Reja Kirish O’zbekistonda ma’muriy islohotlar yuritish mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi. O’zbekiston Respublikasida ma’muriy mulkchilik tizimini rivojlantirishning fundamental asoslari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 20,55 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi20,55 Kb.
#573163
  1   2
Bog'liq
O\'zResda ma\'muriy islohotlar



Reja
Kirish
1. O’zbekistonda ma’muriy islohotlar yuritish mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi.
2. O’zbekiston Respublikasida ma’muriy mulkchilik tizimini rivojlantirishning fundamental asoslari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk bo‘lib harakatga keladi.


Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar, boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning xar xil turlari mavjud. Shuning uchun xam hozirda bozor iqtisodiyotini ko‘p ukladli iqtisodiyot deb atashadi. Bugungi kunda mulkchilik davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo‘jaligi hamda shaxslarning yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan) iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haki shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Eglalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini belgilaydi.
Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari, mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi. Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdoming huquqiy havfsizligi va mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo‘ lib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Dunyoning har bir mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham, mulkchilik tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan.
Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki, zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va uning tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash mumkin.
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati-uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi.
Ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, FHOning ta‘minot turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi.
Umuman olganda, hozirda keng ma‘nodagi mulk (ne‘mat sifatidagi) nazariyasi jamiyat, iqtisodiyot, huquq va axborot nazariyalari birligi silatida shakllangan bo‘lib, bunda mulk bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va informatsion munosabatlar zamonaviy mulkning majburiy atributlari hisoblanadi.
Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq.
Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi.
Mulkchilik tizimi muhitida bo‘luvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligini tizimli o‘rganuvchi ne‘mat to‘g‘risidagi multifan7 qoidalari nuqtayi nazaridan qarash lozim. Bunda ―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ uchligi o‘zining atributlari va mulkdoriga, huquqiy va iqtisodiy fantom(analog, ya‘ni, ekvivalent)lariga, mulkiy shakllari va mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan nafli mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘lib, ular o‘z bazisidan (konkret shakl va mazmundagi ne‘matdan, boylikdan) alohida mavjud emas.
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya).
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi.
Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin.
Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi.
Ijtimoiy manfaat mulkning jamiyat subektlari uchun naflilik va qimmatlilik kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi.
Bunda shaxslarni mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga keladi.
Mulkiy munosabatlar - turli mulkchilik shakllariga asoslangan mulkchilik tizimida mulkiy huquq subektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi.
Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g‘oyaning ma‘noga egaligi fikrini mulk, ne‘mat, boylik, uning qiymati, narxi va qimmatliligi, naf, foydalilik kategoriyalari to‘g‘risidagi qadimgi dunyo va o‘tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari qarashlarining tahlili ham ko‘rsatadi. Zero, bu namoyondalaming atomistik (o‘sha davrlardagi sharoitlar bilan chegaralgan) qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy mulkni tizimli o‘rganish metodologiyasining boshlang‘ich manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin bunday qarashlaming alohida qo‘llanilishga aoslangan yo‘l zamonaviy mulkni tizimli tadqiq etish va tizimli masalalarini kompleks yechish uchun universal ilmiy-nazariy bazis bo‘la olmaydi.
Shunday qilib aytish mumkinki, zamonaviy mulkchilik tizimi kompleks o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmun mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo‘llovchi IIS qoidalari doirasida samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilishga asoslangan zamonaviy (turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalariga hamda qo‘sh tabiatga ega ne‘mat, boylik sifatidagi) mulk to£ g £ risidagi multifan g‘oyasi ma‘noga ega.


Download 20,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish