Reja: Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, printsiplari


 Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#515990
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu

2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari 
 
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil 
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga 
bog’liq. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko’ra uning quyidagi 
turlari mavjud: 

umumdavlat moliyaviy nazorati; 

idoraviy moliyaviy nazorat; 

xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; 

jamoatchilik moliyaviy nazorati; 

mustaqil moliyaviy nazorat. 
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, 
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 
qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy 
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining 
sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. 
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va 
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. 
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va 
moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning ob’ekti 
sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati 
maydonga chiqadi. 


Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda 
aniqlanadi. 
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa 
xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. 
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya 
qilish qabul qilingan: 

amalga oshirilish reglamenti; 

o’tkazilish vaqti; 

nazoratning sub’ektlari; 

nazoratning ob’ektlari. 
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari 
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 

majburiy (tashqi); 

tashabbuskorli (ichki). 
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy 
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, 
mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga
byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va 
tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik 
tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin. 
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib 
chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning 
ajralmas qismi hisoblanadi. 
O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 

dastlabki; 

joriy (operativ); 

navbatdagi (kelgusi, so’nggi). 
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan 
oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish 
yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu 
shakli mablag’larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun 
xarajatlarning 
moliyaviy 
jihatdan 
asoslangan 
bo’lishini ko’zda tutadi. 
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni 
va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini 
ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va 
kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini 
tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi 
mumkin. 
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, 
ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga 
oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash 


jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, 
moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida 
amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu erda buxgalteriya xizmatlari katta 
rol o’ynaydi. 
Navbatdagi (kelgusi, so’nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va 
buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning 
bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan 
moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajat-
larni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga 
mo’ljallangan. 
Nazoratning sub’eklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari 
bo’lishi mumkin: 

Prezident moliyaviy nazorati; 

hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlarining moliyaviy nazorati; 

ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati; 

moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; 

firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; 

auditorlik moliyaviy nazorati; 

va boshqalar. 
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi 
shakllari mavjud: 

byudjet moliyaviy nazorati; 

nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 

soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 

valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 

kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat; 

sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat; 

investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 

pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 

va boshqalar. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan 
foydalaniladi: 

tekshiruv; 

tadqiq etish; 

nadzor (nazorat); 

moliyaviy holat tahlili; 

kuzatish (monitoring); 

taftish. 
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatning alohida masalalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida 
moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida 
choralar belgilanadi. 


Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab 
oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg’i va 
energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi. Shuningdek, tadqiq 
etish so’rash, kuzatish va inspektsiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi 
mumkin. 
Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, 
sug’urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy 
sub’ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni 
anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib olinishiga olib keladigan o’rnatilgan 
(belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ko’zda 
tutadi. 
Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo’jalik 
faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va 
ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik 
moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o’rganishni ko’zda 
tutadi. 
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, 
nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo’llash yordamida amalga oshiriladigan 
korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo’jalik faoliyatini o’zaro bog’langan 
kompleks tekshiruvidan iboratdir. Taftish taftish qilinayotgan ob’ekt faoliyatidagi 
kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo’jalik 
operatsiyalarining 
maqsadga 
muvofiqligi, 
asoslanganligi, 
iqtisodiy 
samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va 
hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 
Sub’ekt xo’jalik faoliyatini qamrab olishning to’liqligiga qarab taftishning 
quyidagi turlari bo’lishimumkin: 

to’liq; 

qisman; 

mavzuli; 

kompleksli. 
To’liq taftish nazorat ob’ekti moliya-xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini 
tekshirishni ko’zda tutadi. 
Qisman taftish xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining ayrim 
qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o’tkaziladi. 
Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati 
bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlab o’tkaziladiki, bu narsa ularga xos bo’lgan 
tipik kamchiliklar va buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo’yicha 
tegishli choralarning qo’llanilishiga imkon beradi. 
Kompleksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa 
faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va eng to’liq bo’lgan taftish 
bo’lib, u nazorat sub’ektining xo’jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslarning butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, 
buxgalteriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi masalalarni o’z ichiga 
oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli 


mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o’z navbatida, kompleksli taftish natijalarining 
to’liqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. 
Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra 
taftishlar quyidagi uch guruhga bo’linadi: 

yoppasiga taftish; 

tanlanma taftish; 

kombinatsiyalashtirilgan taftish. 
Yoppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum 
bir qismidagi barcha operatsiyalarning tekshirilishini taqoza etadi. 
Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig’ida birlamchi hujjatlar bir qismini 
tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi
kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o’tiladi. 
Kombinatsiyalashtirilgan taftish bir qismning yoppasiga, boshqa bir qismni 
esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi 
hujjatlarning aylanishi bilan xarakterlanadigan va yirik xo’jalik operatsiyalarini 
amalga oshiruvchi sub’ektlar faoliyatini taftish qilishga imkon beradi. 
O’tkazilgan taftish asosida akt rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklarni 
bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish 
choralari belgilanadi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish