Reja: Ixtiroga O‘zbekiston respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma



Download 108 Kb.
bet3/3
Sana20.02.2022
Hajmi108 Kb.
#460945
1   2   3
Bog'liq
IXTIROGA O

Talabnoma tarkibi
Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza (1-ilova);
b) ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
v) ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
g) ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
d) referat.
6. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.
Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
Konvension ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvension talabnoma deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va shu talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi va ular konvension talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan uch oydan kechiktirmay berilishi lozim.
Birinchi talabnoma berilgan sanadan o‘n ikki oy o‘tgandan keyin, lekin o‘n ikki oylik muddatdan ikki oydan kechiktirmay berilgan talabnoma bo‘yicha konvension ustuvorlik so‘ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligi to‘g‘risida hujjat;
belgilangan o‘n ikki oylik muddatdan kechikib talabnoma berishning talabnoma beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarini ko‘rsatuvchi hujjat ilova qilinadi va bu sabablar Agentlikka ma’lum emas deb hisoblansa, ularni tasdiqlovchi dalillar keltiriladi.
Konvension ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimos talabnoma berilgan (arizaning tegishli grafasida ko‘rsatiladi) yoki talabnoma Agentlikka kelib tushish sanasidan boshlab ikki oy ichida berilishi mumkin.
Yangi mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalariga, ularni olish yoki ulardan foydalanishga oid talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega bo‘lgan kolleksiya-depozitariyda deponentlanganligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi.
Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatini ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu ro‘yxatning nusxasi yozilgan va BIMTning ST.25 standarti talablarini qanoatlantiruvchi axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchi (disketa) (bundan buyon matnda MO‘T deb yuritiladi) hamda talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan shakldagi taqdim etilayotgan axborot bosma ravishda taqdim etilayotgan ro‘yxat bilan bir xil ekanligi haqidagi ariza ilova qilinadi.
Ushbu Qoidalarning 5-bandida ko‘rsatilgan, o‘zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusxada taqdim etiladi: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi sifatida esa axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchida elektron ko‘rinishdagi nusxasi taqdim etilishi mumkin.
Agar aynan ushbu talabnoma hujjatlari boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa bir nusxada, ularning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi esa elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
Talabnoma hujjatlari yoki qo‘shimcha materiallarning qog‘ozdagi va axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi mazmuni aynan bir xil bo‘lishi kerak. Qog‘ozdagi va axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi materiallarning aynan bir xil bo‘lishiga talabnoma beruvchi javobgardir.
Qolgan hujjatlar va agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimalari bir nusxada taqdim etiladi.
Patent berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda o‘zbek yoki rus tillarida beriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liqligicha joylashtirish mumkin bo‘lmasa, u holda ular tegishli grafada “davomini qo‘shimcha varaqda qarang” yozuvi ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha varaqda aynan shunday shaklda keltiriladi.
Xorijiy nomlar va korxona nomlari o‘zbek va rus tili transliteratsiyasida ko‘rsatiladi.
Talabnoma beruvchining nomi, ixtiro nomi o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki boshqa tillarda taqdim etiladi.
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, u holda talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma Agentlikka topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin.
Arizaning (21), (22), (85) kodli grafalari, Agentlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi.
“Yozishmalar uchun manzil” grafasida pochta orqali tezda etkazib berishning odatdagi talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo‘lsa) keltiriladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida O‘zbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) — jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki O‘zbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzili, yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzil ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada yozishmalar uchun manzil ko‘rsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar tayinlangan bo‘lsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda — O‘zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo‘lsa, arizaning talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha bo‘lsa, ularning birinchisini) manzili hisoblanadi.
(86) va (87)-kodlar ostidagi grafalar Patent kooperatsiyasi haqidagi shartnomaga (RST) muvofiq topshirilgan ixtiro uchun xalqaro talabnoma O‘zbekiston Respublikasida milliy fazaga o‘tkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldiriladi.
(86)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan ro‘yxatdan o‘tish raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.
(87)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilish raqami va sanasi keltiriladi.
(54) “Ixtironing nomi” kodi ostidagi grafada talabnoma berilgan ixtiro (ixtirolar guruhi)ning nomi keltiriladi, bu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos bo‘lishi kerak.
(71) “Talabnoma beruvchi” kodi ostida berilgan grafada talabnoma beruvchi(lar) haqidagi ma’lumotlar: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiyasi ismidan oldin ko‘rsatiladi, yoki yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi (ta’sis hujjatlariga muvofiq) va shuningdek, yashash joyi yoki joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mamlakatning rasmiy nomi va to‘liq pochta manzili va mamlakatning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning ST.3 standarti bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi (agar belgilangan bo‘lsa) keltiriladi.
Agar patent, dastlabki patent bir necha shaxs nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida beriladi.
Ixtiro mualliflari bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki (72) “Muallif(lar)” kodi ostidagi grafada bayon qilinadi.
Ushbu grafada tegishli katakchada “X” belgisi qo‘yilgan holda talabnoma beruvchi ixtiro muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi ekanligi yoki yo‘qligi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining nomiga patent so‘ralayotgan korxona, tashkilotlari uchun KTUT kodi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun nomiga patent so‘ralganda BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar belgilangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimosni o‘z ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik so‘ralayotgan bo‘lsagina to‘ldiriladi.
Bu holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qo‘yib chiqish bilan ustuvorlik so‘rash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar: ancha ilgariroq berilgan talabnomaning raqami, uning asosida yoki unga qo‘shimcha materiallar asosida ustuvorlik so‘raladi va so‘ralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha ilgariroq berilgan talabnoma yoki u bo‘yicha qo‘shimcha materiallar kelib tushgan sana) ko‘rsatiladi.
Konvensiya ustuvorligi so‘ralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti bo‘yicha birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi ko‘rsatiladi.
Talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan holda to‘ldiriladigan (74) “Patent vakili” kodi ostidagi grafada u haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami, O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili, telefon, faks raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) keltiriladi.
“Ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati” grafasi tegishli katakchada “X” belgisi qo‘yilgan va ilova qilinadigan hujjatlar nusxalarining va har bir nusxasidagi varaqlarning soni ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.
Ixtiro tavsifida “Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati” bo‘limi mavjud bo‘lganida, tegishli grafalarda varaqlarning umumiy miqdori ko‘rsatiladi.
Ariza shakli (“boshqa hujjatlar”)da nazarda tutilmagan taqdim etiladigan hujjatlar uchun ularning aniq maqsadi ko‘rsatiladi.
Talabnomada nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati va ushbu Qoidalarning 11-bandida ko‘zda tutilgan arizaning nusxasi yozilgan MO‘T (disketalar) mavjud bo‘lganida “boshqa hujjat” grafasida “Disketa” deb ko‘rsatiladi.
(72) “Muallif” va “To‘liq yashash manzili” kodi ostidagi grafalarda ixtiro muallifi (mualliflari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakatning nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo‘yicha kodini ichiga olgan to‘liq turar joy pochta manzili keltiriladi.
“Muallif” va “To‘liq yashash manzili” grafalarining bevosita ostida joylashgan grafa muallif (mualliflar) patent berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganida o‘zini (o‘zlarini) ushbu sifatda ko‘rsatilmasligi so‘ralgan hollarda to‘ldiriladi. Ushbu holda ma’lumotlar e’lon qilinganda nomlari ko‘rsatilmasligini istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzosi keltiriladi.
Arizaning “Imzo” grafasi hamma hollarda imzolangan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘ldirilishi shart.
Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Talabnoma patent vakili yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali berilganda talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonch bildirilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Imzolar yoniga imzo chekuvchilarning ismi, familiyasi ko‘rsatiladi.
Imzo chekish talab qilingan biror ma’lumotlar qo‘shimcha varaqda keltirilsa, xuddi shu tartibda imzolanadi.
Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonch bildirilgan shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha varaqda bo‘lishi shart.
Ixtiro tavsifi ixtironi amalga oshirish uchun yetarli ravishda to‘liq ochib berishi kerak.
Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi (talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli bo‘lgan Xalqaro patent klassifikatsiyasining amaldagi tahriri rubrikasi belgilangan holda, ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi) va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish