Reja: I. Kirish II. Asosiy qism Chilonzor tumani 5yillik Harakatlar strategiyasi haqida Chilonzor tumanida Harakatlar strategiyasi asosidagi rivojlanishlar III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Download 36,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi36,74 Kb.
#243759

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Xorijiy filologiya fakulteti

Ilmiy tadqiqot ishi

Mavzu:Chilonzor tumanidagi 5yillik Harakatlar strategiyasida erishilgan yutuq va natijalar

Guruh:201K-guruh

Bajardi:Yusupova L.I

Tekshirdi:Mirzavaliyev J

TOSHKENT 2021

REJA:

I.Kirish


II.Asosiy qism

Chilonzor tumani

5yillik Harakatlar strategiyasi haqida

Chilonzor tumanida Harakatlar strategiyasi asosidagi rivojlanishlar

III.Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Chilonzor Toshkent shahrining janubi-g’arbiy tumanidir.1963-yilda rasman tashkil etilgan.Maydoni-2 530gektar.Uchtepa,Shayxontoxur,Yakkasaroy,Sirg’ali tumanlari bilan chegaradosh.Toshkentning chekkasidagi Chilonzorda 1956-yildan boshlab zamonaviy binolar qurila boshlandi.1966-yilgi zilziladan keyin tumanda keng miqyosda qurilish ishlari boshlab yuborildi.Hozirda Chilonzor infratuzilmasi eng yaxshi tuzilgan,rivojlangan tuman hisoblanadi.Toponomistlarning fikricha Chilonzor tumani nomi chilon(jiyda) o’simligidan olingan.Shimolda Oqtepa kanali,sharqda Bo’rijar kanali,janubi-g’arbda O’rta Osiyo temir yo’l bo’ylab Toshkent avtomobil halqa yo’li va Bobur ko’chasigacha davom etgan.Ko’kalamzorlashtirilgan maydoni 1334ming gektar hisoblanadi.Aholisi 217,1 ming kishi (2004),ko’chalar soni 262ta,mahalla soni 45.Tumanda ba’zi joylar Toshkent tarixi bilan bog’liq.Jumladan,Oqtepa arxeologik yodgorligi(4-8asrlar),Abulqosim Shayx madrasasi,Xayrobod Eshon me’moriy majbuasi kabi yodgorliklar shularga misoldir.Asosiy magistrallari-Xalqlar do’stligi,Muqimiy,Cho’ponota,Farhod,Gavhar,Chilonzor,Qatortol,AlXorazmiy ko’chalari.Hududida qo’shma korxonlar(“Sovplastital” O’zbekiston,Italiya qo’shma korxonasi,”O’zbegiminterneshil”qo’shma korxonalar va boshqalar),24 sanoat korxonasi (shu jumladan,3poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi,ko’rlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, “Rele va avyomatika”, “Algoritm” korxonalari ,elektr ro’zg’or buyumlari zavodlari,8ta ilmiy tadqiqiy ilmiy instituti,8ta loyihalash instituti,konstruktorlar byurosi,Toshkent davlad iqtisodiyot Universtiteti,38umumiy o’rta ta’lim maktabi,20 akademik kollej,litsey,65 maktabgacha ta’lim muassasi,9 kasalxona,31 poliknilika bor.Aholiga 152 oziq-ovqat ,64 sanoat mollar do’koni,121 umumiy ovqatlanish korxonasi,96 maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi,Chilonzor buyum bozori xizmat qiladi Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri,Davlat musiqali komediya(opera)teatri ,2ta kinoteatr,Navoiy nomidagi Milliy bog’,G’afur G’ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’i ,Xalqlar do’stligi faoliyat ko’rsatadi.4ta stadion,101ta sport zali,166ta sport maydonchalari,6ta suv havzasi,otchopar majmuasi bor.Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178ming m2.

Chilonzor tumani-Toshkent shahridagi tumanlardan biri hisoblanadi.Xirmontepa mahallasi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimiz turmush farovonligi,ularga zamonaviy uy-joylar,shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bu borada bir qator qonunlar qabul qilindi.”Obod qishloq” dasturi amalga oshirildi.Ayniqsa yurtimiz mahallalaridagi obodonlashtirish e’tinorga moyildir.Chilonzor tumanidagi “Xirmontepa”mahalla fuqarolar yig’inida 5mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.Bugun bu mahalla ham yangicha qiyofa kasb etmoqda.Bu yerda Prezidentimizning 2017 -yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi.Yangidan qabul qilinayotgan “Obod mahalla” dasturi asosida bunyod etilayotgan yangi mahalla markazida mahalla oqsaqoli,maslahatchilar,profilaktika inspektorlari uchun xonalar,qariyalar dam olish xonasi,kutubxona,kommunal to’lovlarni qabul qilish shahobchasi,bolalar maydonchasi,aholi dam olish maskankari,qulay o’rindiq va soyabonlar,favvoralar,sport inshootlari qad rostlamoqda.Shu bilan birga mazkur hududda 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tuman prokraturasi homiyligida pazandachilik xonasi tashkil etilib,zamonaviy jihozlar,katta muzlatgich,elektr plita bilan jihozlandi.O’quvchilarga 10dona kompyuter va tikuv mashinalari ixtiyorlariga topshirildi.

Prezidentimiz bu yerda mahalla faollari bilan suhbatlashdilar,ularning muammolari,dard-u o’ylari bilan qiziqdilar.Uchrashuvda davlatimiz rahbari “Har bir mahallani Jizzazdagi Manasga o’xshab obod qilishimiz kerak.Barcha ishlarimiz tub zamirida,xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam.Buning uchun hamma imkoniyatlarimizni ishga solamiz”dedilar.

5yillik harakatlar strategiyasi haqida

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi.

I.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish,mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis,siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

2.”Elektron hukumat”tizimini takomillashtirish,davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi sifatida yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyayini oshirish

3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyayi ochiqligini ta’minlash,jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilish.

4.Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish,davlat xizmatchilarini kasbiy tayyorgarlik,moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma bosqich qisqartirish orqali davlat boshqatuvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish

II.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

1.Sudyalarga g’aytiqonuniy tarzda ta’sir o’tkazmaslik to’g’risida choralar ko’rish

2.Sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini,moddiy rag’batlantirish ,ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish,sudyalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash

3.Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlarini kiritish

4.Sudlarni yanada ixtisoslashtirish,sud apparatini mustahkamlash

5.”Xabeas korpus”institutini qo’llash sohasini kengaytirish,tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish

6.Sudning mustaqilligi va beg’arazligi sud prossesida tomonlarning tortishuvi va teng huquqlilik tamoyillarini har tomonlama tadbiq etish

III.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari

1.Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash ,qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotlarning barqaror yuqori o’sish sur’atini mustahkamlash

2.Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlb qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash,mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish

3.Soliq yukini kamaytirish ,soliqqa tirtish tizimini soddalashtirish siyosatini takomillashtirish,soliq ma’muriyatchiligini rivojlantirish va tegishli rag’batlantiruvchi chora-tadbirlarni kengaytirish

4.Ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul,kredit siyosatini yanada takomillashtirish shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish,milliy valyutani barqarorligini ta’minlash

IV.Ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo’nalishlar

1.Aholining real pul daromadini va xarid qobilyatini oshirish,kam taminkangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqni yanada kamaytirish

2.Byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi ,pensiya,stipendiya va ijtimoiy nafaqalar narxini inflatsiya sur’atlaridan yuqori darajada izchil oshirish

3.Yangi ish o’rinlarini oshirish hamda aholining ,eng avvalo,o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini taminlash,ishsizlik darajasini kamaytirish

4.Mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirishda sharoitlar yaratish,ish kuchi sifatini yaxshilash,ishga muhtoj aholini ishga tayyorlash,qayta tayyorlash va malakasini oshirish

V.Xavfsizlik,millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan,o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi tashqi siyosat

1.O’zbekiston Respublikasining konstotitsiyaviy tuzumisuvereniteti,hududiy yaxlitligini muhofaza qilish

2.Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik qilish

3.Fuqarolik , millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash

4.Davlatning mudofaa qobilyatini mustahkamlash,O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning jangovor qudrati va salohiyayini oshirish

5.Atrof ,tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish

6.Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va va bartaraf etish tizimini takomillashtirish

Chilonzor tumanida harakatlar strategiyasi asosida rivojlanishlar

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalqimiz manfaati yo’lida izchil davom ettirish davomida,2017-2021 yillarda yurtimizda rivojlanishlar uchun Harakatlar strategiyasini” Ilm ,ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida”qilinishi kerak ishlar tayyorlanib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamas yuzasidan,mahalla raislari,yoshlar va mutasaddilar ishtirokida yig’ilish o’tkazdilar

“Bugun tumanda o’dish nuqtalarini aniqlab,iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish,aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha vazifalarni belgilab olishimiz kerak”dedilar tadbir avvalida

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha Chilonzorda 51ta mahalla bor.Iqtisodiy faol aholining 9%ishsiz .Kishi boshiga sanoat hajmi Toshkent shahridagi ko’rsatkichlar 2barobar past.Shu tufayli mahallalardagi rezervlar o’rganilib,tumanni kompleks rivojlantirish bo’yicha ikki yillik dastue ishlab chiqildi.U 7ta asosiy yo’nalishni qamrab olgan.Dasturga ko’ra qurilish materiallari ,oziq -ovqat,to’qimachilik,kimyo,farmatsevtika,zargarlik kabi sohalarda umimiy qiymati 10trillion 238milliard so’mlik 298ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan.

Shuningdek,tadbirkorlikni rivojlantirish,kambag’allikni qisqartirish,yo’l va kommunal tarmoqlarni ta’minlash ,tibbiyot va ta’lim sohalarida yangi islohotlarni joriy qilish,jinoyatchilikni qisqartirish bo’yicha dolzarb masalalar belgilandi.

Prezidentimiz aytdilarki”Agar mahallalar ichiga kirsak ,odamlar adolatni sezadi “deya ta’kidladilar

Davlatimiz rahbari yig’ilish davomida yoahlarning fikr va mulohazalarini tingladilar,takliflarini qo’llab quvvatlab ,ijrosi bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdilar.

“Toshkentda yoshlar bilan ishlash bo’yicha yangi tizim bo’ladi dedilar”,Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahar Chilonzoe tumani Arnasoy ko’chasida joylashgan Sog’liqni saqlash vazirligiga tegishli yangidan qurilgan va hozirda foydalanilmayotgan Perinatal markazi hamda Ona va bola tibbiyot markazini investitorlarga uzoq muddatga berish rejalashtirilmoqda.Sog’liqni saqlash vazirligi ,mahalliy va xorijiy kompaniyalardan mazkur 2ta yirik obyektlar o’rnida davlat -xususiy sheriklik ,ishomchli boshqaruv ,ijaraga olish,sotib olish shakllaridan biri asosida investitsiyalar,shu jumladan xorijiy investitsiyalar kiritish sharti bilan tibbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflarni Sog’liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi.

Chilonzor tumanida yangi “Gold Moon”korxonasi ochilish arafasida

Zargarlik sanoatini rivojlantirish mamlakatimizning yaqin 5yil ichida belgilagan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi.Shu bois Chilonzor tumanida “Gold Moon”nomli zargarlik korxonasi qurildi.Nafis buyumlar ishlab chiqaruvchi bu buyumlar sohadagi eng ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan.Tashqi va ichki jihozlash yakuniga yetib faqatgina ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayoni Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahamedov,sektor rahbarlari, boshqa mutaxassislar tomonidan o’rganildi

Shunisi e’tiborliki yaqin kunlarda ish boshlaydigan bu korxonada chilonzorliklar uchun 400dan ortiq bo’sh ish o’rinlari ochilishi ko’zda tutilgan.

Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati

Bundan tashqari,turizm industriyasini jadal rivojlantirish,iqtisodiyotda uning roli va ulishini oshirish,turistik xizmatlarni diversertifikat qilish va sifatini oshirish,turizm infratuzilmasini kengaytirish ham belgilandi.

Qolaversa Chilonzor tumanida xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish,yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulishini oshirish,ko’rsatilyotgan xizmatlar tarkibini ,eng avvalo,ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobini tubdan rivojlantirish.

Faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish ,yangilarini tashkil etish bo’yicha chora tadbirlar ko’rilmoqda.

2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida

Toshkent shahrining Chilonzor tumani kompleks rivojlanishini ta’minlash,bunda tumanning ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat va xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish orqali tuman byudjetining daromad bazasini kengaytirish,muhandislik kommunikasiya,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining bandligi,daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida ,Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1.Quyidagilarni o’z ichiga oluvchi 2017-2019 yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ma’qullansin.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017-2019yillarda kompleks rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq

Toshkent shahri Chilonzor tumanini 2017-2019 yillarda kompleks rivojlantirish dasturining moliyaviy manbaalari 1 a-ilovaga muvofiq

Sanoatni rivojlantirish bo’yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro’yxati 2-ilovaga muvofiq

Mahalliy xomashyodan import o’rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarining manzilli ro’yxati 3-ilovaga muvofiq

Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro’yxati 4-ilovaga muvofiq

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish 5-ilovaga muvofiq

Ta’lim muassasalari va sog’liqni saqlash,madaniyat obyektlarini holatini yaxshilash tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq

2.Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruv organlari,mahalliy davlat hokimiyati organlari,tijorat banklari organlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo’yicha respublika ishchi guruh tarkibi ,7-ilovaga muvofiq tuzilsin

Respublika ishchi guruh (A.Ramatov)

Tegishli davlat va xo’jalik organlari,mahalliy davlat hokimiyati organlari,tijorat banklari tomonidan dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga amalga oshirilishini tahlik qilub borsin va muvofiqlashtirsin

Muammoli masalalarni muntazam ravishda o’rganib borsin va ularni hal etish yuzasidan tezkor chora tadbirlarni ko’rsin

Zarurat bo’lganda,tayyorlangan va belgilangan tartibda belgilangan loyiha hujjatlari mavjud bo’lgan taqdirda,dasturga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin

3.Toshkent davlat hokimligi tegishli davlat va xo’jalik boshqaruv organlari ,mahalliy davlat hokimiyati organlari,tijorat banklari,Chilonzor tumani hokimligi hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda dasturdagi ko’rsatgichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallari ishlab chiqilsin va tasdiqlansin

4.Tijorat banklariga dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish,respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish maqsadida belgilangan vazifadagi kreditlar,shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratilishi ko’rib chiqilsin

5.Toshkent shahar hokimligi,Chilonzor tuman hokimligi,O’zbekiston Respublikasi yer resurslari,geodeziya,kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi va davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan birgalikda dasturga kitilgan loyihalar ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalarini ta’minlash

6.O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini sifatli davlat ekspertizasidan o’tkazilishini va qurilish montaj ishlarini bajarishga tegishli hujjatlarni “Yagona darcha” markazlari orqali qonunchilikda belgilangan muddatda berilishini ta’minlash

7.”O’zbelenergo”AJ , “O’ztransgaz” AK Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda dastur davomida amalga oshiriladigan investitsita loyihalarida ishlab chiqarishni samarali yo’lga qo’yish uchun elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga o’z vaqtida ulanishni hamda ularga yetkazib beriladigan elektr energiyasini va tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berishni belgilangan tartibda ta’minlasinlar

8.O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi,Investitsiya bo’yicha davlat qo’mitasi,har yilgi O’zbekiston Respublikasida Investitsiya shakllantirishda moliyalashtirish hajmlari va manbaalarini aniqlashtirish ,ushbu qarorga muvofiq tarzda amalga oshirilishini ,nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini,belgilangan tartibda kiritib borilsin

9.Belgilab qo’yilsinki,tuman hokimligi taklifiga asosan hududda joylashgan 2qavatli uylar o’rnida hamda bo’sh yer maydonlarida zamonaviy yangi loyihalari asosida ko’p qavatli turar joylarning qurilishiga hufudning bosh rejasiga asosan Toshkent shahar hokimligining qarori bilan ruxsat berilsin



Tumanda joylashgan avyobus bekatlarini shaharsozlik qoidalari va normalari asosga olgan holda zamonaviy oynavand ko’rinishda joylashtirishga istisno tariqasida tuman hokimligining qarori bilan ruxsat berilsin.

Xulosa

Shubhasiz,2017-2019 yillardagi Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish dasturiy loyihasiga asosan qilingan barcha turdagi qurilish,modernizatsiyalash,rivojlantirish ishlari faqatgina shahrimiz,tumanimizning yangi va zamonaviy ko’rinishi uchun xizmat qildi.Hozirda tumanda ishsizlar soni yangi qurilgan va ish faoliyatini boshlagan korxona,zavodlar hisobiga sezilarli tarzda pasaygan,umid qilamizki yaqin yillarda bu ko’rsatkich yanada yaxshi natijalar bilan tushadi.Chilonzorda qurib ish faoliyatiga topshirilgan binolar,maktabgacha ta’lim muassasalar,maktablar,kollejlar,litseylar,sport inshootlari,istirohat bog’lari barchasi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek faqatgina xalqimiz uchun,yosh avlod uchun yaxshilikka xizmat qiladi.
Download 36,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish