Reja: Syujet xarakterlar namoyon bo'ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashgan voqealar silsilasi



Download 26,5 Kb.
Sana15.07.2022
Hajmi26,5 Kb.
#802526
Bog'liq
Folklorda motiv va syuket . Toshmamatova Zilola


Folklorda motiv va syujet masalalari .
Reja:
1. Syujet - xarakterlar namoyon bo'ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashgan voqealar silsilasi.
2. Yasama , tayyor, sayyor syujetlar.
3. Motiv haqida qisqacha malumot .
4. Folklorda motivlar va uning turlari.
SYUJET ( fransuzcha - predmet , mazmun narsa) badiiy asar mazmunini tashkil etadigan , bir - biri bilan o'zaro bog'liqlikda kechadigan qahramonlar o'rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimidir. Syujet motiv bilan chambarchas bog'liq . Badiiy asarlarda motivlar birlashib , syujetni yuzaga keltiradi. Demak ,syujet deganda, asar qahramonlari, hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to'qnashuvlar , o'sish va o'zgarishlar tushuniladi. ,, Adabiyotning uchunchi elementi syujetdir, ya'ni odamlarning o'zaro aloqalari , ular o'rtasidagi qarama - qarshiliklar , simpatiya va antisimpatiya , umuman kishilar o'rtasidagi munosabatlar - u yoki bu xarakterning , tipning tarixiy rivojlanishi , tashkil topishidir" ( Maksim Gorkiy).Maslan
,, Alpomish " dostoni an' anaviy befarzandlik motivi bilan boshlanadi, unga ism qo'yish , sinov , safar, uylanish , o'lim va uyga qaytish motivlari bilan bog'lanib, doston syujetini yuzaga keltiradi.Shuning bilan bir qatords syujet badiiy asardagi xarakter bilan uzviy bog'liq bo'lib, badiiy ijodda muhim o'rin tutadi.Syujet personajlar harakteri tufayli shakillanadi. U she'riy asarda, ayniqsa , kichik she'riy asarlarda, prozaik asarlarga qaraganda yashirinroq bo'ladi. Syujetning yuzaga kelishi motiv bilan bog'liq ekan motiv birlamchi ekaniga hech shak - shubha yo'q.Eng muhimi esa har bir motivning syujet halqasida qanday o'rin tutishini, qanday mazmun mohiyat kasb etishini aniqlash folklorshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir. O'zbek xalq ertak va dostonlari tahliliga bag'ishlangan fundamental tadqiqotlar mavjud. Bular orasida H. Zaripov , M. Saidov, M. Afzaov, T. Mirzayev, K. Imomov , X. Egamov,G'. Jalolov, B. Sarimsoqov, A. Musaqulov, M Jo'rayev , Sh. Turdimov kabi olimlarning ishlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
SYUJET TUGUNI - badiiy asarda voqea va qahramonlar o'rtasidagi ziddiyatlarning boshlanishi. Misol uchun, ,,Kenja botir" ertagida podisho bog'ida olma daraxtidan olmaning o'g'irlanishi boshlanishi bo'lsa, aka - ukakarning safarga otlanishi syujet tugunidir.
SYUJET CHIZIG'I - badiiy ijodga taaluqli atama, Epik hamda liro- epik asardagi voqealarning ma'lum tartibda ketma- ket mantiqiy bog'lanishidagi joylashishi.
Asarda tasvirlanayotgan voqelar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo'ladi. Uni ,, yasama" syujet deb atasa bo'ladi. Jumladan , ,, Sariq devni minib" ( X. To'xtaboyev ), ,,Gulliverning sayohatlari"( J. Svift ) , ,,Odam anfibiya", ( A. Belyayev ) , ,,Oydagi birinchi odamlar",( G. Uells) ni isbot misolida ko'rsatish mumkin. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. ,, Prototip" shaklidagi hayotiy tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo'ladi va ular ,, tayyor" yoki ,,hayotiy" syujetlar deb ataladi. ,,Navoiy" (Oybek), ,,Ulug'bek xazinasi" ( Odil Yoqubov), ,,Yuldizli tunlar" ( P. Qodirov), ,,Bolalik" ( Oybek), ,,O'tmishdan ertaklar "( A. Qahhor), ,,Navro'z" (N.Safarov), ,,Graf Monte Kiristo" ( A. Dyuma) , ,,Zaynab va Omon " ( H. Olimjon) kabilar ana shu yo'nalish bilan yaratilgan asarlardir. Yozuvchilar o'zlaricha yozma adabiyotda ma'lum bo'lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o'z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib , ularni yangicha talqin qiladilar. Bu ,,sayyor" syujet yoki ,,o'zlashtirma " syujetdir. Turli xalq eposlarida ota tanimagan o'g'il bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin : antik eposda Odissey Telegon bilan nemislarda Gilberdand Gadubrand bilan eronlarda Rustam Suhrob bilan kabilar.

MOTIV ( fransuzcha , motif- kuy, ohang so'zidan) syujet tarkibidagi, uni yuzaga keltiruvchi halqalardan biri. Motivlar o'zaro birlashib syujetni yuzaga keltiradi . Motiv termini xalq og'zaki ijodida , xususan , doston , ertak kabi katta epik janrlarni o'rganishda ishlatadi . Qahramonning g'ayritabiiy tug'ilishi , personajning ovga yoki safarga chiqishi, uning qahramonlik uyqusiga ketishi ,tush motivlari shular jumlasidandir. Rus folkloristikasida A. N. Veselovskiy , V. M . Jirmunskiy o'zbek folkloristikasida prof. H.F Zarifov , M. Afzalov kabilar kabi tadqiqotchilarning ishlarida motiv termini keng qo'llanilgan. Hatto rus folkloristi V . Y. Propp o'zining ,,Ertaklar morfologiyasi" nomli asarida ertak syujetining tuzilishi, uning tarkibidagi motivlar va ularning birikish tiplarini maxsus tahlil qilib , umumjahon ertak shunosligida syujetlarni o'rganishning eng qulay yo'lini ko'rsatib beradi.


Tush motiviga xos bo'lgan asosiy xususiyatlardan biri uning ko'pincha boshqa motivlar bilan birga yetaklab kelishidir.,, Alpomish " dostonida Alpomish , Barchin va Qorajon bir vaqtning o'zida ayni bir tushni ko'radi: ,, Alpomish cho'ponlarning qo'shxonasida uxlab yotadi . Kechasi fayz sahar vaqtiga yetdi , subhi sodiq tuqqan vaqtda birtush ko'rdi. Kashal g'orida , to'qson qalmoqning ichida qorajon ham bir tush ko'rdi. Uchovining tushi oldin keyin do'g'ulish ko'rdi" . Ana shu tush motivida butun doston voqealari oldindan bashorat qilinib , ramzlar tilida bayon qilinadi . Ya'ni doston syujetining butun keyingi voqealari rivoji ana shu parchada ko'rsatib beriladi. Ushbu motividan so'ng doston voqealari tezlashib, syujetning keyingi halqalari uchun vaziyat yaratildi . Qorajon ana shu tush tufayli Alpomish bilan do'st tutunadi. Sinovda o'z tig'ishgan akalarining yonida emas, Alpomish tomonidan turib davraga tushadi. ,, Alpomish " dostonining barcha variantlarida biz tush motiviga tuch kelamiz . Dostondagi voqealar boshlanishida , rivojida va yakunida kelgan bunday tushlar o'rniga qarab bir - biridan farqlanib turadi .Misol uchun dostonning Fozil Yo'ldosh o'g'li varantida tush voqealarning boshida va rivojida keladi . Agar dostondagi tush motivi tushirib qoldirilsa , unda syujet jiddiy zarar ko'radi.Ma'lumki , epik asar syujeti albatta bir makon va zamonda kechar ekan , bu harakat shubhasiz motivlar harakati orqali amalga oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Motiv va syujet. Uz.m .wikpediya.org.
2. Jo'rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. - Toshkent. 2017.
3. Imomov I. Mirzayev B. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - Toshkent .1990.
Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish