Reja: Test metodining yuzaga kelishi



Download 24,47 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi24,47 Kb.
#224523
  1   2
Bog'liq
TEST METODI


Mavzu: Pedagogik diagnostikaning test metodi.

Reja:


  1. Test metodining yuzaga kelishi.

  2. Pedagogik diagnostikada test metodi.

  3. Testlarning turlari.

Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.

Odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va uslublari ham testga kiradi. Nazoratning test uslubi ilmiy asoslarga qurilgan bo’lib, u ma’lum talab, qonun-qoidalar zaminida olib boriladi. Test asosan psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgandir. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u bir jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test sinova muntazam takomillashib boradi. Unga turli bosqichlarda turlicha ta’rif berib kelingan. Masalan, nemis oilimi Liner “Test shaxsning turli xolatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.

Test usuli chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo’lib, u o’quv jarayonining pirovard natijasini ob’yektiv aniqlab berishga qodir mezondir. U doimo tahlil asosiga qurilib, aynan shu xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayon natijalarining takomillashib borishiga yordam beradi. Ayni paytda testlar ta’limiy xulosalar bilan birga texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo’nalishini ham belgilab beradi. Shunga ko’ra testlar quyidagilarga bo’linadi:

1) ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test;

2) shaxs taraqqiyotni va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test;

3) intellektni aniqlaydigan test;

4) umumiy natijani aniqlaydigan test;

5) muayyan hududda, maktabda u yoki bu fanni o’qitish samaradaorligini ko’rsatuvchi test;

6) professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funksional imkoniyatlarini aniqlovchi test;

7) shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test;

8) shaxsning yo’naltirilganligini belgilovchi test;

9) shaxsning qiziqishi, moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga yordan beruvchi test;

10) klinik test va h.k

Yuqorida bayon etilganidek, test ham baholash, pedagogik diagnostika hisoblanadi. O’quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin, keyingi paytlarda u keng joriy qilinmoqda. Istiqbolda o’quvchilar bilimini baholashda test, reyting tizimi ustuvor bo’lib qolmoqda. Test imkonoyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.

Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz.  Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi [2; 3]:

-       birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan  yopiq topshiriqlar;

-       bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;

-       bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil   topgan ochiq topshiriqlar;

-       to’g’ri ketma-ketlikni  aniqlash uchun topshiriqlar;

-       o’zaro bog’liqlikni  (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;

-       ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari;

-       sonni to’ldirishga mo’ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;

-       qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;

-       masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;

-       chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;

-       shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;

-       olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;

-       sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;

-       analogiya (aynan o’xshashlik)ga oid topshiriqlar;

-       o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;

-       ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;

-       bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;

-       tafakkurni aniqlovchi testlar;

-       orfografik testlar;

-       til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.

Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [2].




Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish