Reja: Kirish. Asosiy qism



Download 95 Kb.
bet1/7
Sana13.09.2021
Hajmi95 Kb.
#173286
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
REFERAT


Reja:

1. Kirish. 

2. Asosiy qism. 

2.1. Yurak va uning tuzilishi 

2.2. Yurak faoliyatining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat  

2.3. Yurakning yoshga qarab o‘zgarishi

3. Yakuniy qism (xulosalar).  

   Foydalanilgan Adabiyotlar  



 

Kirish.
Bajariladigan har qanday jismoniy ish, muskul harakati tanadagi barcha tizim va a’zolar funktsiyasiga faol t’asir qiladi. Masalan, oddiy harakatlar-yurish,  chopish, sakrash, qo’l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funktsiyasi kabi tiriklik faoliyatilarini tezlashtiradi. Og’ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladigan bunday o’zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm  uchun befarq bo’lmaydi.  

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish zaminida sog’lik va  salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, halqlar va davlatlar o’rtasida do’stlik munosabatlari o’rnatish va mustahkamlash kabi  tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul harakati tanadagi barcha tizim va azolar funktsiyasiga faol tasir qiladi.    Salomatlik bir kishi emas, balki butun jamiyat boyligidir. Uni mustahkamlash, saqlash inson umrini uzaytirish, samarali, faol hayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish Respublikamizda eng ustivor maqsadlardan biri qilib belgilangan. 

Aholi salomatligini yaxshilashda odamlarning jismoniy faoliyat va sport bitlan shug’ullanishi katta samara berishi yaxshi malumdir. Lekin hozirgi davr muammolaridan biri aynan kamharakatlik bo’lib, u tobora rivojlanib borib yer yuzi aholisi salomatligiga katta tahdid solmoqda. Bir  kechayu-kunduzda odam organizmi o’rta hisobda taxminan 2800-3800 kkal. energiya sarf qilishi va undan 1200-1900 kkal energiya jismoniy faollikga sarflanishi kerak bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatgich  oxirgi 100 yil  ichida 200 barobar kamayib ketganligi takidlanmoqda. Jismoniy faoliyat va sport organizmda ayniqsa yoshga bog’liq o’zgarishlar–jismoniy va aqliy qobiliyatlar, immunitet, turli stresslarga qarshilik kuchi  kamayishi, yurak–qon tomir tizimida yuz beradigan kamchiliklar rivojlanish vaqtini ancha orqaga suradi. Bunda birinchi navbatda organizmning qon va yurak– qon tomir tizimlaridagi adaptatsion o’zgarishlari katta ahamiyatga ega. Chunki bu tizim  organizm ichki muhiti barqarorligini saqlash, modda va energiya  almashinuvi jadalligini belgilash va hokazo hayotiy jarayonlarni to’g’ri borishida asosiy rol o’ynaydi. 

Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a’zolarning meyoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan harakat qilib turish sharoitidagina o’z  funktsiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim. Faol h’arakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini ham tegishli  ravishda t’aminlaydi. Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon bosimining yuqori bo’lishi (gipertoniya), miokard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o’t va siydik yo’llarida  tosh paydo bo’lishi kabi «zamon kasalliklari» ko’pincha jismimizning harakatga «to’ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o’tiladigan kasalliklar bilan og’rigan  bemorlarning aksariyat qismi o’tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, ilmiy xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va  boshqalar) shug’ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport sektsiyalarida shug’ullanishi eslatib o’tilgan xastaliklarning chekinishiga, salomatliklarining mustah’kamlanishiga olib kelgan.

Yurak-qon tomir tizimidagi yoshga oid o’zgarishlar bu tizimni  organizmning jismoniy faoliyatini yetarli amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlab turadi. Har bir rivojlanish bosqichida organizmning jismoniy imkoniyatlari bu  tizimning funktsional holati bilan belgilanadi. Jismoniy faoliyat va sport bilan shug’ullanishning organizmga, xususan qon tizimiga tasir etishi murakkab bo’lib, uning davomliligi, intensivligi va ayniqsa  organizmning yoshiga bog’liq bo’ladi. Masalan, maksimal quvvatli va yengil jismoniy mashqlarning organizmga tasiri bir biridan tamoman farq qilishi  mumkin. 

 


Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish