Reja: Kassetaa texnologiysi



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2022
Hajmi0,95 Mb.
#633825
Bog'liq
2 5472034565579085543



14-mavzu: 
BETON VA TEMIR-BETON BUYUMLARINI KASSETAA USULIDA ISHLAB 
CHIQARISH
Reja: 
1. Kassetaa texnologiysi 
2. Kassetaa ishlab chiqarish xususiyatlari 
3. Kassetaa texnologiysining asosiy sxemalari 
Kasseta kuymalarda, shuningdek, oldindan zo’riqtirilmagan konstruksiyalarni 
tayyorlashda, to’sish texnologiyasi asosiy texnologiyadir. 
Konveyr texnologiyaning kamchiliklari: mexanizm bilan ta’minlash hisobiga kapital 
sarfning oshishi, mexanizmlarga va qurollarga xizmat ko’rsatish, texnologiya pasayishi, yangi 
nomenklaturaga utish qatorni anchagina rekonstruksiya qilishga olib keladi. 
Konveyr qatorlarning ko’prok qo’llanishining bir necha turlari bor: kamerali issiqlik 
ishlov berish; tikka kamerali issiqlik ishlov berish; termoform paketi bilan, ikki yarusli stanlar. 
Kasseta qolipda temir-beton mahsulotini quyish yirik panelli uy joy qurilishlarida keng 
nomenklaturali mahsulotni ishlab chiqarish asosiy usullardan biri hisoblanadi. Ikki kassetali 
qurilmalarda yassi mahsulotni tayyorlash ancha samarali: devor panellari, to’siklar, qoplama, 
shuningdek, ventilyasiya bloklari, zinapoyalar, trubalar va boshqalar. 
Bu usulning farqlovchi tomoni shundaki, qoliplarning tikka joylashishi va mahsulotni 
quyish. Kassetalar qolipi bulimlar qatorlardan tashkil topgan. Bo’lish devorlari konstruksiyasi 
bo’yicha kasseta qurilmalari metall va temir-betondan bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda kasseta 
devorlari ichi bush tik holdagi shitlardan tayyorlanadi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov beruvchi 
bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchi orqali uzatiladi. Kassetalarning bo’luvchi devorlari yaxlit 
metall listlardan tayyorlangan bo’lishi mumkin. 
Kasseta qurilmalarni yig’ish mexanik yoki gidravlik usulda bajariladi. Betonni zichlash 
kassetaning yon tomonidagi bo’luvchi devorlariga o’rnatilgan titratgich yordamida olib boriladi. 
Vertikal kassetali qurilmalarni yaxshi oddiy gorizontal qoliplardagi qurilmalardan ko’ra, zavod 
maydoniga talab keskin pasayadi, umumiy ishlab chiqarish sikli pasayadi, ko’pchilik ishlab 
chiqarish operatsiyalari (quyish, issiqlik bilan ishlov berish) bir qurilmada olib boriladi, bu bilan 
zavoddagi tayyor ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi oshadi. Kasseta usulda bug’lash 
kameralari kerak emas, mahsulotni vibratsiya va betonga joylash, qotirish vazifalari yopik 
sharoitda bajariladi, ya’ni yaxshi sharoitda olib boriladi. Kamchiliklari: kasseta qurilmalar vaqti-
vaqti bilan ishlaydi, shuning uchun qolipni qaytadan ishlatish zarurati tug’iladi. Agar 
kassetalarni konveyr ish tartibiga o’tkazilsa, uning nokulay sifatlari bartaraf etilishi mumkin. 
Bunday kassetalar tik o’rnatilgan to’siklar tuplamidan iborat bo’lishi kerak. 
Qolipga qorishmani quyish kassetaning bir tomonida olib borilsa, boshqa bir tomonida 
esa qolipdan ko’chirish olib boriladi. Issiqlik bilan ishlov berishni qurilmaning o’rta qismidagi 
holatida boshlash kerak. Issiqlik bilan ishlov berish kassetalarning to’sish devorlari sonini 
aniqlab beradi. Bunday qurilma uzluksiz konveyr ta’sirida ishlab chiqarishni ikki marta oshiradi 
va quyish, ortish, yig‘ish va devorlarni tozalash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradi. 
Yukori darajada texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishga intilish zavodda 
yig’ma temir-beton mahsulotini tayyorlash, turarjoy, sanoat qurilish mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda beton yangi quyish usullarini maxsus qo’llanmada bajarishga olib keladi. 


Bu qurilmada betonni zichlash, titratish plitasi va shtamplar yordamida mahsulotning 
yukori qismida bajariladi. 
Truba va trubasimon temir-beton konstruksiyalarni quyish quyidagi usullarda olib 
boriladi. Sentrifuga (markazdan kochma) usulida titratib quyish gorizontal va vertikal holatda 
olib boriladi. 
Quyishning yana aralash usuli ham qo’llaniladi. Bosimli va yukori bosimli trubalarni 
tayyorlash uchun o’zi ni zo’riqtiruvchi sement yordamida quyish usuli mavjud.
3. Qoliplar soni: 
Nf = 1,05‧60‧h‧Tob,r/24‧t,n.k1,05‧2,5‧h‧Tob.sr/t,n. 
T
obsr 
- qolipning 1 oborot muddati, kameraning o’rtacha oboroti (issiqlik va namlik bilan ishlov 
berish vaqti-soatda) va mahsulot tayyorlash uchun hamma operatsiyalarni bajarishga zarur 
bo’lgan vaqt bilan birga (soatda);
h - kundalik ish soati soni (soat);
t

- qoliplash sikli (min);
1,05 - ta’mirlash uchun ajratilgan koeffitsient. 
4. Issiqlik va namlik bilan ishlov berish kameralar soni: 
Nk = 60‧ h‧ Kob/24‧ tan‧ m
h - kunlik ish soati soni (soat);
ta

- qoliplash sikli (min); m-kameradagi kameralar soni;
K
ob 
- kameraning 1 oborot muddati (soat). (ikki smenali-16 soat, uch smenali-23 soat) INIB 
(issiq-namlik ishlov berish) vaqticha. 
5. INIB kamerasining to’ldirish koeffitsienti: 
Kzag = (P‧U
I
zd)/U k 
n - texnologik liniyalar soni yoki qoliplash postlari;
U
izd 
- mahsulot hajmi (m );
Vk - kameraning foydali sig‘imi (m ). 
Kassetaa texnologiyasi.
Kassetaa qurilmalari qavatlariaro yopish plitalari, ichki devor 
panellari, zinapoya marshlari va maydonchalarini qoliplashga mo’ljallangan. Qurilma 
qo’g’almas stanina, qo’g’almas va qo’g’aluvchan kassetaa to’siklari, ostki qismi, boshqaruv 
pultidan iborat. 
Kassetalar avtomat boshqaruv, qolipdan ko’chirish jarayoni va yotish qurilmalari bilan 
loyihalashtirilgan (14.2-jadval). 
Bo‘luvchi shitlar qalingili 24 mm li po‘lat listlardan tayyorlanadi. Bort uskunalari 
ugoloklardan tayyorlanib, bo‘luvchi shitlarga parametrlari bo‘ylab shunday svarkalanganki, 
ularni polkalari formalarni tagligi va bortini tashkil qiladi. 
Kassetaa devorlari 40 mm diametrli boltlar bilan tortiladi. Betonni zichlash bo‘luvchi 
to‘siqlarni titratish bilan erishiladi. 
Kassetaani ikki yon tomoniga panelning balandligi bo‘yicha taxminan o‘rtalariga osma 
titratgichlar o‘rnatiladi. SHit maydonini turli xil nuqtalarida tebranish amplitudasini o‘lchash 
ko‘rsatgichi, tebranish amplitudasi keng chegarada (0,1..0,5 mm) da o‘zgarishi mumkin va 
shuning uchun mahsulotning butun maydoni bo’yicha bir tekis zichlash ancha qiyin. Bir tekis 
zichlashga erishish uchun qo‘shimcha chuqurlikdagi titratgichlar kerak bo’ladi. 
Kassetadagi betonga issiqlik bilan ishlov berish issiqlik tarqatuvchi yoki bug‘ yordamida, 
mahsulot oralig‘ida va qolipning chetki tomonida joylagan par tarqatuvchi otseklarda olib 
boriladi. Bug‘lash darajasi 85-100 
o
C. 


Bikr beton qorishmasidan panel quyishda vibrozarbali va porshenli kassetaa qurilmalari 
qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda harakatlanadigan taglik porshenlarga biriktirilgan titratgichlar 
yordamida beton zichlashtiriladi. Titratgichlar vibroporshen yordamida beton qorishmasiga 
zarbali titratgich tebranish yo‘llaydi, bu esa betonni balandligi
3 m gacha bo‘lgan panellarni 
yaxshi zichlashtirilishiga olib keladi. Vibrozarbali va porshenli kassetaalarda tebranish 
amplitudasini o‘lchash va panellarni balandligi bo‘yicha beton mustahkamligini aniqlash natijasi 
ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda betonni bir xil zichlanishi ta’minlanadi. 
Metall listlari bir-biridan va bort uskunasidan elektr o’tkazmaydigan materiallar 
(tekstolita, steklotekstolita, steklovoloknita va boshqalar) dan tayyorlangan prokladka, vtulka, 
shaybalar yordamida izolyasiya qilinadi. Mahsulot armaturasi ham, kassetaa devoridan 
izolyasiya qilinadi. 
Yangi kassetaalarda hamma to’sish listlari osma titratgich (har bit shitga 2 ta da 
titratgich) bilan jihozlanadi, bu esa tebranish amplitudasini oshirish natijasida betonni yaxshi 
zichlashga erishiladi va konus chukmasi 6 sm gacha bo’lgan beton qorishmani qo’llash imkonini 
beradi. Ichki devor panellari va orayopma plitalarining (kalinligi 10-12 sm) titratish muddati 10-
15 ming ni tashkil etadi. 
Mahsulotning turli nuktalarida haroratni o’lchashlar ko’rsatadiki, yukori haroratli issiqlik 
tashuvchilar ishlanilganda bo’lish shitlari bo’lgan kassetaalar harorat maydonining (40 
o
C gacha) 
katta tengsizligi belgilandi. Panelning turli kesimida beton mustahkamligi xuddi shunday bir xil 
emas. Kassetaalarda panellarga elektroqizdirishni qo’llaganda betondagi issiqlik maydonining 
tengligiga erishiladi, chunki beton bir vaqtda mahsulotning hamma qalinlik bo’yicha qiziydi. 
Betonni elektroqizdirish uchun zinali transformatorning bir yoki uch fazali turidan foydalaniladi. 
Betonning qizish darajasiga qarab elektrodga uzatilayotgan kuchlanish oshiriladi. Bu 
transformatorlarda tokni tartibga solish chegarasi 20...250 V ni tashkil etadi. 
1. Kassetaa qurilmaning ishlab chiqarish mahsuldorligi: 
Rkas = Vr‧D‧t‧Uizd‧Ka. 
V
r
- yillik ish kunlarsoni (sutk).
m - kassetaa qurilmasidagi otseklar soni; 
U
izd
- kassetaa qurilmasida bir vaqtda qoliplanadigan mahsulotlar hajmi, m; 
K

- kassetaaning ishchi otseklarini to’ldirish koeffitsienti (0,9);
D - sutkada kassetaa qurilmasining oborot soni, mahsulot tayyorlashdagi hamma 
operatsiyalarning bajarish muddati. 
1. Kassetaa ishlab chiqarishda sehning yillik mahsuldorligi hamma qurilmalarning 
mahsuldorliklarini yigindisini tashkil etadi: 
R
kas 
= R
1
+R
2
+Rz
va boshqalar 


14.2-rasm. Temir-beton panellarini elektroqizdirish uchun jihozlangan kassetaada 5 ta 
panelning joylanish sxemasi. 
2. Kassetaa ishlab chiqarishda sehning yillik mahsuldorligi hamma qurilmalarning 
mahsuldorliklarini yigindisini tashkil etadi: 
R
kas
kR
1
KR
2
KRz va boshqalar Kassetaali ishlab chiqarishdagi me’yoriy qiymatlar 
14.2 -jadval
№ 
Nomlari 
Me’yor 

Panel tayyorlashdagi kassetaa otseklarining soni 
8...14 

10 otsekli kassetaa operatsiyalarining maksimal darajadagi davom etishi, min: 
a) ko’chirish (kassetaalarni va mahsulotni ajratish); 
b) kassetaalarni tayyorlash (tozalash, moylash, armaturani o’rnatish va 
detallarni, kassetaalarni yigish); 
v) quyish va beton qorishmani titratib zichlash. 
60 
120 
60 

Kundalik ta’mirlash uchun 1 proletni kasseta soniga kerakli maydon, m. 
5 gacha 5 dan ortik 
50 gacha 100 
Trubasimon konstruksiyalarni tayyorlanishi.
Trubasimon konstruksiyalarni titratib 
qoliplash gorizontal holatda titratuvchi maydonda yakka yoki guruhli sharnirli qoliplarda ishlab 
chiqariladi. 
Qorishmaning zichligi presslovchi pnevmovibroshtamp yordamida mahsulot kerakli 
formaga ega bo‘lguniga qadar zichlanadi. Qoliplash muddati - 15...25 min. 
Gorizontal holatda qoliplash usulini bosimsiz truba va trubasimon konstruksiyalarda 
diametri 300...600 mm da qo‘llash samarilidir. Tik holatda titratib quyish bosimli va bosimsiz 
trubalarni diametri 1,5...3 m.da bajariladi. 1,5 m diametrli trubalarni tayyorlashda beton 
qorishmani uzatish tezligi maxsus bunker yordamida tartibga solib turiladi. Katta diametrli 
trubalarni qoliplashda maxsus lotoklarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, bu qorishmani qolipga 
teng miqdorda taqsimlash imkonini berib, miqdorini hajm bo‘yicha aniqlash dozatori bilan 
bajariladi. 
Qorishma trubalarni tik holda qoliplash jarayoni uch xil sxemalarda amalga oshiriladi: 
1. Qo‘zg‘almas qoliplarda tashqi va ichki qo‘zg‘almas qoliplar orasiga armatura va beton 
qorishma joylashtiriladi va uni zichlash titratgich yordamida bajariladi; bu sxema balandligi 5 m 
gacha qalinligi 40...200 mm bo‘lgan trubalarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
2. Tashqi qolipni qo‘zg‘almas ichki qolipga tushirish bilan; ichki qolip titratuvchi 
hisoblanadi (o‘rnatilgan armatura bilan); bu usul bilan beton bikrligi 30...60s, diametri 
800...1500 mm, uzunligi 3 m gacha bo‘lgan trubalar qoliplanadi. 
3. Titratuvchi ichki formani qo‘zg‘almas tashqi qolipdan ko‘tarilish bilan; bu usul bilan 
trubalar, trubasimon svaylar, diametri 200...500 mm, uzunligi 6...7,5 mm elektr uzatgichlar 
uchun tirgovichlar tayyorlanadi. Tik holatdagi trubasimon konstruksiyalarni betonini zichlash 
(qolip balandligi 1,5 m gacha), ichki qolipga o‘rnatilgan titratgich, tashqi qolip devoriga 
balandligi bo‘yicha bir necha qator o‘rnatilgan titratgich va oddiy titratish maydonchasida olib 
boriladi. 
Trubasimon konstruksiyalarni presslab ishlab chiqarish usuli ko‘pincha shibbalash yoki 
titratish bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ishchi bosimi 1,5 MPa bo‘lgan yuqori bosimli sifatli 
trubalarni tayyorlashda gidropressli titratgich qo‘llashni tavsiya etiladi. 


Bunda bir vaqtda beton qorishmani zichlash bilan betonni presslash 2,5...3,5 MPa bosim 
ostida bajariladi, natijada yuqori sifatli mustahkam beton olinadi, truba devorlari esa spiral va 
bo‘ylama prutli armatura bilan siqilgan bo‘ladi. 
Bu usul bilan tayyorlangan truba diametri 500...1600 mm, devor qalinligi 55...95 mm, 
avvalgi boshqa usulda tayyorlangan trubalarga nisbatan 15...20 % ga kamni tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish ish jarayoni quyidagi operatsiyalardan tashkil topadi: bo‘ylama 
armaturani tortib, qolipni tayyorlash va yig‘ish, betonlash, bosim ostida gidropresslash va issiq 
suv va bug‘ bilan ishlov berish, qolipdan ko‘chirish, tayyor trubalarni sinovgacha ushlab turish. 
Trubasimon konstruksiyalarni tayyorlashda sentrifugalash sentrifugalarda bajariladi, 
beton qorishmali qolip aylanma bo‘ylab, ma’lum tezlikda aylanadi. Konstruktiv bajarilishiga 
qarab sentrifugalar rolikli, o‘qli va kamarli bo‘ladi. Aylanayotgan qolipga beton qorishma 
qo‘yiladi. Sentrifugalashda qo‘llaniladigan qoliplar ajraluvchan (2 ta biriktirilgan yarim qoliplar) 
va ajralmaydigan bo‘ladi. 
Beton quyilgandan keyin, sekin-asta zichlash uchun qolip aylantiriladi. Bunda beton 
qorishma markazdan qochuvchi kuch ta’siriga beriladi va natijada beton qorishma qolip 
devorlariga bir tekisda yoyiladi. 
Betonni yaxshilab zichlash uchun qolipning aylanish chastotasi oshiriladi. Siqilganda 
beton qorishmasi tarkibidagi 30% miqdoridagi suv qisman sement bilan ortiqcha chiqindi 
sifatida tashqariga oqib chiqadi. 
Zich tarkibli betondan truba tayyorlash uchun qatlamli qoliplash tavsiya etiladi. Betonni 
zichlash muddati truba tayyorlashda trubaning diametriga boglik, 10. . .20 min, siklning umumiy 
muddati 20. . .40 min. Sentrifuganing ishlab chiqarish quvvati:
Rs = (60‧Vr‧ I‧‧Kfoyd)/Ts 
V
r
- yillik ish kunlar soni, (sutkada);
h - sentrifuga ishining kunlik ish soati soni (soat);
Kf
oyd
- uskunaning foydalanish koeffitsienti - 0,947; T
s
- siklning muddati, (min);
L - trubaning silindr qismini uzunligi (m) 
Hajmli bloklarning tayyorlanishi. hajmli bloklarni tayyorlashda turli konstruksiyami 
bloklar va beton qorishmasini quyishni prinsipial sxemalarini farqini ajratish lozim:
- kassetaali;
- yarusli (poyarusniy)
- uzluksiz. 
Yig‘ma-monolit bloklar «kolpak», «stakan», «truba» tipidagi bloklarga qarab turli 
texnologik echimlarga ega bo‘lgan maxsus qoliplash mashinalari yordamida tayyorlanadi. 
Zarur bo’lgan blok nomenklatura va quvvatidan yillik soni aniqlanadi. 
So’ngra 1 smenada chiqariladigan blok soni hisoblanadi. 
Nbl=N/(T
i
‧ Psm‧Kfoyd) 
N - yillik ishlab chiqarish blok soni;
T

- yil davomidagi ish kunlari soni; 
Psm - ish smenalar soni;
Kf
oyd 
- uskunadan foydalanish koeffitsienti, Kf
oyd 
= 0,95. 
Yig‘ma beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar 
qator mustaqil operatsiyalardan tashkil topib, alohida jarayonlarga birikadi. Operatsiyalar shartli 
ravishda: asosiy, yordamchi va transportli turlarga bo‘linadi. 
Asosiy operatsiyalar beton qorishmasining tayyorlanishi va qorishmani tashkil qiluvchi 
materiallarni tayyorlash; armatura mahsulotlari va tayyor karkaslarning tayyorlanishi, 


mahsulotlarni armaturalash va qoliplash; qoliplangan mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish; 
tayyor mahsulotni qolipdan ko‘chirish va qoliplarni keyingi siklga tayyorlash, ba’zi bir 
mahsulotlrning yuza qismini pardozlashdan iborat. Asosiy texnologik operatsiyalardan tashqari 
har bir bosqichda yordamchi operatsiyalar ham bajariladi: suv va bug‘larning, siqilgan havo, 
elektr energiyasining olinishi va uzatilishi, xom-ashyo va yarim tayyor va tayyor 
mahsulotlarning saqlanishi, operatsiyalar va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va 
boshqa asosiy operatsiyalarni bajarish uchun zarur etaplar olib boriladi. 
Transport vositasi bilan bajariladigan operatsiya(jarayon)lar, bu materiallar, yarim tayyor 
mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni holat va qolipini o‘zgartirmay ko‘chirishdir. 
Bajariladigan operatsiyalarga mos qo‘lllaniladigan asbob-uskunalar bajaradigan 
vazifasiga qarab asosiy-texnologik, yordamchi va transport deb ataladi. 
Asosiy va transport asboblarida ma’lum ketma-ketlikda bajarish uchun mo‘ljallangan 
operatsiyalar texnologik tizim deyiladi. 
Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarishda eng taraqqiy etib rivojlanayotgan texnologik 
jarayonni tashkil etish-uzluksiz ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulotning turiga qarab 
texnologik tizimni nihoyatda maxsuslashtirishdir. 
Uzluksiz ishlab chiqarishning asosiy qonun qoidasi o‘rnatilgan asbob-uskunalardan to‘liq 
foydalanish, mexanizatsiya kompleksi, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni nazarda 
tutish kerak. Bu qoida har bir ish joyida bajariladigan operatsiyalarning sikl davrini bir-biriga 
moslashgan holda bir maromida bajarilishini o‘z zimmasiga oladi. Bir maromda ishlash uchun 
ma’lum operatsiyani bajarishda o‘rnatilgan vaqt miqdorini doimiy bo‘lishiga va qat’iy vaqt 
intervali bilan siklga rioya qilish talab qilinadi. Sinxronlash texnologik tizimda operatsiyalarni 
bir-biriga moslab alohida qismlarga bo‘lishda har bir qismdagi operatsiyalarning sikl muddati 
shu texnologik potok (konveyer)ning har bir qismidagi sikl muddatiga teng bo‘lishini 
ta’minlaydi. Sikl 2 yoki 3 marta katta bo‘lgan oqimli qismlarda ishchi yoki moslama o‘rni ham 
mos darajada oshirilishi kerak, chunki boshqa tizimda qismlarda ishlab chiqarish imkoniyati 
pasaymasligi kerak va qabul qilingan maromda mahsulot olinishi kerak. Uzluksiz oqim 
mahsulotni qismdan qismga uzatilishida ishlab chiqarish maydonidan unumliroq foydalanish 
imkonini beradi. 
Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladigan zavod tarkibiga quyidagi: sehlar, inshoot 
va binolar, bog‘lovchi, to‘ldiruvchi va po‘lat armatura omborxonasi, beton qorish sehi, armatura 
sehi (tayyor armatura mahsulotlari bilan), qoliplash sehi, beton qotishini tezlashtirish, pardozlash 
va mahsulotlarni yig‘ish, yordamchi xizmat va ma’muriy-maishiy binolar, sehlararo va sehlar 
ichidagi transportlar, vodoprovod(suv manbasi) va kanalizatsiya, issiq va energetik quvvatlar 
xo‘jaligi, nozimxona va aloqa tarmoqlari kiradi. Qoliplovchi texnologik qatorlar beton qotishini 
tezlatuvchi bo‘limlar bilan, shuningdek armatura tayyorlovchi va armaturali karkaslar qatorini 
bajaradigan jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib, joylashtiriladi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi asosan murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan 
asosiy texnologik operatsiyalarning bajarilishi-mahsulotni qoliplash va beton qotishini 
tezlatishga bog‘liq. Bu operatsiyalar maxsus mashina, mexanizmlar va asbob-uskunalar 
qo‘llaniladigan texnologik tizimning mahsulot tayyorlash usulini aniqlaydi. Yig‘ma temir-beton 
zavodlarida texnologik jarayonni tashkil etishda potok usuli qabul qilingan, Uning mohiyati 
shundan ibratki, butun jarayon ayrim operatsiyalarga bo‘linadi, ular maxsus uskunalar bilan 
jihozlangan alohida ish joylarida qat’iy ketma-ketlik bilan bajariladi. Har bir ish joyida qabul 
qilingan ishlov berish usuli, asbob-uskuna va tashkiliy tizim bir yoki bir necha o‘zaro yaqin 
texnologik operatsiyalar bajariladi. 


Operatsiyalarni har bir ish joyida to‘liq sinxronlash jarayonni yanada detallar bo‘yicha 
boshqa operatsiyalarga bo‘lish bilan erishiladi. Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarishda ishlab 
chiqarishni tashkil qilishning ikki usuli keng tarqalgan: ko‘chma va ko‘chmas qoliplarda, ular 
biri-biridan qolip, mahsulot, mashina va ishchilarni ko‘chish shartlari bilan farq qiladi. 
Mahsulotlarni ko‘chma qoliplarda tayyorlashda texnologik jarayon 3 asosiy usul bilan 
tashkil qilinadi: agregat-potok va yarim konveyer, hamda davriy va to‘xtovsiz harakatlanadigan 
konveyer usullarida. 
Bu usullarda bir yoki bir necha bir-biriga bog‘liq operatsiyalar bajarish uchun postlar 
statsionar va ixtisoslashtirilgan bo‘lib, uskuna va ishchilar alohida postlarga biriktiriladi. 
Texnologik jarayonni ko‘chmas qoliplarda tashkil etish stend va kassetaa usullari bilan 
bajariladi. 
14.3.rasm.
Yirik panelli uysozlik zavodining bosh loyihasi 
1-asosiy ishlab chiqaruvchi korpus; 2-ma’muriyat korpusi; 3-armatura sehi; 4-beton qoruvchi 
seh; 5-qo‘shimchalarni tayyorlovchi bo‘lim; 6-to‘ldiruvchilarni uzatuvchi galereya; 7-sement 
omborxonasi; 8-emulsion suyuqligi omborxonasi; 9-yoqilg‘i va moylash materiallari 
omborxonasi; 10-kompressor xona; 11-gaz balonlari omborxonasi; 12-komplektlash bazasi;
13-panel tashuvchilarning turar joyi; 14-tayyor mahsulotlar omborxonasi 
14.4 rasm.
Sanoat qurilishi uchun yiliga 200 ming kubmetr temir-beton mahsulot ishlab 
chiqaradigan zavodni bosh loyihasi 
1-ma’muriyat korpusi; 2-moylashga tayyorlovchi bo‘lim bilan beton qoruvchi seh; 3-asosiy 
ishlab chiqaruvchi korpus; 4-tayyor mahsulotlar omborxonasi;
5-material-texnik omborxonasi; 6-to‘ldiruvchilar omborxonasi; 


7-qo‘shimchalarni tayyorlovchi bo‘lim; 8-sement omborxonasi;
9-sement o‘tkazuvchi truba(quvur); 10-emulsol suyuqligi omborxonasi;
11-to‘ldiruvchilarni uzatuvchi galereya; 12-yoqilg‘i va moylash materiallari omborxonasi;
13-po‘latni tayyorlash bo‘limi; 14-kompressorxona;
15-gradirxona (issiq suvni sovutadigan minorsifat xona) 
Nazorat uchun savollari 
1. Kassetaa texnologiysi haqida tushuncha bering? 
2. Kassetaa ishlab chiqarish xususiyatlari haqida tushuncha bering? 
3. Kassetaa texnologiysining asosiy sxemalari haqida tushuncha bering?

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish