Reja: Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimi



Download 21,02 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi21,02 Kb.
#549394
Bog'liq
Hujjat (1)


Oʻzbekistonnda milliy davlat boshqaruvi tizimining yaratilishi.Ijro hokimiyatini mustahkamlash va liberallashtirish.
Reja:

  1. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimi.

  2. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi.

  3. Oʻzbekistonda ijro hokimiyatini ishlash tizimi.

1990- yil 24-martda Oʻzbekiston Prezidentlik lavozimi taʼsif etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. 1992-yil 4-yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi.Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:

. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; . Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

. yagona moliya, kredit va рul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

. madaniyat, fаn, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyo­satni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’­minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jino­yatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;

. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;



. barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj­buriy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar mahkamasi vaqt oʻtishi bilan takomillashib bordi 1990-yil 30-martda 41 kishidan iborat boʻlgan boʻlsa 1995-yil 5-marta 35 kishidan va 2000- yil 11- fevralda bo’lgan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o’rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar davlat qo’mitalari rais­laridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24-25-aprel kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ХI sessiyasida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar” va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- mod‘dasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” deyilgan qismi olib tashlandi.
Oʻzbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi.
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi bu davlatni yanada demokratiyalashiga olib keladi jumladan Oʻzbekiston birinchi partiyalardan biri bu-O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solingan.Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan edi.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan. Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston «Adolat» sotsialdemokratik partiyasidir. 1995-yil fevralda tuzilgan O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi O‘zbekistonda shakllangan sotsial demokratik partiyadir. Sotsial demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda <> va <> demokratik partiyalari birlashtirish qurultoyi boʻlib oʻtdi va birlashdilar. O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Oʻzbekiston ijro hokimiatini ishlash tizimi.
1992-yil 4-yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasining Mahalliy hokimiyat idoralarining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi taʼsif etildi.Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati оrgаnlаrigаgina emas shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo’lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. Ijro organlarida bog’liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O’zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi vа lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ­lari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ulаr­ning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari vа Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Prezidentining shu joy­lardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati – hoki­miyatlar tuzildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:

. qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

. hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

. mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam­g’armalarni hosil qilish;

. mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

. atrof-muhitni muhofaza qilish;

. fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

. normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonun­lariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;

. O’zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;

. xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi­lish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.

Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilаn vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo’ysunmaydi, аmmо Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holati­ni vakillik organlari hokimlarga bo’ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo’ysunmaydi, vakillik orgаnlаri ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar. Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqаrо­larning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilаn shug’ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bаjarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o’z faoliyatida jiddiy xatolarga yо’l qo’ymoqdalar. O’zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vаzifаlаrni bаjаrishni uddalay olmagan, o’z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ulаr vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, sha­har va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda bаrро etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o’zbek milliy davlatchiligining tari­xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi. Demokratik davlat qurilishida sud ho­kimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi, mustaqil hokimiyat hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv­chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g’risida” gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:

. qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi­yatlarning O’zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining O’zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Res­publikasi qonunlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;

. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi;

. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilаn berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi.



O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- deka­brda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar to’g’risida” va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida” gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fu­qarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasida prezident­lik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruv­chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.

Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish