Reja: Oksidlar Kislotalar Asoslar Tuzlar Oksidlar



Download 9,49 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi9,49 Kb.
#350391
Bog'liq
Reja-WPS Office


Reja:

1.Oksidlar

2.Kislotalar

3.Asoslar

4.Tuzlar

Oksidlar — elementlarning kislorodli birikmalari. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar (peroksid va peroksid birikmalar) tarkibida kislorod atomlari fakat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, Na2O2 — peroksid). Normal O. elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.

Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi. Kislotalar eritma, suyuq, qattiq yoki gaz holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.

Asos vodorod ionlari (protonlar) ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga (OH-) ega boʻlsa va ularni qoʻyib yuborsa, ishqor deyiladi. Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis (talaffuzi: Luis) nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi.[1] Eski Arrhenius (talaffuzi: Arrenius) nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi,[2] lekin bugunda bu taʼrif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini oʻzgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yaʼni pH normal sharoitda 7 dan yuqori boʻladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksid olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.

Tuzlarkimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy {\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} }{\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} }; fosfoniy {\displaystyle ~\mathrm {PH_{4}^{+}} }{\displaystyle ~\mathrm {PH_{4}^{+}} }; gidroksoniy {\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} }{\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} } kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Download 9,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish