Reja: Kirish. Konsepsiya haqida tushuncha



Download 67,39 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi67,39 Kb.
#761764
Bog'liq
Jahon tarbiyaviy kontsepsiyasi Munisa


Mavzu:Jahon tarbiya kontseptsiyasi
Reja:
Kirish.
1. Konsepsiya haqida tushuncha
2. Tarbiyaning asosiy tizimi
3.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasini amalga oshirish vazifalar.
4. Ijtimoiy muxitning o’quvchi shaxsi rivojlanishiga ta’siri
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish:
Mavzuning dolzarbligi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa`y-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma`naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma`lum dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta`lim va tarbiya to`g’risidagi qator me`yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko`tarishni taqozo etadi. Bolalarga ta`lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta`lim to`g’risida"gi qonunining, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va Respublika rahbariyatining dasturiy fikrlari mazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya`ni: - maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; - o`quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo`sh vaqtlarini tashkil qilish; - bolalarga ta`lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o`quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta`minlash; - o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb asoslariga yo`naltirish va ta`limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; - yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma`naviy-ma`rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish; - o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo`lida muvofiqlashtirish; - tarbiyasi "og’ir", qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
- bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish; - o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko`rib, ota-onalar yig’inlarida muhokama qilish; - tarbiya sub`ektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va "Ekosan", "Qizil yarim oy", barcha jamg’arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo`yicha milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas`uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish.
Kurs ishining obekti shaxsning oila muhiti asosida jamiyatda shakllanishi
Kurs ishining maqsadi shахсni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustaxkam boglamayturib, tarbiya sohasidagi butun ishlami muvaffaqiyatli amalga oshirish, ota-onalar o`rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o`quv-chilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Kurs ishining vazifasi: - turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma`naviy, ma`rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi - maktab bo`lishiga erishish; - o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish; - ta`lim muassasalari nizomlari asosida o`quvchilarning maktabda joriy qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o`quvchilar libosida ta`lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta`minlash; - mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o`smir yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo`lgan intilishlarini rag’batlantirish; - maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma`naviy va ma`rifiy bilimlarAynan shu maskanda o'zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevariik, vatanparvarlik, inson- parvarlik kabi oliy darajadagi qadriyatlar shakllanadi, avloddan-avlodga yetkaziladi. Shu sifatlar ona suti, oila a'zolari mehri va namunasi bilan bola-xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi.
Konsepsiya haqida tushincha:
“Men” konsepsiyasini rivojlanish jarayoni
“Men” konsepsiyasi kelib chiqish tarixi va uning rivojlanishi
“Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o‟zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o‟zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o‟z-o‟ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o‟tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo‟nalishlari ichida paydo bo‟lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko‟ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko‟rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta‟sir ko‟rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo‟lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo‟lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o‟zaro bog‟langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo‟lgan.
“Men” konsepsiyasini ko‟pincha yo‟naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;
1) Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o‟z ichiga shaxsning o‟zi haqida taassurotni qamrab oladi;
2) Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o‟ziga shaxs sifatida, o‟z faoliyatiga bo‟lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o‟z-o‟ziga baho berish tizimini ichiga o‟zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;
3) Axloqiy fe‟l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe‟l-atvorida namoyon bo‟lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o‟zi haqidagi fikrlarda o‟zini anglab ko‟rsatadi.
“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo‟lsa ham, o‟zaro chambarchas bog‟liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o‟zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv
ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg‟unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta‟riflanadi.
Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko‟rinishida taqdim etadi. Uning cho‟qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o‟zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:
1. Real “Men” (“Men kimman”);
2. Ideal “Men”(“Meni kim bo‟lishni istayman - intilaman).
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o‟z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo‟ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg‟urishlar manbasiga aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatiga ko‟ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo‟lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo‟lgan ehtiyoji;
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o‟zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a‟zo bo‟lishi ehtiyoji bilan bog‟langan.
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o‟zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta‟minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o‟zi haqida ta‟riflovchi fikrlarini va o‟zining noyoblik hissini beruvchi, o‟zini ko‟rsatishga bo‟lgan ehtiyojni ta‟minlovchi daraja.
Oxirgi ikki bosqich “Men” konsepsiyasini ikki tarkibiy qismi sifatida ham ta‟riflanadi. (V.V.Stolin): 1) “Qo‟shiladigan”, individni boshqa shaxslar bilan birlashishni ta‟minlaydi; 2) “farqlovchi”, uning boshqalardan ajralib turishga yordam beradi va o‟zining shaxsiy noyoblik hissi uchun zamin yaratadi. Shu bilan birga, dinamik “Men” (Men o‟z fikrimcha, qanday o‟zgaryapman, qanday

bo‟lishga intilayapma), tashqi ”Men” (“men – niqob”, ”men o‟zimni boshqalarga qanday ko‟rsataman”), fantastik “Men” (“Men”ning xronologik uchtaligi – “Men o‟tmish”, “Men bugun”, “Men kelajak”).”Men konsepsiyasining eng muhim vazifasi – shaxsning ichki xususiyatlari o‟zaro ta‟minlash va yo‟lga qo‟yish. ”Men”konsepsiyasi shaxsning hayotiy tajribasi shakllanadi, avvalo ota-ona va bola munosabati. Biroq u bolalik davridan boshlab aktiv faoliyat ko‟rsatadi. Ushbu tajribani to‟g‟ri o‟rganishga, shaxs o‟z oldiga qo‟ygan maqsadlariga, kutilayotgan natijalar tizimi, ularning baholanishiga va shu bilan birga shaxsning rivojlanishiga, uning faoliyatiga va axloqiga ta‟sir ko‟rsatadi. “Men” konsepsiyasi va o‟zini-o‟zi anglash o‟rtasida o‟zaro nisbati haligacha aniqlanmagan. Ko‟p jihatlarda ular ma‟nodosh (sinonim) sifatida ishlatiladi.Shu bilan birga, “Men” konsepsiyasini o‟zini anglash jarayonining natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. (A.M.Prixojan)


“Men” konsepsiyasi – bu insonning o‟zi haqida umumlashtirilgan tasavvuri, shaxsning o‟ziga nisbatan tartib tizimi, yoki psixologlar aytgandek, “Men” konsepsiyasi o‟zi haqidagi nazariyasi.Qayd etib o‟tish muhimki, “Men” konsepsiyasi statik emas,balki dinamik psixologik hodisasidir. “Men” konsepsiyasining shakllanishi, rivojlanishi va o‟zgarishi ichki va tashqi tartib omillari bilan bog‟liq. Ijtimoiy muhit oila,maktab hisoblanib, “Men” konsepsiyasining ijtimoiylashuv jarayonida shakllanishiga ta‟sir o‟tkazadi. Bu ta‟sir nafaqat shaxsning ijtimoiylashuvining boshlang‟ich bosqichida, balki oila bolaningyagona yoki mutlaq kuchli ijtimoiy muhiti bo‟lgan paytida, shu bilan birga keyinchalik ham uning hayotida o‟z ahamiyatini yo`qotmaydi. Yosh o‟tishi bilan “Men” konsepsiyasining rivojlanishida ijtimoiy tajribaning, shaxs kirgan ko‟p sonli formal va noformal guruhlarining ahamiyati kuchayib boradi. “Men” konsepsiyasining rivojlanishiga juda kuchli ta‟sir o‟tkazadi. Maktabda va noformal guruhlaridagi o‟zaro aloqalarning ahamiyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin, shu bilan birga, oila shaxsning ijtimoiylashuv instituti sifatida o‟smirlik va o‟spirinlik davrida ham muhim rol o‟ynashda davom etadi.
Eng umumiy ko‟rinishda psixologiyada “Men” konsepsiyasining ikki shaklini ajratib ko‟rsatish qabul qilingan – real va ideal. Lekin uning xususiy
ko‟rinishlari ham namoyon bo‟lishi mumkin, masalan, shaxsning kasbiy “Men” konsepsiyasi, yoki kasbiy “Men”. O‟z navbatida, kasbiy “Men” konsepsiyasi ham real va ideal bo‟lishi mumkin.
“Real” tushunchasi zinhor bu konsepsiyaning haqiqatdan realligini nazarda tutmaydi.Bu yerda eng asosiy shaxsning o‟zi haqidagi tasavvuri, “Qanday bo‟lsam shundayligimcha”.Ideal “Men” konsepsiyasi esa (Ideal “Men”) bu shaxsning o‟zi haqidagi o‟zi istagidagi tasavvuri (Qanday bo‟lishni istayman).
Albatta, real va ideal “Men” konsepsiyalari nafaqat mos kelishi mumkin, balki ko‟pchilik holatlarda keskin farqlanadi ham. Real va ideal “Men” konsepsiyalari o‟rtasidagi tafovut turli salbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir tomondan, real va ideal “Men” o‟rtasidagi ziddiyat jiddiy ichki shaxsiy ixtilofga sabab bo‟lishi mumkin. Boshqa tomondan, real va ideal “Men” konsepsiyasining o‟zaro mos kelmasligi shaxsning o‟z-o‟zini takomillashtiruvi, rivojlanishiga intilish manb‟asi hisoblanadi. Aytish mumkinki, ko‟p narsa ushbu kelishmovchilikning darajasi, shunungdek, uning shaxs tomonidan interpretatsiya qilinishi bilan belgilanadi. Har qanday vaziyatda, real “Men” va ideal “Men” ning to‟la mos kelishining kutish, ayniqsa o‟smirlik va o‟spirinlik yoshida, asossiz xomxayoldir. Mohiyatdan o‟z-o‟ziga baxo berishning ayrim metodikalari real va ideal “Men” konsepsiyalarining ko‟pchilik holatlarida mos kelmasligi (statistic norma) haqidagi tushunchalar asosiga qurilgan.
Bir-biriga anchayin yaqinligiga qaramay, o‟z-o‟ziga baho berish va “Men” konsepsiyasining psixologik tushunchalari o‟zaro farqlarga ega. “Men” konsepsiyasi insonning o‟zi haqidagi tavsifiy tasavvurlaridan iborat bo‟ladi.Ammo, shu bilan birga “Men” konsepsiyasining u yoki bu qismi salbiy yoki ijobiy buyruqlarga ega bo‟lishi mumkin.O‟z-o‟ziga baho berish tushunchasi,aksincha, inson o‟ziga, o‟z qobiliyatiga qanday baho berishi bilan bevosita bog‟liqdir.Masalan, inson o‟zining temperamentiga ko‟ra sangvinik ekanligini, baland bo‟yli va jigarrang ko‟zli ekanligini bilish uning “Men” konsepsiyasining bir qismini tashkil etadi ammo, shu bilan birga, bu ushbu xususiyatga o‟lchov me‟yori sifatida baholanadi, subyekt o‟zini ushbu xislatlariga ko‟ra baholaydi,
o‟zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Shunisi ham muhimki, bir hil xususiyatlar turli shaxslarning o‟z-o‟ziga baho berish strukturasida bir inson tomonidan ijobiy planda (bu o‟z-o‟ziga baho berishning ko‟taradi), boshqa inson tomonidan salbiy planda baholanishi mumkin (bu o‟z-o‟ziga nisbatan baho berishni tushiradi).
«Men» konsepsiyasining siymosi – individning o„zi haqidagi nisbatan barqaror ko„proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o„zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi. O„ziga o„zi baho berish shaxsning o„ziga, o„z imkoniyatlariga,boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o„rniga baho berishidir. O„ziga o„zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to„g„rilanib, tartibga solib turiladi.Shaxsning o„ziga o„zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho ko„rsatkichlarining kamayishi bilan bog„liq bo„ladi.O„ziga o„zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog„liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o„ziga o„zi beradigan bahoning individ o„z oldiga qo„yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo„ladigan kutilgan darajasidir.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o„zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o„zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da‟vogarlik qilgan, mo„ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to„g„ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyatO„zinixurmat qilish intilishlarni taklif etgan edi. Ma‟lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o„zini xurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko„p kuch va g„ayrat sarflashi va o„zini xurmat qilishini saqlab qolishi shart bo„lib, bu ko„pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo„li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o„zini hurmat qilish hissi yo„qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo„lishiga xavf tug„diradigan his-tuyg„ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun
maqbul va mumkin bo„lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo„llaydigan alohida yo„naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd ishlab chiqqan edi.U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzurasi» bilan to„qnashib qoladi va buning natijasida turli o„zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto„g„ri talqin etilishiga yo„l qo„ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o„z maqsadiga erishish yo„lidagi g„ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro„y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.Hayot uslubini ishlab chiqishda boshlang‟ich nuqta odamning o‟zi haqidagi tasavvurlari ekan, o‟zini anglashning individual variativligini ko‟rib chiqish darkor.
Insonni o‟zi haqidagi tasavvurlari, g‟oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig‟indisi “Men” konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “Men” konsepsiyasi subyektni o‟zi haqidagi eng umumiy ustanofkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o‟zaro roziligiga erishishga turtki beradi; Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchincidan – kutishni manbasi bo‟ladi.
“Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo‟lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o‟zini kelib chiqishiga ko‟ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo‟yicha hisoblash mumkin. Yoshlikda o‟z-o‟zini baholash tashqi baholar ta‟sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o‟ziga nisbatan munosabatga aylanadi.
O‟z-o‟zini baholash shaxsning markaziy tushunchalariga, ularning mag‟ziga taalluqli. U ko‟p jihatdan shaxsning ijtimoiy moslashuvini belgilaydi, fe‟l-atvor va faoliyat regulyatori hisoblanadi. Albatta, shuni ham unitmaslik kerak, o‟z-o‟ziga baho berish avvalo-boshdan shaxsga xos obyektiv tushuncha emas.O‟z-o‟ziga baho berishning shakllanishi ijtimoiylashuv jarayonida, faoliyat va shaxslararo aloqalar jarayonida sodir bo‟ladi. Sotsium ko‟p jihatdan shaxsning o‟z-o‟ziga baho berishiga tasir ko‟rsatadi. Insonning o‟z-o‟ziga munosabati insonning dunyoga bo‟lgan munosabati tizimidagi eng kechki xulosa hisoblanadi. Ammo shunga qaramasdan (balki aynan shu tufaylidir), shaxsning munosabatlari strukturasida o‟z-o‟ziga baho berish muhum o‟rin egallaydi.
O‟z-o‟ziga baho berish to‟g‟ridan to‟g‟ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog‟liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o‟ziga-o‟zi baho berish haqidagi bugungi ma‟lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o‟smirning asotsial va delinkvent fe‟li va o‟ziga-o‟zi baho berishning o‟zaro bog‟liqligi haqida tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o‟z-o‟ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko‟ra, o‟smir – delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o‟ziga-o‟zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog‟liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog‟liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma‟lum shart – sharoitlarda delingvent fe‟l-atvorning namoyon bo‟lishiga olib keladi.
Shu bilan birga eksperimental ma‟lumotlarga asoslangan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud.Ushbu nuqtayi nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o‟ziga-o‟zi baho berish darajasi boshqa o‟smirlarga nisbatan pasroq. Teskari natijalar olingan tadqiqotlarning ko‟pchiligi esa, ushbu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, metodik nuqtai nazardan to‟g‟ri emasdir. Bir qator tadqiqotlarda ko‟rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o‟smirlar bilan shug‟ullanuvchi jmoat tashkilotlari e‟tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir.
Ushbu yo‟nalishdagi ishlarda ko‟rsatilganidek, yomon
“Men” konsepsiyasi (o‟ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo‟rqish, o‟z-o‟ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe‟l-atvorning buzilishiga olib keladi.Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta‟sirlari ajratib ko‟rsatiladi. (X.Remshmidt):
1. O‟z-o‟ziga bo‟lgan hurmatning pasayishi va ko‟pincha buning oqibatida ijtimoiy tanazzul, agressivlik va jinoyatchilik.
2. Qiyin vaziyatlarda konformistik reaksiyalar stimulyatsiyasi bo‟lib, bunday yosh odamlar guruhlarning ta‟siriga juda tez tushadi va jinoiy hatti-xarakatlarga kirishib ketadi.
3. Idrokdagi chuqur o‟zgarishlar o‟zini salbiy baholaydigan yosh insonlar yaxshi ishlar bajarayotganini bazo‟r idrok etadi, chunki o‟zini bunday ishlarga qodir emasdeb hisoblaydi.
Umuman olganda, qayd etib o‟tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o‟smir qonunbuzarning o‟ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma‟lumotlarda ma‟lum qarama-qarshiliklar ko‟zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo‟lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo‟lgan ehtiyoj dolzarblashadi.
Ko‟rib chiqilayotgan muammoga va hosil bo‟lgan qarama-qarshilikka boshqa konseptual pozitsiyalaridan ham qarasa bo‟ladi. Taxmin qilish mumkinki, o‟smir qonunbuzarlarning o‟z-o‟ziga baho berish muammosida eng asosiy narsa yuqorilik yoki pastlik emas, balki ularning o‟z bahosi sotsiumning bahosi bilan qarama-qarshiligi, tashqi bahoga (ota-onalar, pedagoglar,sinf) mos emasligidir. Bu jihatdan baho xar doim shaxsiy bahodan pastroqdir (agar u tog‟ri bo‟lsa ham).O‟smirning delinkventlikka, asotsial fe‟liga turtki mana shunda ko‟rinadi. Hurmatga tan olinishga ehtiyoj shaxsining eng muhim ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ayrim shaxs konsepsiyalarda u asos, fundamental ehtiyojlarga kiritiladi (masalan: A.Maslouda). Bu ehtiyojning amalga oshishining tuzilishiga umumiy adaptatsion sindrom konsepsiyasi muallifi G.Sele tomonidan muhim omil, distress sifatida qaraladi. Shu bilan bog‟liq ravishda u qayd etib o‟tadiki, inson tan olinishiga ehtiyojmand, u doimiy dakkilarni ko‟tara olmaydi, chunki bu mehnatini

boshqa stresslarga nisbatan og‟ir va mashaqqatli qilishadi. Shubhasiz, yuqorida aytilganlarning bari nafaqat o‟smirlarga, balki kattalarga ham to‟g‟ri keladi, ammo o‟smirlik yoshi bilan bog‟liq o‟zlik inqirozi va uning og‟ir kechishini e‟tiborga olsak, o‟smirlarga ko‟proq xos.


O‟smirning shaxsiy bahosi sotsiumda asos topmagan vaziyatda, boshqalar unga doimiy past baho berganda, fundamental ehtiyojlardan biri bo‟lmish hurmatga bo‟lgan ehtiyoj doimiy to‟sqinlikka uchrasa, shaxsiy discomfort hissi keskin kuchayadi. Shaxs doimiy ravishda o‟tkir discomfort va distress holatida bo‟la olmaydi, o‟smir vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo‟llarini qidiradi. Uning o‟z-o‟ziga bergan bahosi ijtimoiy makonda o‟z tasdig‟ini topishi kerak. Ushbu muammoni yechishning keng tarqalgan usullaridan biri o‟smirning atrofidagilarning bahosi shaxsiy bahoga mos keladigan va xatto undan oshadigan guruhga o‟tishidir. Ushbu guruhda o‟smirlarni qadirlashadi (bu doimiy ravishda og‟zaki va noog‟zaki tasdiqlanadi), bu hurmatga bo‟lgan ehtiyojning qondirilishiga, bundan kelib chiqqan xolda, qoniqishga, ushbu guruh ichidagi comfort holatiga olib keladi. Shunday qilib, o‟smirning o‟ziga bergan bahosi shaxsning tashqi ijtimoiy baholari makonida adekvat tayanchga ega bo‟ladi.O‟smir o‟tgan guruh ko‟pincha turli orientatsiyaga, turlicha qadriyatlarga ega bo‟lishi mumkin.Afsuski, o‟smir o‟ziga kerakli ijtimoiy tayanchni topgan yangi noformal guruhda juda ko‟p hollarda konrtnormativ qadriyatlar shkalasi ustunlik qiladi.Tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, qadriyatlarning kontnormativligi o‟smir-delinkventlar guruhining xarakterli jihati hisoblanadi.
Lekin tashqi va ichki baho o‟rtasidagi ziddiyatni xal qilishning tasvirlangan usuli salbiy oqibatlarga olib kelmasligi ham mumkin. Bu o‟smir normativqadriyatlar shkalasiga yo‟naltirilgan noformal guruhga kirgan holatda ro‟y beradi.
Ushbu mexanizm yoki konsepsiya nega ota-onalar vapedagoglarning o‟smirni “yomon” jamoadan chiqarib olishga bo‟lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchrashini tushintirib beradi. Mohiyatan, bunday urinishlar avvalboshdan muvaffaqiyatsizlikka mahkum, chunki ular ortida shaxs uchun salbiy

psixologik oqibat yotadi-o‟smirni yana ijtimoiy tayanchdan mahrum qilishmoqchi, uni inkor qiluvchi (yoki uning o‟zi inkor qiluvchi) guruhga kiritishmoqchi.Ushbu psixologik qarama-qarshilikni yechishni bitta effektiv yo‟li bor. O‟smirni shunchaki bitta guruhdan chiqarib olishga harakat qilmaslik kerak, balki unga ushbu asotsial guruh o‟rniga boshqasini-prosotsial orentatsiyaga ega bo‟lganini ko‟rsatish kerak. Ushbu yangi guruh o‟smirlarning shaxsiy bahosiga adekvat baho berish, va o‟smir unda shaxsga nisbatan ijtimoiy baho sifatidagi adekvat ijtimoiy tayanch topishi kerakligini eslatib o‟tish shart emas.


Yuqorida ko‟rib chiqilgan yondoshuv nega o‟smir biror asotsial guruhda juda past daraja egallasa ham, unga maxkam bog‟langanligi kabi parodaksal faktlarni ham tushuntirib beradi.Bunday holatlarda, darhaqiqat, shaxsning ushbu guruhga o‟tishi shaxsning bahosi o‟sishiga olib kelmaydi.Lekin bunday holatda asotsial guruhga tegishlilik o‟z bahosining tashqi tasdig‟ini guruhga kirmagan o‟smirlar hisobidan qidirishiga yordam beradi. Quyidagi modelini ishlaydi: guruh ichida – “itning keying oyog‟i”, lekin chetdagi o‟smirlar uchun “avtoritet”.
Darhaqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jumali bosh muharririning savollariga bergan javoblarida «g'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan flkriarini oila taitnyasining metodologik asosi sifatida qabul qilish zarur.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyoriash Milliy dasturi», «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunni ham oila islhtirokjsiz amalga oshishi mumkin emas. Hayotfting o'zi ta'lim tizimi oldiga yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida barkamol qilib shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog, jamoatchilik oldiga qo'ymoqda. Shuning uchun respub- likamiz fuqarolari oldida turgan endigi vazifa ta'lim-tarbiya tarixini oila davrasida qunt bilan o'rganish, unda olg'a surilgan ilg'or g'oyalardan bahramand bo'lishdir. Chunki o'zbek diyorida dunyo ilm-fan xazinasiga beadad ulush qo'shgan al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ahmad Faig'oniy, al- Forobiy, ibn Sino, az-Zamahshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy kabi allomalar zamonlar yashab ijod etganlar. Ular qoldirgan madaniy merosni o'rganish har bir oila a'zosi uchun ham farz, ham qarzdir.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlab aytganlarjdek, «Biz osib kelayqtgan yosh avlod ta'lim- tarbiyasini, ularning zamonaviy ilg'or bilimlarga ega bo'lgan holda ulug' bobokalonlarimiz merosiga munosib bo'lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi, deb bilamiz».
Bunda esa inson ulg'ayishida asosiy davr bo'lgan o'smirlikdagi tarbiya hal qiluvchi ahamiyat. kasb etadi. Bu pallada uning ichki dunyosi o'ziga xos xislatlari shakllanadi. Bu davrda ota-ona, ustozlar ular tarbiyasi bilan uzviy ravishda shug'ullanishlari lozim. Ularning salomatligiga ham alohida diqqat-e'tibor zarur. Sbupi ham unutmaslik kerakki, kamolotga eltuvchi yo'l ma'rifet, shunga yarasha gayrat-shijoatdir. Har bir xalq har bir
avlodning barkamollik darajasi pirovard natijada shu xalq istiqbolini, taraqqiyoti ya taqdirini hal etadi.
Ma'naviy va jismomy barkamol aylojdni tarbiyalash rr: faqat milliy ehtiyojgina emas, balki ijipumdavlat ahamiyatiga molik masala — ko'p millatli Vatanimizda tug'ilib o'sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu murod maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy qadriyallar, boy ma'naviy merosimizning eng yaxshi an'ana- lari hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlar birlashadi, tarbiyaning qudratli omiiiga aylanadi. Xalqimiz irsiyatini boyitish, ma'naviy va jismoniy sogiom avlodni tarbiyalash jarayonida oila, davlat va jamiyatning mushtarak muddaosi bo'lmish komil inson shaxsi — XXI asr odami shakllanadi. Tarixchilarning yozishicha, Temurbek bolalik va yoshlik chog'laridayoq, bugungi kun tiU bilan aytganda, harbiy-sport o'yinlari va mashg'ulotlari bilan jiddiy shug'ullanib, badanini va ruhini chiniqtiigan. Agar jismoniy tarbiyani otasiga xizmat qilgan maxsus navkar-murabbiylandan olgan bo'lsa, ruhniy tarbiyani otasining pin bo'lmish Shayx Shamsiddin Kulol dargohida egallagan BolaUgidayoq o'zini buyuk ishlarga hozirlagan Amir Temur farzandlari va nabiralarining taibiyasini ham bir lahza bo'lsada, nazaridan qochirmadi. Ulug' hukmdor o'z o'g'illari va nabiralariga eng avval jangu jadal mashaqqatlariga chidam berishga qodir kuch-quvvat va jasorat, shuningdek, saltanatni boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi bo'lish- larini talab etardi. Amir Temur o'z davrining ma'rifatU kishisi, o'gmishning ma'naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog'lomlik faqat jismoniy kuch-quvvat emas, balki oliyjanob insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq, ekanligini itam yaxshi anglagan. U barloslaming ukig' amiriaridan bo'lmish padari buzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta'biri bilan aytganda, «ulamo va sulaho va mutafakkiriarga mushfiq va meh- ribon» Muhammad Tarag'aydan olgan saboqlarni bir umr unutmadi. Muhammad Tarag'ay o'z farzandini mardlik va farosatlik, qattiqqo'llik va mehr-oqibat ruhida voyaga yetkazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo'lsa, bu sharafga mana shu yuksak taibiya oqibatida erishgan.
Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujassam bo'lishini istardi. Eng ayvalo, insonparvariik, so'ng mushohadalik va nihoyat, oqibatiik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy bo'lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina jangu jadalda xatoga yo'l
qo'ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo'lsa-yu, insonparvar bo'lmasa, jismonan baquvvat bo'lsa-yu, mushoxadalik bo'lmasa, dono bo'lsa-yu, bosiqlik bo'lmasa, unday odam коmil inson bo'lolmaydi, unday odam boshqalarni ham, o'ziniyam halok etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, u albatta yengadi. «Siyosatda maslahaat, mulohazakorlik, o'ylab ish qilish kuchidan o'n каrrа foydaliroqdir», deb ta'kidlaydi ulug’ Sohibqiron.
Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday fazilatlarga ega bo'lish bilan bog'liq istaklarini bilish uchun, avvalo, «Temur tuzuklarini varaqlaylik. Uning dastlabki sahiialaridayeq shunday fikrni uqish mumkin: «Tajribamda ko'riigankim, ishbtiatmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbireiz, loqayd kishilardan yaxshidir*. Bu Mkmatda bobomizning sog'lom va fevvnil insotl xususidagi tushunchasi, ya'ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga cga insongina mamlakat tayanchi bo'la ofcadi, degari mushohadasi mujassamlashgan «Mening farzandlarim tantiq bo'lmasliklari kerak! — derdi Amir Temur. — Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo'lsin. Arg'umoq ila qilich uiarning jonajon do'sti, mardlik ularga ustoz bo'lsin!»
Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tar- biyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo'lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxomm, xon avlodi bo'lgan, murg'aklikdan hukmfarmonlik va bahodirlikdan saboq olgan — Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safandayam, jangu jadaldayam va dofol- laltanatdayam hukmdorga hamroh, bo'lardi.
Yetti iqlimdan yig'ilgan san'at va adabiyot ahli tufayli dorulsaltanat Samarqand havosida she'r va musiqa nafasi hukmron edi. Mana shu muhit, malika rahbarligidagi mual- limlar sabog'ini olgan shahzodaiar she'r va san'atgayaqin kishilar bo'lib voyagayetdilar. Xaziat Navoiy«o'z asatida yigirma ikki temuriy shadzoda (НаШ Sulton, Mirzo Ulug'bek, Boysunqormirzo, Abukjoeim Bobur, Sulton Mas'ud Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boyqaro va boshqalar) she'r va mueiqaga oshno bo'lgani tilgaohnadi.
O'rta Osiyoda ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini o'rgangan har bir fuqaro o'zining bilim saviyasi, dunyo- qarashini o'stiribgina qolmasdan, balki o'zligini anglashga, haqiqiy vatanparvar bo'lib shakllanishga muyassar bo'lishi tabiiydir. Mana hozir mahallalarga juda katta e'tibor berilyapti. Mahallada hamma bir-birini biladi, bir-biriga ko'z-quloq, bo'lib yashaydi: Keksa oqsoqollar, bama'ni odamlarning yoshlaiga ta'siri hammamizga ma'lum. Har bir mahallada shunday odamlar borki, ularsiz na to'y, na ma'raka o'tadi. Shunday voqealarning guvohi ham bo'lamiz. Hatto janjal- lashib yoki kelisholmay turgan qo'ni-qo'shnilar «falonchi aka kelyapti» yoki «falonchi akani chaqirib kelish kerak» deyilsa, o'z-o'zidan jimib qolishadi. Shu ma'noda oiladagi keksa ota- onaning fayzi beqiyos ekanligini ta'kidlash lozim. Bir necha oila bo'lib, bir qozondan ovqatlanish, ota-ona izmidan borib kam bo'lmagan farzandlar sonsiz-sanoqsiz. Lekin oxirgi paytlarda bitta otasi yoki onasini chiqishtirmagan, ularning «ortiqchaligi» sezilib qolayotgan oilalar uchramoqda, keksa ota yoki onaning ko'zi tirikligida uyga ajoyib bir tarovat tarqatib turishini faqat ulardan judo bo'lgandan keyingina his qilinadi.
Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson muommosi yechimi oilada, maktbda va maktabdan tashqari muassasalarda beriladigan ta’lim- tarbiyasining mazmuni tizimli ravishda ma’lum bir kospesiyaga mujassamlashtirilgan. Konsepsiya tushunchasi har bir pedagogik texnologiya, falsafa, psixologiya, didaktik ta’lim maqsadlariga erishishning ijtimoiy- pedagogik dalillarni o’z ichiga oladigan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishdir. Konsepsiya- maqsadga yetishishning xomaki rejasi mazkur sohada mavjud qonuniyatlar bilan asoslab berilgan bosqich konsepsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining muhim tomoni, sinfdan va maktabdan tashqri ishlarni samarali tashkil qilisshdir. Sinifdan va maktabdan tshqari tarbiyaviy konsepsiya o’qituvchilar faoliyatini yuksak saviyada tashkil etish uchun dasturulamaldir.
Tarbiyaning asosiy ahamyati
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’lga ega bo’lishi xalq xo’jaligining turli sohalarida jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan barkamol avlod yuksak tarbiyasi konsepsiyasini yaratish zaruriyati paydo bo’ldi. Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI olimlari, Respublika Ta’lim markazi mutaxasislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari hamda keng jamoatchilik fikrini inobatga olib tayyorlangan. Konsepsiyada tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari maqsad va vazifalari yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy, tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

T. har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.

T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T. faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning T.si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.

Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.



Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T. va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. T.ning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Buning uchun: yoshlarni erkin fikirlashga tayyorlash, o’zini o’zi idora qila bilishni shakillantirish o’quvchilarni Vatanning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali milliy g’urur hissini tarbiyalash; o’quvchilarning bilimdonligi va ijodiy imkoniyatlarini anglab rivojlantirish. Insonparvarlik odobi me’yorlarni shakillantirish;  Vatanparvarlik, dunyoviy fikirlash, millatlar aro totuvlik, samimiy munosababda bo’lish;  Shaxsni qadirlash, fuqorolikni ijtimoiy ma’suliyatni shakllantirish;  Mustaqil davlatimizni ko’z qorachig’idek asrash va uning istiqloli, istiqboli uchun sodiqlik ko’rsatish; O’quvchilarda mehnat sevarlik, sog’lom turmush tarzini yaratish, erkin fikr egasi qilib tarbiyalash- tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning muhim vazifalaridir. (Hasanboyev Va boshqalar “Pedagogika” fanidan izohli lug’at. T., 2009,234bet)
Tarbiyaning asosiy tizimi:  Tarbiya-tarbiyalanuvchi shaxsni oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit qizning betakror, o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;  Yoshlarda istak va imkoniyat tuyg’usini muvaffaqiyatli qaror toptirish; 
Milliylikning o’ziga xosligi va ana’nalari va vositalariga tayinlash;  Shaxslar aro munosabatlarda insonparlik pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida bir biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatlarda bo’lish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarini o’quv-tarbiya jarayononi to’ldiradi.
U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini tashabbuskorligini oshirishga imkon yaratadi. Konsepsiada vatanparvar va komil inson tarbiyasida alohida etibior qartiladi. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasida fuqorolar birligi millatlararo hamkorlik, yosh va mustaqil mamlaktimizning asosiy negizidir.
Respublikamizning mustaqil davlat sifatida shakllanish jarayonida yosh avlodni jamiat yangilanishining mohiyatini va zarurligini tushunib yetadigan, o’zi uchun, o’zi yashab turgan o’lkaning gullab yashnashi uchun, ining taqdiri uchun, o’ziga davlar va millat vakillari bilan do’st-birodarlikni mustahkamlash uchun javobgarlikni his qiladigan darajada tarbiyalash. Vatanparvarlik- mustaqil O’zbekiston uchun yanada kengroq ma’no mazmunga ega so’z bo’lib qoldi.
Hozirgi kunda vatanparvar bo’lish- bu iqtisodiyotimizni, mudofamizni, barcha millat vakillarining do’stona munosabatini o’z bilimi, fidokorana mehnati, a’lo o’qishi bilan mustahkamlashdan iborat.
Har bir o’quvchi Vatan muvaffaqiyatida o’zining shaxsiy burchi burchi mas’uliyatli vazifalari borligini to’la idrok etsinb. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o’quvchilar respublika mustaqilligi sharoitida uning muommolarini o’zinikidekqabul qiladigan bo’lsin.
Uning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadarVatanga foyda keltiradigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Bugungi kunda olib ko’zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy- ijtimoiy madaniy sohalardagi tub o’zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini anglab yetsin.
Baynalminal tarbiya bizning respublikamiz o’z moxiyati bilan baynalminaldir.
Shuning uchun yoshlarda baynalminalchilik, xalqlar do’stiligi xislarini tarbiyalab boorish muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarning baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do’stona xis–tuygular uygotish, turli xalqlar hayotiga qiziqish xissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday xis tuygularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammalashib boradi. O’quvchilarning baynalmilalchilik xis tuygulari asosini shakllantirishda avvaliga ayrim jumhurriyatlarda yashaydigan har bir millat shakllari bilan uchrashuvlar oztkazish, ular bilan yozishmalar olib boorish, maxsus mashg’ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati tabati to’g’risidagi adabiyotlarni o’qib berishz suhbat o’tkazish, rasmlarni ko’rasatish, difilmlarni namoyish qilish, millat bolalari hayoti to’grisidagi, turli millat kishilarining mehnati va turmushi haqidagi hikoyalrdan o’qib berish orqali shakllanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyanviy ishlarni tashkil qilish konsepsiyasiga barkamol avlodga xos axloqiy sifatlarni tarbiyalashda aloxida etibor qaratilgan. Huquqiy tarbiyaga oid quyidagi bilimlarga ega bo’lish lozim; O’zbekiston respublikasi Prezidenti, Oliy majlis senati, Prezident devoni, Vazirlar mahkamasi, Oliy majlis qonunchilik palatasi va boshqa davlat boshqaruv organlarining mohiyati va ahamiyati huquqiy maqomlarining kishilar kundalik hayotida kerakligi; O’zbekiston Respublikasi qonunlarining muhofaza qilish muassasalarining tashkiliy tuzilishi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Bolalar huquqlari konvensiylari haqida bilimlarga ega bo’lish kerak. Konsepsiyada iqtisodiy. ekologik, estetik, jismoniy, mehnatsevarlik tarbiyalarning mazmuni mohiyati sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayoni foydalanish chora tadbirlari haqida bilim beriladi. Konsepsiyada; Iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash va tarbiyalash;  Mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;  Maktabda o’quvchilarning o’zini –o’zi boshqarish kabi bilimlarni moxiyati va mazmuni berilgan. Sinfdan va maktabdan tashqri tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi amalg oshirishda, quyidagi vazifalarni bajarish muhimdir. Bu masalaga olimlardan J.Hasanboyev, X.To’raqulov, I. Asqarov, N. Usmonova ‘’pedagogika’’ darsligida tarbiya jarayonoining moxiyati va vazifalarida quyidagilarga e’tibor berishgan;  Tarbiyada yaxlit yondashuv orqali axloqiy, goyaviy, estetik, jismoniy, iqtisodiy tarbiyaning birligi va uning uzviy ravishda amalga oshirish  Ijtimoiy tarbiyani tashkil etis jarayoni;  Yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ulardan keng dunyoqarashni tarkib toptirish;  Milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo’lish;  Axloq me’yorlarini anglash, o’zaro hurmat va adolatli bo’lish;  Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish maqsadning aniqligi.
Barkamol shaxs tarbiyasida zamonaviy talablar asosida yondashuv. Ular:  O’qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatning eng yaxshi namunasini izohlash. Kattalar hayoti tajribalari va shaxsiy namunalari orqali tasir ko’rsatish;  O’zini o’zi anglash, tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashalar hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga olib keladi.
Tarbiya jarayonida ixtiyoriylik.
Tarbiyalanuvchilarda iroda, erkinliksiz tarbiya g’oyalarni qaror toptirish mumkin emas.
Tarbiya jarayoni agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o’zida o’qituvchi va o’qituvchi ma’naviyati boyitilsa bolaga faoliyat jarayonida istak va xoxish shakllariga keng o’rin berilsa, o’ylagan maqsadga erishish mumkin. Jamoatchilik bilan hamjihatlikda tarbiyaviy mashgulotlar ijobiy ta’sir etishi konsepsiyada qo’yilgan vazifalarni bajarishga shart sharoitlar yaratadi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning
qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: – pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish; – ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy havaskorlik to’garagi.
O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi.
Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; – o’quvchilarning sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish; – sinfdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish; – umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; – o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin: – tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish; – tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; –tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash; – sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar. 3. Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim. O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq.
Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-targ’ibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, maqsad va vazifaaari. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do’stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o’zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan muhitdan himoya qilish. Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: – yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg’otish; – o’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; – har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
– insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg’onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo’lanishi lozim. – vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish, o’z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lib turish, O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O’zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; – qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya; – mustaqil davlatimiz – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak; – turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish; – sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish; – yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim : – tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish; – yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish; – milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish, Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim. O’smir yigit va qizlar nafaqat bo’lg’usi katta hayotga tayyorgarlik ko’radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 2. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo’yilgan pedagogik talablar
Ijtimoiy muxitning o’quvchi shaxsi rivojlanishiga ta’siri
Bola kamolotida ijtimoiy muxit ham muhimdir. CHunki ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga alohida ta’sir qiladi. Ijtimoiy aloqa, ya’ni insonlararo o’zaro munosabat natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta’siri turli tarixiy davrda (formatsiyalarda) turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlicha ta’sir etadi. SHunday ekan, hozirgi zamon pedagogika fani muhitga,
uning inson rivojlanishidag’i ta’sirining roliga alohida e’tibor beradi. Muhit tushunchasiga kiradigan ijtimoiy hayot voqealarining shaxsga ta’siri g’oyat muhim ekanligini ko’rsatadi va ijtimoiy muhit abadiy emas, o’zgaruvchan deb qaraydi. SHuning uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo uning ta’siri ham rad etilmaydi. Tarbiya muhit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi.
Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachi rahbarligida muntazam amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Inson kamoloti irsiyat yo’li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay, balki butun hayoti davrida uni qurshab olgan voqelik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan ham belgilanadi. SHubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga, uning badani tuzilishiga ta’sir eta olmaydi, lekin jismoniy taraqqiyotga ta’sir etishi mumkin. CHunki maxsus tashkil etilgam jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanishi mumkin.
Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish, uni qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Mamlakatimizda bolalar To`g`risida, onalar haqida g`amxo`rlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. "Jamiki yaxshi narsalar-bolalarga" shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma'lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o`qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko`rsatishi tabiiy holdir. Oila a'zolarining ma'naviy birligi yoshlami har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustaxkam boglamayturib, tarbiya sohasidagi butun ishlami muvaffaqiyatli amalga oshirib bo`lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o`rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o`quv-chilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur. Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko`rsatayotgan ko`rinmas ta'sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To`g`ri, bunda ijtimoiy tarbiyaning o`mini inkor etib bo`lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ulaming monolit birligiga, o`zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o`ziga xos ibtidoiy guruh bo`lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga
asoslanadi. Ta'kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Masalan, yasli, boo`chalarga bormay, faqat oilada o`sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida o`z tengqurlari ichida ko`p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma'naviy g`amxo`rligini, ko`rsatayotgan tarbiyasini yasli, boo`cha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli, boo`cha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo`lmaydi. Faqat o`zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi. Lekin o`zining xususiyatlari va takrorlanmas ta'siri bilan oila bola tarbiyasida muhim omilliligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdayoq bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-uruo`lariga bo`Igan issiyotlari shakllanadi. Bolaning otasiga bo`lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo`yishda asos bo`ladi. Onaga bo`lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o`z oilasiga, xotini, farzandlariga bo`lgan munosabatlarda o`z aksini topadi. Ikkinchi tomondan bolalar ham o`z ota-onalariga ta'sir ko`rsatadilar. Oilaviy aloqalarning, oilaviy qiziqish, ma'naviy qoniqish hislarining takomillashiga sabab bo`ladilar.
Ota-onalarning o`ziga va bolalariga bo`lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o`zaro munosabatlari, do`stona muhit, ishonch va o`zaro bir-birlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridir. Bunday biriikning ruyobga chiqishida, eng avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim rol o`ynaydi. Chunki ota-onalarning faolligi oilaviy hayotda o`z ifodasini topadi. Shu ma'noda bolalar o`z ota-onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o`z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, jur'atlarini joyiga qo`yadilar. Bolalar ulo`aya boshlasbi bilanoq o`z ota-onalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o`rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq bilganlari ma'qul. Ota-ona qanday ishda bo`lmasin, uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo`lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik
ma'lum darajada maktabga yuklanadi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan To`g`ri bo`lishini ta'minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta'sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o`rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid taro`ibotning, roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy tarbiyani yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy taro`ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta'sir ko`rsatish eng maqbul yo`ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o`zi murakkab jarayon bo`lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-uruo`lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo`lib, ishlab chiqarish va yor-u do`stlarining ma'naviy hayotlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san'atga, oilaviy majburiyatlarga bo`lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalaming ko`chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o`z ota-onalariga baho beradilar. To`plangan tajribalarini boo`cha, maktabdagi o`rtoqlari bilan muhokama qiladilar va hokazo. Uchinchidan, o`zbek oilalari, ularning hayot tarzi jumhuriyatimizdagi ulkan ijtimoiy voqealar natijasida sifat jihatidan o`zgarishlarga uchramoqda. Shu sababli hozirgi kunda oilaviy tarbiyada sifat va mazmun jihatidan o`zgarishlar qilish uchun yangi samarador yo`l va usullar qidirilmoqda. O`zbek oilalarining bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo`lib, ko`plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta'minlangan. Ota-onalar eng kamida o`rta: ma'lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid-madaniyati, ijtimoiy intiiishlari va talablari, bolalar
tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayotiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil qilgan ishonch va e'tiqodlari, oiladagi o`ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta'sir ko`rsatadi. Ko`plab o`zbek qishloq oilalarida ma'lum darajada (bolalar tarbiyasi yuzasidan jamoatchilik yordami mavjudligiga qaramasdan) tarbiyaviy kuchlarning bir butunligiga erishilmagan, o`zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi haqida ma'lumot yetarli emas. o`qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining o`tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta'minlaydi, deb o`ytashadi. To`g`ri, ota-onalar majlisi ham hamkorlikni ta'minlashning eng muhim omillaridan hisoblanadi, lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo`lishi lozim. Demak, maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. o`z o`qituvchilar jamoasini uyushtira olgan jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo`naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma'muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo`lga kirita oladi. Bunday maktablar esa o`z atrofidagi jamoa va davlat xo`jaliklari, otaliqqa olgan korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, o`quvchilarning maktabdan bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi oo`ir bolalarni o`z nazoratlariga olmoqdalar. Bunday xayrli ishlarda ko`plab ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo`lib o`quvchilar tarbiyasi yuzasidan o`qituvchilar jamoasi bilan bamaslahat ish olib borishmoqda. Lekin, ko`plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayyor emasliklari, ularga ta'sir etuvchi turli omillardan bexabarliklari; bola kamolotining murakkab tomonlarini bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko`plab ko`ngilsiz voqealar ham sodir bo`lmoqda. Bunday salbiy omillar o`o`il yoki qizlarning maktabdagi ta'lim-tarbiyasigayomon ta'sir ko`rsatmoqda. Voyaga yetmagan yoshlar orasida qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va ularning kelajaklari haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas'uliyatni his qilmayaptilar. Ota-onalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular
farzandlari 15-16 yoshga yetgandagina "o`giim yoki qizim yuqori sinfda o`qimoqda. Kelajakda qayerga yuborsam ekan? Qayerda o`qitsam ekan?" degan fikrga boradilar. Imkoni boricha, tanish-bilish orqali o`zlari uchun ma'qul dargohga o`qishga yoki ishga joylashtirmoqchi bo`ladilar. Ular bolalarining qobiliyatiga ham, qiziqishiga ham, xohishiga ham e'tibor bermaydilar. Bunday holat ota-onalarning tarbiya masalasida aniq maqsad va dasrurlari yo`qligi oqibatida sodir bo`ladi. O`rni kelganda shuni alohida ta'kidlash kerakki, ayrim maktab o`qituvchilari orasida o`z ishiga mas'uliyatsizlik bilan muno-sabatda bo`luvchi shaxslar ham yo`q emas. Ularning eng yomon xatolaridan biri tarbiyaga oid barcha kamchiliklarni ota-onalar zimmasiga yuklab qo`yib, o`zlari esa kuzatuvchi bo`lib qolishlaridir. O`qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta'minlay olmaydi. Bu o`rinda tarbiyachining o`zini tarbiyalash lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. o`ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o`quvchilarda mustaqil fikrlash va harakat qilish, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida ularga qat'iy talablar qo`yish uchun ma'naviy huquqqa ega bo`ladi. Ayrim maktablarida ota-onalarni ma'lum guruhlarga bo`lib majlislarga chaqirish joriy etilmoqda. Masalan, yosh va kam tajribali oilalami alohida, noto`liq oilalarni, ko`p bolali oilalarni alohida-alohida chaqirib, ular bilan ishlash yo`llari belgilanmoqda. Ba'zan ota-onalar bolalarining "Uy vazifalariga yordam berish kerakmi?" degan savolni berishadi. Bunga daf atan "Ha" yoki-"yo`q" deb javob berish ham noo`rin. Gap shundaki, uyga berilgan topshiriqlar bolalaming mustaqil ishlari bo`lib, ularning fikrlash faolligini ta'minlashni maqsad qilib qo`yadi. o`quvchilarning u yoki bu o`quv materiallari bilan amalda tanishishlari, tegishli xulosa chiqarishlari nazarda tutiladi. Shu sababli uy vazifalarini bolalarining ishtirokisiz o`zlari yechib bermasdan, balki uni yechishda tarbiyaviy rahbarlik qilishlari, fikrlash uchun imkoniyat yaratishlafi lozim. Ba'zan shunday holatlar uchraydiki, ota-onalar bolalarini o`qitayotgan o`qituvchilarni, tarbiyachilami tanimay-dilar, bilmaydilar. Bolalari bo`sh vaqtlarini qayerda, kim bilan
o`tkazishidan bexabar bo`ladiiar. Ba'zan esa, o`qituvchilarning talablari, iltimos-istaklariga ters javob beruvchi, teskarisini bajaruvchi ota-onalarni ham uchratish mumkin. Maktabga tez-tez borib tumvchi ota-onalarning faoliyati maqtovga sazovordir. Chunki o`qituvchilar bilan bo`lgan uchrashuvlar, bolalari yuzasidan bildirgan fikrlar o`z navbatida ota-onalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, ular bolalari qayerda, kim bilan yuradi, ulaming do`stlari kim va qanday fanlarga qiziqishlarini bilib oladilar, nazorat qilish imkoniyati ortadi. Maktabni oila bilan boo`lovchi vosita - bu o`quvchilardir. o`quvchilar bilan ishlash, ulaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta'minlash orqali ota-onalarga ta'sir ko`rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta'minlovchi, ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolami jamoa bo`lib hal etish kabilaming rolini inkor etib boimaydi. Jumladan, "Bolangizning qanday o`qishini bilasizmi?", "Bolalarimiz odobi haqida suhbatlashaylik", "Mustaqil hayot bo`sao`asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o`z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayo`urishlariga sabab bo`ladi. Majlisda faol ota-onalarning ishtiroki va o`z tajribalarini batafsil bayon etishlari ko`plab ota-onalar oldida turgan murakkab vazifalarning ijobiy hal etilishiga olib keladi. Albatta, buning uchun o`qituvchilar jamoalari, sinf rahbarlari majlis o`tkazish uchun asosli tayyorgarlik ko`rishlari, qachon va qanday holda majlis o`tkazish va undan ko`zlangan maqsad rejalarini mukammal ishlab chiqishlari, to`plangan tajribalarni tahlil qilish, ota-onalardan kimlar so`zga chiqishi haqida kelishib olishlari lozim. Ana shundagina majlisning tarbiyaviy samaradorligi ta'minlanadi. Ota-onalarning tarbiyaga oid bilimini oshirish uchun jonli, hayotiy mavzularda qiziqarli ma'ruza, suhbatlar tashkil etish tavsiya etiladi. Bunda oilaning o`zaro munosabatlari, oilaviy tarbiyada o`qituvchining tutgan o`mi, ularga ta'sir etish va boshqa sifatlami chuqur tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotiy bo`lmagan misollar, umumlashtirishlar, quruq ma'ruzalar hech qanday samara bermasligini hamma tushunadi. Maktab va oila hamkorligidagi ishlarda qo`shimcha uslublardan ham foydalanish yaxshi natija beradi. Jumladan, tashkilotchilaming ota-onalarning o`zlari o`z xatti-harakatlarini, xulq-odoblarini tanqidiy baho-lashlari, ma'qullash va
muhokama yuritish metodlami qo`lla-shdagi shaxsiy ta'simi hisobga olish nihoyatda muhimdir. Bunday xatti-harakatlarga doir usullar, odatda, jamoatchilik tomonidan ijobiy baholangan bo`lishi kerak. Chunki kattalar faoliyatining ijobiy yoki salbiy baholanishi ular ko`rsatadigan tarbiyaviy ta'sirning kuchini yo oshiradi, yoki kamaytiradi. Maktablarda ota-onalar bilan ishlashda esga solish, maslahat, taklif, iltimos, talab kabi uslublar ham mavjud bo`lib, ulami o`mi kelganda, o`z vaqtida qo`llash yaxshi samara beradi. Ularni tatbiq etishda nihoyatda nazokatli bo`lish, kishi shaxsini hurmat qilish tavsiya etiladi.
Yuqoridagi mas'uliyatli vazifalarning bajarilishida sinf rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi shu oilaga va ota-onalarga hurmat sifatida baholanadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilashlari, sinf rahbarining o`quvchilar ko`z oldida ota-onalari bilan suhbatiashishlari ularning tarbiyasiga samarali ta'sir ko`rsatadi. Hatto, sinf rahbarining uyga kelishining o`zi ularning qalblarini quvonchga to`ldiradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan suhbatidan keyin o`quvchilar hayotida sezilarli o`zgarishlar yuz beradi, bu ularni xursand qiladi, yanada kuch-o`ayrat sarflashga ilhomlantiradi. Faqat sinf rahbarlari emas, balki fan o`qituvchilarining ham ota-onalar bilan qilayotgan hamkorliklari foydadan holi emas. To`g`ri, hamma sinf rahbarlari yoki fan o`qituvchilari o`quvchilarning uylariga hadeganda borishga imkoniyat topolmaydilar. Bunday paytlarda o`quvchilar kundaliklariga "Bugun o`o`lingiz berilgan savoilarga juda yaxshi javob berdi", "Farhodning odobi yaxshilanmoqda", "Salima dugonalariga o`z xulqi-odobi bilan namuna bo`lmoqda", "Turobjonni odobli qilib tarbiyalayotganingiz uchun sizlarga rahmat" kabi yozuvlarning ham tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kattadir. o`z navbatida, sinf rahbarlari ota-onalar tomonidan bildirilayotgan xabar, tanqidiy fikrlarini vazminlik bilan tinglashlari, muloyimlik bilan eshitishlari va imkoniyat doirasida ijobiy hal etishlari juda muhimdir. Bunday munosabatlarda sinf rahbarlariga ota-onalarni o`z tengqurlaridek do`st tutishlari, "Keling birgalikda o`ylab ko`raylik", "Siz nima deysiz" kabi do`stona savol-javoblar orqali ish tutishlari tavsiya etiladi
Garchand inson kamolotiga ta’sir etadigan omillar bir qancha bo’lsa ham, lekin maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachi rahbarligida amalga oshiriladigan tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. CHunki, birinchidan, tarbiya ta’sirida turli fazilatlar o’zlashtiriladi va bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil qilinadi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish yoki bartaraf qilish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. SHu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rolь o’ynaydi. Inson kamol topishida maktabning ahamiyati katta. Bblalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band bo’ladilar.
Bolalar maktabda fan asoslarini egallash bilan birga, ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. O’qituvchi-tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Tarbiyaviy ishlarni reja asosida tashkil etish, bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchisining oilaviy sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo’lgan oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz emas.
CHunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta’siriga berilib ketishi mumkin. Inson faqat faoliyatda rivojlanadi, undan tashqarida rivojlanish yo’q. Bola juda yoshligidan boshlaboq kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo’ladi. Maktab yoshida bu aloqalar o’qish va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa faoliyat bilan bog’lanadi va bular rivojlanish uchun manba sanaladi.
Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat shaxsning aqliy va irodaviy rivojlanishiga ta’sir etadi. Demak, bola ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham shakli va mazmuni bilan hamohang o’zgarib boraverar ekan.
Masalan, bog’cha yoshida bolalarning asosiy faoliyat turi o’yin bo’lsa, maktab o’quvchisi uchun o’qib, mehnat qilish asosiy faoliyat bo’lib qoladi. Demak, bola hayotida faoliyat turlarining o’zaro munosabati ham o’zgaradi va buning ta’sirida bola kamoloti ham yangi, yuqoriroq bosqichga ko’tariladi.
Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin.
SHunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy kontseptsiyasi inson kamolotiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o’rin beriladi.
U faolligi bilan o’z shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachi tomonidan qo’yiladigan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan natijaga erishiladi.
Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan yana biri bu muhitdir.
Muhit deganda kishiga hayajonli ta’sir etadigan tashqi voqealar majmuasi tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti kiradi. SHular bilan birga muhit-oila sharoiti ham katta ta’sir kuchiga ega. CHunki bola ko’z ochib ota-onasini, qarindosh urug’ini ko’radi. Bola kamolotida ijtimoiy muhit bo’lib hisoblanadi.
CHunki bu yerda ishlab chiqish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar alohida ta’sir qiladi. Bu xil munosabat natijasida odam bolasi hyotga va tajriba va bilimlarini egallaydi. Inson kamolotida ijtimoiy muhitning ta’siri turli tarixiy davrda turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlicha ta’sir etadi.
Bizga ma’lumki komil inson shaxsni tarbiyalashda yuqoridagi omillardan tashqari yana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta hisoblanadi. CHunki jamoa har qanday bola tarbiyasini to’g’ri yo’lga soladi. Masalan, sinf jamoasini oladigan
bo’lsak, agar shu sinfda bir yomon ya’ni xulqi, tarbiyasi jihatdan yomon bulsa, shu sinf jamoasi uni asta-sekinlik bilan o’z ta’sirini albatta o’tkazadi. Ya’ni qanday yo’llar bilan degan savol tug’ilish mumkin.
Masalan, tadbirlar yoki sayohatlar orqali. Komil inson shaxsini tarbiyalashda jamoaning ahamiyati juda katta. Azal-azaldan bizgacha ota-bobolarimizdan qolgan o’lmas maqollarimizdan birini shu o’rinda keltirib o’tmoqchiman; «Aqlni beaqldan o’rgan», ushbu maqol zamirida bir qancha ma’nolar bor. Ya’ni jamoada har xil bolalar bo’lib, ular bir-biriga qarab ham o’zlaridagi yomon xulqlarni yuqotadilar. Bu xislatlar esa ularning komil inson bo’lib tayyorlanayotganidan darak beradi. O’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir.
Bu bolalar va o’smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi, O’z-o’zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi o’quvchilar tomonidan fan va mashg’ulotlarning to’liq o’zlashtirilishiga, biror kasb o’rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo’lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko’maklashadi.
O’z-o’zini boshqarish o’quvchilarni mustaqil hayotga, to’rmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash ma’muriyatga qo’shimcha ta’lim olish uchun o’quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko’maklashadi. O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko’nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g’oyalari bilan ahil, jipslashgan o’quvchilar jamoasini tuzadi. O’quvchilar o’z-o’zini idora qilish tizimi maktab o’quvchilari (jamoasi) tomonidan o’zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o’zlashtirish uchun qulay
sharoitlar yaratadi. Bu to’g’ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo’lga qo’yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg’unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o’z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko’nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo’lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo’shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o’zaro munosabatlarning qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo’llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. Maktabda o’quvchilarning mustaqil faoliyati, barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo’lsagina o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro chuqur hurmat, xayrixoxdik, ishonch bo’lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo’lmasligi kerak.
Barcha o’z-o’zini idora qilish tashkilotlari o’z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so’z va ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag’batlantirilishi e’tiborda bo’lishi kerak. Bunda, albatta, bolalarning Respublika bolalar va o’smirlar uyushmalari bilan hamkorligi katta ahamiyatga egadir.
Xulosa:
O`quvchi shaxsini shakllantirishda oila, maktab hamkorligini amalga oshirish uchun bir qancha uslublardan foydalanish mumkin. Buning uchun avvalo oila va maktabda ta`lim va tarbiya sohasiga e`tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, didektiv ko`rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, maktab hamkorligi faoliyati o`ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo`lishi zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‟zini-o‟zi anglashiga oiladagi ma‟naviy muhit, jumladan, ota-ona va bola munosabatlarining hamda er-xotinlik munosabatlarining hamda er-xotinlik munosabatlarining ta‟sirini o‟rganishga bag‟ishlangan tadqiqotimiz normal va to‟liq oiladagi sog‟lom o‟zaro munosabatlar bolaning shaxs sifatida kamol topishi va o‟zi to‟g‟risida adekvat munosabatda bo‟lishiga bevosita ta‟sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligini tasdiqladi. Zero, davlatimiz rahbari Islom Karimov ta‟kidlaganidek, oiladagi sog‟lom ma‟naviy muhit bolaning har tomonlama barkamol voyaga yetishining muhim omili, shu bilan birga “Oila sog‟lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”.
O‟tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijasida biz bola shaxsi ontogenezining turli bosqichlarda o‟zini-o‟zi anglash jarayoni turlicha kechishi, lekin maktabgacha tarbiya yoshi ushbu bosqichlar orasida o‟ziga xos ahamiyat kasb etuvchi davr ekanligini, bunda turli ijtimoiy institutlar orasida oila va undagi sog‟lom munosabatlar muhitining ahamiyati katta ekanligini asosladik. Bunda oilani tashkil etuvchi asosiy sub‟yektlar – erkak va ayolning ota-onalik hamda er-xotinlik rollari va maqomlari boladagi eng asosiy ijtimoiy tasavvurlar, jumladan, o‟zi haqidagi tasavvurlar va yaxlit “Men” konsepsiyasining shakllanishida alohida o‟ziga xos rol o‟ynashi isbotlandi.
Ya‟ni bolani o‟zini-o‟zi anglash jarayoni, uning rivojlanishi, avvalo, o‟zini-o‟zi anglash subyektlari sifatida ota-onalarning o‟ziga xos xulq-atvoriga bog‟liq bo‟ladi. Ota-onalarning maskulinlik-femininlik darajasi, ularning jinsiy o‟zini-o‟zi anglashi va oilaviy rollari adekvat – mos bajarilishi boladagi o‟z jinsi va unga oid bo‟lgan barcha tasavvur va tushunchalarning paydo bo‟lishida muhim omildir. Bunda onaning o‟ziga yarasha maqomi bo‟lib, eng avvalo, boladagi o‟z “Men”iga oid barcha ekspressiv, effektiv va emotsional xususiyatning namoyon bo‟lishi onaning bolaga hissiy-emotsional yaqinligi bola jinsidan qat‟i nazar yetakchi rol o‟ynaydi.
O‟tkazilgan empirik tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolaning “Men” konsepsiyasi shakllanishining o‟ziga xos xususiyatlari nuklear oilada yaqqolroq ko‟rinishini, bunda birlamchi kichik referent guruh sifatidagi oilaning o‟rni, undagi er-xotin hamda ota-ona va bolalar o‟rtasidagi munosabatlar turli oilada turlicha bo‟lishiga qaramay, muayyan aynanlik va muvofiqliklar mavjudligini ko‟rsatadi va umumiy ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligini isbotladi. Birinchidan, shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning o‟zi to‟g‟risidagi ijtimoiy tasavvurlari tizimining shakllanishida oila omilining roli shundaki, bunda asosiy shakllantiruvchi mexanizm rolini, eng avvalo, oiladagi ma‟naviy-ruhiy muhit, tashkil etuvchi ota-ona va yaqinlarning o‟zaro munosabatlaridan tashqari ota-onaning farzandga bo‟lganmunosabatlari, bola ongida shakllantiriladigan kognitiv fikr-tushuncha va g‟oyalar katta rol o‟ynaydi. Bu o‟rinda tadqiqotimiz ota-onalarning o‟zlari hamda o‟z farzandlari haqidagi baholari, y‟ani ijtimoiytasavvurlari turlicha bo‟lishi, lekin onalarning baholari otalarnikidan yuqoriroq ekanligini ko‟rsatadi. Ikkinchidan, ota-onaning o‟zaro munosabatlari ta‟sirida maktabgacha yoshdagi bola ijtimoiy tasavvurlari tizimida shakllangan “Men” konsepsiyasi besh tarkibiy qismdan iborat bo‟lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar konsepsiyasi, yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins konsepsiyalari kiradi va ular o‟ziga xos iyerarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog‟liq tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchibo‟ladi. Biz o‟rgangan toifada nominatsiya, jinsga oid konsepsiyalar qadriyatlar konsepsiyasiga nisbatan rivojlanganroq ekanligi ma‟lum bo‟ldi.
Uchinchidan, maktabgacha yoshdagi taraqqiyot bosqichida jinsiy o‟zlikni anglash konsepsiyasi, y‟ani shaxsing qaysi jins vakili ekanligiga oid tasavvurlar ustuvor bo‟lgani uchun ham ota-ona va ular o‟rtasidagi jinslararo munosabatlar o‟zlikni anglash jarayoning bosh yo‟nalishi bo‟lib hisoblanadi. Yosh nuklear oilalarda otaning ustuvorligi tan olinsa-da, jinsiy o‟zlikni anglashda bola uchun onaning hissiy yaqinligi ta‟sirchandir.

To‟rtinchidan, maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining tuzilishi, uning ayrim unsurlari, ularning o‟zaro nisbati va ontogenezning turli bosqichlaridagi mazmunni, shuningdek, ularning shakllanishiga ta‟sir ko‟rsatuvchi oilaviy munosabatlar bilan o‟zaro aloqasi, avvalo,oiladagi munosabatlar va ota-onaning o‟zlikni anglash darajasi bilan belgilanadi,nuklear oilalarda erning ham, xotinning ham o‟ziga nisbatan munosabatlari darajasi yuqori, aksariyatida o‟rtachadan yuqori bo‟lgani sababli, ularning bolaga ko‟rsatadigan ta‟siri ham sezilarlidir.


Beshinchidan, o‟zinibaholashning shakllanishi murakkab jarayon bo‟lib, u bolaning o‟z “Men”ini baholashi va ota-onaning real bahosi o‟rtasidagialoqani namoyish qilib, bolaning istiqbolidagi psixik rivojlanishini bashorat qilishga imkon beruvchi mexanizmdir. Bunda bolaning ota-onasidan kutayotgan baholar o‟rtasidagi farq boladagi adekvat yoki noadekvat bahosi uchun ijtimoiy psixologik turtkidirki, tadqiqotimiz ushbu jarayonda onalar baholarining ancha adekvatligi va farzandlarning ham ular ta‟sirida bo‟lishini isbotladi.
Istiqbolda biz o‟tkazgan tadqiqotning davomi sifatida ushbu jarayonlarni noto‟liq oilalar misolida yoki to‟liq, ko‟p avlodli oilalar misolida ham tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir.
“Oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi o‟zini-o‟zi anglashning ijtimoiy psixologik omillari” mavzusida o‟tkazilgan ijtimoiy psixologiktadqiqot natijalarini umumlashtirib, ularni amoliyotda joriy etish borasida quyidagi tavsiyalarni berish mumkun.
1) Bola shaxsi o‟zini-o‟zi anglashning komponentlari, eng avvalo, oilada shakllanar ekan, ota-onalar o‟z farzandlarining ijtimoiy munosabatlariga to‟g‟ri kirishishlariga yordam ko‟rsatuvchilari uchun xizmat qiladigan asosli ma‟lumotlarni ish natijalaridan olishlari;
2) Ota-onalar ishning natijalaridan ota-onaning farzandiga munosabatida bolalikning dastlabki davrlaridayoq o‟ziga ishonchni, mustaqillikni, atrofdagilar bilan munosabatda faol va vazmin bo‟lish, vaziyatni tahlil etish ko‟nikmalarini shakllantirish jarayonida foydalanishlari;
3) MTM psixologlari ish ma‟lumotlari va metodikalari asosida bola shaxsi o‟zini-o‟zi anglash konponentlarining shakllanish darajasini aniqlashlari hamda ularga individual yondashib tegishliko‟rsatmalar berishlari;
4) Boshlang‟ich ta‟limga o‟quvchilarni qabul qilish jarayonida,shunindek, maktab psixologlari boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining psixologik qiyofalarini aniqlashda va ularni mavjud ijtimoiy muhitga moslashishlari uchun tavsiyalar, metodologik ko‟rsatmalar ishlab chiqishlarida ish metodlari hamda empirik natijalaridan foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
5) Oilaga psixologik xizmat ko‟rsatuvchi amaliyotchi-psixologlar, ishning xulosalaridan kelib chiqadigan tavsiyalarni maktabgacha yoshli farzandlarni tarbiyalashda qo‟llash mumkinligini inobatga olishlari maqsadga muvofiqdir.
O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko`rgazmali, ta`sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda, estetik jihatdan keng ko`lamli bo`la olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo`lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Ota-onangga hurmat", "Odobingga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O`g’lim posbonim", "Hayot-ustoz, xalq - muallim", "O`zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas`uliyat", "Oila sabokdari", "Oila etikasi", "Oila tinch - mahalla tinch", "Mustaqil hayot bo`sag’asida", "Askarlik - yigitlik maktabi", "Oila baxti- Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
O’quvchi shaxsini maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o'qish jarayoni bilan bevosita bog'liq, malaka va ko'nikmalarga yo'naltiriladi. Ular birinchidan bolani diqqatini bir joyga jalb qilishni o'rganish kerakligi, ikkinchidan-uning bilimlarini to'ldirib, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish kerakligi, uchinchidan — maktabga bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini ta'kidlab aytishadi. Ba'zilar bolalarning irodaviy sifatlarini rag'batlantirish va mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular bolaning qat'iyatli va tirishqoq bo'lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni, harakatchanlikni shakllantirish, ya'ni uning butun xulqini shakllantirish. Qo'l amaliyotini rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan.
Ota-onalarning ko'pchiligi birinchi sinfga borishdan oldin bolaga o'qish va yozishni o'rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola maktabga borganda o'qishga qiziqishni yo'qotib qo'yish mumkin, darslarda bee'tibor bo'lishi mumkin. Ularning bolaga o'qish va yozishni o'igatmasliklarining yana bir sababi - maktab talabalarini bilmay turib, noto'g'ri o'rgatib qo'yishdan xafvsirashadi (qo'rqishadi). O'qish va yozish bu faqat maktab faoliyat turlari va ularni o'rgatish maxsus tayyorlangan o'qituvchilar ostida amalga oshish kerak deb hisoblashadi.
Ota-onalarning boshqa bir guruhi bolaning maktabga borishdan oldin o'qish va yozishga o'rgatishga intiladilar. Ular bolaga maktab tomonidan qo'yilgan talablari va 1-sinfda o'qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun oldindan olingan (o'zlashtirilgan) malakalar bolaga har qanday topshiriqlanii bajarishga yordam beradi va natijada, ortiqcha zo'riqishni oladi, deb asoslab berishadi
Shunday ota-onalar ham borki, ular bolani o'z shuhratparst niyatlarga o'igatadilar: o'quv yili boshida ularning bolalari о'г tengdoehlaridan oshib o'tib (ilgari o'tab ketib) va shu tufayli endi shakllanayotgan kollektivda manfaatli o’rnini egallaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Т., O'zbekiston. 1992.
2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'Um to'g'ri- sida. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Т., Sharq, 1997. 20-30-b.
3. Kadriar tayyorlash Milliy dasturi. O'sha joyda. 32- 62-b.
4. Karimov I.A. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir». Т., Sharq, 1997-y.
5. Karimov IA O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari taraqqiyot kafolatlari. Т., Uz., 1997-y.
6. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. Т., Uzb. 1999-y.
7. I.A. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot - pirovard maqsadimiz. Т., O'zbekiston. 2000. 8-tom.
8. Karimov I.A."Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: Ma’naviyat, 2008
9. Karimov I.A «Barkamol avlod orzusi». Т., «O'zbekiston», 1998-у.
10. Karimov I.A «O'zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». Т., «O'zbekiston», 1993-y.
11. Milliy istiqlol g'oyasi: asosida tushuncha va tamoyillar. Т., O'zbekiston. 2001.
12. Munavvarov A.K. Pedagogika. Т., O'qituvchi. 1996.
13. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Т., O'qituvchi. 1994.
14. Mavlonova R., Normurodova B., Rahmonqulova N. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. «Tib-kitob» nashriyoti Toshkent-2010
15. Yo'ldoshev J.G'. Ta'lim yangilanish yo'lida. Т., O'qituvchi. 2000.
16. Almetov N. Pedagogika. Savollar va javoblar. 2001.
17. To'rayeva O. «Oilaviy-hayot etikasi va psixologiyasi». Т., «O'qituvchi», 1998-y.
18. Hasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya». Т., 1998-y.
19. Otavaliyeva U. «Bola tarbiyasida bog'cha va oila hamkorligi». Т., 1994-y.
20. Munavvarov A «Oila pedagogikasi». Т., «O'qituvchi» 1994-y.

Download 67,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish