Reja: Tabiatda bolalar mehnatini tashkil etish shakllari. Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish


Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish



Download 25,59 Kb.
bet2/3
Sana12.06.2022
Hajmi25,59 Kb.
#660469
1   2   3
Bog'liq
113589 ruza Bolalar mehnatini tashkil qilish

Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruxlar. Bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va uchastkadagi hayvonlar hamda о‘simliklarni parvarish qilishga yо‘llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1—2 mehnat operatsiyasidan tashkil topuvchi.individual topshiryqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxо‘rakka solish, о‘simliklarni oldindan hozirlab qо‘yilgan suv bilan sug‘ornsh va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatdir, biroq tarbiyachi unga astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.Barcha bolalar jamoaining mehnatini tashkil etish mumkin. Masalan, yirik urug‘li gullarni о‘tqazish, piyoz ekish, ekinzordagi hosilni yig‘ish hamkorlikda amalga oshiriladi. Mehnatni «yonma-yon mehnat qilish» tarzida tashkil etiladi—bolalardan hech biri boshqasiga tobelikni h-is etmaydi. Bu bolaga individual suratda harakat qilish imkonini beradiki, malakalarni endigina egallayotgan bola uchun juda muhimdir. Shu bilan birga jamoa mehnatda hamkorlikdagi mehnatga qiziqish tarbiyalanadi.
Ikkinchi kichik guruxda mehnatni kam sonli kichik guruxlarda tashkil etish mumkin. Har bir kichik gurux ayni bir mehnat operatsiyasini bajaradi: о‘simliklarni artadi, jо‘yak pushtalariga nо‘xat ekadi yoki gulzorni sug‘oradi.
Kichik guruxda tabiatdagi mehnat malakalariga о‘rgatish uchun mehnat operatsiyalarining bо‘lib kо‘rsatilishi va ishni barcha bolalar tomonidan ayni bir vaqtda bajarilishi xarakterlidir. Tarbiyachi kо‘rsatishni tushuntirish bilan qо‘shib olib boradi va bolalar mehnat operatsiyalarini bosqichma-boshich bajaradilar.
Kichik yoshdagi bolalarning mehnati tarbiyachi ishtirokida yoki uning kuzatuvi ostida bо‘ladi. Tarbiyachi kichkintoylar biror narsada qiynalsalar ularga yordam beradi, topshiriqni bajarish usullarini kо‘rsatadi, topshirilgan ishni yaxshi uddalaganlarni rag‘batlantiradi. Mehnatni ijobiy baholash doimo tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi.
О‘rta gurux. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik guruxdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta о‘rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning о‘zini 2—3 kun davomida bajaradilar. Kichik guruxlardagi mehnat о‘z xususiyatlariga ega bо‘ladi: 2 ta kichik gurux bir vaqtda ishlashi hamda turli mehnat operatsiyalarini (biroq 2 tadan ortiq emas) bajarishi mumkin. Masalan, guruxlardan biri ekinzordagi ekinlarni sug‘orsa, ikkinchisi qatorlar orasini yumshatadi. Urta gurux bolalarining malakalari hali takomillashmagan, shuning uchun ham tarbiyachi bolalar о‘simliklar v» hayvonlarga zarar yetkazmasliklari uchun ularning ish usullariga doimo e’tibor berib turishi lozim.
Tarbiyachi mehnatning jamoa shakllaridan bolalarni yangi mehnat operatsiyalari masalan, urug‘ ekish usullari bilan tanishtirish lbzim bо‘lganda foydalanadi.
Urta gurux bolalari mehnatda ancha muetaqildirlar. Yangi mehnat operatsiyalarini о‘rgatar ekan, tarbiyachi barcha topshiriq.tarni kо‘rsatadi va tushuntiradi, sо‘ngra ketma-ket keluvchi bosqichlarga bо‘ladi (egat olish, urug‘ tashlash, tuproq bilan bekigish, sug‘orish). U har bir bosqichning bajarilishini kuzatib turadi. Ish davomida u harakatlarning ketma-ketligini, asboblardan foydalanish usullarini eslatadi, kо‘rsatish va tushuntirishdan foydalanadi.
Bu guruxda bajarilgan ishni baholash xarakteri о‘zgaradi: ishning sifati baholanadi. Tarbiyachi bolalarning mehnatini ish davomida baholaydi, va shu zahoti zarurat tug‘ilgandayoq xatoni tо‘g‘rilashni taklif qiladi. U bolalarga mehnatning zarurligini tushunishni о‘rgatadi, u yoki bu operatsiyani nima uchun bajarish lozimligini kо‘rsatadi: bolalar bilan о‘simlikni kо‘rib chiqadi, yirik barglarini ushlab kо‘radi, ularni chang bosganini aniqlaydi, yuvish, sо‘g‘orilishi lozim bо‘lgan ekinni kо‘rsatadi (ta’kidlaydi — tuproqning rangi kul rang, qurib qolgan), hayvon qafasidagi qum iflos bо‘lib ketibdi, uni yangilash lozim, akvariumda suv kamayibdi — suv quyish lozim.
Shunday qilib, о‘rta guruxda mehnat jarayonida bolalarni uyushtirish shaklsi va tabiatdagi mehnatni boshqarish metodi murakkablashadi.
Katta guruxlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish kо‘nnkmasinigina emas, balki mehnag topshirig‘ini ham, uni bajarilganlik natijasini kо‘rsatishni, operatsiyalarining ketma-ketligini, kerakli instrumentlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim. Usimlik va hayvonlarni parvarish qilish bо‘yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi. Bolaga kichkintoylar, onalarga sovg‘a uchun о‘simlik о‘stirnsh topshiriladi. 2—3 bolaga uzoq muddatli topshiriq — ekinzordagi egatlarni, gulzorni parvarish qilish va shu kabilar topshiriladi.
Katta guruxdagi bolalarga tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg‘ulot о‘tkazib, unda bolalarni navbatchining majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bnlan tanishtiradi. Bir vaqtda 2—3 bola navbatchilik qiladi. Navbatchilar yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar navbatchilik qiladigan qilib tanlanadi. Navbatchilikning davomiyligi 3 kungacha bо‘ladi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Navbatchilarning ishiga tarbiyachining rahbarligi hayvonlar va о‘simliklarni parvarish qilish uchun zarur bо‘lgan malaka hamda kо‘nikmalarni shakllantirish (sug‘orish va tuproqni yumshatish, purkash, barglarny artish, hayvonlar uchun ozuqa tayyorlash, ularni boqish, hayvonlarning qafasini tozalash), shuningdek bolalarning jamoa о‘zaro munosabatlarini, ularning mehnatga tо‘g‘ri munosabatlarini о‘stirishga yо‘llanadi. Navbatchilarning har biri qaysi ishni bajarishi, operatsiyalarning ketma-ketligi haqida о‘zaro kelishib olishlari lozim. Tarbiyachi bolalarga ishni planlashtirishda yordam beradi (maslahat beradi, eslatadi, nima va qaysi ish qanday tartibda qilinishi lozimligini oldindan о‘ylashni tavsiya qnladi).
Agarda navbatchilar о‘zlari uchun yangi bо‘lgan jonli obyektga qarash vazifasini bajarayotgan bо‘lsalar, tarbiyachi dastlabki vaqtlarda navbatchilarning ishiga о‘zi ham qо‘shiladi va barcha mehnat operatsiyalarini bolalar bilan birgalikda bajaradi. Navbatchilikni topshirishda bolalar hayvon va о‘simliklarni qanday parvarish qilganliklarini,о‘simliklarning о‘sishida, hayvonlarning xatti-harakatida qanday yangi, qiziqarli narsalarnn kо‘rganliklarini butun gurux oldida gapirib beradilar. Bolalar navbatchilar bajargan ishni baholaydilar, uiing sifati, ish vaqtida navbatchilarning vazifaga bо‘lgan hamda о‘zaro munosabatlari haqida о‘z fikrlarini bildiradilar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning jamoa mehnatini tashkil etish oldingi yosh guruxsiga nisbatan anchagina murakkablashadi. Umumiy mehnat uchun bolalar kichik guruxlarga ajratiladi. Har bir kichik gurux u yoki bu ishni bajaradi, natija esa umumiy bо‘ladi, masalan, tabiat burchagidagi kollektiv ish, qushlarnn boqish uchun don tо‘plash va shu kabilar.
Jamoa mehnatniig eng murakkab turi — birgalikdagi mehnat kam bо‘lsa-da, qо‘llanadi. Mehnatning bu turini ekinzor va gulzorda tashkil etish mumkin. Kichik guruxlardan biri yerni chopadi, boshqasi yerni yumshatadi, uchinchisi ariq oladi.
Jamoa mehnatni tashkil etishda tarbiyachi bolalarga zvenolarga bо‘linishda, vazifalarni zvenolar о‘rtasida va zvenolar ichida taqsimlashda yordam beradi. Tarbiyachi bolalarning mehnatini kuzatar ekan ularga yordam, maslahat, kо‘rsatmalar beradi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning yangi turiga о‘rgatishdagi yetakchi usul — tushuntirishdir. Mehnat usullarini kо‘rsatish asosan bolalarni yangi mehnat operatsiyalari bilan tanishtirishda qо‘llanadi. Bolalarning umumiy, anchagina yuqori rivojlanganliklari tufayli ularga butun mehnat protsessini, bajarilishi lozim bо‘lgan butun topshiriqni kо‘rsatish mumkyn.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish jarayonida tarbiyachi о‘z-о‘zini kontrol qilish hissiyotini о‘stirish vazifasini hal qiladi: toyashiriqning bajarilishini tekshirar ekan, pedagog ayrim bolalar oldiga ularning e’tiborini mehnatniig natijasiga, uni topshiriq bilan taqqoslashga yо‘llaydigan savollar qо‘yadi, tarbiyachining kо‘rsatmalariga binoan harakat qilishga о‘rgatadi.
Baho ijobiy xarakterda bо‘ladi, biroq u bajarilgan ish sifatiga kо‘ra farqlanadi: «Tо‘g‘ri ekding, biroq tuproqni yaxshi bosmading». Baholashga bolalarning о‘zlari ham jalb qilinadi. Tarbiyachi bolalardan biriga boshqa bola ishni qanday bajarganligini baholashni topshiradi. Kichik guruxlarga bо‘linib ishlanganda bir kichik gurux ikkinchisining ishini baholaydi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning mehnatiga rahbarlik qilishning xususiyati shundaki, tarbiyachi nima qilish kerakligini va ishni qanday bajarish lozimligini bolalar bilan muhokama qiladi. Ana shunday qilib bolalarni ayrim mehnat operatsiyalarinn kо‘ribgina qolmay, balki ularni bajarish nzchilligini planlashtirishga, vazifalarni oldindan taqsimlashga, barcha kerakli inventarlarni mustaqil tayyorlashga о‘rgatiladi.
Kо‘rinib turibdiki, mehnatni tashkil etish shakllari va ularga rahbarlik qilish metodikasi maktabgacha tarbiya davomida murakkablashib boradi. Murakkablashish bolaning yosh imkoniyatlari, shuningdek mehnat faoliyatining о‘sishi tufayli aniqlanadi.

Download 25,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish