Reja: Ta’lim to’g’risidagi qonun



Download 28,5 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi28,5 Kb.
#885045
Bog'liq
Tiflopedagogika


Mavzu: Tiflopedagogika fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1. Ta’lim to’g’risidagi qonun
2. Tiflopedagogika haqida tushuncha
3. Tiflopedagogika metodlari

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishdagi uchinchi bosqich ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir. Respublikamizda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash, o‘qitish va tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganki, O ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni (23 - modda) va davlat tomonidan 1992-yil ratifikatsiya qilingan BMT ning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi (23 -modda) da nogiron bolalarning alohida parvarishlash, ta’limdan foydalanish, munosib turmush kechirish huquqlariga egaligaligi e’tirof etilgan. Demak, ko‘rishida muammosi bo’lgan bolalarni o‘qitish jarayonini turli zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashgan texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunda maxsus pedagogikaning dolzarb masalalaridan hisoblanmoqda. “Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi” deyiladi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da.


Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy holatini tiklash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilish bilan chambarchas bog’liqdir. Bu muammoni defektologiya fanining tarixi bo’lmish tiflopedagogika yoritib beradi.
Tiflopedagogika (grekcha typlos so‘zidan olingan boiib, ko‘r va pedagogika ma’nolarini anglatadi) ko‘rish jarayoni chuqur buzilgan shaxslarni tarbiyalash va o‘qitish muammolarini ishlab chiqaruvchi defektologiya bo’lmi hisoblanadi. U umumiy pedagogikaning qismi va defektologiyaning bo’limlaridan biri hisoblanadi. Umumiy pedagogikaning bo’limi sifatida dialektik falsafa, insonparvar tamoyillari asosida ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar va kattalar rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda rivojlanadi.
Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlaming oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ta’limoti sanaladi. Zamonaviy tiflopedagogika rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalarini tugatish va oldini olish yo‘llarini buzilgan funksiyalarni kompensatsiyalash mexanizmlari va shartlari turli yoshdagi ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalami o‘rganish, ulami o‘qitishni nisbatan yuqori pog‘onaga ko‘tarish, ushbu toifa shaxslarni kelgusi hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga muvofiq bo’lishlari muhim. Tiflopedagogika o‘z tadqiqot obyektiga ega bo’lib, tadqiqot metodlari tiflopedagogikaning takomillashib borishiga yordam beradi.
1. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. Tiflopedagogikaning muammolaridan biri adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashdir, Tiflopedagogikadan maxsus adabiyotlar (darsliklar, maqola to‘plamlari, metodika va h.k.), yangiliklar bilan bilan tanisha borish (ilmiy jurnallardagi maqola),maxsus adabiyotlardagi zamonaviy adabiyotlarni o‘rganish, (defektologiya Iug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi va h.k.), tiflopedagogik muassasalarning ishlari (ma’ruzalari, hisobotlar va h.k.), tiflopedagoglarning adabiyotlar bilan ishlashi, ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalami o‘qitish, tarbiyalash rivojlanish davrlarini o‘rganishga hamda maxsus ta’lim sohasidagi yangiliklami amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
2. Pedagogik nazorat. Pedagogik nazoratni tashkil qilishdan biror maqsad ko‘zda tutiladi, pedagogik jarayonlarining vazifasi, ish rejasi nazorat qilgan jarayon aniq vaqt to’liq qilib olib boriladi. Kuzatishdan maqsad tajriba to‘plash va ilmiy-pedagogik analizdir. Kuzatuvchi darsda o‘qituvchi ko‘nikmasi va o‘quvchilarni dars mavzusi va mazmunini qay darajada qabul qilishini, ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘zlashtirish darajalarini tahlil etishga yordam beradi, shuningdek, darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlaming natijasi aniqlanadi. Kuzatuv jarayonini zamonaviy texnik vositalardan foydalanib olib borish samarali natijalar beradi (magnitafon tasmasiga tushurish, kino tasmasiga tushurish, komppyuter va h.k.).
3. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish. Maxsus pedagogikaning muammolarini hal etishda ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, mutaxassis o‘qituvchilaming faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Tajribalarni o‘rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga amaliy-metodik yordam berish, endi ish boshlagan o‘qituvchilarga ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
4. So‘rovnoma. Ommaviy ravishda material to‘plash maqsadida so‘rovnoma (anketa) tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. So‘rovnoma yozma (testlar) yoki intervyu (so‘zli) bo’lishi mumkin. Bu metod orqali o‘qituvchi yoki ota-onalar tomonidan o‘rganilayotgan obyektning yoki shaxsning qiziqishlari, qarashlari bo’lishi mumkin.
5. Suhbat. Kuzatuvda keng qoilaniladigan metodlardan biri suhbat metodidir. Bu metod ko‘r va zaif ko‘ruvchilar va ulaming otaonalari, tiflopedagoglardan olingan ma’lumotlar orqali olib boriladi. Asosan dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadlarida olib boriladi.
6. Bolalar ishini o‘rganish. Bolalar ishini o‘rganish metodi bolalarning bilimlarini va qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi. Bunda har xil rasmlami tahlil qilish, har xil qog‘ozlar, plastilin, loy, xamirdan foydalaniladi. Ularning ishi analiz qilinganda, uning tez tugatilganini emas, balki bosqichma-bosqich bajarilishi, xatolari va h.k hisobga olinadi. Ularning bilimlarini aniqlashda o‘qituvchi yoki kuzatuvchi yozma ishlar, insho, bayonlar o‘tkazilishi mumkin.
7. Maktab hujjatlarini o‘rganish. Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, o‘qituvchilarning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jumallari, kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqot uchun olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida aniq axborot manbai sanaladi. Pedagogik hujjatlami o‘rganish (dars konspekti, darsdan tashqari o‘quv tarbiyaviy reja, bayonnomalar, pedagoglar yig‘ilishining hisoboti, o‘qituvchilarning metodik yig‘ilishlari) o‘quv-tarbiyaviy jarayonni, maktabdagi pedagoglarning erishgan ishlariga xulosa qilish mumkin. O‘quvchilarning shaxsiy hujjatlarini o‘rganish har bir o‘quvchini ruhiyatini, qobiliyatini aniqlashda yordam beradi. Ko‘ruv jarayoni chuqur buzilgan bolalar rivojlanishining korreksiyasi umumta’lim va mehnat tarbiya jarayonida hamda maxsus korreksiya mashg‘ulotlarida va yakka mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Tiflopedagogikada qo’llaniladigan metodlar bo‘yicha o‘quvchilar ommaviy o‘rta ta’lim bilimlarini birmuncha ortiqroq vaqt davomida o‘zlashtiradilar. Ko‘rlar maktablarida ta’lim effektivligi relyefli yozuvning hozirgi zamon vositalarini qo‘llash orqali erishiladi. Har xil ko‘rgazmali vositalar orqali, ko‘zi ojizlar maktabida umumta’lim predmetlarini o‘qitish uchun katta shrifli darsliklar yaratilgan bo‘lib, ularda ko‘rgazmali illyustratsiyalarda tasvirlangan obyektlaming asosiy belgilari ajralib turadi. Ta’lim-tizimining sifatini oshirishda ko‘rlar maktablardagi tiflografika va tiflotexnikasining roli kattadir. O‘qitish ishlari barcha metodlarida o‘quvchilaming qoldiq va ojiz ko‘ruvi himoyalanadi. Ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktablarda mehnat ta’limi tiflotexnik vositalar yordamida amalga oshiriladi va bu maktablarning o‘quvchilarida nafaqat eng oddiy hunarmandchilik kasblarini o‘rganishga, balki ulardan zamonaviy mutaxassislar tayyorlash imkonini beradi. Shuningdek, ko‘zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan mutaxassisliklar ko‘lami ham kengayadi. Tiflopedagogika ko‘zi ojiz bolalarning jismoniy tayyorgarligini amalga oshirishda maxsus metodlariga ahamiyat beradi, chunki u differensiyallashgan va nafaqat umumjismoniy tayyorgarlik balki o‘quvchilaming harakatlantirishini va atrof olamda idrok etishni ta’minlaydi. Maxsus maktablaming boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan korreksion mashg‘ulotlarda ko‘rish jarayonida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bolalar atrof olamda va ijtimoiy yo‘naltirish ishlari olib boriladi va bolalar o‘z o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatiladi, bolalarga nutq jarayonidagi nuqsonlami tuzatishga logopedik yordam ko‘rsatiladi, qoldiq ko‘ruvni rivojlantirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ko‘zi ojiz bolalar bilan korreksion ishlarni kichik yoshlardan boshlashning alohida foydaliligi hisobga olgan holda tiflopedagogika ko‘r va ko‘zi ojiz bolalarning maktabgacha tarbiyasiga katta ahamiyat beradi.
Tiflopedagogikaning eng asosiy muommolaridan biri - bu ko‘zi ojiz bolalarni umumta’lim maktablarda o‘qitishdir. Umumta’lim maktablarda o‘qitish pedagoglardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi, o ‘quv jarayonining ko‘rgazmali jihozlar bilan jihozlanishi, o‘qituvchi va o‘quvchiga mutaxassis tiflopedagoglar tomonidan yordam ko‘rsatish tizimini tashkillashtirish talab qilinadi. Ko' rish jarayoni buzilgan o‘quvchilar mamlakatning barcha oliy ta’lim muassasalarida bilim olishlari mumkin.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish