Reja: Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi



Download 45,81 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi45,81 Kb.
#778711
  1   2
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Hamza ijodi. G'afur G'ulom ijodi.
Reja:

1.Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi.


2.Hamza ma'rifati.
3.G'afur G'ulom ijodi va faoliyati.
4. G'afur G'ulom ijod namunalari.
5."Shum bola"asari haqida
Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr
boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir,
oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon
nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish
bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir.
Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng
maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917),
“Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning
ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir.
Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza
eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi.
Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari
ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan
boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda
Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin
egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida,
1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni
oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil
adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir
shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid
maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi.
Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan
bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka
daʼvat etdi.
1913–1914-yillarda
Hamza
chet

ellarda
Afgʻoniston,


Hindiston,
Suriya,

Turkiya
mamlakatlarida, Makkada sayohatda boʻldi, u mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan


oʻzgarishlar bilan tanishdi. 1915–1917-yillar davomidaHamza qator asarlar yaratib,
undaxalqhayoti, uning orzu-intilishlarini ifodaladi, oʻzining insonparvarlik gʻoyalarini xalq tili
bilan sodda va ravon uslubda bayon etdi, ommani ilm-maʼrifatga chaqirdi, bidʼatni qoraladi.
Uning “Yangi saodat” povesti, “Gul” turkumidagi toʻplamlari (“Milliy ashulalar uchun milliy
sheʼrlar
majmuasi”)
shu
davrlarda

yozilgandir.


U
maʼrifatparvarlik

gʻoyalarini


ommalashtirishda teatrdan ham unumli foydalandi.1915–1916-yillarda “Feruzaxonim”, “Ilm
hidoyati”, “Loshman fojiasi” kabi qator drama va komediyalar yozib, baʼzilarini oʻzi tuzgan
“Havaskor truppa”sida sahnalashtirdi.
Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti,
maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi,
mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib
borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga
aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri
falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy
ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir

muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq


bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi
avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning
davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak
uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa
bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini
axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib,
jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining
badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus
mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun
Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida
Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi.
Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.
1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu
kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri
boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub
yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi
tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub,
yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora,
yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy
kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz
oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni
sharmanda va marnigun qilur”.
Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash
orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”,
“Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak,
boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey
Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun
nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik
Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati”
deb kuylaydi.
Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning
ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa
tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy
ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni
sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr
boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi.
Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan
muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi.
Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga
bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning
oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.
Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari”
trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab,
rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek
adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak.

Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi


bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan
oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq
ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning
hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining
salmogʻi katta.
Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi,
haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda,
Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18
martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.
Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy
oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim
taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik
yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi,
vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga
oshirdi.

Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida


oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“
jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918),
Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor
(1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot-
tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba
soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi
qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda
xizmat qilgan. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning
topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan Shohimardonda targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va
soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy
bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi
oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va
Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va
„Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“
umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari
(8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va,
ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Hamza Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj
amallarini bajargan. 1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil
oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921-yil soʻnggida Toshkentga va undan
Xorazmga oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’ʻbasida ishlaydi. Xorazmdan
Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili
Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini
chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.
1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik,
iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshboʻron qilinib, vahshiylarcha
oʻldiriladi.

Download 45,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish