Reja: kirish cheki “Hamkorbank” atbning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari


CHEKI “Hamkorbank” ATBning yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti



Download 90,75 Kb.
bet8/9
Sana12.07.2022
Hajmi90,75 Kb.
#783291
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nishonov Ibrohim hisobot

7. CHEKI “Hamkorbank” ATBning yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti.
Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda.
2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshirilmoqda. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”.
Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti.
Shularga uygʻun tarzda bugungi kunda mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar holatini yaxshilash, qulay va zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Respyblikadagi epidemiologik holat barqarorlashgandan soʻng fuqaro (pensioner) Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilgan holda, oʻz xohishiga koʻra pensiya pulining maʼlum bir qismini naqd pul koʻrinishida olishi mumkin.
Hozirda pensionerlar uchun kartadagi mablagʻlarini bankomatlardan bepul naqdlashtirish, shuningdek, toʻlovlarni naqd pulsiz amalga oshirishlari uchun barcha hududlarda tegishli toʻlov infratuzilmasi yaratilgan. Toʻlovlarni masofadan onlayn tarzda toʻlash imkoniyati ham bank kartalaridan foydalanishning oʻziga xos qulayligi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida soʻnggi yillarda aynan shunday zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohada birmuncha qulaylik va yangiliklar yaratayotgani shundan dalolat beradi.
Jumladan, yurtimizda mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning barchasi har ikkala tomonning oʻzaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida qoʻl kelmoqda.
Xususan, Hamkorbank ham mana shu turdagi masofaviy bank xizmatlarini mijozlarga taklif etib kelmoqda. Bankning “hamkorbank.uz” sayti va “HamkorMobile” mobil ilovasi orqali mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni soʻnggi 7 yil ichida salkam 83 barobarga oshgan. Yaʼni 2011-yil 1-yanvar holatiga koʻra 24 545 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yil 1-yanvarga kelib bu koʻrsatkich 2 042 111 nafarga yetgan.
Shuningdek, internet tarmogʻidan foydalanayotgan aholi soni ham keskin koʻpaymoqda. Bu esa masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimi zimmasiga yana-da katta vazifalar yuklaydi.
Binobarin, xalqaro standartlarni qoʻllagan holda texnologik platformani modernizatsiyalash natijasida plastik karta egalariga elektron tijorat SMS-xabarnomalari, pul oʻtkazmalari va shu kabi boshqa zamonaviy xizmat turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, texnologik platforma mobil aloqa yoki internet mavjud boʻlgan har qanday joyda plastik kartochka boʻyicha tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qoʻllanish doirasi kengayib boryapti, tadbirkorlar oʻrtasida keng ommalashib, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni birgina 2017-yilning oʻziga kelib 2 milliondan oshib ketdi. Vaholonki, bu koʻrsatkich 2011-yilda 25 ming nafarga ham yetmasdi. Joriy yilda esa foydalanuvchilar soni keskin koʻpaydi(bu boʻyicha aniq statistikani topishning imkoni boʻlmadi).
Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga moʻljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin.
Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Yuridik shaxslar uchun “Internet banking” xizmati koʻlamini kengaytirish ham doimiy eʼtiborda turibdi.
CHEKI “Hamkorbank” ATB ning amalga kiritilgan tariflariga muvofiq, “Korporotiv internet banking” xizmatiga ulanish hamda “e-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish bepul. Oylik abonent toʻlovi esa eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida belgilangan.
Masalan, bu borada CHEKI “Hamkorbank” ATBning 2018-yilning 1-fevral holatiga koʻra mazkur moliya muassasasining “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2998 nafarni tashkil qilgan edi. Ularning soni yildan yilga oʻsib boryapti. Buning afzalliklari nimada?
Gap shundaki, “Korporotiv internet-banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin:
- Bank muassasasiga kelmagan holda, toʻlovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish;
- Mijozga zarur boʻlgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni (htms, xls) chiqarish hamda chop etish;
- Koʻp foydalanadigan maʼlumotlar, sana, valyutalar kursi va bank amaliyot kuni va tizimi maʼlumotlarini onlayn kuzatib borish;
- Toʻlov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, toʻlovlarni tezkor ravishda bajarish;
Yuridik shaxslar uchun “SMS-xabarnoma” xizmati uchun tarif miqdorlari “Toʻliq xizmat”, “Qoldiq xizmat” kabi turlarga tabaqalashtirilgan boʻlib, oylik abonent toʻlov mos ravishda eng kam oylik ish haqining 15, 10 va 5 foiz miqdorida belgilangan.
Bundan tashqari, "Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi toʻlov tizimlari faoliyatlari tashkil etilgan va ular koʻmagida uyali aloqa operatorlari, kommunal toʻlovlar, internet provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish, savdo-servis korxonalariga pul mablagʻlarini oʻtkazish bevosita bank hisobidan internet-magazinlardan onlayn xaridlarni amalga oshirish hamda kartadan-kartaga mablagʻ oʻtkazish imkoniyatlari yaratildi.
Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh mablagʻlarini bank sektoriga jalb etish hamda bank daromadliligini oshirish va xizmat turlarini koʻpaytirish maqsadida mamlakatimiz banklarida “Internet-banking”, “Bank mijoz”, “SMS-Banking” va “Mobil-banking”, ular uchun moʻljallangan “Click”, “MBANK”, “UzCard”, “UPAY”, “Payme” ilovalari yana-da rivojlantirilmoqda.
Bularning barchasi mijozlar bank uchun emas, balki bank mijozlar uchun tamoyilini masofadan turib ham taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Elimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish esa eng asosiy vazifadir.
XULOSA
CHEKI “Hamkorbank” ATB yurtimizda eng yetakchi banklardan biri hisoblanadi hamda u jahon standartlariga mos keluvchi, o‘zining puxta o‘ylangan strategiyalariga ega tijorat banki hisoblanadi.
Ushbu ishlab chiqarish amaliyotini CHEKI “Hamkorbank” ATB Shayxontohur filialida o‘tar ekanman, bankning aksariyat mijozi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimizcha, aynan bu omil bankdagi mablag‘lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa bankning samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sababi daromadi yuqori aholini bank to‘lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o‘rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda bankning kredit qo‘mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko‘plab mijozlarning murojaati ro‘yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, ushbu bilimlarni CHEKI “Hamkorbank” ATB Shayxontohur filiali misolida amalda guvohi bo‘ldik. Bankda bo‘limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko‘zlashadi, u ham bo‘lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bankda buxgalteriya hisobi o‘ta muhim va bankning ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro‘yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so‘ng ular bilan bog‘liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo‘ldik.
Xulosa qilib aytganda, bankda buxgalteriya apparati muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu apparat qanchalik bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va tizimlilikda olib borilsa, bank shunchalik aniq va ishonchli faoliyat yurita oladi. Buxgalteriya apparati tarkibiga yetuk va malakali, o‘z ishini sevuvchi talabalarning yetishib chiqishi har bir bankning samarali faoliyat yuritishiga olib keladi hamda jahon bozorida raqobatbardosh banklar sifatida yetishib chiqishga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan va mustaqil innovatsion fikrlay oladigan kadrlar orqali erishish mumkin.


Download 90,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish