Reja: Suv resurslari haqida umumiy tushunchalar. Suv resurslaridan foydalanishning hayotiy zaruriyati. Suv xojaligini zamonaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar. Xulosa 1



Download 0,75 Mb.
Sana09.12.2022
Hajmi0,75 Mb.
#882323
Bog'liq
Aymbetov Nurpolat. Suv qayta tiklanadigan va rezerv


Reja:
1.Suv resurslari haqida umumiy tushunchalar.
2.Suv resurslaridan foydalanishning hayotiy zaruriyati.
3.Suv xojaligini zamonaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
4.Xulosa

1.Suv resurslari - foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari — daryo, ko'l, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xo'jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, tog'lardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km³, Sirdaryoda — 39 km³, Tajan va Murgʻobda — 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.
2 .Malumki foydalanilayotgan suvning umumiy miqdori o‘tgan asrning 80 yillariga nisbatan yiliga 64 mlrd/ m dan o‘rtacha 51 mlrd/ m (o‘rtadagi farq — 13 mlrd. Metr ub)gacha kamaytirildi; Istiqlolgacha bo‘lgan davrda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 10-11 ming metr kub suv ishlatilgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 6-7 ming metr kubni tashkil etadi;
— Jami sug‘oriladigan 4,3 mln. gektar yer maydonini suv resurslari bilan ta’minlashda 180 ming km sug‘orish tarmoqlari, 160 ming dona suv xo‘jaligi inshootlari, shu jumladan 800 dan ortiq yirik gidrotexnik inshootlar, umumiy haj mi 19,2 mlrd/m bo‘lgan 55 ta suv omborlari, yillik elektr energiyasining umumiy sarfi 8,2 mlrd.kvt quvvatga teng 1614 tanasos stansiyalari, 4124 ta tik sug‘orish quduqlari faoliyat ko‘rsatmoqda; — O‘tgan asrning 80-90-yillarida 4,0 mln. gektar umumiy sug‘oriladigan yerlardan 2,0 mln. gektari (50 foizi) da paxta yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,2 mln. gektarni yoki jami sug‘oriladigan maydonlarning 30 foizini tashkil etadi;
— Sholi maydonlari 180 ming gektardan 40 ming gektargacha kamaytirildi. Sug‘oriladigan yerlarning boshqa qismini suvni kam talab qiladigan va inson yashashi uchun zarur bo‘lgan boshoqli don, sabzavot-poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari egalladi; — Suv resurslarini ma’muriy boshqaruv tamoyilidan havzaviy boshqaruv tamoyiliga o‘tkazilishi suvni samarali boshqarish va adolatli taqsimlash imkonini berdi.
Hozirda 10 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, 63 ta irrigatsiya tizimlari va magistral kanallari boshqarmalari faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida suv munosabatlarini tartibga soluvchi 1501 ta Suv iste’molchilari uyushmalari tashkil etildi. Suv, bu – hayot, taraqiyotning muhim bir qismi Ma’lumki, respublikamiz hududida 11,47 km3 miqdorda ichki suv resurslari shakllanib, shundan 4,82 km3 – Amudaryo havzasiga, 6,65 km3 – Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 80 foizdan ortig‘i esa, transchegaraviy suv resurslari hisobiga to‘ldiriladi. Umuman, mamlakatimiz iqtisodiyotida jami ishlatilayotgan suvlarning 88 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgani – maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi – 8 foiz, energetika – 1,5 foiz, sanoat – 2 foiz, baliqchilik– 0,5 foizni tashkil etadi. Bunday holat o‘z-o‘zidan mavjud suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi inshootlari texnik holatini yaxshilash va ularni modernizatsiya qilish, suvni tejash texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining texnik bazasini mustahkamlash, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini yanada yaxshilash, soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan islohotlarni taqozo etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli huquqiy asoslar yaratilishi zarur bo‘ladi.
3.Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar.
2009-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda kattamablag‘ ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib, sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi. 2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektordrenaj tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi. Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi. Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi 3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda, shu jumladan yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
4 . Xulosa qilib aytganda Azaldan ota-bobolarimiz suvni har tochisini muqaddas ne’mat bilib,uning har tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan. Chunki suv resurslarning miqdori va sifati jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab kelajak avlotga yetkazaylik.
Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish