Reja kirish I. Bob rim imperiyasida siyosiy inqiroz va uning oqibatlari


I.BOB RIM IMPERIYASIDA SIYOSIY INQIROZ VA UNING OQIBATLARI



Download 119,5 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi119,5 Kb.
#232047
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
asqarali

I.BOB RIM IMPERIYASIDA SIYOSIY INQIROZ VA UNING OQIBATLARI .

1.1.Respublika boshqaruv tizimidan voz kechish va Kaligula hukumronligi.I asr boshlarida Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz barham topdi. Senat Tiberiyni Avgustning vorisi sifatida tan oldi. Tiberiy o'z mavqeini mustahkamlab olish uchun pretorian kogortalarining barini Rimga to'plab, ularga Rim atrofidan qarorgoh qurdirib beradi. Bundan tashkari u tribun va senturiya komissiyalarini chaqirmay qo'ydi, magistratlarni esa senat orqali saylanadigan tartib joriy qildi. Tiberiy moliyaviy tejamkorlik nuqtai nazaridan turli tomoshalarni cheklab qo'yadi. haddan tashqari ko'payib ketganligi tufayli viloyatlarda qo'zg'olonlar ko'tarila boshladi.Rimliklar Afrikada bosh ko'targan aholiga karshi kurash (miloddan avvalgi 17 -24 yillar) olib bordilar. Bundan tashqari, Frakiya, Galliya va Italiya janubida ham qullarning qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi. Bu xabarlar Rimda sarosima keltirib chiqardi. Rim aristokratiyasi vakillari axoli noroziligidan foydalanishga urindilar. Ular Germaniyni Tiberiyga qarshi gij-gijlaydilar. Germaniy Suriada vafot etgach, uning nevarasi Agrippina aristokratlarga bosh bo'ladi. Ularni zaharlashda gumon qilinib, senat qonuniga muvofiq jazoga tortiladi. Tiberiy boshqaruvining so'nggi yillarida Rimdan Kapreya oroliga ketgan, Rimga o'zining noibi sifatida qoldirgan pretoriy gvardiyasining prefekta Seyan fitna qo'zgab, hokimiyatni qo'lga olishga harakat qiladi. Bundan ogoh bo'lgan Tiberiy Seyanni qatl ettiradi. Tiberiy milodiy 37 kili Kapreya orolida vafot etadi.2

Tiberiy vafotidan so'ng senat va pretoriy prefekt Germaniyning kichik o'gli Gay Sezar Tiberiyni voris deb e'lon qiladi. Uning ismi Koligula bo'lgan. Rim aholisi ichida o'ziga obro' qozonish uchun dabdabali tomoshalar ukjttirgan, jangchi va kambag'al tabaqalariga Rim fuqaroligigi bergan. U Tiberiy yiqqan mablag'ni qisqa vaqt ichida sarflab bo'lgan. Kaligula printsipatining birinchi yili og'ir kasal bo'lib, bu uning ruhiyatiga ta'sir ko'rsatgan. Kaligula goh Britaniyaga yurish qilgan, goh keraksiz inshootlar qurdirgan, goh bo'shab qolgan xazinasini to'ldirish uchun zo'ravonlik bilan pul to'plagan. Bo'shab qolgan xazinasini to'ldirish uchun Kaligula ko'pgina senatorlarning mol -mulkini musodara qildirib, o'zlarini qatl ettirgan. U qullarga o'z sohiblari ustidan shikoyat kilishiga yo'l qo'ygan. Quldorlik negiziga putur yetkazgan bu buyruq Kaligulani halok qildi. Senat aristokratiyasi va pretorianlar gvardiyasi boshliqlari orasida fitna qo'zgalgan. Fitnachilar imperatorni o'ldirib, boshqarishning respublika shaklini tiklash fikriga keladilar. Milodiy 11 yili yanvarida Kaligula sirkdan saroyga qaytib kelayotib, Palatin tepaligida o'ldiriladi. Senat respublika e'lon kilishga urinsa ham, pretorian harbiylari bunga qat`iyan karshi chiqdilar. Ular Germaniyning ukasi Klavdiyni imperator deb e'lon qildilar. Natijada senatorlar respublika tuzumini tiklash fikridan voz kechishga majbur bo'ldilar. 3

Klavdiy Rimdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga uringan. O'zini taxtdan ag'darish uchun bo'lgan urinishga jazo choralari bilan javob qaygargan. Imperator ijozatisiz senatorlarning Rimdan tashqariga chiqishlari man qilinib, ba'zilari qatl etilgan, ba'zilari surgun qilingan.Harbiylar ham, Rim yo'qsullar ommasi ham aristokratlar respublikasi tarafdorlarini qo'llab quvvatlamadilar. Harbiylar va Rimning kambag'al tabaqalari sadaqa va sovg'alar olishdan manfaatdor bo'lgan. Klavdiy va uning eng yaqin kishilari mavjud siyosiy vaziyatni hisobga olib, senatdagi onpozitsiyaga karshi kurashda qo'shin va viloyatdagi quldor zedagonlarga tayanib ish ko'rishga harakat qildilar. Klavdiy zodagonlarni o'ziga ogdirish uchun Rim fuqarolik huquqlarini viloyatda tugilib o'sgan va shuningdek shahar erkin aholisiga ham bergan. Klavdiy hukmronligi vaqtida imperiyani boshqarish uchun idoraxar tashkil etilgan va ularga ozod qilingan qullar boshliq qilib tayinlangan. Viloyat prokuratorlariga sud qarorlarini chiqarishda mustaqillik berilgan. Klavdiy Rim aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida Ostiyadagi Rim gavanini qayta ta'mirlab kengaytirgan va suv quvurlari o'tkazgan. Klavdiy printsipati davrida Mavritaniya bilan Britaniya zabt qilinib, Rim imperiyasi tarkibiga qo'shib olingan va davlat hududi hozirgi Dunay chegaralariga borib yetgan. Klavdiy hukmronligining oxiriga kelib Bosfor podsholigi tamomila Rim imperiyasiga karam bo'ldi. Ma'muriy mahkama tuzilishi, viloyat zodagonlariga munosabat, imperatorga dushman bo'lgan senatorlarning ko'plab qatl etilishi zodagonlar g'azabini qo'zgagan, ammo imperatordan norozi bo'lgan Rim aristokratiyasi respublika tizimiga qarshi bo'lgan pretorianlar va legionerlarning kayfiyatini hisobga olib, Klavdiyning yaqinlarini hokimiyatdan chetlatishga va uni boshqa printseps bilan almashtirishga uringan xolos.

Klavdiyning xotini Messalina eriga xiyonatda va unga karshi fitna uyushtirishda ayblanib, qatl etiladi. Klavdiy jiyani va ayni vaqtda senator Domitsiyning beva xotini Agrippinaga uylanadi. Agrippina Klavdiyni zaharlab o'ldiradi. Shundan so'ng taxtni malikaning o'gli Neron egallaydi.4

Neron Rim davlati hukmdori deb e'lon qilingach, Rim italiy zodagonlari imtiyozli ahvolini tiklash va viloyatlar aholisi hisobiga boylik orttirishga qaratilgan siyosiy rejalarini yosh imperator qo'llab-quvvatlashiga ishongandilar. Neron imperator bo'lishi bilan atrofdagilarning maslahati bilan, senatga hurmat yuzasidan barcha davlat masalalarini hal qilishni unga topshirilishini, o'zi esa legionlar joylashgan viloyatlar bilan mashg'ul bo'lishini rasmiy ravishda e'lon qiladi. So'nggi vaqtda u viloyat noiblari va aholidan soliq yig'uvchilarni o'zi tayinlaydigan bo'ldi. Yosh imperatorning ustozi Seneka Britaniyada soliqlar yigish bilan katta boylik orttirgan. Avvaliga Neron davlat ishlariga aralashmay, vaqtichoglik bilan vaqt o'tkazgan. U teatrda artistlik qilgan, ashula aytgan, she'rlar yozgan. Ammo atrofidagilar tez orada xokimiyat uchun kurashga jalb kilishgan. Bu kurash jarayonida u Klavdiyning o'g'li Britanikni, o'zining xotini va hatto onasi Agrippinani ham qatl ettiradi. Neron davrida Armaniston - Parfiya uchun olib borilgan urushlar cho'zilib ketgan edi. Senat bilan munosabatlarning buzilishi, Armanistondagi harbiy maglubiyat, Britaniyadagi qo'zgolon,yongin, katllar va musodara qilishlar viloyat va Rim aristokratlari g'azabini keltirdi. Milodiy 65 yili Neronga qarshi fitna qo'zgaldi. Unda senatorlar, pretoriy zobitlari, ikki pretoriy prefektdan biri qatnashdi. Fitnachilar Neronni o'ldirib, Kalapuri Pizonni imperator deb e'lon qilish niyatida edilar. Fitnada Seneka xam ishtirok etadi. Ammo imperator bundan xabar topib, fitnachilarni qattiq jazolaydi.

Milodiy 66-68 yillarda Rim imperiyasidagi siyosiy axvol yanada keskinlashdi.Britaniya imperiya tarkibidan chiqdi. Yahudiyadagi qo'zg'olonlar ko'lami kengaydi. Poytaxtda yangi fitnalarga tayyorgarlik boshlandi. Yuliy Vindensk boshchiligida imperatorga qarshi isyon ko'tarildi. Neron avvaliga unga ahamiyat bermadi. German legionlari Vindensk qo'shinlarining tor-mor qilganini eshitgan Neron tantana qiladi, Ammo jangchilar unga qarshi ekanligini bilgach, Misrga qochish taraddudini ko'radi. Pretorianlar imperator niyatidan xabardor bo'lib,qo'zg'olonchilar tarafiga o'tadilar. 68 yil yozida Neron saroydan qochib, o'z joniga kasd qiladi.Neronning o'limi bilan Rim imperiyasida patritsiylar sulolasiga mansub va Avgust boshlab bergan Yuliy - Klavdiylar sulolasi tugallanadi. Uning o'limidan keyin mamlakatda ziddiyatlar yanada kuchaydi. Senat va barcha legionlar Vespasianni imperator deb tan oldilar. Chunki u Suriya va Yahudiyadagi qo'zg'olonlarni bostirib, Yaqin Sharkda barqarorlik o'rnatdi.Vespasian printsipati(70-79 yillar) Vespasian qo'zg'olonlarni bostirib, osoyishtalik o'rnatganidan so'ng, imperiyani larzaga keltirgan siyosiy inqiroz barham topdi. U Rim senati bilan do'stona munosabatlar o'rnatdi. Senat davlatning oliy hokimi sifatida Vespasianga berilgan huquqlar to'g'risida maxsus qaror chiqardi. Bu karorga ko'ra Vespasianga avvalgi hukmdorlar ega bo'lgan barcha huquqlar berilgan.5

Vespasianning barcha ko'rsatmalari Rimdagi xarbiy va fuqarolar uchun majburiy bo'lgan. Vespasiaada rejali sovg'a va mukofotlar tarkatishga nihoyatda tejamkor yondoshganiga qaramay, janubiy Galliyada faxriylarning katta koloniyalarlni yaratib, ularni yer bilan ta'minlagan. O'n minglab kishiga mo'ljallangan Kolizey amfiteatri qurilishi uning zamonida boshlangan. Vespasian imperiyaning moliyaviy ahvolini tiklashga, qo'shinda qat`iy intizom o'rnatishga, Sharqtsagi xavfli qo'shni - Parfiya bilan munosabatlarni yaxshilashga uringan. Ammo imperiyaning barcha aholisi ham uning siyosiy faoliyatidan rozi bo'lmagan. Vespasian viloyatlardagi quldorlarga homiylik qilish jarayonida imperiyaning g'arbiy qismi - Ispaniya, Galliya, Afrikaga ko'prok e'tibor berib, Urxa Yer sohillaridagi sharqiy viloyatlarga yetarli ahamiyat bermagan. Eramizning 79 yili Vespasian vafot etadi. Uning o'rniga taxtni o'g'li Tit egallaydi. Tit (79 - 81 yillar) o'zining qisqa vaqt hukmdorligi davrida otasining siyosatini davom ettirdi. Eramizning 80 yilida birinchi marta afrikalik Poloxuliy konsl etib saylandi. Uning idorasi davrida, milodiy 80 yili Kolizey qurilishi tugallandi. 79 yili avgusxda Vezuviy vulqoni otilib, Rimning ko'p qishloqlarini vayron qildi.

Tit vafotidan so'ng hokimiyat Vespasianning ikkinchi o'g'li Domitsian qo'liga o'tdi. Domitsian otasiga zid ish tutib, senat fikri bilan hisoblashmagan. U o'ziga xudo kabi murojaat qilishlarini talab qilgan. Domitsian Italiyaning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida tokzorlarni kengaytirishni taqiqlab, dehqonlardan don ekishni tiklashni talab qilgan, viloyatlarda ham tokzorlar maydoni kamaytirilgan. Domitsian imperiyani idora qilgan davrida Rim qo'shinlari Germaniyaning janubiy-g'arbiy qismini, Reyn bilan Dunay daryolarining yuqori oqimidagi yerlarini egallagan.Lekin sharqda, Dunay etagida, Bolqon yarim orolidagi Rim viloyatlari havf ostida qoldi. Rimliklar Britaniyada ham og'ir kurash olib borganlar. Sarkarda Publiy Valeriy Agripola hozirgi Angliya tuprog'ida Rim hukmronligini tiklagach, shimolda mustahkam qal'alar barpo etgan. Milodiy 89 yili Quyi Germaniya legioni o'z legioneri Antoniy Saturnini imperator deb e'lon qiladi. Domitsian bu qo'zg'olonni bostirishga erishdi. Ammo u ko'pgina senatorlar Saturinga xayrixoh ekanligidan xabardor bo'lsa ham, ularga qarshi ko'rilgan jazo-choralari imperatorning ahvolini mustahkamlay olmagan. Jazolar dushman g'azabini yanada oshirdi, xolos.Milodiy 96 yili yana fitna qo'zg'alib, imperator Domitsian o'z saroyida o'ldirildi. 6

410 yil 24-avgust qirol Alarik boshchiligidagi Visigotlar Rimni imperator tomonidan tashlab ketilgan va shafqatsizlarcha talon-taroj qilganlar. Papa Innosent, yordam so'rab, g'arbiy imperatorning yangi poytaxti Ravenna shahriga bordi. Barbarliklar abadiy shaharni ikkinchi marta zabt etuvchiga aylanishadi. Birinchi marta bu tasvirlangan voqealardan deyarli 800 yil oldin sodir bo'ldi. Xristian e'tiqodi silkinadi. Butparastlar masihiylarni hamma narsada ayblashadi va shaharni eski xudolarning murtadligi tufayli qulagan deb ta'kidlashadi.

Rim imperiyasining parchalanishi III asrning oxirida, to'satdan soliqlarning keskin ko'tarilishi bilan boshlandi. Agar dastlab Rim imperiyasi qadimgi me'yorlarga ko'ra "byurokratizmsiz davlat" bo'lgan bo'lsa (60 million aholisi bo'lgan mamlakat atigi bir necha yuz mansabdorlarni ijaraga olgan bo'lsa) va mahalliy o'zini-o'zi boshqarishning keng tarqalishiga yo'l qo'ygan bo'lsa, endi iqtisodiyoti kengaygan holda "vertikalni kuchaytirish" zarurati paydo bo'ldi. hokimiyat ” Imperiya allaqachon 25-30-30.000 amaldorlarga xizmat qilgan. "Parazitlar soni ko'paymoqda".

Bundan tashqari, Buyuk Konstantindan boshlab deyarli barcha monarxlar xazinadan xristian cherkoviga pul sarflaydilar - ruhoniylar va rohiblar soliqlardan ozod qilingan. Rim aholisidan hokimiyat tomonidan bepul oziq-ovqat oladigan (saylovda ovoz berish uchun yoki isyon ko'tarmaslik uchun) Konstantinopol qo'shiladi. "Parazitlar soni ko'paymoqda", deydi ingliz tarixchisi Arnold Jones bu vaqtlar haqida ehtiyotkorlik bilan.

Natijada soliq yuki haddan tashqari ko'paygan deb taxmin qilish mantiqan. Aslida, o'sha davrning matnlari katta soliqlarga oid shikoyatlarga to'la, va imperator farmonlari, aksincha, to'lov qilmaydiganlar uchun tahdiddir. Bu, ayniqsa, kuriyalar - shahar kengashlari a'zolari uchun to'g'ri keladi. Ular o'z shaharlaridan shaxsiy mol-mulklari bilan to'lovlarni amalga oshirishga mas'ul edilar va shubhasiz, doimiy ravishda og'ir chaqirilishga yo'l qo'ymaslikka harakat qildilar. Ba'zan ular hatto qochib ketishdi va markaziy hukumat, o'z navbatida, qo'rqinchli ravishda, hatto Rim fuqarosi uchun muqaddas hisoblangan armiyaga qo'shilish uchun ham o'z lavozimlarini tark etishni taqiqladi.

Bu inshootlarning barchasi shubhasiz ishonarli. Albatta, odamlar paydo bo'lgan paytdan beri soliqlardan shikoyat qilmoqdalar, ammo kech Rimda bu g'azab erta Rimdagiga qaraganda ancha balandroq va jiddiy sabablarga ko'ra yangradi. To'g'ri, xristianlik bilan birga tarqaladigan xayriya ishlari (kambag'allarga yordam berish, cherkovlar va monastirlarga boshpana berish) berilgan edi, ammo o'sha paytlarda u shaharlar devorlaridan chiqib keta olmadi.

Bundan tashqari, 4-asrda vatanga jiddiy xavf tug'dirsa ham, o'sib borayotgan armiya uchun askar topish qiyin bo'lganligi haqida dalillar mavjud. Va ko'plab jangovar bo'linmalar, o'z navbatida, uzoq vaqt joylashtirilgan joylarda dehqonchilik qilishlari kerak edi - rasmiylar endi ularni boqishmadi. Xo'sh, legionerlar haydab, orqa kalamushlar xizmatga bormagan ekan, chegara viloyatlari aholisi uchun nima qoldi? Tabiiyki, ular o'z-o'zidan qurollanib, bo'linmalarini imperator organlari bilan "ro'yxatdan o'tkazmaydilar" va o'zlari ham chegarani uning butun perimetri bo'ylab qo'riqlay boshlaydilar.

Amerikalik olima Ramsey MakMullen aniq ta'kidlaganidek: "Aholi askarga aylandi, askarlar oddiy odamga aylandilar". Rasmiy hokimiyatning anarxist o'zini o'zi himoya qilish bo'linmalariga tayanishi mantiqan to'g'ri emas. Shuning uchun vahshiylar imperiyaga - dastlab yakka yollangan yollanma xizmatchilarni, so'ngra butun qabilalarni taklif qila boshladilar. Bu ko'pchilikni xavotirga soldi. Episkop Sinzius "Shohlik to'g'risida" so'zida shunday dedi: "Biz soqchi itlar o'rniga bo'rilarni yolladik". Ammo bu juda kech edi va ko'plab vahshiylar Rimga sadoqat bilan xizmat qilishgan va ko'p yaxshiliklar qilishgan bo'lsa ham, barchasi falokat bilan tugadi. Quyidagi ssenariy haqida. 375 yilda imperator Valens Gotlarning Dunaydan o'tib, Rim hududiga joylashishiga ijozat beradi, ular Hun qo'shinlari hujumi ostida g'arbga chekinishadi. Ko'p o'tmay, oziq-ovqat ta'minoti uchun mas'ul bo'lgan amaldorlarning ochko'zligi sababli, vahshiylar orasida ochlik boshlanadi va ular qo'zg'olon ko'tarishadi. 378-yilda Adrianopol (Rim armiyasi Yevropa Turkiyasida Edirne) ostida Rim armiyasi ular tomonidan butunlay mag'lubiyatga uchradi. Valensning o'zi jangda yiqildi.

Kichikroq hajmdagi shunga o'xshash voqealar ko'pchilikda sodir bo'lgan. Bundan tashqari, imperiya fuqarolari orasida kambag'allar o'zlarining noroziligini yanada kuchaytira boshladilar: nima deyishsa, bu vatan nafaqat soliqlarni tortibgina qolmay, balki o'z xarobalarini ham chaqiradi. Odamlar yanada boy va madaniyatli edilar, albatta, vatanparvarlar uzoqroq qolishdi. Va kambag'allarning qo'zg'olonchi guruhlari - Gauldagi bagaudlar ("jangarilar"), Dunaydagi firibgarlar ("yuk tashish"), Misrdagi buklar ("cho'ponlar") - hukumatga qarshi vahshiylar bilan ittifoq tuzdilar. Hatto ochiqdan-ochiq isyon qilmaganlar ham, bosqinchilik paytida passiv harakat qilishgan va agar ularga haddan ortiq talon-taroj qilmaslik to'g'risida va'da berilsa, qarshilik ko'rsatmagan.7

Endi biz G'arbiy Rim imperiyasining o'limining ikkinchi sababiga murojaat qilamiz: armiya o'z vazifalarini bajara olmasligi. Rim qo'shinlarining qulashi, birinchi qarashda, tushunib bo'lmaydigan hodisa bo'lib tuyuladi, chunki chet ellik yollanma askarlar, hech bo'lmaganda, nazariy jihatdan ham, raqiblaridan ham kuchliroq bo'lgan va Rim har doim qarshi dushmanni mag'lub etgan.


Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish