Reja: Kirish. Asosiy qism: Umumjahon savdo tashkiloti va uning tarixi


Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili



Download 478,79 Kb.
bet3/20
Sana03.07.2022
Hajmi478,79 Kb.
#733981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Xasanov Jahongir123

Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili

  1. Savdoda diskriminatsiyani yo’qligi


  2. Savdo to'siqlarini kamaytirish

  3. Xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni oshirish

  4. Kam rivojlangan mamlakatlar uchun xalqaro savdodagi imtiyozlar

  5. Savdo shartlarining barqarorligi va prognozliligi

Jahon savdo tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo muloqotlarini o‘tkazish va bu boradagi nizolarni hal etish imkoniyatini beruvchi global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a’zo. BMT mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo tashkiloti esa ular o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi. Shu bilan birga, JSTda BMT va boshqa xalqaro institutlardan farqli o‘laroq, a’zo mamlakatlar tomonidan majburiy ravishda rioya etiladigan xalqaro savdo qoida va tamoyillaridan tashqari, savdo tartiblarini samarali qo‘llash va o‘zaro nizolarni hal etish mexanizmi mavjud. Tashkilotning asosiy xalqaro savdo tamoyillari haq-huquqlar cheklanmagan va halol raqobat qoidalaridan iborat. Agar adolatli raqobat qoi­dasi buzilsa, savdoda ham xatoliklar bo‘ladi. Barcha a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qoida va tamoyillar esa, savdodagi ehtimolliklarni kafolatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi hamda, qulay investitsiya va sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Tashkilotga a’zo bo‘lgach, ko‘pgina rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda taraqqiy topgan davlatlar bilan teng huquqda savdo muzokaralarida ishtirok etish va muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Albatta, bu jarayon mazkur mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirishga yordam bergan. Umuman, JSTning asosiy vazifalari manfaatdor a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish, savdodagi nizolarni bartaraf etish, a’zo mamlakatlar milliy savdo siyosatini monitoring qilish, boshqa ixtisoslashgan xalqaro muassasalar bilan hamkorlik olib borishdan iborat.
JST xususida ko‘pgina yanglish va xato tasavvurlar borligi, haqiqat. Bu, asosan, mazkur tashkilot haqida axborotning yetarli emasligi, qoidalarining qanday ishlashini bilmaslik oqibati bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mulohazalardan iborat. Masalan, eng ko‘p tarqalgan fikrlardan birida JSTga a’zo bo‘lgach, barcha import bojlari avtomatik ravishda pasayishi, import mahsulotlari oqimining birdaniga ko‘payishi, natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirishi ta’kid­lanadi. Aslida, unday emas. Tariflarning belgilangan darajasi bu, avvalo, o‘tkaziladigan muzokaralar natijasiga bog‘liq. A’zo bo‘layotgan davlat tariflar bo‘yicha o‘zining dastlabki takliflarini berganidan keyin o‘zaro muzokaralar tomonlarni qiziqtiruvchi aniq tovar pozitsiyalari bo‘yicha olib boriladi. Ba’zi tovar pozitsiyasi bo‘yicha tariflar muzokaralargacha qo‘llanilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, Qirg‘iziston JSTga a’zo bo‘lish chog‘ida to‘qimachilik importi uchun bog‘liqlik darajasini bu paytgacha qo‘llanilib kelingan 10 foiz­dan 18 foizga ko‘tarishga erishgan. Bu mamlakat shu kabi bir qator ta’sirga ega tovarlarni hisobga olgan. Bunday misollarni yuqoridagi fikrlarning noto‘g‘ri ekanligini, ular ekspertlarning emas, balki eshitgan gapini haqiqat sifatida qabul qiladigan odamlarning tasavvurlaridan boshqa narsa emasligini isbotlovchi dalillar deyish mumkin.
Tashkilotga a’zo bo‘lgach, qishloq xo‘jaligi sohasini subsidiyalash taqiqlanishi oqibatida bu tarmoq rivojlanishdan to‘xtashi bilan bog‘liq fikrlar ham kuchli asosga ega emas. To‘g‘ri, subsidiya sanoat tovarlariga man qilingan. Fan va tadqiqotlar, ta’lim yo‘nalishiga esa subsidiya bemalol beriladi va hatto bu ma’qullanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga esa bunday taqiq umuman yo‘q, faqat YaIMga nisbatan subsidiya hajmi chegaralangan, xolos. Rivojlangan mamlakatlar uchun YaIMning 5 foizi, rivojlanayotgan davlatlar uchun esa uning 10 foizi miqdorida subsidiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Markaziy Osiyo mintaqasi, chunonchi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga YaIMning nafaqat 10 foizi, hatto 5 foizi miqdorida ham subsidiya hech qachon berilmagan. Bunaqasi tushimizga ham kirmagan. Masalan, Tojikiston muzokaralar paytida qishloq xo‘jaligini YaIMning 8 foizi miqdorida subsidiyalashga kelishgan. Vaholanki, ushbu mamlakat tarixida bunday holat hali kuzatilmagan. O‘zbekistonning muzokarachilar guruhi tomonidan YaIMning 10 foizi emas, hatto 5 foizi miqdoridagi subsidiya qo‘lga kiritilsa ham bu katta yutuq bo‘ladi. Chunki, hozir davlat fermerlar mahsulotlariga bozor qiymatidan past narxda to‘laydi. JST qoidalari bo‘yicha esa subsidiya narxlar pasayishidan ko‘rilgan zararni qoplab berish demakdir.
Yana bir haqiqatdan yiroq fikr haqida. Unga ko‘ra, JST kichik va kambag‘al davlatlar uchun emas, u boy mamlakatlar klubi. Bir tomondan to‘g‘ri, JST moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlovchi xayriya yoki donorlik tashkiloti yoxud moliyaviy institut emas. Davlatlarning rivojlanganlik yoki rivojlanmaganlik darajasi esa JST tashkilotiga a’zolikka emas, balki iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ammo, tashkilot a’zosi bo‘lgan har bir davlat teng ovozga ega ekanligi, qarorlar konsensus asosida qabul qilinishi bor gap. Agar tashkilot rahbar organining qarorini kichik davlat o‘z manfaatiga zid deb hisoblasa, uni inkor qilishi, kichik davlatning ham ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Download 478,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish