Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati



Download 36,78 Kb.
bet8/10
Sana30.12.2021
Hajmi36,78 Kb.
#191836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xoja

Erursada hikoyat so’zi ham qasr.

Qilibdur Majlisiy bu so’zni pardoz,

O’qusangiz qilur jon qushi parvoz

Majlisiy bu lavhalarda ham majoz ishlatgan bo’lsa kerak. Mashhur olim va shoir Muhammad Avfiy Buxorodan mug’ul istilosi sababli Hindistonga borib o’sha erda qolib ketgan va o’zining mashhur asarlaridan biri «Jome’ ul –hikoyot» ni Hindstonda yozgan edi. Bu asar Eron, O’rta Osiyo va boshqa joylarda ham shuhrat topib, ko’p mualliflar, jumladan, Alisher Navoiy ham undan foydalangan. Sayfulmuluk haqidagi qissalardan birida uni Hindistondan olib kelishgani aytilgan. Majlisiy ramziy ravishda ana shu forsiy nasr nusxani nazarda tutgan bo’lishi mumkin. Biz bu bilan Sayfulmuluk qissasi Avfiyniki demoqchi emasmiz. Ammo Avfiy asarining nomi «Jome’ ul-hikoyat va Lavome’ ur-rivoyot» bo’lganligi va o’tmishda shunday nom bilan yuritilgan qissalar ko’p bo’lganligini nazarda tutmoqdamiz. Sulton Mahmud voqeasini nazarda tutib ayrim olimlar (jumladan, N.M. Mallaev, A. Ibrohimov) dostonni qoliplash usulida yozilgan, deydilar. Bu fikrga qo’shilish qiyin, chunki Sulton Mahmud va uning vaziri hikoyasi qolip bo’la olmaydi. Ular boshida keladi-yu, boshqa davom etmaydi, aksincha, Sayfulmuluk qissasining o’zi fors-tojik nusxalarida qoliplovchi bo’lib kelgan.

Majlisiy yuqorida keltirilgan baytlardan keyin asosiy syujetni nazmga olgan.

Misr mamlakatida Shoh Osim ibni Safvon (forscha variantda Sufvon) to’rt yuz etmish (forscha variantda qirq) yoshga kirib farzand ko’rmaydi. Taxtim kimga qoladi, deb qirq kecha kunduz yig’laydi. Oxiri munajjimlar unga Yaman Sultonining qizini olsa o’g’il ko’rajagini aytadilar. U uylanadi va o’g’il ko’rib, unga Sayfulmuluk (shoh qilichi) nom qo’yadi, vaziri Hamidning xotini ham o’g’il ko’radi. Unga Soid (o’ng qo’l) deb ism qo’yishadi. Ikkovi birga tarbiyalanadi. Shoh o’g’liga chorbog’, qo’shk qurib beradi. Bir kun o’g’lini chaqirib, unga to’n va uzuk sovg’a qiladi. Forsiy variantda bu to’n va uzuk Sulaymon payg’ambar tomonidan unga qoldirilgan edi, deyiladi. Sayfulmuluk to’nda go’zal qiz - Bade’ ul jamolning rasmini ko’rib, unga oshiq bo’lib qoladi. Shoir qizni shunday tariflaydi:

Bor erdi to’nda bir surat munaqqash,

Bo’yi boshdin ayog’ ra’noyu dilkash.

Yuziga boqsa ul go’yo kuladur,

Ani ko’rgan sayi joni kuyadur.

Erur rangi ruxi gulbargi tardek,

Labi la’li aning shirin shakardek.

Degaysan og’zidur chun g’unchai gul,

Yuzida to’lg’onib ul zulfi sunbul…

Niholi sarvdekdur, qaddi mavzun,

Labi la’lu tishi chun durri maknun.

Ko’ziga boqsangiz ko’zi suzulur,

Bo’yi nozik, magar beli uzulur.

Sayfulmuluk otasidan uni qidirib topish uchun ruxsat so’raydi. An’anaviy mojarolardan keyin shoh unga ruxsat beradi. To’rt yuz kema, mol- mulk, lashkar bilan Sayfulmuluk va Soid yo’lga chiqadilar. Ular Chinga keladilar, Fag’furi Chin ularni kutib, ziyofat qiladi. Bir keksa unga Fatina shahri va uning podshohi Shahbol haqida xabar beradi. Ular Fatinaga jo’nashadi.

Dengizda to’fon bo’lib, hamma g’arq bo’ladi, Sayfulmuluk bir taxta ustida hushsiz qoladi. Uni bir qayiqda ketayotgan o’n ikki jo’ra qutqarib olishadi. Oldilaridan bir kema paydo bo’ladi, ular odamxo’r zangilar edi.

Zangilar shohi buni qizim esin deb Sayfulmulukni qiziga yuboradi. Qiz uni ko’rib oshiq bo’lib qoladi. Ular uch kishi qolishadi. Kengashib oxir qochishga kelishadilar. Qochib bir jaziraga keladilar. Ular maymunlar shahriga yo’liqadilar. Sayfulmuluk yolg’iz o’zi qoladi. O’zini daryoga tashlab bir yog‘och ustida turganida, uni bir qush ko’tarib uchadi bir quruqlikka tashlaydi, qushdan yashirinadi, ajdarga yo‘liqib, uni o‘ldiradi. Keyin yo’lbarsga duch keladi uni ham pahlavonlarcha kurashib o’ldiradi. U bir dev chorbog’iga etib, unda Sarandil (Sarandib) shohining dev qo’lida asir bo’lib yurgan qizini uchratadi. Unga o’z sarguzashtini aytib beradi. Bu qiz uning sevgani Bade’ ul-jamol o’zining emukdoshi ekanligini bildiradi. Uning vatani bog’i Eram, deydi. Ular qochadilar. Karvonga qo’shilib Sarandilga kelishadi. Shoh nihoyatda xursand bo’lib, ularni qarshi oladi, qizi Rabialmulk sharafiga to’y beradi. Rabialmulkning kelganini eshitib Bade’ ul jamol uning huzuriga keladi. Rabialmulk unga Sayfulmulukning unga oshiqligini aytadi. Avval achchiqlanib, keyin Sayfulmulukni ko’rgach, u ham oshiq bo’lib qoladi. Hushsiz yotganida Sayfulmuluk kelib, uning boshini tizzasiga olib hushiga keltiradi Pari unga:

Dedikim «odam o’g’li bevafodur


Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish