Reja: Kirish. 1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi


Farg`ona vodiysining tabiiy sharoiti va tabiat komponentlariga tavsif



Download 115,52 Kb.
bet3/7
Sana24.06.2022
Hajmi115,52 Kb.
#698232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Farg‘оna vоdiysi iqlimi kurs ishi, зияев Д

1.2. Farg`ona vodiysining tabiiy sharoiti va tabiat komponentlariga tavsif.

Farg’ona vodiysi O’zbekiston Respublikasining sharqiy qismida joylashgan bo’lib, u Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalari bilan chegaradoshdir. Vodiyning Janubiy qismida Turkiston va Oloy tizmalari bo’lib, ularning baland cho’qqisi dengiz sathidan 5000 m dan ortiqroqdir. Shimoliy qismini Qurama va Chotqol tizmalari o’rasa, sharqiy qismini Farg’ona tizmasi o’rab turadi.


Farg’ona vodiysining umumiy ko’rinishi ovalsimon bo’lib, uning uzunligi 300 km dan, eni esa 120 km dan ortiqroqdir. Vodiy ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarini birlashtiradi, maydoni 19,2 ming km2 ni tashkil qiladi.
Fargʻona vodiysi, Fargʻona soyligi — Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligi (soylik) botiklaridan biri. Shimolida Tyanshan va janubida HisorOlay tog tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida. Keng qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yon bagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama va Chatqol tizmalari, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda tor yoʻlak (eni 8–10 km) "Xoʻjand darvozasi" orqali Toshkent—Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uz. 300 km, eni 60–120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi, gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Uning umumiy tuzilishi ellips (bodom)simon koʻrinishda. Gʻarbdan sharqqa kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi davrning allyuvial va prolyuvialallyuvial choʻkindilari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egilma shaklida boʻlgan, oʻrta toshkoʻmir davrida k,alin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan. Boʻr davrida sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi tog tizmalari alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin, denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziklari ustini kontinental yotqiziqlar qoplagan (qalinligi 300–400 m).
Farg’ona vodiysi hududini er sirti xususiyatlari va xo’jalik jihatdan foydalanish imkoniyatlariga qarab bir necha mintaqalarga bo’linadi .
1. Tekislik mintaqasi vodiyning markazidan adir mintaqasigacha bo’lgan hududni ishg’ol qiladi. Birinchisi, vodiyning markaziy botiq qismi bo’lib, Qoraqalpoq va Yozyovon qumloq cho’llaridan iborat. Bu maydonlarda dengiz yotqiziqlari ustida akkumulyativ jinslar, keyingi davrlarning cho’l yotqiziqlari, shamol olib kelgan jinslar keng tarqalgan bo’lib, sho’rxoklar, ko’llarning o’rni va qum tepaliklari uchraydi.
Tekislik mintaqasining ikkinchi qismi daryo hamda soylarning keng yoyilmalaridan iborat bo’lib, Farg’ona vodiysining xo’jalik jihatdan yaxshi o’zlashtirilgan qismidir. Mintaqaning bu qismi unumdor allyuvial yotqiziqlar bilan to’lgan bo’lib 4% gacha chirindili turli xil bo’z tuproqlardan tashkil topgan.
2. Adir mintaqasi (600-1200 metr balandlikda) Farg’ona vodiysida turlicha bo’lib, undan foydalanishda ham hududiy farqlar bor. Adirlar sirti shudgor va dehqonchilik qilish uchun ancha noqulay.
3. Tog’li mintaqa 1100-1200 metrdan boshlab balandlashib, tog’ oldi va tog’li tumanlarga o’tib boradi. Mintaqada daryo va soylarning vodiylarida dehqonchilik uchun yaroqli maydonlar uchraydi.
Farg’ona vodiysidagi adirlarning hammasi deyarli to’rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan hosil bo’lganligi uchun ham ularning toshlari silliqlangan oqiziq toshlardan va qum tuproqlardan tashkil topgan. Tog’lardagi 3500 m dan yuqori bo’lgan qor va muzliklar vodiyning asosiy suv manbaini tashkil qiladi
Turkiston tizmasidagi eng katta tog’ daryolaridan Isfara, So’x, Shoximardon, Oloy tizmasida Isfayram va Qoradaryolardir. Vodiyning sharqida, Farg’ona tizmasida Qizilung’ir, Norin, Chotqol tizmasida Qorasuv daryosi bo’lib, bu Sarichelak bilan Poshshoota daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi va Norin daryosiga quyiladi. Bundan tashqari kam suvli Olabuqa, Koson, Rezak kabi daryolar Qurama tizmasidan vodiyga oqib tushadi bular asosan qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi.
Farg’ona vodiysi er osti suvlariga ham boy, uning sathi kuzda (oktyabr-noyabr) ko’tarilib, yozda (may-iyun) pasayadi. Tekislik qismida er osti suvi 1,5-2,0 m chuqurlikda, ba’zan er yuziga chiqib qoladi. Vodiyda kanallar va suv omborlari ham anchagina. Katta Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Katta Andijon kanallari, Kampirobod, Qayroqqum suv omborlari shular jumlasidandir.
Farg`ona vodiysining atrofini geologik xususiyati va yyer yuzi, usti tuzilishi jihatidan bir0biridan farqkanadugan adir hamda tog`lar o`rab turadi. Asosiy qismi tektoni botiqda joylashgan, neogen davrining ohiri va quyi antropogen (to`rtlamchi) davrida dengizdan bo`shab quriqlikka aylangan, atigra atrofdagi tog`lardan boshlanadigan daryolar olib kelgan qum, gil, lyossimon jismlar bilan qoplangan.
Farg`ona botig`ini atrofini adir va tog`lar o`rab olgan bo`lib ular geologik tuzilishi jihatidan farqlanadi. Tog`lar asosan pallozoy yerasida sodir bo`lgan gyerqin tog` xosil bo`lish jarayonida quriqlikka aylangan. Bular Farg`ona vodiysining janubidagi Oloy-Turkiston, sharqdagi Farg`ona, shimoldagi Chotqop va g`arbdagi Qurama tog`laridir.
Ular asosan paleozoy yerasining yelaneqlari, ohaktoshlari kabi jinslardan iborat. Hududning yyer usti tuzilishi jihatidan ham markaziy tomon, ham sharqdan g`arb tomon pasayib boradi. Farg`ona O`rta Osiyoning tog`li qismidagi eng yirik botiq hisoblanadi. Botiq yyer yuzasining tuzulishi nihoyatda xilma-xildir. Yyer yuzasin bir necha jisometrik pog`onaga (zonaga) bo`lish mumkin. Uning markaziy qismi tekislik bo`lib, Sirdaryo oqib utadi. Botiqningmarkaziy qismini Sirdaryoning qayirlari, I,II va III tyerrasalari ishg`ol etgan bo`lib, baland tyerrasalar egallab yotibdi. Ularning balandligi 5-15 m dan oshmaydi. Farg`ona botig`ida, eng katta qum massivi Yozyovon va Qoraqalpoq cho`lidadir. Hozir qum tenalarining ko`pchiligi tekislanib, ekinzorlarga aylantirildi. Farg`ona vodiysini o`rab olgan tog` tizmalaridan bir qancha yirik daryolar boshlanib, ko`ngiligi Sirdaryoga yetmasdan qurib qoladi. Ular o`zlarining quyi qismlarida katta-katta yoyilmalarni hosil qiladi. Yoyilmalar bir-birlari bilan tutashib alyuvial-prolyuvial tekkisliklarni xosil qiladi.
Farg`ona botig`ining markaziy qismini xalqa shaklida adrlar o`rab olgan. Adrlarning hammasi o`z nomiga ega (Dig`may, Isnisor, Oqchoy, Oqbel, Supetog`, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Nayman, Andijon, Chimyon, Cho`st, Pop, Namangan va boshqalar).
Bular botiq yyer yuzasining ikkinchi yuqori pog`onasini xosil qiladi. Bu pog`onada asosan to`rtlamchi davrda yotqizilgan Alyuvial-prolyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan. Atrofini o`rab turgan adirlarning balandligi 600-1200 metr bo`lsa, Fargo`na shahrida 578 metrga, Andijonda 496 metrga, Namanganda 44 metrga tushib qoladi. Hududning sharqida mutloq balandlik (Uchqo`rg`onda) 500 metr bo`lsa, G`arbidagi Qo`qon shahrida 405 metrga, Ho`jandda 320 metrga to`shib qoladi.
Iqlimi: Farg`ona vodiysi turli tomonidan tog`lar bilan o`ralganligi tufayli shimoldan, shimoli-sharq esuvchi sovuq va g`arbdan esuvchi nam havo massalarini bevosita o`tishiga to`siq bo`ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq davomli yoz hamda mo`’tadikqish bilan tavsiflanadi. Qishda vodiyning atrofini o`rab olgan tog`lardan esadigan sovuq havo Farg`ona botig`ining markaziy qismida to`planib qoladi. Natijada yanvar oyining o`rtacha harorati -3o atrofida bo`ladi.
Ba’zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massalari esib, tog`lardan oshib o`tadi, natijada vodiy hududida haroratni pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat -26o -30o ga yetadi. Farg`ona vodiysining asosiy qismida iqlim isssiq va quruq bo`lib iyul oyining o`rtacha harorati Q26o Q27o, eng issiq harorat esa Q42o Q44oga yetadi.
Vodiy usimliklarining barq o`rib rivojlanishi davri (vegetatsiya) 230-240 izi davom etadi, musbat harakatlarining yig`indisi 4400-4500o yetadi. Farg`ona vodiysida yog`in miqdori 98-226 mm. Sharqdagi tog` oldi va odirlar qismida yiliga 300-400mm yog`in tushadi. Yog`innig asosiy qismi bahor va qish oylariga to`g`ri keladi. Yog`inning bir qismi qor holida yog`ib u bir yilda 30-38 kun yerimay turishi mumkin. Bozor oylarida ba’zan jala yog`adi va bu selki vujudga keltirib xo`jalikka zarar keltiradi.
Vodiy hududiga shamollar tez-tez takrorlanib (Qo`qon, tog`-vodiy, fiyon) turadi. Farg`ona botig`ining iqlimi kontinental. Bu uning o`ziga xos geografik joylanishiga bog`liqdir. Yevroosiyo matyerigining ichkarisida joylashganidan tashqari, hamma tomondan tog` tizmalari bilan o`rab olingan. Bu uning g`arbiy qimida joylashgan tekkisliklariga nisbatan iqlimning biroz kesgan kontinental bo`lmasligiga sababchi bo`lgan.
Botiqning g`arbiy qismi ochiq bo`lganligi, bu qismida tog` tizmalari unchalik baland bo`lmaganligi sababligi, unga arktika sovuq havo massalarining qalinligi 4-5 kmgacha yotadi. Farg`ona vodiysi iqlimining shakllanishida g`arbdan kelayotgan havo keltisa, ba’zan quriq havo keltiradi. Farg`ona botig`i hududida yilning o`rtaga harorati g`arbdan sharqqa pasayib boradi. Nisbiy namlik botiq 30%dan baland.
Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik miqdori uning g`arbiy qismidan sharqiy qismiga hamda tog`olda va tog`li qismida esa qalin qor qoplami uzoq vaqt saqlanib turadi. Farg`ona botig`ida kuchli shamollar bo`ladi. “Qo`qon” va “Bekobod” deb nomlangan shamollar, ayniqsa kuchlidir. Ular oktyabrdan martgacha kuchli esadi (Ba’zan sekundiga 15-20 mdan 25-30 mgacha).
Suvlari: Farg`ona vodiysining eng kattovo syersuv daryolari – Norin, Qoradaryo va Sirdayodir.
Norin daryosining uzunligi 534 km bo`lib, qor-muz suvlaridan tuyinadi. Uning o`rtacha yillik suv sarfi Uchqurg`on yaqinida sendiziga 427 m3. Suv sarfining 80% mart-sentyabr oylariga to`g`ri keladi.
Qoradaryo, Farg`ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tar va Qorajig`a daryolarining qushilishidan vujudga kelib Baliqchi yaqinida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 177 km bo`lib, qor-muz suvlaridan tuyinadi, yillik o`rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog`i yonida sentimental 123 m3 bo`lib, suv sarfining 46,4% mart, iyun oylariga to`g`ri keladi.
Farg`ona vodiysining sharqidagi Farg`ona tizmasidan Yassi, Ko`gart, Qoraungur, Maylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning yerishidan to`yinadi eng ko`p suv oqimi bahorda sodir bo`ladi.
Vodiyning shimol va g`arb tomonidan o`rab olgan Chotqol va Qurama tog`laridan G`ovasoy, Kogon, Namangansoy, Chortosoy, Pochchaotasoy, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may-iyun oylarida ko`payadi.
Oloy va Turkiston tog`laridan Xo`jabaqirg`on, Isog`ara, So`x (uzunligi 130 km suv satog`i sennizig`iga 42 m3), Shoximardon (uzunligi 77 km), Isog`ayramsoy, Arovansoy, Oqbura, Qurshob kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylar qor-muzlardan suv oladi, yillik oqimining 60%gacha bo`lgan miqdori iyul –sentyabr oylariga to`g`ri keladi.
Ko`llari: Farg`ona botig`ida I.A.Il’inning (1959) ma’lumotiga ko`ra, 104 ta ko`llar mavjud. Ko`llarning kelib chiqishi turlichadir. Bularning ko`pchiligi to`g`onla ko`llar, yagni muzliklarning ishi va daryo yonbag`irlarining o`parilishi natijasida hosil bo`lgan. Ko`llar dengiz sathidan turli balandliklarda hosil bo`lgan. Botiqdagi yirik ko`llarga quyidagilar kiradi:

  • Sarichelak ko`li Chotqol tizmasining sharqiy qismi, Norin daryosining o`ng irmog`i Qorasuv daryosi havzasida, dengiz sathidan 1925 m balandlikda joylashgan. Ko`lning maydoni 3 km2, uzunligi 7,5 km, kengligi 1,4 km gachadir. O`rtacha chuqurligi 10 m. Ko`l suvining hajmi 495 mln m3. Ko`l uzunligi bir kmga yaqin bir nechta qo`ltiqlar hosil qilgan. Ko`l dengiz sathidan ancha balandda joylashganligiga qaramasdan, qishda muzlamaydi. Sarichelak ko`li to`g`onining kengligi 2 km, daryo o`zanidan balandligi 600 m, u asosan qushtoshlar va loylardan tashkil tongan. Sarichelak oqar ko`ldir. Ko`lga Sarichelak daryosi quyiladi, undan Taskaul daryosi boshlanadi.

  • Qurbonko`l Shohomardon daryosining o`ng tarmog`i Ko`ksuv daryosi vodiysida joylashgan. Uning balandiligi dengiz sathidan 1724 m. Bu ko`l bir necha asrlar muqaddam kuchli zilzila natijasida tog` yonbag`ri qulab Ko`ksuv vodiysidan oqib ketayotgan daryo suvining tusilib qolishi natijasida hosil bo`lgan tog` ko`lidir. Bu tug`onning uzinligi bir km ga yaqin, kengligi 160 m uning suv yuzasidan balandligi 20 m ga boradi. Umumiy maydoni 130 gektar, chuqurligi 5-10 m.

Tuproqlari: Farg’ona botig’ining geologik va yyer yuzasining tuzilishi, iqlimi, hamma qismida bir xil bo’lmaganligi sababli unda turli tuproqlar tarqalgan. Bu hududda O’rta Osiyoning boshqa hududlariga xos tog’, tog’oldi va tekislik tuproqlari hosil bo’lgan. Farg’ona botig’ida tuproq qoplamalari, umuman, balandlik mintaqalari bo’ylab tarqalgan. Botiqni o’rab olgan tizmalarning yuqori mintaqalarida Chim-qo’ng’ir (jigarrang) tuproqlar tarqalgan. Bular o’rta balandlik tizmalar yonbag’irlaridan botiqning sharqiy qismidan 1300-2100 m., g’arbiy qismida esa 2000-3000 m. balandliklarda uchraydi. Bu tuproqlar botiqning sharqida chirindiga boy, g’arbiy qismida chirindili qatlamning qalinligi kam va mayda tosh parchalariga boy.
Botiqning adirlar tarqalgan mintaqasi sharqiy qismidan (Farg’ona tizmasining g’arbiy yonbag’irlarida) 600 m.gacha chotqol tizmasining janubiy yonbag’ridan 700-900 m., g’arbiy qismida esa 1100 m. balandliklargacha bo’z tuproqlar tarqalgan. Bu mintaqada brund suvlar ancha chuqurda 5-15 m. joylashgan. Shuning uchun ularda tuproq sho’rlanishi deyarli kuzatilmaydi.
Farg’ona botig’ining tekislik (markaziy) qismidan 350-500 m. balandliklarda gidromorf o’rloq, o’tloq-botqoq va sho’rxok tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlar grund suvlarni yaqin joylashgan joylarda hosil bo’ladi. O’tloq tuproqlar daryolar qayirlarida, yoyilmalarda, yyer osti suvlarining yyer yuzasiga chiqayotgan yyerlarda tarqalgan. Bular doimiy va vaqti-vaqti bilan namlanib turadi va bo’z tuproqlarga nisbatan chirindilarga boy, strukturasi yaxshi.
Vodiyning 300-500 m. balandliklarida och tusli bo’z tuproqlar (chirindi miqdori 1-1.5%), 500-800 m. balandliklarda oddiy bo’z tuproq (chirindi miqdori 1.5-2.5% tarqalan). Okean sathidan 800-1400 m. balandliklarda to’q tusli bo’z tuproqlar (chirindi miqdori 3.5-4%) tarqalgan. O’simliklari va hayvonot dunyosi: Farg’ona vodsiysining markaziy qismidagi turhok yyerlarda pashmak, baliqko’z, sho’ra, yo’lg’on, qumli yyerlarda esa jo’zg’un, quyonsuyak, saksovul o’sadi.
Sirdaryo qayyerlarida yantoq, yulg’un, qamish, tol, yovvoyi jiyda uchraydi. Adirlarda bahorda rang, qo’ng’irbosh, shaytonkovush o’sadi. Ular yozda qurib qoladi, so’ngra oq kuvrak, oq shuvoq, qizil burgan, chalov o’sishni davom ettiradi.
Vodiyga tutashgan tog’ yonbag’irlarida archa, tyerak kabi daraxtlar ham o`sadi, tog`larda archa, yovvoyi olma, yong`oq, jingil kabi o`simliklar o`sadi.
Farg`ona botig`ida uning yyer yuzasining tuzilishiga bog`liq holda bir qancha o`simlik mintaqalari tarqalgan. Botiqning markaziy (tekislik) qismida asosan 3 ta: to`qay, sho`rxok va qum o`simlik turlari uchratiladi.
To`qay o`simliklari Sirdaryo, Qoradaryo va boshqa daryolar qayiri va pastki tyerrasalarida uchraydi. To`qayzorlarda, asosan namni yoqtiruvchi o`simliklar – qamish, qiyoq, turang`il, tol, yovvoyi jiyda, yulg`un, miya, ko`knak va boshqa o`simliklar o`sadi. Sho`rxok o`simliklardi yyer osti suvlari juda yaqin joylashgan kichik botiqlarda ham o`sadi. Bularga ajiriq, yulg`un, sho`ra, shuvoq, yantoq, oqbosh, bulduruq ut va boshqa o`simliklar kiradi.
Qum o`simliklari botiqning qismida joylashgan qum massivlarida tarqalgan. Qum massivlarida o`sadigan o`simliklarga chyerkez, qandim, quyonsuyuq, yantoq, saksovul, sho`ra va boshqalar. Sug`oriladigan o`tloq tuproqlar tarqalgan katta katta maydonlarda madaniy o`simliklar o`sadi. Farg`ona botig`ining tog` oldi hududlarida (adir mintaqasi) o`simlik qoplami hilma-hildir.
Botiqning g`arbiy qimida efemyer o`simliklari deyarli uchramasada, sho`ralar katta maydonlarni egallaydi. Umuman Farg`ona botig`ida efemyerlar unchalik keng tarqalmagan. Farg`ona vodiysida past tog`lar, adirlar, cho`llar, to`qay va voxalarda yashaydigan hayvonlar uchraydi. Bularga kalamush, qushoyog`, ko`rsichqon, jayra, quyon, yovoyi chuchqa, qushlardan chumchuq, chug`urchuq, so`fato`rg`ay, o`rdak, loyxo`rak, qirg`ovul va boshqalar kiradi.
Farg`ona vodiysining markaziy qismidagi qumli yyerlarda kaltakessak, yumronqoziq, qo`sho`q, ilonlar har hil hashoratlar uchraydi. To`haylarda toshbaqa, ilon, sichqon, yumronqoziq uchrasa, tog`larda bo`rsiq, bo`ri, tulki kabi hayvonlar yashaydi. Suv havzalarida zog`orabaliq, laqqabaliq, cho`rtanbaliq, daryolarning tog`li qismida qorabaliq (oybaliq) uchraydi.



Download 115,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish