Reja. Kirish Asosiy qism 1 O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar



Download 303,46 Kb.
bet1/6
Sana11.01.2022
Hajmi303,46 Kb.
#346935
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 metro


Reja.

1.Kirish

2.Asosiy qism

2.1 O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar.

2.2 O’lchash turlari.

2.3 O’lchash usullari.

2.4 O’lchashlarning dinamik, statik hamda diskret usullari.

3. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.

Dastlab, M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.

M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obʼyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.

Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.

Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. Metalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.

Qonunlashtiruvchi davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.

O‘lchashlarning yagona birliklari – o‘zaro manfaat keltiradigan xalqaro munosabatlar asosining zarur elementi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlariga xorijiy investitsiyalar faol jalb etilishini ko‘zda tutadigan “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” mamlakatni rivojlantirish zamonaviy bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘zbekiston jaxon iqtisodiyoti birlashmasiga chuqur integratsiyasi tomon yo‘l olib, mamlakatning Butunjaxon savdo tashkilotiga (BST-VTO) kirishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan faoliyat faollashmoqda.

Barcha xalqaro savdo va iqtisodiyot faoliyati tomonlarining, ularning har biri bilan bajariladigan sinov va o‘lchash natijalariga qat’iy ishonchi va shu natijalarning o‘zaro e’tirof etishi BST-VTO prinsiplaridan biri hisoblanadi. O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan, shu natijalarning aniqlik tavsiflari esa ma’lum ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda bo‘lgan o‘lchov holati bunday o‘zaro ishonchning majburiy shartidir. Faqat o‘lchashlar birliligi har xil vaqtda va har xil joylarda bajarilgan o‘lchash natijalarini solishtirishga imkon berib, tekshirish uchun bajariladigan, ko‘pincha narxi qimmat turadigan o‘lchashlar takroran o‘tkazilishining oldini oladi.

O‘lchashlar birliligining ta’minlanishi va shu asosda o‘lchash natijalarining metrologik kuzatiluvchanligiga erishish hozirgi paytda xalqaro ko‘lamdagi eng muhim muammo va global o‘lchashlar tizimining yetakchi organi – Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV)ning asosiy vazifasi bo‘lib bormoqda.

Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, o‘lchash birliklari o‘lchashlar birliligining muhim ob’ektidir. O‘lchash birliklarining tanlovidagi o‘zboshimchalik nafaqat o‘lchash natijalarining solishtirilishiga imkon bermaydi, balki oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarga – texnogen katastrofalarga, ko‘p milliardli moddiy zararlarga va h.k. olib kelishi mumkin.

1999 yilda Mars yo‘ldoshi sifatida shu sayyoraning iqlim parametrlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan Mars Climate Orbiter amerika kosmik apparatining yo‘qotilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Mars sayyorasining yaqinida, apparatning fazoga oid holatini yakuniy ahamiyatsiz to‘g‘rilash bosqichida, apparatning Mars yuzasiga tushib ketishiga olib kelgan adashish yuz berib, taxminan 200 million AQSh dollari yo‘qotilishiga olib keldi. Avariya tahlili NASA mutaxassislari va apparatni loyihalashtirgan Lokxid firmasining mutaxassislari tomonidan kosmik apparatni boshqarish bo‘yicha harakatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligini aniqladi. O‘z hisob-kitoblarida NASA mutaxassislari Xalqaro (metrik) birliklar tizimida ifodalangan (kilogramm, metr, sekunda), Lokxid mutaxassislari esa – an’anaviy ingliz tizimda (funt, fut, sekunda) ifodalangan ma’lumotlardan foydalangan. Metrik va ingliz o‘lchov tizimlarida ifodalangan kuch momentining qiymatlaridagi farq 4,45 barobarni tashkil etadi. Apparatning harakatlanish uskunasi uchun uzatilgan noto‘g‘ri komanda uning yo‘qotilishiga olib keldi.

Mahsulot markirovkasida o‘lchash birliklarining belgilangan nomlari va belgilarining qo‘llanishi nafaqat iste’molchi adashishining oldini olish uchun, balki shu mahsulotdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlash uchun ham zarur.

Masalan, 90-chi yillar oxirida O‘zbekiston bozorida maishiy gaz hisoblagichlari paydo bo‘ldi. Hisoblagichlar markirovkasi tashqi ko‘rinishidan o‘rnatilgan talablarga muvofiq edi. Hisoblagichlar orqali gazning maksimal sarfi “m3/s”da, ya’ni Xalqaro tizim birliklari uchun qabul qilingan belgilardan foydalangan holda ifodalangan. Biroq markirovkaga so‘zma-so‘z amal qilinishi oldini olib bo‘lmaydigan avariyaga – gaz quvur yo‘llarining yorilishiga, va oqibatda yong‘in va odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi.

Buning sababi shundaki, pribor ishlab chiqaruvchilari markirovkadagi “s” harfi ostida vaqt birligining umumiy qabul qilingan belgisi “sekunda”ni emas, 3600 barobar katta bo‘lgan boshqa birlik belgisi “soat”ni nazarda tutgan.

Bozorda alohida ehtiyoj bo‘lgan dori preparatlari va oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfsiz va to‘g‘ri qo‘llanishi uchun mahsulot markirovkasida yagona, rasmiy o‘rnatilgan birlik belgilarining qo‘llanishi ayniqsa juda muhim.

O‘zbekiston a’zo bo‘lgan Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (MOZM) metrologiya sohasi va metrologiya faoliyatida milliy qonunlar yaratilishi uchun hadli hujjat bo‘lgan OIML D 1:2012 xalqaro hujjatida (Metrologiya bo‘yicha qonun aspektlari) mamlakatda qo‘llanishga ruxsat etiladigan kattalik birliklari davlat hukumatining hujjatlari bilan belgilanishini tavsiya etadi. Bunda qonunlashtirilgan (qo‘llanishga rasman ruxsat etilgan) birliklar sifatida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (qisqartirilgan nomi – SI) birliklarini va SI ga kirmaydigan, Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) tomonidan taklif etilgan hamda MOZM tomonidan ma’qullangan ayrim boshqa birliklarni tasdiqlashni tavsiya etadi. OIML D 1:2012 xalqaro hujjati shuningdek birlik belgilarining bir xil bo‘lishini ta’minlash uchun faqat lotin alfavitining harflari va grek alfavitining bir qator harflari asosida tuzilgan xalqaro belgilardan foydalanishni tavsiya etadi. Birlik nomlarida ham xalqaro nomlardan foydalangan ma’qul, biroq milliy nomlardan ham foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Hozirgi paytgacha O‘zbekistonda qo‘llanishga ruxsat etilgan birliklar, ularning nomlari va belgilari, o‘lcham birliklarining xalqaro belgilarini o‘rnatib, yuqorida keltirilgan xalqaro qoidalarga muvofiq talablarga ega bo‘lgan O‘z DSt 8.012:2005 O‘zbekiston davlat standarti bilan reglamentlangan. MDH mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarda o‘xshash mazmundagi, birliklarning xalqaro belgilari bilan bir qatorda o‘lcham birliklarining rus belgilarini qo‘llashga ruxsat etadigan GOST 8.417-2002 davlatlararo standarti qo‘llanadi.

Biroq qo‘llanishi majburiy bo‘lgan o‘lchash birliklarining davlat standarti bilan belgilanishi O‘zbekiston Respublikasining, 5-moddasida “O‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari "O‘zstandart"ning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” deb reglamentlangan “Metorologiya to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga zid bo‘ladi.

Hozirgi paytda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alfavitining keng qo‘llanishi hamda O‘zbekistonning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida davlat standartlari talablari haqida kerakli bilim mavjud emasligi birlik nomlari va belgilarining ixtiyoriy tanlanishiga olib kelmoqda, bu esa xo‘jalik faoliyati sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni buzib, oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ta’lim tizimida to‘liq lotin grafikasiga o‘tish munosabati bilan o‘lcham birliklarining xalqaro belgilari rasman tasdiqlanishi juda muhimdir

O‘lchash birliklarining qo‘llanishi hamda ularning nomlari va belgilariga qo‘yiladigan talablar masalalaridagi bunday anglashilmovchiliklarni bartaraf etish uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarining qo‘llanishi to‘g‘risida”gi Qaror (bundan buyon matnda – Qaror) loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Qaror ishlab chiqilishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining huquqiy asosini rivojlantirish va takomillashtirish hamda O‘zbekistonda o‘tkazilgan o‘lchash va sinov natijalarining xorijiy hamkorlar tomonidan e’tirof etilishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Qaror vazifasi O‘zbekistonda fan, ta’lim, xo‘jalik faoliyati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida rasmiy ravishda qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lcham birliklariga qo‘yiladigan talablarni tartibga solish, birliklarning yagona nomlari va belgilarini hamda qonunlashtirilgan o‘lchash birliklarining qo‘llanish qismida o‘lcham birliklarining xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan nomlari va belgilarini qo‘llash qoidalarini o‘rnatishdir.

E’lon qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarining qo‘llanishi to‘g‘risida”gi Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 10 yanvarda 21-son bilan tasdiqlandi va rasman chop etilgan kundan boshlab olti oydan so‘ng kuchga kiradi. Vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda ular qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ko‘rsatilgan Qarorga muvofiqlashtirishga ko‘rsatma berildi.

Qaror qoidalarining joriy qilinishi:

- barcha nashr va hujjat turlarida, bu hujjatlar matni qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘lcham birliklarining nomlari va belgilari qo‘llanishini tartibga solishga;

- ta’lim samarasini oshirishga;

- barcha faoliyat turidagi sub’ektlar o‘rtasida, jumladan xalqaro munosabatlar borasida o‘zaro anglashuv darajasini oshirishga;

- xalqaro iqtisodiy hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda bajarilgan o‘lchash natijalarining o‘zaro e’tirof etilishi uchun sharoitlar ta’minlanishiga imkon beradi.

Qoidalar qo‘llanishining barcha uchun zarurligini hisobga olgan holda, “O‘zstandart” agentligining tashkiliy potensiali va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlarga Qoidaning asosiy talablari haqidagi va uning amalga kiritilishi haqidagi axborotni yetkazish zarur.


Download 303,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish