoyada)


Ikkala qo’l bilan

26. Tirsaklarni haddan tashqari yozib yuborish

Tirsaklarni yonga va orqaga harakatlantirish

27. To’pli o’yinchining raqib bilan to’qnashishi (zo’ravonlik qilib o’tish)

Ochiq kaftga musht bilan urish

4.7. Musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish. Musobaqalarning ahamiyati


Sport musobaqalari sportchilarning malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, funksional tayyorgarliklarni aniqlashga va takomillashtirishga yordam beradi hamda qilinayotgan mehnatni natijasini ko’rsatadi.
To’g’ri va yaxshi tashkil qilingan musobaqalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki musobaqalar faqat jismoniy sifatlargagina (kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik va egiluvchanlik) emas, balki ruhiy-psixologik sifatlarga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Musobaqa davrida sportchilarning tashkilotchilik, o’zini tuta bilishlik, jamoa maqsadini o’z maqsadidan yuqori qo’ya olishlik kabi yana bir qancha sifatlari ham takomillashadi.
Musobaqalarda qatnashuvchilar avvalombor, tajriba almashadilar, murabbiylar esa yangi trenirovka usullarini sinovdan o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuningdek, sport musobaqalari sport turlarini targ’ib qilishning eng yaxshi va hammabop shakllaridan hisoblanadi.
4.8. Musobaqalarning turlari
Musobaqalar qo’yilgan vazifalargagina qarab: birinchiliklar yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, qisqartirilgan, baravarlashtirilgan, klassifikasiya va saralash musobaqalari, match va o’rtoqlik uchrashuvlar kabi turlarga bo’linadi.
Birinchiliklar yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bo’lib, ularda kollektiv, tuman, shahar, respublika chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta o’tkaziladi. Birinchilik g’oliblari oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar.
Kubok musobaqalari “yutkazgan chiqib ketish” prinsipida o’tkaziladi. Bu musobaqalar ko’p vaqt talab qilmaydi va ko’p qatnashuvchilarni jalb qilish imkonini beradi.
Qisqartirilgan musobaqalar (blis turnirlar)da ko’p jamoalar qatnashganlari holda bir kunda o’tkaziladi. Buning uchun o’yin vaqti 30 daqiqagacha qisqartiriladi. Bunday musobaqalar mavsumning ochilishiga yoki bayramlarga bag’ishlab o’tkaziladi.
Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo’lgan jamoalar orasida o’tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo’lgandan so’ng qo’shimcha ochkolar beriladi.
Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o’yinchilarning) tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikasiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o’yinchilarni) aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o’tkaziladi.
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko’zda tutilgan va an’anaviy hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar orasida do’stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
O’rtoqlik uchrashuvlari bo’lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining ba’zi bir bo’limlari bo’yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar o’rtasida o’tkaziladi.
4.9. Musobaqa o’tkazish sistemalari
Musobaqa paytida hamma jamoalarga g’alaba uchun kurashishga bir xil sharoit yaratib berish va g’oliblarni haqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak.
Musobaqalarni o’tkazish sistemalari har xil bo’lishi mumkin. Lekin u yoki bu sistemalarni tanlashda quyidagi sharoitlarni hisobga olish lozim:
a) musobaqa oldida turgan vazifalarni ;
b) musobaqa o’tkazish sharoitlarini;
v) qatnashuvchi jamoalarning sonini;
g) o’tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
d) qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
e) musobaqa o’tkazish joylarining bandligi, soni va hududiy joylashuvini.
Umuman olganda sport o’yinlari musobaqalarini O’tkazish amaliyotida asosan ikkita (chiqib ketish va aylanma) sistema qo’llaniladi.
Bu ikki sistemaning qo’shilishi natijasida uchinchi – aralash sistema paydo bo’ladi.
Chiqib ketish sistemasi bo’yicha musobaqalar o’tkazish. Bu sistema bo’yicha musobaqalar o’tkazilganda uchrashuvda yutqazgan jamoa keyingi uchrashuvlarda qatnashmaydi. Natijada musobaqa oxirida biror marta ham yutqazmagan jamoa qoladi. Ana shu jamoa g’olib hisoblanadi. Oxirgi (final) uchrashuvda g’olib jamoaga yutqazgan jamoa ikkinchi hisoblanadi. Bu sistemaning afzalligi shundaki, agar 64 jamoa bilan aylanma sistema bo’yicha musobaqao’tkazish uchun 63 kalendar kuni talab qilinadigan bo’lsa, chiqib ketish sistemasi bo’yicha esa faqat 6 kalendar kunining o’zi kifoya. Lekin u bir qator kamchiliklarga ham ega. Bu sistema barcha jamoalarning haqiqiy o’yinlarini aniqlash imkonini bermaydi va shu usul qo’llanilganda aksariyat jamoalar juda kam uchrashuvlarda qatnashadi.
Birorta kuchli jamoa birinchi kunning o’zida mag’lubiyatga uchrab, musobaqalardan chiqib ketishi mumkin. Chiqib ketish sistemasi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda hamma uchrashuvlar biror jamoaning g’alabasi bilan tugallanishi lozim.
Aylanma sistema. Musobaqalar aylanma sistemada o’tkazilganda hamma jamoalar bir-birlari bilan bir, ikki yoki undan ham ko’proq uchrashib chiqishlari mumkin. Pirovardida butun musobaqa davomida eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib chiqadi.
Aylanma sistema eng takomillashgan sistema hisoblanadi. Chunki u faqat birinchi o’rinni egallagan jamoanigina aniqlab qolmay, balki musobaqada qatnashayotgan hamma jamoalarning tayyorgarligiga qarab munosib o’rinlarni aniqlab beradi. Bu sistema qatnashuvchilardan katta tayyorgarlikni va basketbolchilarning butun musobaqa davrida yuqori sport formasida bo’lishlarini talab qiladi. Aylanma sistemaning salbiy tomoni – musobaqa o’tqazish uchun ko’p vaqt talab qilishidir. Vaqtdan yutish uchun jamoalarni bir nechta guruhlarga bo’lish mumkin.
Aralash sistema. Musobaqalarni aralash sistemada o’tkazilganda uchrashuvlarning bir qismi aylanma, ikinchi qismi esa chiqib ketish sistemasida o’tkaziladi. Bu usul musobaqalarda qathashayotgan jamoalar soni ko’p hamda ular bir birlaridan hududiy jihatdan uzoqda joylashganda qo’llaniladi. Bunda hamma jamoalar zonalarga va guruhlarga bo’linadi. Musobaqalar zonalarda va guruhlarda chiqib ketish bo’yicha o’tkazilsa, final musobaqalari esa aylanma sistemasi bo’yicha o’tkazilishi mumkin va aksincha.
4.10. Musobaqa nizomi
Musobaqalarni yuqori saviyada o’tkazish ularni tayyorlash darajasi qanday bo’lganligiga bevosita bog’liqdir. Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish), musobaqa o’tkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi jamoalar bilan ish olib borish va shu kabilar kiradi. Har bir musobaqaga tayyorgarlik unga nizom to’zish bilan boshlanadi. Nizom musobaka o’tkazishda asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni oldindan aniq bilishi, unga o’quv-trenirovka ishlarini to’g’ri rejalashtirishiga yordam beradi. Shuning uchun Nizomni o’z vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga oldindan yuborishlari o’ta zarur.
Nizom musobaqani o’tkazuvchi sport tashkiloti tomonidan to’ziladi, hamda quyidagilarni ifodalaydi:
Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
a) o’quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash;
v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol o’yinini omma o’rtasida keng yoyish va boshqalar.
Musobaqalarni o’tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o’tkaziladigan shahar (baza) ko’rsatiladi va kunlari belgilanadi.
Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot ko’rsatiladi;
Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko’rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning ko’pi bilan qancha bo’lishligi, ya’ni soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi.
Musobaqalarni o’tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o’yin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) bo’yicha o’tkazilishi ko’rsatiladi.
Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko’rib chiqish tartibi.
Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G’olib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko’rsatiladi.
Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o’tkazilmasa, u holda mablag’ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovqatlantirish qanday tashkil etilishi ko’rsatiladi.
Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikasiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.

5-Mavzu: Voleybol o’yinining tavsifi


Reja:

Voleybol kelib chiqish tarixi


Voleybol o’yinida kerakli anjomlar

Voleybol 1895-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari, pastor Uilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan.


1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi.
1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi.
O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900-y. – Kanada, 1906-y. – Kuba, 1909-y. – Puerto-Riko, 1910-y. – Peru, 1917-y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908–1913-yillar – Yaponiya, Xitoy, Filippinda, 1914-y. – Angliya, 1917-y. – Fransiya.
Voleybol 1920–1921-yillarda O‘rta Volga (qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Voleybol o’yini 1895-yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqining jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Uilyam Morgan (1872-1940) tomonidan yaratilgan. Bu o’yin dastlab «mintonet» deb nomlangan edi.
1896-yil Springfild shahrida tashkil qilingan ko’rgazmali o’yindan so’ng doktor Alfred Xalsted bu o’yinga «voleybol» deb nom berishni taklif qildi. «Voleybol» inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «parvoz qiluvchi to’p» degan ma’noni bildiradi.
Dastlabki o’yin qoidalari juda oddiy bo’lgan. To’rning balandligi - 1,83 m; maydonning o’lchami - 6,75x13,8 m; maydondagi o’yinchilar soni chegaralanmagan; zarbalar soni ham chegaralanmagan; to’pning to’rga tegishi xato hisoblangan. Voleybol o’yini sekin-asta butun dunyoga tarqala boshladi. 1900-yildan Kanadada, 1906-1910- yillar orasida Kuba, Yaponiya, Puerto-Riko, Peru, Filippin, Birma, Hindiston va Xitoyda, 1914- yildan Angliyada, 1917- yildan Meksika, Franstiya, Iltaliyada, 1919- yildan - Chexoslovakiyada, 1923-yildan Afrika mamlakatlari - Misr, Tunis, Marokashda voleybol o’ynala boshlandi.
1947- yilning 18-20- aprelida Parij shahrida voleybol bo’yicha birinchi kongress o’tkazilib, Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) tashkil topdi. Ushbu kongressda 14 ta davlat: Belgiya, Braziliya, Vengriya, Misr, Italiya, Gollandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, AQSh, Urugvay, Fransiya, Chexoslovakiya va Yugoslaviya qatnashdi va bu davlatlar birinchilardan bo’lib FIVB a’zoligiga qabul qilindi. Ushbu kongressda voleybolning xalqaro rasmiy qoidalari tasdiqlandi. FIVB ning birinchi prezidenti qilib Pol Libo (Fransiya) saylandi. U ushbu lavozimga 1984-yilgacha bo’lgan davrda qayta saylandi. 1984- yildan hozirgi paytgacha FIVB ga Ruben Akosta (Meksika) prezidentlik qilib kelmoqda.
1949- yilning 6-may kuni AVC Osiyo voleybol konfederatstiyasi tashkil qilindi. 2001-yilda Bangkok (Tailand) da o’tkazilgan AVC ning 14- Bosh assambleyasida saylangan Vey Djikong (Xitoy) hozirgi kunga qadar AVC ga prezidentlik qilib kelmoqda. 1955- yilda Tokio shahrida birinchi Osiyo chempionati o’tkazildi.Bundan tashqari FIVB o’tkazilgan kongresslarida yangi mustaqil konfederatsiyalar: Afrika- CAVB, Evropa - CEV. Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari - NORCECA, Janubiy Amerika - CSV tashkil qilindi.
1948-yili birinchi marotaba FIVB tasdiqlagan rasmiy qoidalar asosida Rim shahrida erkaklar o’rtasida, Praga shahrida esa ayollar o’rtasida Evropa chempionatlari o’tkazildi.
1949-yilda Praga shahrida erkaklar o’rtasida birinchi Jahon chempionati o’tkazildi. 1951- yilda Moskva shahrida ayollar o’rtasida birinchi Jahon chempionati o’tkazildi.
1924- yilda Parijda VIII Olimpiada o’yinlarini o’tkazish vaqtida voleybol bo’yicha ko’rgazmali bellashuvlar tashkil qilinib, bu sport turini Olimpiada dasturiga kiritish taklif etildi.
1957- yil 24- sentabrda Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining (XOQ) Sofiyada o’tkazilgan 53-sessiyasida voleybolni Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1964- yili voleybol Tokioda o’tkazilgan Olimpiada o’yinlari dasturidan joy oldi. Hozirgi kunga kelib voleybol bo’yicha jahon chempionatlari, Jahon Kubogi musobaqalari, qit’a chempionatlari, klublar o’rtasida turli xalqaro musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.
1990- yildan dunyoning eng kuchli erkaklar terma jamoalari o’rtasida Jahon ligasi, 1993- yildan eng kuchli ayollar terma jamoalari o’rtasida «Gran-pri» xalqaro musobaqalari muntazam o’tkazib kelinmoqda, mazkur musobaqalarning mukofot jamg’armasi bir necha million dollarni tashkil etadi.Hozirga kelib FIVB ga dunyodagi 219 ta davlat a’zo bo’lib kirgan.
Tarixni, ajdodlarimiz merosini bilmay turib bugungi kunga baho berish, kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish boshi berk ko’chaga olib borishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun har bir sohaning joylardagi rivojlanish tarixini o’rganmay turib, shu sohaning bugungi va ertangi istiqbolini ta’minlash mushkul muammodir. Voleybol jismoniy tarbiya va sport tizimining yirik va mustaqil tarmoqlaridan biri hisoblanib, O’zbekiston, uning viloyatlari va tumanlarida o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol O’zbekistonda eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsada, respublikamizning turli mintaqalarida u har xil darajada «obro’-e’tibor» qozonib kelgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Farg’ona vodiysi shahar va qishloqlarida voleybol boshqa hududlardagiga nisbatan kattaroq «hurmat»ga sazovor bo’lgan. Bunday vaziyatning sabablari shu viloyatlaining tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog’liq deb taxmin qilinsa-da, lekin masala chuqur izlanishni, mavzuga oid tarixiy ma’lumotlarni ilmiy asosda o’rganishni taqozo etadi. Voleybol O’zbekistonga qachon, qanday vaziyatda kirib kelgani haqida aniq ma’lumot yo’q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda, 1921-1924-yillarda voleybol o’yini Qo’qon, Toshkent va Farg’onada tarqala boshlagan. Sport veterani K. Lebedevning hikoyasiga binoan. 1924-1925- yillarda yoshlarning doira shaklida joylashib bir-birlariga to’p uzatish o’yinlari ommalasha boshladi. Qiziq mazkur davrda voleybol bo’yicha qabul qilingan xalqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo’lib, maydoncha o’lchamlari (9x18 m). to’p bilan faqat uch marta oynash mumkinligi, o’yinchilar tarkibi (bir jamoada 6 kishidan). to’rning balandligi (erkaklar uchun - 243sm), hisob 15 ochkoga etganda o’yinning bir balini yakunlanishi, to’pni o’yinga kiritish xullas, barcha o’yin qoidalari zamonaviy voleybol o’yini qoidalariga o’xshash edi. Shunga qaramay, O’zbekistonda voleybol qoidalari 1924-25-yillarda hali ancha sodda bo’lgan. O’sha davrning sport ixlosmandi V.I.Perevoznikovning aytishicha, 1926-yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli maktab o’qituvchisi Moskvadan musobaqa qoidalariga mos bo’lgan voleybol to’ri va to’pini birinchi bor keltirgan. 1927- yilning 26- aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to’garagi jamoasi birinchi rasmiy musobaqa tashkil etib, unda yuksak mahorat ko’rsatgan va musobaqa g’olibi bo’lgan.
Mazkur musobaqa voleybolning shakllanishi va ommalashuvida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1927- yilning yoz oylaridan birida voleybol bo’yicha Toshkent shahar birinchiligi o’tkazilib, unda 9 ta voleybol jamoasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham g’oliblikni qo’ldan bermadi.
Voleybolning keng ommalasha borishiga KIM stadionida o’tkazib kelingan musobaqalar katta ta’sir ko’rsatdi.
1927-yilda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mayjud bo’lib, ular Chernishevskiy va KIM nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), «Metallist» sport to’garagi qoshida va «Profintern» yozgi sport klubida joylashgan edi.
Shu yiliToshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo’lib o’tdi. Unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929- yildan boshlab voleybol bo’yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o’tkazila boshladi.
1930- yillarda «Dinamo ko’ngilli sport jamiyatida voleybol jamoalari tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo voleybol jamoasining birinchi murabbiysi B.A.Voronsov O’zbekistonda voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi. Shu bilan bir qatorda, malakali mutaxassislaming etishmasligi, ayniqsa, mahalliy millatga mansub murabbiy va tashkilotchilarning sanoqli bo’lganligi voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga halal berib turardi. Mehnatkashlarni, ayniqsa, ayollarni jismoniy tarbiya va sportga, jumladan, voleybolga jalb qilish maqsadida 1929- yil 25- apreldan 15- maygacha respublika miqyosida amaliy haftalik tashkil etildi. Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi. Jumladan, joylarda jismoniy tarbiya va sport, aksariyat voleybol bilan shug’ullanuvchilar soni keskin ortib borayotgani ko’zga tashlandi. Ko’pgina joylarda voleybol maydonchalari va boshqa sport inshootlarini barpo etish ishlari avj ola bordi. O’quv-mashq o’tkazish ishlariga va mutaxassislaming mala-kasini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 1929-yilning 30-sentabrida Samarqandda mahalliy millatga mansub bo’lgan yoshlardan iborat jismoniy tarbiya va sport bo’yicha uslubchilar tayyorlandi.
1933- yilda O’zbekiston II Spartakiadasi o’tkazildi. Erkaklar o’rtasida «Dinamo va ayollar bahsida «O’ZTRANS» jamoalari I o’rinni egalladi.
1934- yil o’zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo’ldi. Jumladan, o’zbek voleybolchilari birinchi bor Moskvada sobiq Ittifoq birinchiligida ishtirok etdi. Shu yili voleybol birinchi bor O’rta Osiyo va Qozog’iston Spartakiadasi dasturidan o’rin oldi.
1939- yilda Toshkentda «Jismoniy tarbiya turkumi» va «Fizkultura uyi»ning ochilishi voleybolning yanada ommalashishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari Toshkent moliya-iqtisod institutida voleybol bo’yicha mashg’ulot va musobaqalar o’tkazishga mo’ljallangan katta sport zali ochildi. Samarqandda shahar ma’muriyati va shahar fizkultura Kengashi qaroriga binoan 60 kishiga mo’ljallangan voleybol sport maktabi ochildi.
Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, o’zbek voleybolining ravnaq topishida A. Saakov, G.L. Keshishev, V.X. Shnurov, A.A. Bogachenko, B.A. Voronsov kabi murabbiylarning xizmati alohida ahamiyatga ega.
1938- yilga kelib O’zbekistonda kuchli jamoalarning soni orta bordi. Bular SAGA «Dinamo, ODO, Qurilish texnikumi, «Lokomotiv», «O’ZTRANS», (Toshkent), Farg’ona. Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog’iston, Samarqand, Qo’qon terma jamoalari va boshqalardir.
1939- yilning fevral oyida Toshkentga Moskvaning «Lokomotiv» jamiyatiga qarashli kuchli voleybol jamoalari tashrif buyurishdi. O’tkazilgan musobaqalarda Toshkentning ayollar terma jamoasi 2:1 hisobi bilan g’alaba qozongan bo’lsa, erkaklar jamoasi mag’lubiyatga uchradi.
Voleybolning yanada ommalashishi va voleybolchilar mahoratining oshishiga 1939-yilda o’tkazilgan sobiq Ittifoq birinchiligining Toshkentda tashkil qilingan zonal musobaqalari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu zonal musobaqalarda «Nauka» (Tiblisi), «Spartak» (Stalinobod), «Uchitel» (Chkalov), «Lokomotiv» (Boku), «Uchitel» (Kuybishev), «Spartak» (Ashxobod) va «Stroitel» (Toshkent) jamoalari ishtirok etishgan edi. Toshkentning erkaklar jamoasi uchinchi, ayollar jamoasi to’rtinchi o’rinni egalladi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida musobaqalar soni kamaygan bo’lsada, voleybol aholini jismoniy-harbiy tomondan tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’sha davr hisobotlariga qaraganga 1941- yilning 1- yanvarida e’lon qilingan ko’rsatkichlar bo’yicha respublikada voleybol bilan shug’ullanuvchilarning soni 14429 kishini tashkil etgan.
1941- yilning oktabr oyida O’zbekistonning barcha viloyat, shahar va tumanlarida harbiy o’quv shohobchalari tashkil etilib, ular faoliyatida jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor berildi. 1943- yil iyulda urush qiyinchiliklariga qaramasdan, O’rta Osiyo va Qozog’iston Spartakiadasi o’tkazilib, undagi dastur bo’yicha tashkil etilgan voleybol musobaqalarida O’zbekistonning erkaklar jamoasi birinchi o’rinni egalladi, ayollar jamoalari bahsida esa Qozog’iston sportchilari yuqori natijaga erishishdi.
1944- yilda o’tkazilgan navbatdagi O’rta Osiyo va Qozog’iston Spartakiadasida o’zbek voleybolchilari yuqori mahorat namoyish etib, erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o’rinni egallashga muyassar bo’lishdi.
1946-yili Toshkent, Andijon, Samarqandda shahar birinchiliklari, o’sha yilning iyun oyida respublika birinchiligi o’tkazilgan bo’lsa, oktabrda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi sobiq ittifoq birinchiligida ishtirok etish uchun Odessa shahriga jo’nadi. Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar jamoalari o’z guruhlarida to’rtinchi va uchinchi o’rinlarni egallashdi.
1947-yill-yanvarda berilgan hisobotlarga ko’ra volleybol bilan muntazam shug’ullanuvchilarning soni 9278 kishini tashkil etgan. Jumladan, kolxozchilar-3086, sport maktablarida shug’ullanuvchi bolalar - 2328 kishi bo’lgan. Respublika bo’yicha I razryadli voleybolchilar-6 kishi, II razryadlilar 344 kishi bo’lgan.
Bundan ko’rinib turibdiki,voleybolning ommaviylik darajasi ham, voleybolchilarning mahorat saviyasi ham ko’ngilagidek bo’lmagan. Jismoniy tarbiya va sport Qo’mitasining 1947- yilgi hisobotida bu ahvol hamda Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport inshootlarining, jumladan, voleybol maydonchalarining talabga mutlaqo javob bermasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi.
Jismoniy tarbiya va sport Qo’mitasining 1947- yilgi hisobotida bu ahvol hamda Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport inshootlarining, jumladan, voleybol maydonchalarining talabga mutlaqo javob bermasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi.
1949-yildan qishloq sportchilariga, jumladan, kolxozchi-voleybolchilar sport harakatini jadallashtirishga katta e’tibor berildi. Shu yili o’tkazilgan qishloq sportchilarining VII Spartakiadasida ishtirok etgan voleybolchilarning umumiy soni 29887 kishiga etgan edi.
Bulardan 1326 kishi institut talabalari bo’lsa, qolganlari ishchilar, kolxozchilar, xizmatchilar va maktab o’quvchilari edi.
1950- yillardan boshlab O’zbekiston voleybolida uzluksiz hujum taktikasi ustunligi ko’zga tashlana bordi. O’yinlar daturli taktik kombinatstiyalar qo’llanila boshladi.
1947- yilda musobaqa qoidalariga o’yinning 5 parliya davom etishi haqidagi yangilik kiritildi, bu esa shug’ullanuvchilardan katta jismoniy tayyorgarlik, chidamkorlik va matonat talab qilar edi. O’yinlar mazmun va mohiyati jihatidan yana-da qiziqarliroq tus ola boshladi. Lekin shunday bo’lsa-da. o’zbek voleybolchilarining mahorati hali lttifoqdagi kuchli jamoalamikidan ancha past edi.
1950-yilning iyulida Toshkent Temiryo’lchilar bog’ining sport maydonchalarida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida sobiq Ittifoq Kubogi o’yinlari o’tkazildi. O’zbek voleybolchilari bu musobaqada mag’lubiyatga uchradilar. Mag’lubi-yat asosli, chunki raqib Moskvaning «Dinamo’ jamoasi edi. Hisob - 0:3.
1951-yildan o’smirlar o’rtasida sobiq Ittifoq birinchiligi o’t-kazila boshladi. O’zbek o’smirlari 14- o’rin bilan kifoyalandilar.
1953-yilda musobaqa jadvalida qishki musobaqalar paydo bo’ldi. 1954- yildan boshlab voleybol bo’yicha sobiq Ittifoq birinchiligi jamoalarni «A» va «B» guruhlarga bo’lish asosida tashkil etiladigan bo’ldi. O’zbek voleybolchilari «B» guruhga kiritildi. Shu- yili musobaqalar yopiq spori maydonchalarida o’tkazila boshladi.
yili Toshkentda qator musobaqalar o’tkazildi. Shahar ochiq birinchiligi, shahar Kubogi shular jumlasidandir. Yopiq maydonchalarda musobaqa o’tkazish Toshkent va keyinchalik ayrim viloyat shaharlari amaliyotlariga tatbiq qilindi.
1954-yil 1- yanvarga kelib, voleybol bilan shug’ullanuv-chilar soni 64942 kishiga yetdi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va qishloqlarda voleybolchilarning mahorat darajasi past bo’lib, yuqori malakali o’yinchilar sanoqli edi.
1955-yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil qilinib, uning tarkibida sport o’yinlari kafedrasi fao-liyat ko’rsata boshladi. 1955- yildan boshlab respublikamiz voleybolchilari sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasiga tayyor-garlik mashg’ulotlari va musobaqalarini rejalashtirdilar.
Chunonchi, 1955- yil yakunida jismoniy tarbiya va sport Qo’mitasi taklifiga binoan Toshkentga Olma-Otaning erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi. Birinchi o’yinda o’zbek ayollar jamoasi 3:0 hisobida g’alaba qozongan bo’lsa, erkaklar jamoasi 2:3 hisobida mag’lubiyatga uchradi. Ikkin-chi o’yinda ham ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2) jamoalari g’alaba nashidasini surdilar.
1956 yili (iyul-avgust) Moskvaning «Lujniki» sport majmuasida sobiq Ittifoq xalqlari Spartakidasining voleybol musobaqalarida respublikamiz erkaklar jamoasi 14-o’rin va ayollar jamoasi 13-o’rinlar bilan kifoyalandilar.
O’zbek voleybolchilari mazkur Spartakiadada yaxshi nati-jalarga erisha olmaganlaridan so’ng, 1957- yildan boshlab sobiq ittifoqdosh respublikalar voleybol jamoalari bilan qator o’rtoqlik uchrashuvlari uyushtirildi. Jumladan, o’zbek voleybolchilari Boku, Tbilisi va Yerevan jamoalari bilan kuch sinashib, barcha o’yinlarda mag’lubiyatga uchrashdi.
1958- yilda respublikamizda maktablararo musobaqalar avj oldi. Ayniqsa, bu davrda oliy o’quv yurtlari jamoalari o’rtasidagi musobaqalar qizg’in tus ola boshladi. SAGU talabalari va «Burevestnik» ko’ngilli sport jamiyati jamoalari eng kuchlilar qatoridan joy olishdi. Maktab o’quvchilari orasida Toshkentning 64-maktab o’smirlar jamoasi va 104-maktabning qizlar jamoasi mazmunli voleybol namoyish qildilar.
1959 yilda o’zbek voleybolchilari sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida ishtirok etib, erkaklar 14-o’rinni, ayollar jamoasi esa 1 1-o’rinni egalladi.
Shu yili, ya’ni 1959- yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti o’zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol ixtisosligi bo’yicha 11 kishi oliy ma’lumotga sazovor bo’ldi (1 ta o’zbek ayoli va 2 ta o’zbek yigiti voleybol bo’yicha institutni tugatishgan ‘di).
1960-yilda SKIF voleybolchilari (erkaklar va ayollar jamoasi) yozgi respublika talabalar o’vinlarida eng yuqori natijalarga erishishdi. Shu yili SKIF jamoalari Xarkov shahrida o’tkazilgan yozgi talabalar o’yinlarida qatnashib, erkaklar jamoasi 13-o’rinni, ayollar oxirgi 18-o’rinni egallashdi. .
1961-yil oktabr oyida Toshkentda O’zbekiston ayollar I Spartakiadasi ochildi. Bu tadbir ayollar voleybolining ommalashuviga katta turtki bo’ldi.
1962-yilda Toshkentda Moskvaning «Burevestnik» ayollar jamoasi SKIF va O’zbekiston terma jamoalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Bunda vakillarimiz g’alabani boy berishdi.
1963-yili sobiq Ittifoq xalqlari III Spartakiadasida respublikamiz erkaklar jamoasi 9-o’rinui, ayollar jamoasi esa 15-o’rinni egalladi. Aynan shu yili o’zbek voleybolchilari murabbiy I.L.Kiblitskiy rahbarligida «Dinamo Markaziy Uyushmasi birinchiligi g’olibi bo’lishdi va O’zbekiston voleyboli tarixida ilk bor 6 ta sport uslasi darajasiga erishgan sportchilarga ega bo’ldi. Bular - G.Xudyakov, G.Bagirov, Yu.Si-monov, V.Kucherov, V.Ananich va R.Xusainovlardir.
Ayollar o’rtasida esa L.Velichko, E.Sklyarova, M.Katasonova, L.Ishmayeva, L.Raxmanqulova, I.Nazarova va boshqalar ilk bor sport ustasi degan nomga sazovor bo’ldilar.
1964-65- yillardan boshlab o’zbek voleyboli yana ham rivojlana bordi. Yuqori malakali voleybolchilar doirasi ancha kengaydi. O’zbek voleyboli tarixida respublikamiz terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelishi alohida ahamiyatga egadir. Shuni ta’kidlash o’rinliki, o’zbek voleybolchilari o’zlarining ilk xalqaro uchrashuvlarini 1935- yil oktabr oyida Toshkentda Afg’oniston terma jamoasi bilan o’tkazgan. Mazkur uchrashuv sobiq Ittifoq miqyosidagi birinchi xalqaro musobaqa sifatida ahamiyatlidir. Bu davrda musobaqa qoidalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilgan. Shuning uchun Afg’oniston voleybolchilari bilan bo’lgan uchrashuv shu davlat qoidalariga muvofiq o’tdi. Chunonchi, maydonchada 9 kishi o’z joylarini almashtirmasdan harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3 partiyadan iborat bo’lgan o’yin 2:0 hisobida bizning voleybolchilarimiz foydasiga hal bo’ldi.
1961- yili afg’on voleybolchilari Toshkentga ikkinchi bor tashrif buyurishdi. Birinchi kuni mehmonlar 0:3 hisobida «Mehnat rezervlari», ikkinchi kuni esa 2:3 hisobida «ODO’ jamoalariga uchrashuvni boy berishdi.
Shu yili O’zbekistonga Mongoliyaning erkaklar va ayollar jamoalari kelishdi. Mehmonlar respublikamizning «ODO’, «SKIF» va «Burevestnik» jamoalari bilan kuch sinashib, barcha uchrashuvlarda mag’lub bo’lishdi.
1961- yilning dekabrida O’zbekiston voleybolchilari Indoneziyaga o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazish uchun jo’nashdi. Ular Suratayya shahrida qator uchrashuvlarda ishtirok etib, bitta o’yinda mag’lub bo’lishgan bo’lsa, qolganlarida mezbonlar jamoasidan ustun kelishdi. 1962- yil iyun oyida O’zbekistonning erkaklar va ayollar jamoalari Mongoliyaga jo’nashdi va barcha uchrashuvlarda g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
1964- yil avgust oyida O’zbekistonga javob safari bilan Indoneziyaning erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi. Mehmonlarning erkaklar jamoasi O’zbekistonning «Dinamo (Toshkent) jamoasi bilan o’ynab, uchrashuvni 0:3 hisobida boy berishgan bo’lsa, ayollar jamoasi Toshkentning «Spartak» jamoasi qizlariga 2:3 hisobida yutqazishdi. Mazkur xalqaro o’yinlarda erkaklar voleybol jamoasidan G.Xudyakov, G.Bagirov, R.Xusainov, Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich va boshqalarning, ayollar jamoasidan esa M.Katasonova, E.Sklyarova, L.Raxmanqulova, Yu.Xoliqnazarova, L.Korchagina va boshqalarning alohida mahorat namoyish etganliklarini ta’kidlash lozim.
1970-72-yillarga kelib o’zbek voleybolchilari Bangladesh, Hindiston va boshqa horijiy davlatlarda xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazib, yuksak mahorat ko’rsatishdi.
1970-yildan to 1991-yilgacha o’zbek voleybolchilari talaygina xalqaro rasmiy va o’rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. Bu musobaqalarda L.Ishmayeva, V.Galushko (Duyunova), L.Pavlova (Lulina), O.Belova, Lepilina, O.Dubyaga, S.Myachin kabi etakchi voleybolchilarimiz ishtirok etdilar.
Respublikamizning erkaklar va ayollar jamoalari 1934-yildan 1988- yilgacha sobiq Ittifoq chempionatlarida va 1956-yildan to 1986- yilgacha sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadalarida ishtirok etib kelgan. Erkaklar bir martadan 6- (1967) va 8-o’rinlarni (1975), ayollar esa 6-o’rinni (1971) va5- o’rinni (1975) egallashgan,
Vatanimizning mustaqillikni qo’lga kiriiishi o’zbek voley-bolining xalqaro miqyosdagi o’rniga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1993- yil 24-31- iyulda Shanxay (XXR) shahrida o’tkazilgan VII Osiyo chempionatida mustaqil O’zbe­kistonning ayollar milliy terma jamoasi voleybol tarixida birinchi bor ishtirok etib, faxrli 6- o’rinni qo’lga kiritdi. Mazkur chempionatga qadar jamoa tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlarining bir necha shaharlarida bo’lib, turli universitetlar voleybolchi qizlari bilan o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazishdi va o’yinlarda muvaffaqiyat qozonishdi.
1994- yilda Tailandda o’tkazilgan «Prinsessa Kubogi» musobaqalarida L.Ayrapetyans rahbarligida «SKIF « ayollar voleybol jamoasi qainashib. maqtovga loyiq o’yin namoyish qilishdi.
1997- yil 21-28- sentabrda Manila shahrida o’tkazilgan IXOsiyo chempionatida ayollar terma jamoasi 6-o’rinni, 1998-yilda o’tkazilgan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Kubogi xalqaro tumirida 3-o’rinni, shu yili Tailandda o’tkazilgan IX«Prinsessa Kubogi»da 6-o’rinni, 1998- yil 24-28- mayda o’tkazilgan XOsiyo chempionatida 3-o’rinni va 1999- yil Toshkentda o’tkazilgan «Mikasa Kubogi» xalqaro turnirida 1-o’rinlarni egallashga sazovor bo’lgan.
Vatanimizning erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari jahon chempionatining saralash musobaqalarida bir necha bor ishtirok etdilar.
E’tiborga loyiq joyi shundaki, istiqloldan so’ng o’zbek voleybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yo’nalishda davom etishi ko’zga tashlanayotir. Jumladan, 1992-yildan boshlab muntazam o’tkazilayotgan

6-Mavzu: Voleybol o’yinida hakamlar va ularning vazifalari


Reja:

Voleybol o’yin qoidalari


Hakamlar va ularning vazifalari

Voleybol o‘yinining dastlabki rasmiy o‘yin qoidalari 1896-yilda ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo‘lgan:


- maydonchaning o‘lchami 7,6 x 16,1 m;
- to‘rning balandligi 195 sm;
- to‘pning og‘irligi 252-336 gr;
- o‘yinchilar tarkibi chegaralanmagan;
- to‘p o‘yinga maydonchani o‘ng tashqi qismida joylashgan 1x1 metrli to‘rtburchak shaklidagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo.
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning o‘yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o‘zgarib, takomillashib borgan.
1900-yil – hisob 21 ochkogacha, to‘rning balandligi 213 sm;
1912-yil – maydoncha 10,6 x 18,2 m, to‘r – 228 sm;
1917-yil – hisob 15 ochkogacha, to‘rning balandligi 243 sm;
1918-yil – o‘yinchilar soni bir jamoada – 6 ta;
1922-yil – to‘pni faqat 3 marta o‘ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925-yil – to‘p 66-69 sm, og‘irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m;
1934-yil – to‘r ayollar uchun 224 sm.
Qoidalar rasmiy holda to‘liq 1946-yilda joriy etilgan, lekin 1951-yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi.
1947-yil – erkaklar o‘rtasida o‘yin 5 partiyadan iborat.
1950-yil – ayollar o‘yini 5 partiyadan iborat.
1952-yil – tanaffus 1 partiyada 2 marta.
1957-yil – tanaffus 1 daqiqadan 30 soniyagacha qisqaradi.
1961-yil – o‘yinchi almashtirish qoidasi tasdiqlandi.
1965-yil – to‘siq qo‘yuvchi qayta o‘ynashi (to‘pga tegishi) mumkin, u qo‘llarini raqib tomoniga o‘tkazishi mumkin.
1970-yil – chegaralovchi antenna (180 sm) joriy etildi.
1976-yil – kiritilgan to‘pga to‘siq qo‘yish.
1984-yil – to‘pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan «tegish» mumkin, to‘p o‘yinga kiritilayotganda uni to‘sish bekor qilindi.
1988-yil – eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taybreyk tarzida, ochkolar soni 2 ta farq bo‘lguncha davom etadi.
1992-yil – to‘p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin.
1998-yil – to‘p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo‘lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus olishlari mumkin; to‘p kiritish 9 metr oralig‘ida ijro etilishi mumkin; «Libero» o‘yinchisi joriy etildi.
2008-yil – to‘pni rangi o‘zgartirildi (sariq-ko‘k); to‘r oldida joylashgan o‘yinchilar to‘rni pastki qismiga tegishli mumkin.
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma’lumotlar:
- maydoncha 9 x18 m, chiziqlar kengligi 5 sm;
- o‘yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm;
O‘yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to‘rning balandligi quyidagicha bo‘ladi:


qizlar

13 – 14
15 – 16

2 m 10 sm
2 m 20 sm

ayollar

17 – 18 va bundan katta yoshdagilar uchun

2 m 24 sm

o‘g‘il bolalar

13 – 14
15 – 16

2 m 20 sm
2 m 35 sm

erkaklar




2 m 43 sm

- to‘pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og‘irligi 270±10g;


- har partiyada 6 o‘yinchi almashinuviga ruxsat beriladi. Asosiy o‘yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o‘yinga tushishi mumkin;
- o‘yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo‘ladi;
- har partiyada hisob 25 gacha, agar 25:25 bo‘lib qolsa eng yuqori hisob 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taybreyk tarzida o‘tadi 15 ochkogacha, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi.
Jazo «ayb»ga yarasha bo‘lishi shart. Bordi-yu hakam xatoga yo‘l qo‘ysa, u o‘z vaqtida bu xatoni bo‘yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zarur.
Hakam nafaqat o‘yin davomida o‘z odobi bilan namuna bo‘lishi, balki u boshqa joylarda ham o‘zini tuta bilishi kerak.
Hakamlar:
birinchi hakam (minbardagi hakam);
- ikkinchi hakam;
- hakam-kotib;
- axborot beruvchi hakam;
- 4 ta chiziq hakamlari;
- 6 ta to‘p uzatib turuvchilar.
hakamlarning har birini o‘z vazifasi, huquqlari, hakamlik qilish joylari va vositalari mavjud. Ularni atroflicha talqini ma’ruzada og‘zaki va o‘quv filmlari yordamida bayon qilinadi, tushuntiriladi.
Musobaqa o‘yinidan 20-30 min oldin maydonchani, anjom (to‘p, to‘r, maydon chiziqlari), hakamlarni kiyim-bosh, tayyorgarligi, xullas, o‘yinni o‘tkazishga nima, kim, qancha kerak bo‘lsa, hammasining muhayyoligi birinchi hakam tomonidan tekshirilishi kerak va zaruriyat bo‘lsa ta’minotni oshirish talab qilinishi shart.

2.2. O‘yinning mohiyati va mazmuni


Voleybol maxsus maydonchaning o‘rtasidan to‘r bilan ajratilgan qismlarida 2 jamoaning to‘p vositasida musobaqalashuvidan iborat sport o‘yinidir.
O‘yinning maqsadi – to‘pni to‘r ustidan raqib maydonchasiga tushirish va raqibning aynan shunday harakatiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bunda jamoa to‘p bilan 3 marta o‘ynash huquqiga ega (to‘siq qo‘yishdan tashqari).
O‘yin to‘pni o‘yinga kiritish usuli bilan boshlanadi: to‘p kirituvchi o‘yinchi zarb bilan to‘pni to‘r ustidan raqib jamoa maydonchasi tomonga yo‘naltiradi. To‘p maydon chiziqlari chegarasidan chiqib, yerga tushguncha yoki jamoa o‘yinchisi xatoga yo‘l qo‘yguncha o‘yin davom etadi.
Voleybolda har bir o‘yin vaziyatining natijasi, to‘p qaysi tomondan kiritilganligidan qat’i nazar, ochko bilan tugallanadi.
Inshootlar va uskunalar
O‘yin maydoni.
O‘yin maydoni 18x9 m lik to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. O‘yin maydonining yuzasi tekis, gorizontal va bir xil bo‘lishi hamda o‘yinchilar uchun hech qanday jarohat olish xavfini tug‘dirmasligi lozim.
Maydondagi chiziqlar.
Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‘yin maydonchasini ikkita yon va ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9x9 m o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi.
Zonalar.
Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylashadi. Orqa himoya zonasida 1,6,5-zonalar joylashadi. To‘p kiritish zonasi 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan orqa chiziqning davomidir.
To‘p, to‘r va ustunlar. To‘rning tuzilishi
To‘rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‘lib, teshiklari 10x10 sm kvadrat shaklida, qora rangli ipdan to‘qilgan bo‘lishi kerak. To‘rning yuqori qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‘lib, uning ichidan tros (ustunlarga mustahkamlash uchun) o‘tkaziladi. To‘rning pastki qismidan shnur o‘tkaziladi. To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendikular ravishda chegaralovchi lentalar joylashtiriladi. Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m bo‘ladi. To‘rning ikki tomoniga joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylashtiriladi. Antenna diametri 10 mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. To‘r o‘rta chiziq ustidan vertikal joylashtirilishi kerak.
Ustunlar
To‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‘rnatiladi. Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‘lib, o‘yinchilarga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglashtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor.

To‘p
To‘pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik charmdan ishlanib, o‘zi qat’iy dumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uning aylana diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,82 mba yoki gPa gacha bo‘lishi lozim.



2.3. Hakamlar va hakamlik qilish
Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga: birinchi hakam; ikkinchi hakam; kotib; to‘rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi.
Birinchi hakam vakolatlari
Birinchi hakam o‘yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni boshqarib boradi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra u o‘z qaroriga izoh berishi mumkin. Birinchi hakam o‘yindan oldin maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o‘tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur’a tashlashni uyushtiradi. O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish; jazolash; to‘p kirituvchining xatosi; to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylashishidagi xatosi bo‘yicha; to‘p bilan o‘ynash xatolari bo‘yicha; to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha; orqa chiziq o‘yinchilari va «Libero»ni hujum zarbasi; «Libero»ni oldingi zonadan yuqoridan uzatilgan to‘piga hujum zarbasi qo‘llanilganda.
Ikkinchi hakam vakolatlari
Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‘parasidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi. U zaxiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi; tanaffus olish va o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‘yin oldidan, har bir partiya oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylashuvini nazorat qilib turadi. O‘yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‘yicha qaror qabul qiladi: o‘yinchi maydon va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda; o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qiluvchi jamoa joylashuvda xatoga yo‘l qo‘yganda; o‘zi joylashgan tomon yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‘yinchisi yoki «Libero» to‘siq qo‘yganda; o‘yinchi to‘rning pastki qismiga tegib ketganda.
Kotib
Kotib o‘z faoliyatini yuritish uchun birinchi hakam qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashadi. Kotib quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘yin bayonnomasiga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotlarni yozadi; yig‘ilgan ochkolar, tanaffuslar, o‘yinchilarni almashtirish; jazo choralari, to‘pni o‘yinga kiritish navbatlarini yozib boradi va nazorat qiladi; yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar buzilganda, ikkinchi hakamga xabar qiladi.
Chiziq hakamlari
Chiziq hakamlari (4 ta bo‘lganda) maydonning har bir burchagidan 1–3 m uzoqlikda joylashadilar va o‘z chiziqlarini nazorat qiladilar. Agar o‘yinda 2 ta chiziq hakami ishtirok etsa, ular maydon burchaklaridan 1–2 m uzoqlikda bir-biriga diagonal holatda joylashadilar. Ular yon va orqa chiziqlarni o‘z tomonlaridan nazorat qiladilar. Chiziq hakamlari qo‘llaridagi bayroqchalarni harakatlantirib, quyidagilarni ifodalaydilar: to‘p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga (maydonni ko‘rsatib) tushiradilar; to‘p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘taradilar.
Voleybol qoidalarining barchasini ushbu kitobda yoritish mumkin emas, lekin biz eng asosiy holatlar ustidagina to‘xtab o‘tdik. Yuqoridagi materialni o‘zlashtirishda «Voleybolning rasmiy qoidalari» qo‘llanmasidan foydalanish zarur bo‘ladi.
Voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘quv–mashg‘ulot ishlarining asosiy qismidir. Ular mashg‘ulotlardagi jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik samarasini ko‘rsatib beruvchi yakuniy ko‘rsatkich bo‘lib ham hisoblanadi. Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o‘tkaziladi.
Sport musobaqalari sportchini tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi: chempionatlar, kuboklar, saralash va yordamchi musobaqalar (tayyorlov, nazorat va boshqalar).
Chempionat va kubok musobaqalari – eng asosiy musobaqalar bo‘lib, bu musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko‘lami turlicha bo‘ladi: jahon, qit’a, mamlakat, viloyat; shahar miqyosidagi va boshqalar.
Saralash musobaqalari o‘z maqsadi va vazifasiga ko‘ra asosiy musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqish yoki malakali o‘yinchilarni ma’lum bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi.
Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kirgizish mumkin:
- ko‘rgazmali musobaqalar voleybolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o‘quv yurtlarida, tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) g‘olibni aniqlash uchun qisqartirilgan partiyalar bilan o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar bayram kunlarida, sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi.
- tasnif musobaqalari – sport tayyorgarligi darajasini aniqlash va sport tasniflarini (razryadlar) berish maqsadida tashkil qilinadi.
- tenglashtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi kuchli raqib jamoasi bilan uchrashishga imkon berish yo‘li bilan kichik tasnifdagi sportchilarning o‘sishini rag‘batlantirishdan iborat.
- nazorat va tayyorlov musobaqalari jamoa va alohida o‘yinchilarning oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‘rinni egallaydi.
Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‘pincha bir yilda 2-3 marotaba o‘tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‘rni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat musobaqalari rejalashtiriladi va o‘tkaziladi.
Sportchilar malakasining o‘sib borishga qarab, keyingi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchining tayyorgarlik darajasining asosiy nazorat shakli bo‘libgina qolmay, balki sport mahoratini takomillashtirishning zarur omilidir.
Musobaqalarni rejalashtirganda tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday tanlanishi kerakki, ularning yo‘nalishi, qiyinchilik darajasi ko‘p yillik tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat’iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar sportchi uni o‘zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‘yilgan vazifalarni yecha oladigan bo‘lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan, musobaqa va mashg‘ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda o‘z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‘rtinchidan, musobaqalar dasturi va qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta’minlashi kerak.

VOLEYBOL HAKAMLARNING HARAKATLARI



To’pni o’yinga kiritishga ruxsat berish

2. To’pni o’yinga kiritadigan jamoa


3. Maydonni almashtirish

4. Taym-aut

5. O’yinchi almashtirish

6. Tartib buzganligi uchun ogoxlantirish

7. Maydondan chetlashtirish

8. Diskvalifikatsiya

9. Partiyaning tugallanishi

10. To’p havoga uloqtirilmagan yoki podacha urilayotgan vaqtda to’p qo’ldan havoga irg’itilmagan

11. Hakam xushtak chalgandan so’ng 8 sekund vaqt ichida to’pni o’yinga kiritilmaganligi

12. To’pni qabul qilayotgan jamoani harakatda to’pni qabul qilishga halaqit qilish

13. O’yinchilarning noto’g’ri joy almashinishi

14. To’p maydonda

15. To’p maydondan tashqarida



16. To’pni ilib qolish

17. To’pga ikki marta teginish

18. To’pga bir jamoani to’rt marta teginishi

19. O’yinchi to’rga tegsa va to’p to’rga tegib maydonga tushsa

20. Raqib tomonidan uchib kelayotgan to’pga to’r ustida yoki o’tmagan holda to’siq qo’yish

21. Himoya zonasi o’yinchilarni xujum zonasi chizig’ini bosib hujum qilishi

22. O’yinchilarni chiziqdan o’tib ketishi yoki to’p o’yinga kiritilayotganda chiziqni bosishi

23. Bahsli to’p

24. To’p raqib qo’liga tegib maydondan chiqib ketishi



25. O’yinni cho’zganligi sababli ogoxlantirish

1. To’p maydonda

2. To’p maydondan tashqarida

3. To’p raqib qo’liga tegib maydondan chiqib ketishi

4. To’p o’yinga kiritilishida o’yinchini belgilangan chiziqni bosishi



5. Hech qanday qaror qabul qilmaslik

7-Mavzu: Gandbol o’yinining tavsifi


Reja:

Gandbol kelib chiqish tarixi


Gandbol o’yinida kerakli jihozlar

Gandbolning amaliy texnik-taktik asoslari bilan tanishishdan oldin sportning o'zi haqida ma'lumot olish kerak. Gandbol to'pining shakllanishi deyarli tarixdan avvalgi davrlarga borib taqaladi. G'or rasmlarida tirik qolgan odamlar tosh yoki biron narsa tashlaganlarida ko'pincha ko'rish mumkin. Qadimgi davrlarning to'p o'yinlari orasida qo'l bilan o'ynagan ibtidoiy shakllarni topish mumkin edi. Qadimgi yunonlar o'ynagan (Gomer tomonidan "Odisseyda tasvirlangan") va "Harpaston" rimliklar tomonidan o'ynagan (va miloddan avvalgi 130 - 200 yillarda Rim shifokori Klavdiy Galen tomonidan tasvirlangan) "Uraniya" o'yinlari, shuningdek "Fangballspiel" da "(yoki" to'pni tutib olish o'yini ") nemis lirik shoiri Valter fon der Vogelveidning (1170-1230) qo'shiqlarida aks etgan bo'lib, ularning barchasida Gandbolning qadimiy shakllari sifatida tavsiflash mumkin bo'lgan ma'lum xususiyatlar mavjud edi.


Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo`lib, u o`quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o`smir-yoshlar uchun ham birdek ma`qul bo`lgan chinakam xalqchil o`yin hisoblanadi. Musobaqada o`n ikki o`yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O`yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to`rtburchakdan iborat. O`yinda qatnashuvchi jamoa o`yinchilarining maqsadi - to`pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To`p bilan barcha harakatlar faqat qo`lda bajariladi. To`p uchun kurashda, qarshilik ko`rsatishda qo`pollik va sportchiga xos bo`lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O`yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog`liq bo`lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O`yin vaqtida har bir o`yinchi o`zining shaxsiy fazilatlarini ko`rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o`yin har bir Gandbolchidan o`z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo`ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o`yinining asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloqtirish kabi shug`ullanuvchilarning har jihatdan uyg`un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg`ulotlar tasirida, Shuningdek, musobaqalarda shug`ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o`yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi. Yo`nalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo`llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli Gandbol har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo`lgan sport o`yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o`yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida keng qo`llanilmoqda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me`yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.
Hozirgi Gandbol chindan ham Yangi asrda rivojlana boshladi. XIX asrning oxirida bizning sportimizning predmeti deb hisoblangan uchta o'yin deyarli bir vaqtning o'zida rivojlandi: Xandbol, Xazena va Torbol.
1898-yilda gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o`qituvchisi XOLGER NILSON futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yomg`irli havoda zalda o`ynasa bo`ladigan yangi sport o`yinini yaratishga qaror qiladi (1-rasm). U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to`pni uzatish va otish faqat qo`l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda «handball» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo`l, ball-to`p ya`ni “Handbol” yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jaxonga tarqab ketadi. 1904-yili birinchi bo`lib Daniya gandbol federatsiyasi tashkil topdi. 1906-yili Kopengagen shahrida gandbol o`yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
Gandbol o'yinining asosiy g'oyasi, Daniya shtapi ustasi Xolger Nilson, Vaslav Karas va Antonin Kristof tomonidan yaratilgan bo’lib, birinchi marta Pragada o'ynalgan. Germaniyada Herman Baxman tomonidan torbola o’yini va qoidalari kashf qilingan. Uchta o'yin har xil qoidalar asosida o'tkazildi, shuning uchun keng miqyosli musobaqalarni tashkil etish juda qiyin edi. Karl Schelenz tomonidan amalga oshirilgan qoidalarni birlashtirish kerak edi. O'yinning yangi qoidalari 1917 yilda Berlinda kuchga kirdi.

Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo`lib, u o`quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o`smir-yoshlar uchun ham birdek ma`qul bo`lgan chinakam xalqchil o`yin hisoblanadi. Musobaqada o`n to’rt o`yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O`yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to`rtburchakdan iborat. O`yinda qatnashuvchi jamoa o`yinchilarining maqsadi - to`pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To`p bilan barcha harakatlar faqat qo`lda bajariladi. To`p uchun kurashda, qarshilik ko`rsatishda qo`pollik va sportchiga xos bo`lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O`yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog`liq bo`lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O`yin vaqtida har bir o`yinchi o`zining shaxsiy fazilatlarini ko`rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o`yin har bir gandbolchidan o`z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo`ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o`yinining asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloqtirish kabi shug`ullanuvchilarning har jihatdan uyg`un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg`ulotlar tasirida, Shuningdek, musobaqalarda shug`ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o`yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi. Yo`nalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo`llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo`lgan sport o`yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o`yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida keng qo`llanilmoqda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me`yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.
1.2. Jahonda Gandbolning kirib kelishi va rivojlanish tarixi

Sportning xalqaro boshqaruv kengashi birinchi marta 1928 yilda Xalqaro Gandbol havaskorlari federatsiyasi sifatida tashkil etilgan va hozirgi nomini 1946 yilda Kopengagen shahrida (Daniya) Xalqaro Gandbol federatsiyasi (IHF) deb nomlagan. IHFning birinchi prezidenti Avery Brundage - Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) prezidenti bo'lishni davom ettirgan amerikalik edi. Gandbol bo'yicha birinchi jahon chempionati 1938 yilda Germaniyada bo'lib o'tgan va 1936 yilda Berlin o'yinlarida paydo bo'lgan.


Gandbol o'yini o'sha paytdagi o'yinlardan juda farq qilardi. 11 - 11 o'yinchi bepul futbol maydonchasida o'ynashdi. Gandbol bo'yicha dala davri 1966 yilgacha davom etgan. Yopiq qo'l to'pi birinchi marta 1940 yillarda Daniyada ixtiro qilingan. Bu 7 qirrali o'yin bo'lib, basketbol maydonchasidan kattaroq kortda o'ynaladi, uning tashqi darvozabonidan kichikroq gollar. Shunga qaramay, ushbu sport nemis xalqlarida keng rivojlandi, bu erda u kengroq auditoriyani jalb qiladi degan umidda edi. Basketbol singari boshqa sport turlari bo'yicha qoidalar joriy etilib, bu o'yinni o'ynashni soddalashtirdi va tomosha qilishni yanada qiziqarli qildi. Qishki sport turiga aylangani, tomoshabinlarning e'tiborini sovuqdan uzoqroq, qulay sharoitda o'tirgan, futboldan ko'ra ko'proq harakat va hayajon va yuqori ko'rsatkichlar bilan to'ldirgan. Xalqaro Gandbol federatsiyasi (IHF) zalda Gandbol o'ynashga harakat qildi, shu bilan yopiq Gandbol rivojlandi. O'yinning ommaviyligi oshdi, uning harakatchan materialini ishlab chiqish tezlashdi. 1966 yildan beri jahon chempionatlari faqat kichik maydonlarda va yopiq maydonlarda tashkil etildi. Yopiq qo'l to'pi 1972 yilda Myunxen o'yinlarida Olimpiya dasturiga jalb qilingan. 1976 yilda Monrealda bo'lib o'tgan keyingi Olimpiada o'yinlarida ham ayollar jamoalari musobaqalashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Olimpiya musobaqalari har ikki jins uchun ham sportning hal qiluvchi voqeasiga aylandi. 90-yillarga kelib Gandbol eng mashhur sport turlaridan biriga aylandi. Evropa mamlakatlarining oldingi hukmronligidan tashqari, bugungi kunda o'yinning ommaviyligi Osiyo, Afrika, Amerika va hatto Okeaniya mamlakatlarida tobora o'sib bormoqda.
Gandbol tarixi haqida so'z yuritganda sportning Evropada ilk bor paydo bo'lganiga qaramay, u dunyo o'yiniga aylantirilganligini ko'rish mumkin. Gandbol endi sayyoramizning barcha yashaydigan qit'alarida o'ynaladi. Taxminlarga ko'ra, 7 millionga yaqin o’yinchi klubda ro'yxatga olingan. Osiyoda (Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyada) professional klublar tashkil etilmoqda va xalqaro maydonda juda raqobatdosh hisoblanadi. Afrika, Amerika va Okeaniya asosan havaskorlik klublaridan iborat, ammo juda ishtiyoqlidir.
Sobiq Ittifoqda gandbol bo`yicha birinchi yirik musobaqa 1928-yili butunittifoq spartakiadasi doirasida o`tkazilgan. 1955-yilda butunittifoq gandbol federatsiyasi tashkil topgan. 1962-yildan boshlab erkaklar va ayollar o`rtasida muntazam ittifoq chempionatlari o`tkazilib turgan.
Hozirgi kunda xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 176 davlati a`zo bo`lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug`ullanadi. Shu jumladan,
1,4 million shug`ullanuvchi sobiq ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.
1938-yildan boshlab gandbol sport turi bo`yicha erkaklar o`rtasida birinchi marta jaxon chempionati o`tkazildi (1-jadval).
1957- yildan boshlab gandbol sport turi bo`yicha ayollar o`rtasida birinchi marta jaxon chempionati o`tkazildi

1.2.IGF tashkil topishi, tuzilishi va faoliyati

Xalqaro gandbol federatsiyasi (ingliz. Xalqaro gandbol federatsiyasi, IHF) - dunyo gandbolining boshqaruvchi tashkiloti. U 176 milliy federatsiyani birlashtiradi. Bosh ofis Shveytsariyaning Bazel shahrida joylashgan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan so'ng, Uchinchi Reyxning fashist rejimi tomonidan ozod qilinganidan so'ng, IHF o'z faoliyatini to'xtatdi.
Urushdan keyin gandbol qayta tiklandi. 1946 yil 11 iyulda Kopengagenda (Daniya) sakkiz mamlakat vakillari (Daniya, Gollandiya, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Frantsiya, Shveytsariya va Shvetsiya) Xalqaro Gandbol federatsiyasini (IHF) ta'sis etdilar. Shvetsiyalik Yosta Byork yangi sport tashkilotining birinchi prezidenti etib saylandi.
1948 yil iyun oyida IHF urushdan keyingi 11x11 gandbol bo'yicha birinchi jahon chempionati erkaklar uchun, bir yil o'tib ayollar uchun o'tkazildi. Kelgusida gandbolning bu turi bo'yicha yana 5 ta erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati (1966 yilgacha) va ikkita ayollar Jahon chempionati (1960 yilgacha) bo'lib o'tdi, shundan so'ng dunyoda ushbu sport turining xilma-xilligi o'rnatildi (7x7).
1954 yil yanvar oyida Shvetsiyada erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati,ayollar o'rtasida 7x7 birinchi jahon chempionati 1957 yil iyul oyida Yugoslaviyada o'tkazilgan.
1971-2006 yillarda Jahon kubogi erkaklar jamoalari o'rtasida, 2005-2010 yillarda esa har yili ayollar o'rtasida shunday turnir o'tkazildi.
1973 yildan boshlab IHF tarkibida qit'a federatsiyalari shakllana boshladi. Hozirgi kunda ularning soni 5 ta: Osiyo, Afrika, Evropa, Panamerikan va Okeaniya.
1977 yilda yoshlar jamoalari o'rtasida birinchi jahon chempionati bo'lib o'tdi. 2005 yildan beri o'g'il bolalar va 2006 yildan qizlar o'rtasida jahon chempionatlari o'tkazib kelinmoqda.
Gandbol bo'yicha jamoaviy qoidalarning birinchi yozma to'plami 1906 yilda Daniya ayollar gimnaziyasi o'qituvchisi, leytenant va Olimpiya medali sovrindori Xolger Nilsen tomonidan Kopengagenda nashr etilgan. Zamonaviy qoidalar to'plami 1917 yil 29 oktyabrda Germaniyalik Maks Heiser, Karl Sclenz va Erich Kon tomonidan nashr etilgan. 1919 yildan keyin ushbu qoidalar Karl Schelenz tomonidan takomillashtirildi. Birinchi xalqaro o'yinlar ushbu qoidalar bo'yicha, 1925 yilda Germaniya va Belgiya o'rtasida, 1930 yilda Germaniya va Avstriya o'rtasida ayollar tomonidan o'tkazilgan.

XXI asrning boshidan beri plyaj gandboli faol ravishda tarqalmoqda. 2004 yildan beri ushbu turdagi gandbol bo'yicha jahon chempionatlari o'tkazib kelinmoqda. Plyaj gandboli 2013 yilgi Jahon o'yinlari dasturiga kiritilgan.


Bugungi kunda qo'l to'pi xalqaro jamoaviy sport turlari federatsiyasiga a'zo bo'lgan davlatlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda (220 ta mamlakat), basketbol (213) va futbol (209).
IGF prezidentlari

1946-1950 - Shvetsiya Eesta Byork


1950-1971 - Shveytsariya Xans Baumann
1971-1984 - Shvetsiya Pol Xogberg
1984–2000 - Avstriya Ervin Lants
2000 yildan - Misr Hasan Mustafo
IGF tuzilishi
Xalqaro gandbol federatsiyasining eng yuqori organi bu ikki yilda bir marta chaqiriladigan Kongressdir. IGF a'zosi bo'lgan barcha milliy federatsiyalar Kongressga taklif etiladi.
Kengash IGF prezidenti, Birinchi vitse-prezident, 4 ta vitse-prezident, Bosh kotib, G'aznachilik va 5 a'zodan iborat. Kengash doimiy ravishda tashkil etiladi va uning barcha a'zolari 4 yil muddatga saylanadi.
IGF oldida turgan maxsus vazifalarni hal qilish uchun uning tarkibida doimiy texnik komissiyalar tuzilgan: o'yinlar va hakamlik, murabbiylik va uslubiy, tibbiy va rivojlanish qoidalariga muvofiq musobaqalarni tashkil qilish.
Xalqaro gandbol federatsiyasi o'z faoliyati doirasida milliy jamoalar o'rtasida quyidagi musobaqalarni o'tkazish uchun javobgardir:
Olimpiya gandbol turnirlari - har 4 yilda bir marta (XOQ bilan birgalikda);
Terma jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionati - ikki yilda bir marta, tog'li yillarda;
Yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionati - har ikki yilda bir marta toq (erkaklar) va hatto (ayollar) yilda;
O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati - har ikki yilda bir marta toq (yoshlar) va hatto (qizlar) yilda;
Plyaj gandboli bo'yicha Jahon chempionati - ikki yilda bir marta.

8-Mavzu: Gandbol o’yinida hakamlar va ularning vazifalari


Reja:

Gandbol o’yin qoidalari


Hakamlar va ularning vazifalari

Gandbol o’yinining rasmiy qoidalari: O’yin maydoni uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to’rt burchakdan iborat bo’lib, o’z ichiga ikki darvoza maydonini oladi. Maydonni belgilovchi bo’ylama chiziq, yon chiziq, ko’ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi. O’yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo’lishi lozim. O’yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o’zlashtirishlar kiritilishi man etiladi. Darvoza yuza chiziq o’rtasiga o’rnatiladi. Darvoza polga yoki orkadagi devorga markam o’rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o’lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi. Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o’lchami taraflari 6 kv.m ni hosil qiladigan kvadratdan iboratdir. Maydon tarafidan ko’rinadigan darvoza ustunlarining tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko’ndalang ikki xil ranga bo’yalishi shart. Darvoza orka tarafdan bo’sh osilgan ip to’r bilan berkitiladi. To’r shunday bog’lanishi kerakki, to’p undan o’tib ketmasligi kerak. Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegaralangan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo’lib, ular aniq va ravshan ko’rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o’tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo’lishi kerak. Yondosh zonalar har xil rangda bo’yalishi mumkin. Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi joylashiladi.


Darvoza maydonchasi maydonga chizig’i (6 metrli chiziq) bilan qo’yidagicha aniklanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqqa parallel 3 metrli chiziq o’tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to’rtdan ikki kismi shu chizig’ga kelib qo’shiladi. Erkin to’p tashlash chizig’i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi chizig’i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oralik masofa 15 sm uzunlikda bo’ladi. 7 metrli jarima to’p tashlash chizig’i - darvoza o’rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig’idan parallel o’tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo’ladi. 7 metrli jarima to’p tashlash chizig’iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo’lgan, jarima to’p tashlashda darvozabon o’tishga xuquqsiz chiziq belgilanadi. Maydon o’rtasidan ko’ndalang yuza chiziqga parallel chiziq o’tkazilib, u o’rta chiziq deb ataladi. O’yinchilarni almashtirish zonasining chizig’i - yon chiziqga maydon o’rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo’lagi tomonga bir hil masofada markaziy chizig’ga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi. Kotib va sekundometristlar uchun qo’yilgan stol hamda zaxiradagi o’yinchilar uchun qo’yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o’tirgan 45 o’yinchilar almashish zonasining chiziqlarini bemalol ko’rishlari lozim. Kotib stoli zaxiradagi o’yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha yakinrok joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo’lmasligi lozim.
O’yin vaqti: Odatda 16 yoshdan yuqori bo’lgan o’yinchilardan tashkil topgan jamoalar uchun o’yin 30 daqiqadan 2 taymdan, taymlar orasidagi tanaffus daqiqadan iborat bo’ladi. Yosh bolalar jamoalari uchun o’yin davomi qo’yidagicha belgilangan: 12-16 yoshdagilar uchun 2 taym 25 daqiqa, 8-12 yoshdagilar uchun 2 taym 20 daqiqani tashkil etadi. Har ikki holatda ham taymlar orasidagi tanaffus 10 daqiqa belgilanadi. Agar o’yinning asosiy vaqtida durrang holati qayd etilsa, lekin g’oliblarni aniklash zarur bo’lsa, u holda 5 daqiqali tanaffusdan so’ng qo’shimcha vaqt belgilanadi. Qo’shimcha vaqt 5 daqiqali ikki taymdan bo’lib, taymlar orasida 1 daqiqali tanaffus beriladi. Agar yuqorida ko’rsatilgan holatlarda g’olib aniqlanmasa, u holda musobaqa Nizomida ko’rsatilgan shartlar orqali aniqlanadi. Final "sirena"si: O’yinning vaqti maydondagi hakamlar hushtagi bilan dastlabki erkin to’p tashlash belgilanadi. O’yin yakuni esa final sirenasi orkali yoki vaqt belgilovchi hakam hushtagi bilan yakunlanadi. Agar signal beruvchi uskunalar yo’q bo’lsa, u holda hakamlar o’yin vaqti tugaganligi to’g’risida hushtak beradi. Vaqtni axborot hisoblagich uskunalardan foydalanganda o’yin vaqtini 30 daqiqa qilib belgilash maksadga muvofikdir. Final sirenasidan oldin va o’sha vaqtda o’yin qoidasi buzilsa yoki sportchiga xos bo’lmagan harakat qayd etilsa, u holda final sirenasi berilganligiga qaramay, o’yinchilar hakamlar tomonidan jazolanadi. Belgilangan (erkin to’p tashlash yoki 7 m jarima) jazo natijalaridan so’ng o’yin vaqti tugatiladi. Erkin to’p tashlash yoki 7 metrli jarima to’pni bajarish vaqtida, taym yoki o’yin yakunida sirena berilsa, u holda to’p otishlar qaytarilishi shart. Faqat qaytarilgan harakat natijasidan so’ng hakamlar o’yinni yakunlaydi. Erkin to’p tashlash yoki 7 metrli jarima to’p tashlashni bajarilishida o’yinchi yoki jamoa vakiliga qoida buzgani yoki sportchiga xos bo’lmagan xulqi uchun shaxsiy jazo berilganda to’p qarama-qarshi tomonga erkin to’p tashlash belgilanishi man etiladi. Maydondagi hakamlar, sekundometrist tomonidan (taym yoki o’yin yakuni) sirena barvaqt berilgan deb hisoblasa, u holda o’yinchilar maydonda qoldirilib qolgan vaqt o’ynaladi. Barvaqt signal berilgan vaqtda to’p egallagan jamoa o’yin to’xtatilgan joydan erkin to’p tashlash bilan o’yinni boshlaydilar. Agar o’yinning birinchi yarmi (yoki qo’shimcha taym vaqti) belgilangan vaqtdan ko’prok o’ynalsa, u holda o’yinning ikkinchi yarmi ortiqcha o’ynalgan vaqtga kiskartiriladi. Agar o’yinning ikkinchi yarmi (yoki qo’shimcha taym 46 vaqti) ko’rsatilgan vaqtdan ortib ketsa, bunday holatda hakamlar hech kanday o’zgartirishlar qilolmaydi.
Taym-aut: Qachon va qancha vaqt o’yin vaqtini to’xtatishga hakamlar qaror qilishi mumkin. Taym-aut berilishi shart, agar: a) 2 daqiqaga chiqarilib yoki diskvalifikastiya qilinganda; b) 7 metrli jarima to’p belgilanganda; v) jamoalarga taym-aut berilganda; g) o’yinchilar noto’g’ri almashilsa yoki maydonga "ortiqcha" o’yinchi kirsa; d) vaqt belgilovchi hakam yoki texnik vakil hushtak berganda; j) hakamlar o’zaro maslaxatlashishiga zaruriyat tug’ilsa. Odatda, taym-aut standart holatda yuzaga kelgan sharoitda beriladi: Taym-aut vaqtida yo’l qo’yilgan xatolarga o’yin davomida yo’l qo’yilgan xatolar kabi jazolanadi. Hakam o’yin vaqtini to’xtatish va yurgizish to’g’risida sekundometristga ishora bilan ko’rsatadi. O’yin vaqti hakam tomonidan uchta kiska hushtak va jest ishorasini ko’rsatgandan so’ng sekundometrist tomonidan to’xtatiladi. Taym-autdan so’ng har doim hakam hushtagidan so’ng o’yin davom etadi. Har bir jamoa o’yinning asosiy vaqtining har bir taymida bir daqiqali jamoaviy taym-aut olishga xaqlidir.
To’p: To’p charm yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi. U doira shaklida bo’lib, tashki qavati sirpanchiq va yaltiroq bo’lmasligi shart. To’pning o’lchami, ya’ni aylanasi va vazni har hil yoshdagi jamoalar uchun qo’yidagicha bo’lishi kerak:
58-60 sm va 425-475 gm (XGF raqami 3) erkaklar va o’smirlar (16 yoshdan yuqori) jamoasi uchun; 54-56 sm va 325-375 gm (XGF raqami 2) ayollar, qizlar (14 yoshdan yuqori) va o’smirlar (12 dan 16 yoshgacha) jamoalari uchun; 50-52 sm va 290-330 gm (XGF rakami 1) kizlar (8 dan 14 yoshgacha) va o’g’il bolalar (8 dan 12 yoshgacha) jamoalari uchun. Har bir o’yinda kamida ikkita to’p bo’lishi shart. Zaxiradagi to’p butun o’yin davomida bevosita kotibiat stolida bo’lishi lozim. Zaxira to’pdan qay vaqtda foydalanish zarurligini hakamlar hal qiladi. Bunday holatlarda hakamlar zaxiradagi to’pni iloji boricha tezroq o’yinga kiritishi lozim, shundagina taym-autga xojat qolmaydi.
Jamoa: Jamoa tarkibi 12 o’yinchidan tuziladi. Maydonda bir vaqtda 7 dan ortiq o’yinchi bo’lishi mumkin emas. Qolgan o’yinchilar zaxirada bo’ladi. Butun o’yin davomida jamoaning bir o’yinchisi darvozabon sifatida bo’lishi kerak. Darvozabon vazifasini bajaruvchi o’yinchi kerak vaqtda u maydon o’yinchisi vazifasini bajarishi mumkin. Xuddi shunday maydon o’yinchisi 47 ham kerak vaqtda darvozada o’ynashi mumkin. O’yin boshlanishida maydonda jamoalar tarkibi 5 o’yinchidan kam bo’lishi mumkin emas. Jamoalar tarkibi o’yin davomida va qo’shimcha vaqtda 12 o’yinchigacha to’ldirilishi. Maydonda jamoa o’yinchilari 5 tadan kam bo’lganida ham o’yin davom ettirilishi mumkin. Bunday holatlarda faqat hakamlar o’yinni to’xtatish yoki to’xtatmaslik to’g’risida qaror qabul qiladi. O’yin davomida jamoa rasmiy vakili maydonga chiqishi ma’n etiladi. Ushbu qoidaga rioya qilinmasa, u holda sportchiga xos bo’lmagan xulq deb qayd etiladi. O’yin raqiblar jamoasi tomonidan erkin to’p tashlash bilan davom ettiriladi. O’yinchi yoki rasmiy shaxs o’yinda ishtirok etishi mumkin, lekin o’yin boshlanishidan oldin ularning ismi-shariflari bayonnomada qayd etilib, o’yin boshlanishda maydonda bo’lishi kerak. O’yinga kechiqib kelgan o’yinchi va rasmiy shaxs o’yinda ishtirok etish uchun kotib yoki sekundometristdan ruxsat olib, ismi-sharifini bayonnomada qayd ettirib, o’yinda ishtirok etishi mumkin. O’ynashga xuquqli bo’lgan o’yinchi odatda, har qachon o’zining jamoasiga qarashli maydondagi o’yinchi almashtirish uchun belgilangan joydan maydonga kirishi mumkin. O’yinga katnashish xuquqiga ega bo’lmagan o’yinchi maydonga kirsa, diskvalifikastiya qilinadi. To’xtatilgan o’yin raqib jamoasi o’yinchilari tomonidan erkin to’p tashlash bilan davom ettiriladi. O’yinchilarni almashtirish: Zaxiradagi o’yinchilar o’yin davomida hohlaganicha o’yinga chiqishi mumkin, faqat maydondagi o’yinchi maydondan chiqkanidan so’ng, o’yinga chiqish uchun kotib yoki sekundometristni ogohlantirishi shart emas. O’yinchi maydonga kirish va chiqishni faqat o’z maydonida o’yinchilarni almashtirish uchun belgilangan joydan amalga oshirishi shart. Bu holda darvozabonlar uchun ham taalluklidir. O’yinchini almashtirish, shuningdek, taym-aut vaqtida ham ushbu qoidaga rioya qilinadi (jamoaviy taym-autdan tashkari). O’yinchi almashtirish qoidasini buzgan o’yinchi 2 daqiqaga o’yindan chiqarilish bilan jazolanadi. Agar jamoada shu qoidani birorta o’yinchi buzsa, u holda birinchi bo’lib qoidani buzgan o’yinchi jazolanadi. O’yin raqib jamoasi tomonidan erkin to’p tashlash bilan davom ettiriladi. Agar qo’shimcha o’yinchi o’yin maydoniga chiqsa, u 2 daqiqaga jazolanadi. Agar o’yinchi 2 daqiqali vaqt tugamasdan o’yin maydoniga kirib kelsa, u holda u yana 2 daqiqaga jazolanadi. Birinchi 2 daqiqadan qolgan vaqt jamoada yana bir o’yinchi qisqartirilishi bilan amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham o’yin raqib jamoasi o’yinchilari tomonidan erkin to’p tashlash bilan davom ettiriladi.
O’yinchilar formasi: Jamoaning hamma o’yinchilari bir xil sport formasida bo’lishi shart. Bir jamoaning sport formasining ranglari ikkinchi jamoadan ajralib turishi lozim. Darvozabon vazifasini 48 bajaruvchi o’yinchining formasining rangi ikkala jamoa o’yinchilari va raqib darvozabondan ajralib turishi shart. O’yinchilar futbolkasida rakamlar orka tarafdan kamida 20 sm va oldi tarafdan kamida 10 sm dan iborat bo’ladi. 1 dan 20 gacha raqamlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raqamlarning rangi futbolka rangidan yakkol ajralib turishi shart. Jamoa sardorining tirsakdan yuqori qismida, eni 4 sm sardorlikni belgilovchi bog’ichi bo’lib, uning rangi futbolka rangidan ajralib turishi lozim. Barcha o’yinchilar oyog’ida sport poyafzali bo’lishi shart. O’yinchilarga xavf tug’diradigan anjomlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Masalan, ularga boshni himoyalovchi, yuz uchun niqob, himoyasiz ko’zoynak, shuningdek, jarohatlanishga olib keluvchi boshqa buyumlar. Yumshoq elastik materialdan ixcham bosh bog’ichidan foydalanishga ruxsat beriladi. Yuqorida qayd etilgan shartlarga rioya qilmagan o’yinchilar o’yinga qo’yilmaydi. O’yinchi tan jaroxat olgani sababli badani va kiyimlari qon bo’lsa, u holda o’yinchi darhol o’yin maydonini tark etishi lozim (o’yinchi almashtirish qoidasiga rioya qilib). Shuningdek, qon oqishini to’xtatib, jarohatga ishlov berib, badan va kiyimdagi qonni tozalaydi. Yukoridagi ko’rsatilgan shartlarni bajarmaguncha o’yinchi maydonga qaytarilmaydi. Agar o’yinchi, hakamlar tomonidan ko’rsatilgan talablarni bajarmasa, u holda uning xulqi sportchiga xos emas deb hisoblanadi. Agar o’yinchi jarohat olsa, hakamlar tomonidan taym-aut vaqtda jarohat olgan o’yinchi jamoasining ikki shaxsiga yordam berish maksadida maydonga chiqishga ruxsat beradi.
Darvozabon: Darvozabonga ruxsat etiladi: Darvozabon maydonchasida butun o’yin jarayonida gavdaning barcha qismlari bilan to’pga tegishga; Darvoza maydonchasi ichida to’p bilan maydon o’yinchilari qoidalariga rioya qilmasdan harakat qilishga ammo, darvozabon tomonidan to’pni uzatishni kechiqtirishga ruxsat berilmaydi; To’psiz darvoza maydoniga chiqib va maydonda o’yinda ishtirok etish, u holda darvozabon maydon o’yinchilari umumiy qoidalariga rioya qiladi; Darvozabon gavdaning har bir qismi bilan darvoza maydonchasi chizig’ini kesib o’tsa, u holda darvozabon darvoza maydonchasidan chiqdi deb hisoblanadi; Darvoza maydonidan chiqib to’p bilan o’ynashi mumkin, agar u tomonidan darvoza maydonchasida to’p uning nazoratida bo’lmasa. Darvozabonga ruxsat etilmaydi: Darvozani himoya qilish jarayonida raqiblarga xavf tug’dirish; Uzining nazoratida bo’lgan to’p bilan darvoza maydonchasidan chiqish; Darvozabon tomonidan maydonga tashlangan to’pga boshqa o’yinchilar tegmasdan, darvozabon yana to’pga tegishi ma’n etiladi;
Darvoza maydonida turib maydonda yotgan yoki dumalab ketayotgan to’pga tegish; Maydonda yotgan yoki dumalab ketayotgan to’pni darvozabon maydoniga olib kirish; O’yin maydonidan to’pni olib darvoza maydoniga qaytish ; Darvoza o’yin maydonida yotgan yoki o’yin maydoni tomon dumalab ketayotgan to’pga tovon yoki oyoqning tizzadan past kismi bilan tegish; Raqib tomonidan 7 metrlik jarimani bajarishda to’p o’yinchining qo’lidan chiqmasdan avval 4 metrlik masofa belgilovchi chiziqdan o’tish.
Darvoza maydoni: Darvoza maydonida faqat darvozabon bo’lishi mumkin. Maydon o’yinchisi gavdaning har qanaqa qismi bilan darvoza maydonini belgilovchi chiziqdan o’tsa, u holda o’yinchi darvoza maydoniga kirgan deb hisoblanadi. Agar maydon o’yinchisi darvoza maydoni chizig’ini bosgan bo’lsa, qo’yidagicha xal qilinishi lozim: a) to’p bilan maydon o’yinchisi darvoza maydoni chizig’ini bossa, erkin to’p tashlash ; b) maydon o’yinchisi to’psiz darvoza maydoni chizig’ini bosib o’z foydasiga ustunlik yaratsa, erkin to’p tashlash; v) agar maydon o’yinchisi darvoza maydoniga kirib, yaqqol darvozani ishg’ol qilish imkoniyatini to’xtatsa, 7 metrlik jarima to’p otish belgilanadi. Darvoza maydonidan foydalanish jazolanmaydi: a) o’yinchi to’p uzatishdan so’ng darvoza maydoni chizig’ini bossa, shuningdek, bu holat raqib ustunligini yo’qotishga olib kelmasa; b) o’yinchi to’psiz darvoza maydoniga kirsa va bu harakat natijasida o’ziga ustunlikni yaratmasa; v) himoyachilar himoya harakatlarini bajarish jarayonida darvoza maydoniga kirib ketsa, ammo bu holatda raqib ustunligini yo’qotishga olib kelmasa. Darvoza maydonidagi to’p egasi faqat darvozabon. Agar to’p darvoza maydonida yoki darvoza maydonida dumalab ketayotgan va darvozabon qo’lida bo’lsa, maydon o’yinchisini unga tegishi mutloq ma’n etiladi. Ammo, agar to’p darvoza maydoni ustida havoda bo’lsa, u holda to’p bilan o’ynashga ruxsat beriladi. Agar to’p darvoza maydoniga tushsa, u holda darvozabon to’pni o’yinga qaytaradi. O’yin davom ettiriladi, agar himoyadagi o’yinchilar himoya jarayonida to’pga tekkandan so’ng darvozabon uni egallasa yoki to’p darvoza maydonida qolsa, darvozabon qoidaga binoan uni o’yinga qaytaradi. Himoyachilardan o’z darvoza maydoniga tushgan to’p: a) to’p darvozaga tushsa - gol; b) agar to’p darvoza maydonida qolsa yoki darvozabon to’pga tegsa va to’p darvozaga kirmasa - erkin to’p tashlash;50 v) to’p maydon yon chizig’dan chiqib ketsa - yon chiziqdan to’p tashlash; g) agar to’p darvoza maydonini kesib o’tib, o’yin maydoniga qaytsa - o’yin davom ettiriladi. Darvoza maydonidan o’yin maydoniga qaytgan to’p - o’yinda deyiladi.
To’p bilan o’ynash: Ruxsat etiladi: Otish, ilish, to’xtatish, uzatish, qo’l panjalarining ichkari va tashkari tomonlari bilan, bosh, gavda va tizzadan yuqori qismida. O’yinchi to’pni 3 soniyadan ortiq ushlashi mumkin emas, xatto u maydonda yotgan bo’lsa ham. To’p bilan 3 qadamdan ortiq yurish qo’yidagi holatlarda qadam qilindi hisoblanadi: a) to’p bilan turgan o’yinchi bir oyog’ini erdan ko’tarib yana qo’ysa, yoki oyog’ini bir joydan ikkinchi joyga qo’yib harakat qilsa; b) o’yinchi bir oyoqda turib to’pni ilib, ikkinchi oyog’ini erga qo’ysa; v) o’yinchi sakragandan so’ng bir oyog’ida erga tushsa, so’ngra yana shu oyoqda sakrasa yoki ikkinchi oyog’ini erga qo’ysa; g) o’yinchi sakragandan so’ng ikki oyoq bilan bir vaqtda erga tushsa va shundan so’ng bir oyog’ini erdan ko’tarib, yana erga qo’ysa yoki bir oyog’ini bir joydan ikkinchi joyga siljitsa. Statik holatda yoki harakatda: a) to’pni erga bir marta urib va uni bir yoki ikki qo’llab ilib olish; b) bir qo’llab to’pni ko’p marotaba erga urib olib yurish, to’pni ko’p marta bir qo’lda dumalatib so’ngra bir yoki ikki qo’llab uni olish; v) to’pni bir yoki ikki qo’llab olgandan so’ng, uni uch kadamdan ortiq harakat qilmasdan yoki darhol 3 soniyada sheriklariga uzatish zarur; g) to’p boshqa o’yinchiga yoki darvozaga tegib qaytgandan so’ng, o’yinchi yana to’p bilan muomala qiladi (dribling yoki uni olib yurish). Bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tkazish. Tizzada turib, o’tirib yoki yotgan holda to’p bilan o’ynash. Ruxsat etilmaydi: Bir martadan ortiq to’pga tegish (boshqa o’yinchiga, darvozaga yoki erga tegmasdan avval). Oyoqning tizzadan past qismi bilan to’pga tegish, raqib o’yinchilari tomondan oyoqga to’p tashlash holati hisobga olinmaydi. O’yin maydonida turgan hakamlarga to’p tegsa o’yin davom etaveradi.
Passiv o’yin: Jamoaga darvozani ishgol qilishga harakat qilmasdan to’pni ushlab turishiga ruxsat etilmaydi. Bunday holat sust o’yin deb baholanadi, natijada jamoa erkin to’p tashlash bilan jazolanadi. Erkin to’p tashlash o’yin to’xtatilgan joydan bajariladi. Agar sust o’yin imkoniyatidan foydalanish qayd etilsa, u holda ogohlantirish ishorasidan foydalaniladi. To’pni egallagan jamoaga esa, o’yinda hujum qilish uslubini o’zgartirishga imkoniyat beriladi. Agar jamoa hujum harakatlarini ogohlantirishdan so’ng 51 o’zgartirmasa va darvozaga to’p otilmasa, to’p egallagan jamoaga qarshi erkin to’p tashlash belgilanadi. To’pga ega bo’lgan jamoani erkin to’p tashlash bilan jazolanish harakatini aniqlashda hakamlar ogohlantirish ishorasini qo’llamasligi ham mumkin. Masalan, o’yinchi yaqqol darvozani olishi imkoniyatidan ataylab foydalanmasligi mumkin. Qoidani buzish va sportchiga xos bo’lmagan xulq: Ruxsat etiladi: 1. to’pni egallash va tusish uchun qo’l va panjalardan foydalanish; 2. raqibning har tomonidan to’pni tushurish uchun ochiq panjadan foydalanish; 3. raqibga to’siq qo’yish uchun gavdadan foydalanish, xatto u to’pni egallagan bo’lmasa ham; 4. raqib harakatlarini nazorat qilish uchun uni oldidan qo’l bilan to’xtatish va ushlab kolish. Ruxsat etilmaydi: 1. raqib qo’lidan to’pni yulib olish yoki urib tushirish; 2. qo’l va oyoq bilan raqibni siljitish; 3. ushlab kolish, turtmok, raqib ustiga sakramoq; 4. o’yin qoidasini buzib raqib harakatlariga xavf tug’diruvchi harakatlar qilish. Har bir tobora ko’payib boruvchi qoida buzishni shaxsiy jazoni, ya’ni ogohlantirish va jazo darajasini kuchaytirishni talab etadi. Ogohlantirish va o’yindan chetlatishda, shuningdek, jazo darajasi kuchaytiriladi. Raqiblarga nisbatan norozilikni jismoniy va so’z bilan ifoda qilinsa, bu sportchiga xos bo’lmagan xulq deb hisoblanadi. Bu holat maydon o’yinchilari va shuningdek rasmiy shaxslarga taalluqlidir. Sportchiga xos bo’lmagan xulqni jazolashda, shuningdek tobora qat’iylashib boruvchi jazo qo’llaniladi. O’yinchi o’z harakati bilan raqib sog’ligiga xavf tug’dirsa, albatta diskvalifikastiya qilinishi shart. Folar qo’yidagicha ifodalanadi: 1. darvozaga to’p otayotgan yoki to’p uzatayotgan o’yinchiga qarshi orqasidan, yonidan qo’l bilan urilsa; 2. raqib o’yinchisining boshiga yoki bo’yni atrofiga urishga qilingan har qanday harakat; 3. raqib gavdasini ataylab tizza yoki oyoq bilan tepsa, boshqa har qanday zarbalar, shuningdek, chalishlar ham shular jumlasiga kiradi; 4. himoyachi oldinga harakat qilmay joyida turgan holatida, o’yinchi erkin to’p tashlashda yoki darvozaga otilgan to’p himoyachini boshiga tegsa, shuningdek 7 metrli jarima otishda to’p darvozabon boshiga tegsa, ammo darvozabon oldinga harakat qilmagan bo’lsa.
O’yinchi o’yin vaqtida raqibiga nisbatan jismoniy zo’rlik qilsa, darhol o’yindan chetlashilishi shart. O’yin maydonidan tashqari holatida o’yinchiga qarshi qilingan hujum (zo’rlik) diskvalifikastiyaga olib keladi. Zo’rlik qilishda ayblangan jamoa vakili darhol diskvali-fikastiya qilinishi shart.
Darvoza olinishi: Darvozaga to’p kiritilsa gol hisoblanadi, agar to’p o’z aylanasi bilan darvoza ustunlari o’rtasidagi chiziq kalinligidan to’la o’tsa, faqat darvozaga to’p otayotgan o’yinchi yoki jamoaning boshqa vakili tomonidan qoida buzilishiga yo’l qo’yilmasa, maydon chizig’ini nazorat qiluvchi hakam ikki qisqa hushtak va jest ko’rsatib, gol bo’lganini ko’rsatadi. To’p darvozaga otilgan uchish pallasida, xatto himoyachi o’yinchilar tomonidan qoida buzilishiga yo’l qo’yilsa ham, darvozaga kiritilgan to’p - gol hisoblanadi. To’p darvoza chizig’idan to’la o’tmasdan hakam yoki sekundometrist o’yinni to’xtatsa - gol hisoblanmaydi. Agar o’yinchi o’z darvozasiga to’p kiritsa, raqib jamoasiga gol hisoblanadi, faqat darvozabon to’p otishni bajarish holatidan boshqa. Son jihatidan ko’p gol kiritgan jamoa g’olib deb e’lon qilinadi. O’yin qachon durrang natija bilan tugagan hisoblanadi, agar jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni bir xil bo’lsa yoki jamoalar tomonidan bitta ham to’p kiritilmagan bo’lsa. Dastlabki to’p tashlashni, qur’a tashlaganda g’olib bo’lgan jamoa o’yinni boshlaydi. Agar qur’a tashlanganda yutgan jamoa darvozani tanlasa, u holda bevosita raqib jamoa dastlabki to’p tashlash bilan o’yinni boshlaydi. Jamoalar o’yinning birinchi yarmidan so’ng darvozalar almashtiradi. Dastlabki to’p tashlashni o’yinning ikkinchi yarmida bu xuquqni o’yin boshida ega bo’lmagan jamoa tomonidan bajariladi. Har doim o’yinga qo’shimcha vaqt belgilanganda yukorida ko’rsatilgan tavsiya asosida qur’a tashlanadi. Har doim o’yin darvoza ishg’ol qilinganidan so’ng darvozasiga gol kiritgan jamoa o’yinchilari tomonidan dastlabki to’p tashlash bilan boshlanadi.
Yon chiziqdan to’pni tashlash: Agar to’p to’la yon chiziqdan yoki himoyada o’tayotgan jamoa o’yinchilaridan tegib yon chiziqdan o’tib ketsa, yon chiziqdan to’p tashlash belgilanadi. Yon chiziqdan to’p tashlash hakam hushtagisiz to’p chiqib ketishdan oldin to’pga tegmagan jamoa o’yinchilari tomonidan bajariladi. Yon chiziqdan to’p tashlash to’pning yon chiziqdan chiqib ketgan joyidan yoki u yuza chiziqdan o’tib ketsa, u holda yuza va yon chiziqning to’p chiqkan tarafidagi qo’shilgan joyidan o’yinga kiritiladi. To’p tashlashni bajarayotgan o’yinchi to’pni qo’ldan chiqargunga qadar bir oyog’i bilan yon chiziqni bosib turishi shart. Lekin o’yinchi to’pni erga qo’yib, yana olishi yoki to’pni erga urib yana uni olishga ruxsat berilmaydi. Yon chiziqdan to’p tashlashni bajaruvchi o’yinchiga raqib jamoa o’yinchilari 3 metrdan yaqin kelishlariga ruxsat berilmaydi. Yon chiziqdan to’p tashlash bevosita o’z darvoza maydoni chizig’i yonida bo’lsa, o’yinchiga oraliq masofa 3 mdan kam bo’lsa ham turishga ruxsat beriladi.53 Darvozabon tomonidan to’p tashlash: Darvozabon tomonidan to’p tashlash bajariladi: agar darvoza maydonida to’pni ilib olsa, shuningdek, darvozabondan yoki raqib jamoa o’yinchilaridan darvoza ortiga, ya’ni yuza chiziqdan o’tib ketsa. Darvozabon tomonidan to’p tashlash ya’ni to’pni o’yinga kiritish hakam hushtagisiz darvoza maydonidan o’yin maydoni tomon bajariladi. Agar darvozabon tomonidan uzatilgan to’p darvoza maydoni chizig’idan o’tsa - to’p tashlangan hisoblanadi. Boshqa jamoa o’yinchilariga bevosita darvoza maydoni chizig’i tashkarisida turishga ruxsat beriladi, faqat ular to’p darvoza maydoni chizig’ini kesib o’tmaguncha unga tegishi man etiladi. Darvozabon to’p tashlashni bajargandan so’ng to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan to’pga tegishi mumkin emas.
Erkin to’p tashlash: Aslida, hakamlar o’yinni to’xtatib va uni raqib jamoasi o’yinchilari tomonidan erkin to’p tashlab davom etish uchun qo’yidagilarga amal qiladi: to’pga ega bo’lgan jamoa qoidani buzganligi sababli to’pni yo’qotsa; himoya qilayotgan jamoa o’yinchilari tomonidan buzilgan qoida natijasida, to’pga ega bo’lgan jamoa to’pni yo’qotishga olib kelsa. Himoya qilayotgan jamoa tomonidan qilingan xatolik natijasida hujum qilayotgan jamoa o’yinchilari to’pni yo’qotishi yoki o’yinni davom ettira olmasligiga hakamlar to’la ishonch xosil qilmaguncha o’yinni to’xtatishni tavsya qilmaydi. Agar qoida buzilishi tufayli o’yinchiga shaxsiy jazo berish aniqlansa, u holda hakamlar darhol o’yinni to’xtatishga qaror qilishlari lozim, faqat bu holat qoida buzgan jamoani foydasiga hal bo’lmasa. Aks holda qoidani buzgan o’yinchini jazolash, yuzaga kelgan holat yakunidan so’ng amalga oshiriladi. Agar xatolik oddiy to’p tashlashga olib kelsa, to’p qaerda bo’lmasin, o’yin xatolikka yo’l qo’ygan joydan davom ettiriladi. O’yin to’xtatilganda va boshqa aniq holatlarda xatto hech qanaqa xatolikka yo’l qo’yilmagan bo’lsa ham erkin to’p tashlash belgilanadi: Agar o’yin to’xtatilgan pallada to’pga ega bo’lgan jamoa to’pga egalik qilishni davom etadi; Agar har ikki jamoa to’la egalik qilmasa, u holda undan avval to’pga egalik qilgan jamoa ega bo’lib kolaveradi; To’p shiftga yoki maydon ustidagi boshqa bir narsalarga tegkanligi sababli o’yin to’xtatilsa, u holda oxirida to’pga tegmagan jamoa o’yinchilari egalik qiladi. Hakam hushtagiga qadar to’pga egalik qilgan jamoaga karshi erkin to’p tashlash belgilansa, u holda shu vaqtda to’pga ega bo’lgan o’yinchi to’pni darhol o’sha joyga qo’yishi shart.
Erkin to’p tashlashni bajarish: Hakam hushtagisiz odatda, xatoga yo’l qo’yilgan joyda bajariladi. Buning asosida istisno tariqasida qo’yidagilar bo’lishi mumkin. Erkin to’p tashlashni asosan o’yin to’xtatilgan joydan hakam hushtagidan so’ng bajariladi. Agar hakam mustakil yoki texnik delegat talabiga binoan, o’yinchilar yoki himoya qilayotgan jamoaning mas’ul shaxsi tomonidan yo’l qo’yilgan natijasida o’yin to’xtatilsa, u holda og’zaki ogohlantirish yoki shaxsiy jazolanadi. Erkin to’p tashlash esa o’yin to’xtatilganda to’p qaerda bo’lsa shu erdan bajariladi. Bu er xatoga yo’l qo’yilgan erdan qulay bo’lsa ham. Erkin to’p tashlash xuquqiga ega bo’lgan jamoa o’yinchisi qo’lida to’p bilan to’p tashlashni bajarish uchun to’g’ri dastlabki holatni tanlaydi, lekin u to’pni erga qo’yib va yana olishi yoki to’pni erga urib va uni yana ilib olishi qat’iyan man etiladi. Erkin to’p tashlashni bajarishdan avval hujum qilayotgan jamoa o’yinchilari raqiblar maydoni erkin to’p tashlash chizig’ini bosish yoki undan o’tishi man qilinadi. Erkin to’p tashlashni bajarilayotganida hujum jamoasi o’yinchilari darvozabon maydoni va erkin to’p tashlash chizig’i orasida bo’lishi mumkin emas, aks holda hakamlar o’yinchilar to’g’ri joylashtirib, erkin to’p tashlashni hushtakdan so’ng bajarishga ruxsat beradi. Hakam hushtagidan so’ng erkin to’p tashlash bajarilishida, bajarayotgan o’yinchi qo’lidan to’p chiqmasdan avval hujum o’yinchilari erkin to’p tashlash chizig’iga tegsa yoki undan o’tib ketsa, u holda erkin to’p tashlashni himoyadagi jamoa o’yinchilari tomonidan bajariladi. Erkin to’p tashlashni bajarayotgan o’yinchiga raqib o’yinchilari orasidagi masofa 3 metrni tashkil qilishi shart. Ammo ularga o’z darvoza maydoni chizig’i buylab joylashishga ruxsat beriladi.
7 metrli jarima to’p otish: 7 metrdan jarima to’p otish belgilanadi, agar: Butun maydon bo’ylab raqib jamoasi o’yinchilari yoki mas’ul shaxs tomonidan darvozani yaqqol ishg’ol qilish imkoniyati to’xtatilsa; Yaqqol gol bo’lish vaziyatida ta’qiqlanmagan hushtak o’rin olsa; O’yinda ishtirok etmagan qandaydir shaxs tomonidan yaqqol darvoza olinish imkoniyati barbod bo’lsa. Hujum qilayotgan jamoa o’yinchisi to’p va gavda nazoratini saqlab qolishsa 7 metrli jarima to’p otishni belgilashga zaruriyat yo’q, xatto o’yinchi keyinchalik yaqqol darvoza olinishi imkoniyatini yo’qotsa ham. Hakamlar 7 metrli to’p tashlash yaqqol yuzaga kelganga to’liq ishonch xosil qilmaguncha, ya’ni 7 metrli to’p tashlash xakikatdan asosli va zarur deb topilmagunga o’yinni to’xtatishga shoshilmasligi kerak. Agar himoyachilar ruxsat etilmaydigan harakatlar bilan qoidani buzganligiga karamay hujum qilayotgan o’yinchi darvozani ishg’ol qila olsa, u holda bevosita 7 metrli jarima belgilashga hojat qolmaydi. Aks holda, agar o’yinchi xaqiqatdan to’pni yoki qoida buzilishi sababli gavdani nazorat qilishni yo’qotsa, 55 shuningdek, yaqqol darvoza olinish imkoniyati barbod bo’lsa, u holda 7 metrli jarima to’p tashlash belgilanadi. Hakamlar 7 metrli to’p tashlashni belgilashda taym-aut olishlari shart. 7 metrdan to’p otishni bajarish maydondagi hakam hushtagidan so’ng 3 soniya ichida bajariladi. 7 metrli to’p otishni bajaruvchi o’yinchi qo’lidan to’p chiqargunga kadar 7 metrdan to’p otish chizig’iga tegish yoki undan o’tish man etiladi. 7 metrli to’p otishni bajaruvchi o’yinchi yoki uning sheriklari to’p raqiblariga yoki darvozaga tegmasdan avval to’pga tegish xuquqidan mahrum etiladi. 7 metrli to’p otishni bajaruvchi o’yinchi jamoa a’zolari to’p otishni bajarayotgan o’yinchining qo’lidan to’p chiqmasdan avval erkin to’p tashlash chizig’idan o’tishga ruxsat etilmaydi. Aks holda, 7 metrli to’p otishni bajaruvchi jamoaga karshi erkin to’p tashlash belgilanadi. 7 metrli to’p otishni bajarishda raqib jamoa o’yinchilari erkin to’p tashlash chizig’i tashqarisida va 7 metrli to’p otish chizig’idan to’p otishni bajarayotgan o’yinchining qo’lidan to’p chiqkunga kadar 3 metrdan kam bo’lmagan masofada joylashishlari mumkin, aks holda, agar to’p darvozaga kirmasa 7 metrli to’p otish qaytariladi. Agar 7 metrli to’p otilgan to’p darvozaga kirmasa, otishni bajaruvchi o’yinchi qo’lidan to’p chiqkunga kadar darvozabon belgilangan 4 metrli chiziqdan o’tsa, to’p otish qaytariladi.
To’p tashlashni bajarishga umumiy tavsiyalar: To’p otishni bajarishdan avval to’p o’yinchining qo’lida bo’lishi kerak. Barcha o’yinchilar to’p otishda o’zlariga taalluqli joyda joylashishlari shart. To’p otayotgan o’yinchining qo’lidan to’p chiqarilishga qadar o’yinchilar o’z joylarida bo’lishi lozim. Noto’g’ri joylashgan dastlabki holat hakamlar tomonidan tuzatilishi lozim. Darvozabondan tashqari barcha to’p tashlashni bajaruvchi o’yinchilarning bir oyog’i doimo erda bo’lishi shart Ikkinchi oyog’ini erdan ko’tarib va uni erga qo’yishi mumkin. O’yin davom etishga hakam tomonidan hushtak beriladi: doimo dastlabki yoki 7 metrli to’p tashlashda; yon chiziqdan, darvozadan yoki erkin to’p qo’yidagi holatlarda: taym-autdan so’ng o’yinni davom etish uchun; erkin to’p tashlashdan so’ng o’yinni davom etish uchun; to’p tashlash kechiqtirilsa; noto’g’ri holatda joylashishni tuzatgandan so’ng; og’zaki tanbex yoki ogohlantirilishdan so’ng. To’p tashlashni bajaruvchi o’yinchi hakam hushtagidan so’ng to’pni 3 soniya mobaynida o’yinga kiritishi shart. To’p tashlashni bajaruvchi o’yinchi qo’lidan to’p chiqsa to’p tashlash bajarilgan hisoblanadi. To’p tashlashni bajarishda o’yinchi o’z sheriklariga qo’ldan-qo’lga to’pni uzatish mumkin emas, sheriklari umuman to’pga tegishga xuquqi yo’q. To’p tashlashni bajaruvchi o’yinchi to’p tashlangandan so’ng u boshqa o’yinchiga yoki darvozaga tegmasdan avval to’pga tegishi mumkin emas.
Jazolash. Ogohlantirish: quyidagi holatlarda ogohlantirish mumkin: raqibga nisbatan qoidani buzsa; raqib to’p tashlashni bajarishida unga qarshi rad harakati qilinsa; o’yinchi va rasmiy shaxsning sportchiga xos bo’lmagan xulqi. Aybdor o’yinchi yoki rasmiy shaxsni ogohlantirilganda hakamlar sariq "kartochka" bilan qo’lini yukori ko’tarib ogohlantiriladi va bu holatni kotib qayd etadi. O’yindan chetlatish. O’yindan (2 daqiqaga) chiqarish qo’yidagi hollarda qo’llaniladi: o’yinchilar almashishi yoki noto’g’ri o’yin maydoniga chiqish; jazolangan o’yinchi o’yin qoidasini buzishi yana takrorlasa; maydonda yoki maydon tashqarisida o’yinchining sportchiga xos bo’lmagan xulqi uchun; jamoaning rasmiy shaxslaridan birortasi sportchiga xos bo’lmagan xulq holati takrorlansa; raqiblar jamoasi erkin to’p tashlash xuquqiga ega bo’lganda to’pni joyida qoldirish talablariga rioya qilinmasa; to’p tashlashni bajaruvchi raqibga nisbatan takroriy qoida buzilishiga yo’l qo’yilsa; o’yinchi yoki rasmiy shaxsni o’yin vaqtida diskvalifikastiya qilinishi sababli; 2 daqiqaga o’yindan chetlatilgan o’yinchi, to’xtatilgan o’yin davom etmasdan o’yinchining sportchiga xos bo’lmagan harakati uchun . Agar hakamlar o’yinda yo’l qo’yilgan qoida buzish darhol o’yindan chetlatilishiga asos bo’ladi deb hisoblasa o’yinchini o’yindan chetlatishi mumkin. Shuningdek, bu holat jamoaning rasmiy shaxsiga, xatto u oldin ogohlantirilmagan bo’lsa ham qo’llaniladi. Jamoaning rasmiy vakiliga 2 daqiqali jazo belgilansa, bunday holatda rasmiy vakil o’z joyida qolib o’z vazifasini bajaradi, jamoa tarkibi esa bir o’yinchiga kamaytiriladi. Hakamlar taym-aut e’lon qilingandan so’ng taalluqli jest ikki barmoqlarini to’g’irlab qo’lini yukori ko’tarib aybdor o’yinchiga ko’rsatadi, kotib (sekundometrist) bu holni qayd etadi. O’yindan chetlatish har doim 2 daqiqali bo’lib, ushbu o’yinchini uchinchi marta o’yindan chetlatish diskvalifikastiyaga olib keladi. O’yindan chetlatilgan o’yinchi, chetlatilgan vaqt mobaynida o’yinda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Jamoa uning o’rniga boshqa o’yinchini maydonga chiqarishi man etiladi. O’yindan chetlatish vaqti hakam tomonidan o’yinni davom ettirishga berilgan hushtagidan so’ng boshlanadi. O’yinning birinchi yarmida 2 daqiqa o’yindan chetlatish vaqti tugamasa, kolgan vaqt o’yinning ikkinchi yarmida o’taladi. Bu qoida o’yinga kushimcha vaqt belgilanganda ham o’z kuchini saqlab koladi.
Diskvalifikastiya: o’yindan chetlatish. Diskvalifikastiya qilinishi shart: o’yinda ishtirok etishga xuquqi bo’lmagan o’yinchi maydonga chiqsa; sportchiga xos bo’lmagan holat uchinchi marta qaytarilsa va jamoaning mas’ul shaxslaridan birortasi avval 2 daqiqani o’yindan chetlatishga jazolangan bo’lsa; raqiblar sog’ligiga xavfli qoida buzarlikka yo’l qo’yilsa; o’yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsi tomonidan o’yin maydonida yoki o’yin tashqarisida sportchiga xos bo’lmagan qo’pollik uchun; o’yindan tashkari, shuningdek, o’yin oldidan yoki tanaffus vaqtida o’yinchi tomonidan hujum qilinsa; mas’ul shaxs tomonidan hujum qilinsa; bir o’yinchini uchinchi marta o’yindan chetlatilsa; tanaffus vaqtida o’yinchi yoki mas’ul shaxs tomonidan sportchiga xos bo’lmagan holat takrorlansa. Taym-aut e’lon qilingandan so’ng hakamlar ayblanuvchi o’yinchi yoki jamoa vakilini diskvalifikastiya qilish uchun qizil kartochka yordamida qo’lini yukori ko’taradi; kizil kartochka ulchami taxminan 9x12 sm. Bu holatni bevosita kotib (sekundometrist) qayd etadi. Diskvalifikastiya qilingan o’yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsi darhol maydonni va zaxira xududini tark etishi shart. Bundan so’ng o’yinchi, jamoaning rasmiy shaxsi jamoa bilan hech kanday aloqada bo’lishga ruxsat etilmaydi. Diskvalifikastiya holati o’yinchi yoki jamoaning rasmiy vakili uchun ushbu o’tkazilayotgan o’yin oxirigacha amal qilinadi. O’yinchi yoki jamoa rasmiy vakili o’yin davomida diskvalifikastiya qilinsa, har doim o’zi bilan 2 daqiqali o’yindan chetlatishni ergashtirib keladi. Bu, jamoa tarkibi son jixatdan bir o’yinchiga qisqaradi degani. O’yinchi yoki jamoa vakili diskvalifikastiya qilinishi jamoa tarkibini kamayishiga olib keladi, ammo 2 daqiqali chetlatish vaqti tugaganidan so’ng o’yinchilar tarkibini to’ldirish mumkin. Diskvalifikastiya, odatda, faqat berilgan o’yin oxirigacha amal qilinadi.
O’yindan haydash: O’yindan haydashga qaror qilinadi: Butun o’yin davomida maydonda yoki maydon tashkarisida o’yinchi tomonidan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilinsa. Hakamlar taym-aut belgilagandan so’ng o’yindan haydaluvchi aybdor o’yinchiga, yukorida ikki qo’li kesishgan ishora ko’rsatiladi, bu holatni kotib (sekundometrist) tomonidan qayd etiladi. O’yindan xaydalish har doim o’yin vaqtining oxirigacha amal qiladi va jamoa o’yinni, o’yin mobaynida bir o’yinchiga kam bo’lib davom etadi. O’yindan xaydalgan o’yinchi boshqa o’yinchi bilan almashtirilishi mumkin emas va u darhol o’yin maydonini, shuningdek, zaxira xududini tark etishga majbur. Unga jamoa bilan har kanday aloqa qilishi man etiladi.58 Bir xil vaziyatda bir nechta xato qilish: Agar jamoaning o’yinchisi yoki mas’ul vakili o’yin davom ettirishdan avval bir vaqtda bir va undan ortik qoida buzilishiga yo’l qo’ysa va ular har hil jazoga loyiq bo’lsa, odatda, eng qat’iy jazo qo’llaniladi. Bunday holatlarda qoida buzilishning o’yinchiga nisbatan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilish hisoblanadi. Maydondagi jamoa tarkibini 4 daqiqaga kamaytirish holatlari ham mavjud: Agar 2 daqiqaga o’yindan chetlatilgan o’yinchi, o’yin davom ettirilmagunga qadar sportchiga xos bo’lmagan xulq uchun ayblansa, u holda unga yana qo’shimcha 2 daqiqali chetlatish belgilanadi. Agar qo’shimcha o’yindan chetlatilish ushbu o’yinchi uchun uchinchisi bo’lsa, unda o’yinchi diskvalifikastiya qilinadi; Agar diskvalifikastiya qilingan o’yinchi (to’g’ridan to’g’ri yoki uchinchi marta chetlatilishga bog’liq) o’sha zaxoti, ya’ni o’yin davom ettirilmasdan oldin sportchiga xos bo’lmagan xulqi uchun aybdor deb topilsa, u holda jamoaga jazo belgilanadi va jamoa tarkibi 4 daqiqa mobaynida maydonda kiskartiriladi;
Agar 2 daqiqaga o’yindan chetlatish e’lon qilingan o’yinchi o’yin davom ettirilishidan oldin qo’pol, sportchiga xos bo’lmagan xulqi uchun ayblansa, u holda o’yinchi diskvalifikastiya qilinadi. Bu barcha jazolar maydonda jamoa tarkibining 4 daqiqa ichida o’yinchilarning qisqartirilishiga olib keladi; Agar diskvalifikastiya e’lon qilingan o’yinchi o’yin davom etishiga qadar qo’pol, sportchiga xos bo’lmagan xulq uchun ayblansa, u holda jamoa ham jazolanadi va maydondagi jamoa tarkibi 4 daqiqa mobaynida kiskartiriladi. O’yin vaqti tugagandan so’ng qoida buzilishi: "O’yin davomi" tushunchasi qo’shimcha vaqt va taym-autni o’z ichiga oladi. Sportchiga xos bo’lmagan xulq yoki o’yinchi hamda jamoaning mas’ul shaxsi tomonidan (o’yin o’tkazilayotgan inshoatda, o’yin vaqti tugaganiga karamay) "jismoniy hujum" qo’yidagicha jazolanadi: O’yindan avval: sportchiga xos bo’lmagan xulq uchun - ogohlantiriladi; sportchiga xos bo’lmagan qo’pol xulq yoki "jismoniy hujum" uchun diskvalifikastiya qilinadi, jamoaga o’yinni boshlashga ruxsat beriladi. Hakamlar: Har bir o’yinga ikki teng xuquqli hakamlar tayin-lanadi. Ularga sekundometrist va kotib yordam beradi. Hakamlar o’yinchilarning musobaqa o’tkazish joyiga kelgandan to ketgunlariga kadar xulqini nazorat qiladi. Uchrashuvdan avval hakamlar o’yin maydoni, darvoza va to’p holatlarini tekshirib, qaysi to’p bilan o’ynashni hal qiladi. Shuningdek, hakamlar ikki jamoaning formasi qoidaga mosligini tekshiradi. Ular o’yinchi va mas’ul vakillarning son jixatdan zaxira xududida qoida talabiga binoan joylashishini va uchrashuv bayonnomasida jamoaning mas’ul vakili dastxatlari mavjudligini nazorat qiladi. Barcha kamchiliklar darhol bartaraf etilishi lozim.59 Hakamlarning biri, ikkinchisi va ikki jamoa sardori ishtirokida qur’a tashlash o’tkaziladi. O’yin boshlanishidan avval hakamlarning biri dastlabki to’p tashlash xuquqini qo’lga kiritgan jamoa orasida joylashadi. Bunday holat "maydondagi hakam" deb ataladi. Maydondagi hakam dastlabki to’p tashlash uchun hushtak berib o’yinni boshlaydi. To’pga egalik qilayotgan jamoa to’pni raqiblarga oldirib qo’ygan zaxoti bu hakam darhol himoya qiluvchi jamoa darvozasining kesib o’tgan yuza chiziq ortiga o’tib joylashadi. Ikkinchi hakam o’yin boshlanishidan avval o’yin boshlanishida himoya qiluvchi jamoa darvozasini kesib o’tuvchi yuza chiziq ortida joylashadi. Bu holat "darvoza chizig’ini kuzatuvchi" hakam deb ataladi. Himoyadagi jamoa to’pni yo’qotganda u maydondagi hakam hisoblanadi. Hakamlar o’yin davomida vaqti-vaqti bilan maydon tomonlari bilan almashib turishlari lozim. Odatda, butun o’yinni tayinlangan hakamlar o’tkazishlari lozim. Ular o’yin davomida qoidaga rioya qilishni nazorat qilib, yo’l qo’yilgan xatolar uchun darhol o’yinchilarni jazolaydilar. Gollar hisobiga ikkala hakam barovar javobgardir. Undan tashqari, ular ogohlantirish, chetlatish, diskvalifikastiya va umuman o’yindan xaydalishlari ham qayd etadilar. Ikki hakam o’yin vaqtini nazorat qilishga javobgar. Vaqt to’g’riligni belgilashdagi kelishmovchiliklarni hakamlar birgalikda hal qilishadi. O’yindan so’ng bayonnomani to’g’ri tuldirilishiga javobgarlik hakamlar zimmasiga yuklatiladi. O’yindan xaydash va diskvalifikastiya bayonnomada qayd etilishi shart. Sekundometrist va kotib (vaqt belgilovchi hakam, kotib): sekundometrist o’yin vaqtini, taym-autni va chetlatilgan o’yinchi jarima vaqtini nazorat qiladi. Shunday qilib kotib asosan o’yinchilar ruyxatini tekshirib, uchrashuv bayonnomasini yurgizadi, o’yinga chiquvchi o’yinchi kech qolib kelgan va o’ynashga xuquqi bo’lmagan o’yinchilarni nazorat qiladi. Jamoa zaxira xududidagi o’yinchi va rasmiy shaxslarning mikdorini o’yinga kirishi va chiqishlarini, shuningdek, birgalikda mas’uliyatlarni taqsimlab nazorat qiladi. Odatda, zaruriyat bo’lganda faqat sekundometrist o’yinni to’xtatishi mumkin. Vaqt ko’rsatuvchi elektr tablo yo’q bo’lgan holda, sekundometrist jamoalar mas’ul shaxslariga, o’ynalgan vaqt yoki o’yin tugashiga qolgan vaqt, ayniksa, taym-aut vaqtida axborot berib turishi lozim. Agar, avtomatlashgan elektr signal bo’lmagan holatda o’yinning birinchi taymi va o’yin tugaganligi uchun beriladigan signal javobgarligini sekundometrist o’z zimmasiga oladi. Agar elektr tablo, shuningdek, o’yindan chetlatish to’g’risida axborot bera olmasa, bunday holatda sekundometrist oldindan tayyorlangan kartochka chetlatilgan o’yinchi raqamini va chetlatish vaqti tugashini ko’rsatadi.
Darvozabon va maydon tashqarisidagi oltita asosiy o’yinchilar hujumkor va himoyaviy pozitsiyalar bo'yicha quyidagi postlarda joylashgan:
O'ng qanot: U o'z maydonining o'ng tomonida joylashgan. U odatda Gandbolchilar orasida kichikroq va tezroq o'yinchi. Agar u chap burchakli o'yinchi bo'lsa, zarbaning burchagini shu qadar kengaytiradigan foydalidir.
O'ng yarim markaz: U baland bo'yli o'yinchidir. Uning vazifasi yuqorida va himoyachilar o'rtasida gol urish. Ushbu lavozimda chap qo'lning afzalligi.
Markaziy: Bu ichki hududdagi o'yinchi. Uning asosiy vazifasi o'yinni tashkil qilish, aqliy va amaliy jihatdan boshqarish va vaziyatga qarab faoliyatini yakunlash.
Chap yarim markaz: Uning vazifasi O'ng yarim markazga o'xshaydi, ammo bu erda o'ng qo'lni tanlash afzalroq.
Chap qanot: Uning vazifasi O'ng qanotning vazifasiga o'xshaydi, ammo o'ng tomonda bo'lish bu tomondan afzalroq.
Chiziq o’yinchi (Pivot): U raqibning himoya devorida, o'yin bo'yicha vaziyatda joylashgan. U odatda og'irroq o'yinchi.
Darvozabon - To'pni darvozaga kiritmaslik uchun uning vazifasi; bu o'yinchi to'pga oyoq bilan tegishi mumkin bo'lgan yagona o’yinchi.





Aylanasi 50-52 sm, og`irligi 290-330 g. 8-12 yoshli o`g`il bolalar va 8-14 yoshli qizlarga.





Aylanasi 54-56 sm, og`irligi 325-375 g.12-16 yoshli o`g`il bolalar va 14 yoshdan oshgan qizlarga.





Aylanasi 58-60 sm, og`irligi 425-475g. 16 yoshdan oshgan o`g`il bolalarga.


2-rasm
Darvozaning o`lchamlari

3-rasm
Gandbol qoidalari birlashtirilgan, tartibga solinadi va xalqaro Gandbol federatsiyasi (IHF) tomonidan boshqariladi. Ushbu vazifani turli mamlakatlardagi milliy tashkilotlar bajaradilar.
Musobaqada hakamlik qilish

Har bir o'yin uchun teng huquqli ikkita hakam tayinlanadi. Ularga taymer va kotib yordam beradi.


Hakamlar o'yin joyiga kelgan paytdan boshlab, ular ketgunga qadar o'yinchilar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini nazorat qiladilar.
Uchrashuv boshlanishidan oldin hakamlardan o'yin maydonchasi, gol va to'plarning holatini tekshirish talab etiladi; ular jamoalar qaysi to'pni o'ynashlarini hal qilishadi.
Shuningdek, hakamlar ikkala jamoaning formalarini ham tekshiradilar. Ular o'yin protokoli va o'yinchilarning jihozlarini, zaxira maydonchasidagi o'yinchilar va rasmiylarning sonini, qabul qilingan cheklovlarga muvofiqligini, shuningdek har bir jamoaning rasmiy vakilining borligini va shaxsini aniqlashni tekshiradilar. Hakamlar - o'yinni boshidan oxirigacha boshqaradilar. Barcha hakamlar va guruh a'zolari qarorlariga bo'ysunishlari shart.
Uchrashuv davomida hakamlarning qarorlari qat'iydir. Ular hakamlar kollegiyasining boshqa a'zolarining xatolari aniqlangan bo'lsa, ularning qarorlarini bekor qilishga haqlidirlar.
Uchrashuv oxirida ular uchrashuv bayonnomalarini tekshiradilar va imzolaydilar.
Hakamlardan hakam formasi, sport hakamining malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat, tegishli toifadagi hakam logotipi bo'lishi talab etiladi.
Hakamlar o'z harakatlarini qoidalarga muvofiq bajarishlari shart.
Hakamlar o'yinni to'xtatadigan vaqtni va uning davomiyligini (taym-aut) aniqlaydilar.
Vaqtni kutish vaqti talab qilinadi:
a) 2 daqiqalik chetlatish yoki diskvalifikatsiya;
b) jamoaviy taym-aut berish;
c) sekundometer yoki texnik vakilning hushtagi;
d) vaziyatning hakamlari tomonidan muhokama qilinishi.
Boshqa holatlarda, yuzaga kelgan vaziyatga qarab, tanaffus ham ta'minlanadi.



O'yin hakamlardan biri tomonidan boshqa hakam va har bir jamoaning mansabdor shaxslari ishtirokida amalga oshiriladi, ular jamoaning rasmiy shaxslari yoki o'yinchilar (masalan, jamoa sardori) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Aslida, butun o'yinni bir xil hakamlar boshqarishi kerak.
Agar hakamlardan biri o'yinni tugata olmasa, ikkinchi hakam o'yinni o'zi davom ettiradi.
Izoh: Chempionat, O’zbekiston kubogi va O’zbekiston chempionatidagi o'yinlardagi o'xshash vaziyatlarni tegishli qoidalar doirasida hal qiladi.
Agar hakamlarning jamoalardan birini buzganligi to'g'risidagi qarori bir biriga to'g'ri kelsa, lekin jazoning o'zida jiddiylik farqida bo'lsa, unda har doim yanada qattiqroq jazo olinadi.
Agar hakamlar Qoidalarning buzilishini qayd etishsa yoki to'p o'yin maydonchasidan chiqib ketishsa, lekin ikkala hakam ham to'pni qaysi jamoaga berish kerakligi bo'yicha turli qarorga kelishsa, o'zaro kelishilgan holda birgalikda qaror qabul qilinadi. Agar ular kelishuvga erisha olmasalar, qarorni hakam chiqaradi.
Bu holda kutish vaqti majburiydir. Bir-birlari bilan maslahatlashgandan so'ng, hakamlar o'yinni davom ettirish uchun aniq imo-ishoradan foydalanadilar va o'yin hushtak bilan davom etadi.
Gollarga ikkala hakam ham javobgardir. Bundan tashqari, ular ogohlantirishlar, o'chirish va diskvalifikatsiyalarni yozib olishadi.
Ikkala hakam ham o'yin vaqtini nazorat qilishlari shart. Vaqtni to'g'ri belgilashda shubha tug'ilsa, hakamlar birgalikda qaror qabul qiladilar.
O'yindan keyin o'yin daqiqalarini to'g'ri to'ldirish uchun hakamlar javobgardir. Diskvalifikatsiyalar uchrashuv bayonnomasida qayd etiladi.
Hakamlar yoki texnik delegatlar tomonidan ularning faktlarga qarashlari asosida yoki voqealarni baholash asosida qabul qilingan qarorlar qat'iy hisoblanadi.
Protestlar faqat qoidalarga zid bo'lgan qarorlarga qarshi berilishi mumkin. Faqat jamoa rasmiysi o'yin davomida hakamlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Hakamlar o'yinni vaqtincha to'xtatib qo'yish yoki tugatish huquqiga ega.
O'yinni to'xtatishga qaror qilishdan oldin, o'yinni davom ettirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanish kerak.
Hakamlarning kiyimlari qora rangli afzal ko'riladi.
Hakamlar va texnik delegatlar bir-biri bilan aloqa qilish uchun elektron interkomlardan foydalanishlari mumkin. Ulardan foydalanish qoidalari IGF tomonidan belgilanadi.
Hakam imo-ishoralari (Jestlar)
Chiziq yoki erkin otish tufayli otishni tashlash paytida hakamlar darhol imo bilan otishni o'rganish yo'nalishini ko'rsatishi kerak (7 yoki 9-imo-ishoralar).
Tegishli majburiy imo-ishoralar qo'llanilgandan keyingina, shaxsiy jazo ishoralari qo'llaniladi (13-14-imo-ishoralar).
Agar erkin otish yoki 7 metrli otishni o'rganish sababini tushuntirish kerak bo'lsa, unda 1 - 6 va 11-imo-ishoralardan birini bajaring. Ammo 11-imo-ishorani har doim passiv o'ynash bo'yicha qaror 17-ishoradan foydalanmasdan qabul qilingan holatlarda qo'llanilishi kerak.
Tegishli holatlarda 12, 15 va 16-imo-ishoralar talab qilinadi.
8, 10 va 17-imo-ishoralar, hakamlar zarur deb topganda qo'llaniladi

Imo-ishoralar ro'yxati:



1

Darvoza maydoni chizidan o’tish (bosish)

2

To’pni yerga urib borishdagi xatolik

3

To'p bilan uch qadamdan ortiq yurish yoki 3 soniyadan ko'proq ushlab turish

4

Ushlab turish yoki itarib yuborish

5

Zarba

6

Hujumchi xatosi

7

Yon chiziqdan to’p tashlash tarafini ko’rsatish

8

Darvozabonning to’p tashlashi

9

Erkin to’p tashlash tarafini ko’rsatish

10

3 metrlik masofaga rioya qilmaslik

11

Sust o'yinni ogohlantirish

12

Gol

13

Ogohlantirish (sariq karta), Diskvalifikatsiya (qizil karta), Hisobot yozish haqida ma'lumot (ko'k karta)

14

Chetlatish (2 daqiqa)

15

Taym-aut

16

Jamoaning ikki mas’ul shaxslariga taym-aut vaqtida maydonga chiqishga ruxsat berish

17

O’yindan umuman chetlatish

9-Mavzu: Harakatli o’yinlarning tavsifi


Reja:

Harakatli o’yinlarning tarixi


Harakatli o’yinlar qo’llashdagi pedagogik talablar

Mustaqil O’zbekistonning ravnaq topishi, taraqqiyoti yo’lida uni katta iqtisodiy va ijtimoiy to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tishi va insoniy natijalarga erishishi yosh avlodu, mehnatkash fuqarolarning nafaqat aql-idroki, balki ularning salomatligi, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog’liqdir. Shuni ham aytish kerakki, odamzotning salomatligi, serg’ayrat bo’lishi, jismoniy kamolotga erishishi faqatgina uni turmush tarzi, mehnat va uy-ro’zg’or faoliyati bilan ta’minlaydi. Balki har bir xalqni o’z tarixiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga xos bo’lgan mazkur xalq tomonidan kashf etilgan milliy o’yinlar, sayllar, urf-odatlar va sport turlari vositalari yordamida ham amalga oshiriladi.


Ushbu va’znomada o’zbek xalq o’yinlari insonni jismoniy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga aloqadorligini yoritish asosiy maqsad qilib olingan. Darhaqiqat
yuqorida qayd etilgan tushunchalar o’rtasida uzviy bog’lanish mavjuddir.
Oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalari, ilmiy anjumanlarda muhokama qilinayotgan xalq o’yinlari mavzusiga oid masalalar o’z ichiga asosan mazkur o’yinlar mazmuni va qoidalarini takomillashtirishdagi o’rni haqidagi ma’lumotlarni olgan. Ma’lumki, inson o’z hayotida, o’qish, mehnat, dam olish kabi mashg’ulotlar bilan band bo’ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o’yin asosiy faoliyat hisoblanadi, undan so’ng esa o’yin kamayib, uning o’rnini o’qish va mehnat egallaydi.
Insoniyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotining turli davrlarida o’yinlar muhim o’rin tutgan. O’yinlar yordamida insoniyat o’sgan, ulg’aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo’lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Xullas, o’yin odamzod taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etgan. Buning sabablari quyidagicha:
Birinchidan, insonda o’yinga nisbatan tabiiy ehtiyoj bo’lib, u hayotdagi bo’shliqni to’ldirgan, inson tanidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetishmagan kuchni to’plashga yordam bergan.
Ikkinchidan, o’yinlar xalq tarixining ajralmas qismidir, in’inokosidir. O’yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, tashvishi, kurashi, yutuqlari aksini topadi. O’yinlar orqali biz insoniyat tarixi, orzu-o’yi muammolari, niyatlarini o’rgansak bo’ladi.
Uchinchidan, o’yin inson madaniyatining eng qadimgi ko’rinishi, ko’pgina ma’naviy soha (raqs, tomosha-teatr, musiqa, sport, marosim kabi)larning chashmasi sifatida xizmat qilgan.
To’rtinchidan, o’yinlar avlod-ajdodlarimizning sog’lomlash-tiruvchi vositasi hisoblangan. Ota-bobolarimiz xalq o’yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan. Sog’lom avlodlarni shakllantirishda o’yinlar asosiy omilga aylangan.
Beshinchidan, o’yinlar eng samarali tarbiya vositasi. Bolalar o’yinlar orqali hayotga tayyorgarlik ko’rgan, turmushdagi qiyinchiliklarni yengishni mashq qilgan, ish va kurashda g’alaba qilishni o’rgangan.
Oltinchidan, o’yinlar ajdodlarimizning tajribasini o’zida uyg’unlashtiruvchi madaniy meros va zamondoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishga xizmat qiluvchi bebaho manbaadir.
Demak, o’yinlar – xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo’lgan, avlod-ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog’liq ato etib kelgan xalq o’yinlarini tiklash va ulardan samarali foydalanish – milliy qiyofamiz, ma’naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Xalq o’yinlari yangi sog’lom avlodni shakllantirishda ham o’ta muhim o’rin tutgani ularni biz ko’z qorachig’idek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.

1.2. Miiliy va harakatli o’yinlarni tiklash va rivojlantirish


Ming afsuslar bo’lsinki, XX asrda aniqrog’i, sho’rolar davridan boshlab xalq o’yinlari hayotdan siqib chiqarila boshlandi. Buning sabablari ko’p:
Birinchidan, xalq an’analarini ta’qiqlash totalitar tuzumning yashirin milliy siyosati natijasida edi. Bu siyosatning asosiy maqsadi mamlakatda umumsovet xalqni vujudga keltirish edi. Umumsovet xalqini vujudga keltirish uchun esa barcha millat va elatlarni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlarni, ya’ni milliy ong, milliy an’analar, milliy til va madaniyatni yo’q qilish lozim bo’ldi. Shuning bilan birga barcha uchun umumiy bo’lgan ong, til, odatlar, o’yinlar joriy qilina boshlanadi. Bu siyosat natijasida etnik madaniyatning muhim qismi bo’lgan xalq o’yinlariga ham “eskilik sarqiti” sifatida kurash olib borildi. Yuqorida berilgan ko’rsatmalarga asosan xalq o’yinlari namoyondalari ustidan kulindi. Ular eski hayotni qumsovchi, ongsiz, taraqqiyotni to’xtatuvchi deb ayblanganlar. Albatta, kim haq, kim nohaq ekanligiga tarix o’z bahosini bermoqda.
Ikkinchidan, qishloq hayoti shahar hayotiga yaqinlashdi, qir-adirlar o’zlashtirildi, o’yingohlar va saylgohlar o’rniga paxta va boshqa ekinlar ekildi. Shahar o’yingohlari o’rnida baland-baland imoratlar qad rostladi. An’anaviy o’yingohlarning yo’qolishi xalq o’yinlarining yo’qolib borishiga olib keladi.
Uchinchidan, bolalarga xalq o’yinlari o’rniga Yevropada qabul qilingan o’yinlar taklif etildi. Butun mamlakat maktablarida voleybol, basketbol, futbol va hokazolar o’ynaldi. Xalq o’yinlari esa bir chetga surib qo’yildi. Bolalar o’ynashi mumkin bo’lgan yagona joy maktab sport maydonchalari yangi o’yinlar uchun moslashtirib qurilgan edi.
XX asr o’rtalarida xalq o’yinlarini avloddan-avlodga o’tish an’analari buzildi, ko’plab o’yinlar unutildi. Minglab o’yinlar ichida bir necha xalq o’yinlari va musobaqalari (kurash, uloq, qiz quvdi, ot poygasi) kabilar ma’lum ma’noda saqlanib qoldi, xolos.
Forish anjumanida bayram qatnashchilarining diqqatini ko’p azaliy o’yinlar o’ziga tortdi. Quyida Forishda tiklangan xalq o’yinlarining yana biri haqida fikr yuritamiz. Qadimiy manbalar “duk” nomli jang musobaqa bo’lgan degan ma’lumotlar bor edi. Biroq u butunlay yo’qolib ketgan deyilardi. Biz uni topishga intildik.
Saksoninchi yillar o’rtalarida Forish tumani Qalish qishlog’ida unutilgan xalq odatlari va o’yinlarini yozib olib yurganimizda (o’tgan asrda tug’ilgan) Shamsiy bobo: “Biz yoshligimizda “kara-te”ga o’xshagan tepish o’yiniga tushib turar edik”, deb qoldi. Bu o’yinga qiziqib qolib, bu noyob topilma o’yin-olishuvni tiklashni iltimos qildik.
Darhaqiqat, “Duk” – tepish Sharq xalqlariga xos bo’lgan Yamon “Kara-te”si, Koreya “Taekvan-do”si, Xitoy “Ushu” olishuvlaridan qolishmas ekan. Bu o’yinni O’zbekiston 33
televideniyesi orqali ko’rsatilishi va “Xalq o’yinlari” bayramida ham namoyish qilinishi ko’pchilikni lol qoldirdi. Bizga bunday jon og’ritadigan o’yin-janglar kerak emas deydiganlar ham topilar. Balki, bu bir tomondan to’g’ridir. Hech bo’lmasa, odamlarni chiniqtiradigan, mardonavor qiladigan, o’zini va ojizlarni himoya qilishni o’rgatadigan o’yinlar bizning xalqimizda ham bo’lganligini bilib qo’yaylik. Qolaversa ularni tiklaylik.
Хorij tajribalari: Ma’lumki, xalq o’yinlari ko’proq kishilar an’anaviy hayot tarzida yashovchi chekka joylarda saqlanib qolgan edi. Ayniqsa, xalq o’yinlari Forish tumanining chekka tog’li joylarida yaxshi saqlanib qolgan ekan. Bu yerda 1985 yildan buyon ko’plab ishlar olib borildi. Shu sababli bo’lsa kerak, 1987-88 yillar Forish tadqiqotlari bir oz sustlashdi. “Qarama-qarshilik odamlarni chiniqtirdi”, deganlaridek bu davrda yo’qolayotgan xalq marosimini saqlash g’oyalari yanada sinaldi va kuchaydi.
Natijada, 1989 yil Forish tumanining o’nlab qishloqlarida uchyuzga yaqin o’yin yozib olindi va ularning kunlarini tiklash yo’llari izlana boshlandi. 1989 yil avvalo, Birlashgan qishlog’ida, so’ng tuman markazi Yangi qishloqda xalq o’yinlari bayramini o’tkazishga intilishlar bo’ldi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ozgina vaqtdan so’ng 1990 yil Sayyod va Birlashgan qishloqlariga teleekspedisiya uyushtirilib, uning natijalari televideniye orqali bir necha marta ko’rsatildi. Va nihoyat, 1991 yil O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Jizzax viloyat ijroiy qo’mitasi, Forish tuman rahbarlari yordamida ilk bor Jizzaxda xalq o’yinlariga bag’ishlangan ilmiy anjuman va Forishda xalq o’yinlari bayrami o’tkazildi. Forish xalq o’yinlari bayramining asosiy maqsadi unutilayotgan xalq o’yinlarini tiklash va targ’ib qilish edi.
Ilk bor Forishda bo’lib o’tgan “Xalq o’yinlari bayrami”ga mamlakatning turli joylaridan kelgan mutaxassis-olimlar qayta tiklangan o’zbek xalq o’yinlarining «shoxi» - «Uloq»-«Ko’pkari»ga taklif etildi. 1996 yil esa II Respublika “xalq o’yinlari” Olimpiyadasi ham Forishda bo’lib o’tdi. Anjumanlar 6 mayda qadimiy va navqiron Jizzax shahrida boshlanib, 7 may kuni go’zal va azaliy an’analarga boy Forish tumanida avjga chiqdi.
Har ikki yilda o’tadigan xalq o’yinlari anjumani 1998 yil “Alpomish” dostoni yaratilganining ming yilligiga bag’ishlanib, Termiz shahrida festival bo’lib o’tdi. Bu festival “Alpomish o’yinlari” deb nomlanadi. U ajdodlarimiz tarixida muhim o’rin tutgan Alpomishdek xalq qahramonlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan “Yoy otish”, “Kamondan otish”, “Nishonga urish”, “Olishish”, “Kurash” kabi o’yinlar – musobaqalardan tashkil topdi.
1999 yil – “Ayollar yili”ga bag’ishlanib, Jizzaxda “To’maris” qizlar o’yinlari festivali o’tkazildi. Agar To’maris jang maydonida – g’olib bo’lgan bo’lsa, bizning qizlarimiz sport maydonlarida g’olib bo’lishiga intilishdi. “To’maris” festivali – o’zbek xotin-qizlarini sport sohasidagi “uyqusi”dan uyg’otdi, desak xato qilmagan bo’lamiz. Bu festival xalqimiz orasida To’marisdek mard, jasur, kuchli, go’zal qizlar borligidan dalolat beradi. Farg’ona viloyatida 2000 yilda bo’lib o’tgan «Alpomish o’yinlari” – II festivali xalq o’yinlarining Yana bir pog’onaga ko’tarilganidan dalolat berdi. Festival tarkibiga kirgan (“Kurash”, “Qo’l kurashi”, “Tepa kurash”, “Mindi”, “Yoydan otish” kabi) musobaqalar bo’yicha sportchilarning tajribasi oshganligi va bu o’yinlarga qiziqishni oshganligi ham ma’lum bo’ldi. Bunday festivallar 2001 yil – Jizzaxda, 2002 yil – Buxoroda, 2003 yil – Andijonda, 2004 yil – Samarqandda bo’lib o’tdi va hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Aytish mumkinki, Ittifoqimizda o’tkazilgan xalq o’yinlari, bayramlari o’zbek ma’naviy va jismoniy madaniyati tarixida yangi va o’chmas sahifa bo’lib qoldi. Ilk bor Forishda o’tkazilgan “Xalq o’yinlari bayrami”da yongan “mash’al” respublikamizning ko’plab joylaridagi azaliy o’yin-tomosha an’analarini tiklashga imkoniyat yaratdi.
Agar 1990 yil “Xalq o’yinlari” bayrami ikki qishloq – Sayyod va Birlashganda o’tkazilgan bo’lsa, 1992 va 1993 yillar Jizzax viloyati darajasida – bu hudud barcha tumanlarining faol ishtirokida uyushtirildi. Bu yerda I Respublika “Xalq o’yinlari” Olimpiyadasi o’tkazilib, unda Vatanimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi vakillari qatnashdi.
Olimpiyadada azaliy xalq o’yinlari “Bo’ron”, “Chavandoz”, “Olib qochar”, “Cho’nqa shuvoq”, “Yelka kurashi”, “Qirq tosh”, “Mindi”, “Tortishmachoq” kabi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazilib, g’oliblar taqdirlandi.
Forish tumanining «Qizil pir” sayilgohida o’tgan I Respublika “Xalq o’yinlari” Olimpiyadasi dasturida: ochilish marosimi, tiklangan xalq o’yinlarining namoyishi, ko’rgazmali chiqishlar, ko’rik tanlovlar, Respublika viloyatlari g’oliblarining musobaqalari, g’oliblarni taqdirlash va hokazo tadbirlar o’z aksini topdi. Eng asosiysi, bu o’yinlarga xalqda katta ehtiyoj bor edi. Zero eng yaxshi xalq o’yinlari, oddiy, sodda, hamma o’ynay oladigan, qiziqarli, shu bilan birga kuchlilik, epchillik, mardlik, topqirlik, chidamlilik kabi qimmatli insoniy sifatlarni rivojlantirishga katta yordam beradi. Shu sababli xalq o’yinlarining tiklanishi zarur edi.

1.3. O’zbek milliy o’yinlarining xalqaro nufuzi.


O’zbekistonda tiklangan azaliy o’yinlar nafaqat mamlakat (Leningrad, Moskva, Maxachkala shaharlari)dan kelgan mutaxassislarni, balki dunyoni boshqa burchaklari – Amerika, Olmoniya, Turkiya, Eron, Yaponiya, Gollandiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni ham o’ziga maftun qilgan. 1996 yil Tayland poytaxti Bonkokda bo’lib o’tgan Butun dunyo xalq o’yinlari fetivalida O’zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o’zbek xalq o’yinlarining “jahon milliy o’yinlari” guldastasida o’zining munosib o’rin olishiga imkon yaratdi.
O’zbek xalqi hayotida kurash, uloq kabi xalqaro darajaga chiqadigan o’yinlar kam emas. Ularni chuqurroq o’rganishimiz va targ’ib qilishimiz zarur. Bu borada xalq o’yinlarining (ko’plab turlariga bag’ishlangan olimpiyada, festival, bayram)lar o’tkazish bilan bir qatorda, aniq bir turiga oid tuman, viloyat va respublika musobaqalarini o’tkazish lozim.

1.4. Milliy o’yinlarini sport amaliyotida qo’llash imkoniyatlari


Ma’lumki, yosh bolalarni sport bilan muntazam shug’ullantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi. Tanlov dasturining talablari bolani bo’yi, og’irligi, gavdasini tuzilishi – qomati kabi belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari, tanlov, psixologik va jismoniy qobiliyatlarni baholovchi sinov vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sinov natijalari u yoki bu sport turiga mos kelsa, bola shu sport turiga shu sport bilan shug’ullanishga qabul qilinishi maqsadga muvofiq deb topiladi. Bu masalaga to’g’ri yondoshish demakdir.
Afsuski, kuzatish natijalariga ko’ra va tanlov dasturida, na tanlab olingan bolani boshlang’ich sport tayyorgarligi davrida xalq o’yinlari yoki ularni mazmunan shakllangan tarkibiy qismini sport amaliyotida qo’llash mumkinmi?
- Ha, - deb javob bersak yanglishmagan bo’lamiz. Buni quyidagi misolda ko’rish mumkin. Bolani sport malakasiga o’rgatishda, mazkur malakani texnik nuqtai nazaridan klassik namunasi, ya’ni nusxasi namoyish etiladi. Bolalardan ana shu nusxani o’xshatib bajarishni talab qilinadi. Lekin bunday talab texnik mahoratni ko’chirma shaklida takomillashishiga olib kelishi mumkin, jumladan o’ziga xos shaxsiy texnik mahorat shakllanmasligi ehtimoldan xoli emas. Shu o’rinda: “Texnika” o’zi nima, u qanday ma’noni bildiradi? – degan savol tug’iladi. Bu savolning javobi tafsil qilinayotgan masalaga to’g’ri yondoshishga yordam beradi deb o’ylaymiz.
“Texnika” atamasi aslida yunoncha (texnus) so’zi bo’lib, o’zbek tilida “san’at” ma’nosini anglatadi. Miloddan avval 776 yildan boshlab har 4 yilda Olimp tog’ida xudo Zevs sharafiga o’tkazilgan umumyunon bayrami musobaqalarida ishtirokchilar 2 g’ildirakli aravada tez yurish, mushtlashish, beshkurash sport turlari bo’yicha o’z san’atlarini namoyish etishgan. Demak, sport ham o’ziga xos qoidalari asosida bajariladigan san’atdir.
Sport malakalalri faqat muntazam ravishda, maqsadga muvofiq takomillashtirilib borilsagina san’atga aylanadi. Mashg’ulotlarda harakat malakalariga yangi texnik uslublarni kashf etish shaxsiy texnik mahoratni oshishiga olib keladi, g’alaba sari yetaklaydi. Texnik tomondan yangi harakat uslublari ko’proq vaziyatli o’yinlarda sportchi yoki o’yinlar tomonidan kashf etiladi. Masalan: voleybolda yaponcha usulda to’pni o’yinga kiritish yoki yapon voleybolchisi Morita kashf etgan, hujumda qo’llaniladigan harakat finti. Yengil atletikada: “Flos-beri Flop” o’zining balandlikka sakrash usulini kashf etib, uni butun jahonga tanitdi.
Demak, mashg’ulotlarda bo’lajak sportchilardan bajariladigan bir yoki bir necha harakat malakalarini nusxasini talab etmasdan ma’lum darajada ijodiy harakat ekanligini yaratadigan imkoniyat, vaziyat tug’dirish kerak.
Shuni aytish muddaoki, ijodiy harakat erkinligi ayniqsa xalq o’yinlarida, jumladan milliy sport turlarida, harakatli o’yinlar jarayonida o’z aksini topadi. Bunday o’yinlar o’z mazmuni va o’yin harakatlarini bajarish shartiga qarab bo’lajak sportchiga zarur bo’lgan, ya’ni vaziyatga munosib malakalarni rivojlantirishga yoki harakatni yangi uslublarini kashf etishga imkon tug’dirib beradi. Jismoniy sifatlarni, maxsus texnik malakalarni takomillashtirishda qo’llaniladigan jismoniy mashqlar ko’pincha bolalar organizmiga keskinroq va “chuqurroq” ta’sir qilishi mumkin, natijada charchash holati tezroq vujudga keladi.
Bu borada xalq o’yinlari va umuman harakatli o’yinlar bolalarni charchashdan chalg’ituvchi tarbiyaviy va ijtimoiy mazmunga ega bo’lgani uchun organizmga ancha yengliroq ta’sir etadi. Shunday ekan, bu o’yinlar tanlab olgan sport turiga xos maxsus malakalarni takomillashtirishga juda qo’l keladi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda esa, ayniqsa yosh bolalarda o’zbek xalq o’yinlarini ahamiyati cheksizdir. Chunki standart jismoniy mashqlarni qayta-qayta bajarish bola organizmida tezda charchash holatlarini vujudga keltiradi. Bu holat bolani ruhiyatiga ta’sir etish natijasida ro’yobga keladi.
Milliy harakatli o’yinlarni mashg’ulotlar davomida qo’llash bolalarda katta qiziqish uyg’otadi, ularning kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu holatlar esa organizmda charchash asoratlarini ertaroq vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi, zo’riqish holatlarini oldini oladi.

Jismoniy tarbiya o’qituvchisi harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutishi lozim:


O’qituvchilarning jismoniy jihatdan normal o’sishlariga, salomatliklarining yaxshilanishiga, chiniqishlariga, organizmlarining va umumiy ish qobiliyatlarining o’sishiga yordam berish.
O’quvchilarga harakar faoliyatining xilma-xil sharoitlarida erkin harakat qila olish imkonini beradigan zaruriy bilimlar berish va ularda kerakli harakat malakalari hosil qilish.
O’quvchilarda turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlar tarbiyalash.
O’quvchilarda turli o’yinlarga, jismoniy mashqlarga, shuningdek, rejimga rioya qilishga qiziqish uyg’otish.
O’quvchilarda harakatli o’yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o’tkazish uchun zaruriy bilim va malakalar hosil qilish.
O’qitish jarayonida bunday vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarda ahloq normalarining tarkib topishi, shuningdek, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarining ham bajarilishiga erishish lozim.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda o’qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi roli juda mas’uliyatlidir.
O’yinni o’rgatish jarayoni shunday uyushtirilishi kerakki, unda bolalarga o’zaro o’rtoqlarcha munosabatda bo’lish, vatanparvarlik, ijtimoiy foydali mehnatga to’gri munosabatda bo’lish tuyg’ulari singdirilsin.
O’yinni to’g’ri tanlash va o’quvchilar bilan uni to’g’ri o’tkazish juda muhim ahamiyatga egadir. Ammo o’yinni tanlash va o’tkazishning o’zi hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni hal qilavermaydi. Tarbiyaviy ish sohasida yaxshi natijaga erishish uchun o’qitish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish zarur.
Bunda harakatli o’yinlar tashkil qilinishi va o’tkazilishining doimo tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi juda muhimdir. O’yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilgan, har o’tkaziladigan o’yinning mazmun va qoidalari bilan mufassal tanishgan, o’qitish jarayonida esa yuksak pedagoglik mahoratni namoyish qila olgan taqdirdagina har bir o’yinni ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan to’g’ri yo’lga qo’yishi mumkin.
Bolalar o’yin jarayonida o’z xarakterlari va shaxsiy xususiyatlarini namoyish qiladilar. Bu o’qituvchi uchun bolalarning turli xislatlari bilan tanishish hamda ularning uyushqoqsizlik, o’ta ta’sirchanlik, o’yin qoidalarini buzish kabi salbiy xislatlarining o’z vaqtida oldini olish imkonini beradi. Bu bilan o’qituvchi o’yinni muayyan yo’lga solib, o’quvchilarda sofdillik, mardlik, o’zaro o’rtoqlik munosabatida bo’lish hamda jamoa oldida o’z burchini sezish tuyg’ularini tarbiyalaydi. Shu bilan birga, o’qituvchi bolalarning o’yin qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko’rsatishlariga har jihatdan yordam beradi. Ba’zan o’qituvchi o’z oldiga hal qilinishi qiyinroq bo’lgan vazifani, masalan, o’quvchilarga basketbol va boshqa o’yinlardagidek to’pni uzatish va ilib olish, savatga tashlash, yerga urib-urib to’gridan va yo’nalishni o’zgartirib olib yurishni o’rgatish vazifasini qo’yishi mumkin.
Demak, bolalar uchun harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish jarayoni tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi kerak.
Harakatli o’yinlarni o’rgatish metodikasi qanday bo’lishi lozim? Bunda o’yin rahbari nimalarga e’tibor berishi kerak?
O’qituvchi o’yinlarni o’rgatish jarayonida didaktik prinsiplardan fotdalanishi va ularning doimo amalga oshirilishiga erishishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga har bir o’yinni o’rgatish paytida o’yinning mazmuni, vazifalari va qoidalarini tushuntirib beradi. O’yinga ongli munosabatda bo’lish, uni to’g’ri o’rganib olish, o’z xatolari va muvaffaqiyatlarini to’g’ri tushunish va o’zining harakatlarini o’rtoqlarining harakatlariga bog’lab tahlil qilish imkonini beradi. O’yin yoki ayrim mashqlarni o’rganishda o’qituvchiga ko’r-ko’rona taqlid qilaverish yaramaydi. O’qituvchi tomonidan o’rgatiladigan va o’quvchilar tomonidan tushunib qilinadigan harakatlar bolalarda tashkilotchilik ko’nikmalarini tarbiyalashga yordam berishi kerak. Bunga o’yinni o’tkazish uchun o’quvchilardan hakamlar va hakam yordamchilari tayinlash yo’li bilan erishiladi. O’qituvchi bolalarga o’ynatiladigan o’yinlar biror maqsadga erishishda muayyan qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lishi uchun o’yin jarayonida bajariladigan har bir vazifaning amalgam oshirilishiga erishishi va to’siqlarning qanday yengilayotganiga qarab, ularni murakkablashtirib borishi zarur. Bu bolalarni mehnatsevarlikka o’rgatadi, ularning irodasini mustahkamlaydi.
O’qituvchi o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida o’yinning konkret vazifalarini belgilab chiqadi. Bu vazifalar bolalarning yoshiga to’g’ri keladigan, ya’ni ular bajara oladigan bo’lishi kerak.
O’yinni tashkil qilish va o’tkazishda o’quvchilarni imkon boricha tashabbus ko’rsatib o’ynaydigan o’yinlarda tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo’lgan aktiv kishilar tarbiyalanadi. Belgilangan maqsadga erishish uchun o’rtog’iga yordam berish, mustaqil ravishda yoki o’rtoqlari bilan birgalikda darhol qaror qabul qilish – ijodiy tashabbuskorlikdir. Agar bolalar o’yinni ilgariroq o’zlashtirib olgan bo’lsalar, o’yin paytida ularning aktivligi yanada ortishi mumkin. O’yin paytida bolalarning aktivlik ko’rsatishi o’qituvchining bu o’yinni o’tkazishga qanchalik tayyorlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. O’qituvchi o’yinni aniq va ravshan tasavvur qilishi, o’yin paytida o’ynovchilar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatni tushunishi lozim.
O’yin rahbari keyinchalik bolalarning o’yinni o’zlashtirishlariga qarab, ularga sardorlik, hakamlik qilish ishlarini topshirishi va bolalar o’yinga uyushqoqlik bilan qatnashadigan bo’lganlaridan keyin ular orasidan o’ziga yordamchilar tayinlashi kerak. Shunda ham bolalar o’yinini rahbarning o’zi kuzatib turmog’i lozim. O’yinni obrazli qilib tushuntirish eng muhim momentlardan biridir. Bu ayniqsa syujetli o’yinlarni gapirib berishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’yin qatnashchilarining o’z rollarini to’g’ri bajarishlariga yordam beradi. O’yin rahbari o’yin mazmunining yaxshi o’zlashtirilishi uchun og’zaki tushuntirishni ko’rsatish bilan, ya’ni o’yindagi ayrim harakatlarni o’zi bajarib ko’rsatishi bilan mustahkamlanishi lozim. Shuni unutmaslik kerakki, o’qituvchi o’yinni tushuntirishida va harakatlarni bajarib ko’rsatishida, ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanishida o’yinning konkret vazifalarini nazarda tutishi zarur. Masalan, bolalarga yangi o’yin o’rgatish, shu o’yin texnikasining ayrim elementlarini majbriy ravishda qayta ko’rsatish vaqtlarida o’yinning konkret vazifalarini nazarda tutish kerak. O’yinlarni rejalashtirishda ularning mazmuni va ular o’rtasida bir-biriga bog’liqlikni nazarda tutish, muayyan yoshdagi o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalariga asoslanish kerak. Masalan, yangi orttirilayotgan bilim va malakalar ilgarigilari bilan bog’lab borilishi, ilgari orttirilgan bilim va malakalar esa yangilari bilan mustahkamlanib borilishi lozim. Oldingi mashg’ulotlarda to’pni uzatish, ilib olish, o’ynatib olib yurish va savatga tashlash texnikasining asosiy elemenlari o’rganilgan deylik. Mana shu bilim va malakalarni mustahkamlash maqsadida “To’p kapitanga” o’yinini yoki uch variantli “To’p o’yinlari”ni tavsiya etish mumkin. Qatnashuvchilarning o’sish va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos keladigan o’yinlarni tanlash va o’tkazish lozim. Har bir o’yinning o’ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo’ladi. Ammo shunday o’yinni tanlab olish kerakki, undagi qiyinchiliklarni o’quvchilar muayyan darajada kuch sarflab yenga olsinlar.
To’siq yoki qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli ravishda kuch sarflashni talab qilmaydigan o’yin bolalarda hech qanday qiziqish uyg’otmaydi. Tanlangan o’yin bolalarning qo’lidan keladigan bo’lishi kerak. Bu bolalarni o’z kuchlariga ishonadigan qilib tarbiyalashda juda muhim ahamiyatga egadir.
Juda yengil yoki, aksuncha, haddan tashqari og’ir o’uinlar qiziqarli o’tmaydi. O’qituvchi o’yinlarni o’rgatishda oddiylaridan boshlab, asta-sekin murakkablariga o’tishi lozim. Tashkil qilinishi jihatidan soda bo’lgan va komandalarga bo’linmay o’ynaladigan o’yinlar oddiy o’yinlar qatoriga kiritiladi. Bunday o’yinlarning Qoidalari juda oson bo’ladi. Bab-baravar jamoalarga bo’linib o’ynaladigan o’yinlar bir oz murakkab va eng murakkab o’yinlar jumlasiga kiritiladi. Bunday o’yinlarning qoidalari boshqa o’yinlarning qoidalariga qaraganda qiyinroq bo’ladi. O’qituvchi hamma vaqt yengil o’yinlardan murakkab o’yinlarga, tanish o’yinlardan notanish o’yinlarga o’tishni nazarda tutishi kerak. Bunday qilish bolalarni o’yinga qiziqtirishga yordam beradi. Yangidan o’rganiladigan o’yinlar harakatlarining turi jihatidan tanish o’yinlarga o’xshash bo’lishi lozim. Ammo bunday o’yinlarga hali bolalarga noma’lum bo’lgan qoidalar va ba’zi bir harakatlar kiritiladi. Masalan, aytaylik, o’quvchilar “Epchil bolalar” o’yinini biladilar, demak, endi ularga “Ikki yaxob” o’yinini o’rgatish mumkin. Bu har ikkala o’yin o’zining strukturasi jihatidan ham, harakatlari jihatidan ham bir-biriga ancha o’xshashdir, lekin ikkinchi o’yinning qoidalari birinchisinikiga qaraganda birmuncha murakkablashtirilgandir.
Shunday qilib, o’yinlar asta-sekin murakkablashib boradi, yangi-yangi o’yinlar o’rganiladi. Bu esa bolalarda yangi harakat ko’nikmalarini hosil qilishga va ilgari o’rganilgan texnika elementlarini takomillashtirishga yordam beradi, harakat ko’nikmalarining, shuningdek, o’yinda ilgari orttirilgan bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishmoq uchun materiallarni muntazam ravishda takrorolab va mustahkamlab boorish zarur. Ammo bundan bir xil o’yinlarni muntazam ravishda takrorlab boorish lozim, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bunda rahbar mazmuni jihatidan har xil bo’lgan o’yinlarning ma’lum bir qismini qaytarishni nazarda tutishi va o’quvchilarning o’yinlarni yaxshilab o’zlashtirib olishlariga erishuvi kerak. O’qituvchi bolalar o’yinini muntazam ravishda tekshirib borishi lozim. Bunday qilish o’yin qatnashchilarining kamchiliklari va yo’l qo’ygan xatolarini aniqlashga hamda bu kamchilik va xatolarni puxta o’zlashtirib olishlari, ularga bu o’yinlardan lagerlarda va boshqa yerlarda mustaqil ravishda foydalanish imkonini beradi.

4.2O’yin rahbarlariga qo’yiladigan talablar.


O’qituvchining o’yinga tayyorlanishi
O’yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o’yin muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. O’qituvchi o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan qiladigan ishlaridan o’yinga qatnashuvchilarning tarkibini, ularning yosh xususiyatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib, dars oldiga qo’yiladigan asosiy vazifalarni aniqlab chiqishi zarur. Ba’zan shunday bo’lishi ham mumkinki, yaxshi o’yin tanlanadi-yu, lekin u yomon o’tkaziladi. Bunday hollar tanlangan o’yinning o’ynovchilarning qiziqish-havaslariga mos kelmaganligi natijasida ro’y beradi va shuning uchun ham tarbiyaviy vazifalarni hal qila olmaydi.
O’qituvchi o’yinni tanlagan paytda mashg’ulotning qanday shaklda o’tkazilishini (agar mashg’ulot dars tarzida o’tkazilsa, o’yin darsning birinchi, ikkinchi yoki yakunlovchi qismida, tanaffus vaqtida va hokazolarda olib borilishini) bilishi kerak. O’yin o’tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha, koridor va hokazo) hisobga olinishi lozim. O’yinni tanlash paytida ob-havo va havo harorati hisobga olinishi darkor. Agar o’yin qish paytida o’tkaziladigan bo’lsa, o’quvchilarni aktivlashtiradigan va jismoniy yuklamani bir tekisda taqsimlaydigan harakatliroq o’yinlarni tanlash kerak.

4.3 O’yinni o’tkazish shart-sharoitlari


Avvalo zaruriy asbob-uskunalar bo’lishi kerak. Masalan: diametri 8 smli arqondan, jundan, lattadan, rezinadan asalgan koptokchalar (rezinadan yasalgan koptokchalar yuqori haroratda taranglik holatini yo’qotadigan bo’lganligi uchun ularni salqin joyda saqlash kerak), voleybol va basketbol to’plari, irg’itish uchun uzunligi 1 mli tayoqlar, arqon, belbog’lar, bayroqchalar, kigizlar, taxtachalar, bolg’a, aptechka va boshqalar bo’lishi lozim. Ko’z og’rig’i kasaliga duchor bo’lmaslik uchun har bir o’quvchining o’z ko’z bog’lagichi bo’lishi kerak.
O’yin o’tkaziladigan maydoncha tekis bo’lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, doimo ozoda tutilishi lozim.
Mashg’ulot o’tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo’lmasligi kerak. Chunki ulat xayolni bo’ladilar va kishini o’yindan chalg’itib, ortiqcha harakatlar qilishga majbur etadilar.
Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash kerak, bundan tashqari, maydonchadagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur.
O’yinlar quyidagi gigiyena talablariga rioya qilingan holda o’tkazilishi lozim:
o’yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlarni qiyinlash-tirmaydigan, yengil bo’lishi kerak;
yozda o’yindan so’ng cho’milish darkor;
o’yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
O’yinlarni suvda mashq qilish paytida o’ynovchilarning ko’karib va qaltirab ketmasliklari uchun bo’linadigan vaqt cheklab qo’yilishi lozim.

4.4 Yordamchilar tayinlash


O’qituvchi o’yin qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalarni hisobga olib boorish uchun, shuningdek, asbob-uskunalarni tarqatish va asboblarni o’rnatish uchun o’ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi – o’yinning bo’lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o’yinlarga xolisona munosabatda bo’lishga odatlanishi kerak. Keng joylarda o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazishda shu o’yinlarda anchagina tajriba orttirgan o’quvchilarni o’qituvchiga yordamchi qilib tayinlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Sog’lig’i yaxshi bo’lmagan va jismoniy tarbiya darsidan vaqtincha ozod etilgan o’quvchilarni oyinda holi yetganicha qatnashtirish maqsadida ham yordamchi qilib tayinlash mumkin, ba’zan uncha intizomli bo’lmagan yoki haddan tashqari aktiv bolalarning hulqini yaxshilash maqsadida ularni ham o’qituvchiga yordamchi qilib tayinlaydilar.
O’yinni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun qatnashchilarga uning mazmunini iloji boricha qisqa va aniq qilib so’zlab berish kerak. O’yin mazmunining hikoyasi ifodali, bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan bo’lishi lozim. Uzundan uzoq va bir ohangda so’zlash bolalarni zeriktiradi va o’yinga bo’lgan qiziqishlarini pasaytiradi.
O’yin quyidagi reja asosida tushuntirilishi lozim:
o’yinning nomi;
o’yinga tayyorlanish;
o’yin tasviri;
o’yin qoidalari;
metodik ko’rsatmalar.
O’qituvchi o’ynovchilarda zaruriy kayfiyat yaratishi, muayyan o’yinga nisbatan qiziqish uyg’otishi va ularni mustaqil o’ynay olishga o’rgatishi lozim. Har bir o’yinni oxirigacha, to’liq o’zlashtirilgungacha davom ettirish kerak. Bir o’yinni ikkinchisi bilan tez-tez almashtirib turish ham yaramaydi. Ammo bundan o’yinni qatnashchilar zerikkunlariga qadar davom ettirish lozim, degan ma’no kelib chiqmaydi.
O’yinni bolalarning charchashlarini kutmasdan, ularga qanchalik ta’sir etayotganligiga qarab tamomlash lozim. O’yinning qancha vaqt davom etishi o’ynovchilarning soniga va yoshiga, o’yinning xarakteri va sur’atiga, texnik uskunalarning (abob-anjomlarning) miqdoriga, ob-havo va boshqa belgilarga bog’liq bo’ladi.
O’ynovchilarning emotsional holatlariga qarab o’yinning borishini tartibga solish va boshqarish, uning maqsadini, qoidalarining ma’nosi va ahamiyatini bilsih kerak. O’quvchilarning o’yin qoidalariga rioya qilishi kerakli doimo o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim. Chunki o’yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O’qituvchi odil hakamlik namunasini ko’rsatishi, o’ynovchilarning xatolarini shoshilmasdan va ob’ektivlik bilan qayd qilib o’tishi va har bir o’yinchini umumiy qoidalarga bo’ysunishga majbur qilishi kerak. Barcha o’yinchilar uchun, ayniqsa guruhli o’yinlarda, sharoitning bir xil bo’lishini sezgirlik bilan kuzatib boorish zarur. Har bir bolaga o’yindagi bosh rolda o’z uquvi va bilimlarini aniqlash uchun imkon berish maqsadida onaboshilarning navbatini belgilab qo’yish tavsiya etiladi. O’yinning bajarilishini ta’minlaydigan eng muhim shart – bu intizom va ana shu nizomning qat’iy o’rnatilishi hamda unga og’ishmay amal qilinishidir. Bu esa asosan o’qituvchiga bog’liq bo’ladi.

4.5 O’yinga rahbarlik qilish


O’yinning o’rganilishi va o’yin paytida bolalarning o’zlarini qanday tutishlari ko’p jihatdan rahbarga bog’liq bo’ladi. O’yin shartli signal (komanda berish, hushtak chalish, qarsak chalish, qo’l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O’qituvchi barcha o’yinchilarning o’yin mazmunini tushunib olganliklariga va qulayroq yerga joylashganliklariga qanoat hosil qilgandan keyin signal beradi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qo’yilgan bo’lishi, o’yin uchun zaruriy qo’llanmalar esa o’yin qoidalariga muvofiq ravishda oldindan bo’lib berilgan va joy-joyiga qo’yilgan bo’lishi lozim. Rahbar o’yin boshlanishi bilanoq, o’yinning borishi va ayrim o’ynovchilarning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatadi hamda o’yinning to’g’ri borishi uchun o’ynovchilarning harakatlarini boshqarib boradi. Bundan tashqari, o’yin davomida ayrim qoida va usullarni qo’shimcha ravishda tushuntiradi. Yuzatish va mulohazalarni shunday aytish kerakki, ular o’yinning borishiga xalaqit bermasin, ya’ni uni to’xtatib qo’ymasin. Agar o’ynovchilarning ko’pchiligi bir xil xatoga yo’l qoyayotgan bo’lsa, tegishli tuzatish kiritish yoki qoidalarning qanday bajarilishini ko’rsatib berish maqsadida o’yinni to’xtatish mumkin. O’yinni baqirish yoki keskin komanda berish yo’li bilan to’xtatish yaramaydi. Bolalarni (katta yoshdagi bolalarni) “Diqqat!” degan shartli signal berish yoki hushtak chalish bilan to’xtashga o’rgatish lozim.
O’qituvchi bolalarda o’yin qoidalarini ongli ravishda va aniq bajarish odatini tarbiyalashi kerak. Bunday odat bolalarni intizomli qilishda katta ahamiyatga ega bo’lib, u kishida o’z burchini sezish va o’z hatti-harakati uchun javobgarlik hissini tarbiyalash hamda o’zini tuta bilish va matonatlilikni o’stirishga yordam beradi.
O’qituvchining vazifasi – o’ynovchilardan o’yin qoidalarining aniq bajarilishini talab qilishdir. Ammo u bolalar o’yinni yomon o’zlashtirayotgan paytlarida ortiqcha bachkanalik qilmasligi kerak.
O’ynovchilar tomonidan qilinadigan qo’polliklarning oldini olishga alohida e’tibor berish lozim. Qo’pollik qilgan o’yinchini albatta jazolash kerak. Bunday hollarda ba’zi bir ta’sir etish choralarini – vaqtincha o’yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolar berish va shu singari choralarni qo’llashga yo’l qo’yiladi. O’yinga shunday rahbarlik qilish kerakki, o’yinchilar faqat o’yin natijalarigagina qiziqmasinlar, o’yin jarayonining o’zidan ular rohatlansinlar.
Ayniqsa uncha aktiv bo’lmagan o’yinchilarning tashabbusini qo’llab-quvvatlash, ularni rag’batlantirish va bu bilan ularda o’z kuchlariga ishonch orttirish tavsiya etiladi.
O’ynovchilar o’rtasida o’zaro o’rtoqlarcha to’g’ri munosabat o’rnatishga harakat qilish, g’oilblarning kekkayib ketishlari va o’tqazganlarning o’yinga bo’lgan qiziqishlarining susayishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
O’ynovchilar o’yinni yaxshilab o’zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish lozim. Shuni unutmaslik kerakki, o’yinchilar o’yindan qanchalik ko’proq mamnun bo’lsalar, uni shunchalik yaxshiroq esda saqlab qoladilar.

4.6 O’yindagi intizom


O’yindagi intizomlilik deb, o’yinchining barcha o’yin qoidalarini, o’z zimmasiga yuklatilgan hamma vazifalarni ongli va vijdonan bajarishidan iborat bo’lgan hulqiga aytamiz. Bunday o’yinchi maqsadga erishish uchun o’z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi.
Ongli intizom o’yinning yaxshiroq o’zlashtirilishiga, o’yinchilar kayfiyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg’ulotlar yanada qiziqarliroq bo’lib qoladi.
O’quvchilarni o’yinda o’z hatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo’lish, bir-biriga o’rtoqlik yordami berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan o’yin mazmunini yetarli darajada yaxshi anglab olmasdan, o’zlari uchun tushunarsiz bo’lgan qoidalarni buzadilar, o’zaro bahslashadilar, taktik jihatdan xatoliklarga yo’l qo’yadilar va bir-birlariga qo’pollik qiladilar. Rahbar esa bu xatoni yana bir marta o’yinni tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin.
Bolalarning o’yin paytidagi intizomi ko’p jihatdan o’yinga to’g’ri rahbarlik qilishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham intizom buzilganda o’qituvchi intizom buzilishiga sababchi bo’lgan xatolarni qidirishi lozim.

4.7 Hakamlik qilish


Har bir o’yin ob’ektiv va odilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar o’yin qoidalarining bajarilishini diqqat bilan va jiddiy ravishda kuzatilmasa, o’yin o’zining ta’lim-tarbiyaviy qiymatini yo’qotadi. Hakamlik rolini ko’pincha o’yin rahbarining o’zi bajaradi. Ammo bu rolni o’ynovchilardan birortasi (bolalarning o’zlari saylagan yoki o’qituvchi navbat bilan tayinlagan o’ynovchi) bajargani ma’qulroq bo’ladi. Bunday qilish bolalarda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Agar o’yinga bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o’zining fikr va mulohazalarini o’ynovchilarga shu hakamlik vazifasini bajarayotgan o’yinchi orqali aytadi.
Rahbar-hakam o’yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir o’yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o’yinning natijasiga ob’ektiv baho berish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o’ynovchilar ishonmay va u bilan hisoblashmay qo’yadilar. Bunday hakamning obro’si qolmaydi.
Rahbar-hakam jamoalarning kuchi va o’yinchilarining soni jihatidan teng bo’lishini, shuningdek, qatnashchilar uchun bir xil sharoit yaratilishini (o’ynaladigan joy, asbob-uskunalar va boshqalar jihatidan) kuzatib borishi kerak.
Hakam o’yinda qo’polliklar bo’lishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Agar hakam o’yin usullarining to’g’ri bajarilishini kuzatib tursa, u vaqtda butun o’yin texnikani yakomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga qaratilgan bo’ladi. Hakam o’yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarda kelgusida zarur bo’ladigan xislat va malakalarni takomillashtirish va mustahkamlashga yordam berishi kerak.

4.8 O’yinda qilinadigan harakatlarni muayyan me’yorda olib borish


O’yinda qilinadigan harakatlarni to’g’ri belgilash o’qituvchining muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi.O’yinni o’tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning xarakteri va o’ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish lozim. Agar o’yinchi o’tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning xarakteri va o’ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish lozim. Agar o’yin jismoniy yoki aqliy jihatdan ko’p kuch sarflashni talab etadigan darslardan keyin (nazorat ish yozish darsi yoki boshqa mashg’ulotlardan so’ng) o’tkaziladigan bo’lsa, o’ynovchilarni kamroq yoki o’rtacharoq harakatlanishga majbur etadigan o’yinlarni tanlash kerak.
Mashg’ulot paytida o’yinlarning tezligi – umumiy harakatchanligini hisobga olib, ularni bir-biri bilan almashtirib turish lozim. Masalan, hamma o’ynovchilar bir vaqtda yuguradigan o’yindan keyin navbati bilan to’p irg’itadigan o’yinni o’tkazish foydalidir. O’yin sur’atini susaytirish, ya’ni o’yindagi harakat tezligini kamaytirish o’yinda qilinadigan harakatlarni muayyan me’yorda olib borish usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’yinda bolalar jismoniy mashqlarni bajarish paytida juda hayajonlanib ketadilar. Shuning uchun o’qituvchi o’ynovchilarning kayfiyatiga qarab ish tutmasligi kerak. U o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini ham hisobga olishga majburdir. O’qituvchi onaboshilarning ahvoli va harakatini alohida kuzatib borishi zarur. Shifokorning har bir o’quvchiga oid ma’lumotlarini ham unutmaslik lozim. Qilinadigan harakatlarni muayyan me’yorda olib boorish o’yin o’tkaziladigan turli sharoitlarni hisobga olib, o’yin o’tkazish metodikasi bilan belgilanadi.
O’yinni tamomlash
O’yinni cho’zib yuborish mumkin bo’lmaganligi singari uni belgilangan vaqtdan oldin tamomlash ham yaramaydi. Rahbar o’yinni bolalar bir necha marta qaytarganlaridan keyin yoki o’yin boshlanganidan so’ng ma’lum vaqt o’tganidan keyin to’xtatishi kerak.
O’yin natijalariga yakun yasash zo’r tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O’qituvchi o’yin tugagandan so’ng ayrim o’yinchilarning harakatlariga va umumiy o’tkazilgan o’yinga baho berib, o’yin natijalariga yakun yasaydi. Yaxshi o’ynagan va o’yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni alohida ko’rsatib o’tish zarur. O’yinni tahlil qilish o’yin qoidalarining yaxshiroq o’zlashtirilishiga va o’yin jarayonida paydo bo’lgan kelishmovchiliklarni xal qilishga yordam beradi, shuningdek, o’qituvchiga bolalar o’yinni qanchalik o’zlashtirganligi, ularga nima ma’qul tushganligini va kelgusida qaysi momentlar ustida sihlash kerakligini aniqlash imkonini beradi. Harakatli o’yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish foydaliroq bo’ladi. O’qituvchi bu daftarchadagi o’yinchilar ustida olib brogan kuzatishlarini yozib boradi va shu yozuvlar orqali o’z xatolari va muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu esa o’yinlarni o’rgatish metodikasini yaxshilash va uni turlicha sharoitlarga qarab o’zgartirish imkonini beradi. Erishilgan natijalarni ob’ektiv ravishda hisobga olish uchun kuntazam ravishda yozib borilishi lozim bo’lgan shifokor va o’qituvchilar nazoratining ma’lumotlari kerak bo’ladi.

Tayanch so’zlar.


Kamondan otish, Nishonga urish, Alpomish o’yinlari, Festival, Kurash, To’maris, Xalq o’yinlari, Zevs.

O’z-o’zini nazorat qilish savollari.


Milliy harakatli o’yinlarga qaysi o’yinlar kiradi?
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlar o’rni?
“Alpomish o’yinlari” deb nomlangan festivalda qanday o’yinlar o’ynaladi.
“Texnika” atamasining ma’nosi nima?

10-Mavzu: Quvnoq startlar musobaqasida hakamlik va ularning vazifalari


Reja:

Quvnoq startlar musobaqasining qoidalari


Hakamlar va ularning vazifalari

Milliy harakatli o’yinlarni maktabda, darsda, sinfdan tashqari o’quv – sport va bolalar bilan ommaviy – sport ishlarini tashkil qilishda harakatli o’yin juda katta o’rinni egallaydi.


Jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturida barcha sinflarda jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinalrni o’tkazish mo’ljallangan.
Darsda harakatli o’yinlarni boshqa jismoniy tarbiya vositalari – gimnastika, engil atletika, sport o’yinlari, kroos tayyorgarligi bilan birga qo’shib olib boriladi.
O’yinlar darslar o’rtasidagi va uzaytirilgan tanaffuslarda, maktabda o’taziladigan bayramlarda va boshqa tadbirlarda ham qo’llanilishi o’yinlar sport sekstiyalarida umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirishda, shuningdek u yoki boshqa sport turlari uchun zarur bo’lgan jismoniy sifat va harakat malakalarini takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda sinf rahbarlari tomonidan maxsus o’tkaziladigan « o’yin vositalari» katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, uning vazifasi - bolalarni jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan, faol dam olishni bermoo’dir.
Maktab o’qituvchilari bolalarni kundalik hayotida yaxshi o’yinlarni joriy qilishga harakat qiladi va uni maktabdan tashqari tashkilotlarda tajribalarni ommalashuviga (pioner lagerlarida, bolalar maydonchasida va b. o’.) yordam beradi.
O’yinni mazmuni, tashkil etish va uning o’tkazish metodikasi mazmuni vazifasiga, shug’ullanuvchilarni tartibiga, bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotni shakliga (darsda, tanaffusda, sekstiyada, bayramlarda) bog’liqdir.
DARSDA O’TKAZILADIGAN O’YINLAR
Jismoniy tarbiya o’yinlarida harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyani boshqa vositalari o’rtasida katta o’rinni egallaydi, ayniqsa kichik sinflarda. O’rta va xususan katta sinflarda harakatli o’yinalr asosiy joyini gimnastikaga bo’shatib beradi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar I-XI sinf o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi.
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
Yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa harakatni tabbiy malakalarini mustaxkamlash va takomillashtirishda, shuningdek gimnastika, engil atletika, sport o’yinlari va kross tayyorgarligi mashg’ulotlarida egallagan malakalaridir.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar tegishli:
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash (tezlikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, kuchni, egiluvchanlikni) jamoatchilikni rostgo’ylikni va boshqa ahloqiy, shuningdek va irodaviy sifatlarini tarbiyalash kiradi.
Sog’lomlashtirish vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalar organizmini normal shakllantirish va rivojlantirishga yordam berish, uni salomatligini mustahkamlashdan iborat.
O’yinni tanlash o’qituvchini dars oldidan qo’yilgan pedagogik vazifasiga bog’liq bo’ladi.
Masalan, agarda darsni vazifasi - kichik maktab yoshidagi bolalarda, yugurub kelib uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirish qo’yilgan bo’lsa, unda «Bo’ri zovurda» o’yinidan foydalanilsa bo’ladi. Ko’krakdan koptokni otish va uni yuqoridan ikki qo’llab olish malakasini mustaxkamlash vazifasini xal etish uchun «To’pni uzatdingmi - o’tir» yoki «Qarama - qarshi» estafeta o’yinidan foydalanish mumukin.
Talimiy vazifani xal etishda bir vaqtni o’zida jismoniy sifatni takomillashtirish, jamoada o’quvchilarni jismoniy rivojlanishiga tasir etishini ham nazarda to’tiladi.
Tarbiyaviy va ta’limiy vazifa bir – biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Xuddi shunday, masalan, o’yinda balandlikka sakrash malakasini takomillashtrishda o’quvchilarga o’zlarining kuchlariga ishonishni, jasurlikni, botirlikni tarbiyalaydi. Shuning uchun vazifasini qo’yishda bitta o’quv – tarbiyaviy jarayonini har xil tomonlarini hisobga olinadi.
Dars uchun harakatli o’yinlarni tanlashda, shuningdek o’quvchilarning tarkibiga (yoshiga, jinsiga, tayyorgarligiga), manulotni o’tish joyiga (maydoncha, zal, karidor), asbob –anjom va jixozlarga bog’liq bo’ladi. Bir va xuddi shunday pedagogik vazifani xal etishda, ish sharoitiga bog’liq hamda, har hil o’yinlardan foydalanish mumkin.
Huddi shunday, masalan, 1-2 sinf o’quvchilari bilan o’ynaladigan o’yinda o’z oldiga harakat reakstiyasi tezligini tarbiyalash – vazifasi qo’yilganda, «Hamma o’z bayroqchasiga» (agarda mashg’ulot maydoncha yoki zalda bo’lsa), yoki «ezda o’z joyiga» (agarda mashg’ulot karidoda yoki zalda o’tkazilsa)o’yindan foydalanish mumkin. Dars oldidan – to’pni otish va ilib olishni takaomillashtirish vazifasini qo’yib, 3-4 sinflarni darslariga «Uzatdingmi – o’tir», «Ovchilar va o’rdakalar», «O’yin boshiga to’pni berma», 5-6 sinf uchun darsda esa «To’p o’rtadagiga», «Otishma», «To’p uchun kurash» o’yinlarini kiritish mumkin.
O’yinda ma’lum malakani egallash uchun ko’proq murakkab vaziyatni talab qiladi: qoidalar sonini oshirish uni murakkablashtirish o’yinsilarni o’zaro birgalikdagi harkatini murakkablashtirishdir.
Xar bir o’yin qatnashchilaridan ma’lum sifat, malaka va ko’nikmalarni talab qiladi.
Bu mumkin emas, masalan, o’quvchilariga «To’pni ilib olish» o’yinini berilsa, agarda ular to’pni otish va ilib olish, to’pni olib yurish, harakat tezligini, raqib bilan bir-biriga yaqinlashganda to’pni ushlab olishni o’sha minimal hajmdagi egilish uchun juda zarurdir.
Bu sifat, ko’nikma va malakalar o’yinda takomillashtiriladi, boyitiladi, mustaxkamlanadi.
O’yinga kiritilgan, har bir harakat to’pi dastlab shug’ullanuvchmlar tomonidan maxsus mashqlarda o’rgatilgan bo’lishi kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalarda eng asosiysi eng ko’proq taobiiy va elementar harkatlardan tashqari bo’lishi mumkin. Ular o’yinga oldindan o’rgatilmasdan kiritilishi mumkin.
Shunday qilib masalan, bolalarga «Bo’ri zovurda» o’yinini o’ynashni taklif qilinganda oldindan yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rgatish majbur emas, chunki bolalar o’zlarining harakat tajribalaridan kelib chiqib, o’yinda bu tabiiy sakrashni bajaradi. O’qituvchining vazifasi esa bolalarni diqqatini o’yin jarayonida sakrashni ko’proq yaxshi va to’g’ri bajarishga kiritilishi kerak.
Harakatli o’yinlari metodik jixatidan to’g’ri o’tkazishda bolalar ayrim harakatlarda u yoki boshqa mashqlarni bajarishda elementar harakat malakalarini egallashlari mumkin. U yoki boshqa malakani yaxshi egallashi uchun zarur bo’lgan, jismoniy sifatni, o’quvchilarda bu mashqni o’yin jarayonida foydalanishda vaqtida rivojlantiriladi.
O’yinda tayin jihatdan o’zini tuta bilinsa o’yinda sekin – asta murakkablashtirib borish yo’lidan foydalanish bilan tarbiyalanadi: yangi murakkab o’yin qoidalarini kiritishlishi, o’yinchilarni o’zaro harakatini elementlari bo’yiga hammani qo’lidan keladigan yoki hammabop uni ichiga kiriuvchi, o’quvchilarining imkoniyatlariga va tashkil etishni to’zilishibo’yiga mos keladigan, qatnashchilardan murakkab o’zaro munosabatlarni talab qiladi.
Modomiki jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar boshqa jismoniy tarbiya vositalari bilan birga qo’shib olib boriladi, darsda boshqa mashqlar o’rtasida esa o’yinni o’rnini to’g’ri aniqlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’qituvchi har bir darsda o’quvchilarning organizmiga har tomonlama ta’sir etishi lozim. U shu maqsadda har xil mashqlarni tanlaydi. Darsda o’yinlar va boshqa mashg’ulot turlari o’rtasida metodik jihatdan ketma – ketligini o’rnatilishi kerak, bu butun dars jarayonida mashqlarni ko’proq to’g’ri taqsimlash va darsni zichligini bundan ham yaxshilashga, oldiga qo’yilgan vazifani nisbatan yaxshiroq hal etishga yordam beradi. Mashqdan keyin, murakkab koordinastiyani taranglashgan diqqatni, diqqatni bir joyga to’plashni talab qiladi. Mushaklar hozirgina faqat tezlik bilan ishlagan edi, keyingi mashqda esa (o’yinda) qatnashmasligi mumkin yoki bu qatnashishi ozgina va harakteri bo’yicha boshqacha bo’lishi mumkin.
Shunday qilib masalan, agarda darsni asosiy qismida 5-snf o’quvilari uchun yugurub kelib balandlikka sakrash malakasini takomillashtirish yoki o’rganib olishni belgilangan bo’lsa, unda ularga o’yinni boshqa harakat turlari – qarshilik ko’rsatish, uloqtirish bilan birga berish kerak. Bunda quyidagi o’yinlarni berish o’rinli bo’ladi: «Doiraga tort», «Qa’la himoyasi», «Cho’nqa shuvoq», «Bo’lavini tort» va xokozo.
Agarda darsni to’liq asosiy qismiga bag’ishlangan bo’lsa, unda katta harkatchanlikdagi o’yin bilan kam harakatchanlik o’yini aniqlab olib borish kerak va o’yinni harkat qilish bo’yicha harakteri har xil bo’lishi lozim.
Agarda, masalan, 4-sinf o’quvchilari uchun darsda chalg’itish bilan yugurushni ortiq bo’ladigan o’yinlar kiritiladi – «Cho’rton baliq», keyingi o’yinlarga o’zi boshqa harakat turlarini kiritish mumkin: sakrash, qarshilik ko’rsatish, uloqtirish («Ovchilar va o’rdaklar», «Doira ichiga tort», «Juft – juft bo’lib tortishish») va x.k.
Darsda, ayrim sport turlarini texnik elementlarini o’rgatishga yo’naltirilgan, ushbu sifatni soddalashtirilgan texnik elementlarini harakatli o’yinga uni taqsimlash turli maqsadida, bilish asosida kiritilishi mumkin.
Agarda 7-sinf o’quvchilari uchun darsni vazifasiga o’qituvchi balandlikka «perekit» usulda sakrashni o’rgatish va past startni takomillashtirishda, «Past startdan chiqish estafetasi» o’yinida foydalanish bilan ikkinchi vazifani xal etish mumkin. O’qituvchi bunday holatda past startni to’g’ri bajarilishiga diqqatni qaratish kerak va yutuqni esa topshiriqni tez sifatli qilib bajarganiga qarab yutuq berilishi kerak.
Qattiq charchashga yo’l qo’ymaslik uchun katta harakat faolligidagi o’yinni va boshqa mashqlarni bir muncha kuch va energiyani sarflash bilan birga qo’shib olib borish kerak. Biroq o’yindan keyin yuurish, sakrash yoki harakatni aniq bo’lishini, muvozanat saqlashni, murakkab koordinastiyani talab qiluvchi mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.
Harakatli o’yinlar darsni barcha qismiga shug’ullanuchilarning tarkibi va vazifasiga bog’liq holda kiritilishi mumkin.
Harakatli o’yinlar darsni qaysi qismiga kiritilgan bo’lsa, ular darsni o’sha qismidagi vazifaga mos qilishi kerak. Birinchidan darsni tayyorgarlik qismida uncha katta bo’lmagan serharakatli va murakkab yoki o’rtacha harakatdagi umumrivojlantiruvchi mashqlar harakteridagi o’yinlarni shug’ullanuvchilarni jamoasi diqqatini tashkil etishga yordam beradi.(«Taqiqlangan harakat», «Sinf tik to’ring», «To’p orqasidan quvlash» 3-5 sinf o’quvchilari uchun mos keladi), ikkinchidan, darsni asosiy qismida katta harakatchanlikdagi o’yinlardan foydalaniladi, unda harakat malakalari takomillashtirib boriladi, o’yin jismoniy va irodaviy sifatni tarbiyalashga, salomatlikni mustahkamlash maqsadida qon aylanishi va nafas olish funkstiyasini yaxshilashga, jismoiniy rivojlanish darajasini oshirishga yordam beradi. Bunday o’yinlarga ko’ngillik haraktli o’yinlar ko’pincha uni harakat turlariga taaluqli bo’ladi: tezlikni oshirib yugurish, chap berish bilan, chidamlikka, to’siqlarni oshib o’tish bilan, sakrashni har xil turlari, qarshilik ko’rsatish, kurash, harakatsiz va harakat qiladigan nishonga uloqtirish, to’pni egallash malakalari, har hil sport turlari elementlari va boshqalar. Uchinchi, darsni yakuniy qismida darsni asosiy qismida tezlik bilan berilgan nagruzkadan keyin faol dam olishga yordam beruvchi, o’yinlar, diqqatni tashkil etishga shuningdek darsni asosiy qismida qizg’in ishlashdan keyin shug’ullanuvchilarni organizimini nisbatan tinch holatga keltirishga yordam beradigan, past va o’rtacha harkatchanlikdagi o’yinlardan foydalanish mumkin. «Topchi, bu kimni ovozi» (1-2 sinfda), «Kim keldi»(3-4 sinfda) «Sinf tik to’ring»(5-7sinf), «Uchuvchi to’p»(8-11sinf).
Darsda vaqtdan to’g’ri foydalanish zarur bo’lgan dars zichligini yaratiladi. Darsni shunday tashkil qilish kerakki, o’quvchilar hamma vaqt faol bo’lishlari kerak. Shu bilan birga shunga harakat qilish lozimki shug’ullanuvchilarni o’yinda faol qatnashishlari uchun taxminan birdek sharoit yaratib berishga harakat qilish kerak. Barcha o’yinchilarni shunda xulqga erishish uchun, har bir o’yin qatnashchisi taxminan bir xil nagruzka olishi zarur.
O’yinni shunday tashkil qilish kerakki, agarda o’yinda navbat bo’yicha harakat qilishga to’g’ri kelsa, masalan, estafetada, chunki har bir o’yin qatnashchisi o’yinda faol qatnashishga kirishish oldida tushishga imkon boriga kam vaqt sarflashi kerak. Bunday holatda o’ynovchilarni ko’proq kamandaga bo’lish, topshiriq vaqtini cheralash, yugurish masofasini qisqartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agarda yutkazgan o’yinchi o’yindan chiqsa, bunday chiqarishni juda qisqa vaqt bilan chegirish kerak va eng yaxshisi ochko bilan almashtirilgani mahqo’l, chunki o’yin tamom bo’lgandan keyin uni hisobga olinadi. Ko’p sonli o’yinchilar bilan doirada bitta to’pda shug’ulllanilganda («xalqa himoyasi», «harakatchan nishon», «uchuvchi to’p», «to’p o’rtadagicha», o’yinchilarni ikkita guruhga bo’lish tavsiya qilinadi va ikkita doirada bir vaqtda o’tgaziladi. Xuddi shunday o’yinni doirada qarshilik ko’rsatish bilan o’tgazish mumkin «doiraga tortish», «xo’rozlar jangi», «cho’nka shuvoq»). Bunday holatda o’ynovchilarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan bo’lishi tavsiya etiladi.O’yinni boshida uzoq vaqt ko’tib qolmaslik, o’yinda ko’p vaqt bo’lmaslik uchun, o’qituvchi o’yini o’tkazishga juda yaxshi tayyorgarlik kurishi zarur: o’yin uchun joyni tayyorlash, asbob- anjom, jixozlar, tushuntirishni qisqa matni, ayrim rolllarni bajarish uchun o’yinchilarni tezda taqsimlash usuli, komandalarga taqsimlashdir.
O’yinga ma’lum vaqtni belgilash va bu vaqtga qatiy rioya qilish zarur. Belgilangan vaqtdan o’quvchilarni o’yinni har xil o’zlashtirishga, o’yinchilarni kayfiyatiga, oldindan hisobga olinmagan toliqish va boshqa sabablarga qarab belgilangan vaqtdan ham chekinish yoki o’zgarishi mumkin. O’yinni tashkiliy ravishda tomom qilish kerak, unga yakun yasab va ortiqcha vaqtni sarf qilmasdan keyingi mashqlarga o’tish mumkin. Darsdagi o’yin uchun sharoit yaratish, o’quvchilarni sog’lomlashtirishga ta’sir etishga yordam berishi kerak. Eng yaxshisi barcha o’yinni maydonchadan ochiq xavoda o’tkazilgani maoqo’l, agarda o’yin bino ichida o’tkaziladigan bo’lsa, unda ko’proq sharoit yaratilishi kerak. Shifokor ko’rigidan keyin asosiy guruhga kiritilgan, bolalar, ularni yoshiga va tayyorgarligiga mos keladigan, barcha harakatli o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga kiritilgan, yaoni yura va boshqa organlar faoliyatida kamchiliklari bo’lgan bolalarga harakatlarini chegaralash lozim, ularni harakatli o’yinlarda faol qatnashish ishtiyoqini hisobga olishmaydi. Shunday qilib bolalarga ayrim o’yinlarda katta harakatchanlikni talab qilmaydigan rollarni berish kerak, yoki uni o’yinda bo’lish vaqtini qisqartirish, ularni nafsoniyatiga tegmasdan, xakam yordamchisi sharoitida jalyu qilish mumkin. Shu bilan bir vaqtda harakat qilish kerak va ular uchun mos harakatli o’yinlarga jalb qilinadi. Maktab o’quvchilarining har tomonlama jismoniy tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlardan eng ko’proq samarali foydalanishi uchun o’quv yilining har bir choragiga o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifa va butun o’quv yili mavsumini hisobga olish bilan o’yin bo’yicha materialni rejalashtirish zarur. O’qituvchi o’quv yilining boshida ma’lum darajadagi o’yinni, mazmuni jixatidan xilma xil bo’lgan o’yinlarni belgilashi kerakki, u har xil sinf o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya dasturi bilan mos rivishda unga kelishib bir vaziyatda joylashishini kelishib qo’yilgan vazifa bo’yicha bolalarda har xil sifat va harakat malakalarini tokomillashtirish hamda rivojlantirishga imkon beradi. O’yinni rejalashtirishda umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya bo’yicha dasturida yil davomida sinflar bo’yicha berilgan o’yinlar ro’yxatiga rioya qilishi kerak. Berilgan o’yinlar ro’yxatini o’qituvchi tomonidan uni maktabini ish sharoitidan kelib chiqqan holda ya’ni shug’ullanuvchilarni tayyorgarligiga, mashg’ulot uchun joy yoki xona, mashtabda asosan sport turlari bo’yicha asbob-anjomlarni hisobga olish holda qo’shishi va o’zgartirishi mumkin. O’yinni choraklar bo’yicha taqsimlashda har bir chorakdagi ish sharoitini hisobga olish shart. Birinchi va to’rtinchi chorakda maktab maydochasida, ochiq xavoda mashg’ulot o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun bu choraklarda, katta joyni talab qiladigan, o’yinlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. («Uysiz quyon», «Hamma o’z bayroqchasiga», «Zuv-zuv», «Qirq tosh»). Ikkinchi, uchinchi choraklarda, mashg’ulot bino ichida o’tkaziladigan vaqtda katta joy talab qilinmaydigan o’yinlarni rejalashtirish lozim.
Har bir chorakni oxirida har bir sinf uchun nazorat mashqlari belgilanadi va qabo’l qilinadi. Nazorat mashqlar sifatida 1-2 sinflarda aloxida o’yinlarni qo’yish mumkin. Bu o’yinda o’quvchilarning maxorati, harakatni tezligi va uyushqoqligi, aniq nishonga olishi, harakat reakstiyasini tezligi va boshqa sifat hamda malakalarni, o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifani xal etish uchun eng ko’proq zarur bo’lgan va u yoki bu o’yinlarni hisobga olish uchun ko’proq qulay bo’lishi zarur. O’qituvchi shu bilan birga o’quvchilarni harakatli o’yinda harakat malakalari va biror narsani bajarish qobiliyatlarini egallashni tekshirish usullarini nazarda tutish kerak. Har xil sinflarda nazorat mashqlarini yaxshi egallash uchun qator o’yinlarni belgilash mumkin, shuningdek unga, nazorat qilishni bajarishga yordam beradigan, mashqlar kiritiladi. Bir yilga berilgan o’yinni soni o’quvchilarning tayyorgarligi va ish sharoitiga qarab, har bir sinf uchun taklif qilingan o’rgatish va tarbiyalash vazifasiga bog’liq bo’ladi. 1-2 sinf o’quvchilari uchun bir yilga taxminan 80-85 o’yin, tavsiya qilinadi.3-4 sinf o’quvchilari uchun 40-50 ta, 8-11 sinflari 30-40 ta o’yin bo’lishi mumkin. Bu songa o’tilganlarni takrorlash va yangi o’yinlarni o’rgatish ham kiritiladi. O’yin choraklar bo’yicha bab-barovar taqsimlanmaydi, balki chorakni uznligiga va unga qo’yilgan vazifaga bog’liq bo’ladi. Yangi o’yin materiali asosan birinchi, ikkinchi va uchinchi chorak oxirlarida o’rgatiladi. Birinchi chorakni boshida va oldingi o’quv yilida o’tilgan o’yinlarni o’zgartirib yoki boshqa variantda o’tib mustaxkamlanadi. To’rtinchi chorakda esa asosan mustaxkamlanadi va shu o’quv yilida o’tilgan o’yinlar murakkablashtiriladi. Choraklar xuddi shunday darslar bo’yicha rejalashtirishda o’yinni o’tish ketma-kentligini va uni takrorlashni nazarda tutish kerak. Shunday, masalan o’quvchilarning sport o’yinlariga tayyorlashga yordam beradigan harakatli o’yinlarni murakkab elementlarini hisobga olgan holda ketma-ketlikda o’tkazish kerak.Ularda to’g’ri malakani mustaxkamlash uchun o’quvchilarning texnik usullar bilan avvaldan tanishtirish lozim. So’ngra bu usul o’quvchilar bilan soddalashtirilgan sharoitda o’rgatilish kerak. Faqat shu o’rganilgan usuldan keyin o’yinga kiritish mumkin. Haraktli o’yinda ko’tilmaganda vaziyatni o’zgarishi o’rgatilgan usulni sport o’yinlari sharoitiga yaqinlashtirishga yordam beradi. Uni qo’llashni o’rgatish kerak. Shuningdek bunday usullarni dastlab soddalashtirilgan sharoitda, keyin o’yin vaziyatida sharoitni o’zgartirish bilan o’rganib olinadi.
O’zgarib turadigan o’yin vaziyatida aloxida texnik va taktik usullari ketma - ket egallashi uchun dastlab harakatli o’yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, unda o’ynovchilarga to’g’ridan-to’g’ri «raqiblari» bilan uchrashishga to’g’ri kelmaydi va har bir o’yin qatnashchisi navbatma-navbat harakat qiladi. Bu o’qituvchiga har bir usulni to’g’ri bajarishilishini kuzatishga imkon beradi. Buning uchun eng ko’proq qo’llash shakli o’yin- estafeti yoki poyga bo’lishi mumkin.
Keyin bu texnik va taktik usullar ko’pincha murakkab o’yin vaziyatida egallaydilar, undi o’lchovchilarga «raqib» bilan bir - biriga tegib ketishga to’g’ri keladi («To’p qatnashchisi», «To’p tutib oluvchi»).
To’p bilan harakat qilishni birinchimalakasini egallashni bir yo’li har xil usulda uzatishni tavsiya qilish mumkin. O’yin vatnashchilari bilan to’pni uzatish texnikasini o’rganib olingandan keyin, ana shu malakani «To’pni orqasidan quvlash» o’yinida takomillashtirish mumkin. To’pni uzatish malakasi dastlab o’yindan oldin, yaoni to’pni tashlash va ilib olish epchillik bilan bajarishni talab qilmaydigan, shuningdek tshpni ilib olish uchun to’siqlik qilmaydigan, hamda aniq to’p tashlash uchun to’siq bo’lmaganda takomillashtiriladi.
Ana shunday o’yinlarga misol qilib quyidagilarni kiritshimiz mukin: «Qa’la himoyasi», «Harakatchan nishon». Keyin kamandali o’yinda ona boshi yoki o’yin boshi tomonidan to’sqinlik qilmasdan, lekin musobaqalashish elementlari bilan tez meoyorda to’p uzatishni takomillashtirib boriladi. («To’p o’rtasidagicha», «To’p uzatdingmi o’tir»). Anu shu malakalar keyinchalik, to’pni bir-biriga uzatishga to’sqinlik qiladigan, o’yinboshilar bo’ladi. (1-3 ikshi) gan o’yinda takomillashtiriladi. Undan keyin esa otish va ilibolish boshqa elementlar bilan birga qo’shib olib boriladi: to’pni olib yurish, uzatish orqali savatga tashlash. Har xil estafetalarda bir-biriga moslab bir butunlik hosil qilib qo’shib olib borildi.
Keyinchalik bu malakalar komandalarga bo’linib raqiblar bir-biriga tegishi bilan, biroq chegaralangan sharoitda takomillashtiriladi. (faqtgina ayrim o’yinchilar, qoida bo’yicha, raqib bilan bir-biriga tegishi mumkin; raqib bilan bir-biriga tegishni qaerda imkoni bo’lsa, qoida bo’yicha joy chegaralanadi. Shunday o’yinlarda «To’pni ilib oluvchi», «Otishma», «To’p kapitanga» o’yinlari misol bo’lib hisoblanishi mumkin.)
Va nixoyat koptokni otish va ilib olish malakasi kamanda o’yinlarida takomilashtiriladi, unda har bir o’yinchi barcha maydon bo’ylab o’ynash sharoitida raqib bilan bir-biriga tegishga kiritiladi («To’pni oluvchi», «To’p uchun kurash»).
O’yinchilarni o’zaro harakatini va o’zaro munosabatini qoida bo’yicha o’yinni sekin – asta murakkablashtirib borib, uni sport o’yiniga yaqinlashtirish mumkin. O’quvchilarning barcha sport o’yinlarga tayyorlashda, shuningdek boshqa sport turlarini texnika va taktika elementlarini o’rgatishda izchillik bilan takomillashtiriladi.
O’qituvchi o’quv yilining oxirida o’quvchilarning o’yin materialini, qanday darajada egallaganliklarini hisobga olib, kelasi o’quv yiliga har bir sinfga o’quv materialni rejalashtirish uchun tegishli xulosa chiqarib oladi.
Shuningdek rejalashtirishda 3-6 sinflar harakatli o’yinlar bo’yicha masshtab ichida o’tkaziladigan musobaqalar nazarda to’tiladi, buni barchasini chorakda yoki o’quv yilining oxirida o’tkazish qulay bo’ladi.
Harakatli o’yinlarni tashkil qilishga va o’tkazishga qo’yiladigan pedagogik talablar
O’qituvchining o’yinga tayyorlanishi
O’yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o’yin ta’lim va tarbiya muvaffaqiyatining muhim shartidir. O’qituvchi o’yinni o’tkazishga tayyorlanishda o’yinga qatnashuvchilarning sostavini, yosh xususiyatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarliklarini hisobga olib, darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zan yaxshi o’yin tanlansa-da, lekin u yomon o’tishi mumkin. Bunday xollar tanlangan o’yin ishtirokchilarining qiziqish va havaslariga mos kelmasligi natijasida ro’y beradi va tarbiyaviy va vazifalar amalga oshmaydi.
O’qituvchi o’yinni tanlashda mashg’ulot qanday o’tkazilishini (dars tarzida o’tkazilsa, o’yin uning birinchi, ikinchi yoki yakunlovchi qismida tanaffus vaqtida va hokazolarda o’tkazilishi) bilishi kerak. Agar o’yin qishda o’tkaziladigan bo’lsa, o’quvchilarni faollashtiradigan va jismoniy yuklamani bir teksda taqsimlaydigan serharakatroq o’yinlar tanlanishi kerak.
O’yinni tanlash uni o’tkazish joyi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Kichik yoki katta bo’lmagan tor zallarda chiziq bo’ylab turgan holda o’yinni o’tkazish mumkin, unda o’yinda qatnashuvchilar navbat bilan qatnashadilar. Katta zalda yoki sport maydonchada o’tkazilishi mumkin bo’lgan barcha o’yinlarni ya’ni yoyilib, katta va kichik koptokni uloqtirish va sport o’yinlari bilan o’ynaladigan o’yinlari o’tkaziladi. qish vaqtida maydonchada o’ziga xos qishki o’yinlar o’tkaziladi.
Agarda o’yin ochiq havoda o’tkaziladigan bo’lsa, ob-havo va havoni haroratini (ayniqsa qish paytida) hisobga olish zarur. Havo harorati past bo’lganda o’yinni o’tkazishni ya’ni o’yin ishtirokchilarini barchasi faol qatnashadi va jismoniy yuklama barcha qatnashchilarga bir tekisda taqsimlanadi. Yozda issiq havoda eng yaxshisi kam harakatlanadigan yoki o’ynovchilar navbat bilan qatnashadigan o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’yin tanlash shuningdek, o’yin uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalarga ham bog’liq bo’ladi. O’yin uchun bu jihozlarni bo’lmasligi o’yinni barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin.
O’yinni o’tkazish uchun joyni tayyorlash o’yin uchun oldindan tayyorlangan joy bo’lishi kerak. o’yinni ochiq havoda o’tkazish uchun maydonchani tayyorlash zarur.
1. Avvalo kerakli asbob-uskunalar, masalan, diametri 8 sm arqondan, jundan, matodan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar yuqori haraoratda tarangligini yo’qotmasligi uchun salqin joyda saqlanadi), voleybol va basketbol to’plari, irg’itish uchunuzunligi 1 m li tayoqchalar, arqon, belbog’lar, bayroqchalar, kigizlar, taxtachalar, bolg’a, aptechka va boshqalar, ko’z og’rig’i kasaldan saqlanish uchun har bir o’quvchining ko’z boylagichi bo’lishi kerak.
2. O’yin o’tkaziladigan maydoncha tekis bo’lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, doimo toza to’tilishi lozim.
3. Mashg’ulot o’tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo’lmasligi kerak. Chunki ular bolalarning o’ayolini bo’ladilar va ularni o’yindan chalg’itib, ortiqcha harakatlar qilishga majbur etadilar.
4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bandan tashqari, u erdagi tibbiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur.
5. O’yinlarni o’tkazishda quyidagi gigienik qoidalariga rioya qilinishi lozim:
A) O’yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlarni qiyinlashtirmay-digan, engil bo’lishi kerak;
B) Yozda o’yindan so’ng cho’milish kerak;
V) O’yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6. O’yinlar suvda o’tkazilsa, o’ynovchilar ko’karib va qaltirab qolmas-ligi uchun ularning suvda bo’ladigan vaqti chegaralanishi kerak.
MAYDONGA BELGILAR QO’YIB ChIQISh
O’qituvchi asbob-anjomlarni tayyorlab qo’yib, o’yin boshlanguncha maydonga belgilar qo’yib chiqishi mumkin. Bu shunday holatda juda muhimki, chunki maydonga belgi qo’yib chiqishga ko’p vaqt talab qilinadi, masalan, katta sinf o’quvchilari harakatli o’yindan sport o’yinini o’ynashga o’tishda ko’p vaqt talab qilinadi. Agarda maydonni belgilash etarli darajada qiyin bo’lmasa, uni o’yinni mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda bajarish mumkin. Xuddi shunday kichik maktab yonidagi o’quvchilar bilan o’tkaziladi, ya’ni bitta-ikkita «Botqoq», «Uy» chegaralarini chizishga to’g’ri keladi. Bunday holatda chegaralarni belgilashni o’yin boshlanguncha belgilash mumkin, va o’yinni mazmunini gapirib berilayotganda faqatgina belgilanganni dalil sifatida ko’rsatiladi.
Tez-tez takrorlanadigan, ayrim o’yinlar uchun, maydonda doimiy ravishda o’tkazish uchun belgilab qo’yish mumkin. Buni engilgina amalga oshirilsa bo’ladi ya’ni, o’yin uchun qattiqroq joy bo’lganda, unda bolalarni sevimli o’yinlarini o’ynash uchun alohida maydon ajratib berishgani imkoniyat bo’ladi.
Chegaralarni aniq, yoriq holda chizilgani maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda chiziq ko’rinarsiz holda chizilgan yoki belgilangan bo’lsa, o’yinga qiziqib, berilib ketgan bolalar shartli ravishda qo’yilgan chegaralarni ko’rishi ancha murakkab bo’ladi.
O’yin uchun chegara chizig’ini bolalar shikastlanmasligini hisobga olgan holda devordan, chiziqdan yoki buyumlardan kamida 3 m masofada chizilishi kerak. Ayniqsa bir tomondan ikkinchi tomonga yugurib o’tishda, katta guruh o’yin qatnashchilari bir «O’yin» chegarasidan ikkinchisiga yugurib o’tishda juda muhimdir.
O’yinni tushuntirishda o’qituvchining turish joyi va o’yinchilarni joylashtirilishi
O’yinni tushuntirishga kirishishda avval, bolalarni shunday joylashtirilishi kerak-ki, chunki ular o’qituvchini yaxshi ko’rish va uni gapirib borishini eshitish kerak. Hammadan yaxshisi bolalarni shunday joylashtirilishi kerakki, ular o’yinni xuddi shu holatdan boshlanishi kerak bo’ladi.
Agarda o’yinni boshlash uchun o’yin ishtirokchilarini doirada turishini talab qilinadi, o’qituvchi o’yinni mazmuni gapirib berish uchun o’yin ishtirokchilari orasida turadi, agarda ular kamchilik bo’lsa yoki o’yin ishtirokchilarini soni ko’p bo’lganda, unda doirani o’rtasiga 1-2 qadam chiqadi (ommaviy o’yinlarda). Doira markazida turish man etiladi, chunki o’ynovchilarni yarmi o’qituvchiga nsbatan orqalarini o’girib turadi va ularni diqqat e’tibori tarqoq bo’ladi. Bunday holatda agarda o’ynovchilar ikkita komandaga bo’lingan bo’lsalar, ular bir-biriga qarshi uzoqroq masofada saflanib turadilar («Oq terakmi, ko’k terak», «Raqam chiqarish»), o’yin tushuntirish vaqtida ikkala komandani bir-biriga yaqin olib kelinadi, gapirib bo’lgandan keyin yana «o’yin» chegarasiga olib borib qo’yiladi. O’qituvchi yon tomoni bilan turib, goo’ birinchi, goh ikkinchi komandaga uchirilib qarab o’yinni tushuntira boshlaydi.
Agarda o’yin tarqalgan holda harakat qilish bilan boshlansa (quvlashmachoqqa o’xshash) unda bolalarni safga turg’izish mumkin (agarda ular kamchilik bo’lsalar) yoki o’zini oldiga shunday guruhlarni tashkil etadiki, hammaga o’qituvchini eshitiladigan va yaxshi ko’rinadigan joy bo’lishi kerak.
O’yinni tushuntirish paytida o’ynovchilarni bino ichida chiroqqa yoki quyoshga yuzi bilan qaratib qo’ymaslik kerak, chunki o’ynovchilarga o’qituvchini ko’rishga halaqit beradi va ular tushuntirishni o’ziga yaxshi qabul qilmaydilar. Agarda o’quvchilar tushuntirish vaqtida deraza tomonga qarab tursalar, deraza oldida bo’layotgan har xil voqealarga oval bo’lib qolishadi. Shuning uchun o’qituvchi ko’rinarli joyda turishi kerak yoki iloji bo’lmagan vaqtda quyosh yuzi bilan barcha qatnashchilarga ko’rinarli joyda turishi shart.
O’qituvchi iloji boricha guruhga yaqin yoki ulardan xuddan tashqari uzoqlikda turmasligi kerak. U o’ziga shunday joyni tanlashi kerakki, unga o’quvchilar xulqini tekshirish qulay bo’lishi kerak shuning uchun o’ynovchilarni esa shundan safga turg’izish kerakki, ular o’yin bajarish uchun dastlabki holatda turmagan bo’lsalar, unda ularni bo’ladigan keyingi o’yinlarga qulayroq joyga qayta saflanish kerak.
O’YINNI AYTIB BERISh (Hikoya qilib)
O’yinni o’tkazishda katta muvaffaqiyatga erishishdagi omillaridan biri, uni tushuntirilishiga bog’liqdir. O’yinni tushuntirib yoki hikoya qilib berishdan oldin, o’qituvchi o’zida o’yin to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishi kerak.
O’yinni tushuntirish aniq va qisqagina bo’lishi kerak. Bolalarda o’yinni boshlash oldidan o’yin oldidan hayajonlanish holatida turadilar va uzoq vaqt davomida tushuntirilsa o’yinni idrok qilishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kichik sinflarda o’yinlarni hikoya tarzida, ifodali, qiziqarli shaklda o’tkaziladigan o’yinlardan tashqari bo’lishi mumkin.
Hikoya qilib berilishi mantiqiy to’g’ri, ketma-ketlikda bo’lishlik uchun o’yinni tushuntirishi bo’yicha reja to’zish shart. O’yinni asosiy mazmunini aytib berish uchun quyidagi reja to’zishni tavsiya qilinadi: 1) o’yinning nomi; 2) o’ynovchilarning roli va ularning turish joyi; 3) o’yinni borishi; 4) o’yinni maqsadi; 5) o’yin qoidalari. O’yinni bunday hikoya qilish rejasi o’yinni mazmunini to’liq ketma-ketlikda ochib berish imkoniyatini beradi. O’qituvchi o’yinni borishi to’g’risida hikoya qilib borar ekan, uni oxirida bolalarni esida yana ham yorqin qolishligi uchun o’yinni asosiy qoidalari to’g’risida ham gapirish zarur.
O’yinni jo’shqinlik bilan hikoya qilinishi shart. O’yinni haddan tashqari baland ovoz bilan tushuntirish mumkin emas. Eng yaxshisi o’yinni sekin, ravon ovozda, ayrim vaqtda iloji boricha ovozni baland ko’tarish yoki ovozni pasaytirish bilan olib borish kerak, chunki bunda bolalarni ayniqsa diqqatini o’yinni mazmunini u yoki bu holatiga qaratiladi.
O’yinni gapirib berayotganda, albatta bolalarni so’z boyligini hisobga olish kerak va tanish bo’lmagan va murakkab so’zlarni, terminlarni ular uchun ishlatish mumkin emas. Agarda ular uchun yangi tushuncha, yangi so’zlar berilayotgan bo’lsa, uni albatta tushuntirish zarur.
O’yinni yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun so’zlab berishni ko’rsatish bilan birga qo’shib olib borishni tavsiya qilinadi. U to’liq ravishda ham bo’lmasligi ham mumkin: o’yinni ayrim hoalt yoki mometlarini va ayrim harakatlarni imo-ishora bilan tushuntiriladi. O’ynni usullari va eng ko’proq murakkab holatlari xuddi o’ziday to’liq ko’rsatish mumkin. Ko’rsatishga o’yin ishtirokchilarini o’zlarini jalb qilish foydali bo’ladi.
O’yinni mazmunini bayon qilinayotganda, albatta bolalarni kayfiyatini hisobga olish shart. Agarda o’qituvchi, o’yinni gapirib berayotganda bolalarni diqqatini pasayganligini sezib qolsa, unda u tushuntirishni qisqartiradi yoki ko’proq qiziqarli va jonliroq o’tishga harakat qiladi. Agarda gapirib bo’lgandan keyin ayrim o’yin qatnashchilaridan savollar to’shadigan bo’lsa, bunday vaqtda barcha o’yin ishtirokchilarini diqqatini o’ziga tortgan holda baland ovoz bilan javob berishi lozim. O’yinni mazmunini gapirib berish mumkinki, uni bolalar faqatgina birinchi marta o’ynayotganda uni takrorlanilayotgan bo’lsa, unda faqatgina o’yinni asosiy mazmunini eslatadi va qo’shimcha qoida hamda usullarini tushuntiriladi. O’yin ishtirokchilarini o’yinni mazmunini xotirasida tiklash uchun eng yaxshisi bolalarni o’zlarini jalb qilinadi.
YoRDAMChILAR TAYINLASh
O’qituvchi asbob-uskunalarni tarqatish va o’rnatish, o’yin qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalarni hisobga olib borish uchun o’ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi o’yinning bo’lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o’yin ishtirokchilariga xolisona munosabatda bo’lishi kerak. Keng joylarda o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazishda ish o’yinlar bo’yicha tajriba orttirgan o’quvchilarning o’qituvchiga yordamchi bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Sog’lig’i yaxshi bo’lmagan va jismoniy tarbiya darsidan vaqtincha ozod etilgan o’quvchilarni o’yinda kuchi etgancha qatnashtirish uchun ham yordamchi qilib tayinlash mumkin. Bahzan intizomsizroq yoki haddan tashqari faol bolalarning xulqini yaxshilash maqsadida ularni ham o’qituvchiga yordamchi qilib tayinlanadi.
O’yinni bolalar charchashini ko’tmasdan, harakatlar ularga qanchalik ta’sir etayotganiga qarab tamomlash lozim. O’yinni qancha vaqt davom etishi ishtirokchilarning soniga yoshiga, o’yinning harakteri va surhatiga, texnik usullarning (asboblarning) miqdoriga, ob-havo va sharoiti va hokazolarga bog’liq bo’ladi.
O’ynovchilarning jo’shqin holatlariga qarab o’yinni tartibga solish va boshqarish, uning maqsadini, qoidalarining mahnosi va ahamiyatini bilish kerak. O’quvchilarning o’yin qoidalariga rioya qilish doimo o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim. Chunki o’yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. O’qituvchi odilona hakamlik namunasini ko’rsatishi, o’ynovchilarning xatolarini shoshilmasdan va mulohazakorlik bilan qayd qilib borishi va har bir o’yinchinining umumiy qoidalariga bo’ysunishga majbur qilishi kerak. O’yinda ayniqsa, guruhli o’yinlarda sharoitning barcha ishtirokchilari uchun bir xil bo’lishini sezgirlik bilan kuzatib borish zarur. Har bir bolaga o’yindagi bosh rolda o’z o’quvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida onaboshilarning almashinishi belgilab qo’yish tavsiya etiladi. O’yin muvoffaqiyatli o’tishining eng muhim sharti-intizom va unga qat’iy amal qilinishidir.
O’YINBOShINI TANLASh O’QITUVChI TOMONIDAN TAYINLASh
Ko’pchilik o’yinlarda o’yinboshini bo’lishini talab qilinadi. O’yinboshini vazifasini bajaruvchi bo’lish o’yinchilarga kattagina tarbiyaviy jihatdan ta’sir etadi. Shuning uchun bu rolda iloji boricha ko’p miqdordagi o’yinchilar qatnashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yinboshi har xil usullar bilan tayinlash mumkin.
O’qituvchi uni o’yinda tutgan o’rnini hisobga olgan holda o’yinboshini tayinlaydi. Bu usulni afzalligi shundaki: o’yinboshini odatda ko’proq munosib o’yinchilar saylanishi mumkin: bu usul vaqt bo’yicha ko’proq tez hisoblaniladi (dars uchun juda muhim). Bu usulni salbiy tomoni shundaki, bolalar o’yinboshini saylashda qatnashmaydilar, bunday holatda ularni tashabbusini bosib qo’yadi. Odatda bu usul bilan qachonki bolalar hali bir-birlari bilan tanish bo’lmasdan, birinchi marta o’ynash uchun to’planishganlar, shuningdek, vaqt kam qolganda yoki oldindan belgilab qo’yilgan o’yin qatnashchisini tarbiyalash maqsadida o’qituvchi o’yinboshini tayinlashi kerak. O’qituvchi o’yinboshini tayinlashda o’zini uni nima uchun tayinlayotganligini asoslab berishi kerak, chunki ayrim o’yinchilarni qiziqishi to’g’risida o’ylashga sabab qoldirmaslik kerak.
O’yinboshini qur’a (chek) tashlash bo’yicha tayinlash usuli ham bor. Chek tashlashni sanash yo’li bilan o’tkazish mumkin. Bolalar doiraga turadilar va birorta sanashni boshlaydilar, har bir so’zni talaffuz qilingandan keyin navbat bilan o’yinchilarni ko’rsatadi. Oxirgi sanoq kimga kelib taqalsa, o’sha o’yinboshi bo’ladi, yoki uni teskarisi, o’yinchi doiradan chiqib ketadi va yana sanash boshlanadi, qachonki bitta o’yinchi qolguncha davom etadi, oxirida qolgan o’yinchi-o’yinboshi bo’ladi.
Sanash usuli vaqt bo’yicha nisbatan uzoq davom etadi, lekin buni darsdan tashqari o’tkaziladigan o’yinlarda tez-tez foydalaniladi. Ayrim holatda sanash usulini darsda ham qo’llash mumkin, ayniqsa bolalar ko’proq yuklama olganda ya’ni kuchli qo’zg’olish paydo bo’lgandan keyin ularni tinchlatish uchun qo’llaniladi. Sanash bilan matnni ongli ravishda qo’llanilsa bolalarni nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Koptokni uloqtirishni chek tashlash ko’rinishida qo’llash mumkin. Kimda kim tayoqchani, toshni, koptokni uzoqqa uloqtirsa, o’sha o’yinboshi bo’ladi. Lekin bu usul judu ko’p vaqtni talab qiladi va buni darsdan tashqari vaqtda ochiq havoda o’yinlarda foydalanish mumkin.
Chek tashlash yo’li bilan o’yinboshini saylash har doim ham yaxshi samara bermaydi. Lekin bu usulni bolalar o’zlari mustaqil ravishda o’yin o’ynayotganlarida tez-tez qo’llaydilar, chunki bu ular o’rtasida baxslarni kelib chiqarmaydi.
O’yinboshini saylashni eng ko’proq qulay usullaridan biri, bu shug’ullanuvchilarning o’zlarini tanlashi hisoblanadi. Bu usulni pedagogik munosabatlari juda ijobiy bo’lib, bolalarni jamoatchilik xoxishini namoyon etadi, natijada odatda ko’proq munosib o’yinboshini saylanadi. Biroq kam tashkil qilingan bolalar o’rtasida bu usulni qo’llash ancha qiyin, chunki o’yinboshini o’yinni bilmaganligini shaxsiy sifati bo’yicha emas, guruhda ko’proq kuchlilarni taqibi ostida saylanishi mumkin.
Shuning uchun o’qituvchi bolalarga iloji boricha «Kim yaxshi yuguradi, kim aniq nishonga tegizadi» usulida nomzodlarni tayinlashni tavsiya qiladi.
O’qituvchi o’yinboshini tayinlashni navbatga qo’yiladi, chunki har bir o’yin ishtirokchisi bu o’rinda bo’lsalar, ular o’yinda ma’lum darajada javgarlikni xis qiladilar. Bu o’yin ishtirokchilarida uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalashga yordamlashadi va faollikni oshirishga yordam beradi.
O’yinboshini tanlashda yuqorida ko’rsatilgan usullarni pedagogik vazivani qo’yilishiga qarab almashlab qo’yish kerak, ya’ni o’qituvchi o’z oldiga, mashg’ulotni sharoitiga va o’yinni harakteriga qarab, o’ynovchilarni soniga va ularni kayfiyatiga qarab vazifani qo’yadi.
KOMANDALARGA BO’LISh
O’ynovchilarni komandalarga bo’lishni har xil usullarda o’tkazish mumkin. O’qituvchining ixtiyori bo’yicha o’yinchilarni taqsimlash.
O’qituvchi, o’ynovchilarni yaxshi bilganligi sababli, kuchlari bir-biriga teng bo’lgan komandalar tashkil etadi. Lekin o’ynovchilar komandalarni tashkil etishda faol qatnashmaydilar. Biroq bu usul katta sinf o’quvchilari o’rtasida murakkab yoki qiyin harakatli va sport o’yinlarini o’ynovchilarda qo’llaniladi. Bunday usullarda komandalarga bo’ylish kuch tomondan teng bo’ladi.
O’quvchilarni sanash yo’li bilan komandalarga bo’lish mumkin: masalan, o’quvchilarni safga saflab, raqam bilan («Bir», «Ikki»ga) sanaydilar, shundan so’ng birinchi tartib raqamlilar birinchi komandani, ikkinchi raqamlar boshqa komandani tashkil etadi. Shunday uchul bilan 3-4 komandalarga ham bo’lish mumkin. Bu usul vaqt bo’yicha eng ko’proq tez bo’lib va uni hammadan ko’ra tez-tez jismoniy tarbiya darslarida foydalaniladi. Bunday usulda komandalarga bo’lish kuch jihatdan har doim ham bir xil bo’lmaydi.
O’yin ishtirokchilarini guruhlarga figurali yurish yoki bir kishilik qatorda harakat qilish vaqtida sanash yo’li bilan bo’lish mumkin, lekin har bir qatorda o’yin uchun komandadan qancha o’yinchi bo’lishini talab qilinsa, shuncha o’yinchi bo’lishi shart. Bunday usulda bo’lish komandalar tarkibida tasodifan kirib qolgan va kuchlari teng bo’lmasligi bo’lishi mumkin.
Darsda o’tkaziladigan o’yin uchun, oxirgi ikkita usul juda qulaydir, chunki uni vaqt bo’yicha uzoq davom etmaydigan va bitta mashqdan boshqa mashqqa tashkiliy ravishda o’tishga imkon beradi.
Kelishish bo’yicha komandagi bo’lish yaxshi usul hisoblanadi. Bolalar teng ikki guruhga bo’linib, o’z sardorlarini saylaydilar, o’zlari bir-birlari bilan kelishib nom qo’yishib sardorlar oldiga boradilar, ularni aytilgan nomlariga qarab tanlab oladilar. Komandalarga bunday usulda bo’linishi, ularni barchasini kuchi bo’yicha bir xil bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun bu usulni bolalar juda yaxshi ko’radilar, chunki u o’ziga nisbatan o’ziga xos o’yin hisoblanib, ko’p vaqtni talab qiladi, shuning uchun uni ko’proq sekstiya mashg’ulotlarida, sayrda va boshqa joylarda qo’llaniladi «Kelishuvi» usuli kichik va o’rta maktab yoshidagi o’quvchilar bilan o’yin o’tkazilayotganda foydalaniladi.
Sardorlarni tayinlash bo’yicha bo’lish usuli.
Dastlab bolalar ikkita sardorni saylab olishadi, keyin sardorlar navbat bilan o’z komandalariga o’yinchilarni tanlab oladilar. Bu etarli darajada tez usul hisoblanib va komandalar kuchlari bo’yicha teng hisoblanadi. Bu usulning salbiy tomoni shundaki, har bir komandani sardori o’zlariga bo’sh o’yinchilarni olishni xoxlamaydilar, natijada tez-tez bolalar o’rtasida kelishmovchilikka olib keladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun tanlashni oxiriga olib bormasdanoq, qolgan o’yinchilarni sanash yo’li bilan ajratiladi. Sardorlarni saylashni faqatgina katta yoshdagi maktab o’quvchilari o’rtasida qo’llash mumkin, chunki bu uslni qo’llashda o’yinchilardan yaxshi bilimni va ularni kuchlari bo’yicha to’g’ri baholashni bilishni talab qilinadi.
Nihoyat doimiy komandalarga bo’lib qo’yilgan bo’lishi mumkin. Bu usul sport o’yinlari uchun o’ziga xos bo’lib, biroq murakkab bo’lgan harakatli o’yinlarda, ayniqsa shunday holatdaki ya’ni shu bo’yicha musobaqa o’tkazilayotganda mumkin qadar qo’llash mumkin.
Barcha bu usullar bilan komandalarga bo’lishida o’yinni harakteriga qarab o’yinchilarni tarkibiga mos kelganda, shuningdek o’yinni o’tkazishdagi turli-tuman sharoitlarda qo’llash mumkin.
KOMANDA SARDORLARINI TAYINLASh
Komandali o’yinlarni tashkil etishda komanda sardorlariga katta vazifa yoki rol beriladi. Ular o’zlarini komandalarini o’yin vaqtidagi xulqlariga va ayrim o’yinchilarni xulqlari uchun to’liq javob beradilar. Kamida sardorlari to’g’ridan-to’g’ri o’qituvchining yordamchisi hisoblanib, ular o’yin ishtirokchilarini tashkil etadi va joylashtiradi, o’yin jarayonida o’zining komandasini o’yinchilarini intizomiga va o’ynovchilarni o’yin davomida kuchlarini to’g’ri taqsimlashini kuzatib boradi.
Komanda sardorlarini o’yinchilarning o’zlari tayinlaydi, ayrim holatlarda esa o’qituvchi tomonidan tayinlanishi ham mumkin. Pedagogika nuqtai nazaridan shu tomonini ko’proq qadrliki, sardorni o’ynovchilarning o’zlari saylaydilar, chunki ular bir-birini qadr-qimmatiga qarab baholashni o’rganadilar va o’zlarining o’rtoqlariga ishonch bildirgan holda uni ko’proq javobgarlikni oshirishga undaydilar. Agarda o’ynovchilar etarli darajada tashkil etilmagan bo’lsa, bir-birini yaxshi bilmasa, unda o’qituvchining o’zi sardorni tayinlandi. Ayrim vaqtda u yaxshi o’rtoqlari o’rtasidan (tarbiyalash maqsadida) sardorlarni tayinlanadi. Ularga javobgarlikni yuklab, o’qituvchi etishmaydigan xususiyatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Sardorlarni tayyorlash usulidan kamdan-kam foydalaniladi.
Sardorlarni to’liq komandalar tuzilgandan keyin saylanadi. Agarda komandalarga bo’linganda sardorlarni oldindan tayinlash yoki kelishilgan holda tayinlanadi.
O’YINGA RAHBARLIK QILISh
O’yinni o’rganish va o’yin paytida bolalar o’zlarini qanday tutishlari ko’proq rahbarga bog’liqdir. O’yin shartli ishora (buyurish, o’ushtak yoki qarsak chalish, qo’l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O’qituvchi barcha ishtirokchilar o’yin mazmunini tushinib olganicha va qulayroq erga joylashib olgancha qanoat hosil qilganidan keyin ishora qiladi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qo’yilishi, o’yin uchun zarur qo’llanmalar esa o’yin qoidalariga muvofiq bo’lib berilgan va joy-joyiga qo’yilgan bo’lishi lozim. Rahbar o’yin boshlanishi bilanoq, uning borishini va o’ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda boshqarib boradi. Bundan tashqari o’yin davomida ayrim qoida va usullarni qo’shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va mulohazalarni o’yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to’xtatib qo’ymaydigan yoki uni to’xtatib qo’ymaydigan yo’sinda aytish lozim. Agar o’yinchilarning ko’pchiligi bir xil xatoga yo’l qo’yayotgan bo’lsa, tegishli yo’l-yo’riq berish yoki o’yin qoidalari qanday bajarilishini ko’rsatish uchun o’yinni to’xtatish mumkin. Lekin uni baqirishi yoki keskin ishora bilan to’xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalarni «Diqqat!» degan shartli ishora yoki xushtak chalish bilan to’xtashga o’rgatish lozim.
O’qituvchi bolalarni o’yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirishi kerak. Bu odat ularni intizomga o’rgatishda katta ahamiyatga ega bo’lib, bolalarda o’z burchini sezish va o’z hatti-harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, o’zini tuta bilish va matonatlilikni o’stirishda yordam beradi. O’qituvchining vazifasi-o’quvchilardan o’yin qoidalarini aniq bajarishini talab qilishdir. Ammo u bolalar o’yinini yomon o’zlashtirayotgani uchun ortiqcha bachkanalik qilmasligi kerak.
O’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolar va qo’polliklarni oldini olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. qo’polchilik qilgan o’yinchini albatta jazolash kerak. Bunday xollarda ba’zi ta’sir ko’rsatish choralarini qo’llash ya’ni vaqtincha o’yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin.
O’yinchi rahbarlik qilishda o’quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda o’yin jarayonining o’zidan zavq-shavq qilishga, lazzatlanish hissini vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. Ayniqsa, unga faollik ko’rsatmaydigan o’yinchilarning tashabbusini qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish va bu balki ularda o’z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. O’ynovchilar o’rtasida o’rtoqlariga, to’g’ri munosabat o’rnatishga harakat qilish, g’olablarning kekkayib ketishlari va yutqazganlarning o’yindan sovishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.
Rus pedagogi A.S.Makarenkaning o’g’il va qiz bolani o’zining shaxsiy muvoffaqiyati bilangina emas, balki xususan o’z komandasi yoki tashkilotning muvaffaqiyatlari bilan ham fio’rlanish ruhida tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tiborni tarbiyalash, ularni uyushqoqlikning, mashq qilishning va komandada intizom bo’lishning ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o’z muvaffaqiyatlari va mag’lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo’lishga erishish kerak.
O’quvchilar o’yinni yaxshilab o’zlashtirib olashlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o’yindan qanchalik mamnun bo’lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.
O’YINDAGI INTIZOMLILIK
O’yindagi intizomlilik o’quvchi o’yinning barcha tartib-qoidalarini, o’z zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va vijdonli bajarishini bildiradi. Bunday o’yinchi maqsadga erishishi uchun o’z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi.
Ongli intizom o’yinni yaxshirioq o’zlashtirishga, o’yinchilar kayfiyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg’ulotlar qiziqarli va samarali o’tadi.
O’quvchilarni o’yinda o’z o’atti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo’lish, bir-birlariga beg’araz yordam berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zi o’qituvchi o’yinni mantiqan to’g’ri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, o’yin intizomi bo’ziladi. O’quvchilar o’yin mazmunini etarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoidalarni buzadilar, o’zaro bahslashadilar. O’yinda har xil xatoliklarga yo’l qo’yadilar va bir-biriga qo’pollik qiladilar. Rahbar bu xatolarni o’quvchilarga yana bir marta o’yinni tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin.
Bolalarning o’yin paytidagi intizomi o’yinga to’g’ri rahbarlik qilishga ham bog’liq bo’ladi. Shuning uchun intizom bo’zilganda o’qituvchi buning sababini birinchi galda o’yinga rahbarlik qilishda yo’l qo’yilgan xatolardan qidirishi lozim.
HAKAMLIK QILISh
Har bir o’yin ob’ektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, o’yin o’zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo’qotadi. Hakamlikni ko’pincha o’yin rahbarining o’zi bajaradi. Ammo bu ishni o’ynovchilardan birortasi (bolalarning o’zlari saylagan yoki o’qituvchi tayinlagan o’quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bolalarda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agarda o’yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o’zining fikr-mulohazalarini o’ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan o’quvchi orqali aytadi.
Rahbar-hakam o’yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkon boricha har bir o’yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o’yinning natijasiga ob’ektiv baho berish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, holis turmagan hakamga o’ynovchilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo’yadilar. Bunday hakamning obro’si qolmaydi.
Rahbar-hakam komandalarning kuchi va ulardagi o’yinchilarni soni teng bo’lishini, shuningdek, ishtirokchilar kchkn bir xil sharoit yaratilishini, ya’ni ular o’ynaladigan joy, asbob-anjomlar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim.
Hakam o’yinda qo’polliklarga yo’l qo’ymasligi, o’yin usullarining to’g’ri bajarilishini kuzatib turishi, o’yindagi harakatlarni takomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. Hakam o’yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo’ladigan xislatlarni va malakalarni shakllantirishi, hamda mustahkamlashi kerak.
O’YIN HARAKATLARINING ME’YoRINI BELGILASh
O’yinda bajariladigan harakatlarni to’g’ri belgilash o’qituvchining muhim vazifasidir. O’yinni o’tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning harakteri va o’ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish lozim. Agar o’yin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan darslardan keyin (kontrol ish yoki shu kabi mashg’ulotlardan) keyin o’tkaziladigan bo’lsa, o’ynovchilar kamroq yoki o’rtacha harakatlanadigan o’yinlarni tanlash kerak.
Mashg’ulot paytida o’yinlarning tezligi-umumiy harakatchanligini hisobga olib, ularni o’zaro navbatlantirib turish lozim. Masalan, hamma ishtirokchilar bir vaqtda yuguradigan o’yindan keyin to’p irg’itiladigan o’yinni o’tkazish foydalidir.
O’yin surhatini pasaytirish, ya’ni o’yindagi harakat tezligini kamaytirish o’yindagi harakatlarni muayyan mehyorda olib borish usullaridan biri hisoblanadi. O’yinda bolalar jismoniy mashqlarni bajarishda qattiq hayajonlanib ketadilar. Shuning uchun o’qituvchi ularning kayfiyatiga qarab ish to’tmasligi: o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini ham hisobga olish shart. O’qituvchi onaboshilarning ahvoli va harakatlarini alohida kuzatib borishi, do’xtirning har bir o’quvchi haqidagi ma’lumotlarini ham uno’tmasligi lozim. qilinadigan harakatlarning muayyan mehyori o’yin o’tkaziladigan sharoitlarni hisobga olib, uni o’tkazish metodikasi bilan belgilanadi.
O’YINNI TUGAShI
O’yinni davom etishi har xil bo’lishi mumkin. Shug’ullanuvchilarning tarkibiga, mashg’ulotni sharoitiga qarab, o’yinni harakterini hisobga olgan holda, o’qituvchi o’yinni davom etishini belgilaydi. Eng muhimi o’yinni o’z vaqtida tugallashdir. Chunki o’yinni vaqtidan ilgari tugatmaslik, shuningdek, uni cho’zib yubormaslik kerak.
O’yinni davom etishi bir qancha sabablarga bog’liq bo’ladi: ishtirokchilarni soniga (qancha o’yin ishtirokchilari kam bo’lsa, shuncha o’yin qisqa bo’ladi); o’ynovchilarning yoshiga (bolalar kichik yoshidan boshlab uzoq vaqt davomida o’ynashi mumkin emas); o’yinni mazmuniga (o’yin katta yuklama bilan o’tkaziladigan bo’lsa, unda davom etish vaqti qisqa bo’ladi); o’yinni o’tkazish joyiga, o’qituvchi tomonidan taklif qilingan tezlikka yoki mehyoriga; o’qituvchi tajribasiga (kam tajribaga ega bo’lgan o’qituvchi o’yinni qisqa qilib tugatadi) va boshqa sabablarga bog’liq bo’ladi.
O’yinni tugatishni eng avvalo uni o’yin ishtirokchilariga ta’sir etishiga qarab qo’yilishi lozim. O’qituvchi shunday paytni to’pishi kerakki, qachonki o’yinni maqsadga muvofiq ravishda to’xtatish kerak.
O’yinni charchashni birinchi alomatlari paydo bo’la boshlagan vaqtda tamom qilish kerak; ko’pchilik ishtirokchilarni e’tiborsizligi o’yin ishtirokchilarini qoidani bo’zishi, harakatni aniq bajarmasligi, maqsadga erishish yo’lida etarli darajada qat’iyatlik ko’rsatmaslik, ayrim o’ynovchilarni qiziqishlarini nafas olishini tezlashishidir.
O’yinni o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqtda tugatishi zarur, buning uchun o’quvchilarga oldindan aytib qo’yilishi kerak. O’yin ishtirokchilari shuni hisobga olib, o’yinni davom etish vaqtida o’zlarining kuchlarini to’g’ri taqsimlaydilar. Belgilangan vaqtdan 1-3 daqiqa oldin iloji boricha ishtirokchilarni o’yinni tugatishga tayyorgarlik ko’rishlari uchun ogoxlantiriladi.
Agar o’yin komandali bo’lsa, o’yin ishtirokchilarini, ular necha marta takrorlash-larini o’yin oldidan aytib qo’yilishi shart.
O’yinni davom etishi mashg’ulotni shakliga bog’liq bo’ladi. Agar o’yin jismoniy tarbiya darsida o’tkazilayotgan bo’lsa, unda unga ajratilgan vaqt chegaralangan bo’ladi. Agar o’yin darsdan tashqari vaqtda o’tkazilganda, uzoq vaqt davom etishi mumkin, chunki o’ynovchilarni uzoq vaqt davomida o’ynashga o’rgatiladi.
O’qituvchi barcha holatlarda o’yin ishtirokchilarini charchatib qo’ymasligi kerak va o’yin ishtirokchilarini qiziqishi orta borayotgan vaqtda, ular to’liq, jo’shqin harakat qiliyotgan bir vaqtda o’yinni tugatishi kerak.
O’YIN NATIJALARINI YaKUNLASh
O’yinni cho’zib yuborish mumkin emasligi kabi uni belgilangan vaqtdan oldin tomomlash ham yaramaydi. O’qituvchi o’yinni bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o’yin boshlanganidan ma’lum vaqt o’tgachgina to’xtatishi kerak.
O’yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’qituvchi o’yin tugagach ayrim o’quvchilarning harakatlarini va umuman o’tkazilgan o’yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Bunda yaxshi o’ynagan va o’yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni alohida tahkidlashi zarur. O’yinni taxlil qilish uning qoidalarini yaxshiroq o’zlashtirishga va o’yin jarayonidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek o’qituvchiga bolalar o’yinni qanday o’zlashtirganini, nimalar mahqul bo’lganini va kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi.
Harakatli o’yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish foydalidir. O’qituvchi bu daftarchaga o’yinlarni kuzatishda o’yinchilar haqidagi ma’lumotlarni yozib boradi va shu yozuvlar orqali ularning xatolari va muvaffaqiyatlarini taxlil qiladi. Bu ish o’yinlarni o’rgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga qarab o’zgartirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Аsоsiy dаrslik vа o’quv qo’llаnmаlаr
1. Аyrаpеtyants L.R. Vоlеybоl Tоshkеnt O’zDJTI (dаrslik) 2005 yil
2. Rаsulоv О.T. Bаskеtbоl Tоshkеnt (dаrslik), 1998 yil
3. Nurimоv R.I. Futbоl Tоshkеnt (dаrslik), 2005 yil
4. Pаvlоv Sh. vа bоshqаlаr Gаndbоl Tоshkеnt O’zDJTI (o’quv qo’llаnmа), 2005 yil
5. Хo’jаеv F, Rахimqulоv K.D, Nigmаnоv B.B «Spоrt vа hаrаkаtli o’yinlаr vа o’qitish mеtоdikаsi» o’quv qo’llаnmа Tоshkеnt 2008 y

Qo’shimchа аdаbiyotlаr


1. Mахkаmdjоnоv K.M. Futbоl o’yin tехnikаsi. Tоshkеnt (mеtоdik qo’llаnmа), 1999 yil
2. Rаsulоv О.T. Bаskеtbоl o’yinning rаsmiy qоidаlаri. Tоshkеnt (mеtоdik qo’llаnmа), 1993 yil
3. Usmоnхo’jаеv T.S., Аrzumаnоv S.G’., Qоdirоv V.А. Jismоniy tаrbiya dаrsligi. Tоshkеnt (dаrslik), O’qituvchi 2004 yil - 206 b.
4. Tulеnоvа Х.B., Mаlininа N.N., Umumrivоjlаntiruvchi mаshqlаrni URM o’rgаtish mеtоdikаsi. Tоshkеnt (o’quv qo’llаnmа), 2004 yil - 57 b.
5. Blinkоv V.V Spоrtivnые igrы i mеtоdikа prеpоdаvаniya. Tоshkеnt (o’quv qo’llаnmа), 2001 yil - 200 b.
Elеktrоn tа’lim rеsurslаri
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz
tdpu INTRANET. uz

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish