Reja: Shoirning hayoti va ijodi yo’li



Download 166,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana29.05.2022
Hajmi166,01 Kb.
#617777
1   2
Bog'liq
\'11-amaliy E.Vohidov (1)

Shoir lirikasi
Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali 
ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, 
xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg’ali, isyonkor she'rlari orqali joy olgan. 
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o’z qo’lidagi quroli — 
she'r, uning tabiati, shoirning el-yiirt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko’p 
o’yladi, she'r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so’z 
ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo’lish oson emasligini cslatadi. 
Uningcha, shoirlik o’z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’Igan fidoyi mehrning 
samarasidir. 
Erkin Vohidov dastlab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib 
maydonga chiqdi. Taqdir in'om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sumrini, 
hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli 
tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. 
Jumladan, ,,Yoshligim" g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi: 
Yoshligim, kel, kuyga to’lgan 
Qalbim oltin sozi bo'1. 
Men qo’shiq aytay to’lib, 
Bir lahza jo’r ovozi bo'l. 
40—50- yillarda ,,vulgar sotsiologizm" deb atalgan qarash oqibati o’laroq, 
sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan, she'riyatdan quvg’in qilingan edi. 50- 
yillar oxiri, 60- yillarga kelib vaziyat o’zgara boshladi, inson shaxsiga hurmat
qalbiga e'tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, 
an'anaviy sevgi taronalarini kuylash uchun yo'l ochildi. Bu hol an'anaviy she'riy 
shakl, ayniqsa, g’azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, bu jarayon o’sha 
kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo’q. AbdullaOripov yozganiday, ,,mumtoz 
g’azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qiJishayotganda 
yosh avlod orasidan birinchilardan bo’lib Erkin Vohidov aruzning tabarruk 
ostonasida posbon yanglig’ paydo bo’Idi". Ba'zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni 
kuylash, ko’hna she'riy shakl—aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb 
ataydilar. E. Vohidov ,,Yoshlik devoni" kitobining ,,Debocha"sida shunday 
qarashlar bilan bahsga kirishadi: 


Istadim sayr aylamoqni 
Men g’azal bo’stonida. 
Kulmangiz, ne bor senga deb 
Mir Alisher yonida.
She'rJyat dunyosi keng, 
Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, 
Har ko’ngil arzini aytur 
Neki bor imkonida. 
Ey munaqqid, sen g’azalni 
Ko’hna deb kamsitmagil, 
Sevgi ham Odam Atodin 
Qolgan inson qonida. 
Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u — sevgini kuylagan 
qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She'rda g’azal shunchaki she'riy shakl 
ma'nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramzi tarzida ham qo’llangan: 
Barcha shodlik senga bo’lsin, 
Bor sitam, zorlik menga. 
Barcha dildorlik senga-yu, 
Barcha xushtorlik menga...
Bu jahonning rohatin ol, 
Bor azobin menga ber.
Senga bo’lsin barcha orom, 
Barcha bedorlik menga. 
( “Barcha shodlik senga bo 'lsin” ) 
Shoir oshiq ko’ngilning ma'shuqaga bo’lgan mayli ifodasida xuddi mumtoz 
she'riyat namoyandalari kabi mubolag’ani hadsiz oshiradi: 
Seni yotlar tugul hatto — 
Qilurman rashk o’zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam 
Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. 
Ko zim yongay senga nargis — 
Ko’zin tiksa chamanlarda, 
Yashirmam, lolaga rashkim 
Ayon bo’lgay yuzimdan ham. 
(,,Rashkim") 
Oshiq yigitning dil rozlari, ma'shuqaning ta'rif-tavsifi har qancha 
mubolag’ador, romantik bo’yoqlar bilan zeb berilgan bo’lmasin, har ikkisi ham 
zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o'z zamonin zayli"ga itoat 
etadigan bizga zamondosh odamlardir. 
Bora-bora shoir ijodida o’shanday romantik jo’shqinlik, hayotsevarlik 
tuyg’ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo’shila boshladi. Shoir 
hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki 
ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama-qarshiliklari, 
ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada 
shoir she'rlari o’ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir 


sevgi, ,,hayot kuychisi'lgina emas, ko’proq hayotning, inson qalbining badiiy 
tadqiqotchisi sifatida ko’rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar", ,,Inson", ,,Sirdaryo 
o’lani", ,,Arslon o’ynatuvchi" she'rlari, ,,Ruhlar isyoni", ,,Istambul fojiasi" singari 
dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg’a tashlangan qadam bo’ldi. 
Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so’zlar, madhiyalar, hamd-u 
sanolar orqali ifodalanmaydi. Yetuk adabiyot, yuksak she'riyatda mehr-sadoqat 
hayotning teran tahlili orqaligina ro’yobga chiqadi. Hayotning shafqatsiz haqiqati, 
chigalliklari, xalqimiz, butun insoniyat oldida turgan o’tkir muammolami bor 
holicha ko’rsa-tadigan, odamlar ko’nglidagi dard, tili uchida turgan gap bor ovoz 
bilan aytilgan asarlargina butun xalqning diliga kirib boradi, koriga yaraydi. Shuni 
ham aytish kerakki, Erkin Vohidov ijodida goho madhiyabozlik, qasidachilik, ona 
yurtning ,,dimyoda tengsiz" ekani, xalqning ,,cheksiz erki va baxti"dan, ,,ulug’ 
ishlari", ,,erishgan g'alabalari"dan o’rinsiz faxr-iftixor tuyg’usi bilan to’lib-toshgan 
she'rlarhamuchraydi. ,,O'zbekiston" faxriyasi, ,,Iftixor tuyg'usi", ,,O'zbekiston 
kommunistlari" she'rlarida ham shu hol mavjud. 
Shoir adabiyotdagi o’rinsiz madhiyabozlikni, o’zining shu ruhdagi satrlarini 
ham nazarda tutib deydi: 
Bas, yetar, yolg’on saodat, 
Yolg’on erk, yolg’on Vatan! 
(,,Vatan istagi") 
Erkin Vohidovning yetuk asarlari yolg’ondan begonaligi, shaf-qatsiz haqiqati, 
rosTgo’yligi va samimiyligi bilan hozirgi jahon taraqqiyparvar adabiyotining eng 
yaxshi namunalariga ham-ohangdir. 
Shoirning ,,lnson" she'ridagi inson talqinini eslaylik. Shoir insonning bugungi 
kamoloti, inson dahosining zakovati — fan-texnika bobida erishilgan mislsiz 
zafarlar haqida yozadi: 
Minding ilm narvoniga, 
Chiqding funun osmoniga, Bu jahon ayvoniga 
Arkon o’zing, vayron o’zing. 
Qarang, shoir fan-texnika taraqiyoti tufayli bugungi kunda inson jahon 
ayvoniga n,arkon" (ustun) darajasiga ko’tarilganini ayta turib, shu ,,arkon" ayni 
paytda ,,vayron" ekanini pisanda qilib o’tadi. So’ng bu fikrni rivojlantirib deydi: 
Zarrani ijod etib, 
Dahshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib, 
Hayron o’zing, hayron o’zing. 
Yo’q, shoir insonning buyuk kashfiyoti oqibati nuqul dahshat-u balolardan 
iborat deb bilmaydi, buyuk kashfiyotlarni ezgulikka xizmat ettirish ham shu 
insonning o’z qo’lida, o’z ixtiyorida: 
Bog’i arz obod erur, 
Sendin agar imdod erur, Yo’qsa u barbod erur, 
To’fon o’zing, to’g’on o’zing. 
Shoirning ona zamin qismati haqidagi alamli o’ylari ,,Sirdaryo o’lani" she'rida 
o’ziga xos tarzda ifodalangan. Bu she'rxalq o’lanlari ruhi, ohangida bitilgan: bir 
tomonda ona daryoning go’zal ta'rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning 
hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Shoir nazarida 


Sirdaryo ko’hna Jayhun (Amudaryo) bilan birga ona vodiy hayoti, bori, quvonchi, 
alami, zori; yurt uchun ham tomir, ham yurak... Shoir g’urur bilan: 
Sen borsanki, keng vohada hayot bor, Demak, yurling labida bol, nabot bor... 
...Sen paxtasan, olma, anor va nursan, o’zbek uchun surursan ham g’urursan, o’zni 
yerga tomchi-tomchi berursan, Daryo emas, xalq timsoli erursan, Oqib turgin, 
qurib qolma, onajon singari misralar tizadi. Shoirni mana shu ta'rif-tavsifga 
sig’mas azim daryoning, chindan ham xalq timsoli deyishga loyiq ona daryoning 
bugungi qismati qattiq tashvishga, iztirobga soladi. .Nega bukun bemadorsan, 
haloksan?" deya uni alamli savolga tutadi. Darhaqiqat, hozir-u huzurini 
o’ylaydigan iste'molchilik kasaliga mubtalo kimsalarning aybi bilan daryolar ham 
mushkul ahvolga tushib qoldi. Bu haqda hozirgi kunda ham ko’p gapirilyapti, 
yozilyapti. Shoir esa daryo qismati haqidagi o’y-tashvishlarini o’quvchi qalbini 
hayajonga, larzaga soladigan bir tarzda ta'sirchan ifodalaydi. She'rning har bir 
batidi oxirida daryoning ayanchli ta'rif-tavsifidaxuddi naqarotdek takrorlanadigan 
,Oqib turgin, qurib qolma, onajon"degan o’ta samimiy, cheksiz mehr, o’kinch to’la 
satrlar xuddi xalq o’lanlaridagi kuygan dilning o’tli zoriari singari o’quvchi 
qalbining tub-tubigacha yetib boradi, uni titroqqa soladi. ,,Arslon o’ynatuvchi" — 
ijtimoiy pafosi jihatidan 70- yillar o'zbekmilliyshe'riyatiningjiddiyyutug’i. Xorijiy 
safartaassurotlari asosida yaratilgan bu she'r qaramlikka, mutelikka qarshi o’tkir 
aybnoma kabi yangraydi. Faqat bugina emas, unda qaramlik dunyosining 
shafqatsizligi — tirikchilik, kundalik hayot tashvishlari tirik mavjudotni, odam 
zotini ne ko’ylarga solishi ramziy tarzda butun dramasi, keskinligi bilan 
ko’rsatiladi. She'rda qaramlarni bir-birlari bilan bog’lab qo’ygan ko’zga ko’rinmas 
kishanlar ildizi ochib tashlanadi. Uni o’qib, alam-iztirob bilan qalamga olingan 
hodisa, ya'ni to’qaylar podshohi arslonni charsillab yonib turgan olov halqa ichidan 
sakrab o’tishga majbur qilgan, sher zotini masxaraboz qo’liga berib, gumroh 
tomoshabin — olomon uchun ermak — tomoshaga aylantirgan kuch nima, degan 
savolga o’zingiz javob topasiz. Muallif hodisaning zamiriga, ichki mohiyatiga 
nigob tashlaydi; chuqur va nozik poetik tahlil orqali haqiqiy bosh aybdor sirk 
maydonidagi she'r va masxaraboz emas, balki sahna ortidagi ularni shu ko’ylarga 
solib qo’ygan shafqatsiz falak, hayotning o’zi — muhit, sharoit ekani ma'lum 
bo’ladi: bularning bari falak ishi, biriga qamchi, boshqasiga qafasbergan bu — 
tirikchilik! Arslon o’ynatuvchining arslon isyoni, ta'nalariga javoban aytgan mana 
bu so’zlarini tinglab ko’ring: 
Sening har bir o’tli na'rang — 
Menga tarsaki. 
Netay, men ham egaiik qul. 
Boshda xo’jam bor, 
g’azab qilsa, 
Ko’zlarimga dunyo bo’Iar tor. 
Menda-ku dard, iste'dod bor, 
Bor andak sehr
Hech bo’lrnasa hayvonotga 
Shafqat-u mehr! 
Tomoshagoh egasi kim 


Mening qoshimda! 
Ammo qamchi o’ynatar u 
Doim boshimda. 
Holatimni tushun, 
Isyon qilma, birodar, 
Charx oldida ikkimiz ham 
Asli barobar. 
...Goh jonimdan o’tsa zulm 
Na'ra tortaman, 
Lekin bundan 
Faqat boshga balo ortaman. 
Asar xotimasi nihoyatda hayajonli: 
Bu so’zlarga chidolmadi, 
To’lg’ondi arslon:
-
Bo’ldi, bas qil!
Yuragimni qon qilma, inson! 
O’t olsin bu charxi falak 
Rizq-u ro’zini!.. 
Arslon olov chambarakka 
Otdi o’zini. 
Aziz o’quvchi! o’zingiz o’ylab ko’ring-a, odam zoti tirikchilik yo’lida 
majburiyat yuzasidan nimalar qilmaydi, deysiz... 
80- yillar oxiri, 90- yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti, 
ma'naviyatidagi o’zgarish, yangilanishlar, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin 
Vohidov she'riyatida, xususan, ,,Yaxshidir achchiq haqiqat" kitobida o’z aksini 
topdi. Shoirning bu davr ijodidagi eng xarakterli xususiyat unda chin ma'nodagi 
ruhiy erkinlikning namoyon bo’lishidir. 
Totalitar tuzum, mustabid adabiy siyosatning so'z san'atiga, birinchi galda 
she'riyatga keltirgan eng mudhish zarari shu bo’ldiki, bunday siyosat bir qator 
iste'dod egalaridagi ,,men"ni, ya'ni shoir shaxsiyatini mavh etdi, uning o’zligini, 
isyon tuyg’usini so’ndirdi. Ko’p asrlik she'riyatimizga xos iztirob-u mashaqqatlar, 
shubha-gumonlar ichida mardona turib o’zlikni qidirish, taftish qilish, 
shu orqali haqiqatni anglash an'anasi susaydi. 90- yillarga kelib milliy 
she'riyatimiz, aniqrog’i, iste'dodli shoirlarimiz shu azaliy muqaddas an'analarga 
dadil qadam qo’ya boshladi. Mana shu yangi jarayonntng boshida turganlardan biri 
E. Vohidovdir. Shoir ,,Kechir, yo rab!" she'rida chin dildan shunday yozadi: 
Kechir, yanglishmagan kim bor, 
Mening ham ko’p gunohim bor. 
Odamzod asii nokomil, 
Kechir yo rab, kechir yo rab! 
Shoirning ,,Yaxshidir achchiq haqiqat" kitobida ,,Tush" degan mo’jazgina 
voqeaband she'r bor. Unda tush bilan o’ng — odamning arosatdagi mudroq, lanj 
holati ustida gap boradi: lirik qahramon takror-takror tush ko’radi, tushida mudrab 
yurgan el ichida yuradi, ular bilan o’zi ham mudrab asta qadam sudraydi: 
Bu tush, deyman, Uyg’on, deyman. Uyg’onolmay mudrayman. 


Siz ham, aziz o’quvchi, ehtimol, bunaqa holatga tushgansiz. Inson bolasi 
uchun bu og’ir ruhiy qiynoq. Koshkiydi, bu shunchaki tush, birgina odamning 
arosatdagi ruhiy qiynoqlari bo’lsa! Aslida bu butun xalq boshiga tushgan kulfat! 
Bu mustabid tuzum sharoitida g’aflat bosgan bandalar orasida bo’lgan shaxsning 
musibati, fojiasi. Shoir yaratganga iltijo qilib, bunday mudhish kechaning — og’ir 
qiynoqning oxiri tezroq kelishini iltijo qiladi. Aslida mudroqltkdagi holat 
qullikning bir ko’rinishidir. Shoir ,,Yuragingda makon tutgan qul" she'rida 
yozganidek, ,,Qullar ichra eng bechorasi" odam bolasi yuragiga makon tutgan 
qullikdir, bunaqa qullik — judolikdan adolik ma'qul. Shoir ,,Vatan istagi" she'rida 
baralla ,,O'zni ozod qush kabi ko 'rmoqni istaydi ko "ngii" deydi.Faqat o’zligini 
to’la anglab yetgan, yuragi qullik tuyg’usidan xoli, isyonkor — dovyurak, imoni 
butun, e'tiqodli shoirgina shunday mardona so’zni bor ovoz bilan ayta oladi! Shoir 
ijodidagi ana shu tamoyillar — hayot haqiqatini murak-kabligi, ziddiyatlari, 
shafqatsizligi bilan bor holicha berish, o’tkir ijtimoiy-ma'naviy masalalarni dadil 
o’rtaga qo’yish, falsafiy mushohadalarga moyillik, ruhiy erkinlik uning 
dostonlarida, xususan, ,,RuhIar isyoni" asarida yana ham yorqinroq, ta'sir-chanroq 
namoyon bo’lgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 166,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish