Reja: I. Kirish mavzuning dolzarbligi Adabiyotlar tahlili II. Asosiy qism



Download 48,65 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2022
Hajmi48,65 Kb.
#568589
1   2
Bog'liq
Shuhrat

Islom ekstremizmiga xos jihatlar. Yaqin Sharqdagi diniy ekstre­mizmga asosiy ikki xususiyat xosdir. Birinchidan – jamiyat va hukumatning hudosizlikda ayblanishi, ya’ni "jamiyat va hukumat takfiri". Ekstremizmning g‘oyaviy asoschilari, zamonaviy musulmon jamiyatlari musulmonlarga xos xususiyatlarni tark etgan holda, «johiliya», ya’ni islomgacha bo‘lgan jaholatga yuz tutganliklarini ta’kidlaydilar.
Diniy ekstremistlar jamiyat va hukumatni hudosizlikda ayblash yo‘li bilan o‘z tartibini o‘rnatish va shu asosda davlat funksiyalarini o‘zlashtirishga intiladilar. Eng muhimi, ular hokimiyatni qo‘lga kiritishga urinadilar. Shu maqsadda ko‘plab vositalar, xususan, muammoni hal etishda kuch ishlatish vositasidan ham foydalaniladi. Ayrim diniy ekstremistik tashkilotlar mazkur tashkilotga a’zo bo‘lmaganlarning barini g‘ayrinlar sirasiga kiritadilar. Boshqalari esa, jamiyat gunohlarga botgan bo‘lsada, u begunoh va uni qutqarish mumkinligini, shu bois, uni musulmon jamiyati sifatida tilga olish mumkinligini e’tirof etadilar.
Ikkinchidan – o‘z harakatlari zamirida faol, qat’iy va agressiv choralarni qo‘llash, xususan «islom qonunchiligi g‘alabasi» yo‘lida zo‘ravonlikdan foydalanish zarurati ilgari surilib, ularning fikricha bularning bariga «sof musulmonlar» hokimiyatga kelgachgina amalga oshirish mumkin.
Ta’kidlash joizki, oddiy va diniy ekstremizm o‘rtasida farqli jihatlar mavjud bo‘lib, u ijrochilarning ma’naviy-emotsional holati bilan belgilanadi. Qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirayotgan diniy ekstremist o‘zining omon qolishi (diniy nuqtayi nazardan)ga ishonch hosil qilgan holda, to‘g‘ri ish qilayotganiga amin bo‘ladi. Oddiy terrorist esa, muayyan kuchlar qo‘lidagi sovuq va rejali qurol vazifasini o‘taydi. Shundan kelib chiqqan holda, diniy ekstremist "muqaddas ish" yo‘lida o‘zini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan xavfli shaxsga aylanadi.
Ekstremizmning muhim jihatlaridan biri, undagi mazmun va hulosalarning jamiyatda mavjud me’yor va qadriyatlarga keskin qarama-qarshi ekanligi bilan xarakterlanadi. Mavjud nazariyaning jamiyat va uning muayyan qismi uchun nomuvofiq ekanligi, uni ekstremistik nazariya sifatida tan olish imkonini beradi.
Ekstremizmning muhim jihatlaridan biri, bu dunyoga nisbatan "oq-qora nazar" bo‘lib, bunda barcha narsa yaxshi va yomon, ezgu va yovuzga bo‘linadi, ya’ni biz bilan birga bo‘lmaganlar bizga qarshidir shiori amal qiladi. Boshqa dinlarga nisbatan radikallik, murosasizlik va sabrsizlik, boshqa mafkuraning mavjudligini inkor etish kabilar aynan shu jihatlar bilan xarakterlanadi.
Islom ekstremizmi va uning keskin ko‘rinishi – terrorizmning qiyofasi o‘zgaruvchan va vaqtga nisbatan moslashuvchandir. So‘nggi yillarda islom ekstremizmini davlat siyosati darajasiga ko‘tarish, ayrim davlatlardagi davlat tuzilmalari tomonidan zo‘ravonlik va terrorizm usullaridan foydalanish holatlari, shuningdek, ekstremistik tashkilotlarning xalqaro tarmog‘i kengayishi va o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi kabilar islom ekstremizmining yangi ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Shunday qilib, diniy ekstremizm tezkor sur’atlarda yoyilib, davlat chegaralaridan kechib o‘tayotgan xavfli voqelikka aylanib bormoqda. U XX asr oxiri – XXI asr boshlarining g‘oyaviy vabosiga aylandi. Mazkur "kasallik"ning yoyilishi, odatda, keskinlik o‘choq­larining avj olishi va ularning internasionalizatsiyasiga sabab bo‘ladi.
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning islom diniga qiyoslanishi turli diniy e’tiqodlar o‘rtasida sun’iy to‘siqni barpo etishga intilayotgan muayyan siyosiy doiralarning manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Iroq va Levant Islom davlati (ILID, ID, DAISH – arabchadan al-Dawla al-Islamiya al-Iraq al-Sham, ISHID- o‘zbechadan Iroq va Shom Islom davlati) – Amalda 2013-yildan buyon Suriya va Iroq hududida harakat qilayotgan, shariat boshqaruvi shakliga asoslanadigan, tan olinmagan kvazidavlat (2014-yilning 29-iyunida o‘zini butun yer yuzi xalifaligi sifatida e’lon qilgan) sanalib,, uning qarorgohi (poytaxti) Suriyaning El-Raqqa shahrida joylashgan bo‘lib, u radikal islomiy terrorchi tashkilot hisoblanadi. Suriya va Iroqdan tashqari, ISHID hamda uning nazorati ostidagi guruhlar Livan, Afg‘oniston, Jazoir, Pokiston, Liviya, Misr, Yaman, Nigeriya hudud-larida jangovar harakatlarda ishtirok etishmoqda hamda bir qator boshqa davlatlarda terrorchilik faoliyatini olib borishmoqda.
ISHID ko‘pchilik mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.
U 2003-yilda Iroq hududida “Iroqdagi Al-Qoida” (uning asoschisi iordaniyalik Ahmad Fadl Xaleyla bo‘lib, u Abu Musab az-Zarqavi sifatida ma’lum bo‘lgan) terrorchilik tashkiloti tarzida paydo bo‘lgan.
Saddam Husayn ag‘darilganidan keyin harbiy xizmatni tark etgan Iroq qurolli kuchlarining sobiq xodimlari, harbiy xizmatchilari tashkilotning negizini tashkil etishadi. Ular ,,Arab Qayta tiklash Partiyasi’’ Iroq siyosiy partiyasining a’zolari bo‘lishgan. Shuningdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Osiyoning va boshqa mamlakatlardan kelib chiqqanlar ham mazkur guruhning shakllanishining o‘zagini tashkil qilishgan.
2006-yilning oktabrida boshqa islom radikal guruhlari bilan birlashganlaridan so‘ng, u “Iroq Islom davlati” sifatida e’lon qilindi.
Usmonlilar saltanati bo‘lib olinishi natijasida o‘rnatilgan chegaralarni yo‘q qilish hamda kamida Iroq va Shom (Levanta), ya’ni Suriya, Livan, Isroil, Falastin Iordaniya, Turkiya, Kipr, Misrning Sinay yarimoroli hududlarida, imkon bo‘lsa butun islom dunyosida ortodoksal sunniy islom davlatini yaratish tashkilotning maqsadi hisoblanadi.
Guruhning maqsadlari orasida shuningdek quyidagilari ham e’lon qilindi:
- HAMAS tashkilotini yo‘q qilish;
- Isroil davlatini yo‘q qilish;
- Markaziy Osiyodagi vaziyatni beqarorlashtirish.
Ushbu harakat birinchi navbatda Iroqdagi shia hokimiyatiga qarshi bo‘lganlarning, islomiylarni hamda Saddam Husayn tuzumi davridagi sobiq zobitlarni ham o‘zining tarkibiga qamrab olgan.
2014-yilda ISHID tomonidan nazorat qilinayotgan hududning hajmi 40-90 ming kv.km.dan iborat bo‘lgan, mazkur hududda yashayotgan aholi soni 8 mln kishini tashkil etadi hamda ular asosan sunniylardan iborat bo‘lishgan. ISHID Iroqda dastlabki paytlarda qo‘lga kiritilgan hududlarning bir qismini jangovar harakatlar natijasida yo‘qotganligi sababli 2015-yilning 14-apreliga kelib uning hududi 25-30 % (8-10 ming km. kv.) ga qisqargan.
Tashkilotning nomi ham bir necha marotaba o‘zgargan. 2006-yilda ,,Iroq Islom davlati’’ nomi ostida tuzilgan. Tashkilot amalda ham, faoliyat doirasi ham kengayib borganligi sababli “Iroq va Shom Islom davlati” deb qayta nomlandi. 2014-yilning yozidan esa o‘zini “Islom davlati” deb nomladi.
Guruhning tashkil etilishida “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti ishtirok etdi, u xalqaro terrorchi Abu Musab Zarqavi yordamida dastlab “Mujohidlarning yig‘ilishini” tashkil etdi (2006), unga keyinchalik “Jaysh at Toifa al-Mansura”, “Jaysh Ahlu-s-Sunna va-l-Jamaa”, “Jaysh al-Fotihin” va “Jund as-Sahoba” guruhlari qo‘shilishgan, shundan so‘ng 2006-yilning 15-oktabrida “Iroq Islom davlati’’ (IID) ni tashkil etish to‘g‘risida e’lon qilindi. Shundan so‘ng ushbu tashkilotga “Ansor at-Tavhid”, “Al-G‘urobo”, “Islom Jihodi”, “Asoib al-Ahvol”, “Jamoa al-Murabitin”, “Ansor at-Tavhid va-s-Sunna”, “Fursan at Tavhid”, “Jund Milliyat al-Ibrohim” singari mayda islomiy terrorchi guruhlar qo‘shilishgan. Abu Umar al-Bag‘dodiy Iroq Islom davlatining birinchi yetakchisiga bo‘ldi.
2010-yilning iyunida AQSH va Iroq harbiylari Tikritda birgalikda reyd o‘tkazishdi. Shundan so‘ng amerikalik general Raymond Odiyerno matbuot anjumanida “Islom davlati” tashkiloti mag‘lub etildi deya ma’lumot berdi. ISHID yetakchilari Abu Ayub al-Masri va Abu Umar al-Bag‘dodiylar o‘ldirildilar. 2010-yilning ikkinchi yarmida Abu Bakr al-Bag‘dodiy ISHID, yanada aniqroq “Iroq Islom davlati” ining yetakchisiga aylandi.
2013-yilning 9-aprelida mazkur tashkilot “Iroq va Suriya Islom davlati” deb atala boshlandi, chunki tashkilot jangarilari mustaqil kuch sifatida Suriyadagi fuqarolar urushiga qo‘shilishdi. Buning oqibatida ushbu holat “ISHID’’ va “Al-Qoida” tashkilotlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Ayman az-Zavaxiri yetakchiligida “Al-Qoida” tashkiloti jangarilarni Iroq hududiga qaytishga chaqirdi. Natijada “Al-Qoida” tashkilotining “qonuniy vakillari” “Jabhat an-Nusra” tashkilotini tuzganliklarini e’lon qilishdi.
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bleyer ,,SNN’’ kanaliga bergan intervyusida AQSH va uning ittiffoqchilari 2003-yilda Iroqqa bostirib kirganlaridan so‘ng ISHID paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lganliklarini qisman tan oldi.
2013-yilning oxirida Iroqning Anbar viloyatida Bag‘doddagi shia hukumatiga qarshi sunniylar isyon ko‘tarishganida ISHID jangarilari bizning unda qo‘limiz bor deb e’lon qilishdi. 2014-yilning 3-yanvarida ISHID jangarilari Idlib va Aleppo shaharlarida Suriya Ozodlik Armiyasi bilan ziddiyatga borishdi.
2014-yilning fevral oyining boshlarida “Al-Qoida” tashkilotining bosh qo‘mondonligi ISHID ni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishini ma’lum qildi. “Al-Qoida” nashr etgan bayonotida quyidagi jumlalar ta’kidlab o‘tiladi: “ISHID Al-Qoidaning alohida harakati hisoblanmaydi. Biz ular bilan hech qanday aloqaga kirishmaymiz hamda ularning xatti-harakatlari uchun hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘ynimizga olmaymiz”. ISHID va boshqa muxolifatchi guruhlar o‘rtasidagi kurash Suriyadagi fuqarolar urushining omillaridan biriga aylandi. ISHID va “Al-Qoida” tashkilotining Suriyadagi rasmiy bo‘limi sanalmish “Jabhat an-Nusra” o‘rtasida urush boshlanib ketdi. 2013-yilda ISHID jangarilari Bashar Asad tuzumiga qarshi hukumatga muxolifatda turgan kuchlar tarafida turib Suriyadagi fuqarolar urushiga kirishdi.
Iroqning shimoliy va g‘arbiy tumanlarida shuningdek, Shimoliy Suriyada (Kurdistonda) jangarilar 2014-yilning yozida keng miqyosda hujumni boshlaganidan so‘ng mazkur guruh mashhur bo‘lib ketdi. 2014-yilning 29-iyunida terrorchilar o‘zlarining xalifaligini tashkil etganliklarini e’lon qilishdi. 2014-yilning 3-avgustiga kelib esa, terrorchilar 2 ta yirik neft konini o‘zlarining nazoratlari ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
ISHID Suriyaning El-Raqqa viloyatida o‘z hokimiyatlarini o‘rnatganlaridan keyin, guruhning bir qancha xorijlik vakillari fuqarolikka muhtoj emasliklarini e’lon qilishdi hamda hammaning ko‘z o‘ngida pasportlarini yertib tashlashdi yokida yoqib yuborishdi.
2015-yilning 15-mayida ISHID Ramadi shahrini egalladi, biroq 28-dekabrda Bag‘doddagi hokimiyat shaharni ustidan nazoratni o‘rnatdi. 2015-yilning 20-mayida jangarilar Palmira shahrini bosib olishdi, faqatgina 2016-yilning 27-martidagina Suriya hukumatining harbiy kuchlari Rossiya HHKning ko‘magida shaharni ozod qilishga erishishdi.
2015-yilning sentabr oyidan Rossiya HHKning ISHID bergan zarbalari Suriya armiyasining qarshi hujumga o‘tishiga imkon berdi. Latakiya viloyatining deyarli barcha hududini jangarilardan ozod qilishga erishildi. Mart oyida Suriya qo‘shinlarining Xalab shahriga yurishi boshlandi. 2016-yilning 6-7-mart kunlari ISHID poytaxti El-Raqqa shahrida aholi isyon ko‘tardi. Mahalliy aholi qurol-yarog‘lar omborini egallashdi, Suriyaning davlat bayrog‘ini ilishdi. Qo‘zg‘olonga mahalliy qabilalarning qo‘mitasi boshchilik qildi. 200 tacha islomiy jangarilar isyonchilar tomoniga o‘tib ketishdi. ISHID ning sobiq poytaxtini isyonlar qoplab oldi.
2014-yilning aprelida ISHID ning jangarilari otryadi Liviyaga bostirib kirishdi, sohilga yaqin joylashgan Derna shahrining nazoratini qo‘lga kiritishdi. 2015-yilning fevraliga kelib jangarilar Liviyaning yirik bandargohi hisoblangan Sirtni qamal qilishdi hamda uning yaqinida joylashgan Nofaliya shahrini, shuningdek, Sirtning janubida joylashgan al-Mabruk neft konini o‘z nazoratlari ostiga olishdi.
2015-yilning dekabri oyi o‘rtalaridagi holatga ko‘ra, neft konlariga ega bo‘lish hamda g‘arb davlatlari va Rossiyaning harbiy havo kuchlarining zarbalari nishoniga aylanib qolgan El-Raqqada joylashgan avval mustahkam bo‘lgan tumanning o‘rniga yangi tayanch punktlarini yaratish maqsadida mazkur guruh Liviyaning sohilbo‘yi hududlarining anchagina qismini egallab oldi. Egallab olingan hududlarda shariat sudlari yaratilmoqda. ISHID ning yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Turkiyada davolanganidan so‘ng yashirincha Liviyaga kelganligi haqida 2015-yilning dekabrida xabarlar paydo bo‘ldi.
2015-yilning oxiridan ISHID Afg‘onistondagi harakatlarini faollashtirganligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi. Mahalliy Tolibon tashkilotining jangarilarining ma’lum bir qismi uning saflariga kelib qo‘shilgan.


1 Shavkat Mirziyoyev “BMT 72-sessiyasi nutqidan”

2Qarang: Каримов И.А. Узбекистан на пороге XXI века: угрозы безопасности, условия и гарантии прогресса. –Т.: Ўзбекистон, 1997. – С. 34.

Download 48,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish