Reja: Kirish I bob


Napaleon tor-mor bo‘lishi va Vena kongressi, Muqaddas Ittifoq tuzilishi



Download 0,6 Mb.
bet7/8
Sana09.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#761568
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fransiya ikkinchi imperiya davrida

2.2 Napaleon tor-mor bo‘lishi va Vena kongressi, Muqaddas Ittifoq tuzilishi
Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya va boshqa mamlakat qo'shinlaridan iborat Yevropaning qurolli kuchlari hamda Napoleon armiyasi o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo'lib o'tdi, bu jang tarixga «Xalqlar jangi» nomi bilan kirdi. Leypsig jangida Napoleonning qo'shini tor-mor etildi.1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga.majbur bo'ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi. Ittifoqchi davlatlar Fransiyada burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga o'tqa- zildi. Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko'ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi.. Ayni paytda, mamlakatda ichki vaziyat murakkablashib bordi. Bunga eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qo'llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo'ldi. Bu, o'z navbatida, burjuaziya va dehqonlarni tashvishga solib qo'ydi. Qolaversa, Napoleon davrida xizmat qilgan zobitlar hamda davlat xizmatchilarining ishdan bo'shatilishi qo'shin va butun mamlakatda norozilik keltirib chiqardi. Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qolishga qaror qildi. ' Eski gvardiya va o‘zi tug'ilib o'sgan korsikaliklardan tuzilgan harbiy qism hamon uning tarafida edi. Napoleon 1815-yilning mart oyida Elbadan Fran- siyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi' yuborgan 30 ming kishilik qo'shini ham Napoleon tomoniga o'tib ketdi. Napoleon 20-mart kuni Parij shahrini egallab, yana imperatorlik taxtiga o'tirdi. i Biroq u bu safar hokimiyatni atigi 100 kun egallab turdi, xolos.
Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya va Prussiya) juda katta armiyani Na- poleonga qarshi qo'ydi. Ikki o'rtada 1815-yilning 18-iyuhida Vaterloo qishlog'ida (hozirgi Belgiya davlati hududida) hal qiluvchi jang bo'lib o'tdi. Shu tufayli bu jang tarixga «Vaterloo jangi» nomi bilan kirgan. Jangda Napoleon qo'shini butunlay tor-mor etildi. Ikkinchi bortaxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili vafot etdi. Fransiyada burbonlar hokimiyati yana qayta tiklandi.
G'olib davlatlar kongress chaqirdilar. Bu kongress 1814- yili Avstriya poytaxti Venа shahrida bo'lib o'tdi. Kongressning asosiy maqsadi Yevropani g oliblar manfaati yo'liaa qayta taqsimlash edi. Yevropaning 8 ta davlati: Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Is- paniya, Shvetsiya, Portugaiiya va Fransiya kongressning yakunlovchi hujjatini imzoladilar. Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o'zining dengizdagi va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi. U bunga erishdi. Ayni paytda, Maita, Seylon orollariga, Afri- kaning janubidagi Kap yerlariga ega bo'lib oldi. Rossiya esa Polshaning katta qisminl egalladi. 200 dan ortiq mayda davlatlarga bo'linib ketgan Germaniya o'rnida 39 ta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzildi. Bu ittifoqda Avstri- yaning yetakchi roli e'tirof etildi. Reyn viloyati, Vestfaliya Prussiyaga qo‘shib berildi. Polshaning g'arbiy yerlari ham Prussiya mulki deb tan olindi.
Avstriya Shimoliy Italiyada mustahkamlanib oldi. Belgiya Goliandiyaga qo'shib berildi. Shveytsariyamnq mustaqilligi tiklandi va u abadiy betaraf davlat maqomiga ega boldi. Fransiya hududi o‘zining 1792-yilgi chegarasigacha qis- qartirildi. Unga 700 mln frank oltin hisobida kontributsiya tolash majburiyati yuklandi. Fransiya bu kontributsiyani to'lagunga qadar uning shimoliy qismi ittifoqchilar qo'shini tomonidan ishg'ol qilinadigan bo‘ldi. Fransiya ikkinchi da- rajali davlat maqomiga tushib qoldi. Shu tariqa Vena kongressi Yevropa siyosiy xaritasini kuch bilan o'zgartirib tashladi. Ayni paytda, kongessda qora tanli qullar savdosini taqiqlovchi deklaratsiya ham qabul qilindi.
Yevropada kelgusida ro‘y berishi mumkin bolgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida uch davlat - Rossiya, Avstriya va Prussiya monarxlari ittifoq tuzdilar. U tarixga «Muqaddas Ittifoq» nomi bilan kirdi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln.yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning hududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat „Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti-yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. Va shu tariqa Fransiya tarixiga nazar tashlashimiz mumkin. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish