Reja: Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarda gumus miqdori



Download 21,86 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi21,86 Kb.
#552610
Bog'liq
24-Mavzu


24-Mavzu Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarda gumus miqdori va uning sifat tarkibining o‘zgarishi.
Reja:
1. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarda gumus miqdori
2. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarda gumusning sifat tarkibi
3.Tuproq tarkibidagi gumuning ahamiyati.
Biosferaning, xususan, uni tashkil etuvchi har xil landshaftlarning biomahsuldorligi, ya’ni hosildorligi asosan ulardagi tuproq unumdorligiga bog‘liqdir.
Tuproq unumdorligiga esa, tuproq hosil bo‘lish jarayonining pirovard natijasi, ya’ni mazkur hodisaning ro‘y berishdan kelib chiqqan asosiy xususiyatidir. Yanada aniqroq qilib aytilganda, unumdorlik faqat tuproqqa xos bo‘lgan xususiyatdir.
Tuproq unumdorligining asosiy ko‘rsatkichi shu tuproqdan olinadigan o‘simlik hosilining miqdori va sifati bilan belgilanadi. O‘simlikdan olingan hosil qancha ko‘p va sifatli bo‘lsa, shu tuproq unumdorlik ko‘rsatkichi yuqori hisoblanadi. Albatta bunday tuproqlarda chirindi va bir qator oziqa elementlari (azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar) yetarli miqdorda bo‘lishi lozim.
Tuproqning tarkib topishi, taraqqiyoti va unumdorligida organik modda katta ahamiyatga ega. O‘simlik va jonivorlar qoldig‘idan iborat bu organik modda miqdori va sifati shu tuproqning unumdorligini, kuch-quvvatini, uning ijobiy va salbiy xususiyatlarini belgilaydi. Professor A.M. Likov (1976) ning iborasi bo‘yicha, chirindi tuproq unumdorligining poydevori, soqchisi hisoblanadi. Ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproq unumdorligi yetarli darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham tuproq unumdorligida uning tarkibidagi organik modda-gumusning alohida o‘rni bor.
Gumusning kimyoviy tarkibi juda murakkab, u asosan, harakatchan gumin va fulvokislotalardan va mustahkam bog‘langan gumin moddalardan iborat. Uning tarkibida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan bir qancha kimyoviy elementlar bor. Qora tuproqlarda gumus miqdori va sifati ayniqsa yuqori bo‘lib, har bir gektar yerning bir metrlik qatlamida 350-700 tonnani tashkil etadi. O‘zbekistonning bo‘z tuproqlarida esa bu 70-130 tonna va haydov qatlamida bor yo‘g‘i 35-40 tonna yoki bir foiz atrofida, xolos. Bu ko‘rsatkich anchayin oz bo‘lib, respublikamizning sahro zonasida tarqalgan taqir, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda esa, uning miqdori yana ham kamayib ketadi (qariyb 1,5 martobagacha).
Bizning sharoitimizda o‘zlashtirilib sug‘orib ekin ekiladigan dehqonchilikka jalb qilingan yerlarda tuproq tarkibi o‘zgaradi va u madaniylashadi, natijada gumus to‘plana boshlaydi hamda yildan yilga uning miqdori oshadi. Ko‘p yillik kuzatuv asosida tuproqshunos olim S.N. Rijov respublikamiz dehqonchilik madaniyati yuqori bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarda yetarli agrotexnik ishlar qo‘llanilganda tuproqning barcha xususiyatlari yaxshilanadi, undagi chirindi moddasi miqdori hamda unumdorligi ortishi haqida aniq va izchil fikrlarni tashlagan.
O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutning turli viloyatlardagi turlicha xil tuproq-iqlim sharoitida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tajriba stansiyalarida kuzatuv natijalari buni isbotladi. Masalan, Mirzacho‘lning och tusli bo‘z tuproqlarida o‘tkazilgan kuzatishlarga ko‘ra, uzoq vaqt sug‘orilib dehqonchilik qilinib kelingan yerlarning haydov qatlamida qo‘riq yerlarga nisbatan chirindi miqdori kamaygan bo‘lsa ham, bir metr chuqurlikdagi qatlamda dastlabki o‘n yilda 20% ga ko‘paygan. Bu hol boshqa sahro zonalari tuproqlari uchun ham xosdir. Buning boisi, yuqori darajali dehqonchilik madaniyati qo‘llanilganda, yerlarga to‘g‘ri ishlov berilib, o‘simliklar uchun zarur oziqa elementlari mineral o‘g‘itlar tarkibida solinsa, bu tuproq tarkibidagi gumusni bir me’yorda saqlab turishi yoki oshirishini ta’minlaydi.
Tuproqqa mineral o‘g‘itlardan tashqari organik o‘g‘it (go‘ng) solinmasa, almashlab ekishga rioya etilmasa gumusning miqdori va tarkibi o‘zgaradi, uning sifati yomonlashadi. Demak, dehqonchilik tuproqni organik moddaga boyitib, kuchli gumus qatlamini yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ana shunda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlarning ham samarasi oshadi.
Dehqonchilik amaliyotida foydalanilayotgan tuproqlarning unumdorligini saqlab qolish va oshirib borish ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ayrim yerlarda, tuproqdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida, yerlarning unumdorligi pasayib ketish holatlari ham uchrab turadi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Gumusning kimyoviy tarkibga nimalar kiradi.

  2. Gumusning sifat tarkibi deganda nimani tushunasiz.

  3. Almashlab ekish qanday joylashtitiladi.

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish