Reja: Kirish. Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarining o’rganilganligi. Yosh futbolchilarning mashg’ulotlarini rejalashtirish. Futbolchilarni musobaqa faoliyatini pedagogik kuzatish. Yosh futbolchilarning xujum faoliyatidagi samarali


Yosh futbolchilarning mashg’ulotlarini rejalashtirish



Download 18,68 Kb.
bet3/6
Sana16.08.2021
Hajmi18,68 Kb.
#149176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fudboff

Yosh futbolchilarning mashg’ulotlarini rejalashtirish.

Futbolchilar sport mahorati darajasining bundan keyingi rivojlanib borishi bolalar va o’smirlar futbolining o’sishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli, mamlakatimizda bolalar va o’smirlar futbolini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar orasida futbol mashg’ulotlarni,tayorgarliklarni to’g’ri rejalashtirsh alohida o’rin tutadi. M.A.Godik, D.V.Kuzmichevlar (17) bolalarga futbolning oddiy sirlarni o’rgatishdan boshlab, ularni yuqori malakali fubolchilar qilib tarbiyalash butun bir tizim xisoblanadi va u aniq reja asosida olib borilishi kerakligini ta’kidlaydilar. Rejalashtirish- sportchini tayyorlashning ko’p yillik bosqichida natijalarning o’sishini taminlovchi asosiy va muxim talablardan biridir. U sport mashg’uloti tizimining umumiy asosiy va uslublaridan boshlanadi. Sport maktablarida o’quv mashg’ulotini jarayonini tashkil qilish mashg’ulotning zamonaviy uslubiyati asosida,yosh futbolchilarning yuqori mashg’ulot yuklamalarni o’zlashtirishi orqali amalga oshiriladi. Mutaxassislar futbol maktablarida quydagicha vazifalarni; - o’quv rejasini bajarish shartligi, amaliy va nazariy mashg’ulotlarni uzluksiz bajarish, yosh futbolchilarri tanlash tizimni yaxshi tashkil qilish, musobaqalarda muntazam ishtirok etish, tiklanish profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlarni qatiy roiya etish kerak ligini takidlaydilar. Sport maktablaridagi bo’limlar boshlang’ich tayoyrlov va o’quv mashg’ulot guruhlaridan shakllanadi. Sport tayoyrgarligida yuqori natijalarga erishilgan va zarur sharoitlar yaratilgan BO’SMlarda sportni takomilashtirish guruxlari tashkil etiladi. Boshqa sport turlari kabi futbol uchun ham raqibga qarshi jamaoaviy yakka kurashlar xarakterlidir. Bu yakka kurashlar nafaqat invidual, balki jamoaviy o’yin harakatlarini rivojlantirishni talab qiladi. Ushbu asoslarni hisobga olib, o’quv mashg’ulot jarayonida ketadigan vaqt taxminana shunday bo’linadi: jismoniy tayyorgarlikka 20–25 %, texnik iayyorgarlikka 30-35% , taktik o’yin va musobaqa tayyorgarligiga 40-45%. Bu raqamlarga yosh o’zgarishi, o’yinchilar mahorati va tayyorgarlik davriga qarab albatta o’zgartirishlar kiritiladi. Futbol jamoalarini va alohida o’yinchilarni tayyorlashni rejalashtirish mashg’ulotning umumiy ob’ektiv qonunlariga qarab bazalashtiriladi. Uning tarkibiga umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi mashg’ulot jarayonining uzviyligi maksimal yutuqqa yo’nalish cheklangan yuklamalar tendentsiyasi davriylik jarayoni kiradi. O’yinchilarning bir mavsum davomida ortirgan funktsional imkoniyatlarining rivojlanish bochqichi keyingi mavsumlarda ham mustaxkamlanib, rivojlantirib borishi kerak. Faqat ir yo’nalishda tashkil etilgan tayyorgarlik kerakli bo’lgan natijalarga etaklaydi. Rejalashtirishda, shuningdek sportchining gormonik rivojlanishi uning jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini inobatga olish zarur. Undan tashqari, sportchining yoshi, jinsi, professional salohiyati, jismoniy rivojlanish bosqichi, tayyorgarlik yo’nalishi, bo’lajak musobaqalar taqvimi moddiy baza mashg’ulotlarini tashkillashtirishning boshqa talablarini ham ko’zda tutish lozim. Avvalambor ko’zlangan ishning tuzilishi va xajmini aniqlab olish vaqtni, davrni to’g’ri taqsimlash, shuning yakuniy natijani belgilab qo’yish lozim. Rejalashtirishga albatta vaq va sharoitga qarab o’zgartirishlar, aniqliklar va qo’shimchalarni kiritish mumkin. Rejalar tuzishda rejaning vazifalar, tuzilishi, bajarilish bosqichi, yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilinadi. Har bir yaratilgan reja tadbirlari sekin oshib boradi. Futbol o’yini texnik harakatlarga boshlang’ich o’rgatishda sharoitlarni engillashtirish va tegishli uslublar bilan texnikani tez egallashda o’yinchilarga yordam ko’rsatish lozim.


Download 18,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish