Reja: Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar



Download 22,75 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi22,75 Kb.
#436531
Bog'liq
9.Ishsizlik sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo‘llari.


Ishsizlik: sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo‘llari.
Reja:
1.Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari
3.Ishsizlik tasnifi
4.Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari
5.O‘zbekistonda ishsizlik muammosining ayrim xususiyatlari.

1. Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar


• Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- iqtisodiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o‘sishidan orqada qolmasligi kerak.
• Ma’lumki, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o‘rtasida aholisining jadal o‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakat aholisining soni har yili o‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday vaziyat o‘z navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.
Ishsizlik - ishchi kuchining (iqtisodiy faol aholining) bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. U mehnat bozorida ishchi kuchining nisbatan katta taklifi bilan ishchi kuchi talabi o‘rtasida mavjud bo‘ladigan nomuvofiqlikni aks ettiradi. Natijada iqtisodiy faol aholining bir qismi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lmaydi va mehnat bozorining yordamida o‘zining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ruyobga chiqara olmaydi. Nazariy jihatdan qaraganda ishsizlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u insonning mehnat qilish huquqi, uning o‘z mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqi kabi tabiat bergan huquqini amalga oshirish borasida yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni aks ettiradi. SHu bilan birga, bunda gap nafaqat hayotning o‘zini saqlab qolish va takror tiklab borish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy faoliyat shakli bo‘lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro‘yobga chiqarish jihatidan ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqini amalga oshirish to‘g‘risida boradi.
Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik - mamlakat aholisining mehnat qilishga qodir bo‘lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni ko‘proq yoki kamroq bo‘ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan ta’minlanmaganligidir.gan ta’rifni hisobga oladigan bo‘lsak, unda ishsizlarga:
a) ishga ega bo‘lmaganlar;
b) ishlashni istaydiganlar;
v) ish izlash istagida bo‘lgan shaxslar kiradi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar sirasiga va ish bilan band degan maqom berish uchun o‘tkazilgan so‘rovlar paytida ish bilan band bo‘lmaganlar guruhiga ishdan bo‘shagandan so‘ng to‘rt halta mobaynida ish topishga uringan va mehnat birjasida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar kiritiladi.
YAponiyada ishsiz shaxs deb, so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi. Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb, ishdan bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o‘n olti yoshdan boshlab, to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi.
Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to‘rt shart mavjud bo‘lishi lozim.
Birinchi shart - fuqaro mehnatga qobiliyatli bo‘lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat kodeksining 77- moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Mehnat kodeksining ushbu moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to‘lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilsa-da, ular ishga layoqatli shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas.
Ikkinchi shart - fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmasligi lozim.
Agar, fuqaro asosiy ishini yo‘qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo‘shatilgan), lekin o‘rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo‘lsa, bunda u ish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi.
Nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan dividendlar, banklarga qo‘yilgan mablag‘larga hisoblangan foizlar ish haqiga (mehnat daromadi) kirmaydi. Xuddi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o‘qiyotganlar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etilmaydilar.
Uchinchi shart - fuqaro ishlashga tayyor bo‘lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro‘yxatdan o‘tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
Homilador ayollar, agarda ularning homiladorlik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo‘lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari kerak.
To‘rtinchi shart - fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi.
2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari
Klassik (va neoklassik) nazariyaga ko‘ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi moslashuvchan bo‘lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o‘z muvozanat darajasidan oshib ketsa, mehnat talabi bilan taklifi o‘rtasida uzilish paydo bo‘ladi, mana shu uzilish ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarda ish bilan bandlikni o‘z darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati inflyasiyadir.
Faqat quyidagi omillar ishsizlar ommasini Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilishga majbur etadi:
- yangi ish topish umidi;
- ishsizlik bo‘yicha nafaqaning me’yoriy yashashini ta’minlovchi yuqori darajasi;
- aholining shu markaz faoliyatidan xabardorligi;
- ishsiz maqomiga ega bo‘lish uchun zarur shartlarning hammasiga muvofiq kelish (hujjat bilan tasdiqlangan).
Bu omillarning hammasi mamlakatdagi haqiqiy ishsizlikni kamaytirish tomoniga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazida ish bilan shubhali band bo‘lmaganlar (real, ammo norasmiy ishlaydiganlar), har qanday ma’lumotnomalarni olishda «faol» bo‘lganlar ro‘yxatdan o‘tadilar.
SHunday qilib, ishsizlik maqomini aniqlashda ro‘yxatga olish jarayoniga yondashuv to‘g‘ri natijalar bermaydi. Ishsizlikni baholashning boshqa uslublari, masalan, tanlab tekshirish yoki ekspert xulosalari asosida baholash uslubini ishlab chiqish kerak. SHu bilan birga, aholiga ularning mehnat bozoridagi huquqlari to‘g‘risida to‘la axborot berish, Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyatini tom ma’noda targ‘ib qilish kerak.
Ishsizlik darajasini baholashning aytib o‘tilgan kamchiliklariga qaramay, O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan rasmiy ko‘rsatkichlardan foydalanish mavjud bo‘lgan yagona, asosiysi ishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ammo, bu uslubiyat Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyatiga to‘liq javob bermasa-da, bunday ko‘rsatkichlar mahalliy xususiyatlarni hisobga oladi va ishsizlik muammosining dolzarblik darajasi hamda uning dinamikasi to‘g‘risida birmuncha tasavvur beradi.
3. Ishsizlik tasnifi
Ishsizlik - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo‘lib, ishchi kuchini taklif etish bilan unga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni (ortiqchalikni) aks ettiradi.
Paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra, ishsizlik friksion, tarkibiy, mavsumiy, davriyga va h.k. turlarga bo‘linadi.
Birinchi tur friksion ishsizlik bo‘lib, uni odamlarning xususiy jihatlari va qiziqishlari belgilaydi. Friksion ishsizlik - ishchilarning hududiy, kasbiy yoki yosh jihatidan o‘zgarishlar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tishlari, yangi malaka yoki mutaxassislikka ega bo‘lishlari, o‘qish, ayollarning bolaga qarashlari va h.k.) sababli eski ish joylaridan bo‘shab, to yangisiga joylashgunga qadar oraliq vaqtdagi ishsizlikdir. U o‘z mazmuniga ko‘ra ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi va barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi.
Friksion ishsizlik jamiyatdagi mavjud ishchi kuchlarining ma’lum qismini ish joylari bo‘yicha qayta taqsimlab, ulardan samarali foydalanishga shart-sharoit yaratadi, ya’ni eski ish sharoitlaridan (ish joyining uzoqligi, ish haqining pastligi, ish kuni davomiyligining nisbatan uzunligi va boshqalar) qoniqmagan ishchilar yangi ish joylarini qidiradilar. Ularga ega bo‘lgach, bu mehnatdan nisbatan ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishadilar. Friksion ishsizlikning bo‘lishi ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan zaruriy va tabiiy holdir.
4. Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari
Ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun etarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradi, xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro‘y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari, mehnat bozorida o‘zlarini qanday tutishni, o‘zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o‘zini qanday tutishi lozimligini, ishga qay yo‘sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kerakligi va hokazolarni bilishlari zarur bo‘lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim berish Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazining bosh vazifasi bo‘lib qolishi kerak. Bu hozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi sh o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirishi lozim. Lekin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab etiladi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan etarlicha to‘g‘ri kelavermaydi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi - dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so‘ngra uning o‘sishini rag‘batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish uch yo‘nalishda amalga oshiriladi:
• tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
• ishchi kuchi taklifini rag‘batlantirish;
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan o‘z-o‘zini ish bilan band qilishni rag‘batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan mayda sexlar va boshqa).
O‘zbekistonda ishsizlikning keskin ko‘payishi ish bilan bandlik siyosatining me’yoriy evolyusiyasi yo‘lidan izchil borishga vaqt qoldirmaydi. SHuning uchun ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil dasturlari mo‘ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha yo‘nalishlarini bir yo‘lga qamrab olishga urinilmoqda. Bu erda eng avvalo, aholini ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga
yo‘llaniladigan moliyaviy mablag‘larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan mablag‘larning har bir so‘mini ish bilan bandlikning o‘sishi ko‘rinishidagi samara bilan qaytishi uni qaerga yo‘llash kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi.
5. O‘zbekistonda ishsizlik muammosining ayrim xususiyatlari
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash, ularga munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning turli jabhalarida mehnat qilayotganlar soni ortib bormoqda, mavjud mehnat salohiyatidan samarali foydalanish ko‘rsatkichi tobora yaxshilanmoqda. 1991-2007 yillar davomida mamlakat mehnat resurslari soni qariyb 5,0 mln. kishiga o‘sgan bo‘lsa, jami ish bilan band aholi soni 2,6 mln. kishiga ko‘paygan, xolos. Mazkur ko‘rsatkichlar o‘sishi o‘rtasidagi farq mehnatga safarbar etilmagan mehnatga layoqatli aholi miqdorini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu holat mamlakatda ishsizlar sonining o‘sishiga sabab bo‘ladi va ishsizlik darajasining yuqori ko‘rsatkichini keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda respublikada ishsizlikning paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra, quyidagi asosiy turlari ko‘p uchramoqda:
• tarkibiy,iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o‘zgarishi bilan yuzaga keladi;
• yashirin, bu asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ishchi kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. YAshirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur inqirozi sharoitida korxonalarda ish bilan ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
• mavsumiy,ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi sifatida namoyan bo‘ladi;
• texnologik o‘zgaruvchan,bu korxonada texnologik o‘zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari natijasida qo‘l mehnati o‘rnini mashina egallashi natijasida yuzaga keladi.
Ishsizlik tarkibi uning sabablariga ko‘ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini o‘z ichiga oladi: ishdan bo‘shatilishi natijasida o‘z joyini yo‘qotganlar, ishdan ixtiyoriy ravishda bo‘shaganlar, ma’lum muddatga uzilish yoki tanaffusdan so‘ng mehnat bozoriga kelganlar, mehnat bozoriga birinchi bor kelganlar. Bu toifalarning o‘zaro nisbatlari iqtisodiy davr bosqichlariga bog‘liq.
Mazkur toifa aholi orasida eng ko‘p ulushni ishdan bo‘shatilish natijasida o‘z ish joyini yo‘qotganlar ko‘pchilikni tashkil qilib, ularning paydo bo‘lishiga respublikada amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayoni sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Download 22,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish