Reja: Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadi va uning institusional



Download 80,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.04.2022
Hajmi80,9 Kb.
#537328
Bog'liq
4 мавзу ворд (1)



4-MAVZU. IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MEXANIZMI. 
Reja: 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadi va uning institusional 
sahroitlarining yaratilishi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik 
vazifalari. 
О‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yо‘nalishlari. 
1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadi va uning institusional 
sahroitlarining yaratilishi 
Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat 
siyisatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalambor, uning 
siyosiy-tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab 
chiqiladi. Uni ishlab chiqish yesa iqtisodiyot holatini ob’yektiv baholash hamda 
uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning 
uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va holatlardagi sabab-oqibatlari 
aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga mas’ul, 
javobgar davlat organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
xavfsizlikni ta’minlashning maqsad va vazifalari; 
ularni amalga oshirish yо‘llari va usullari; 
oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari 
boshqaruv tizimlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, 
hududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha vazifalari; 
mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish; 
davlatning xavfsizlikni ta’minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslar, 
vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi; 
iqtisodiy tahdidlani bartaraf yetish, ularning oldini olish va salbiy ta’sirini 
yumshatish yо‘llari, vosita va usullari. 


Xavfsizlik konsepsiyasi asosida uni ta’minlashning davlat strategiyasi 
ishlab chiqiladi. Ushbu strategiya tahdidlarning mohiyati, ob’yektlari indikatori va 
ularning oldin olish yoki bartaraf yetish mexanizmlarini belgilab beradi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va 
tarkibiy qismlari ajratib kо‘rsatilgan: 
1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining 
himoyasini ta’minlaydigan milliy, davlat manfatlarini aniqlash. 
2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon 
keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, 
о‘rta va uzoq muddatli davrlarda davlat hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
barqarorligiga zararli, salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror 
himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, 
institusional о‘zgarishlarni amalga oshirsh bо‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab 
chiqish. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning institusional muhitini yaratish 
uhim hisoblanadi. Bunda, institutlar deganda, jamiyatdagi turli tizimlar, 
subyektlarning о‘zaro munosabatlaridagi qoidalar nazarda tutiladi. Ular ma’lum 
cheklashlar hamda rag‘batlarni о‘z ichiga olgan, faoliyatga undovchi motivlar va 
mexanizmlarni shakllantiruvchi qonun-qoidalar yig‘indisidir.
2. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik 
vazifalari 
Bozor munosabatlari sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashib, bozor 
mexanizmining amal qilishiga kо‘maklashadi va aholini uning salbiy oqibatlaridan 
himoyalash chora-tadbirlarini kо‘radi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishdan kо‘zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma’lum 
yо‘nalishda rivojlantirib, iqtisodiy tanglik, tahdid va xavf-xatardan himoyalash 
hamda aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikdan iboratdir.


Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning quyidagi yо‘nalishlarida ham 
faoliyat yuritadi: 
iqtisodiyodagi jarayonlarni ob’yektiv, keng qamrovli monitoringi, shu 
jumladan, shaxs, davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda 
tashqi tahdidlarni aniqlash va prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish; 
iqtisodiy manfaatlarga bо‘lgan tahdidlarning oldini olish, ularning salbiy 
oqibatlarini yengish hamda barham berish bо‘yicha jarima va uzoq muddatli chora-
tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik 
strategiyasini amalga oshirish bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat 
qilish chora-tadbirlarining natijalari baholanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik sohasida qо‘lanuvchi siyosiy vositalardan mamlakat 
iqtisodiyotiga boshqa mamlakat yoki bir necha mamlakatlar tomonida yetkazilishi 
mumkin bо‘lgan zarar, iqtisodiy huruj, tahdidlardan himoyalanish maqsadida 
foydalaniladi. 
Ushbu siyosiy vositalar о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
BMT va BMTning Xavfsizlik kengashida mamlakat milliy-iqtisodiy 
manfaatlariga mos keladigan rezolyusiyalar qabul qilinishiga yerishish; 
xalqaro arbitraj yoki xalqaro sudga iqtisodiy tazyiq, tahdidlar yuzasidan 
murojaat qilish; 
muzokaralar о‘tkazilishini tashkil qilish va amalga oshirish
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda a’zo sifatida yoki kuzatuvchi maqomida 
mamlakat milliy-iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida faoliyat 
yuritish; 
о‘zaro manfaatli xalqaro iqtisodiy hamkorlik shartnomalarini ratifikatsiya 
qilish va h.k. 
Shuni aytib о‘tish joizki, iqtisodiy xafsizlikni ta’minlashda davlat boshqaruv 
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Respublika Prezidenti rahbarligidagi 
Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan amalgam oshiriladi. Xavfsizlik kengashi 
a’zolari mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Uning tarkibiga Bosh vazir, 
Xavfsizlik kengashi kotibi, Tashqi ishlar vaziri, milliy xavfsizlik xizmati rahbari, 


mudofaa va ichki ishlar vazirliklarining rahbarlari kiradi. Kengash doirasida 
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha idoralararo doimiy komissiya faoliyat 
yuritadi. Ushbu komissiya Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining 
tegishli qо‘mitalari bilan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik bazasini 
takomillashtirish borasida hamkorlik qiladi, shuningdek, Xavfsizlik kengashiga 
iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatining muhim yо‘nalishlari bо‘yicha 
takliflar, tavsiyalar ishlab chiqadi va bu boradagi turli vazirlik hamda muassasalar, 
hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga kо‘maklashadi.
3. О‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yо‘nalishlari 
Bozor munosabatlariga о‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida 
davlat xо‘jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va 
fuqarolarga ziyon keltirilishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, 
eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va tadbirkorlikning 
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini kо‘paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan 
chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va kо‘chmas mulk 
bozorlarini shakllantirish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror rivojlanishni maqsad qilgan davlatlar 
yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim: 
samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qо‘llab-quvvatlash va istiqboli 
yо‘q, yeskirgan ishlab chiqarishni tо‘xtatib qо‘yish; 
tarkibiy о‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan iqtisodiyot 
infratuzilmalarini rivojlantirish; 
iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash; 
mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash; 
iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur 
tarkibiy о‘zgarishlarni amalgam oshirish, ishlab chiqarish tarkibini tо‘lovga qodir 
talab bilan uyg‘unlashtirish; 
korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish; 
eksport salohiyatini diversifikatsiyalash; 


yekologik xavfsizlikni ta’minlashni oshirish. 
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalgam oshirish jarayonida 
quyidagi vazifalar hal qilinishi zarur: 
jami talabni oshirish; 
jamg‘arish normasini о‘stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta’minlash; 
rivojlanishdan tо‘xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning 
rivojlanayotgan sektorlarga oqib о‘tishini rag‘batlantirish; 
yalpi investitsiyalarni kо‘paytirish; 
eksportni rag‘batlantirish; 
umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarni 
himoya qilish maqsadida importni tartibga solish. 
Mikroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish 
jarayonlarida quyidagi vazifalarni bajarish zarur bо‘ladi: 
iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning 
rivojlanishini rag‘batlantirish hamda qо‘llab-quvvatlash; 
faoliyati samarasiz ishlab chiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki qayta 
tashkil yetish; 
yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik; 
tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta’minlash maqsadida fond bozorining 
rivojlanishini tartibga solish va rag‘batlantirish; 
narx о‘sishini tо‘xtatish chora-tadbirlarini kо‘rish; 
iqtisodiy subyektlar xatti-harakatining bozorga xos normalarini joriy qilishni 
rag‘batlantirish. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning ijtimoiy 
ziddiyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga 
qaratilgan davlatning ijtimoiy siyosati muhim ahamiyatga molikdir. Ijtimoiy siyosat 
aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash 
uchun sharoitlar yaratish, aholining pul daromadlarini kо‘paytirishga ham 
yо‘naltiriladi. 
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 


Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning maqsadi nima? 
Iqtisodiy xavfsizlikning institusional sharoitlari nimlardan iborat? 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning ahamiyati qanday? 
Davlatning tartibga soluvchilik vazifasi qanday amalga oshiriladi? 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qanday ustuvor yо‘nalishlarini bilib 
oldingiz? 

Download 80,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish