Reja: Jahonda xalqlar va elatlarning paydo bo`lishi



Download 59,5 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi59,5 Kb.
#882546
Bog'liq
Markaziy Osiyo va Qozog`iston xalqlari


www.arxiv.uz

Reja:


1. Jahonda xalqlar va elatlarning paydo bo`lishi .
2. O`zbekiston, Qozog`iston mintaqasida tarixiy etnografik jarayon.
3. O`zbek xalqining etnik qiyofasi.
Jahonda juda ko`p katta - kichik turli-tuman xalq va elatlar yashaydi, insoniyat etnik jihatdan shuncha boy va xilma-xildirki, hozirgacha yer kurrasida qancha xalq va elatlar yashayotganligi fanda aniq emas. Shunday bo`lsada, olimlarning taxminiy hisoblariga qaraganda, ular bir necha mingdan to milliardgacha yetadigan milliy birliklardan iborat. Ular qancha va qanday ijtimoiy darajada bo`lmasin, o`z taraqqiyotida umumiy qonuniyat va qadriyatlar asosida rivojlanadilar. Odatda bunday omillar deyilganda fanda umumiy til va hudud, xo`jalik hayoti, maishiy turmush va madaniyat, milliy his - tuyg`ular va xarakterlari ko`rsatiladi. Ayrim kishilar hatto diniy e`tiqodi asosida xalq va elatlarni ajratadilar.
Albatta, har bir xalq yoki elat o`zining muayyan diniy tasavvurlar maxsus falsafa va nazariyalarga tayanib yagona va dono, faqat o`ziga xos xaqqoniy va birinchi deb ko`rsatishga intiladi. Tarixdan ma`lumki, ba`zi shaxslar soxta g`ayri ilmiy ma`lumotlar orqali o`z xalqining dinini eng oliy va yuksak darajada ta`riflab, milliy nizo va fojeali voqealarning paydo bo`lishiga sabab bo`lib kelgan, afsuski, bunday voqealar bizning yuksak zamonamizda ham bo`lmoqda .
Bunday tasavvurlarning puch va asossiz ekanligini tajribada isbotlab berishga intilgan, ayrim shaxslar ham bo`lgan.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda buyuk ajdodlarimizdan katta davlat arbobi va ulug` shoir xukumdorlardan biri deb tanilgan Akbar shox g`ayri insoniy bo`lsada g`alati bir tajriba o`tkazgan. Javoharlal Neru «Jahon tarixiga bir nazar» nomli katta asarda shunday rivoyat keltiradi: Xind xalqining farovonligi uchun juda ko`p kuch - g`ayrat sarflagan, uning ta`rificha, «hind millatchiligining otasi» deb tanilgan ulug` podshoh Akbarshoh har xil din va irqdagi kishilar diniy va boshqa turli mavzularda jiddiy bahs suhbatlar o`tkazib kelgan .
Bu bahslar, odatda, - deb yozadi Neru, -Akbarni musulmonchilikdan qaytarib o`z diniga kiritishga intilgan g`ayridin vakillari hisoblangan eng zo`r ulamolarning mag`lubiyati bilan tugagan va ular o`z maqsadlariga erisha olmaganlar.
Islom diniga sadoqatli Akbar shoh hinduizm vakiliga uylanib siyosiy faoliyatda nafaqat millatlararo do`stlik va birodarlik tarafdorigina bo`lib qolmay, balki vijdon erkinligi g`oyasini har tomonlama egallab kelgan. Mazkur siyosatning to`gri ekanligini tajribada isbotlash maqsadida har xil xalq va har xil dinga mansub kishilarning endi tug`ilgan 12 ta farzandini tortib olib, ularga qarab enagalar bilan baland devorli qasrga qamab qo`yishni buyuradi. Shu tariqa mahbuslar tashqi dunyodan mutlaqo ajratilgan holda 12 yil davomida qasr ichida yashaydilar. Bolalar 12 yoshga to`lgach, shoh huzuriga turli irqdagi va dindagi mashhur olim va ulamolar to`planishadi. Bu yerda hozir bo`lganlarning deyarli hammasi diniy haqiqat va milliy xarakterli inson, ayniqsa muayayn dinga mansub ona tilida gapiradigan bo`lib tug`iladi, degan fikrni o`rtaga tashlaydilar. Akbar shoh bu fikrga qarshi inson kamolotida din yoki irq emas, dastavval ta`lim tarbiya va muayayn muhit hal qiluvchi omil ekanligini aytadi va runglar tarbiyasida bo`lgan mahbus bolalarni keltirishni buyuradi. 12 yil mobaynida jamiyatdan mutloq ajratib qo`yilgan turli irq va dindagi odamlarning farzandlari na bir tilni, na bir dinni bilganlar. Ular qandaydir noaniq tovushlar chiqarib, o`z fikrlarini imo-ishoralar bilan tushuntirishga harakat qilganlar.
Mazkur shafqatsiz tajriba elat va xalqlar o`rtasida tafovut til va din kabi omillar bilan bog`lik emasligini ko`rsatib bersada, ammo o`zaro uzviy aloqalar tarixiy birlik xususiyatlari ham muhim etnik belgilarga qarab farqlanadi. Bunday (etnik) xususiyatlarni ta`kidlovchi fan sohasiga «Etnografiya» deb nomlanadi. Bu so`z asli yunoncha bo`lib, uning ma`nosi «etno», ya`ni «xalq» va «grafiya» yozish, ta`riflash deb tarjima qilinadi.
Demak, bu fanni «xalqni ta`riflash» yoki «xalqshunoslik» deb izohlash mumkin.
Ba`zi mamlakatlarda shu ma`noda «Etnologiya» atamasi bilan bir qatorda «ma`dani antropologiya» va «xalqshunoslik» nomlari ham uchraydi. Ayrim chet el olimlari etnografiya bu ta`riflovchi, etnologiya esa nazariy fan deb izohlashga urinadilar. Jahon fanida salmoqli o`rin olgan rus etnografiyasi yaqinda etnologiya nomiga almashtirilgan.Shuning uchun hozircha etnografiya fanining yakdillik bilan qabul qilingan ta`rifi yo`q. Shunday bo`lsada shubhasiz, xalqlarning o`ziga xos xususiyatlari, o`zaro tafovuti yoki umumiyligi va o`xshashligini jiddiy tadqiq qilishga etnografiya fanining ahamiyati kattadir.
har xil xalq yoki elat dastavval madaniy birligi bilan ajralib o`ziga xos xususiyatlarini saqlab kelgan. Ma`lumki, ayrim etnoslar u yoki bu ehtiyojlarini qondirish faoliyatini va uslubi bilan ko`zga tashlanadi. Masalan, uzoq tarixiy davr davomida yerga to`shak yoki kursiga o`tirish taomni qo`l bilan yoki qoshiq (vilka) bilan iste`mol qilish, har xil ichimliklar va oziq ovqatlar turlari bilan kiyim- kechagi va ro`zg`or buyumlari, o`zaro muloqatdagi xususiyatlarni (salomlashish usullari va mehmon kutish), bola tarbiyasi, urf - odat va marosimlari kabi juda ko`p milliy - madaniy xususiyatlari bilan nafaqat ayrim etnoslar, hatto ba`zi etnik guruhlari ham ajralib turadilar.
har bir etnos o`z navbatida ayrim qabila va va urug`lar, qavmi - qarindosh va jamoa, ijtimoiy guruhlar va tabaqalardan tashkil topgan. Olimlar mazkur tarixiy birliklarni yaratishda va ularni o`zaro qo`shib jipslashtirishda asosiy omillaridan eng muhimi milliy til deb hisoblaydilar. Chunki muayyan etnik birliklariga erkin munosabatda bo`lishi, muomala qilishi, xis tuyg`ularini ishor etish va tushunishini, iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatishda til bosh omil hisoblanadi. Chunki til tufayli nafaqat tarixiy birlik balki ijtimoiy iqtisodiy, ayniqsa madaniy aloqalarda til bosh omil hisoblanadi. Chunki til tufayli nafaqat tarixiy birlik balki umumiy ijtimoiy iqtisodiy, ayniqsa madaniy va ma`naviy birlik o`rnatiladi. Ko`pchilik xalq va elatlar nomi ham ularning tiliga qarab berilgan.
Ma`lumki,xalqlar muayyan hududda shakllanadi va rivojlanadi.Albatta ular bir hudud ikkinchisiga ko`chishi, ularning joylashgan yeri kengayishi yoki kamayishi bilan ayrim guruhlar va shaxslar kamayib ketishi mumkin. Ammo umumiy tarixiy birlikka va tilga ega bo`lgan elatlar doimo o`zaro yaqin hududda joylashib yashagan. Turli sabablarga ko`ra uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan etnoslar yerlarini tashlab juda uzoq yurtlarga ko`chibgina qolmay, ayrim qismlari yoki guruhlari butun yer yuziga tarqalib boshqa xalq va elatlar orasida musofirlikda yashashga ham majbur bo`ladi. Ko`p asrlik tarix davomida ayrim xalqlar xatto bir joydan ikkinchisiga ko`chib, turar joylarini bir necha marta o`zgartirib turganlar masalan vengrlar keyingi ming yil ichida uch- to`rt marta hududini o`zgartirganlar. Turklar o`z davlatini tashkil qilganlaridan keyin bir necha asr davomida katta katta guruhlarga ajralib, ko`plab yurtlarga tarqab ketganlar. Arablar esa avvalgi kichkina arab yarim orolining bir necha burchagida yashab, qisqa muddat ichida keng hududga tarqaldi islom madaniy dunyosining shakllanishida katta xizmat qildi. Shuning uchun ham jahonda bir tildagi, ammo har xil nomdagi xalqlar ko`p uchraydi. Masalan, ingliz, arab,turk,eroniy tilda gapiradigan turli xalq va elatlar butun jahonga tarqalgan. Ba`zi tadqiqotchilar maishiy turmush va madaniyatiga qarab muayyan elat va xalqlarga ajratadilar. Vaholanki, bir xil turmush tarziga ega bo`lgan bir necha etnoslar ham bo`lishi mumkin.
Bunday elatlar o`rta Osiyoda yoki Volga bo`yida Sibirda yoki Shimoliy Amerikada uchraydi. Aksincha tillari har xil, xo`jalik va madaniy turmushi o`xshash xalq va elatlar har bir hududda joylashgan bo`lishi mumkin. Ovchilik, bug`doychilik bilan shug`ullanuvchi, sug`orma, dexqonchilik bilan tirikchilik qiluvchi turli til va irqdagi elatlarni biz Afrikada ham, Osiyoda, Amerikada ham uchratamiz.
Fanda ba`zi tabiiy - geografik sharoitga yoki qit`alarga qarab ham xalqlarni ajratganlar. Masalan, hozirgacha tilimizda ovrupalik, osiyolik, xabashistonlik, sibirlik yoki turkmanistonlik degan iboralar mavjud. Ayrim paytlarda geografik davlat ma`muriy etnik chegaralar to`g`ri kelmaydi. Ba`zi qit`alarda, ayniqsa Afrika, Janubiy Amerika va Osiyo mahalliy aholisi orasida boshqa xalq (etnos) ning qismi (subetnos etnografik guruhi) bir necha elatlar birikmasi (metaetnik birlik) yoki boshqa masalan, siyosiy irqiy,diniy va hakozo birliklar mavjud bo`lib,ularni aniq ta`riflash ancha qiyin.Mazkur etnik va milliy muammolar jiddiy munosabatlar va hatto to`qnashuvlarga sabab bo`lishi mumkin.Bunday holatni to`g`ri tushunish uchun millat xalq elatlarning etnik tarixini bilish zarur.
Jahonda hech bir milliy birlik yoki etnik jarayon sof bir xilda namoyon bo`lmaydi ,chunki hozirgacha bitta ham aralashmagan sof millat yoki xalq yo`q va bo`lmagan.Ba`zan milliy va etnik birliklari diniy va irqiy tusda ham namoyon bo`ladi. Jahondagi elat va xalqlarning paydo bo`lishi va shakllanishi juda ham uzoq tarixiy davrni qamrab oladi.Ko`pchilik etnoslar quldorlik davridan boshlab ilk feodalizm tuzumigacha murakkab etnik jarayonlar natijasida yuzaga kelgan.
Ularning etnoginezi ijtimoiy iqtisodiy tarix bilan bog`liq holda tadqiq qilinadi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki,o`rta Osiyo va qozog`iston xalqlari mintaqasi uzoq va murakkab mashaqqatli tarixiy jarayonlarning mahsuli bo`libgina qolmay, ular ma`naviy madaniy va hissiyot tuyg`ulari bilan ham nihoyatda chirmashib ketgan o`ziga xos etnoslarning vatanidir. Bu xalqlarning xususiyatlari va umumiy belgilarini aniqlash uchun dastaval etnik tarixining ayrim sahifalarini varaqlash zarur. Uzoq o`tmishda, uch-to`rt ming yillar muqqaddam Markaziy Osiyoning sahovatli tuprog`idan o`arbdan Sharqqa tomon qadimiy hind-Yevropa tillarida gapiradigan turli qabilalar Oltoy va Mo`g`iliston tomondan ko`chib o`tgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning oxiridan boshlab Sharqdan Farbga tomon buyuk dasht orqali buyuk ko`chish jarayoni ro`y beradi.Dastlab turkiy tilda gapiradigan qadimiy xunn qabilaviy birliklar to eramizning birinchi ming yilligining o`rtalarida ko`chib o`tgan va ular etnik jihatdan, sezilarli iz qoldirgan.Turkiy elatlar besh-olti asr davom etgan o`sha vaqtlarning o`zida. o`rta Osiyoda boyat, kayi, boyandar kabi mo`g`il qabilalarining mavjudligi diqqatga sazovordir.U II asrga kelib o`rta Osiyoni bosib olgan arablar etnik jarayoniga ta`sir qilmasdan islom dini hukmronligini o`rnatgan. Mo`g`il istilosi butun mintaqada o`z ta`sirini o`tkazib, nisbatan irqiy tuzilishiga bir oz o`zgarishlar kiritgan edi.
Shuni ham qayd etish lozimki o`rta Osiyo va qozog`istonga kelgan xunnlar,turklar,arablar va mo`g`illar ilgaridan o`zlashtirgan yerlar va qadimiy madaniyat yaratgan elatlar o`lkasiga kelib mahalliy etnoslar bilan aralashib ketganlar.Shunisi qiziqki qadimiy tub elatlarni yunonlarni, skiflar, eronliklar saklar deb tanqidga oladilar, ba`zilarni massagetlar deb nomlaydilar.Ularning g`arbiy Yevropa bilan, ya`ni hind-yevropaliklar bilan bog`liq ekanliklarini isbotlash uchun hozirgi Bolgariya va Ruminiyada yashovchi qadimiy ketlarga o`xshashligini ko`rsatadilar. qadimiy tarix mutaxassislarining fikricha, xaqiqattan ham saklarning qavmu qarindoshlari Bolqonda va Shimoliy qora dengizning bepoyon qora dashtlarida yashagan qadimgi praskiflar shajarasi bilan bog`liq. Ma`lumki, antik zamonida eron podsholarining katta ko`shinlari mazkur dashtda yashovchi ko`chmanchi qabilalarining zarbasligiga uchrab ko`p qurilgan. Makidoniyalik Iskandar o`z qudratli lashkarlarini Markaziy Osiyoga ketma-ket yuborib dastavval jiddiy qarshiliklarga dasht qabilalari tomonidan uchragan va ko`plab lashkarlardan mahrum bo`lgan, o`z kuchini ko`rsatish va hukmronligini o`rnatish uchun johongir o`rta Osiyo markazida bir necha yunon nomidagi shaharlarni qurgan. Shulardan biri hozirgacha xarobalari saqlangan Xo`jand shahridir. Sharqda bunyod yetilgan Iskandariya shahri dasht qabilalarida saqlanish uchun qo`rg`on bo`lgan. Oqibatda yunonlar ko`chmanchilar bilan yonma-yon yashab, savdo qilib asta-sekin aralashib elni va mahalliy madaniyatlar negizida yangi madaniyat belgilari paydo bo`lgan va bizgacha saqlangan.
Uzoq davr davomida Markaziy Osiyoga ko`chib kelgan elatlar sak massagetlar zaminida o`ziga xos jim jimador madaniy belgilarni qoldirgan. Bu yerga birinchi ming yillikning o`rtalarida ketma-ket ko`chib kela boshlagan xunnlar, xionitlar, oq xunnlar, eftalitlar pachanaklarni va boshqa turk elatlarning ko`plab kelishi mahalliy xalqlarni turkiylashtirib yuborgan. Ammo aboregen (tub) aholi orasida ham apasiak augasilar deb nomlangan qadimiy turk elati ham bo`lgan.
Bu elat rus salnomalarida ko`p tilga olingan pecheneg (pachanak) lar degan fikr mavjud. Ayrim tadqiqotchilar taxminicha, augasiylarni keyinchalik «o`g`iz» nomi bilan mashhur turk elati desa bo`ladi.
X asrda Janubiy Sibir tomondan yaqin qipchoqlar bostirib kirib, talon-taroj qilgan. Pachaklarning bir qismi shimoliy-g`arbiy tomoniga,o`g`izlarning ancha qismi Janubiy-Farbiy tomoniga ko`chib ketishga majbur bo`lgan.Oqibatda hozirgi Turkmanistonga tarqalgan o`g`izlar turkman xalqi bilan, ikkinchi qismi Ozarbayjonni bosib olib, ozorlar bilan qo`shilib ketgan, yana bir guruh o`g`izlar g`arb va janubga, ya`ni Turkiya va Eron tomon o`tib mahalliy elatlar bilan aralashib ketgan. Shuni qayd qilish lozimki, hozirgi turkmanlarning etnik tuzilishida mongoloid irqi belgilarning mavjudligi, ularning tilida ba`zi qadimiy eroniy va qipchoq tillarining ayrim elementlarning saqlanishi muhim ahamiyatga ega. Turkman qabilalarning o`zaro yaqinlashishi faqat keyingi vaqtlarda ro`y bera boshladi.Ilgari bu qabilalar sun`iy ravishda Eron mustabitlari, Xiva va Buxoro xonlari tomonidan bo`linib tarqoq holda yashab ketganlar.
qadimiy ona so`g`t tuprog`ida yashab kelgan, har bir elat va qabilalar bilan aralashib ketgan o`zbek xalqi ham o`rta Osiyoning boshqa elatlari bilan tubdan qon-qarindosh bo`lib ketgan. Ayniqsa o`zbeklar bilan qozoqlarning deyarli barcha turkiy ajdodlari umumiy, ammo har bir xalqning qonida boshqa elat qoni mavjud. Masalan, antropologlarning ta`rificha, qozoqlarning irqiy tuzilishida mo`g`il istilosidan yetti asr muqaddam mongoloid belgilari paydo bo`lgan, ya`ni mo`g`ullik istilosi ilgariroq boshlangan, shuning uchun ham ularda mongoloid belgilari ko`proq. Tarixda birinchi qozoq davlati deb aytilishi diqqatga sazovordir.
qirg`izlarni ham asli qadimiy saklar egallagan Tyan-shan tog` bag`ri va etagidagi yevropoid aholi bilan aralashib o`z ona turkiy tillarini bu yerga ko`chib kelishidan oldin shakllantirilganligini tadqiqotchilar qayd qildilar.Ularning ,shevalari,o`zaro tarqoq (tog`li va vodiylarda joylashgan) aholi bo`lishiga qaramay, uncha farq qilmasligi bunga dalil. Antropologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki,eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarda hozirgi qirg`izlarning qadimgi ajdodlari yevropoid irqida bo`lgan.Keyinchalik kelgindi mongoloid qabilalari ta`sirida o`zgargan.
Umumiy etnik ildizi bir bo`lgan tojik baland tog`lari tufayli, g`arbiy,shimoliy va sharqiy qo`shinlaridek, til va irq jihatidan turkiylashmagan va yevropoid belgilarini saqlab qolgan,albatta bu yerga qisman turklar ham mo`g`ullar ham, bir vaqtlar Iskandar va arablar ham kelib o`z hukmronligini o`rnatgan , keyinchalik Chingizxon va Amir Temur ham XXI asrda o`rta Osiyoga bostirib kirgan .Shayboniylar ham Samarqand va Buxoroni qo`lga kiritgan va tojiklarning yerlarini o`zlariga bo`ysundirgan. Ammo kelgindi-ko`chmanchilar tabiiy-geografik sharoit noqulay bo`lganligi tufayli uncha uzoq turmaganlar.Shu sababdan tojiklar g`arbiy eroniy tillarga, kirgan o`z ona tillarini saqlab, irqiy jihatidan ham ancha sof yevropoidligicha qolgan.
Demak, butun o`rta Osiyo va qozog`iston muayyan tarixiy-etno grafik mintaqani tashkil qilgan. Ularning qadimiy ajdodlari bir, etnik zamini bo`ldi.Buning asosini nafaqat umumiy tabiiy-geografik sharoiti, hatto an`anaviy xo`jalik madaniy tiplari, kiyim-kechagi moddiy va ma`naviy madaniyati, hatto dinlarning birligi va hakozalar hozirgacha saqlanib kelgan juda ko`p umumiy unsurlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham mazkur mintaqadagi Respublikalar mustaqillikka erishib istiqlol yo`liga o`tgach, ularning Markaziy Osiyo Respublikalari deb nomlanishi tasodif hodisa emas.
Tabiyki, endilikda tarixiy taqdiri bir, etnik va madaniy ildizi umumiy, kelajak ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan uzviy bog`langan. Mazkur Respublikalar aholisi etnografiyasini jiddiy o`rganish eng muhim dolzarb vazifalardan holi bo`lmaydi. Shuning uchun ham bunday oliy ma`suliyatni oliy janob vazifani o`zbek xalqi etnografiyasiga boshlab berishga jur`at qildi. Bu ishni qon-qarindosh qo`shni xalqlar ham boshlar degan umiddamiz.
O`zbekiston Respublikasi nihoyatda keng va katta hududni egallab olgan o`rta Osiyo-qozog`iston tarixiy etnografik mintaqasiga kiradi. o`zbek eli joylashgan hozirgi hudud 447,4 ming kv.km ga yaqin,aholisi 22mln.dan ortiqroq. 1989 yilda aholining ro`yxatiga binoan Respublikada19,8mln.dan ortiqroq kishi yashagan, ulardan 71,3% o`zbeklar, qolganlari 100ga yaqin katta kichik elatlarning vakillaridir. Jumladan ko`p sonli xalqlardan ruslar (1,652 ming ) tojiklar (931 ming ) qozoqlar(808 ming ) tatarlar (188 ming ) koreslar(182 ming ) qirg`izlar (174 ming ) ukrainlar (154 ming ) turkmanlar (122 ming ) va boshqalar istiqomad qiladi. Bu yerda eng qadimiy zich aholi yashaydigan tog` - adrlar va vodiylarda (Amudaryo,Sirdaryo,Zarafshon,qashqadaryo kabilar) joylashgan. O`zbekiston Respublikasi ma`muriy jihatdan 12 viloyat,amudaryo quyi oqimida va orol sohilida joylashgan qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat.
o`tgan asr o`rtalarigacha mazkur hududda qo`qon,Xiva va Buxoro xonliklari hukmronlik qilib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya zo`ravonlik bilan o`rta Osiyoni bosib olganidan keyin o`lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilinadi.Bu holat albatta chorizm hokimiyati amal qilayotgan mustamlakachilik siyosatining oqibati hisoblanadi.Asli umum insoniy qadriyatlari bayrog`i ostida mazkur holatda «oktabr inqilobi»tufayli ozod bo`lgan o`zbeklar uzoq vaqt o`tmay mustamlakachilik siyosati girdobiga tortildi. Yaxlit Turkiston va unda yashovchi millat va elatlar su`niy ravishda qaytadan bo`linib «mustaqil» Respublikalar yuzaga keldi. Albatta obyektiv ijtimoiy taraqqiyot siyosiy xokimiyatni xalq qo`liga olib bergan «inqilob» mahalliy etnoslarning rivoji uchun dastlabki 10 yilliklarda muayyan sharoit yaratib berganligini inkor qilib bo`lmaydi. Oqibatda o`rta Osiyoda o`zbek, tojik, turkman, qirg`iz, qozoq, va qoraqalpoqlarning milliy birligi uchun ijtimoiy - siyosiy vaziyat shakllana boshlangan edi.
Ammo 30-yillarda amalga oshirila boshlangan yangi mustamlakachilik (neokolonoloizm) siyosati mahalliy millatlarning ravnaqiga katta putur yetkazdi. Dastavval endi uyg`onib kelayotgan xalqlarning asl farzandlarini, ayniqsa davlat,fan va madaniyat sohasida kelayotgan buyuk iste`dodlarni qatog`on qilish, ko`pchiligini qirib butun etnosni miyasiz «manqurtga» aylantirish siyosatini amalga oshirishga kirishilgan edi. Umumiy insoniy qadriyatlar shiori ostida boshlangan mazkur mustamlakachilik siyosati uzoq o`tmishda yuksak madaniyat yaratgan xalqimizning tabiiy qobiliyatlari, buyuk iste`dod va kuch-g`ayrati har tomonlama namoyon qilishga yo`l qo`yilmagan. Aksincha, uning asrlar davomida shakllanib ajoyib an`analarini «internatsionalizm» nazariyasi asosida asta- sekin yemirila boshladi, milliy qadriyatlarni tiklash yo`lida o`zini fido qilishga tayyor bo`lgan «Alpomishlar»ni qatag`on qildi qamoqqa oldi. Bunday vahshiyona siyosatining siri ochilgan sobiq ittifoq rahbarlari «qayta qurish, demokratik, oshkoralik» kabi baland parvoz so`zlik yangi g`oyalarni «kashf etdilar» bu oliy janob insoniy maqsadlarini ro`yobga chiqarishda doimo yo`lchi yulduz bo`lib nur sochib kelgan ilm ma`rifat xor qilindi. hozirgi ijimoiy taraqqiyot, osoyishtalik va tinchlik faqat keng xalq ommasi siyosiy madaniy saviyasining yuqori darajaligi bilan bevosita bog`liq.
Afsuski, parchalanib ketgan ittifoqning deyarli hamma yerida iqtisodiy va ma`naviy qashshoqlik, yovuzlik va to`qnashuvlar va zo`ravonlik va qon to`kishlar, kutilmagan ziddiyatlar, milliy nizolar barcha illatlarni tarang qilib qo`ymoqda. Shiddatli ijtimoiy oqimning qudratli to`lqinida insonning butun elat va xalqning sabr – toqati va irodasi, kuch va aql - idroki sinovidan o`tmoqda. Achinarli tomoni shuki siyosatda ham hatto ilm -ma`rifatda teran o`ylanmagan yuzaki g`oyalarga tayanib amaliy faoliyatda chekinib, o`zimizni qoralab tarixni soxtalashtira boshladik. Arzon obro` axtarib o`zining yovuz niyatlariga yetish maqsadida baland parvoz shiorlar bilan chiqayotgan ayrim shaxslar obyektivlikni rad etib qo`lga kiritilgan tarixiy yutuqlarimizni inkor qilib buzub ko`rsatishga harakat qilmoqdalar nahotki, endi ba`zi bilimdonlar fikricha, yetmish yil davomida hech qanday ijobiy yutuqlarga ega bo`lmadik? Kechagi kunimizni unutib faqat siyosiy xatolarni rukach qilib qancha qurbonlar bilan xalqimiz qo`lga kiritgan ijtimoiy- iqtisodiy, moddiy va ma`naviy hayotimizdagi yutuqlarini o`chirib tashlasak? hozirgacha ayovsiz qora bo`yoqlar bilan qoralayotgan mafkuraning asl mazmuni ezgu niyatlarga qaratilganligini millionlab kishilar e`tiqodiga iymoniga aylanib bunyodokorlik va ijobiy faoliyatiga muhim omil bo`lganaligini hech kim to`la inkor qila olmaydi. Shubhasiz mazkur mafkura ayrim yovuz shaxslar uchun o`zlarining yomon niyatlarini amalga oshirishda niqob bo`ldi. Mazkur niqobni o`z vaqtida fosh qila olmagan xaq so`zga ishonadigan xalqimizning aybi nimada? Bu mafkura ham ko`r - ko`rona itoat go`ylikga chorlab kelgan yangi diniy e`tiqodga aylanib uning yangi aqidalar darajasiga ko`tardi. Deyarli bir asr davomida chalg`itib kelgan shaxslr uchun minglab qurbonlar bergan qalbi pok xalqimiz aybdormi?
Demak, milliy istiqlolga erishgan o`z yo`lini topishga, o`z taqdir istiqbolini aniqlashga endi kirishayotgan Respublikamiz rivoji o`z murakkab tarixining etnik xususiyatlarini aniq bilishini uni chuqur ta`riflashni taqazo qiladi.
Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish