Reja: Kabellarni va materiallarning toʻla qarshiligini, sigʻimini va tgδ sini 50 Gts LI tebranishda aniqlash



Download 245,51 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi245,51 Kb.
#674634

KABELLARNI VA MATERIALLARNING TOʻLA QARSHILIGINI, SIG’IMINI VA tgδ SINI 50 GTS LI TEBRANISHDA ANIQLASH.
REJA:
1.Kabellarni va materiallarning toʻla qarshiligini, sigʻimini va tgδ sini 50 Gts li tebranishda aniqlash.
2.Bu parametrlarni boshqa sinov usullari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar.
11.1.Kabellarni va materiallarning toʻla qarshiligini, sigʻimini va tgδ sini 50 Gts li tebranishda aniqlash.
Kabellarni izolyatsiya qarshiligini oʻlchashni oʻzgarmas kuchlanishni 90 V dan 500 V gacha boʻlgan qiymatini galvonometr koʻrsatkichlarini ogʻishlarini oʻlchash usuli bilan olib boriladi.
Oʻlchovlardagi xatolik 1010 Om*km kattalikgacha -10 % dan, 1010 Om*km dan yuqori kattaliklar uchun -25 % dan ortmasligi kerak.
Agar izolyatsiya qarshiligini oʻlchovini 20oS dan yuqori temperaturalarda oʻtkazilgan boʻlib olingan natija me’yor yoki texnik shartlarni qanoatlantirmasa, shunigdek oʻlchov 15oS dan past temperaturada oʻtkazilgan boʻlsa, u xolda izolyatsiya qarshiligini, 20oS temperaturaga quyidagi formula asosida keltiriladi:
R20 = κ*R1 Om*km
R = R20* ℓ Om*km
ℓ- kabelni uzunligi, km da.
Dielektrik yoʻqotuvchanlik burchagi - tgδ
Kabellarni izolyatsiyasini dielektrik yoʻqotuvchanlik burchagini yuqori kuchlashishli oʻzgarmas tok mosti yordamida aniqlanadi.
Oʻlchash xatoligi ± 5*10-5+5% dan katta boʻlmasligi kerak.
Oʻlchov ishlari olib borilayotgan bino ichida temperatura 25±10oS va nisbiy namlik 80 % dan oshmasligi kerak.
Kabel namunasini temperaturasi oʻrab turgan muxit temperaturasidan ± 3oS dan katta farq qilmasligi kerak.
Oʻlov ishlari kabelni me’yor va texnik shartlarida koʻrsatilgan xolda quyidagi usullardan birini qoʻllab oʻtkaziladi.
Kabellarni sig’imini oʻlchovlari mostni «ogʻdarilgan» sxmasida oʻtkaziladi.
Oʻlchov davridagi mumkin boʻlgan kuchlanish kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Udop ≤ (I / 2πƒC)*106 , (V)
I- mostni R3 qarshiligidan oqib oʻtayotgan tokni mumkin boʻlgan eng katta qiymati, (I = 1,25 A);
ƒ – chastota , Gts;
C – kabelni sigʻimi, mkF va kuchlanish 10 kV dan oshmasligi kerak.
Sanoat chastota kuchlanishi uchun sigʻimni oʻlchash:
Udop ≤ (4 / S)*103 , (V)
Oʻlchangan kuchlanish va tok qiymatlari boʻyicha sigʻimni quydagi formula bilan aniqlanadi:
S = (I / 2πƒU)*106 , (mkF)
Agar sigʻim toki A, kuchlanishi V da va kuchlanish chastotasi Gts da boʻlsa, oʻlchov natijasiga asosan kabelni solishtirma sigʻimi aniqlanadi:
Sud = Sizm / ℓ , (mkF/km)
Ushbu kattalik zavod sinovlarida aniqlangan kattaliklardan ± 5 % dan ortiqqa farq qilmasli kerak.
11.2.Bu parametrlarni boshqa sinov usullari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar.
Oʻzgarmas tokdagi kabel simlarni izolyatsiya qarshiligini qiymatini oʻlchashni juda koʻp usullari bor boʻlib usullarda aniqlangan qiymat xatoligi 1 % dan katta boʻlmasligi kerak.Uzunligi katta boʻlmagan kabal tarmoqlari uchun sim izolyatsiya qarshiligini oʻlchashni PP rusumli patentsiometr yordamidagi usulini qulash mumkin.Oʻlchovlarda kutilayotgan sim izolyatsiya qarshiligini qiymatiga qarab R-310 (0,001-0,01 Om) va R-321 (0,01 Om) namunaviy choʻlgʻomlardan foydalaniladi.
Sim izolyatsiya qarshiligini qiymati oʻlchov natijalariga qarab quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Rx = (Ux / U0)*R0
Ux va U0 – patentsiometrni sinalayotgan va namunaviy qarshilikga ulangan vaqtidagi koʻrsatgichi;
R0 – namunaviy qarshilik kattaligi.
Sinovlar vaqtida ampermetr yordamida tok qiymatini bir xilligi ta’minlanishi va tok qiymati 5-10 A tashkil qilishi kerak.
Olingan qarshilik qiymatlaridan foydalanib kabel xaroratidagi oʻlchovlar va uni asosida namunani ρ -solishtirma qarshiligi aniqlanadi va kablni 200S xaroratga keltirilgan solishtirma qarshiligi aniqlanadi.
ρt=(R/ℓ)*S , (Om*mm2/m)
ρ20= ρt /1+α20 (t-20) , (Om*mm2/m) bu yerda
R-kabel tomiri (jilasi)ni t xaroratdagi qarshiligi , Om
S-tomir(jila)ning koʻndalang kesim yuzasi, mm2
ℓ-kabelni uzunligi
α20-200S xaroratdagi qarshilik koeffitsienti
mis uchun α20=0,00393 1/grad; alyuminiy uchun α20=0,00403 1/grad ga teng.
Solishtirma qarshiliklarni sinov oʻlchov qiymatlari zavod qiymatlaridan ±1% dan katta boʻlmasligi kerak.
Misol: mis uchun ρ20 ≤ 0,0184 Om*mm2/m; alyuminiy uchun ρ20 ≤ 0,0310 Om*mm2/m
Download 245,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish