Reja: Manaviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o‘qitishning zaruriyati



Download 42,63 Kb.
bet1/2
Sana13.08.2021
Hajmi42,63 Kb.
#146648
  1   2
Bog'liq
1�


1-mavzu. FANNING TA’LIM TIZIMIGA KIrITILISH SABABLARI.

REJA:

1. Manaviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o‘qitishning zaruriyati.

2. Fanning maqsad va vazifalari.

3. Iqtisodiyot va ma’naviy taraqqiyotning inson manfaatlariga xizmat qilishi.

Manaviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o‘qitishning zaruriyati.

Hozirgi davrda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 37 foizini tashkil etadi. SHu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga etishiga huquqlarini himoya qilishga e’tiborni qaratish davlat siyosatining ustivoryo‘nlishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-ahloqiy jihatdan etuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz, zarurat” chunki yoshlar o‘rtasida mumtoz qo‘shiqlarni tushunmaydigan, jahon adabiyoti durdonalari u yoqda tursin, o‘zbek adabiyotining nomdor asarlarini hm bilmaydigan, arzimagan choy-chaqaga o‘z xalqini, dinini sotadigan, Vataniga qarshi qo‘l kutaradigan yoshlar ham borligini unutmasligimiz lozim.

YOshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu davlat buyurtmasidir. SHu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, ahamiyati, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdan iboratdir.

Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari va allomalari asoslari, xalq o’zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, SHarq va G‘arbning o‘rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida yoritilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida kitobxonning e’tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya’ni yosh avlod tarbiyasiga, o‘g‘il qizlarimizning sof va beg‘ubor qalbini turli ma’naviy taxdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. SHu sababli kitobda eng ko‘p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma’naviyat”, “milliy g‘oya” , “fazilat”, “taxdid” so‘z va iboralar tashkil etadi.

Hozirgi globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q.

Ma’naviyatli insoniyat o‘tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o‘laroq, xavf-xatarlar ro‘yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko‘paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko‘p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o‘sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko‘rsatadi.

Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo‘lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo‘qolmaganini, balki o‘zining shaklu shamoyilini o‘zgartirganini tushunib etamiz1. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»1

Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to‘la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma’noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo‘la olmasligini anglatadi. CHunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo‘lmay, qaram bo‘lmay yashashini, o‘zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo‘ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o‘rnatilishi mamlakatlar o‘rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo‘yadi hamda mutelik, o‘zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yo‘l qo‘ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo‘ravonliklarni inkor etadi.

Garchi butun dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta’sirini, davlatlar mustaqilligini emirish istagini ilg‘ash qiyin emas.

Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o‘rni va ahamiyati o‘zgarmaydi, deb ta’kidlanadi. YAna bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o‘rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o‘z suverenitetining bir qismini beradi2, degan farazlarni ilgari surmoqda.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, «O‘zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz»3.

Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko‘plab kulfatlar solishi muqarrar. SHu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.

Fanning maqsad va vazifalari.

Mustaqilligimizdan keyin ma’naviy­ma’rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko‘rsatish hamda yosh avlodning milliy g‘ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o‘rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo‘yilgan vazifalar qo‘yidagilardan iborat:

­ Ma’naviy ­ ma’rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish;

­ Uzluksizta’lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta’sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo‘lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko‘rsatish;

­ Ma’naviy ­ ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini ochib berish;

­ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko‘rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;

­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;

­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo‘nalishlarini tahlil etish;

­ Talaba ­ yoshlarni ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish.

Ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko‘payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ‘ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.

SHuning uchun ham ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari qanday dastur va yo‘nalish, qaysi ko‘rsatma va qo‘llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi.

Ushbu fan ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Taraqqiyot yo‘limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko‘pdan­ko‘p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko‘rsatmalarning pirovard natijasi ham Inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Davlatimizning ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlar yo‘lidan qat’iy borayotganligi bevosita odamlar manfaatini ko‘zlashning yorqin dalilidir. Bu izchil siyosatdir.

Demak, har bir xatti­harakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari, vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidentining “Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari SHarq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz shu falsafaga uyg‘un holda shakllanmoqda. YAngidan barpo etayotgan jamiyatimizning ijtimoiy ­ ma’naviy asoslarini belgilashda yuqoridagi g‘oyalarga suyansak xato bo‘lmaydi”, ­ degan fikrlarida O‘zbekistonning istiqboli uchun ma’naviy asoslar muhim o‘rin egallashi aniq ko‘rsatilgan.

SHo‘ro davrida marksizm ­ leninizm ta’limoti shaxsni o‘zgartirish uchun jamiyatni o‘zgartirish kerak, deb ta’lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o‘zgartirish, ularning baxtli hayotini ta’minlash uchun insonning o‘zini o‘zgartirish kerak, deb ta’kidlaydi. Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. YAponiya, Kanada, AQSH, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo‘lmasada insonning to‘laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Jamiyat ­ uning a’zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o‘z xulqining ham, jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori, o‘zining va zamondoshlarining ma’naviy sifatlari uchun javobgar.

Ma’naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o‘zigagina emas, balki o‘zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan, uni shakllantirishni o‘z xoliga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma’naviy fazilatlar ham bo‘ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog‘i lozim.

Ma’naviyat ­ insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. SHaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. SHunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.

Ma’naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiy­madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo‘lmasa­da, har bir millatning o‘z ma’naviyati bor.

Milliy ma’naviyat ­ milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma’naviyat o‘zini tanish, o‘zni o‘zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o‘zini qanchalik tanisa, butun borliqni, YAratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma’naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma’naviyatning yuksakligiga, ma’naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta’sir o‘tkazaveradi. SHaxs, jamiyat va ma’naviyatning dialektik birligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir.

O‘zbekistonning birinchi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab­quvvatlash to‘g‘risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir.

YUqoridagi Farmonda “Joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi himmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma’naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi” ta’kidlandi. SHuningdek ushbu Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi deb hisoblandi.

“Xalqning ma’naviyati va madaniyati ­ degan edi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov, ­ uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”.

Fuqarolarni ma’naviy kamol toptirish vazifalari.

Jamiyatimiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamol toptirish uchun ikki muhim narsani o‘zaro uyg‘un holda qo‘shib olib borish lozim. Biri ­ boy ma’naviy va madaniy merosimizni chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, chor Rossiyasi mustabidligi hamda sho‘rolar istibdodi davrida unutilishga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tiklashimiz, zamonamizga muvofiqlaridan, davrimizda bizga foyda beradiganlaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Ikkinchisi esa, butun insoniyat, xususan taraqqiy topgan mamlakatlarda yuzaga kelgan ma’naviy va madaniy yutuqlardan milliy xususiyatlarimiz va ruhiyatimizga muvofiq keladiganlarini ijodiy o‘zlashtirishimiz lozim. Bu ikki xususiyatni o‘zaro payvand qilish orqasida respublikamiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamolga etkazishning zamini bunyod etiladi.

Xuddi shular singari buyuk sohibqiron, turk davlatchiligini qayta tiklagan ulug‘ bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyatini xolis va ilmiy o‘rganishga kirishildi. Buyuk Sohibqiron tavalludining 660 yilligini nishonlash munosabati bilan Temur va Temuriylar davri tarixi, adabiyoti va san’atiga bag‘ishlangan yangi­yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. “Temur tuzuklari” ning nashr etilishi buyuk Sohibqironning shaxsini teranroq anglashga yordam bergan bo‘lsa, SHarafiddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma” asari, SHomiyning “Zafarnomasi” Ibn Arabshohning ikki jildlik “Amir Temur tarixi” kitoblarining chop etilishi buyuk bobokolonimiz hayoti va amalga oshirgan ishlarini to‘laroq miqyosda idrok etishga olib keldi.

Xalqimiz al-Farg‘oniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Beruniy, mirzo Ulug‘bek singari buyuk ajdodlarimiz bilan haqli suratda faxrlanadi. Mustaqillik yillarida mazkur siymolarning ilmiy merosi keng miqyosda tadqiq etila boshlandi. Ularning yaratgan asarlari asl nusxada yoki tarjima etilib, xalqimizga etkazilmoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, ma’naviy hayotimizning tobora boyib borayotganidan dalolat beradi.

SHo‘ro davrining qatag‘onlari... Biz ularning nomlarini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu... Ular Vatanimizning mustaqilligi, erki uchun boshlarini sirtmoqqa tutib berdilar. Bugun qatag‘on qurbonlarining hayoti va ajdodlari teran o‘rganilib, asarlari yurtdoshlarimiz qo‘liga borib etdi.

Bularning barchasi ma’naviy hayotimizni boyituvchi omillar ­ xalqimizning farzandlari tomonidan bunyod etilgan madaniy boyliklar bo‘lib, ulardan jamiyatimiz fuqarolarining ma’naviy ehtiyojini qondirish yo‘lida oqilona foydalaniladi.

Ma’naviy merosdan foydalanishda chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik.

SHuni ham aytish kerakki, madaniy merosdan foydalanishda ulardagi o‘z davri bilan bog‘liq jihatlarni e’tiborga olmaslik mumkin emas. Fikrimizning isboti uchun bir­ikki misol keltiraylik. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda ko‘p xotinlilik masalasiga ijobiy qarash seziladi. Buni tushunish qiyin emas. Doston shariat qoidalariga amal qilingan davrlarda yaratilgan bo‘lib, undagi tasvir etilgan turmush tarzi o‘z davrida tabiiy tuyulgan va shunday qabul qilingan. Hozirgi kunda biz dostondagi bunday qarash va tushunchalarga o‘z davrining mahsuli deb yondashishimiz lozim.

To‘y masalasida ham shunday. Ma’lumki, o‘zbeklar topgan ­ tutganini to‘yga aytaydi, uni el­yurt oldida yaxshiroq o‘tkazishga intiladi. Bu esa ayrim hollarda musobaqa tusining olib ketishiga sababchi bo‘ladi. “Men falonchidan kammi?”, “Etti mahallaga duv­duv gap bo‘ladigan to‘y qilib bermasam...” degan o‘y bilan ortiqcha sarf­xarajatlar, chiqimlarga, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Taassufki, ana shunday “duv­duv gap bo‘ladigan to‘ylar uchun oxirgi tiyinini ayamaydigan xonadonlarning ayrimlarida ma’naviyatning yorqin belgisi bo‘lgan kitob bo‘lmaydi. Bu esa madaniyatsizlikning, ma’naviy kemtiklikning bir nishonasi.

Xalq orasida hamon saqlanib kelayotgan turli marosimlar, urf­odatlar, aqidalar, rasm­rusmlarga nisbatan ham oqilona yondashish lozim deb hisoblaymiz. Demak, o‘tmish madaniyatimizdan, merosimizdan foydalanar ekanmiz, unga hozirgi talablariga muvofiq keladiganlarini aniq bilgan holda munosabatda bo‘lish kerak.

Ma’lumki, jamiyatda ma’naviyatga ehtiyoj bo‘lmasa, u hech qachon paydo ham bo‘lmaydi, rivojlana ham olmaydi. Ehtiyojning o‘zi ham ma’naviyat darajasi bilan belgilanadi. Ma’naviy kamolotga intilish insonning mohiyati bilan bog‘langan fazilatdir. Ma’naviyatning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

SHunisi ham borki, dunyodagi biror xalq o‘z ma’naviy, milliy boyliklari doirasidagina rivojlana olmaydi. Bunday yo‘l millatni kamolotga emas, balki tanazzulga olib kelishi o‘z­o‘zidan ayon. O‘z qobig‘i ichida o‘ralashib qolgan millatning madaniyati va ma’naviyati hech qachon kamol topa olmaydi. Milliy xudbinlik yo‘lidan borish hech kimga naf keltirgan emas.

Har bir millatning ma’naviyati o‘z holicha, alohida bo‘lib emas, balki jahon madaniyati ­ ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi va rivojlanadi, degan g‘oya Prezidentimiz asarlarida muhim o‘rinni egallaydi. Ularda juda o‘rinli ta’kidlanishicha, umuminsoniy ma’naviyatdan ajralgan holda rivojlanadigan milliy madaniyatni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli davrlarda, tarixiy sharoitlarda, mamlakatlarda shakllangan ma’naviyat umuminsoniy ma’naviyatning bir­biri bilan bog‘lanib ketgan tarkibiy qismlaridir. Ana shu bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlik milliy madaniyatlar va umuminsoniy ma’naviyatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo‘llaridan bo‘lib hisoblanadi.

Ma’naviyatni anglash.

Ma’naviyat juda chuqur va keng ma’noga ega. Ma’naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aql­idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahm­shafqat, mehr­oqibat, iymon­e’tiqod, meo‘natsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e’ozlash, ilm va fanni, adabiyot, san’at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urf­odatlari va an’alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat inson hayotini bezaydi, go‘zallashtiradi.

Ma’naviyat jamiyat bilan chambarchas bog‘liq holda tarkib topar ekan, jamiyat hayotining rukunlari bo‘lmish ijtimoiy iqtisodiy hodisalarga qattiq bog‘langan bo‘ladi. Ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatning iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘langan. Iqtisodiyot bilan ma’naviyat inson va jamiyat hayotining o‘zaro ajralmas, bir­birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan ikki tomoni, ikki qirrasidir.

Ma’naviyati yuksak, odob­axloqli, ma’rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmat­muruvvat ko‘rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘zi uchun baxt deb biladi. YUksak madaniyat sohibi bo‘lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo‘ladi, hojatini chiqaradi, etim­esirlarni parvarish qiladi. Ma’naviyatli, ma’rifatli kishilarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usi, oriyat kuchli bo‘ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan kishilar o‘z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o‘zi uchun shon­sharaf deb biladi. Vataniga xavf tug‘ilsa, uning ximoyasi yo‘lida mol­dunyosini, jonu jahonni ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi.

Ma’naviy barkamol bo‘lgan odamlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydi, gap tashimaydi, fisqu fasad, bo‘htonga nisbatan murosasiz bo‘ladi, mahalliychilikka yo‘l qo‘ymaydi, guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik va milliy hamjihatlik, o‘zaro do‘stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo‘lida tinmay harakat qiladi.

Vazifasini suiiste’mol qilish, tanish­bilishchilik asosida ish yuritish, tamagirlik, poraxo‘rlik, odob­axloqimiz va jamiyatimiz qabul qilgan qonun­qoidalarimizni chetlab o‘tishga harakat qilish jamiyatimiz taraqqiyoti va davlat mustaqilligimiz uchun katta g‘ov ekanligini anglab etish va bunday salbiy illat va yaramas odatlarga nisbatan murosasizlik ham etuk ma’naviyat sohibi bo‘lgan insonlarga xos xislat va fazilatdir. Inson hayotida ma’naviyatga ehtiyoj sezilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q. Ma’naviyat insonga milliy o‘zligini anglab olishda katta yordam beradi. Ma’naviyat insonning ulug‘ligini, martabasini, qudratli aql­idrok, tafakkur, madaniyat va ma’rifat sohibi ekanligini namoyon etadigan va amalda isbotlaydigan jamiki xislatlar yig‘indisidir.

Demak, Prezidentimiz “YUksak ma’naviyat–engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining metodologik bazasini o‘rganishda quyidagi metodlar orqali ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Jumladan dialektik metod, qiyoslash va taqqoslash (kuzatish, tarixiy yondashish, mantiq) metodlari, Emperik-sotsiologik metod, umummantiqiy metod (sintez; abstraktlash; umumiylik), nazariy metod (abetraktlikdan konkretlikka), axloqiy metod (ayrim gurux yoki shaxs xulqini kuzatish), izoxlash metodi fan yutuqlaridan foydalanish. Undan tashqari hozirgi paytda garchi ommalashmagan bo‘lsada, neyro-lingvistik dasturlash, Blum taksanomiyasi, manakumsiya texnalogiyalaridan foydalanish mumkin.



Hozirgi paytda tez-tez qo‘llanilayotgan inter faol usullardan, ya’ni klaeter, sinkveyn, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, o‘z o‘rningni top, kichik guruxlarda ishlash, menyu, depatlar, tanqidiy fikrlash va boshqalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muxim axamiyatga egadir.

Download 42,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish