Reja: Nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari



Download 120,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi120,13 Kb.
#690806
  1   2   3
Bog'liq
1 – mavzu. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi va vazifasi



1 – mavzu. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi va vazifasi 
Reja:
1. Nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari. 
2. Nutq madaniyati va boshqa fanlar. 
3. Nutq madaniyati - millat ma’naviy kamolotining muhim belgisi. 
4. Xulosa. 
O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish o’zbek tilshunosligi oldida 
turgan eng dolzarb muammolardan biridir. CHunki notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, o’z fikrini 
bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini keraqli va lozim 
bo’lgan o’rinda mantiqan va grammatik jihatdan to’g’ri qo’llash ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun 
hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. 
Har bir shaxsning nutqi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir kishining nutqi tinglovchiga 
yaxshi tushuniladi, voqea – hodisalar haqida aniq, ravshan ma’lumot beradi, o’zining til qurilishi 
bilan tinglovchining xulqiga ta’sir etadi. Boshqa bir kishining nutqidan tinglovchi asosiy narsalarni 
ajratib ololmaydi. 
Bunday nutqning til qurilishida grammatik - uslubiy nuqsonlar bo’ladi. Tilga olingan 
nutqlarning birinchisi to’g’ri, madaniyatli nutq, keyingisini nuqsonli nutq deyish mumkin. 
Tor ma’noda nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z 
ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil 
sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash 
demakdir. 
Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali 
kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo’ladi. Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy 
qismini nutq madaniyati tashkil etadi. 
Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq 
madaniyati de-yilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig’indisi, bu fazilatlarning tizimi 
tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi 
ta’limotni anglatadi. 
O’qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma - xil 
muammolarini tadqiq qiluvchi fan., Pedagogika institutlarida tilshunoslikning nazariy kurslaridan 
olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til 
me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik 
va xatolar, nutqiy asarlarning ko’rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs 
yuritadi. 
O’qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o’z tekshirish ob’ekti va vazifalariga ega. Uning 
tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ 
(aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo’lmaydi. SHuning 
uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli 
mavzuda so’zlagan nutqi ham har xil bo’lishi mumkin.
Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog’langan 
bo’ladi, unda ko’tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi, ba’zan 
ularning ham tekshirish ob’ekti bo’ladi. Ba’zan esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa - 
boshqa fanlar o’z xususiyatlaridan kelib yondoshadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib 
hal qiladi. Jumladan, uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish 
ob’ekti bo’la oladi. Faqat tilshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda, adabiyotshunoslik 
nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda tekshiriladi. Uslubiyatga har ikki fan o’z xususiyatlaridan kelib 
chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo’ladi. 
O’qituvchi nutq madaniyati fan sohasi sifatida shakllangan ekan, u albatta, boshqa fanlar 
bilan munosabatda bo’ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik va nolingvistik fanlar 
o’rtasida tutgan o’rnini belgilashda uning boshqa fanlarga qay darajada aloqasi borligini, poetika, 


uslubiyat, me’yoriy grammatika kabi ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar 
va tafovutlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Rus tilshunosi B.N.Golovinning fikricha: «...bu soha tilshunoslikning barcha bo’limlariga, 
shuningdek ruhshunoslik, mantiqshunoslik, estetika, sotsiologiya, pedagogika fanlariga tayanib 
ish ko’radi. Nutq madaniyati, ayniqsa stilistika bilan yaqin munosabatdadur. Ba’zi mutaxassislar 
nutq madaniyatini uslubiyatga singdirib yubormoqchi bo’lishadi. Holbuki, uslubiyatning o’z 
predmeti va o’ziga xos vazifalari bor». 
Ko’rinadiki, o’qituvchi nutq madaniyati alohida soha sifatida shakllangan va o’quv 
rejalariga alohida fan sifatida kiritilgan bo’lishiga qaramay, bu soha ayniqsa tilshunoslik fani bilan 
juda mustahkam aloqadadir. 
Nutqning aloqaviy sifatlari ichida nutqning to’g’riligi eng asosiy belgilardan hisoblanadi. 
Namunaviy nutq birinchi navbatda to’g’ri tuzilgan nutq bo’lishi kerak. Nutq to’g’riligi esa adabiy 
til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi. Demak, nutq madaniyatida asosiy narsa nutq 
to’g’riligi bo’lsa, bu esa adabiy til me’yorlariga amal qilish orqali yuzaga keladigan bo’lsa, o’z – 
o’zidan har bir xalq nutqiy madaniyatining, u haqidagi ta’limotning asosini shu xalq tilining 
me’yoriy grammatikasi, shu xalq tili sistemasi tashkil etadi. 
Nutq madaniyati sohasi til hodisalariga boshqa tomondan yondashadi: grammatik hodisalar, 
grammatik kategoriyalar, til qurilishi kabi masalalar bilan shug’ullanmaydi. Nutq madaniyati 
grammatik hodisalarga, til dalillariga asosan shu til adabiy me’yorlariga mos kelish – kelmasligi 
nuqtai – nazaridan yondashadi. Qanday holatda me’yorga qat’iy amal qilish juda zarur bo’lib, 
qanday holatlarda undan chekining mumkinligi, unga yo’l qo’-yilishi mumkinligi nuqtai - 
nazaridan baholaydi. Grammatik kategoriyalar, grammatik shakllar, til birliklariga adabiy til 
me’yori talabi bilan baho beradi. Ularning tabiati bilan shug’ullanmaydi. Jumladan, masalan 
so’zning qaysi turkumga oidligi, qanday grammatik kategoriyalarga, qanday fonetik yoki 
morfologik tuzilishlarga ega ekanligi nutq madaniyati fanining tekshirish ob’ekti emas. Biroq 
o’sha so’z o’zbek adabiy tilida kam qo’llanadimi, uning qo’llanishi, ma’lum bir shakli, talaffuz 
ma’lum bir ma’nosi bilan hozirgi tilda ishlatilib turishi o’zini oqlaydimi yoki yo’qmi ekanligi nutq 
madaniyashga aloqadordir. 
"Tildagi so’zlar, grammatik shakllarning ma’no va vazifalari, ularning tuzilishi 
tilshunoslikda o’rganiladi. Biroq nutqning ma’lum bir jarayonida o’sha so’z yoki grammatik shakl 
qaysi shaklda va qaysi ma’noda qo’llanishi mumkinligi, qo’llashning o’zini oqlash - oqlamasligi 
nutq madaniyatiga aloqadordir.
Nutq madaniyatining aloqaviy sifatlaridan hisoblangai mantiqlilik va ta’sirchanlik ham, 
ma’lumki, adabiy til me’yorlariga to’la amal qilish orqali ta’minlanadi. Me’yorga amal qilmaslik 
mantiqsizlikni vujudga keltirib qo’yishi, nutqni buzishi mumkin. Masalan, 

Download 120,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish