Reja: O’zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor



Download 28,12 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi28,12 Kb.
#800870
Bog'liq
tadbirkorlik


Mavzu: Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.

Reja:



  1. O’zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor



  1. Kichik biznes faoliyati



  1. Xususiy tadbirkorlik

O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.


Kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar davlatga bog`liq bo`lmagan holda, ya`ni katta kapital mablag`larsiz o`zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo`lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo`naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko`rsatish hamda xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko`rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega.
Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida», «Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida namoyon etmoqdalar.
Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog`langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF3305-sonli Farmoni qabul qilindi.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar.
Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin:

  1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik korxonalar.

  4. Ijara korxonalari.

  5. Kichik qo`shma korxonalar.

Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumla-dan, transport, aloqa, sog`liqni saqlash va boshqa noishlab chiqa-rish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda halq amaliy san`ati buyumlaridir.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;

  • bozor uchun zarur bo`lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

  • iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.

Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi imkoniyatlarini yaratadi:

  • izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish, ularni talabning tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

  • tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish;

  • ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib borish;

  • ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;

  • boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;

  • xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan to`liqroq va samaraliroq foydalanish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog`liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o`rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg`or tarmoqlarida yangi tex-nologiyalarga o`tish sharoitida o`z o`rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g`oyalar va ishlab chiqarishni modernizastiyalash bilan ishlashni ta`minlov-chi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan sharo-itlarda ishlab chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g`oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo`lga qo`yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta`minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o`ziga xoslik sharoitlarida O`zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • erkin mehnat resurslarining, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo`lishi natijasida ishlab chiqarishda bo`shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko`proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi;

  • aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma`naviy va kasb darajasini ko`tarish;

  • aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste`moli mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish;

  • milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o`rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivoj-lantirishga yordam ko`rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g`oyat muhim bo`lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to`g`ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim.
O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko`rib bo`lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta`sir ko`rsatadi, kon`yunkturaning keskin o`zgarib ketishi, mijozlarning to`lovga qodir bo`lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo`yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug`urtalar tizimi yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug`urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o`ziniki bo`lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste`mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to`ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste`molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug`ullanish istagini uyg`otish;

  • qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo`li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash;

  • mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to`laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;

  • ko`rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash;

  • korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;

  • joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko`ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste`mol bozorini tovar bilan to`ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish.

Ma`lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65 foizidan ortiq qismi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo`nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog`liq turli boshqaruv pog`onalarida tashkiliyiqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo`llabquvvatlash;

  • kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlash;

  • islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish.

  • 1-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

  • Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish ushbu Qonunga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • 2-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari

  • Quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:

  • mulk shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni o‘n kishigacha, savdo, xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — besh kishigacha bo‘lgan mikrofirmalar;

  • mulk shaklidan qat’i nazar, sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni qirq kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — yigirma kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — o‘n kishigacha bo‘lgan kichik korxonalar.

  • (2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

  • Ishlovchilarning belgilab qo‘yilgan sonini hisobot davrida oshirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.

  • O‘zining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mol-mulki asosida o‘z mehnati yoki yollangan mehnatni qo‘llanish vositasida, tavakkal qilib va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.

  • Yuridik shaxsni tuzmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.

  • 3-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik uyushmalari

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish hamda ularning faoliyati bilan bog‘lik vazifalarni birgalikda hal etish maqsadida xo‘jalik uyushmalari tuzilishi mumkin bo‘lib, ular o‘zlarining ustavdagi vazifalarini ro‘yobga chiqarish uchun ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir

  • 4-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari zarur hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni ro‘yxatga olishni rad etishga yoki ro‘yxatga olish uchun qo‘shimcha shartlar belgilashga haqli emas.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olishni asossiz rad etish ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

  • Sud ro‘yxatga olish organining xatti-harakatini (qarorini) qonunga xilof deb topgan taqdirda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq xarajatlarini mazkur organ qoplaydi.

  • Ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda kichik va xususiy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

  • 5-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari davlat statistika muhosiba hisobotlarini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan, hisobotdorlikning soddalashtirilgan taomili hamda shakllarini nazarda tutadigan tartibda taqdim etadilar.

  • 6-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarining kafolatlari

  • Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy mehnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi.

  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlari tegishincha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu hujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari xo‘jalik va boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda o‘z tashabbusi bilan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatning xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejali tartibda tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.

  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda to‘lovchi, boshqa norma va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishdan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirishlar Palata yuridik xizmatlari va hududiy tuzilmalarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi tasdiqlagan rejalar asosida tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir yo‘la o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.

  • Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyati tekshirishdan o‘tkazilayotganda quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘z faoliyati tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;

  • nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;

  • tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • nazorat qiluvchi organlarning ular vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;

  • nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kungacha bo‘lgan muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;

  • tekshirish natijalari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.

  • (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)

  • 7-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi

  • Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

  • Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar, boy berilgan foydani qo‘shgan holda, shu organlar tomonidan qoplanishi lozim. Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar sudda hal etiladi.

  • Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holda va tartibda olib qo‘yish bundan mustasno.

  • 8-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari

  • Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-huquqiy negizini takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

  • kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydilar;

  • kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqadilar;

  • kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydilar.

  • 9-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari

  • Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda hududiy dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.

  • Dasturlarni moliyaviy ta’minlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari, xalqaro dasturlar bo‘yicha, xususiy va boshqa manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

  • 10-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari

  • Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari:

  • kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlash;

  • ustav sarmoyasida ishtirok etish;

  • maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan ko‘maklashish;

  • infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish;

  • olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish yo‘li hamda qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun hosil qilinadi.

  • 11-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning ustuvorliklari

  • Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va shunday xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barpo etish kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridir.

Download 28,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish