Reja: Matematikani o’qitish usullari



Download 36,66 Kb.
bet2/9
Sana27.06.2022
Hajmi36,66 Kb.
#708618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-мавзу

2. Suhbat usuli o‘qituvchining o‘quvchilarni dalillar, tushunchalar yoki qonuniyatlar sistemasini o‘zlashtirishiga olib keluvchi puxta o‘ylangan savollar sistemasi vositasida ishlashni nazarda tutadi.
Suhbat davomida o`quvchilar ilgari o`zlashtirgan o`quv materialini eslaydilar, sistemaga soladilar, umumlashtiradilar, xulosalar chiqaradilar hamda o`rganilgan xossalar, qonunlar va hokazolardan turmushda foydalanishga doir yangi misollarni axtaradilar. Bunday suhbatlar asosan tushuntirish xarakterida bo`lib, u ilgari o`zlashtirilgan bilimlar bilan ish ko`rishga, o`quvchilarning xotirasini faollashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Quyi (V-VI) sinflar va o`rta (VII-IX) sinflar o`quvchilarida yangi temaga qiziqish uyg`otish maqsadida ko’p hollarda dalilli suhbatlardan keng foydalaniladi.
Bunda o`qituvchi mavjud tajriba asosida idrok qilishga tayanib, ya’ni hayotiy tajriba va ilgari egallangan bilimlardan, shuningdek o`quvchilarning predmetlararo bilimlariga tayanib, qator savollar yordamida ularni yangi tushuncha, qonun yoki nazariy qoidani o`zlashtirishga, bilimlarni amaliy qo`lashni anglab olishga olib keladi. Bunda o`quv materiallarning murakkablik darajasi o`rtacha bo`lib, o`quvchilar yetarli darajada bilimlarga ega bo`lsalar, ular suhbat davomida o`z fikrlarni aytishlari, asoslashlari va shu bilan bir qatorda, yangi bilimlarni shunchaki eslab qolmay, balki har jixatdan mustaqil idrok etishlari, faol egallashlari mumkin bo`ladi.
Bunday holda suhbat usuli faqat nazariy bilimlarni o`zlashtirish uchungina emas, balki bir vaqtning o`zida o`quvchilarning tafakkurini, bilish mahorati va malakasini rivojlantirish uchun ham qo`llaniladi. Natijada bu usulni qo`llash o`quvchilar matematik nutqini rivojlanish bilan bir qatorda dalillarni isbotlash, munozara yurita olish ko`nikmalarni tarkib toptirishga yordam beradi.
Suhbat usulidan qo`yilgan masalani hal etish yo`llarini muhokama qilish va ular ichidan qisqaligi, tejamliligi jixatdan hamda yechimining originalligi bilan farq qiluvchi eng samarali variantini tanlashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun ham suhbat usuli V-VI sinflarda matematik ta’limni amalga oshirishda keng qo’llaniladigan va yetakchi o‘qitish usullaridan biri bo‘lib, matematika darsining turli o‘quv maqsadlarida: uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlash bosqichlarida keng qo‘llanishi mumkin.
Matematika ta’limini amalga oshirishda suhbat – o‘qitishning savol-javob usulidir, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan matematik bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlaydi va maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar bilan o‘quvchilarni qo‘yilgan ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotlarda suhbat usulidan ko‘pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda (son, arifmetik amallar va hokazo) qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amallar xossalari, amallarning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlar va xokazo) bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Matematik ta’limini amalga oshirishda suhbatning ikki turidan: katexezik va evristik suhbatdan keng foydalaniladi.

Download 36,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish