Reja: Immun tizimi. Immun tizimi a’zolari tasnifi. Organizmning fiziologik himoya tizimi



Download 59,43 Kb.
bet5/10
Sana30.12.2021
Hajmi59,43 Kb.
#94441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IMMUNOLOGIYA Yuldashev J

Taraqqiyoti. Yuqorida aytilganidek, timus boshqa qon yaratuvchi va immun-himoya organlaridan o’zining epitelial to’qimadan tuzilgan asosi (stromasi) borligi bilan ajralib turadi. Bu to’qimaning bo’lishi timusning taraqqiyotida epitelial manbaning aktiv ishtirok etishini ko’rsatadi. Timusning kurtagi embrionning 4-haftasida yutqin ichak epiteliysining III – IV juft jabra cho`ntaklari sohasida paydo bo’ladi. Bu sohada ko’p qavatli epiteliy kurtaklar shaklida mezenximaga botib kiradi. Kurtaklarning distal qismlari yo’g’onlashib, bo’lg’usi bezning tana qismiga aylanadi, proksimal qismlari esa cho’zilib, chiqaruv nayiga o’xshash nayni hosil qiladi. Demak, timus ilk taraqqiyot paytida ekzokrin bezga o’xshab rivojlanar ekan. Ammo chiqaruv nayi tezda yo’qoladi va timus tanasi jabra cho’ntaklaridan ajraladi. Uning o’ng va chap kurtaklari o’zaro yaqinlashadi va bir-biri bilan qo’shiladi. Embrion taraqqiyotining 7-haftasigacha timus faqatgina epitelial kurtakdan iborat bo’ladi. 8–10-haftalarda bez kurtagiga mezenxima bilan birgalikda qon tomirlari o’sib kiradi. Mezenximadan hosil bo’lgan biriktiruvchi to’qima bezni bo’laklarga bo’ladi. Qon tomirlar orqali bezga dastlab embrionning sariqlik qopchasidan, so’ngra esa jigaridan qonning o’zak hujayralari keladi. Ulardan 11–12-haftalarda T-limfotsitlarning maxsus retseptorlariga ega bo’lgan limfotsitlar shakllanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, timusda joylashgan barcha turdagi limfotsitlar umumiylashtirib t i m o t s i t l a r nomi bilan yuritiladi. Shu bilan birga o’zak hujayralardan bez mikromuhitini yaratuvchi makrofaglar va interdigitirlovchi hujayralar (IDH) ham differensiallashadi. Timotsitlarning ko’payishi va bezning periferik qismlarida zich joylashishi tufayli bezda periferik po’stloq va markaziy mag’iz zonalari farqlanadi. Timotsitlar va mikromuhit hujayralari paydo bo’lishi bilan birga epiteliy hujayralarida ham o’zgarishlar sodir bo`ladi.

 Ular yulduzsimon shaklni olib, bir biri bilan faqat sitoplazmatik o’siqlari yordamida tutashadi. Epitelial hujayralarning o’zaro bog’lashuv joylarida desmosomalar paydo bo’ladi. Natijada, epitelial asos mayin to’r shaklini oladi. Shu tufayli timusdagi epitelial hujayralarni retikuloepitelial (to’r hosil qiluvchi epiteliy) hujayralar (REH) deb yuritiladi. Ularning sitoplazmasida asta-sekin timik gormonlar saqlovchi sekretor pufakchalar va tonofibrillalar paydo bo’ladi. Tonofibrillalar soni va qalinligi timusning markaziy zonasiga qarab ortib boradi. Embrion taraqqiyotining 4-oyiga kelib bezning mag’iz zonasida qatlam-qatlam bo’lib joylashgan epitelial hujayralardan tashkil topgan o’ziga xos tuzilmalar - qatlamli epitelial tanachalar yoki Gassal tanachalari hosil bo’ladi. Ularning tarkibiga kiruvchi epiteliy hujayralari sitoplazmasida juda yo’g’on tonofibrillalarni va muguzlanish jarayonida hosil bo’ladigan keratin donachalarini uchratish mumkin. Timusning taraqqiyoti embrion hayotining 5-oyida deyarli yakunlanadi. Qizil suyak ko’migi hosil bo’lgach, u timusga T- limfotsitlarning boshlang’ich hujayralarini yetkazib beruvchi asosiy manba hisoblanadi va bu mavqeini butun umr davomida saqlab qoladi.




Download 59,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish