Reja: O`zbekiston ichki suvlari


Daryolarning xo`jalik ahamiyatini va suvini toza saqlash



Download 37,78 Kb.
bet6/7
Sana01.01.2022
Hajmi37,78 Kb.
#281231
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Word

Daryolarning xo`jalik ahamiyatini va suvini toza saqlash.

O`zbekiston daryolari muhim tabiiy boylik sifatida uning xalq xo`jalik taraqqiyotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa iqlimi quruq, sug`orib dehqonchilikka asoslangan jumhuriyatimiz uchun daryolarning sug`orishdagi ahamiyati kattadir. Hozir O`zbekistonda 4,2 mln. gektar yyerni sug`orish va sho`rini yuvish uchun daryolardan yiliga 53—55 km3 suv olinmoqda. Qishloq xo`jalik uchun olinayotgan 53—55 km3 suvning 80% yyerlarni sug`orishga sarflasa, qolgan 20% tuproq sho`rini yuvishga sarflanmoqda. Mamlakatimizda sug`orishga olingan suvning 25—30% zovur drenaj orqali, ba`zi joylarda (Farg`ona, Surxondaryo vodiy adrida, Samarqand botig`ida va boshqalar) tabiiy holda sizib qaytarma suvlar sifatida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o`g`itlar bilan ifloslanib tabiiy havzalarga qo`shiladi yoki sug`oriladigan mintaqadan tashqariga chiqarib tashlanadi. Mamlakatimiz daryo suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida 156 ming km uzunlikda kanal qurilgan bo`lib, uning 22 ming km, uzunlikdagi qismi xo`jaliklararo, qolgan 134 ming km uzunlikdagi qismi xo`jaliklar ichidagi kanallarga to`g`ri keladi. O`zbekiston daryolarining yana sanoat tarmoqlarini, maishiy-kommunal xo`jalikni suv bilan ta`minlashdagi ahamiyati katta. Hozir jumhuriyat sanoat tarmoqlari, maishiy-kommunal xo`jaligi va boshqa sohalarni suvga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun daryolardan yiliga 7,5—8,0 km3 suv olmoqdalar. O`sha suvning 15% sarflansa, kolgan 85% ifloslangan yoki qisman tozalangan holda tabiiy havzalarga qaytib qo`shilmoqda. O`zbekiston daryolarining energetik ahamiyati ham katta bo`lib, umumiy poteno`ial gidroenergoresursi 8,76 mln. kVt ga teng. Shuning 0,6 mln. kVt qismi Surxondaryo, 1,8 mln. kVt qismi Chirchiq (Chirchiq daryosining umumiy poteno`ial gidroenergoresursi 2,30 mln. kVt bo`lib, qolgan 0,50 mln. kVt Qirg`iziston hududidadir), 0,7 mln. kVt qismi Zarafshon (Zarafshonning qolgan 2,0 mln. kVt Tojikiston hududida) 0,4 mln. kVt qismi Sirdaryo (qolgan 4,5 mln kVt boshqa jumhuriyatlar hududida), qolgani jumhuriyatimiz boshqa daryolari zimmasiga to`g`ri keladi.

O`zbekiston gidroenergoresurslaridan bir qancha GESlar qurib foydalanilmoqda. Bularning eng muhimlari Chirchiq daryosida kurilgan 19 GES (eng kattasi Chorbor GES), Sirdaryoda Farhod GES va boshqalar. Hozircha O`zbekiston daryolarida qurilgan GESlar ishlab chiqarayotgan energiya Mamlakatimiz daryolarining umumiy gidroenergoresurslarining faqat 3,2% tashkil etadi xolos.

O`zbekiston daryolarining yana baliq ovlashda, rekrao`ion maqsadda, qisman bo`lsada kema qatnovida ham ahamiyati bor.

So`nggi vaqtlarda jumhuriyatimizdagi sug`oriladigan yyerlarning meliorativ holatini yaxshilash tufayli zovur-drenaj suvlari miqdorini ko`payishi, zavod-fabrikalardan, kommunal xo`jalikdan, transport va sog`lomlashtirish tashkilotlaridan va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos-oqova suv miqdorini ortishi, ularning daryolarga oqizilishi tufayli daryo suvining tabiiy holati buzilib, ifloslanib bormoqda.

Daryo suvlarining har xil ximikatlar va tuzlar bilan ifloslanishida zovur-drenaj suvlarining salmori katta. Hozir O`zbekistonda zovur-drenajlarning umumiy uzunligi 60 ming km. bo`lib, ulardan yiliga 13—14 km3 ifloslangan qaytarma suv vujudga kelmoqda. Ularning bir qismi sug`oriladigan yerlardan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga chiqarib tashlansa, qolgan qismi suv havzalariga qo`shilib uni ifloslamoqda.

O`zbekiston daryo suvlarining ifloslanishida zavod-fabrika, kommunal xo`jalik, transport va sog`lomlashtirish tashkilotlaridan chiqayotgan 300—350 mln. kub. metr iflos oqovalar ham sababchidir. Hozircha jumhuriyat va viloyat ixtiyoridagi 42 shaharning 29 tasidagina kanalizao`iya va tozalash inshootlari mavjud. Qolgan 13 shahardagi ishlatilgan iflos oqovalar to`g`ridan-to`g`ri suv xavzalariga tashlanmoqda, Buning ustiga Mamlakatimizning go`zal manzarali joylarida qurilgan dam olish uylari, lagerlar va boshqa korxonalardan chikayotgan iflos suvlar markazlashgan kanalizao`iyaga ulanmaganligi, tozalovchi inshootlarning yo`qligi tufayli tabiiy havzalarga qo`shilib ketmoqda.

O`zbekiston daryo suvlarining ifloslanishi oqibatida, suvning tabiiy holati buzilib, yashil suv o`tlarining, baliqlarning kamayib ketishiga, sug`oriladigan yyerlardagi ekinlarning o`sishiga va natija oqibatda kishilar salomatligiga salbiy ta`sir etmoqda. Hatto sanoatlashgan joylardan oqib o`tadigan Chirchiq, Zarafshon kabi daryo suvlari tabiiy holda ichishga yaroqsiz bo`lib qoldi.



O`zbekiston daryo suv boyliklarini bundan buyon toza saklash uchun ekin dalalaridan chiqayotgan zovur-drenaj suvlarini iloji boricha tabiiy havzalarga tashlashni man etish; zovur-drenaj suvlarini yig`ib, Amudaryo va Sirdaryoga parallel magistral zovur qazib Orolga oqizishga erishish; qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi biologik uslubda kurashishni joriy etish; zavod-fabrika, maishiy-kommunal va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos-oqova suvlarni tozalab, so`ngra suv havzalariga tashlashga erishish zarur.


Download 37,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish