Reja: Kirish. Investitsion loyihalashtirish tushunchasi, mazmuni va asoslari. Investitsiya loyihalarining tashkiliy asoslari. Investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili


Investitsion loyihalashtirish tushunchasi, mazmuni va asoslari



Download 177,87 Kb.
bet2/6
Sana10.06.2022
Hajmi177,87 Kb.
#650080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Almasova Shakhista

1.Investitsion loyihalashtirish tushunchasi, mazmuni va asoslari
Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda albatta, asosiy e’tibor yanada qulay investitsiya muhitini yaratishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilayotganligini ta’kidlash kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o’zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi” deb qayd etgani e’tiborga molikdir. Chunki faol va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirilishi va investitsiya muhitining investorlar uchun yanada qulay bo’lishiga erishish – mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Demak, investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlanishi va samarali amal qilishida muhim rol o’ynaydi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirishda bugungi kunda asosiy e’tibor iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar va ularning salmog’iga qaratilmoqda. Buni birgina 2019 yilda kiritilgan jami investitsiyalar hajmidan ham bilib olish mumkin. 2019 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 21 milliard 500 million AQSh dollaridan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu ko’rsatkich 2018 yilga nisbatan 33,9 foiz ko’p demakdir. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 36,2 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.
Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko’proq ta’minlanishi mumkin ekan. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining xajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so’nggi yillardagi o’sish so’r’atlari turlicha bo’lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o’sish va pasayish tendentsiyalaridir.
2005-2019 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo’naltirilgan investitsiyalarning o’sish sur’atlari, foizda.Mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005-yildan e’tiboran yiliga 7-10 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi. Quyidagi rasmdan shuni ko‘rinib turibdiki, 2005-2018 yillar davomida investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 30 foizga yetmagan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko’rsatkich 37 foizga yetgan. Oldingi yillarga nisbatan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati ham eng yuroqi ko‘rsatkichni qayt etib, 2019-yilda oldingi yilga nisbatan 33,9 foizga ortiq bo‘lgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005-yildan e’tiboran yiliga 7-10 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi. Quyidagi rasmdan shuni ko‘rinib turibdiki, 2005-2018 yillar davomida investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 30 foizga yetmagan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko’rsatkich 37 foizga yetgan. Oldingi yillarga nisbatan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati ham eng yuroqi ko‘rsatkichni qayt etib, 2019-yilda oldingi yilga nisbatan 33,9 foizga ortiq bo‘lgan.

“Investitsiya loyihasi” tushunchasi uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonlarini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin. To’liq shakllangan, yakuniga etgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • investitsiya g’oyasini shakllantirish;

  • investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish;

  • investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash;

  • shartnoma hujjatlarini tayyorlash;

  • loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash;

  • qurilish-montaj ishlari;

  • ob’ektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar)

monitoringini olib borish.
Investitsiya loyihasi - o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va “loyiha”lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihasi - o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va “loyiha”lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
Umuman olganda, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir.
Loyihaning mazmuni loyihalashtirilayotgan obyektlarning maqsadi (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishning shaklli (yangi qurilish, kengaytirish, qaytaqurish, texnik qayta jihozlash) bilan belgilanadi. Umumlashtirilgan ko’rinishda loyiha texnologik, qurilish va iqtisodiy qismlardan iborat, noishlab chiqarish obyekti esa – qurilish va iqtisodiy qismlardan iborat.
Investitsiya loyihasining maqsadi tadbirkor va iqtisodchilarga to’rtta asosiy masalani hal qilishga yordam berishdan iboratdir:
- sotuvning kelgusi bozori hajmi va istiqbollarini o’rganish;
- ushbu bozorga kerakli bo’lgan mahsulotni tayyorlash va sotish uchun zarur xarajatlarni baholash hamda ularni o’z tovarlarni sotish mumkin bo’lgan narxlar bilan ko’zlangan ishning salohiyatli foydaliligini aniqlash maqsadida solishtirish;
- yangi ishni boshlashda barcha ehtimolli to’siqlarni aniqlash;
- ular asosida korxona faoliyatini muntazam ravishda baholash, mumkin bo’lgan belgi va ko’rsatkichlarni aniqlash
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.



Download 177,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish