MTM yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Har bir bolalar bog‘chasida yer maydonchasi bo‘lib, bolalar ko‘p vaqtlarini, ayniqsa yilning issiq kunlarida o‘sha yerda o‘tkazadilar. Maydoncha — bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan, butun yil davomida o‘simlik va hayvonlar kuzatiladigan joydirMaydonchada daraxtlar, butalar, ekinzor, gulxona, mevali daraxtlarning bo‘lishi katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda o‘simliklarni o‘stiradilar, ularni parvarish qiladilar, ularning o‘sishi va rivojlanishi haqida konkret tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘simliklarni parvarish qilish protsessida bolalarda tuproqqa ishlov berishda va o‘simliklarni parvarish qilishda kerak bo‘ladigan oddiy asboblardan foydalanish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, tabiatga ehtiyotkorona munosabat shakllanadi. Maydonchaning chiroyli qilib bezatilishi, to‘g‘ri tanlangan manzarali o‘simliklar bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |