Reja: Nugq to`g`risida umumiy tushuncha



Download 49,5 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi49,5 Kb.
#413270
  1   2
Bog'liq
Nutq-muomala vositasi sifatida


Nutq-muomala vositasi sifatida


Reja:
1. Nugq to`g`risida umumiy tushuncha
2. Nutq faoliyati haqida
3. Nutq vujudga kelishining nazariyalari
4. Nutq turlarining psixologik tavsifi

Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, rav-shan in`ikos ettiriladigan bo`ladi. Tilning paydo bo`lish munosa-bati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to`plagan tajribalaridan foydalanish im-koniyati tug`iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o`zi hech qachon duch kelmagan notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharo-itlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko`pchilik hissiy va intellektual ta`sirlar hamda taassurotlar to`g`ri-sida o`ziga o`zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid nar-salar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma`lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati, ko`nikma hamda malakalarni o`tkazishi, uzatishi mumkin.


Ma`lumki, hayvonlar, jonivorlar o`zlarining individual taj-ribalarini o`z turkumidagi boshqa namoyandalarga o`tkazishga yoki be-rishga mutlaqo qobil emaslar. Ular, ayniqsa, o`z turkumlaridagi av-lodning ilgarigi tajribalarini o`zlashtirish qobiliyatiga ega emas-lar, chunki mavjudotlar tug`ma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
Biosfera va neosfera to`g`risidagi ma`lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oralig`ida g`oyat ulkan yutuqparga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odam-ning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyg`unlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada sakdanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to`rtinchidan, ularning mohiyati, tuzi-lishi qo`lyozmalarda o`z aksini topadi.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajri-ba bilan bog`likdigi kishilarda tilning mavjudligi bilan izoxda-nadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so`z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyat-ning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog`liq bo`lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko`cha qoida-lari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika — zeta yunoncha «belgi») belgilar, simvollar, alomatlar vazi-fasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya`ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vo-sitasidir. Odatda, belgilar turli-tuman bo`lishidan qat`i nazar, ularning eng muhimi — bu so`zdir. Har bir so`z ma`lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o`zida aks ettiradi (masa-lan: mashg`ulot, daftar, yomg`ir va boshqalar).
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o`zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o`qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo`ladi (masalan: «Leksiya bo`lmaydi», «Bugun bayram» — ta`sir qilishdan, ta`sir o`tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi — intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam hayvonot olamidan farqli o`laroqo`zi xohamaliy, xohaqliy harakat bo`lishidan qat`i nazar, uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Psixo-logik tadqiqotlarning ko`rsatishicha, tilning eng asosiy funksiya-si - bu kommunikatsiyadir.
Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o`rna-tish, o`z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maq-sadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma`lumot va yangi bilim berish aqliy top-shiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agardatil aloqa vosita-si (quroli) bo`lsa, nutq esa aynan o`sha jarayonning o`zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari.
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunla-ri asosida sodir bo`lishi mumkin. Chunki uni yuzaga keltiruvchi sti-mullar birinchi signallartipidagi qo`zg`atuvchilardan iboratdir (ma-salan: «Marsh», «Salom»).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarningsignali» (I.P.Pavlov) tarzdagi so`zlardan foydalanishi mum-kin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po`stida amal-ga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po`stining ma`lum qismi (miya chap yarim shari peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so`z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz» deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida «so`zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalil-lashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta`minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutqvositasi bilan fikr bayon qilishning ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarak-terli va iyerarxik tuzilishiga ega bo`lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin).
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan ol-din, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz — u program-malashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishi-ga o`tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.
Esda olib qolishni so`zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo`llashni ta`minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o`tish mexanizmi.
Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
So`zni ma`nosiga qarab qidirishni ta`minlovchi mexanizmlar.
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexa-nizmlar.
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovush-larni to`ldirishiga o`tish mexanizmlari.
9. Nutqni amalga oshirishni ta`minlovchi mexanizm. Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular qu-
yidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
dinamik afaziya — gaplar yordami bilan so`zlash qobiliyatining buzilishi;
efferent motor afaziyasi — gapning fammatik tuzilishi buzilishi;
3) afferent motor afaziyasi - nutq artikulyatsiyasining buzilishi;
4) semantik afaziya - gaplar o`rtasidagi bog`liqpikning buzilishi;
5) sensor afaziya - so`zlarni idrok qilishning buzilishi.
Nutq rivojlanishi davrlari.
1-davr - 2 oydan 11 oygacha.
2-davr - 11 oydan 19 oygacha.
3-davr - 19 oydan 3 yoshgacha.
Nutq rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega:
a) gugulash;
6) g`udurlanish (soxta so`zlar);
v) paradigmatik fonetika (1,3-1,5 yoshgacha) - buvi, buva, o`tir,
o`tirdi, o`tiradi;
g) nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje - situativ nutq);
d) nutq egotsentrizmi (J.Piaje - egotsentrik nutq).
Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to`plangan nazariy va amaliy materiallar taxdiliga ko`ra, akustik nutq signallari murgkkab muvofiqlashgan harakatlarning natija-sida namoyon bo`luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq ap-parati deb ataladi.
Odatda, o`pka va nafas olish tana a`zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta`minlab
turadi.
Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihat-
ni o`zida aks ettiradi.
1. Nutqning anatomik tasviri:
Ko`krak qafasi.
O`pka.
Traxeya.
Ovoz paychalari (aloqalari).
Tomoqtrubkasi.
Halqum bo`shlig`i.
Tanglay pardasi.
Og`iz bo`shlig`i.
Burun bo`shlig`i.
II. Nugqning funksional elementlari:
Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
O`pka sig`imi.
Traxeya harakati.
Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
Tomoq trubkasining funksiyasi.
Halqum bo`shligining organik vazifasi.
Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilim-shikligi).
Og`iz bo`shlig`i (uningtarkiblari, a`zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
Burun bo`shlig`i va uning tarkibiy a`zolari (kataklari, tukla-ri, namligi, quruqligi).

Og`izdan nurni (yorug`likni) kirib kelishi, ya`ni nurlanishi.


Burundan nurni kirib kelishi.
Og`iz va burundan havo oqimining kirishi.
Ichki tana a`zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. III. Nutqning ekvivalent blok sxemasi:
1, 2, 3 — o`pka va traxeya sig`imi,
4 — ovoz (tovush) tebranishining manbai,
5, 6 — hiqildoq va tomoq a`zolarining sig`imi,
~ tanglay pardasi mexanizmi,
— og`iz bo`shlig`i sig`imi,
— burun bo`shlig`i sig`imi,

— og`iz traktidan chiqish signali,


— burun traktidan chiqish signali,
— shovqin manbai.
A. Tomoq— havo bo`shlig`i — konfiguratsiya — nutqning paydo bo`li-shi keskin ravishda o`zgaradi. Gapning bo`lagi, tarkibiy qismi lo-tincha «konfiguratsiya» deyiladi, frazeologik jihatdan ushbu atama-da o`z ifodasini topadi: «qo`li gul».
B. Bunda yetakchi rol o`ynaydi:
a) tanglay pardasining harakati,
b) til,
v) lab,
g) pastki jag`.
Akustik tebranishning qo`zg`atuvchi mexanizmlari tomoq faoliya-ti, shovqin va impulsiv, ya`ni ixtiyorsiz qo`zg`atish, tovushlarining paydo bo`lishi, havo oqimining (massasining) tor oralig`idan o`tishi, nutq aktining ayrim o`rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha «asshPka», ya`ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. Chastotali filtratsiya akustika manbasi bo`lib hisoblanadi. Nutq tovushlarning tavsifi:
Har qaysi tilda nutqning paydo bo`lishida cheklangan tana a`zo-lari harakati ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar).
Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holati-ga mos tushadi va muayyan nutqtovushining paydo bo`lishga olib kela-
di.
3. Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga
oshiriladi.
IV. Nutqning xususiyatlari.
Matn — ma`no — fikr bildirish.
Ma`lumot (xabar, axborot) bayoni.
Og`zaki nutkda axborotning muayyan darajada yo`qolishi. U.Nutqning fonetik elementi.
VI. Nutqni idrok qilish nazariyasi:
Shkalalashtirish.
Unutish.
Xalaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v) taktil...
VII. Dinamik spektogramma:
a) undosh,
b) unli.
VIII. Nutq faoliyati:
Anglash.
Anglash (tushunish).
Qayd qilish (fiksatsiya):
a) nazariy va amaliy axborotlar,
b) takroriy fikrlar,
v) diqqatni yo`naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyati (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot,
iroda: emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulya-
tiv va boshqalar).
Nutq turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag`ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo`lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi, uning evolyutsion va ijtimoiy-tari-xiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o`xshash-lik yo`q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyatsion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fo-nema, fleksiya) to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xusu-siyatlari, paydo bo`lishi, o`sishi, o`ziga xostavsiflanishi, bosqichla-ri, fazalari, patologiyasi bo`yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o`rganilishi ham o`ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, man-tiqan izchilligi, tasniflanishi mavjud bo`lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o`zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to`xtalishdan oldin nutqning psixologik tavsiflari yuza-sidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshi-rishga xizmat qiladi.
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan`ana-viy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson — texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo`ladi (odat-da, og`zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisob-lanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so`zsiz nutq turlarini paydo bo`lgan bo`lib, u o`z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Inso-niyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydo bo`lgunga qadar imo-ishora negiziga qurilgan. Ma`lumki, qadim-gi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishi-larida qanday funksiyani bajarayotgan bo`lsa, o`sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma`lumotlar ko`lami tor bo`lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko`p davr-lar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma`-lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimo-iy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu ta-riqa namoyon bo`lgan, tobora takomillashib borgan.
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko`rinishlarga ajratish mumkin:
Imo-ishora,
Mimika,
Pantomimika,
Exologik, ya`ni aks sado,
Signifikatsiya,
Daktilogik (barmoq nutqi).

Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko`rsatish davrining dastlab-ki pallasida asosiy nutqturi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechin-malarni, ma`lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uza-tish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma`noli, maz-munli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o`zbeklarda fikrni tasdikdash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xud-di shu ma`noni bulg`orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib ke-ladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jim-jiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilin-maydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg`usiz namoyon bo`ladi va shaxslararo munosabatning tub ma`nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg`usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyasini o`zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag`zini tashkil etib kelgan, ba`zida hozirgi zamonda ham undan keng ko`lamda foydalaniladi.


Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktilogik; 2) tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar).
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajra-tish mumkin: 1) og`zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) polilogik, 5) ta-shqi, 6) ichki, 7) ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yig`iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jaxd holatidagi).
Insonning ijtimoiy — tarixiy taraqqiyoti davri taxdil qilin-ganda genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi qatorida og`zaki nutqni keltirish joiz. Og`zaki nutq noverbal turkumdan keyin pay-do bo`lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda qu-yidagi nutq ko`rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig`iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl).

O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati:





  1. Download 49,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish